1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Yoshlarga doir siyosat toʻgʻrisida qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Oʻtgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tashkil qilindi. Hududlarda “Loyihalar fabrikasi” ish boshladi.
Yosh avlodning sogʻlom oʻsishi, sifatli taʼlim olishi va barkamol shaxs boʻlib voyaga yetishini taʼminlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari va kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “besh muhim tashabbus”ni joriy etish boʻyicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumtaʼlim maktablari, oliy oʻquv yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, zamonaviy IT-parklar, madaniyat muassasalari va sport inshootlari, mutlaqo yangi namunadagi taʼlim maskanlari — “Prezident maktablari”, “Temurbeklar maktabi”, “Ijod maktablari” bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir boʻlgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish maqsadida 2021-yil mamlakatimizda “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb eʼlon qilindi.
Yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, shuningdek, mamlakatimizda 2020-yil dekabr oyida tashkil etilgan Oʻzbekiston yoshlari forumida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga va xalqimizga Murojaatnomasida qayd etilgan yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish bilan bogʻliq vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq:
yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish;
mamlakatda xavfsizlik, ekologik barqarorlik, adolat va teng huquqlilikni taʼminlashda yoshlarning rolini oshirish;
yoshlar uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, ular oʻrtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sogʻlom turmush tarzini mustahkamlash;
taʼlimning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli taʼlim olishini taʼminlash, hududlarda inklyuziv taʼlim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish;
yoshlarni ona Vatanga, oilaga, mustaqillik gʻoyalariga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish va ularning mehnatga oid qonuniy huquqlarini himoya qilish orqali ularning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish;
yoshlarni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlashga qaratilgan “besh muhim tashabbus”ni amalga oshirish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchini yoʻqotgan va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash;
salohiyatli yosh kadrlarni qoʻllab-quvvatlash va davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini taʼminlash;
yosh xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
yoshlarning gʻoya, taklif va tashabbuslarini roʻyobga chiqarish maqsadida yoshlar jamoat tashkilotlari hamda volontyorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;
xorijdagi vatandoshlar bilan ishlash, xalqaro yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va xalqaro doirada tajriba almashish tizimini yanada takomillashtirish;
b) Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2021-2022-yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, Konsepsiya erishilgan natijalardan kelib chiqqan holda, 2023-yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan tegishli “yoʻl xaritalari” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
2022-yildan boshlab har yili 1-dekabrga qadar tegishli “Yoʻl xaritasi” bajarilishi yakunlarini batafsil oʻrganish asosida keyingi yil uchun “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
tegishli “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borsin.
3. Ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzlar), grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, masʼul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga — Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini keng yoritish boʻyicha chiqishlar hamda mavzuga oid koʻrsatuvlar tashkil etish tavsiya etilsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 18-yanvar,
23-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi 23-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish
KONSEPSIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar
Oʻzbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilga rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlari, 2030-yilgacha moʻljallangan “Yoshlar strategiyasi”, Yoshlar manfaatlari boʻyicha butunjahon harakatlar dasturi, 2020-yil dekabr oyida tashkil etilgan “Oʻzbekiston yoshlari” forumida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha belgilangan vazifalar asosida ishlab chiqilgan.
Jahondagi globallashuv jarayonlari, innovatsion jamiyatga boʻlgan ehtiyoj, fan-texnika taraqqiyoti yoshlar uchun koʻplab imkoniyatlar yaratishi bilan bir qatorda, ularning oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish kabi koʻplab talablarni qoʻymoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2017-yildagi 72-sessiyasida BMTning Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasini qabul qilish tashabbusi ilgari surildi.
Konvensiya loyihasi yoshlar siyosati boʻyicha milliy va xorijiy ekspertlar, soha mutaxassislari, xalqaro tashkilotlar vakillari, keng jamoatchilik hamda yoshlar hamkorligida puxta ishlab chiqilib, 2017 — 2020-yillarda oʻtkazilgan turli xalqaro forum va konferensiyalarda keng muhokama qilindi.
Markaziy Osiyo dunyodagi eng yosh mintaqa boʻlib, aholisining oʻrtacha yoshi 27,6 yoshni tashkil etadi. Mintaqa aholisining 50 foizga yaqini Oʻzbekiston Respublikasiga toʻgʻri keladi.
Kelgusi besh yillikda yoshlarning ilmiy, kasbiy rivojlanishi, salomatligi, iqtisodiy imkoniyatlarining kengaytirilishi, texnologiya va innovatsiyalarni rivojlantirishga ajratiladigan sarmoyalar “demografik dividend”ga ega boʻlishga, yaʼni mamlakatning qisqa muddatda yuqori iqtisodiy taraqqiyotga erishishiga zamin yaratadi.
Mamlakatda yaqin va uzoq istiqbolga moʻljallangan yoshlar siyosati samaradorligini oshirishga qaratilgan strategik vazifalarning amalga oshirilishi Oʻzbekistonda barqarorlik, tinchlik va farovonlikni taʼminlashga sezilarli darajada taʼsir qiladi.
Mamlakatimiz tarixida ilk marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokida 2020-yil 25-dekabr kuni Oʻzbekiston yoshlari forumi oʻtkazildi. Oʻttiz mingdan ortiq yoshlar ishtirok etgan forumda Davlat rahbari tomonidan yoshlar bilan muloqot qilinib, ularning gʻoyalari, taklif va tashabbuslari qoʻllab-quvvatlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi.
Ushbu vazifalardan kelib chiqib, Konsepsiya yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalishlari, besh yilga moʻljallangan vazifalar hamda yoshlar siyosatini amalga oshirishning milliy modelini belgilaydi, sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun dasturulamal boʻladi.
Konsepsiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Yoshlar — 2030” strategiyasida belgilangan “Yoshlar manfaatlarini koʻzlab, ular bilan ishlash” bosh tamoyiliga asoslanadi.
Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Yoshlar parlamentlari, Yoshlar komissiyasi, yoshlar tashkilotlari, yoshlar siyosati boʻyicha milliy va xorijiy ekspertlar, xalqaro tashkilotlar, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, faol yoshlar va boshqa keng ilmiy doiralar va jamoatchilik vakillarining muhokamalari, taklif va tavsiyalari asosida ishlab chiqildi.
Konsepsiyani ishlab chiqishda 50 dan ortiq mamlakatlarning yoshlar siyosatiga oid qonun hujjatlari, 20 dan ortiq yoshlar mintaqaviy birlashmalarining bitim va hujjatlari (Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, Yevropa Ittifoqi, Islom Hamkorlik Tashkiloti va boshqalar), 30 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning umumiy normativ-hujjatlari (Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti, Parlamentlararo kengash va boshqalar) oʻrganilib, tahlil qilindi.
Konsepsiya barcha vazirlik va idoralar, mahalliy hokimlik organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlarning yaqin hamkorligida amalga oshiriladi.
2-bob. Konsepsiyaning maqsad va vazifalari
Konsepsiyaning maqsadi — yoshlarni jismonan sogʻlom, maʼnaviy yetuk insonlar etib tarbiyalash, ilmiy va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarga faol jalb qilishdan iborat.
Konsepsiyada 2021 — 2025-yillarda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti boʻyicha prognozlarni inobatga olgan holda, quyidagi vazifalarni amalga oshirish koʻzda tutilgan:
a) yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish;
b) mamlakatda xavfsizlik, adolat va ekologik barqarorlikni taʼminlashda yoshlarning rolini oshirish;
v) yoshlar uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, ular oʻrtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sogʻlom turmush tarzini mustahkamlash;
g) taʼlimning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli taʼlim olishini taʼminlash, hududlarda inklyuziv taʼlim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish;
d) yoshlarni ona Vatanga, oilaga, mustaqillik gʻoyalariga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;
e) yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish;
j) yoshlarni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini rivojlantirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlashga qaratilgan “Besh muhim tashabbus”ni amalga oshirish;
z) ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yoʻqotgan va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash;
i) yosh salohiyatli kadrlarni qoʻllab-quvvatlash va ularni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, mehnat bozorida raqobatbardoshligini taʼminlash;
k) yosh xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada oshirish;
l) yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar jamoat tashkilotlari va volontyorlik harakatlarini qoʻllab-quvvatlash;
m) yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Yuqorida qayd etilgan maqsad va vazifalar 4 bosqichda amalga oshiriladi:
yoshlarning fikrini oʻrganish orqali yoshlar sohasida mavjud muammolarni aniqlash;
ilgʻor xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda muammolarni hal etishga qaratilgan aniq yechimlarni ishlab chiqish;
aniqlangan muammolarni hal etish choralarini koʻrish va ishlab chiqilgan takliflarni amalga oshirish;
muammolarning hal etilishi va takliflarning amalga oshirilishi samaradorligini monitoring qilish.
3-bob. Yoshlar siyosatining joriy holati va mavjud muammolar
Mamlakat aholisining 18,9 mln. nafari yoki 54 foizini 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar va bolalar tashkil etadi. Yoshlarning 9,5 millioni erkak, 9,4 millioni esa ayol jinsiga mansub.
Respublikada yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida 2017 — 2020-yillarda 50 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi, 30-iyun — “Yoshlar kuni” deb eʼlon qilindi.
Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar natijasida taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qoʻyildi.
Yoshlarga oid davlat siyosati doirasida ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Oliy Majlis Senati qoshida 100 nafar va Qonunchilik palatasi qoshida 250 nafar faol va tashabbuskor yoshlardan iborat “Yoshlar parlament”lari, Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya tashkil qilindi.
“Mahallabay” oʻrganishlar orqali yoshlarning bandligini taʼminlash, kasb-hunarga oʻqitish, tadbirkorlikka jalb etish, shuningdek, ular oʻrtasida madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari va kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida yangicha tizim asosida barcha tuman (shahar)larda “Yoshlar dasturlari”ni amalga oshirish yoʻlga qoʻyildi.
Har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida ijtimoiy, huquqiy, psixologik qoʻllab-quvvatlashga, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor boʻlgan ishsiz yoshlar kiritiladigan “Yoshlar daftari” tizimi joriy etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tuzildi. Hududlarda “Loyihalar fabrikasi” ish boshladi.
Shuningdek, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish maqsadida 2021-yilga mamlakatimizda “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”, deb nom berildi.
Respublikada yoshlar manfaatlarini himoya qiladigan 830 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari faoliyat olib bormoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlarni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlashga qaratilgan “Beshta muhim tashabbus” ilgari surildi.
Oʻtgan yillar davomida 42 ta tuman (shahar)larning 168 ta olis va ogʻir ahvoldagi mahallalarida bu tajriba muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Hududlarda 72 ta Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari tashkil etilib, “Maʼrifat karvoni” tadbirlari doirasida 3 milliondan ortiq kitoblar yoshlarga yetkazib berildi hamda “Yosh kitobxon” tanlovi, “Bir million dasturchi” kabi oʻnlab yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Yosh avlod tarbiyasida hal qiluvchi oʻrin tutadigan taʼlim tizimida ulkan oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Soʻnggi toʻrt yilda mamlakatda oliy taʼlim muassasalari soni 50 foizga (43 ta yangi) oshirilib, ularning soni 121 taga, yoshlarni oliy taʼlim muassasalariga qamrov 9 foizdan 25 foizga yetkazildi. 4 ta Prezident maktablari, 5 ta “Temurbeklar maktabi” va 9 ta ijod maktablari barpo etilib, “Zamonaviy maktab” dasturi joriy etilmoqda.
Respublikada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining 22,9 foizi (106 ming 574 tasi) 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar hissasiga toʻgʻri keladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning 21,5 foizini (71 ming 467 tani) 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar tashkil etadi. Shuningdek, mamlakatda 3,4 mingga yaqin yosh fermerlar, 7,8 mingga yaqin yosh hunarmandlar faoliyat yuritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasiga 2019-yilda oʻtkazilgan saylovlarda 9 nafar (6 foiz) yoshlar deputat etib saylangan boʻlsa, mahalliy kengashlar deputatlarining 10 foizini yoshlar tashkil etadi.
“Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali taʼsis etilib, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan, shuningdek, oʻqishda va mehnat faoliyatida katta yutuqlarga erishgan 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlar mukofotlanmoqda.
Soʻnggi uch yilda nufuzli xalqaro tanlov va musobaqalarda mamlakat yoshlari tomonidan 5 299 marotaba sovrinli oʻrinlar qoʻlga kiritilgan, xususan, madaniyat va sanʼat sohasida 446 ta, sport sohasida 4 838 ta, fan-taʼlim sohasida 15 ta.
Respublikada yoshlar va ularning oilalari uchun davlat tomonidan turli shakldagi moddiy yordam va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, oʻtgan uch yilda respublikamizda 5 122 ta yosh oilalar uy-joy bilan taʼminlandi.
Yoshlar siyosati boʻyicha xorij tajribasidan samarali foydalanish, oʻzaro tizimli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 13 ta xorijiy yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyildi. Oʻzbekiston 2018-yilda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Yoshlar kengashiga, 2020-yilda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Yoshlar masalalari boʻyicha kengashiga teng huquqli aʼzo sifatida qabul qilindi.
Shuningdek, yuqorida keltirilgan yoshlarga oid davlat siyosatida erishilgan yutuqlar va ijobiy natijalar bilan bir qatorda quyidagi muammolar mavjud:
1. Taʼlimning barcha bosqichlarida taʼlim sifati talab darajasida emas.
Oʻzbekistonning amaldagi taʼlim tizimi maʼlumotlarni yod olishga qaratilgan boʻlib, yoshlarning ijodiy va mantiqiy fikrlashi, tanqidiy tahlil qilishi, mustaqil fikr yuritishi va yangiliklar yaratishini rivojlantirishga yoʻnaltirilmagan. Natijada yoshlar hayotda oʻzi mustaqil qaror chiqarishi, jamiyatdagi tezkor oʻzgarishlarga moslashishi, oʻz oʻrnini topishi jarayonlari murakkab kechishi holatlari kuzatilmoqda.
2. Maktabgacha taʼlim va oliy taʼlim bosqichlarida yoshlarning taʼlim bilan qamrovi real ehtiyojni qondirmayapti.
Xususan, 3 — 6 yoshdagi bolalarning maktabgacha taʼlim muassasalaridagi qamrovi 60 foizni (2021-yil 1-yanvar holatiga), yoshlarning oliy taʼlim tizimidagi qamrovi 25 foizni tashkil qilmoqda.
3. Yoshlarni kasbga yoʻnaltirish ishlari tizimli tashkil etilmagan, oliy va oʻrta maxsus taʼlim tizimida mutaxassislarni tayyorlash mehnat bozori talablari asosida amalga oshirilmayapti, yaʼni professional taʼlim ishlab chiqarish amaliyotidan uzilib qolmoqda.
Natijada oliy taʼlimni tamomlagan yoshlarning koʻpchilik qismi mutaxassisligi boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanmaydi, xususan, Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tahlillariga koʻra, bitiruvchilarning faqatgina 26,2 foizi oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishlab ketishiga toʻliq ishonishini bildirgan.
4. Yoshlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini taʼminlash, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratishda muammolar saqlanib qolmoqda.
Xususan, yoshlar oʻrtasidagi ishsizlik darajasi 2020-yilning soʻnggi choragida 6,6 foizni (480 ming 261 nafar) tashkil etgan. Shu bilan birga, taʼlim muassasasini tamomlab, birinchi bor ish izlayotgan, muddatli harbiy xizmatni oʻtagan yoshlar, xotin-qizlar, ayniqsa bola parvarishi boʻyicha taʼtildan qaytgan ayollarning ishga joylashishida sunʼiy toʻsiqlarga uchrash holatlari mavjud.
5. Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi pastligi sababli ularning turli yot gʻoyalarga ergashishi, huquqbuzarlik va jinoyatchilik, erta tugʻruq hamda toʻy-hashamlarning ortiqcha sarf-xarajatlar bilan oʻtkazilishi kabi salbiy holatlar kuzatilmoqda.
39 088 nafar yoshlar notinch oilalarda istiqomat qilmoqda, 368 nafar yoshlar turli zararli noformal guruhlar, oqimlar taʼsiriga tushib qolgan. Xususan, 2020-yilning yanvar-noyabr oylarida qayd etilgan 39 244 ta jinoyatlarning 11 469 tasi yoki 34,8 foizi yoshlar tomonidan sodir etilgan.
Yoshlarni oilaga sadoqat ruhida tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash ishlari tizimli tashkil etilmagan.
Xususan, yoshlar oʻrtasida erta nikoh holatlari, qonuniy rasmiylashtirilmagan nikoh va ajrim holatlari kuzatilmoqda, jumladan 2020-yilning 11 oyida qayd etilgan 25 mingta oilalar ajrimlarining aksariyati yoshlar hissasiga toʻgʻri keladi.
6. Yoshlarning tibbiy madaniyati pastligicha qolmoqda.
Yoshlarda reproduktiv salomatlik, toʻgʻri ovqatlanish va gigiyena qoidalari, sogʻlom turmush tarzi haqida tushunchalar toʻliq shakllanmaganligi oqibatida turli yuqumli va surunkali kasalliklar, bevaqt oʻlim holatlari, giyohvand moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlariga ruju qoʻyish, psixotrop moddalar isteʼmol qilish kabi salbiy holatlar (2020-yil sentabr holatiga giyohvand moddalarni isteʼmol qiluvchi 5 889 nafar yoshlar roʻyxatda turadi), yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikoh tuzilishi natijasida esa millat genofondi buzilishi, tugʻma nuqsonli bolalar dunyoga kelishi holatlari saqlanib qolmoqda.
7. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar va bolalarning (yetimlar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, nogironligi bor hamda davolanishga muhtoj) jamiyatga ijtimoiy moslashuvini taʼminlashda ayrim muammolar saqlanib qolmoqda.
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ish va uy-joy bilan taʼminlash, jamiyatga ijtimoiy moslashuvini amalga oshirish boʻyicha belgilangan mexanizmlar amalda oʻz natijasini bermayapti.
Bugungi kunda respublikamizda alohida eʼtiborga muhtoj 18 yoshgacha boʻlgan 150 ming nafar bolalar mavjud.
Oliy taʼlim muassasalarida maxsus kvota asosida oʻqitilgan nogironligi bor yoshlarning davlat tashkilotlarida ish bilan taʼminlanishi mexanizmi amalda qoʻllanilmayapti.
Nogironligi bor yoshlarning hududlardagi infratuzilma, taʼlim, ijtimoiy xizmat koʻrsatish, madaniy meros obyektlari, koʻngilochar jamoat maskanlaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar toʻliq yaratilmagan.
8. Yoshlarning jamoat tashkilotlari va siyosiy partiyalardagi faolligi va ishtiroki sust darajada qolmoqda.
Yoshlarning saylov jarayonlari, siyosiy partiyalarning yoshlar qanotlari faoliyatidagi ishtiroki holati bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda.
9. Hududlarda yoshlarga oid infratuzilma qoniqarli darajada emas.
Jumladan, yoshlarning madaniy saviyasini oshirish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun teatrlar, kinoteatrlar, muzeylar, kutubxonalar, istirohat bogʻlari va boshqa madaniyat muassasalari soni yetarli emas.
Aksariyat mahallalar va maktablarda yoshlarning ommaviy sport turlari bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar mavjud emas. Xususan, mavjud sport inshootlari 1,3 mln oʻringa ega boʻlib, mamlakat aholisining faqatgina 4 foizini qamrab oladi, maktablarining 24 foizida sport zallari mavjud emasligi sababli, oʻquvchilarning bor-yoʻgʻi 25 foizi jismoniy tarbiya va sportga jalb etilgan.
Ayrim hududlarda yoshlarning sifatli, tezkor va arzon internet xizmatlaridan foydalanishi uchun sharoitlar yetarli emasligi ularning zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishiga toʻsiq boʻlmoqda.
Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, yangi asarlarni yaratish, tarjima qilish va mualliflarni ragʻbatlantirishning kompleks chora-tadbirlari amalga oshirilmayapti, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan kitoblarni, ayniqsa, bolalarga moʻljallangan adabiyotlar, koʻzi ojizlar uchun brayl alifbosiga asoslangan adabiyotlar chop etilishi mexanizmi yoʻlga qoʻyilmagan.
4-bob. Yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari
Yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
1. Yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish yoʻnalishida:
yoshlarga oid normativ-huquqiy hujjatlarning yagona elektron bazasini shakllantirish va yangilanib borishini taʼminlash;
davlat idoralarida tizimli ravishda yoshlar siyosatiga oid statistik maʼlumotlar yuritilishini taʼminlash;
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi toʻlaqonli amalga oshirilishi monitoringini yuritish;
joylarda yoshlarga oid normativ hujjatlar bajarilishi ustidan taʼsirchan jamoatchilik nazorati amalga oshirilishini tashkil etish;
yoshlarga oid qonun va qonunosti hujjatlarni qabul qilish boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasini kuzatib borish, samarali tajribani milliy amaliyotda qoʻllash choralarini koʻrish;
yoshlar, ayniqsa, ularning uyushmagan qatlami bilan masʼullar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻrnatishga xizmat qiluvchi “Yoshlar murojaati” elektron platformasini yaratish;
yoshlarning dolzarb muammolaridan kelib chiqqan holda ekspertlar guruhlarini shakllantirish, ular yordamida mavjud normalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda yangi huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan yoshlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini kafolatlash, mustahkamlash va ularni himoya qilishga qaratilgan faoliyatni kuchaytirish;
qonun ijodkorligida yoshlarning yaqindan ishtirokini taʼminlash.
2. Mamlakatda xavfsizlik, adolat va ekologik barqarorlikni taʼminlashda yoshlarning rolini oshirish yoʻnalishida:
yoshlarni jinsi, irqi, millati, tili, diniy eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼiy nazar qoʻllab-quvvatlash hamda teng huquq va imkoniyatlarini taʼminlash;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son)
yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish;
yoshlar, jumladan voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish boʻyicha taʼsirchan mexanizmlarni ishlab chiqish;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan yoki ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan voyaga yetmaganlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish;
yoshlarni odam savdosi, korrupsiya, turli zararli yot gʻoyalar va oqimlar taʼsiriga tushib qolishini oldini olish boʻyicha aniq choralarni ishlab chiqish;
yoshlarda ekologik madaniyat darajasini yuksaltirish, ularni tabiat va uning resurslariga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash;
mamlakat ekologik barqarorligini taʼminlashda yoshlar ishtirokini kuchaytirish.
3. Yoshlar uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, ular oʻrtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sogʻlom turmush tarzini mustahkamlash yoʻnalishida:
yoshlar oʻrtasida tibbiy madaniyat, xususan shaxsiy gigiyena, toʻgʻri va ratsional ovqatlanishga rioya etish boʻyicha targʻibot tadbirlarini kuchaytirish;
yoshlarning sifatli sogʻliqni saqlash tizimi imkoniyatlaridan foydalanishini taʼminlashda soha tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish;
yoshlar salomatligi va farovonligini belgilaydigan omillarni hisobga olgan holda, ularni sogʻliqni saqlash tizimi tomonidan qamrovini kengaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
yoshlarning ruhiy salomatligi masalalarida maqsadli yordam koʻrsatish xizmatlarini rivojlantirish;
yoshlarga reproduktiv salomatlik, tibbiy masalalardagi huquqlari haqida sifatli maʼlumotlar yetkazilishini taʼminlash;
yoshlar orasida turli yuqumli va surunkali kasalliklar, bevaqt oʻlim holatlari, giyohvand moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlariga ruju qoʻyish, psixotrop moddalar isteʼmol qilish holatlarini oldini olish;
millat genofondini yaxshilash, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirish, sogʻlom avlod tugʻilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikoh tuzilishi holatlarini oldini olish.
4. Taʼlimning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli taʼlim olishini taʼminlash, hududlarda inklyuziv taʼlim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish yoʻnalishida:
maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari va oliy taʼlim muassasalari sonini nodavlat sektorda oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish;
yoshlarni kasbga yoʻnaltirish ishlarini tizimli tashkil etish, oliy va professional taʼlimni tamomlagan yoshlarni oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashishiga koʻmaklashish;
umumtaʼlim va oliy taʼlim muassasalarida oʻqitish sifatini oshirish boʻyicha taʼsirchan mexanizmlarni ishlab chiqish;
yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, buning uchun zarur boʻladigan fundamental bilimlarni oʻrgatishga yoʻnaltirilgan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish;
umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarida 7-sinfdan boshlab kasblarga qiziqishini aniqlash tizimini yoʻlga qoʻyish;
maktab oʻquvchilarini kasbga tayyorlash infratuzilmasini yaratish, 8-9-sinf oʻquvchilarini istiqbolli kasblar bilan tanishtirib, buning uchun zarur boʻladigan bilim va koʻnikmalar shakllantirish choralarini koʻrish;
yoshlarni oliy taʼlimga oʻqishga qabul qilishda abituriyentning intellektual salohiyati, shaxsiy koʻnikmalari, mantiqiy va ijodiy fikrlash qobiliyati va volontyorlik faoliyatlari asosida saralash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
rivojlangan davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalarida yoshlarning taʼlim olishi va malakasini oshirishga qaratilgan faoliyatni qoʻllab-quvvatlash;
taʼlim jarayonida elektron media mahsulotlar (elektron darsliklar)dan keng foydalanishni yoʻlga qoʻyish;
pedagog xodimlarga ehtiyoji katta boʻlgan chekka togʻli va choʻl hududlarda oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining mehnat faoliyatini ragʻbatlantirish tizimini kuchaytirish;
oliy taʼlimdan keyingi ilmiy faoliyatda, ayniqsa aniq va texnika fanlari boʻyicha xotin-qizlar faolligini oshirishga qaratilgan maxsus dasturlarni amalga oshirish.
5. Yoshlarni ona Vatanga, oilaga, mustaqillik gʻoyalariga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻnalishida:
yoshlarni “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari!” gʻoyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
yoshlarda vatanparvarlik, mardlik, shijoat, milliy gʻurur, qatʼiyat, oriyat, qanoat, mehnatsevarlik, irodalilik, masʼuliyatlilik kabi maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish;
oilaga sadoqat, keksalarni eʼzozlash, mehr-oqibatlilik kabi qadriyatlarning mavqeyini oshirishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni kuchaytirish;
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ular oʻrtasidagi nizolarning oldini olishga qaratilgan aniq va natijador mexanizmlarni joriy etish;
yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va taʼlim muassasalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar oʻrtasida samarali hamkorlik mexanizmini yoʻlga qoʻyish;
jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, farzand tarbiyasi, oilaviy qadriyatlarimizga zid boʻlgan turli maʼnaviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tashkil etish;
jamiyatimizda birdamlik, hamjihatlik, millatlararo doʻstlik va totuvlikni, diniy bagʻrikenglikni mustahkamlashda yoshlar ishtirokini oshirish;
Oʻzbekistonning chegara, anklav, eksklav hududlarida ahil qoʻshnichilik, doʻstlik, bagʻrikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
6. Yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yoʻnalishida:
oliy va professional taʼlimga qamrab olinmagan yoshlarni ish bilan taʼminlash;
yoshlar oʻrtasida frilanserlik faoliyatini keng rivojlantirish;
maktabning yuqori sinflaridanoq kasbga oʻrgatish tizimini joriy etish;
turli sohalardagi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar eksportda”, “Yoshlar investitsiyada”, “Yoshlar fermerlikda”, “Yoshlar qurilishda” kabi yoʻnalishlar boʻyicha maxsus dasturlarni amalga oshirish;
mahallalarda oʻsmir yoshlarni “Ustoz — shogird” anʼanasi doirasida hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikka yaqindan jalb qilish;
yoshlar turizmini jadal rivojlantirish hamda ular orasida turizmga asoslangan ishbilarmonlikni ommalashtirish;
yosh mutaxassislarning xalqaro mehnat bozorida intellektual ishchi kuchi sifatida raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida ularga kasb koʻnikmalarini xalqaro elektron platformalar orqali namoyon qilish uslublarini oʻrgatish;
yoshlarning innovatsion gʻoyalari va loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida oliy taʼlim muassasalarida (biznes-inkubator, akselerator) dasturlar va fondlarni koʻpaytirish;
“Yoshlar kichik sanoat zonalari” tashkil etish, ularda yoshlar loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish uchun zarur boʻladigan barcha infratuzilma obyektlarini joylashtirish;
yoshlarni tadbirkorlik va fermerlikka jalb qilishga qaratilgan hududiy ixtisoslashtirilgan dasturlarni ishlab chiqish;
joylarda yoshlarning tadbirkorlik klasterlarini va konsalting xizmatlarini tashkil etish boʻyicha aniq dastur va rejalar ishlab chiqish;
taʼlim muassasalarini tamomlab, birinchi bor ish izlayotgan, muddatli harbiy xizmatni oʻtagan yoshlar, xotin-qizlar, ayniqsa bola parvarishi boʻyicha taʼtildan qaytgan ayollarning ishga joylashishida yuzaga kelayotgan sunʼiy toʻsiqlarni bartaraf etish;
norasmiy sektorda band boʻlgan yoshlarning faoliyatini legallashtirish, yoshlarning xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga boʻlgan huquqlarini roʻyobga chiqarishda koʻmaklashish, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasini, shuningdek, vatanga qaytganlaridan soʻng jamiyatga qoʻshilishini taʼminlash.
7. Yoshlarni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlashga qaratilgan “Besh muhim tashabbus”ni amalga oshirish yoʻnalishida:
yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, isteʼdodini yuzaga chiqarish boʻyicha maxsus dasturlarni amalga oshirish;
musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼat sohasida iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularning maʼlumotlar bazasini yaratish;
iqtidorli yoshlarning madaniyat va sanʼat sohasida nufuzli xalqaro tanlov va musobaqalarga tizimli tayyorlash va ularning ishtirokini taʼminlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish;
jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanadigan yoshlarning umumiy sonini oshirish;
bolalar va oʻsmirlar sport maktablari sonini va sport taʼlimi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va moliyaviy taʼminlashning samaradorligini oshirish;
nogironligi bor shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga shugʻullanishlari uchun jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarida sharoitlar yaratish hamda maxsus sport jihozlari bilan taʼminlash;
yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish;
kompyuter dasturlash asoslari, robototexnika, axborot texnologiyalari va elektron tijorat sohasida innovatsion tadbirkorlik asoslarini ishlab chiqish;
hududlarda IT-parklar va Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari faoliyatini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish;
yoshlarning sifatli, tezkor va arzon internet xizmatlaridan foydalanishi uchun sharoitlar yaratish;
taʼlim muassasalarining informatika xonalari moddiy-texnika bazasini boyitish;
kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, yangi asarlarni yaratish, tarjima qilish va mualliflarni ragʻbatlantirishning kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan kitoblarni, ayniqsa, bolalarga moʻljallangan adabiyotlar, koʻzi ojizlar uchun brayl alifbosiga asoslangan adabiyotlar chop etilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarning tizimli tashkil etilishini taʼminlash;
xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashga doir dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;
kam taʼminlangan oilalardagi va ish bilan band boʻlmagan xotin-qizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
xotin-qizlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish, ular oʻrtasida frilanserlik faoliyatini keng rivojlantirish.
8. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yoʻqotgan va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida:
nogironligi bor yoshlarning hududlardagi infratuzilma, taʼlim muassasalari, ijtimoiy xizmat koʻrsatish, madaniy meros obyektlari, koʻngilochar jamoat maskanlaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish;
kam taʼminlangan oilalar farzandlarini oʻqitish, zamonaviy kasblarga tayyorlash boʻyicha imkoniyatlarni kengaytirish choralarini koʻrish;
oliy taʼlim muassasalarida maxsus kvota asosida oʻqitilgan nogironligi bor yoshlarning davlat tashkilotlarida ishga joylashishining amaliy mexanizmlarini takomillashtirish;
yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ixtiyoriy yuridik yordam koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish;
mehribonlik uylari va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining jamiyatga ijtimoiy moslashuvida samarali mexanizmlarni yoʻlga qoʻyish;
xavf guruhiga kiruvchi yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yoʻqotgan va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish tizimini yaratish;
mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yoʻqotgan va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni kompleks ijtimoiy himoyasini taʼminlash;
nogironligi bor yoshlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro normativ hujjatlar implementatsiyasini amalga oshirish.
9. Yosh salohiyatli kadrlarni qoʻllab-quvvatlash va ularni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, mehnat bozorida raqobatbardoshligini taʼminlash yoʻnalishida:
davlat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarida iqtidorli, tashabbuskor, raqobatbardosh kadrlar zaxirasini shakllantirish choralarini koʻrish;
yoshlarda muammolarni hal etish, qaror qabul qilish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, muloqot qilish, moslashuvchanlik, stressni yengish kabi hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish boʻyicha maxsus oʻquvlarni rivojlantirish;
yoshlarda korporativ etika, jamoaviy ish, keys-menejmentga doir bilimlarni shakllantirish orqali ish jarayoniga moslashib ketishiga koʻmaklashish tizimini yoʻlga qoʻyish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida davlat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining hamkorligini muvofiqlashtirish;
yoshlarning erkin fikrlovchi, ishbilarmon, tadbirkor hamda intellektual salohiyati yuqori boʻlgan bugungi kun qahramoni timsolini yaratish va uni yoshlar orasida keng targʻib qilish;
yoshlar hayoti, oʻy-kechinmalari, orzu-niyatlari, dolzarb muammolarini internet, radio, televideniye, gazeta va jurnallarda keng yoritish boʻyicha shart-sharoitlarni yaratish.
10. Yosh xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada oshirish yoʻnalishida:
mazkur sohadagi yoshlarga oid davlat dasturlarini, milliy harakatlar rejalari va strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
yosh xotin-qizlar va erkaklarda teng huquq hamda imkoniyatlar madaniyatini shakllantirish boʻyicha dasturlarni amalga oshirish;
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda yosh xotin-qizlarning erkaklar bilan teng ishtirok etishini taʼminlash;
taʼlim, ilm-fan, madaniyat, sogʻliqni saqlash, tadbirkorlik faoliyatida yosh xotin-qizlarning erkaklar bilan teng huquq hamda imkoniyatlarini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
mehnat munosabatlari, jamoa shartnomalari va kelishuvlari, ijtimoiy himoya, uy mehnatini bajarishda yosh xotin-qizlarning erkaklar bilan teng huquq hamda imkoniyatlarini taʼminlash;
yosh oilani, bolalikni ijtimoiy jihatdan himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash, yoshlarda masʼuliyatli onalik va otalikni shakllantirish;
jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitishga qaratilgan axborotdan yoshlarni himoya qilish;
yosh xotin-qizlarning erkaklar bilan teng huquq hamda imkoniyatlarga erishishi maqsadida milliy, mintaqaviy va xalqaro darajalarda yoshlar tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni rivojlantirish.
11. Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar jamoat tashkilotlari va volontyorlik harakatlarini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida:
yoshlarning ijtimoiy faolligini ragʻbatlantirish, volontyorlik guruhlarini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirib borishning yagona tizimini shakllantirish;
yoshlar jamoat tashkiloti, siyosiy partiyalarining yoshlar qanotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan maqsadli dasturlarni amalga oshirish;
yoshlarning siyosiy ongini oshirish, ularning siyosiy jarayonlardagi faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash;
volontyorlik faoliyati institutsional tuzilmalarini yaratish, volontyorlikning barcha yoʻnalishlarini yoshlar oʻrtasida ommalashtirish va qoʻllab-quvvatlash;
yoshlar jamoat tashkilotlari va volontyorlik harakatlarini rivojlantirishda ilgʻor xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy qilish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash.
12. Yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yoʻnalishida:
yoshlar siyosati sohasida chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni yuritish boʻyicha strategiya hamda dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda Oʻzbekiston yoshlarini keng jalb etish;
xalqaro va mintaqaviy darajadagi davlat va nodavlat yoshlar tashkilotlari, taʼlim muassasalari, ilmiy institutlari bilan yoshlar siyosati sohasida hamkorlikni mustahkamlash;
yoshlar faoliyati bilan bogʻliq sohalarga xorijiy investitsiyalar va ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish boʻyicha xalqaro moliya institutlari, donor-mamlakatlar hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
xalqaro ijtimoiy-ahamiyatli loyihalar va dasturlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston yoshlarining rolini kuchaytirish;
xorijda taʼlim olayotgan va mehnat qilayotgan yosh vatandoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot va hamkorlik mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish;
yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeyini oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan yoshlar siyosati sohasidagi islohotlar toʻgʻrisida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazish.
5-bob. Yoshlar siyosatini baholash
Yoshlar siyosatini baholash Oʻzbekiston Respublikasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini baholash boʻyicha yagona koʻrsatkichlar tizimi hisoblanib, mamlakat yoshlarining davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy mavqeyi, farovonligi, barkamollik darajasi hamda istiqboldagi oʻrnini koʻrsatadi.
Bunda baholash mamlakatning yoshlar siyosati boʻyicha sifat koʻrsatkichlari sohadagi xalqaro indekslarga mos ravishda oʻsishini taʼminlashga yoʻnaltiriladi hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy hokimiyat organlari kesimida quyidagi ustuvor yoʻnalishlar asosida baholanadi:
1. Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati.
2. Yoshlarning ijtimoiy faolligi.
3. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlari faoliyati.
4. Yoshlarga oid davlat siyosati va uning infratuzilmasi.
5. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va yoshlar.
6. Yoshlarga oid davlat siyosatining moliyalashtirilishi.
7. 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirishda yaratilgan infratuzilma va yoshlarning qamrovi.
Baholashda mezonlarga taalluqli maʼlumotlarni oʻrganish, tahlil etish, shuningdek maʼlum yoshlar qatlamlari oʻrtasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish orqali sifat koʻrsatkichini aniqlash va boshqa usullardan foydalaniladi.
Yillik baholash natijalari asosida kelgusida sohani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olinadi.
6-bob. Kutilayotgan natijalar
Konsepsiya amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalarda raqobatbardosh, zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega yosh avlod shakllantiriladi.
Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalarni ikki guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruhni yoshlarning shaxsiy rivojlanishi, xususan, ularning salomatligi, taʼlim-tarbiyasi, iqtisodiy imkoniyatlari, koʻnikmalaridagi natijalar tashkil etadi:
yoshlarning tibbiy madaniyati oshiriladi, sogʻlom turmush tarzi, shaxsiy gigiyena, toʻgʻri va ratsional ovqatlanishga rioya etish koʻrsatkichlari oshadi;
umumtaʼlim maktablarida 7-sinf oʻquvchilarining kasblar kesimida qiziqishini aniqlash, 8-9-sinf oʻquvchilarini zamonaviy va istiqbolli kasblar bilan tanishtirib borish, 10-sinfdan oʻquvchilarni davlat va nodavlat oʻquv markazlari yordamida kasbga oʻrgatish va ularning xarajatlarini “vaucher” tizimi orqali qoplab berish mexanizmi yaratiladi;
yoshlarni oliy taʼlimga oʻqishga qabul qilishda abituriyentning intellektual salohiyati, shaxsiy koʻnikmalari, mantiqiy va ijodiy fikrlash qobiliyati va volontyorlik faoliyatlari asosida saralash tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi;
oila, xususan, yoshlarda boy milliy tarbiyaviy merosimiz toʻgʻrisida bilimlar oshirilib, ularni oʻrganish, saqlash, targʻib qilish, oʻrgatish orqali milliy qadriyatlarning mavqeyi mustahkamlanadi;
yoshlar oʻrtasida erta tugʻruq holatlariga barham berishning samarali choralari amalga oshiriladi;
madaniyat va sanʼat bilan muntazam shugʻullanadigan yoshlar soni 30 foizga oshirilib, ularning xalqaro tanlov va festivallardagi ishtiroki 40 foizga yetkaziladi;
yoshlarning 30 foizi ommaviy sport turlari bilan muntazam shugʻullanishiga erishiladi;
kitob oʻqishni kundalik hayot tarziga aylantirgan yoshlar soni 70 foizga oshiriladi.
Ikkinchi guruh natijalari mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy rivojlanishiga yoshlarning qoʻshayotgan hissasi va yaratilayotgan shart-sharoitlar koʻlami bilan belgilanadi:
joylarda yoshlarga oid normativ hujjatlar bajarilishi ustidan taʼsirchan jamoatchilik nazorati doimiy amalga oshiriladi;
jamiyatda yoshlar uchun jinsi, irqi, millati, tili, diniy eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼiy nazar teng huquq va imkoniyatlar yanada mustahkamlanadi;
(6-bobning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son)
Oʻzbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda oʻquvchilarni baholash dasturi reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishiga erishiladi;
taʼlim muassasalaridagi oʻqitish dasturlari xalqaro standartlarga (PISA, STEAM) moslashtiriladi;
bolalarning maktabgacha taʼlim muassasalari, yoshlarning umumtaʼlim maktablari va oliy taʼlim muassasalariga qamrovi nodavlat taʼlim muassasalari uchun imkoniyatlar kengaytirilishi hisobiga bosqichma-bosqich oshiriladi, jumladan, Respublikada 3 — 7 yoshgacha boʻlgan bolalarning 80 foizi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olinadi;
yoshlarning madaniy saviyasini oshirish uchun kutubxonalar, teatrlar, kinoteatrlar, muzeylar, istirohat bogʻlari va boshqa madaniyat muassasalari soni bosqichma-bosqich oshiriladi;
yoshlarning ommaviy sport turlari bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratilib, sport inshootlarining sigʻimi 30 foizga oshiriladi;
mahallalarda yoshlarning ommaviy sport turlari bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratiladi;
barcha hududlarda IT-parklar barpo etiladi, tuman (shahar)larda Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari tashkil etiladi, “Bir million oʻzbek dasturchi” loyihasi asosida 200 mingga yaqin yoshlar oʻqitiladi;
yoshlarning sifatli, tezkor va arzon internet xizmatlaridan foydalanishi uchun sharoitlar yaratiladi, aloqa va axborotlashtirish xizmatlarini 2 baravar oʻstirish taʼminlanadi;
kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, yangi asarlarni yaratish, tarjima qilish va mualliflarni ragʻbatlantirishning kompleks chora-tadbirlari amalga oshiriladi;
nogironligi bor yoshlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro normativ hujjatlar implementatsiya qilinadi;
yoshlar va hukumat oʻrtasidagi tizimli muloqotni tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari huzurida iqtidorli, faol va tashabbuskor yoshlarni birlashtirgan sohalar boʻyicha “Yoshlar kengashlari” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
yoshlar hayoti, oʻy-kechinmalari, orzu-niyatlari, dolzarb muammolarini internet, radio, televideniye, gazeta va jurnallarda keng yoritish boʻyicha “Yoshlar media xoldingi” tashkil etiladi;
xorijiy davlatlarga ishlash uchun chiqib ketayotgan hamda norasmiy ish bilan band boʻlgan yoshlarning ijtimoiy taʼminoti va mehnat muhofazasi taʼminlanadi;
mehribonlik uylari bitiruvchilari bandligi toʻlaqonli taʼminlanadi, ularning jamiyatga ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashishda samarali mexanizmlar joriy etiladi;
taʼlim muassasasini tamomlab, birinchi bor ish izlayotgan, muddatli harbiy xizmatni oʻtagan yoshlar, xotin-qizlar, ayniqsa bola parvarishi boʻyicha taʼtildan qaytgan ayollarning ishga joylashishda sunʼiy toʻsiqlar bartaraf etiladi;
volontyorlik faoliyatining institutsional tuzilmalari, jumladan, “Volontyorlar maktablari”, “Volontyorlik markaz”lari yaratiladi;
xalqaro va mintaqaviy darajadagi davlat va nodavlat yoshlar tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari, donor-mamlakatlar hamda xorijiy tashkilotlar, taʼlim muassasalari, ilmiy institutlari bilan yoshlar siyosati sohasida hamkorlik mustahkamlanadi;
xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar bilan doimiy muloqot va hamkorlik mexanizmlari yoʻlga qoʻyiladi, Oʻzbekistonning chegara, anklav, eksklav hududlarida ahil qoʻshnichilik, doʻstlik, bagʻrikenglik muhiti yanada mustahkamlanadi;
mamlakatda olib borilayotgan yoshlar siyosati sohasidagi islohotlar toʻgʻrisida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazib beriladi hamda yoshlar sohasidagi xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeyi oshiriladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oʻzbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasida nazarda tutilgan maqsad va vazifalarga erishishning moliyaviy xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonuniga binoan, Oʻzbekiston Respublikasining davlat budjeti, homiylarning mablagʻlari va boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishidagi oʻzgarishlardan kelib chiqib, Konsepsiyaning ayrim qoidalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlashtirilishi hamda toʻldirilishi mumkin.
(7-bobning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi 23-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2021-2022-yillarda amalga oshirish boʻyicha
I. Yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish yoʻnalishi
1.
Bolalar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Bolalar Ombudsmani toʻgʻrisida”gi qonunini qabul qilish.
“Bolalar Ombudsmani toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi
2021-yil
-
Oliy Majlis palatalari, Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi
2.
Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga doir meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish va ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Amaliy chora-tadbirlar
2021-2022-yillar
-
Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
3.
Oʻzbekiston yoshlari portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari, yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini va “Yoshlar murojaati” elektron platformasini shakllantirish.
Amaliy chora-tadbirlar
2021-yil iyul
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar
Doimiy ravishda
4.
Yoshlar huquqlariga bagʻishlangan Butunjahon yoshlar anjumanini tashkil etish va oʻtkazish.
1. Ishchi guruhini shakllantirish.
2. Anjuman konsepsiyasi hamda dasturini ishlab chiqish.
3. Konsepsiya va dastur loyihasini tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan kelishish.
4. Konsepsiya va dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2021-yil sentabr
-
Yoshlar ishlar agentligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi
5.
Davlat idoralarida tizimli ravishda yoshlar siyosatiga oid statistik maʼlumotlar yuritilishini taʼminlash.
1. Yoshlar siyosatiga oid statistik koʻrsatkichlarni 0 — 30 yosh, 14 — 30 yosh, 18 — 30 yosh toifasida ishlab chiqish.
2021-yil mart
-
Davlat statistika qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Davlat idoralari, tashkilotlar, banklar va boshqa xoʻjalik boshqaruvi organlarida tizimli ravishda yoshlar siyosatiga oid statistik maʼlumotlar yuritilishini taʼminlash.
Doimiy ravishda
II. Mamlakatda xavfsizlik, adolat va ?kologik barqarorlikni taʼminlashda yoshlarning rolini oshirish yoʻnalishi
6.
BMTning Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyasi loyihasi boʻyicha yoshlar ishtirokida keng doirada muhokamalarni tashkil etish.
Tadbirlar rejasi
2021-yil
-
Yoshlar ishlari agentligi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari huzuridagi Yoshlar parlamentlari
7.
2020-yilda yoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik koʻrsatkichlari oshgan hududlarda 2021-2022-yillarda jinoyatchilik holatlarini keskin kamaytirishga qaratilgan alohida dasturlarni amalga oshirish.
Hududlar kesimida hamkorlar chora-tadbirlari
2021-yil mart
-
Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
8.
Yoshlar oʻrtasida korrupsiyaning mohiyati va oqibatlari boʻyicha taʼsirchan targʻibot ishlarini amalga oshirish.
Hamkorlar chora-tadbirlari
2021-2022-yillar
Tashkilotchilar va homiylik xayriyalari hisobidan
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi
9.
Oʻsib kelayotgan yosh avlodning ekologik savodxonligini oshirish, ekologik ongi va madaniyatini rivojlantirish maqsadida ekologik oromgoh tashkil etish.
Amaliy chora-tadbirlar
2021-yil IV chorak
Tashkilotchilar va homiylik xayriyalari hisobidan
Yoshlar ishlari agentligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
III. Yoshlar uchun malakali tibbiy xizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaxshilash, ular oʻrtasida tibbiy savodxonlikni oshirish va sogʻlom turmush tarzini mustahkamlash yoʻnalishi
10.
Millat genofondini yaxshilash, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirish, sogʻlom avlod tugʻilishi, yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikoh tuzilish holatlarining ayanchli oqibatlari haqida taʼsirchan multimedia mahsulotlarini tayyorlash va targʻib etish.
Tadbirlar rejasi
2021-2022-yillar
Tashkilotchilar va homiylik xayriyalari hisobidan
MTRK, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi
11.
Yoshlarning turli yuqumli, genetik va surunkali kasalliklar, bevaqt oʻlim holatlarini keltirib chiqarayotgan sabablarni oʻrganib, bartaraf etish yuzasidan “Yoshlar salomatligi — 2021 — 2025” dasturini ishlab chiqish.
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi
2021-yil iyul
-
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, ilmiy tadqiqotlar muassasalari
IV. Yoshlarni ona Vatanga, oilaga, mustaqillik gʻoyalariga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻnalishi
12.
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularda onalik va otalik masʼuliyatini oshirish, yosh oilalar oʻrtasidagi nizolarning oldini olishga qaratilgan aniq va natijador mexanizmlar joriy etish.
Amaliy chora-tadbirlar dasturi
2021-yil mart
-
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar
13.
Voyaga yetmagan oʻsmir qizlar oʻrtasida erta tugʻruq holatlarini oldini olish maqsadida mahalla tizimida kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va bu borada Toshkent viloyati tajribasini yaratish.
Kompleks chora-tadbirlar dasturi
2021-yil mart
-
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi, vazirlik, idora va tashkilotlar, Toshkent viloyati hokimligi
14.
Yoshlarda vatanparvarlik, mardlik, shijoat, milliy gʻurur, qatʼiyat, oriyat, qanoat, mehnatsevarlik, irodalilik, masʼuliyatlilik kabi maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan harbiy vatanparvarlik tadbirlarini tizimli amalga oshirish.
Kompleks chora-tadbirlar dasturi
2021-yil mart
-
Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi
15.
Qarovsiz va yolgʻiz keksalarga yordam koʻrsatish, nogiron va imkoniyati cheklangan fuqarolarga koʻmaklashishga qaratilgan “Ijtimoiy volontyorlik guruh”larini shakllantirish va ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini yaratish.
Amaliy chora-tadbirlar dasturi
2021-yil aprel
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Yoshlar ishlari agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, vazirlik va idoralar
16.
Yoshlarni ona Vatanga, mustaqillik gʻoyalariga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida hududlar kesimida oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda alohida yillik dasturlar ishlab chiqish.
Xalq deputatlari mahalliy kengashlari qarorlari
2021-yil avgust
-
Xalq deputatlari mahalliy kengashlari (kelishuv asosida), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
17.
Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda Andijon viloyati tajribasini oʻrganish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlaridan faol yoshlarni jalb qilgan holda “Andijon yoshlari forumi”ni tashkil etish.
Amaliy chora-tadbirlar
2021-yil may
Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan
Andijon viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi
18.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlab, mamlakatimizning barcha hududlaridan faol yoshlarni jalb qilgan holda “Fargʻona yosh hunarmandlar festivalini”ni tashkil etish.
Amaliy chora-tadbirlar
2021-yil avgust
Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan
Fargʻona viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi
V. Yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yoʻnalishi
19.
Yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalariga grant mablagʻlari ajratish.
1. Yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalari boʻyicha respublika miqyosida tanlov oʻtkazish.
2021-yil may
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi
2. Tanlov natijasiga koʻra:
2021-yildan boshlab har yili kamida 20 ta eng yaxshi startap loyihalarga 50 mln soʻmdan 200 mln soʻmgacha grant mablagʻlari ajratish.
2021-yildan boshlab har yili 1-sentabr
20.
Hududlarda yoshlar bandligiga koʻmaklashish maqsadida quduqlar burgʻulash (qazish), sugʻorish vositalari xarid qilish, yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, urugʻlik va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish.
1. Yoshlarga quduqlar burgʻulash (qazish), sugʻorish vositalari xarid qilish, yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, urugʻlik va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish tartibini ishlab chiqish.
2021-yil mart
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
2. Belgilangan tartibda subsidiyalar ajratib borish.
Doimiy ravishda
21.
“Yoshlar daftari” yuritilishi tizimini elektronlashtirishga qa?atilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Ijrochilarning chora-tadbirlar dasturi
2021-yil mart
-
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat Personallashtirish markazi, Yoshlar ishlari agentligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlari
22.
“Yoshlar: 1+1” dasturi doirasida uyushmagan va ishsiz yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish. Shuningdek, “Hunarli kishi xor boʻlmas” gʻoyasi asosida usta hunarmandlar qoʻlida ishsiz yoshlarga kasb-hunar oʻrgatish maqsadida hududlarda “ustoz-shogird” anʼanasini yangi tizimda joriy etish.
Ijrochilarning chora-tadbirlar dasturi
2021-yildan boshlab doimiy
Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari
Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari
23.
“Har bir tadbirkor — yoshlarga madadkor” tamoyili asosida koʻngilli tadbirkorlarni jalb etgan holda 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan ishsiz yoshlarni biriktirish tashabbusini amalga oshirish.
Ijrochilarning chora-tadbirlar dasturi
2021-yildan boshlab doimiy
-
Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi
24.
Yosh tadbirkorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida koʻrgazmali savdo yarmarkalarini tashkil etish.
Yosh tadbirkorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida kamida 20 ta koʻrgazmali savdo yarmarkalari tashkil etish.
2021-2022-yillar
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
25.
Yosh tadbirkorlarning tadbirkorlikka oid xalqaro koʻrgazma va anjumanlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoitlar yaratish.
Hamkorlik tadbirlar rejasi
2021-2022-yillar
Yoshlar ishlari agentligi va homiylik xayriyalari hisobidan
Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar
26.
Yoshlarni kasbga oʻrgatish bilan bogʻliq, shuningdek, yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sugʻurta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy koʻmak koʻrsatish uchun konsalting xizmatlari xarajatlarini qoplash.
Yoshlarni kasbga oʻrgatish bilan bogʻliq, shuningdek, yosh tadbirkorlarga huquqiy, buxgalteriya, marketing, brending, bank, sugʻurta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy koʻmak koʻrsatish uchun 500 ta konsalting xizmatlari xarajatlarini qoplash.
2021-2022-yillar
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
27.
Turli sohalardagi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar eksportda”, “Yoshlar investitsiyada”, “Yoshlar fermerlikda”, “Yoshlar qurilishda” kabi yoʻnalishlar boʻyicha maxsus dasturlarni amalga oshirish.
Hamkorlar qoʻshma chora-tadbirlari
2021-yil mart
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi, Tashqi savdo va investitsiya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi
28.
Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi faoliyatini mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlash va manfaatlarini himoya qilish nuqtai-nazaridan yanada takomillashtirish choralarini koʻrish.
Amaliy chora-tadbirlar
2021-yil iyul
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar
29.
Yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis boʻlib yetishishlari, shu jumladan tadbirkorlikka oʻqitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb etgan holda bepul oʻquv mashgʻulotlar oʻtkazish va biznesni yoʻlga qoʻyishdan daromad olishgacha boʻlgan masalalarni oʻrgatishga qaratilgan qoʻllanmalar yaratish.
Yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaxassis boʻlib yetishishlari, shu jumladan tadbirkorlikka oʻqitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaxassislarini jalb etgan holda respublikaning turli hududlarida kamida 200 ta bepul oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish.
2021-yildan boshlab har yili yil davomida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
30.
Xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumi va startap tadbirlarini oʻtkazish.
1. Xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumini oʻtkazish.
2021-yil?an boshlab har yili yil davomida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi
2. “Yoshlar oromgohi” bazasida xalqaro startap tadbirlarini oʻtkazish.
2021-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba
31.
Bitiruvchilarda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida barcha hududlardagi oliy taʼlim muassasalarida biznes akseleratorlar tashkil etish.
Barcha hududlardagi oliy taʼlim muassasalari bazasida bosqichma-bosqich biznes akseleratorlar tashkil etish.
Reja asosida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
32.
Yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka qiziqtirish hamda ularga bunday faoliyatni yoʻlga qoʻyishning amaliy jihatlarini oʻrgatish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tashkilotlariga biznes sayohatlar tashkil etish.
Yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka qiziqtirish hamda ularga bunday faoliyatni yoʻlga qoʻyishning amaliy jihatlarini oʻrgatish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tashkilotlariga 200 ta biznes sayohatlar tashkil etish.
2021-yildan boshlab har yili yil davomida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar va hokimliklari
VI. Yoshlarni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlashga qaratilgan “Besh muhim tashabbus”ni amalga oshirish yoʻnalishi
33.
2021-yil yakuniga qadar 102 ta tuman (shahar)da Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarini tashkil etish.
Manzilli chora-tadbirlar rejasi
2021-yil iyun
Axborot texnologiyalari vazirligi mablagʻlari
Axborot texnologiyalari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar
34.
Musiqa maktablari, bolalar va oʻsmirlar sport maktablarini toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazish, tuman (shahar)lar kesimida ehtiyojni aniqlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
1. Taʼlim muassasalari moddiy-texnika bazasini inventarizatsiyadan oʻtkazish;
2021-yil mart
Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy budjeti
Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar
2. Moddiy-texnika bazasini mustahkamlashning 5 yillik dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.
2021-yil apreldan dastur asosida
35.
Yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida “Yosh kitobxon” respublika tanlovini oʻtkazish.
Amaliy chora-tadbirlar
2021-yilda va keyingi yillarda doimiy
Tashkilotchilar va homiylik mablagʻlari hisobidan
Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xalq taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta taʼlim vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, MTRK
36.
Yosh oilalar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovini oʻtkazish.
Amaliy chora-tadbirlar
2021-yilda va keyingi yillarda doimiy
Tashkilotchilar va homiylik mablagʻlari hisobidan
Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy va oʻrta taʼlim vazirligi, MTRK
37.
Iqtidorli yosh adiblar, rassomlar va hunarmandlar oʻrtasida ijodiy koʻrik tanlovlar tashkil etish, yosh mualliflarning ijod namunalari, jumladan, birinchi kitoblarini nashr etish, sanʼat asarlarini yaratish uchun moliyaviy yordam koʻrsatish.
Amaliy chora-tadbirlar
Doimiy ravishda
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yozuvchilar uyushmasi
38.
Yoshlarning xalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga koʻmaklashish.
Yoshlarning xalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga koʻmaklashish boʻyicha zarur choralarni koʻrish.
Doimiy ravishda
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi
39.
Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida haftaning har shanba kunida hududlarda “Velosiped bilan bir kun” ijtimoiy harakatini amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash qarori
2021-2022-yillar
-
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
40.
“Kamalak yulduzlari”, “Yilning eng faol yoshlar yetakchisi”, “Yil sardori”, “Talabalar festivali”, “Intellektual oʻyinlar” haftaligi, “Yil talabasi” singari koʻrik-tanlov va musobaqalarni tashkil etish va yuqori saviyada oʻtkazish.
Amaliy chora-tadbirlar
Doimiy
Ijrochilarning mablagʻlari hisobidan
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Rektorlar Oliy Kengashi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Milliy teleradiokompaniya
41.
“Abdulla Oripov izdoshlari”, “Oʻtkir Hoshimov asarlari bilimdoni”, “Botir Zokirov sanʼati davomchilari” koʻrik-tanlovlarining tuman, shahar, viloyat va respublika bosqichlari tashkil etish.
Amaliy chora-tadbirlar
2021-yil
Ijrochilarning mablagʻlari hisobidan
Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Badiiy akademiya, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
42.
Yoshlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va zamonaviy texnologiyalar orqali yoshlarni vatanga sadoqat, ona yurtga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida “KinoMark” milliy internet striming platformasini tashkil etish (investitsion loyiha)
Ijrochilarning qoʻshma qarori
2021-yil mart
Investorlarning mablagʻlari
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yosh kinoijodkorlar kengashi
43.
Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun “Talabalar bahori” (StudFest) respublika yoshlar festivalini oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish.
Amaliy chora-tadbirlar
2021-yil aprel
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, hamkor tashkilotlar va tegishli hokimliklar mablagʻlari
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi
44.
Yoshlarning isteʼdodi va gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash hamda ularni munosib taqdirlash maqsadida “Yoshlar haftaligi”ni oʻtkazish.
Amaliy chora-tadbirlar
Har yili noyabr oyida
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, hamkor tashkilotlar va tegishli hokimliklar mablagʻlari
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi,
45.
Yosh kinoijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “PROlogue” xalqaro kinofestivali va uning doirasida “Location EXPOuz” mahalliy kinolokatsiyalarining xalqaro koʻrgazmasini oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish
Amaliy chora-tadbirlar
2021-yildan har yili noyabr oyida
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va hamkor tashkilotlar mablagʻlari
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston milliy kinokomissiyasi
46.
Milliy xalq oʻyinlari, raqslari va qadriyatlarini targʻib qilishga qaratilgan Xalqaro “International Drum & Dance” festivalini oʻtkazish
Amaliy chora-tadbirlar
2021-yil mart
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, hamkor tashkilotlar va tegishli hokimliklar mablagʻlari
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
VII. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yoʻqotgan va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishi
47.
Nogironligi bor yoshlarning hududlardagi infratuzilma, taʼlim, ijtimoiy xizmat koʻrsatish, madaniy meros obyektlari, koʻngilochar jamoat maskanlaridan foydalanishi uchun bosqichma-bosqich shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrish.
Hududlar kesimida reja-jadval ishlab chiqish va amalga oshirish
2021-yil avgust
Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy budjeti
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
48.
Oliy taʼlim muassasalarida toʻlov shartnoma asosida taʼlim olayotgan chin yetim, nogiron, ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan hamda mehribonlik uyida tarbiyalangan, boquvchisini yoʻqotgan talabalarga toʻlov shartnoma mablagʻlarini 50 foiz miqdorda toʻlab berish maqsadida “Yoshlar taʼlim granti” loyihasini tashkil etish.
Ijrochilarning qoʻshma qarori
2020-2021 oʻquv yil
Yoshlar ishlari agentligi va homiylik xayriyalari hisobidan
Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
49.
Barcha mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilarning inson omilidan zarar koʻrish holatlarini oldini olish maqsadida hududiy monitoring guruhlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
Amaliy chora-tadbirlar
2021-yil mart
-
Bosh prokuratura, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
yil davomida
VIII. Yosh salohiyatli kadrlarni qoʻllab-quvvatlash va ularni davlat fuqarolik xizmatiga tayyorlash, mehnat bozorida raqobatbardoshligini taʼminlash yoʻnalishi
50.
Iqtidorli yosh kadrlarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlashga qaratilgan “Vatan iftixorlari” loyihasini amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash qarori
2021-yil
Tashkilotchilar mablagʻlari hisobidan
Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi
51.
Hududlar kesimida yuqori natijaga erishayotgan yoshlar bazasini shakllantirish hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tavsiyasi asosida xorijiy davlatlarga oʻz mutaxassisligi boʻyicha qisqa muddatli oʻquvlarga yuborish.
Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish
2021-yil aprel
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
IX. Yosh xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi mavqeyini yanada oshirish yoʻnalishi
52.
Jins boʻyicha bilvosita va bevosita kamsitilish holatlarini oʻrganish, tahlil qilish va samarali yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Vazirlar Mahkamasiga tahliliy maʼlumot va taklif
2021-yil aprel
-
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Yoshlar ishlari agentligi
53.
Oliy taʼlimdan keyingi ilmiy faoliyatda, ayniqsa aniq va texnika fanlari boʻyicha xotin-qizlar faolligini oshirishga qaratilgan maxsus dasturlarni amalga oshirish.
Bunda, xotin-qizlarning ilmiy faoliyatiga grantlar ajratish tizimini yoʻlga qoʻyish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2021-yil aprel
Oʻzbekiston Respublikasi budjeti
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
54.
Maishiy zoʻravonlikka uchrayotgan yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularni himoya qilishning taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqish.
Tahliliy maʼlumot va taklif
2021-yil mart
-
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi
X. Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar jamoat tashkilotlari va volontyorlik harakatlarini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishi
55.
Hududlardagi oliy taʼlim muassasalarida volontyorlik markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish
Amaliy chora-tadbirlar
2021-yil avgust
Oliy taʼlim muassasalari mablagʻlari
Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari
56.
Faol va iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida “Biz birgamiz” shiori ostida Oʻzbekistonda volontyorlar forumini tashkil etish.
Amaliy chora-tadbirlar
2021-yil noyabr-dekabr
Yoshlar ishlari agentligi va homiylik xayriyalari mablagʻlari
Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar
57.
Yoshlarda oʻzini oʻzi rivojlantirish boʻyicha kuchli motivatsiya uygʻotish maqsadida xalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega notiqlarni jalb qilingan holda motivatsion tadbirlar oʻtkazish.
Yoshlarda oʻzini oʻzi rivojlantirish boʻyicha kuchli motivatsiya uygʻotish maqsadida har yili kamida bir marotaba yoshlar davrasida ushbu yoʻnalishda xalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega notiqlarni jalb qilgan holda tadbirlar oʻtkazish.
2021-yildan boshlab har yili yil davomida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
58.
Iqtidorli va jamoat ishlarida faol boʻlgan yoshlarni (birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oilalar farzandlarini) bepul yoʻllanmalar asosida oromgohlarga yuborish.
Fanlarni “aʼlo” va “yaxshi” baholarga oʻzlashtirayotgan iqtidorli va jamoat ishlarida faol boʻlgan 500 nafar yoshlar (birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oilalarning farzandlari)ni bepul yoʻllanmalar asosida oromgohlarga yuborish.
2021-yildan boshlab har yili reja asosida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti
Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
XI. Yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yoʻnalishi
59.
Xorijdagi yoshlarimiz bilan samarali ishlashni yoʻlga qoʻyish va ular bilan erkin muloqot maydonini yaratish va vatandoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Vatandosh” maqsadli tizimini yaratish.
Hamkorlik tadbirlar rejasi
2021-yil may
-
Yoshlar ishlari agentligi
60.
Axborot-kommunikatsiyalar va texnologiyalari sohasi boʻyicha Oʻzbekiston-Hindiston yoshlari va talabalar festivalini oʻtkazish.
Hamkorlik tadbirlar rejasi
2021-yil II yarim yillik
Ijrochilar hisobidan
Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi
61.
Islom hamkorlik tashkilotining Yoshlar forumi bilan hamkorlik oʻrnatish.
Hamkorlik tadbirlar rejasi
2021-yil II yarim yillik
-
Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi,
62.
Turkiy Tilli Davlatlar Hamkorlik Kengashi doirasida Yosh tadbirkorlar forumini tashkil etish va uning birinchi yigʻilishini 2021-yilda Oʻzbekistonda oʻtkazish.
Hamkorlik tadbirlar rejasi
2021-yil II yarim yillik
Yoshlar ishlar agentligi hamda homiylar hisobidan
Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ittifoqi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2021-y., 09/21/23/0056-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)