1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SOS Oʻzbekiston bolalar mahallalari uyushmasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4185-son qarorini ijro etish, shuningdek, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirishning oilaviy shaklini va boshqa muqobil shakllarini joriy qilish, ularning hamjamiyatga tezda ijtimoiy moslashishi uchun keng imkoniyat yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 12-avgustdagi 263-son qaroriga muvofiq SOS — Oʻzbekiston bolalar mahallalari uyushmasining Toshkent, Samarqand va Urganch shaharlarida joylashgan bolalar mahallalari, yoshlar uylari va ijtimoiy markazlari budjet mablagʻlari hisobidan toʻliq moliyalashtirishga qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4185-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, SOS Oʻzbekiston bolalar mahallalari uyushmasi boʻlinmalarining faoliyatini toʻgʻri ifodalash maqsadida:
bolalar mahallalari — bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari;
yoshlar uylari — yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlari;
ijtimoiy markazlar — ijtimoiy yetimlikning oldini olish xizmatlari deb nomlansin.
3. Quyidagilar:
Bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ijtimoiy yetimlikning oldini olish xizmatlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 12-avgustdagi 263-son qarorining 1-bandi va qarorga ilovaning 4-pozitsiyasidagi “bolalar mahallalari, yoshlar uylari va ijtimoiy markazlarning” soʻzlari tegishlicha “bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari, yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlari va ijtimoiy yetimlikning oldini olish xizmatlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 21-noyabr,
738-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 738-son qaroriga 1-ILOVA
Bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan va toʻliq davlat taʼminotidagi bolalar (keyingi oʻrinlarda — bolalar) uchun SOS Oʻzbekiston bolalar mahallalari uyushmasining bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlarining (keyingi oʻrinlarda — xizmat) maqomini va ularni tashkil qilish tartibini belgilaydi.
2. Xizmat SOS Oʻzbekiston bolalar mahallalari uyushmasi filialining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi (keyingi oʻrinlarda — filial), uning doirasida bolalar oilada yoki oilaga oʻxshash muhitda, shuningdek, muqobil parvarish qilishning boshqa shakllarida tarbiyalanadilar.
3. Xizmat bolaning oilada yashash, tarbiyalanish, sogʻligʻini saqlash, taʼlim olish, maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalanish, mehnat tarbiyasiga boʻlgan huquqlarini roʻyobga chiqarish, bolaga nisbatan nomunosib muomalada boʻlishdan himoya qilish va jamiyatga qoʻshish maqsadida tuziladi.
4. Xizmatning asosiy vazifalari quyidagilardir:
oilada yoki oilaga oʻxshash muhitda, shuningdek, muqobil parvarish qilishning boshqa shakllarida bolalarning aqliy, ruhiy va jismoniy jihatdan rivojlanishiga yordam beradigan qulay muhitni yaratish;
bolalar hayotini muhofaza qilish va sogʻligʻini saqlashni taʼminlash;
umumiy oʻrta taʼlim olishlarini taʼminlash;
bolalarni ijtimoiy himoya qilishni va ularning jamiyatga moslashuvini taʼminlash;
bolalarni milliy urf-odatlar asosida Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash;
bolalarning mehnat koʻnikmalarini shakllantirish, ularga oʻz kasblarini oʻzlari tanlashlari uchun sharoit yaratish;
muqobil parvarishlash holatidagi bolaning oʻz oilasi bilan aloqa bogʻlashiga koʻmaklashish;
bolani oʻz oilasiga reyintegratsiya qilish (qaytarish).
5. Xizmat SOS Oʻzbekiston bolalar mahallalari uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) boshqaruvining qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi bilan kelishgan holda tashkil qilinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
3-bob. Xizmat tomonidan tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish
6. Xizmat tarbiyaviy jarayonni oilada yoki oilaga oʻxshash muhitda, shuningdek, muqobil parvarish qilishning boshqa shakllarida tashkil qiladi. Xizmat oilaga oʻxshash muhitda tarbiyaviy jarayonni taʼminlash uchun tarbiyachi boshchiligida (SOS ona/ota-ona) oila deb ataladigan guruhni tashkil qiladi. Qoida tariqasida har bir oilada turli yosh va jinsdagi 4 nafardan 7 nafargacha bola tarbiyalanadi. Ayrim hollarda oilada 8 nafar bola tarbiyalanishi mumkin. Tarbiyachilar (SOS ona/ota-ona) oilaviy uyda doimiy ravishda yashaydilar.
“SOS — Kinderdorf Interneshnl” xalqaro jamiyatining va Uyushmaning tegishli hujjatlarida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda oiladagi bolalar soni tarbiyachining (SOS onaning/ota-onaning) pensiyaga chiqish rejasini bajarish davrida uch yilgacha boʻlgan muddatda belgilanganidan (4 nafar boladan) kam boʻlishi mumkin.
7. Xizmatdagi har bir oila filial hududidagi alohida uyga joylashtiriladi yoki mahalla hududidagi yakka tartibdagi uyga (kvartiraga) joylashtiriladi.
8. Xizmat kamida 6 ta oilani tashkil qiladi.
9. Oʻz oilasidan ajrab qolgan va qisqa muddatli muqobil parvarishlashga ehtiyoji bor boʻlgan bolalar 8 oygacha muddatga qisqa muddatli muqobil parvarishlashga qabul qilinadi.
Qisqa muddatli muqobil parvarishlash filial hududidagi alohida uyda yoki mahalla hududidagi yakka tartibdagi uyda (kvartirada) tashkil qilinishi mumkin. Qisqa muddatli muqobil parvarishlash xizmati oilaga tenglashtiriladi.
10. Bola qisqa muddatli muqobil parvarishda boʻlgan vaqtida ushbu xizmat tomonidan bolani oʻz oilasiga reyintegratsiya qilish yoki bolaning manfaatlariga mos keladigan muqobil yechimni topish ishlari olib boriladi (SOS oila, qondosh oila, patronat oila va muqobil parvarish qilishning boshqa shakllari).
11. Qisqa muddatli muqobil parvarishlashning bitta tarkibiy boʻlinmasidagi bolalar soni 8 tadan oshmaydi.
12. Qisqa muddatli muqobil parvarishlashda ishlaydigan tarbiyachilar kecha-kunduz navbatchilik bilan ishlaydilar.
13. Xizmatda tarbiyalanishga qabul qilingan bolalarning yoshi, qoida tariqasida, 3 yoshdan boshlab va umumiy oʻrta taʼlim muassasasini tugatgungacha boʻlgan yosh hisoblanadi. Uch yoshdan kichik boʻlgan bolalar katta akalari va opalaridan ajralmaslik uchun xizmatga qabul qilinadi. Uyushma bilan kelishgan holda bolalar, agar qandaydir rasmiy tasdiqlangan sabablarga koʻra talabalar yotoqxonasida turar joy bilan taʼminlanmagan boʻlsa yoki biologik qarindoshlar ularga yashash joyini berishdan bosh tortgan hollarda oʻrta maxsus taʼlim muassasasini tugatgunga qadar xizmatda tarbiyalanishi mumkin.
14. Bolani parvarish qilish bolaning rivojlanishidagi barcha ehtiyojlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Shuningdek, bolaning oʻz oilasidagi oilaviy munosabatlari, uning tugilib oʻsgan oilasi tarixi va oʻtmishda unga nisbatan nomunosib muomalada boʻlganlik tajribasi ham eʼtiborga olinadi.
15. Xizmat xodimlari bolalarning aka-ukalari va opa-singillarini, boshqa qarindoshlarini qidirib topishga, ularning munosabatlarini qoʻllab-quvvatlashga koʻmaklashishlari shart, bolalarning manfaatlariga zid boʻlgan holatlar bundan mustasno. Nizoli hollarda bolalar va ularning ota-onalari va/yoki qarindoshlari oʻrtasidagi munosabatlar tartibi vasiylik va homiylik organi tomonidan belgilanadi.
16. Filial maʼmuriyati bolalarning ota-onalari va/yoki qarindoshlari bilan uchrashib turishlariga koʻmaklashishi va ularning ota-onalik huquqlari tiklangan taqdirda ular bilan birlashishlariga hamda bolalarning manfaatlariga zid boʻlmagan boshqa hollarda qarshilik koʻrsatmasligi kerak.
17. Filial maʼmuriyati bolalarning ota-onalari va/yoki qarindoshlari bilan uchrashib turishlariga qarshilik koʻrsatishlari (bolaning manfaatlariga zid boʻlgan holatlar bundan mustasno) mumkin emas.
18. Bolalarni xizmatga qabul qilish qonunchilik hujjatlarida, ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bolalarni xizmatga qabul qilish tarbiyalanuvchi yashaydigan joy boʻyicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining qarori hamda Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining yoʻllanmasi asosida amalga oshiriladi.
Xizmatga 10 yoshdan katta bolalar ularning roziligi bilan qabul qilinadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
19. Xizmatga yuboriladigan har bir bola uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
bolani xizmatga joylashtirish haqidagi qaror va yoʻllanma;
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma va ambulatoriya kartasi;
maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjat (maktab yoshidagi bolalar uchun);
ota-onasi toʻgʻrisidagi hujjatlar (oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnomaning, sudning hukmi yoki qarorining nusxasi, ota-onasining kasalligi toʻgʻrisidagi, ota-onasining qidirilayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, ota-onasining yoʻqligini yoki ular oʻz farzandlarini tarbiyalay olmasligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar);
aka-uka va opa-singillarning mavjudligi va ularning turgan joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
20. Tarbiyalash uchun xizmatga berilishi mumkin boʻlgan bolalar soni filial maʼmuriyati tomonidan Uyushmaning ichki hujjatlariga muvofiq hamda Agentlikning tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
21. Agar xizmatga tarbiyalash uchun berilgan bolalarda boshqa joyda turgan mol-mulk mavjud boʻlsa, u holda ushbu mol-mulkni muhofaza qilish mol-mulk turgan joydagi vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
22. Xizmatdan chiqarishda tarbiyalanuvchilarga quyidagi hujjatlar beriladi:
a) tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma, 16 yoshga toʻlganlarga esa pasport ham;
b) Xizmatda boʻlganlik haqida maʼlumotnoma;
v) sogʻligʻi haqida maʼlumotnoma (tibbiy hujjatlar);
g) maʼlumoti toʻgʻrisida hujjat (maktab yoshidagi bolalar uchun);
d) ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari haqidagi maʼlumotlar.
(22-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
23. Tarbiyalanuvchilarning xizmatdan chiqishi toʻgʻrisida filial direktorining buyrugʻi qabul qilinadi.
24. Tarbiyalanuvchilarning ota-onalariga qaytarilishi ushbu Nizomning 23-bandiga muvofiq amalga oshiriladi. Bolani Xizmatga joylashtirgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining qarori tarbiyalanuvchining oilasiga qaytishi uchun asos hisoblanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
5-bob. Xizmatdagi tarbiyalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
25. Xizmatda tarbiyalanayotgan bolalar Oʻzbekiston Respublikasining Qonunchilik hujjatlariga muvofiq huquq va majburiyatlarga ega.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
26. Xizmatda tarbiyalanayotgan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq Xizmat joylashgan hududdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan himoya qilinadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
27. Xizmatda tarbiyalanayotgan bolalar meros yoki hadya tartibida, shuningdek, boshqa qonuniy asoslarga koʻra ota-onalar, qarindoshlar yoki boshqa shaxslardan ularga oʻtgan mol-mulkka, turar joyga amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq egalik qilish huquqini saqlab qoladilar.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
28. Xizmatda tarbiyalanayotgan bolalar unga berilishi kerak boʻlgan alimentlar, ijtimoiy nafaqalar, pensiyaga boʻlgan huquqni (boquvchisini yoʻqotganda, nogiron boʻlib qolganda) hamda ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga huquqni oʻzida saqlab qoladi. Ushbu toʻlovlar bolaning nomiga ochilgan bank hisob raqamlariga oʻtkazilishi kerak.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
29. Xizmatda tarbiyalanayotgan bolalar oʻzlariga tegishli boʻlgan uy-joy ijaraga berilishidan olingan daromadlarga, ijodiy, kasbiy, mehnat faoliyatidan va boshqa faoliyatdan olingan daromadlarga boʻlgan huquqni saqlab qoladilar.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
30. Xizmatda tarbiyalanuvchilarga tibbiy xizmat koʻrsatish filial joylashgan hududdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan taʼminlanadi.
31. Xizmatda tarbiyalanayotgan bolalar maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida umumiy asoslarda taʼlim-tarbiya oladilar.
Bunda bolalar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlgan vaqt uchun toʻlov undirilmaydi.
32. Xizmat tomonidan bolalar uchun qoʻshimcha taʼlim (toʻgaraklar, studiyalar, sport seksiyalari va hokazolar) tashkil etishi mumkin.
33. Bolalarning oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlim muassasalariga borishi bilan bogʻliq yoʻl haqi va ovqatlanish xarajatlari bolalarga toʻlanadi.
34. Bitiruvchilar filial maʼmuriyati bilan kelishgan holda ular oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasini tamomlagunlariga qadar, ushbu muassasada yotoqxona mavjud boʻlmagan yoki yotoqxonada boʻsh joy boʻlmagan taqdirda oilada yashashlari mumkin.
Bunda ularning taʼminoti uchun xarajatlar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqiyotgan hamda toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan yetim va ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
35. Urta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasasida taʼlim olayotgan xizmatning bitiruvchilari oʻzlari taʼlim olayotgan taʼlim muassasalari maʼmuriyati bilan kelishgan holda taʼtil davrida, dam olish va bayram kunlarida yashaganlik uchun haq toʻlamasdan xizmatda turishlari mumkin. Xizmatda 2 kundan ortiq vaqt yashayotgan oʻquvchilar va talabalar xizmat uchun belgilangan normalar boʻyicha haq toʻlash sharti bilan ovqat bilan taʼminlanadilar.
6-bob. Xizmat taʼminoti va uni moddiy-texnik jihatdan taʼminlash
36. Xizmat taʼminoti va uni moddiy-texnik jihatdan taʼminlash davlat budjeti mablagʻlari, muassislar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriya mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(36-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ishchilarga toʻlanadigan ish haqi, har bir oilaning budjeti, kommunal xizmatlar, bino va inshootlarni saqlash, ularni taʼmirlash va xizmat koʻrsatish, shuningdek, xizmatning boshqa xarajatlari davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻliq moliyalashtiriladi.
Xizmat yuqorida sanab oʻtilgan xarajatlarga qoʻshimcha sifatida muassislar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriya mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga ham xarajatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(36-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
37. Oilalar xarajatlarini qoplash maqsadida har bir tarbiyachiga bolalar taʼminoti uchun belgilangan normativlarga muvofiq har oylik pul mablagʻlari toʻlanadi.
Har bir alohida oila budjetiga quyidagilar kiradi:
bolalar va tarbiyachilarga oziq-ovqat mahsulotlari uchun xarajatlar;
kiyim-kechaklar, poyabzallar, koʻrpa-yostiqlar, choyshablar va sochiqlar, kundalik xoʻjalik va shaxsiy gigiyena buyumlari uchun xarajatlar;
oʻyinlar, oʻyinchoqlar, kitoblar, oʻquv qurollari, boshqa mayda xoʻjalik buyumlari sotib olish xarajatlari, shu jumladan, maktab yoshidagi bolalar uchun kundalik mayda xarajatlar;
bolalarning transport xarajatlari uchun toʻlovlar;
sogʻlomlashtirish, taʼlim berish va madaniy-ommaviy tadbirlar uchun xarajatlar.
38. Tarbiyachi tomonidan oila budjeti mablagʻlaridan tejab qolingan pullar oilaviy bayramlar va oilaning boshqa maqsadlari uchun ishlatilishi mumkin.
39. Har bir oilani moliyalashtirishga xarajatlar ajratish ushbu Nizomning 1-, 2 va 3-ilovasida belgilangan meʼyorlarga muvofiq amalga oshiriladi.
40. Maktab yoshidagi bolalar uchun kundalik mayda xarajatlarga har bir bola uchun oyiga bazaviy hisoblash miqdorining beshdan biri miqdorida mablagʻ ajratiladi.
41. Xizmatning moliyaviy boshqaruv tizimi har bir oilada moliyaviy javobgarlik va hisobot berishga yoʻnaltirilgan.
Maʼmuriy-boshqaruv mexanizmlari filial rahbariyati tomonidan har bir oilaning tabiiy jarayonlariga aralashishni kamaytirishni nazarda tutadi.
7-bob. Xizmat shtati va boshqaruvi
42. Xizmat ishini boshqarish filial direktorining bevosita rahbarligida xizmatning koordinatori tomonidan amalga oshiriladi.
43. Xizmat xodimlarining soni 4-ilovadagi Namunaviy shtatlarga muvofiq belgilanadi.
44. SOS ona/ota-onalar (keyingi oʻrinlarda — tarbiyachi) Uyushma tomonidan belgilanadigan tartibda tanlov asosida ishga qabul qilinadi va oila boshligʻi hisoblanadi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
46. Tarbiyachi quyidagilarga majbur:
bolalarni tarbiyalash, ularning sogʻligʻi, jismoniy, ruhiy, axloqiy-maʼnaviy kamol topishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilish;
bolalarning qadr-qimmatini tahqirlash, zulm qilish, shafqatsizlik va mensimaslik kabi munosabatlardan xoli boʻlgan maqbul pedagogik usullar bilan bolalarni tarbiyalash;
oilada axloqiy-maʼnaviy va uy muhitini yaratish;
oʻz majburiyatlarini tarbiyalanuvchilarning huquqlari va manfaatlariga zarar yetkazgan holda bajarmaslik;
bola uchun oʻziga berilgan hujjatlarning saqlanishini taʼminlash;
qonunchilik hujjatlariga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish.
(46-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
47. Tarbiyachi ota-onalar (ularning oʻrnini bosadigan shaxslar) uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi, aliment toʻlash majburiyati bundan mustasno.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
48. Tarbiyachi xizmat tomonidan tashkil qilingan turar joylardagi oilalarda tarbiyachilik ish faoliyatining butun muddati mobaynida yashaydi.
49. Xizmatning barcha rahbar, pedagog va boshqa xodimlariga yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar bilan ishlashning maxsus sharoitlari uchun ish haqi stavkasiga 50 foiz miqdorida qoʻshimcha haq belgilanadi.
Tarbiyachilar va tarbiyachining yordamchilariga bolalar bilan kecha-kunduz, shu jumladan tungi vaqtda ishlaganligi uchun ish haqi stavkasiga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha haq belgilanadi. Tungi vaqtda ishlamagan kunlari uchun ularga ushbu qoʻshimcha haq 50 foiz miqdorida belgilanadi.
50. Tarbiyalanuvchilarni mustaqil hayot va mehnatga tayyorlash maqsadida filial maʼmuriyati vakolatli organ bilan kelishgan holda bolalarni mehnatga, tadbirkorlikka yoki qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyatga jalb qilish huquqiga ega.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
51. Xizmat tarbiyalanuvchilarining taʼminoti uchun berilgan mablagʻlar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan barcha normalar va imtiyozlarni hisobga olgan holda toʻliq hajmda toʻlanishi lozim. Ayrim sabablarga koʻra oʻtgan moliya yilida toʻlanmagan pul mablagʻlari keyingi moliya yilida toʻlanadi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
52. Filialning barcha moliyaviy-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobini bosh buxgalter amalga oshiradi.
53. Buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
54. Barcha tarbiyachilar moddiy javobgar shaxs hisoblanadi va belgilangan tartibda hisobot topshiradi.
55. Xizmat tarbiyalanuvchilarining ovqatlanishini tashkil etish tarbiyachi tomonidan amalga oshiriladi.
56. Oziq-ovqat mahsulotlarini haftasiga kamida bir marta (tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlarini haftasiga kamida ikki marta) sotib olish tarbiyachi tomonidan amalga oshiriladi.
Tarbiyachi bolalarning yoshiga muvofiq ravishda balanslangan ovqatlanishini taʼminlaydi.
Tarbiyachi ovqat pishirish uchun zarur boʻlgan mahsulotlardan sarflangan mahsulotlarni keyinchalik taomnoma boʻyicha hisobdan chiqarmasdan foydalanadi.
Oiladagi bolalarning sifatli va toʻlaqonli ovqatlanishining tashkil etilganligi bolalarni muntazam ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, umumiy rivojlanishi, oʻsishi, vaznini monitoring qilish, shuningdek, vrach yoki filial maʼmuriyatining tanlab nazorat qilishi natijalariga koʻra aniqlanadi.
57. Mahsulotlar chakana savdo tashkilotlaridan xarid qilinganda toʻlov cheklari saqlab qoʻyiladi, oziq-ovqat bozoridan naqd pulga xarid qilingan mahsulotlar uchun esa dalolatnoma tuziladi.
58. Oziq-ovqat mahsulotlarini va boshqa tovarlarni hisobdan chiqarish tarbiyachilar tomonidan taqdim etilgan cheklar va dalolatnomalar asosida, filialning doimiy ishlaydigan komissiyasi tomonidan oyda bir marta amalga oshiriladi.
59. Doimiy ishlaydigan komissiya tarkibi filial direktori tomonidan belgilanadi va uning buyrugʻiga asosan tasdiqlanadi.
60. Uzoq masofada joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan bolalarga tarbiyachi tomonidan tushlik pul qiymatidan oshmaydigan miqdorda tushlikka naqd pul beriladi.
61. Tushlik uchun naqd pullar normativlari doimiy ishlaydigan komissiya tomonidan bolalarning yoshiga qarab tasdiqlanadi.
62. Xizmat vrachi tarbiyachilarga oziq-ovqat mahsulotlarini, kiyim-kechaklar, poyabzallar, koʻrpa-yostiqlar, choyshablar va sochiqlar, xoʻjalik va shaxsiy gigiyena buyumlarini tanlashda maslahat yordami beradi va ovqatlanishni tashkil etish va uning sifatini tanlab nazorat qiladi.
Vrach buxgalteriya va tarbiyachilarning dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, poyabzallar, koʻrpa-yostiqlar, choyshablar, sochiqlar, xoʻjalik va shaxsiy gigiyena buyumlari xarid qilish uchun ishlatgan mablagʻlari bilan bogʻliq boʻlgan barcha hisob-kitob yozishmalarini toʻsqinliksiz olish huquqiga ega.
63. Xizmatning (filialning) moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish Uyushma tomonidan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
64. Xizmatda tarbiyalanayotgan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini kuzatish va monitoring qilish Xizmat joylashgan hududdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Agentlikning hududiy boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
65. Nizolarni hal qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
66. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(8-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
Bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Xizmatda tarbiyalanayotgan bolalarni oziq-ovqat bilan taʼminlash meʼyorlari (bir kishi hisobiga kuniga grammda (brutto)
T/r
Oziq-ovqat mahsulotining nomi
Bir nafar bolaga
Maktabgacha yoshdagi
Maktab yoshidagi
1.
1-nav bugʻdoy non
240
600
2.
1-nav bugʻdoy uni
35
40
3.
Kartoshka uni (kraxmal)
3
3
4.
Yorma,makaron mahsulotlari
70
90
5.
Qand-shakar
60
90
6.
Qandolat mahsulotlari
15
25
7.
Sariyogʻ
30
35
8.
Oʻsimlik yogʻi
15
20
9.
Sut-qatiq mahsulotlari
500
500
10.
Smetana
20
20
11.
Tvorog
40
50
12.
Pishloq
10
15
13.
Goʻsht, parranda goʻshti
125
150
14.
Kolbasa mahsulotlari
15
25
15.
Baliq
40
90
16.
Tuxum (dona)
1
1
17.
Kartoshka
250
400
18.
Sabzavotlar, shu jumladan, tomatpastasi
350
455
19.
Hoʻl mevalar, rezavorlar, sharbatlar
200
250
20.
Quruq mevalar, shu jumladan, naʼmatak 5 gr.
15
15
21.
Choy
0,5
0,5
22.
Kakao
1
1
23.
Yodlangan tuz
10
12
24.
Xamirturush
1
1
Izoh:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ovqatlanish normasi bolaning maktabgacha taʼlim muassasasida boʻlishini hisobga olgan holda (bolalarni bepul oziq-ovqat bilan taʼminlaydigan lagerlarda, sanatoriylarda, statsionar davolash muassasalarida) kamaytiriladi. Ushbu muassasalarda bolalarni tarbiyalash uchun toʻlovlar amalga oshirilgan hollarda, tarbiyachi har bir bola uchun rasmiy ravishda belgilangan miqdorlarga muvofiq haq toʻlaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan mahsulotlarni ayrim asosiy oziq-ovqat moddalari boʻyicha belgilangan tartibda almashtirishga ruxsat etiladi. Ovqatlanish ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida tashkil etiladi.
(izoh qismi ikkinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3. Xizmatda bolalarning qarindoshlarinikida boʻlgan vaqtlarida ovqatlanish normalariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlarini berish yoki ovqatlanish xarajatlari uchun naqd pul berish huquqi beriladi.
4. Xizmatda bolalarning sport va boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shaharlarida boʻlgan vaqtlarida ovqatlanish normalariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari yoki ovqatlanish xarajatlari uchun naqd pul berish huquqi beriladi.
Bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Xizmatda tarbiyalanayotgan bolalarni kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq buyumlar bilan taʼminlash
MEʼYORLARI
T/r
Kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq buyum nomi
Oʻlchov birligi
Bir nafar bolaga
Maktab yoshidagi
Maktabgacha yoshdagi
soni
Foydalanish muddati (yil)
soni
Foydalanish muddati (yil)
Oʻgʻil bolalar uchun
Qizlar uchun
Kiyim-boshlar
1.
Qishki palto / kurtka
ta
1
1
2
1
2
2.
Mavsumiy palto, kurtka
ta
1
1
2
1
2
3.
Maktab formasi
toʻplam
1
1
1
-
-
4.
Oʻgʻil bolalar uchun kostyumlar (galstuk bilan)
toʻplam
2
-
2
2
2
5.
Jun kostyum (bayramlar uchun)
toʻplam
1
-
2
1
2
6.
Oʻgʻil bolalar uchun ip gazlamadan tikilgan maktab koʻylaklari
ta
3
-
1
-
-
7.
Oʻgʻil bolalar uchun ip gazlamadan tikilgan ustki koʻylaklar
ta
3
-
1
3
1
8.
Qizlar uchun koʻylaklar (yubkalar, bluzkalar)
ta
-
3
1
3
1
9.
Qizlar uchun xalatlar/uy koʻylaklari
ta
-
2
1
2
1
10.
Qishki koʻylaklar (bayramlar uchun)
ta
-
1
1
1
1
11.
Jun sviterlar (jemperlar)
ta
2
2
2
2
2
12.
Yozgi koʻylaklar (bayramlar uchun)
ta
-
3
1
3
1
13.
Yozgi boshkiyim
ta
1
1
1
1
1
14.
Qishki bosh kiyim
ta
2
2
1
2
1
15.
Qizlar uchun triko va shimlar
ta
-
4
1
4
1
16.
Dastroʻmol
ta
6
6
1
6
1
17.
Oʻgʻil bolalar uchunshim kamarlari
ta
1
-
1
-
-
18.
Sharf
ta
1
1
2
1
2
19.
Qoʻlqoplar (boshmaldoqli qoʻlqop)
juft
2
2
1
2
1
20.
Ich koʻylak
toʻplam
4
4
2
5
2
21.
Sport formasi, krossovkalar
toʻplam
1
1
1
1
1
22.
Byustgalter
ta
-
3
1
-
-
23.
Sport trusigi
ta
2
2
1
1
1
24.
Maykalar
ta
4
4
1
4
1
25.
Paypoqlar, ip gazlama golfilar
juft
5
5
1
6
1
26.
Paypoqlar, jun golfilar
juft
5
5
1
6
1
27.
Botinkalar, tuflilar (shippak)
juft
3
3
1
3
1
28.
Shippaklar
juft
2
2
1
2
1
29.
Etiklar, qishki botinkalar
juft
1
1
1
1
1
30.
Kalishlar
juft
1
1
1
1
1
31.
Sportkostyumi (yarim jun)
ta
1
1
1
1
1
32.
Tungi pijamalar
ta
2
1
1
2
1
33.
Kolgotkalar
ta
-
5
1
6
1
34.
Choʻmilish koʻylagi, plavkilar
ta
1
1
1
1
1
35.
Rezina shapka
ta
1
1
2
1
1
36.
Ish kiyimi
toʻplam
1
1
2
1
1
37.
Portfellar, sumkalar
ta
1
1
1
-
-
38.
Ryukzak/shaxsiy buyumlarni saqlash uchun sumka
ta
1
1
3
1
5
Yumshoq buyumlar
39.
Choyshablar
ta
3
1
5
1
40.
Koʻrpa choyshablari
ta
2
1
2
1
41.
Yostiq jildi
ta
3
1
4
1
42.
Sochiq
ta
2
1
2
1
43.
Paxmoq sochiq
ta
2
1
2
1
44.
Jun yoki momiqliadyol
ta
1
6
1
6
45.
Paxmoq adyol
ta
1
3
2
3
46.
Toʻshak
ta
1
4
2
3
47.
Par yostiqlar
ta
1
6
2
4
48.
Oʻringa yopiladigan choyshab
ta
1
3
1
3
49.
Karavot oldiga toʻshaladigan gilamcha
ta
1
4
1
4
Bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Xizmatda tarbiyalanayotgan bolalarni shaxsiy gigiyena buyumlari bilan taʼminlash
normalari
T/r
Shaxsiy gigiyena buyumlarining nomi
Oʻlchov birligi
Bir nafar bolaga
Maktabgacha yoshdagi
Maktab yoshidagi
Oʻgʻil bolalar uchun
Qizlar uchun
soni
Foydalanish muddati (yil)
soni
Foydalanish muddati (yil)
soni
Foydalanish muddati (yil)
1.
Tish pastasi
ta
12
1
12
1
12
1
2.
Tish choʻtkasi
ta
3
1
3
1
3
1
3.
Kir sovun
ta
12
1
12
1
12
1
4.
Atir sovun
ta
24
1
24
1
24
1
5.
Kir yuvish poroshoklari
paket (400g.)
12
1
12
1
12
1
6.
Soqol olish buyumlari
ta
-
-
12
1
5
1
7.
Taroq
ta
2
1
2
1
2
1
8.
Hojatxona qogʻozi
rulon
24
1
24
1
24
1
9.
Shampun
ta (200 g.)
12
1
12
1
12
1
10.
Dezodorant (aerozol)
ta
6
1
6
1
6
1
11.
Gigiyena qistirmalari
oʻram (10 tadan)
-
-
-
-
12
1
12.
Momiq paxta
oʻram (200 g.)
-
-
-
-
4
1
13.
Poyabzal moyi
tyubik
6
1
6
1
6
1
14.
Soqol olingandan keyin ishlatiladigan loson
flakon (100 — 150g.)
-
-
6
1
-
-
15.
Badanni yuvish uchun gubka
ta
2
1
2
1
2
1
16.
Togʻora
ta
1
3
1
3
1
3
Bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Uyushma xizmatning umumiy shtatlar soni doirasida ushbu shtat normativlariga oʻzgartish kiritilishi mumkin.
(4-ilovaning izoh qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 738-son qaroriga 2-ILOVA
Yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida
1. Mazkur Nizom yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toifasiga kiruvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda — yoshlar) uchun, SOS Oʻzbekiston bolalar mahallalari uyushmasi filialining (keyingi oʻrinlarda — filial) bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari, Mehribonlik uylari bitiruvchilari, shuningdek, ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oila farzandlari uchun SOS Oʻzbekiston bolalar mahallalari uyushmasining yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlarining (keyingi oʻrinlarda — xizmat) maqomini va ularni tashkil qilish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
2. Xizmat SOS Oʻzbekiston bolalar mahallalari uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) boshqaruvining qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi bilan kelishgan holda tashkil qilinadi va filialning tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
3. Xizmatda yoshlarning ijtimoiy-kommunikativ, oʻziga xos koʻnikmalarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, puxta bilim olishlari, aqlan yetuk boʻlib yetishishlari, ularni mustaqil hayotga tayyorlash uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Xizmat taʼlim olishda, kasb-hunarga ega boʻlishda, barqaror daromadli ish topishda, oʻzining mustaqil hayotini qurishda ijtimoiy va hayotiy koʻnikmalarga ega boʻlishda sifatli murabbiylik qilib (koʻmaklashishga) toʻgʻri yoʻl-yoʻriq koʻrsatishga qaratilgan.
4. Yoshlarga hamrohlik qilish xizmatning pedagog va boshqa xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Pedagog va boshqa xodimlarning funksional vazifalari hamda yoshlarga xizmat koʻrsatish standartlari uyushma tomonidan tasdiqlanadi.
2-bob. Xizmatning maqsad va vazifalari
5. Xizmatning maqsadi yoshlarga samarali va sifatli ijtimoiy va psixologik-pedagogik yordam berish va ularni qoʻllab-quvvatlash, ularda mustaqillik, erkinlikni va jamiyatga yaxshi moslashish koʻnikmalarini shakllantirishdan iborat.
6. Xizmatning asosiy vazifalari quyidagilardir:
yoshlarga psixologik-pedagogik yordam berish, oʻz kelajagi uchun masʼuliyatni his qilish, nizoli vaziyatlarni bartaraf etish va ruhiy zarbalarga qarshilik koʻrsatish koʻnikmalarini rivojlantirish, shaxsiy va oilaviy budjetni rejalashtirish malakalarini rivojlantirish orqali ularning ijtimoiy himoyasini va jamiyatga moslashuvini taʼminlash;
yoshlarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, sogʻlom turmush tarzi, toʻgʻri ovqatlanish, shaxsiy, oilaviy va turar joy gigiyenasiga rioya qilish koʻnikmalariga oʻrgatish;
yoshlarda maʼnaviy va madaniy qadriyatlarni, yaxshi xulq-atvorni, vatanparvarlik va Vatanga muhabbat tuygʻusini, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda boʻlishni tarbiyalash;
yoshlarning mehnat koʻnikmalarini shakllantirish, ularga oʻz kasblarini oʻzlari tanlashlari uchun sharoitlar yaratish, ularni ishga joylashishlariga koʻmaklashish;
zarur hujjatlarni toʻplash va vakolatli organlarga topshirish yoʻli bilan yoshlarni xususiy uy-joy olish, turar joy olishga boʻlgan huquqlarini tiklashga koʻmaklashish;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
yoshlarni mustaqil hayot kechirish bosqichiga qadam bosishlarida barcha chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish orqali qoʻllab-quvvatlash;
yoshlarni oʻz oilasi bilan munosabatlarini tiklashlariga koʻmaklashish, shuningdek, yoshlarni oʻz oilasiga birlashtirish maqsadida manfaatdor taraflar va hamkorlar bilan birgalikda ishlarni olib borish;
yoshlarni oʻz oilasini qurishlarida koʻmaklashish, oilani saqlashga yordam beradigan oilaviy qadriyatlarni tarbiyalash;
yoshlar va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida mahalliy davlat organlari va boshqa masʼul tashkilotlar bilan uzviy hamkorlik qilish;
yoshlarni samarali ijtimoiy integratsiya va reyintegratsiya qilish uchun sharoitlar yaratish.
3-bob. Xizmat tomonidan tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish
7. Xizmatdagi tarbiyaviy jarayon pedagog tomonidan bajariladi. Har bir pedagog 3 dan 8 nafargacha boʻlgan yoshlarga hamrohlik qiladi.
8. Filialning bolalarni muqobil parvarish qilish xizmati bitiruvchilarini umumiy oʻrta taʼlim muassasasini tugatishi xizmatga oʻtkazish uchun asos boʻladi.
9. Mehribonlik uylari bitiruvchilarini xizmatga qabul qilish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
yoshlarni yashaydigan joy boʻyicha “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazining qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining yoʻllanmasi.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
10. Ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalardagi yoshlar xizmatga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining murojaati asosida qabul qilinishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
11. Yoshlarning xizmatga qabul qilinishi uchun erkin xohish bildirishi qabulning majburiy sharti hisoblanadi.
Yoshlarni xizmatga qabul qilishda alohida yondashuv qoʻllaniladi va yoshlarning vaziyati eʼtiborga olinadi.
12. Yoshlarni xizmatga qabul qilish filial direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan Bolalarni qabul qilish boʻyicha komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
13. Tarbiyalash uchun xizmatga olinishi mumkin boʻlgan yoshlar soni filial maʼmuriyati tomonidan Uyushmaning ichki hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
14. Xizmat oʻz ishida quyidagi tamoyillarga amal qiladi:
barcha harakatlar va qarorlar xizmatda tarbiyalanayotgan yoshlarning eng yaxshi manfaatlari yoʻlida qabul qilinadi hamda ularning jinsi, etnik kelib chiqishi, yoshi, sogʻligʻi, diniy va ijtimoiy maqomidan qatʼi nazar, qoʻllab-quvvatlanadi;
xizmatda tarbiyalanayotgan yoshlar bilan ishlashda xizmat xodimlari maxfiylik, yoshlarning huquqlarini hurmat qilish tamoyillariga amal qiladilar.
15. Yoshlar oʻz-oʻzini taʼminlashning kuyidagi asosiy mezonlariga erishganlarida xizmatdan chiqarib yuboriladilar:
oʻz faoliyatidan yoki oila aʼzosidan olinadigan barqaror va yetarli daromadning mavjudligi;
ijtimoiy aloqalar va koʻnikmalarga ega boʻlish — jamiyatda yashash va samarali oʻzaro harakat qilish, boshqa odamlar bilan yaxshi munosabatlarni oʻrnatish, nizolarni hal qilish, oʻz huquqlarini amalga oshirish, majburiyatlarni bajarish, boshqa fuqarolarning huquq va manfaatlarini hurmat qilish qobiliyatini koʻrsatib beruvchi ijtimoiy moslashuv darajasi;
ishga joylashish yoki tadbirkorlik, kompyuter savodxonligi koʻnikmalariga ega boʻlishi, umumiy va kasbiy taʼlim, qoʻshimcha taʼlim va kasbiy tayyorgarlikning yoshlarning shaxsiy manfaatlari va qobiliyatlariga muvofiq boʻlishi, chet tillarini, oʻz pul mablagʻlarini boshqarishni bilishi;
uy-joyning mavjudligi — uy-joy bilan taʼminlangan: xususiy uy-joyi bor yoki uzoq muddatli ijara shartlari asosida uy-joyni ijaraga olgan yoki qarindoshlarining uyida yashashi.
Yoshlar oʻz-oʻzini taʼminlashning quyidagi qoʻshimcha mezonlariga erishishi ham maqsadga muvofiqdir:
hayotiy koʻnikmalarga ega boʻlish — kundalik hayotda zarur boʻlgan amaliy koʻnikmalarga ega boʻlish, oʻz sogʻligʻiga gʻamxoʻrlik qilish, uy ishlarini olib borish, ish va oʻqish bilan bir qatorda oʻz qiziqishlariga vaqt topish;
hissiy barqarorlik — hayotga nisbatan ijobiy qarash, oʻz oʻtmishini qabul qila olishi va kimgadir kerakli boʻlish tuygʻusini shakllantirishi, shuningdek, oʻzi va boshqalarga gʻamxoʻrlik qila olishi;
21 yoshga, ayrim hollarda 23 yoshga toʻlgan boʻlishi.
16. Agar yoshlar biron-bir rasmiy ravishda tasdiqlangan sabablarga koʻra talabalar yotoqxonasida turar joy bilan taʼminlanmagan boʻlsa yoki biologik qarindoshlar ularga yashash joyini berishdan bosh tortgan hollarda yoki tibbiy, psixo-emotsional ehtiyojlar va boshqalar mavjud boʻlsa, ular xizmat binosida yashashlari mumkin.
17. Yoshlarning kelajakdagi hayot yoʻlini kuzatib borish va ularga mushkul vaziyatda psixologik-pedagogik yordam koʻrsatish maqsadida xizmat binolaridan tashqarida yashovchi yoshlar xizmat tomonidan kuzatib boriladi.
4-bob. Xizmat taʼminoti va uni moddiy-texnik jihatdan taʼminlash
18. Xizmat taʼminoti va uni moddiy-texnik jihatdan taʼminlash davlat budjeti mablagʻlari, muassislar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriya mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ishchilarga toʻlanadigan ish haqi, kommunal xizmatlar, bino va inshootlarni saqlash, ularni taʼmirlash va xizmat koʻrsatish, shuningdek, xizmatning boshqa xarajatlari davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻliq moliyalashtiriladi.
Xizmat yuqorida sanab oʻtilgan xarajatlarga qoʻshimcha sifatida muassislar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriya mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga ham xarajatlarni amalga oshirishi mumkin.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Xizmat binolarida yashaydigan va taʼlim muassasalaridan stipendiya olmaydigan yoki ularning hayot taʼminoti uchun boshqa nafaqalar toʻlanmaydigan yoshlar uchun oziq-ovqat, kiyim-kechaklar, poyabzallar, koʻrpa-yostiqlar, choyshablar va sochiqlar, kundalik xoʻjalik va shaxsiy gigiyena buyumlari, kitoblar va oʻquv qurollari uchun xarajatlar davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
19. Xizmat binolarida yashaydigan va taʼlim muassasalaridan stipendiya olmaydigan yoki ularning hayot taʼminoti uchun boshqa nafaqalar toʻlanmaydigan yoshlar uchun xarajatlar miqdorini aniqlashda ushbu Nizomga 1,2 va 3-ilovalarga muvofiq oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal, yumshoq buyumlar va shaxsiy gigiyena vositalari bilan taʼminlash normalari qoʻllaniladi.
20. Xizmat binolarida yashaydigan va taʼlim muassasalaridan stipendiya olmaydigan yoki ularning hayot taʼminoti uchun boshqa nafaqalar toʻlanmaydigan yoshlarning xarajatlarini qoplash maqsadida ularning taʼminoti uchun har oyda xizmat koordinatoriga normativlarga muvofiq hisoblab chiqilgan pul mablagʻlari toʻlanadi.
21. Oziq-ovqat mahsulotlarini haftasiga kamida bir marta (tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlarini haftasiga kamida ikki marta) sotib olish xizmat koordinatori tomonidan amalga oshiriladi.
Xizmat koordinatori yoshlarning yoshiga muvofiq ravishda balanslangan ovqatlanishini taʼminlaydi. Yoshlar sifatli va toʻlaqonli ovqatlanishining tashkil etilganligi ularning umumiy rivojlanishini muntazam ravishda monitoring qilish natijalariga va sogʻligʻi koʻrsatkichlariga koʻra aniqlanadi.
Ovqat pishirish uchun zarur boʻlgan mahsulotlardan sarflangan mahsulotlarni keyinchalik taomnoma boʻyicha hisobdan chiqarmasdan foydalaniladi.
Mahsulotlar chakana savdo tashkilotlaridan xarid qilinganda toʻlov cheklari saqlab qoʻyiladi, oziq-ovqat bozoridan naqd pulga xarid qilingan mahsulotlar uchun esa dalolatnoma tuziladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini va boshqa tovarlarni hisobdan chiqarish xizmat koordinatori tomonidan taqdim etilgan cheklar va dalolatnomalar asosida oyda bir marta amalga oshiriladi.
5-bob. Xizmat shtati va boshqaruvi
22. Xizmat ishini boshqarish filial direktorining bevosita rahbarligida koordinator tomonidan amalga oshiriladi.
23. Xizmat xodimlarining soni 4-ilovada keltirilgan Namunaviy shtatlarga muvofiq belgilanadi.
24. Xizmatga qabul qilingan yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning turmush sharoitlarini kuzatish va monitoring qilish Xizmat joylashgan hududdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Agentlikning hududiy boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
25. Nizolarni hal qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
26. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(6-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
Yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Xizmatda tarbiyalanayotgan bolalarni oziq-ovqat bilan taʼminlash meʼyorlari (bir kishi hisobiga kuniga grammda (brutto)
1. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mahsulotlarni almashtirish jadvaliga muvofiq ayrim turdagi oziq-ovqatlarni almashtirishga ruxsat etiladi. Ovqatlanish ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida tashkil etiladi.
(izoh qismi birinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2. Xizmatda yoshlarning sport va boshqa tadbirlarda ishtirok etishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining boshqa shaharlarida boʻlgan vaqtlarida ovqatlanish normalariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari yoki ovqatlanish xarajatlari uchun naqd pul berish huquqi beriladi.
Yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Yoshlarni kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq buyumlar bilan taʼminlash
normalari
T/r
Kiyim-bosh, poyabzal va yumshoq buyum nomi
Oʻlchov birligi
Soni
Foydalanish muddati (yil)
Oʻgʻil bolalar uchun
Qizlar uchun
Kiyim-boshlar
1.
Qishki palto / kurtka
ta
1
1
2
2.
Mavsumiy palto, kurtka
ta
1
1
2
3.
Maktab formasi
toʻplam
1
1
1
4.
Oʻgʻil bolalar uchun kostyumlar (galstuk bilan)
toʻplam
2
-
2
5.
Jun kostyum (bayramlar uchun)
toʻplam
1
-
2
6.
Oʻgʻil bolalar uchun ip gazlamadan tikilgan maktab koʻylaklari
ta
3
-
1
7.
Oʻgʻil bolalar uchun ip gazlamadan tikilgan ustki koʻylaklar
ta
3
-
1
8.
Qizlar uchun koʻylaklar (yubkalar, bluzkalar)
ta
-
3
1
9.
Qizlar uchun xalatlar/uy koʻylaklari
ta
-
2
1
10.
Qishki koʻylaklar (bayramlar uchun)
ta
-
1
1
11.
Jun sviterlar (jemperlar)
ta
2
2
2
12.
Yozgi koʻylaklar (bayramlar uchun)
ta
-
3
1
13.
Yozgi boshkiyim
ta
1
1
1
14.
Qishki bosh kiyim
ta
2
2
1
15.
Qizlar uchun triko va shimlar
ta
-
4
1
16.
Dastroʻmol
ta
6
6
1
17.
Oʻgʻil bolalar uchunshim kamarlari
ta
1
-
1
18.
Sharf
ta
1
1
2
19.
Qoʻlqoplar (boshmaldoqli qoʻlqop)
juft
2
2
1
20.
Ich koʻylak
toʻplam
4
4
2
21.
Sport formasi, krossovkalar
toʻplam
1
1
1
22.
Byustgalter
ta
-
3
1
23.
Sport trusigi
ta
2
2
1
24.
Maykalar
ta
4
4
1
25.
Paypoqlar, ip gazlama golfilar
juft
5
5
1
26.
Paypoqlar, jun golfilar
juft
5
5
1
27.
Botinkalar, tuflilar (shippak)
juft
3
3
1
28.
Shippaklar
juft
2
2
1
29.
Etiklar, qishki botinkalar
juft
1
1
1
30.
Kalishlar
juft
1
1
1
31.
Sportkostyumi (yarim jun)
ta
1
1
1
32.
Tungi pijamalar
ta
2
1
1
33.
Kolgotkalar
ta
-
5
1
34.
Choʻmilish koʻylagi, plavkilar
ta
1
1
1
35.
Rezina shapka
ta
1
1
2
36.
Ish kiyimi
toʻplam
1
1
2
37.
Portfellar, sumkalar
ta
1
1
1
38.
Ryukzak/shaxsiy buyumlarni saqlash uchun sumka
ta
1
1
3
Yumshoq buyumlar
39.
Choyshablar
ta
3
1
40.
Koʻrpa choyshablari
ta
2
1
41.
Yostiq jildi
ta
3
1
42.
Sochiq
ta
2
1
43.
Paxmoq sochiq
ta
2
1
44.
Jun yoki momiqliadyol
ta
1
6
45.
Paxmoq adyol
ta
1
3
46.
Toʻshak
ta
1
4
47.
Par yostiqlar
ta
1
6
48.
Oʻringa yopiladigan choyshab
ta
1
3
49.
Karavot oldiga toʻshaladigan gilamcha
ta
1
4
Yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Yoshlarni shaxsiy gigiyena buyumlari bilan taʼminlash
normalari
T/r
Shaxsiy gigiyena buyumlarining nomi
Oʻlchov birligi
Bir nafar bolaga
Oʻgʻil bolalar uchun
Qizlar uchun
Soni
Foydalanish muddati (yil)
Soni
Foydalanish muddati (yil)
1.
Tish pastasi
ta
12
1
12
1
2.
Tish choʻtkasi
ta
3
1
3
1
3.
Kir sovun
ta
12
1
12
1
4.
Atir sovun
ta
24
1
24
1
5.
Kir yuvish poroshoklari
paket (400 g.)
12
1
12
1
6.
Soqol olish buyumlari
ta
12
1
5
1
7.
Taroq
ta
2
1
2
1
8.
Hojatxona qogʻozi
rulon
24
1
24
1
9.
Shampun
ta (200 g.)
12
1
12
1
10.
Dezodorant (aerozol)
ta
6
1
6
1
11.
Gigiyena qistirmalari
oʻram (10 tadan)
-
-
12
1
12.
Momiq paxta
oʻram (200 g.)
-
4
1
13.
Poyabzal moyi
tyubik
6
1
6
1
14.
Soqol olingandan keyin ishlatiladigan loson
flakon (100 — 150g.)
6
1
-
-
15.
Badanni yuvish uchun gubka
ta
2
1
2
1
16.
Togʻora
ta
1
3
1
3
Yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlarining
namunaviy shtatlari
T/r
Lavozimlar nomi
Bir oʻlchov birlikka
Shtat birliklari soni
YaTS boʻyicha razryadi
1.
Koordinator
xizmat
1
8
2.
Bolalar va oʻsmirlar bilan tarbiyaviy ish olib boruvchi pedagog-tashkilotchi*
xizmat
8
Xalq taʼlimi muassasasidagi pedagog-tashkilotchining bazaviy tarif stavkasiga tenglashtiriladi
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda Uyushma xizmatning umumiy shtatlar soni doirasida ushbu shtat normativlariga oʻzgartish kiritilishi mumkin.
(4-ilovaning izoh qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-noyabrdagi 738-son qaroriga 3-ILOVA
Ijtimoiy yetimlikning oldini olish xizmatlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar va oilalar uchun SOS Uzbekiston bolalar mahallalari uyushmasining ijtimoiy yetimlikning oldini olish xizmatlarini (keyingi oʻrinlarda — xizmat) tashkil etish, ularning maqomi va faoliyat tartibini belgilaydi.
2. Xizmat SOS Oʻzbekiston bolalar mahallalari uyushmasi filialining (keyingi oʻrinlarda — filial) tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Xizmat ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar hamda oilalarning hayotini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi bilan kelishgan holda SOS Oʻzbekiston bolalar mahallalari uyushmasi boshqaruvining qaroriga asosan tashkil qilinadi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
3. Xizmat xodimlarining funksional vazifalari hamda ijtimoiy xizmatlar turlari SOS Oʻzbekiston bolalar mahallalari uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — uyushma) tomonidan tasdiqlanadi.
2-bob. Xizmatning maqsad va vazifalari
4. Xizmatning maqsadi oiladagi bolalarning barcha ehtiyojlarini qondira oladigan mustahkam oila faoliyatini shakllantirish orqali ijtimoiy yetimlikni oldini olish.
5. Xizmatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
bolalarning oilada oʻsishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish orqali ularning huquq va manfaatlarini roʻyobga chiqarish;
oilaning ichki munosabatlarida oilaning barcha aʼzolari oʻrtasida samimiylikni yoʻlga qoʻyish;
bolalarni tarbiyalashda ota-onalarning bilim darajasini oshirish va ota-onalik koʻnikmalarini shakllantirish;
bolalar va oilalarning muammolarini ijobiy hal qilish usullari boʻyicha jamiyatga koʻmak koʻrsatish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni jamiyatga integratsiyalash, ularni jamiyatdan ajratish va boshqa salbiy stereotiplarni bartaraf qilish;
bolalarning oʻz oilalarida yashash huquqlarini taʼminlash uchun manfaatdor tashkilotlar hamkorligini tuzish;
oilada bolalarning oʻsishi va rivojlanishi uchun eng yaxshi muhitni yaratishga koʻmaklashish;
ijtimoiy yetimlikning oldini olish va bartaraf qilish uchun boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
3-bob. Xizmat faoliyatini tashkil qilish tartibi
6. Xizmat bolalar va ularning oilalariga keng miqyosda ijtimoiy, psixologik xizmatlar koʻrsatadi va ularni har taraflama qoʻllab-quvvatlaydi.
7. Xizmat filial hududida va/yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki boshqa hamkor tashkilotlar hududida (ijaraga olingan binolarda) tashkil etiladi.
Xizmat oilalarga xizmat koʻrsatadigan mutaxassislarning mobil guruhlarini ham yoʻlga qoʻyishi mumkin.
8. Koʻrsatiladigan xizmat turlari, koʻlami va davomiyligi uyushma tomonidan tasdiqlangan ichki hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
9. Psixologik xizmatlar bolalar va ota-onalarning psixologik barqarorlik darajasini oshirish, hayot qiyinchiliklariga bardosh berish qobiliyatini shakllantirish maqsadida ularning ehtiyojlariga muvofiq yakka tartibda hamda guruh holidagi maslahatlar, tashxislash va psixologik korreksiya choralari shaklida koʻrsatiladi.
10. Xizmat oʻzini oʻzi rivojlantirish, ota-onalik koʻnikmalari, qattiq hayajon va his-tuygʻularni boshqarish, aloqa oʻrnatish, yetakchilik, bolalarni rivojlantirish psixologiyasi, oiladagi nizolarni boshqarish, tashqi dunyo bilan muloqot qilish koʻnikmalarini yaxshilash, jamiyatga moslashish qobiliyatlari, shaxsiy gigiyena koʻnikmalari, oʻzini oʻzi namoyon etish koʻnikmalari, sogʻlom turmush tarzi va boshqa hayotiy koʻnikmalar boʻyicha treninglar tashkil etadi.
11. Xizmat bolalar uchun xizmat hissiy va kognitiv rivojlanish sinflari, maktabga tayyorgarlik guruhlari, maktab yoshidagi bolalar uchun kuni uzaytirilgan guruhlar, maktabdan tashqari tadbirlar, kompyuter savodxonligi boʻyicha mashgʻulotlar, shuningdek, musiqa, raqs toʻgaraklarini va boshqa toʻgaraklarni tashkillashtirib beradi.
12. Xizmat yoshlarning ehtiyojidan kelib chiqib, ular uchun oʻziga oʻzi yordam guruhi, munozara klublari, mavzuli uchrashuvlar, yoshlar klublari va boshqalarni tashkil etishda yoshlarga koʻmaklashadi.
13. Xizmat bolalar va oilalarga tibbiy yordam olishda, emlash, ambulatoriyada, statsionar, sanatoriyda davolanish, tibbiy reabilitatsiya qilishda yordam beradi. Bundan tashqari, dori-darmonlar, uy aptechkalari, maxsus jihozlar va shaxsiy foydalanish moslamalari (nogironligi boʻlgan shaxslar aravachasi, eshitish apparati va boshqalar) sotib olishda ham yordam koʻrsatadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
14. Xizmatning ijtimoiy xodimlari reproduktiv salomatlik, jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklar, OIV/OITS kabi sohalarda bolalar va kattalarning xabardorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni tashkil etadi.
15. Zarur hollarda xizmat bolalar va kattalar bilan salomatlikka oid ularni qiziqtiradigan masalalar boʻyicha guruh koʻrinishidagi maxsus munozaralarni oʻtkazish uchun mutaxassislarni taklif qiladi/yollaydi.
16. Davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda xizmat bolalar uchun yozgi oromgoh va sanatoriylarga yoʻllanma olishda yordam beradi.
17. Xizmat quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha yakka tartibda va guruh shaklidagi maslahatlar, treninglar, seminarlar va uchrashuvlarni tashkil etadi:
ota-onalik koʻnikmalarini oshirish;
bolalarni tarbiyalash masalalarida maslahatlarni taqdim etish;
ota-onalarning bolalar huquq va ehtiyojlari sohasidagi bilimlarini oshirish;
ota-onalarning huquqlari va majburiyatlari sohasidagi bilimlarni oshirish.
18. Xizmat tutingan ota-onalar va vasiylarni (homiylarni) qoʻllab-quvvatlash maqsadida, shuningdek, bolalari institutsional tarbiya muassasalaridan (bolalar uylari, mehribonlik uylari, va h.k.) qaytib kelgan oilalarning ota-onalariga mavzuli mashgʻulotlarni tashkil etadi.
19. Bolalarini maktabgacha taʼlim tashkilotida qoldirish imkoniga ega boʻlmagan ota-onalar, ishlamaydigan va bolalarini parvarish qilayotgan yosh onalar uchun ularning bandligini taʼminlashga, boshqa masalalarni hal qilishga yordam berish maqsadida bolalarning tegishli xizmat xonasida kunduzgi vaqtda qolish imkoniyati tashkil etiladi.
Bolalarni kunduzgi vaqtda parvarish qilish ota-onalar bilan xizmat oʻrtasida tuzilgan kelishuvga koʻra amalga oshiriladi.
Xizmatning ushbu turi 1 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan. Guruhda bir vaqtning oʻzida 5 dan ortiq bola boʻlmasligi kerak. Bolalar kunduzgi parvarish guruhida boʻlgan vaqtida mutaxassislar tomonidan bolalarning yoshi va rivojlanish xususiyatlariga qarab bilimlarini rivojlantirishga qaratilgan ishlar olib borilishi mumkin.
20. Xizmat oilalarga yoʻqolgan hujjatlarini tiklash, mulk huquqlarini himoya qilish va tiklash, ijtimoiy nafaqalar soʻrab murojaat qilish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish, aliment olish va toʻlash kabi huquqiy xususiyatdagi masalalarni hal qilishda yordam beradi.
21. Davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda xizmat kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash, yangi kasb-hunarlarni oʻzlashtirish, ular boʻyicha stajirovka qilish va ishga joylashishda koʻmaklashadi.
22. Xizmat oʻsmirlar uchun kasbga yoʻnaltirish boʻyicha chora-tadbirlarni tashkil qiladi.
23. Oilalarning turmush sharoitini yaxshilash maqsadida, shuningdek, oiladagi inqirozli vaziyatlarda xizmat bolalar va oilalarga moddiy yordam, shu jumladan, oziq-ovqat solingan paketlar, kiyim-kechak va boshqa eng zarur buyumlarni taqdim etishi mumkin.
24. Xizmat jamiyat aʼzolariga, bolalar va ota-onalar uchun milliy va xalqaro bayramlarga bagʻishlangan ijtimoiy tadbirlarni tashkil etishda yordam beradi. Shuningdek, xizmat bolalar va oilalar uchun mavzuga oid tanlov va viktorinalar, bayram tadbirlari, madaniy hordiq chiqarish tadbirlarini tashkil qilishi mumkin.
25. Bolalar va oilalarga yordam berish uchun xizmat shtatdagi va jalb qilingan mutaxassislardan pulli asosda yoki jamoatchilik asosida foydalanadi.
26. Bolalar va oilalar haqida mutaxassislar tomonidan olingan maʼlumotlar maxfiydir va oshkor qilinmaydi.
27. Xizmat himoyaga muhtoj oilalar va bolalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish vazifalarini bajarishga jalb qilingan hamkor tashkilot xodimlarining bilim va malakalarini oshirishga koʻmaklashadi.
28. Xizmatning oʻz resurslari yetarli boʻlmagan holatlarida xizmat hamkor tashkilotlarning ishtirokini taʼminlaydi.
4-bob. Xizmatning maqsadli guruhi
29. Xizmatning maqsadli guruhi 18 yoshgacha boʻlgan quyidagi toifadagi bolalardir:
ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlish xavfi ostidagi bolalar;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar;
ota-onalari farzandlariga tegishli tarzda gʻamxoʻrlik qilish imkoniyati yoʻq bolalar;
koʻp bolali oila farzandlari;
ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar;
oʻz oilasiga reyintegratsiya qilish imkoniga ega boʻlgan bolalar.
30. Xizmatga qabul qilingan bolalarning ota-onalari ham xizmatdan yordam olishlari mumkin.
31. Xizmatga qabul qilinmagan mushkul vaziyatga tushib qolgan bolalar yoki oilalar zarur yordam olish uchun tegishli vakolatli organlarga yoki jamoat tashkilotlariga yuboriladi.
5-bob. Maqsadli guruhlarni qabul qilish va chiqarish mezonlari
32. Xizmatga qabul qilishda oila bolalarning ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlish xavfi mezonlari boʻyicha baholanadi.
Xizmatga ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar va oilalarni qabul qilish “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining yoʻllanmasi asosida amalga oshiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
33. Xizmat oilalarga 6 oydan 18 oygacha hamrohlik qiladi. Bu vaqt mobaynida xizmatning saʼy-harakatlari oilaning oʻzini oʻzi taʼminlash mezonlariga erishishiga qaratiladi. Oila oʻzini oʻzi taʼminlash mezonlariga erishganidan soʻng xizmatning hamrohligidan chiqariladi.
Oilaning oʻzini oʻzi taʼminlash mezonlari quyidagilardir:
ota-onalarning bolalarni sifatli parvarish qila olishi (ular ota-onalik koʻnikmalariga ega boʻlib, bolalar huquqlari toʻgʻrisida biladilar);
oilaning yetarli resurslarga ega boʻlishi (iqtisodiy xavfsizlik, barqaror uy-joy, oziq-ovqat bilan taʼminlanganlik);
bolalarning asosiy ehtiyojlari qondirilishi (taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqalar).
Ushbu mezonlarga ega boʻlish oilani rivojlantirish rejasida belgilangan maqsadlarga erishganligini anglatadi.
34. Oilani rivojlantirish rejasi har 6 oyda oilani xizmatdan chiqarish masalasini aniqlash uchun baholanadi.
35. Oila oʻz xohishiga koʻra xizmatdan belgilangan muddatidan avval chiqishi yoki hamkorlik qilmasligi sababiga koʻra xizmatdan chiqarilishi mumkin.
36. Agar oila 18 oy davomida xizmat hamrohligida boʻlib, rejalashtirilgan maqsadlarga erishmasa, bu oilaga kelgusida hamrohlik qilish maqsadga muvofiq emasligi tufayli xizmatdan chiqarilishi lozim. Ushbu qoidaning har bir istisnosi uyushmaning ichki hujjatlariga muvofiq qatʼiy asoslangan boʻlishi kerak.
6-bob. Infratuzilma va zarur resurslar
37. Xizmat ushbu Nizomda bayon qilingan barcha xizmatlarni taqdim etish uchun yetarli xonalarga ega boʻlishi kerak.
38. Mutaxassislar, alohida va guruh holidagi maslahatlar, guruh mashgʻulotlari, treninglar va seminarlar ishi uchun xonalar, bolalarning yashash joylari, oʻyin xonasi, resurs xonasi tegishli mebel, jihozlar, kompyuter, ofis va multimedia texnikasi, maxsus asbob-uskunalar va anjomlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
39. Agar aholi punktida kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlish uchun oʻquv markazlari boʻlmasa, xizmatning maxsus jihozlangan xonalarida kasbiy koʻnikmalarga ega boʻlish uchun sharoit yaratiladi. Shu maqsadda xonalarda asbob-uskunalar (tikuvchilik, sartaroshlik, oshpazlik va boshqalar) oʻrnatiladi. Ushbu asbob-uskunalar va jihozlar tegishli shartnoma tuzilgan holda kasb egallash va qonuniy daromad olish maqsadida vaqtincha foydalanish uchun oilalarga berilishi mumkin.
40. Agar xizmat atrofida qulay hudud boʻlsa, unda jihozlangan bolalar oʻyin maydonchasi yaratilishi mumkin. Qishloq joylarda xizmat atrofidagi hudud jamoalar aholisining iqtisodiy farovonligini oshirish, yaʼni jamoalar aholisi tomonidan non yopish maqsadida milliy pechlarni (tandirlarni) oʻrnatish, sabzavot va mevali daraxtlarni ekish uchun ishlatilishi mumkin.
41. Mutaxassislarning mobil guruhi ishini taʼminlash maqsadida xizmat bolalar va oilalarga qulay boʻlgan hududda mobil guruhning koʻchib yurib xizmat koʻrsatishi uchun transport vositasi bilan taʼminlanadi.
7-bob. Xizmat taʼminoti va uni moddiy-texnik jihatdan taʼminlash
42. Xizmat taʼminoti va uni moddiy-texnik jihatdan taʼminlash davlat budjeti mablagʻlari, muassislar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriya mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
(42-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ishchilarga toʻlanadigan ish haqi, kommunal xizmatlar xarajatlari va boshqa joriy xarajatlar, bino va inshootlarni saqlash xarajatlari, ularni taʼmirlash, ularga xizmat koʻrsatish va boshqa xizmat xarajatlari davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻliq moliyalashtiriladi.
Xizmat, shu jumladan, yuqorida sanab oʻtilgan xarajatlarga qoʻshimcha sifatida muassislar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriya mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga boshqa xarajatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(42-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8-bob. Xizmat shtati va boshqaruvi
43. Xizmat ishini boshqarish filial direktorining bevosita rahbarligida koordinatori tomonidan amalga oshiriladi.
44. Xizmat xodimlarining soni 1-ilovada keltirilgan Namunaviy shtatlarga muvofiq belgilanadi.
45. Xizmatga qabul qilingan ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalar va oilalarga koʻrsatilayotgan xizmatlarning monitoringi Xizmat joylashgan hududdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Agentlikning hududiy boshqarmasi tomonidan olib boriladi.
46. Nizolarni hal qilish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
47. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(9-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
Ijtimoiy yetimlikning oldini olish xizmatlarining faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ijtimoiy yetimlikning oldini olish xizmatlarining
namunaviy shtatlari
T/r
Lavozimlar nomi
Shtat birliklari soni
YaTS boʻyicha razryadi
Toshkent shahri
Samarqand shahri
Urganch shahri
Shovot tumani
1.
Koordinator
1
1
1
-
8
2.
Koordinator yordamchisi
1
-
-
-
5
3.
Yetakchi ijtimoiy xodim
1
1
1
1
7
4.
Ijtimoiy xodim
4
4
2
2
6
5.
Psixolog
2
2
1
1
Xalq taʼlimi muassasalaridagi psixologning bazaviy tarif stavkasiga tenglashtiriladi
Izoh. “SOS Oʻzbekiston bolalar mahallalari uyushmasi” tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishuvga koʻra va xizmatning umumiy shtatlar soni doirasida ushbu shtat normativlariga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
(1-ilovaning izoh qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2020-y., 09/20/738/1521-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)