1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.05.00 Yongʻin xavfsizligi]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yongʻin xavfsizligi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
odamlarning hayoti va sogʻligʻini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yongʻinlardan himoya qilish yuzasidan umumiy yongʻin xavfsizligi talablari;
yongʻin kelib chiqishi xavfi yuqori boʻlgan ishlarni amalga oshirishda hamda muhandislik asbob-uskunalaridan foydalanishda yongʻin xavfsizligi talablari;
ishlab chiqarish, ijtimoiy, qishloq xoʻjaligi, qurilish va boshqa sohalardagi obyektlar hamda maʼmuriy binolar uchun yongʻin xavfsizligi talablari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadi hamda mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin;
aholi, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari orasida muntazam ravishda yongʻin xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish va tushuntirish yuzasidan tizimli targʻibot va tashviqot ishlarini olib borsin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-oktabr,
649-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qaroriga ILOVA
Yongʻin xavfsizligi qoidalari
I boʻlim. Umumiy qoidalar
1-bob. Qoidalarni qoʻllash sohasi
1. Ushbu Yongʻin xavfsizligi qoidalari (keyingi oʻrinlarda — Qoidalar) “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq odamlarning hayoti va sogʻligʻini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yongʻinlardan himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida umumiy yongʻin xavfsizligi talablarini belgilaydi.
Qoidalar davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar boshqa tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — tashkilotlar), ularning xodimlari, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar va fuqarolar uchun majburiydir.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
2. Yongʻin xavfsizligini taʼminlashda ushbu Qoidalar bilan birga “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan yongʻin xavfsizligi talablarini oʻz ichiga olgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga amal qilish lozim.
3. Yongʻin xavfsizligi sohasiga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda idoraviy hujjatlar talablari ushbu Qoidalarda belgilangan talablardan past boʻlmasligi kerak.
4. Ushbu Qoidalar:
oʻrmon xoʻjaligi hududlarida;
kon qazilma va shaxta inshootlarida;
portlovchi materiallar ishlab chiqarilayotganda, tashilayotganda, saqlanayotganda, ulardan foydalanilayotganda va ular utilizatsiya qilinayotganda;
sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallardan foydalanilgan holda portlatish ishlarini olib boruvchi tashkilotlarda;
havo, suv, temir yoʻl, avtomobil transporti hamda elektr transportida yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablarni belgilamaydi.
41. “Litsenziya” axborot tizimi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi, “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimi, shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bino (inshoot) va xonalarning yongin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa ushbu Qoidalar va yongin xavfsizligi talablari belgilangan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga asosan beriladi.
Bunda mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan axborot tizimlari orqali bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa 10 ish kuni ichida beriladi.
Bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablari ushbu Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda, xulosa berish rad etiladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-apreldagi 142-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2023-y., 09/23/142/0197-son)
2-bob. Asosiy tushunchalar
5. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
obyekt — yuridik yoki jismoniy shaxsning mulkiy kompleksi (yoki uning bir qismi), shu jumladan, ular uchun yongʻin xavfsizligi talablari belgilangan binolar, inshootlar, transport vositalari, texnologik qurilmalar, asbob-uskuna, agregatlar, buyumlar va boshqa mol-mulk;
olovli ishlar — uchqun hosil boʻlishi, ochiq alangadan foydalanish bilan bogʻliq ishlar (elektr payvandlash, gaz payvandlash, yonuvchi suyuqliklardan foydalanib kesish, kavsharlash lampalaridan foydalanish, bitum eritish va uchqun chiqarish bilan bogʻliq boshqa ishlar);
texnologik jarayon — modda va mahsulotlarning xususiyatini va (yoki) holatini oʻzgartirishga qaratilgan harakatlar bilan bogʻliq boʻlgan ishlab chiqarish jarayonining bir qismi;
odamlar ommaviy boʻladigan obyekt — bir vaqtning oʻzida 50 nafardan koʻp odamlar boʻlishi koʻzda tutilgan xona, bino, inshoot (turar joylar bundan mustasno);
yongʻinga qarshi oraliq — yongʻin tarqalishining oldini olish uchun binolar va (yoki) inshootlar oraligʻidagi belgilangan masofa;
yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari — yongʻinni avtomatik tarzda aniqlash va oʻchirish, tutunni chiqarish, xabar berish, yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimlari, shuningdek, odamlarni va moddiy boyliklarni yongʻindan himoya qilish uchun moʻljallangan boshqa texnik vositalar.
3-bob. Tashkiliy-texnik tadbirlar
6. Tashkilot rahbarining (yakka tartibdagi tadbirkorning) yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
a) “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, yongʻin xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar hamda ushbu Qoidalarning talablariga har bir obyektda rioya etilishini va bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlash;
b) tarkibiy tuzilmalar nizomlarida va obyekt xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha majburiyatlarni nazarda tutish;
v) obyekt boʻyicha buyruq bilan:
obyektning texnologik uskunalarini, shamollatish va isitish tizimlari, yashindan himoya qiluvchi va yerga ulash moslamalarini, aloqa va xabar berish vositalarini, yongʻinga qarshi texnik himoya vositalarini soz holda saqlash va foydalanish uchun hamda tashkilotning obyektlarida yongʻin xavfsizligi boʻyicha masʼul shaxslarni tayinlash;
har bir obyekt uchun uning yongʻin xavfliligiga koʻra yongʻinga qarshi rejimini belgilaydigan yongʻin xavfsizligi yoʻriqnomalari ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq ishlab chiqilishini taʼminlash;
olovli va boshqa yongʻin xavfi mavjud ishlarni xavfsiz bajarish tartibi va vaqtini belgilash hamda ular bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish;
obyektning xodimlari oʻrtasida yongʻin sodir boʻlgan vaqtdagi majburiyatlarini taqsimlash;
g) tegishli yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish orqali xodimlarni yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlariga oʻrgatishni va ushbu Qoidalarga 2-ilovaga muvofiq yongʻin-texnik minimum boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazishni tashkil etish;
d) yongʻin sodir boʻlganda uning sababini, sodir etilishi va rivojlanishi (tarqalishi) sharoitlarini, yongʻin kelib chiqishida va yongʻin xavfsizligi talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarni aniqlash choralarini koʻrish;
e) ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq yongʻin xavfsizligi va hayot faoliyati xavfsizligi haqidagi maʼlumotlardan iborat axborot stendlarini tashkil etish, shuningdek, ular oʻz vaqtida yangilanishini taʼminlash.
7. Oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik obyektlarda, yirik ijtimoiy-madaniy obyektlarda, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obyektlari jumlasiga kiritilgan, portlash-yongʻin xavfi muhitini paydo qilishga qodir boʻlgan moddalar ishlatiladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlov beriladigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yoʻq qilinadigan obyektlarda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan yongʻinlarning oldini olish va ularni oʻchirish boʻyicha saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida yongʻin-texnik komissiyasi tuzilishi hamda ushbu Qoidalarga 4-ilovaga muvofiq obyektning yongʻin xavfsizligi pasporti ishlab chiqilishi kerak.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasi.
8. Yongʻinda odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilish, yongʻinlarni samarali oʻchirish, shuningdek, yongʻinga qarshi himoya vositalari joylashgan joylarni belgilash maqsadida bir vaqtning oʻzida qavatida 10 nafardan ortiq odamlar boʻladigan bino va inshootlarning (turar joylardan tashqari) yoʻlaklari va evakuatsiya yoʻllarining koʻrinadigan joylarida quyidagilar:
ushbu Qoidalarga 5-ilovaga muvofiq ishlab chiqilgan yongʻin vaqtida binoni tark etish evakuatsiya rejasi (sxemasi) oʻrnatilgan boʻlishi;
davlat standarti talablariga muvofiq ishlab chiqilgan yongʻin xavfsizligi belgilari joylashtirilgan boʻlishi kerak.
9. Tashkilotlarning xodimlari hamda fuqarolar quyidagilarga majburdirlar:
a) normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, normativ hujjatlarda, davlat yongʻin nazoratining hujjatlarida va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan yongʻin xavfsizligi talablariga amal qilishga;
b) gaz va maishiy elektr asboblaridan, maishiy-kimyo vositalaridan foydalanishda, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar bilan hamda yongʻin xavfliligi jihatidan xavfli boʻlgan boshqa moddalar, materiallar va uskunalar yordamida ishlarni bajarishda ehtiyotkorlik choralarini koʻrishga;
v) yongʻinni sezib qolganda zudlik bilan bu haqda yongʻindan saqlash xizmatiga xabar berishga hamda odamlarni, mol-mulkni evakuatsiya qilish va yongʻinni oʻchirish yuzasidan choralar koʻrishga.
10. Obyektlar ushbu Qoidalarga 6-ilovaga muvofiq soz holatdagi yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va boshqa yongʻin texnikasi, shuningdek, tezkor aloqa vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
11. Ishlab chiqarish xonalari va omborxonalar eshiklarining (darvozalarining) tashqi tarafiga, shuningdek, tashqi qurilmalarning hududiga ushbu Qoidalarga 7-ilovaga muvofiq portlab yonish va yongʻin xavfi boʻyicha toifalarning hamda zonalar sinfining belgisi oʻrnatilishi kerak.
12. Portlab yonish va yongʻin xavfliligi boʻyicha “A” va “B” toifalariga mansub xonalarning eshiklariga qoʻshimcha ravishda ushbu Qoidalarga 8-ilovaga muvofiq yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarining maʼlumot kartasi oʻrnatilishi kerak.
4-bob. Yongʻin sodir boʻlganda harakat qilish tartibi
13. Har bir fuqaro yongʻinni sezganda quyidagilarni bajarishi majbur:
a) zudlik bilan “101” telefon raqami orqali Favqulodda vaziyatlar vazirligining (keyingi oʻrinlarda — FVV) yongʻin-qutqaruv boʻlinmasiga xabar berish (xabarda voqea sodir boʻlgan manzil, yongʻin chiqqan joy va oʻzining familiyasini aytish);
b) odamlarga xabar berish va ularni evakuatsiya qilish choralarini koʻrish;
v) imkon qadar mavjud yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan yongʻinni oʻchirish choralarini koʻrish.
14. Yongʻin joyga yetib kelgan tashkilot rahbari (mansabdor shaxs):
a) odamlar hayotiga xavf tugʻilgan taqdirda, ularni mavjud kuch va vositalar yordamida qutqarish choralarini koʻrishga;
b) zarur boʻlganda elektr energiyasini (yongʻinga qarshi himoya tizimidan tashqari) oʻchirish, yuklarni tashishga moʻljallangan moslamalar, agregatlar, apparatlarning ish faoliyatini toʻxtatish, xom ashyo, gaz, bugʻ va suv kommunikatsiyalarini yopib qoʻyish, avariya roʻy bergan va unga tutash xonalarning shamollatish tizimi ishini toʻxtatish, xonalar tutun bilan qoplanishi va yongʻin tarqalishining oldini olishga imkon beradigan boshqa choralarni koʻrishga;
v) yongʻinni oʻchirishga qaratilgan ishlardan tashqari binodagi barcha ishlarni toʻxtatishga (agar ishlab chiqarishning texnologik jarayoni boʻyicha mumkin boʻlsa);
g) yongʻinni oʻchirishga jalb etilgan xodimlardan tashqari barcha xodimlarni xavfli hudud tashqarisiga chiqarishga;
d) yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari yetib kelgunga qadar (obyektning oʻziga xosligini hisobga olgan holda) yongʻinni oʻchirishda umumiy rahbarlik qilishga;
e) yongʻinni oʻchirishda ishtirok etayotgan xodimlar xavfsizlik talablariga rioya qilishlarini taʼminlashga;
j) yongʻin oʻchirish bilan bir vaqtda odamlarni evakuatsiya qilish va moddiy boyliklarni himoya qilishni tashkil etishga;
z) yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini kutib olishni va yongʻin sodir boʻlgan joyga qisqa yoʻl bilan olib borishni tashkil etishga majbur.
15. Tashkilot (obyekt) rahbari (yoki uning vazifasini bajaruvchi mansabdor shaxs) yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi yongʻinga yetib kelishi bilan yongʻinni oʻchirish rahbariga yongʻin joyi haqida, xonalarda odamlarning mavjudligi, yordamga muhtojlar hamda yongʻinni oʻchirishga jalb etilganlar, saqlanayotgan va ishlatilayotgan moddalar, materiallar, mahsulotlarning miqdori va yongʻinni oʻchirish boʻyicha koʻrilgan choralar haqida axborot berishi kerak.
16. Tashkilot (obyekt) rahbari (mansabdor shaxsi) yongʻinni oʻchirish shtabi tarkibiga kiritilganda:
a) yongʻinni oʻchirish rahbari tomonidan berilgan vazifalarni bajarilishini taʼminlashga;
b) obyektning xususiyatlari, tutash bino va inshootlar haqida yongʻinni oʻchirish rahbariga maʼlumot taqdim etishga;
v) yongʻinni oʻchirish rahbari tomonidan berilgan vazifalar bajarilishida obyekt xodimlarining harakatlarini muvofiqlashtirishga majbur.
II boʻlim. Yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qoʻyiladigan umumiy talablar
17. Aholi yashash punktlari va tashkilotlarning hududlari hamda tashkilotlarga, turar joylarga, dala hovlilarga va boshqa qurilmalarga tutash qismlari oʻz vaqtida yonuvchi chiqindilar, axlatlar, qadoqlar, xazonlar, quruq oʻtlar va boshqa yonuvchi buyumlardan tozalanishi kerak.
Yonuvchi chiqindilar, axlatlar va shu kabi boshqa buyumlarni maxsus ajratilgan maydonlardagi yonmaydigan materialdan ishlangan konteynerlarga yoki qutilarga yigʻish va keyinchalik hududdan olib ketish lozim.
18. Bino va inshootlarning yongʻinga qarshi oraliqlarida turli buyumlarni, asbob-uskunalarni, qadoqlarni va transport vositalarini saqlash hamda bino va inshootlarni qurish (oʻrnatish) taqiqlanadi.
19. Hudud va xonalarning joylashtirilishi, binolarning olovga bardoshlilik darajasi, ularning orasidagi yongʻinga qarshi masofalar, xonalardan chiqish eshiklari amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos kelishi va yongʻin xavfsizligi taʼminlangan holatda saqlanishi kerak.
20. Binolarga, inshootlarga, ochiq omborlarga, suv taʼminoti manbalariga, statsionar oʻt oʻchirish narvonlariga va yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalariga olib boruvchi yoʻllarni, tor koʻchalarni va oʻtish joylarini toʻsib va yopib qoʻyish taqiqlanadi.
Yoʻllar va tor koʻchalar qishda qordan va muzlardan tozalanishi kerak.
21. Yoʻllar va tor koʻchalarni taʼmirlash uchun yopilishi yoki yongʻin oʻchirish avtomobillarining erkin harakatlanishiga toʻsqinlik qiladigan boshqa sabablar haqida yongʻin-qutqaruv xizmatiga darhol xabar berilishi hamda ushbu joylarga toʻsib qoʻyilgan yoʻl qismini eng yaqin aylanib oʻtish yoʻnalishini koʻrsatuvchi belgilar oʻrnatilishi yoki yoʻlning taʼmirlanayotgan qismidan oʻtish imkoni yaratilishi kerak.
22. Vaqtinchalik qurilmalar, doʻkonlar, kiosklar va shu kabilarni boshqa bino va inshootlardan kamida 15 m masofada (agarda boshqa normalar bilan kattaroq yongʻinga qarshi oraliq masofa talab etilmasa) yoki yongʻinga qarshi devorlar oldiga joylashtirish lozim.
Sanoat korxonalarining hududida (qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan hududlardan tashqari) vaqtinchalik yonuvchan bino va inshootlarni, shu jumladan, vagon va konteynerlarni qurish (oʻrnatish) taqiqlanadi.
23. Ish joylarida, sogʻliqni saqlash, taʼlim, sport-sogʻlomlashtirish muassasalarida, yongʻin chiqish xavfi boʻlgan joylarda, shu jumladan, avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida, tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan va “Chekish joyi” belgisi oʻrnatilgan joylardan tashqari, chekish taqiqlanadi.
24. Yoqib yuborish yoʻli bilan zararsizlantirishga ruxsat etilgan chiqindilarni yoqish muassasa xodimlarining nazorati ostida va shamolsiz ob-havoda maxsus ajratilgan joylarda amalga oshiriladi.
25. Yongʻinga qarshi suv manbalarini, tashqi yongʻin narvonlarini, bino va inshootlarga kirish joylarini tezda topish uchun tashkilotlar hududi yetarli darajada tashqi yoritish chiroqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
26. Turar joylar, dala hovlilar va tashkilotlarning hududidagi ochiq maydonlarda ichida yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar boʻlgan idishlarni hamda siqilgan va suyultirilgan gaz bilan toʻldirilgan ballonlarni qoldirish taqiqlanadi.
27. Ishlab chiqarish korxonalari, shifoxonalar, sanatoriylar va sogʻlomlashtirish muassasalarining hududiga kirish joylarida mavjud va qurilayotgan bino va inshootlar, hududga kirish joylari, hudud ichidagi yoʻllar va yongʻinga qarshi suv taʼminoti manbalari koʻrsatilgan sxemalar osib qoʻyilishi kerak. Sxemalar quyosh nuriga, qor va yomgʻirga chidamli materiallardan ishlanishi lozim. Darvozalar, shlagbaumlar va hududga kirishni cheklaydigan boshqa qurilmalar mexanizatsiyalashtirilgan boʻlsa, ularni qoʻlda ochish imkoni boʻlishi kerak.
28. Obyektlar (yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardan tashqari), dala hovlilar va turar joylar hududida quyidagilar bajarilgan taqdirda ovqat tayyorlash uchun maxsus moslamalar joylashtirilishi mumkin:
a) yonish maydoncha tashqarisiga tarqalishining oldini olish choralari koʻrilganda;
b) yonish jarayoni doimiy nazoratga olinib, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari (oʻt oʻchirgich, suv bilan toʻldirilgan sigʻim, belkurak va boshqalar) bilan taʼminlanganda. Ovqat tayyorlanib boʻlgandan soʻng, yonayotgan va choʻgʻlanayotgan materiallar toʻliq oʻchirilishi kerak.
29. Tandirlarni joylashtirishda ushbu hududda shamol esishining asosiy yoʻnalishi hisobga olinishi hamda tandir xoʻjalik qurilmalari va turar joyga nisbatan shamol esadigan tomonga qaratib oʻrnatilishi lozim.
6-bob. Bino, inshoot va xonalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
30. Obyektlar, ushbu Qoidalarga 9-ilovaga muvofiq avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari va yongʻin signalizatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
31. Binolar, inshootlar va xonalardan, asbob-uskunalardan, jihozlardan faqat loyiha va ekspluatatsion-texnik hujjatlarda belgilangan maqsadlarda va yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilingan holda foydalanish kerak.
Belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyihasiz konstruktiv, hajmiy-loyihaviy va muhandislik-texnik yechimlarga oʻzgartirish kiritilishi taqiqlanadi.
32. Binolar, inshootlar va xonalardagi yongʻinga qarshi tizimlar va qurilmalar (tutunga qarshi himoya, yongʻin avtomatikasi vositalari, yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimlari, yongʻinga qarshi eshiklar, parda va klapanlar, tutun chiqarish lyuklari, yongʻinga qarshi devor va shiftlardagi boshqa himoya moslamalari va shu kabilar) doimo soz va ishchi holatda boʻlishi kerak.
33. Eshiklarning oʻzini yopadigan moslamalari doimo soz holatda boʻlishi zarur, tutunga qarshi va yongʻinga chidamli eshiklarning oson ochilishiga yoki yopilishiga toʻsqinlik qiluvchi biron-bir moslama oʻrnatish mumkin emas.
34. Qurilish konstruksiyalari, yonuvchi, pardozlash va issiqlikni tutuvchi materiallarning, uskunalarning metalldan ishlangan ustunlarning (tirgaklarning) olovdan himoyalash qoplamlari (olovdan himoyalash xususiyatlarini yoʻqotish va pasaytirishni hisobga olgan holda suvoqlar, maxsus boʻyoqlar, lok va shu kabilar) buzilishi holatlari darhol bartaraf etilishi kerak.
Meʼyor talablari asosida ishlov berilgan (shimdirilgan) yogʻoch konstruksiyalari, dekoratsiya va matolar olovdan himoyalash tarkibining taʼsir muddati tugagan yoki himoyalash xususiyatini yoʻqotgan boʻlsa, ularga takroran ishlov berilishi (shimdirilishi) lozim.
Olovdan himoyalash tarkibi bilan ishlov berilgan (shimdirilgan) konstruksiya va materiallarning holati yiliga kamida 2-marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari tegishli hujjatlarda (dalolatnoma, jurnalda) qayd etiladi.
35. Har xil muhandislik va texnologik kommunikatsiyalar, yongʻinga qarshi devor, orayopmalar va toʻsuvchi konstruksiyalar bilan kesishgan joyda hosil boʻlgan teshik va tuynuklar qurilishda ishlatiladigan qorishmalar yoki yonmaydigan materiallar bilan suvab (berkitib) tashlanishi kerak, bunda tutun va gazni oʻtkazmasligi hamda talab darajasida olovga bardoshlilik chegarasi taʼminlanishi kerak.
36. Xonalarni qayta loyihalashtirishda, ularning funksional vazifasi oʻzgartirilganda yoki yangi texnologik uskunalar oʻrnatilayotganda amaldagi qurilish va texnologik loyihalash normalarining yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilish kerak.
Xonalar ijaraga berilganda ijaraga oluvchilar tomonidan ushbu turdagi bino uchun yongʻinga qarshi rejim bajarilishi kerak.
37. 1000 nafar va undan ortiq odam sigʻimiga ega boʻlgan muassasalarda eng yaqin yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri telefon aloqasi oʻrnatilishi kerak.
38. Tashkilotlarning xonalarida, bino va inshootlarda (yakka tartibdagi turar joylardan tashqari) quyidagilar taqiqlanadi:
a) yertoʻla va sokol qavatlarida, yoʻlaklarda, zina kataklarida yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni, porox, portlovchi moddalarni, gaz ballonlarini, aerozol idishdagi tovarlarni, selluloid va boshqa portlash xavfi bor modda va materiallarni saqlash va foydalanish, amaldagi normativ hujjatlarda keltirilgan holatlar bundan mustasno;
b) chordoqlar, texnik qavatlar, shamollatish tizimi oʻrnatilgan va boshqa texnik xonalardan ishlab chiqarish uchastkalari, ustaxonalar sifatida foydalanish hamda ushbu joylarda mahsulotlar, uskunalar, mebellar va boshqa buyumlarni saqlash;
v) lift xollariga hujra, kiosk, savdo shoxobchalari va shu kabilarni joylashtirish;
g) yertoʻla va sokol qavatlaridan chiqish eshiklari umumiy zinapoya katakchalaridan alohida ajratilmagan boʻlsa, ularda yonuvchi materiallarni saqlash omborlari va ustaxonalarni tashkil etish hamda boshqa xoʻjalik xonalarini joylashtirish;
d) loyihada koʻzda tutilgan vestibyul va xollar, yoʻlaklar, tambur va zina kataklarining eshiklarini olib tashlash;
e) balkon va lodjiyalarning eshik va lyuklarini, qoʻshni xonaga oʻtish yoʻlaklari va tashqi qutqaruv zinalariga chiqish joylarini mebel, uskuna va boshqa buyumlar bilan toʻsib qoʻyish;
j) benzin, kerosin va boshqa yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklardan foydalangan holda xonalarni tozalash va kiyimlarni yuvish, shuningdek, kavsharlash lampasi va ochiq olovdan foydalangan holda yaxlab qolgan (muzlagan) quvurlarni eritish;
z) belgilangan tartibda tasdiqlangan norma va qoidalarda nazarda tutilgan holatlardan tashqari derazalarga ochilmaydigan panjaralar oʻrnatish;
i) yongʻin vaqtida xavfsizlik zonasiga kiruvchi lodjiya va balkonlarni oynalar bilan qoplash;
k) zina kataklarida va yoʻlaklarda hujralar tashkil etish, shuningdek, zinaning qavatlar orasidagi qismida (marsh) va maydonlarida buyumlar, mebel va boshqa yonuvchi materiallarni saqlash (binoning birinchi va sokol qavatlaridagi zina kataklari ostida faqat markaziy isitish tizimini boshqarish tarmoqlari, suv oʻlchagich tarmoqlari va elektr shchitlari oʻrnatilgan devorlari yonmaydigan materiallardan ishlangan xonalarni joylashtirish mumkin);
l) omborlar va boshqa ishlab chiqarish xonalarida (olovga bardoshliligi V-darajali binolardan tashqari) yonuvchi va qiyin yonuvchi materiallardan hamda tunuka metalldan yasalgan antresollar, shuningdek, boshqa ichki xonalarni tashkil etish.
39. Bino va inshootlarning tashqi yongʻin narvonlari va tom ustidagi toʻsiqlar doimo soz holda boʻlishi va yiliga kamida 2 marotaba chidamliligi boʻyicha sinovdan oʻtkazilishi kerak. Tekshirish natijalari tegishli hujjatlarda (dalolatnoma, jurnalda) qayd etiladi.
40. Chordoqlar, texnik qavatlar va yertoʻlalarning derazalari oyna bilan qoplangan, ularning eshiklari qulflangan holatda boʻlishi lozim. Eshiklarga kalit qayerda saqlanishi yozib qoʻyilishi kerak.
Bino va inshootlarning yertoʻla va sokol qavatlaridagi yorugʻlik darchalari muntazam ravishda yonuvchi axlatlardan tozalanib turilishi kerak. Ushbu yorugʻlik darchalarini va derazalarni ochilmaydigan qilib yopib tashlash taqiklanadi.
41. Tomosha, ovqatlanish, koʻrgazma, savdo-sotiq, birja, ibodat xonalari va boshqa zallar (xonalar), tribunalar, shuningdek, katta va boshqa odamlar ommaviy boʻladigan xonalarga tashrif buyuruvchilar soni, loyihalash boʻyicha meʼyoriy hujjatlarda belgilanganidan yoki evakuatsiya yoʻllarining odamlarni chiqara olish qobiliyatini inobatga olgan holda hisoblash orqali aniqlangan sonidan koʻp boʻlishi taqiqlanadi.
Loyihalash boʻyicha normativ hujjatlarda hisoblash uchun koʻrsatkichlar boʻlmasa, zallardan (xonalardan) odamlarning evakuatsiyasini taʼminlash vaqtini 2 min, bitta odamga toʻgʻri keladigan maydonni esa 0,75 m2 deb hisoblash lozim.
7-bob. Xavfsiz evakuatsiyani taʼminlash
42. Evakuatsiya chiqish joylarining soni, ularning oʻlchamlari, yoritish va tutundan himoyalanish taʼminlanganligi sharoitlari, shuningdek, evakuatsiya yoʻllarining uzunligi shaharsozlik normalari va qoidalaridagi yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
43. Evakuatsiya yoʻllaridagi eshiklarni qulflab qoʻyish taqiqlanadi. Xonada odamlar boʻlganida eshiklarni ichki tomonidan oson ochiladigan qilib qulflash mumkin.
Evakuatsiya yoʻllaridagi barcha eshiklar binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha erkin ochilishi kerak.
44. Ellik nafar odam yigʻilishi mumkin boʻlgan barcha xonalarda hamda barcha zina kataklarida, oʻtish joylari va boshqa evakuatsiya yoʻllarida evakuatsiya yoritish chiroqlari oʻrnatilishi lozim.
45. Bino va inshootlarda hamda ulardan chiqish eshiklarining ustki qismida evakuatsiya yoʻllarini va chiqish joylarini koʻrsatuvchi yongʻin xavfsizligi belgilari oʻrnatilishi kerak.
Odamlar ommaviy boʻladigan bino va inshootlardagi evakuatsiya yoʻllari boʻylab chiqish eshiklarining ustki qismida binoni tark etish yoʻnalishi boʻyicha yashil rangdagi “Chiqish” degan yozuvli yorugʻlik koʻrsatkichlari oʻrnatilishi lozim.
Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda binoda odamlar boʻladigan vaqt ichida yorugʻlik koʻrsatkichlari yoqilgan holatda boʻlishi kerak.
Jamoat bino va inshootlarining xonalari va evakuatsiya yoʻllaridagi chiqish koʻrsatgichlari hamda pol ustidagi yonib turadigan “yuguruvchi yoʻlakcha” tipidagi chiqish yoʻnalishini koʻrsatib turadigan koʻrsatgichlar soz holatda boʻlishi lozim.
46. Xavfsiz evakuatsiyani taʼminlash maqsadida quyidagilar taqiqlanadi:
a) yoʻlaklar, tamburlar, galereya, lift xollari, zinapoyalar oldidagi maydonlarni, zinaning qavatlar orasidagi qismini (marsh) va qopqoqli tuyniklarni (lyuklarni) mebel, asbob-uskuna, xar hil buyumlar bilan toʻsib qoʻyish, shuningdek, evakuatsiya eshiklarini mixlab (berkitib) tashlash;
b) xonalardan chiqish joylarida (tamburlarda) har xil kiyim quritish joylari, garderob va boshqalarni oʻrnatish hamda turli buyumlarni va materiallarni saqlash (koʻp kvartirali uylar va yakka tartibdagi turar joylar bundan mustasno);
v) evakuatsiya yoʻllariga eshiklarni imitatsiya qiladigan vitrajlar, oynalar, ostonalar, turniketlar, suriladigan, koʻtariladigan va aylanadigan eshiklarni hamda odamlarning xonani yoki binoni erkin holda tark etishlariga xalaqit beradigan boshqa turdagi moslamalarni oʻrnatish;
g) evakuatsiya yoʻllarida (olovga bardoshliligi V-darajali boʻlgan binolardan tashqari) devorlar, shiftlar, zinapoyalar va zina kataklari hamda pollarni qoplashda, pardozlashda, boʻyoqlashda yonuvchi materiallardan foydalanish;
d) yoʻlak, xoll, tambur va zina kataklaridagi oʻzi yopiladigan eshiklarni ochiq holatda ushlash uchun moslamalarini mahkamlab qoʻyish (agar bu maqsadda yongʻin vaqtida avtomatik holda yopilish moslamasi oʻrnatilmagan boʻlsa) hamda ularni olib qoʻyish;
e) tutun qoplamaydigan zina kataklaridagi havo purkovchi zonalarni oyna bilan qoplash yoki yopish;
j) eshik va darchalarga oʻrnatilgan armaturali oynalarni oddiy oynalarga almashtirish.
47. Texnologik, koʻrgazmali va boshqa uskunalarni oʻrnatishda loyihalash normalariga muvofiq xonalardan zina kataklariga va boshqa evakuatsiya yoʻllariga chiqish (oʻtish) yoʻlaklari taʼminlangan boʻlishi kerak.
48. Evakuatsiya yoʻllaridagi gilamlar, gilam poyandozlar va boshqa oʻramli qoplamalar polga mustahkam qotirilgan boʻlishi kerak.
Ushbu qoplamalarni vestibyul va zina kataklariga joylashtirish taqiqlanadi.
8-bob. Texnologik jarayonni tashkil etishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
49. Texnologik jarayonlar reglamentlar, texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va boshqa belgilangan tartibda tasdiqlangan normativ-texnik va foydalanish hujjatlariga muvofiq tashkil etilishi kerak.
50. Ishlab chiqarish binolarida, xonalarida texnologik jarayonda ishlatiladigan va oʻzaro aloqada ekzotermik reaksiyalarga kirishishi mumkin boʻlgan moddalar va materiallar maxsus ajratilgan, avariya holatlarida ham ushbu moddalar bilan aloqa qilishga imkon bermaydigan joylarga joylashtirilishi kerak. Moddalar va materiallarni tashishda ushbu Qoidalarga 10-ilovaga muvofiq ularning agregat holati, bir-biriga toʻgʻri (mos) kelishi, shuningdek, yongʻinni oʻchiruvchi vositalarning bir xilligini hisobga olish kerak.
51. Texnologik jarayonda ishlatiladigan yonuvchi moddalar va materiallarni xonada bevosita qurilmalar va jihozlarning yonida texnologik reglamentlarda (kartalar va boshqalarda) nazarda tutilgan miqdorda saqlashga ruxsat etiladi. Ushbu miqdor bir smenada ishlatiladigan meʼyordan oshmasligi kerak.
52. Maxsus shkaflarda kiyimlarni quritganda belgilangan harorat rejimini nazorat qilish kerak.
Kiyimlarni quritish xonalarida yogʻlangan kiyimlarni, matolarni, shuningdek, gugurt, chaqnatgichlar (yondiruvchilar) va yonuvchi materiallari boʻlgan kiyimlarni saqlash taqiqlanadi.
53. Uskunalarga, quvurlarga, sigʻimli qurilmalarga, kommunikatsiyalarga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash, sinovdan oʻtkazish, tekshirish va diagnostika qilish belgilangan muddatlarda hamda ularning foydalanish boʻyicha tegishli texnik hujjatlarida nazarda tutilgan yongʻin xavfsizligi choralarini koʻrgan holda amalga oshirilishi kerak.
54. Mashina va uskunalarning qismlarini (detallarini) yuvish (moydan tozalash) uchun yonmaydigan texnik suyuqliklar va tarkiblar, shuningdek, yongʻin taʼsiriga xavfsiz qurilmalar va usullardan foydalanish kerak.
55. Yongʻin keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan nosozliklari mavjud uskunalar va qurilmalarda, shuningdek, oʻlchov vositalari, avtomatlashtirish, nazorat qilish va harorat, bosim, konsentratsiya va yonuvchan bugʻlar, suyuqliklar, gazlarning boshqa texnologik parametrlarini belgilovchi avariya holatlariga qarshi himoya tizimlari oʻchirilganda ishlab chiqarish ishlarini oʻtkazish taqiqlanadi.
56. Yengil alangalanadigan va yonuvchi moddalar va materiallarni qayta ishlash va saqlash uskunalari va idishlari germetik zich boʻlishi kerak. Germetiklik (zichlanish) holati vaqti-vaqti bilan tekshirilishi va shikastlanganda, eskirganda tiklanishi kerak.
57. Ochiq olov va elektr isitish moslamalari yordamida ishlar olib boriladigan stollarda va havo tortuvchi shkaflarda portlovchi reaktivlarni, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni saqlashga, ularni toʻkishga va qurilmalarga kuyishga ruxsat etilmaydi. Yengil alangalanuvchi suyuqliklarni qizdirish paytida, suyuqlikning avariya holatida toʻkilishining oldini olish uchun qurilma tagida xandaq (kyuvet) oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
58. Portlab yonish va yongʻin xavfi boʻyicha “A” va “B” toifali ishlab chiqarish xonalarida uskunaning ishlashi paytida uchqun paydo boʻlishi ehtimoli oldi olinishi kerak. Ushbu xonalarning pollari zarba va ishqalanish taʼsirida uchqun chiqarmaydigan materiallardan ishlangan boʻlishi kerak. Konteynerning (idishning) ichki qismi quruq va toza, korroziya izlarisiz boʻlishi kerak. Texnologik uskunalar, shuningdek, quvurlar statik elektrdan himoyalangan boʻlishi lozim. Xavfli hududlarda ishlatiladigan toʻqimachilik matolariga antistatik vositalar bilan ishlov berilgan boʻlishi kerak.
59. Portlash va yongʻin xavfi mavjud boʻlgan hududlardagi barcha ishlar har qanday ishlash sharoitlarida ham portlashlardan himoyalangan harakatlar bilan uchqun chiqarmaydigan vositalar va jihozlardan foydalangan holda bajarilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlaydigan xodimlar antistatik vositalar bilan ishlov berilgan himoya kiyimlari bilan taʼminlanishi lozim.
60. Portlovchi moddalarni ushlab qolishga moʻljallangan tozalash vositalarini ishlatishda quyidagilar talab qilinadi:
a) filtrlash moslamalarini tozalashni chiqindilar toʻplanishiga koʻra amalga oshirish;
b) siklonlardan changni tushirish ishlarini ventilyator oʻchirilgan holda bajarish;
v) filtrlash moslamalarini tozalash va taʼmirlash paytida ochiq olov yoki uchqun chiqaradigan vositalardan foydalanmaslik;
g) xavfsizlik va olovushlash vositalarining (klapanlar, membranalar, olovtoʻsqichlar) sozligini nazorat qilish;
d) oʻz-oʻzidan yonib ketishga moyil boʻlgan chiqindilarni yigʻishda ularning haroratini doimiy ravishda nazorat qilib borish. Oʻz-oʻzidan yonib ketadigan oʻchoqlar paydo boʻlganda, ularni yoʻq qilish boʻyicha chora-tadbirlarni darhol koʻrish va texnologik qoidalarga muvofiq chiqindilar va kullarni olib tashlash.
61. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda boshqarish, nazorat qilish va avariyadan himoyalash tizimlarini oʻchirib qoʻyishga ruxsat etilmaydi.
Zarur hollarda tekshirish, sinash va sozlash uchun alohida qurilmaning oʻchirilishiga texnologik jarayonning xavfsizligini taʼminlash boʻycha buyruqda koʻrsatilgan mansabdor shaxsning yozma topshirigʻiga koʻra texnologik jarayonning xavfsizligi taʼminlangan holda ruxsat etilishi mumkin.
62. Boʻyash, yogʻsizlantirish va yuvish sexlari, uchastkalar va qurilmalarni ishlatishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
a) boʻyash shkaflari, kameralari va kabinalaridan ulardagi havo tortish tizimi, purkagichlar (gidrofiltrlar) hamda texnik hujjatlarda nazarda tutilgan yonuvchan boʻyoq va loklar zarrachalarini ushlash uchun boshqa samarali moslamalari nosoz boʻlganda foydalanish taqiqlanadi;
b) boʻyash moslamalarini yonuvchan qoldiqlardan tozalash ishlari har kuni smena tugaganidan keyin ventilyatsiya ishlab turgan holatda amalga oshirilishi kerak. Qirgʻichlar (skreboklar) uchqun chiqarmaydigan materialdan tayyorlanishi lozim;
v) lok-boʻyoq materiallari ish joylariga smena talabidan koʻp boʻlmagan miqdorda tayyor holatda olib kelinishi kerak (kunu tun ishlaydiganlar uchun — bir sutkaga yetadiganidan koʻp boʻlmagan miqdorda).
63. Quvurlardagi qotib qolgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar, muzli tiqinlar yongʻinga xavfsiz tarzda (issiq suv, bugʻ, qizdirilgan qum va boshqalar yordamida) qizdirilishi kerak. Isitish uchun ochiq olovdan va qizdirilgan buyumlardan foydalanish taqiqlanadi.
64. Olovtoʻsqichlarsiz (gidravlik qulflarsiz) yoki ular oʻchirilganda quyidagilarni ishlatishga ruxsat berilmaydi:
a) yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar bilan idishlar va apparatlarning nafas olish tarmoqlarini;
b) toʻliq boʻlmagan yoki davriy oqim bilan ishlaydigan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar tarmoqlarini;
v) gaz va bugʻ-havo tarmoqlarini, agar ularda portlovchi konsentratsiyadagi aralashmalar paydo boʻlganda.
65. Olovtoʻsqichlar va gidravlik qulflarini oʻrnatish joylarini tekshirish va taʼmirlash uchun ushbu joylarga erkin kirish imkoniyati boʻlishi kerak. Olovtoʻsqichlarni tekshirish va zarur holatlarda ularni tozalash grafikga muvofiq, lekin 3 oyda bir martadan kam boʻlmagan tarzda amalga oshirilishi kerak.
9-bob. Moddalar va materiallarni saqlashga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
1-§. Umumiy qoidalar
66. Moddalar va materiallarni saqlash (joylashtirish) ularning agregat holati, saqlash muvofiqligi, shuningdek, oʻchiruvchi moddalarning bir xilligini hisobga olgan holda ushbu Qoidalarga 10-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi. Obyektlarda nomaʼlum tarkibli, portlovchi va yonish xavfi boʻyicha xususiyatlari oʻrganilmagan moddalar va materiallardan foydalanish va saqlash taqiqlanadi.
67. Havo, suv, yonuvchan moddalar bilan tasirlashganda oʻz-oʻzidan yonib ketishi yoki portlovchi aralashmalar (kalsiy karbidi va boshqa karbidlar, ishqoriy metalllar, natriy gidridi, bariy peroksidi va boshqalar) hosil qilishi mumkin boʻlgan kimyoviy reaktivlar bunday tasirlanishni butunlay istisno qiladigan, shuningdek, yuqori harorat va mexanik taʼsirlardan xoli maxsus sharoitlarda saqlanishi kerak.
68. Mahsulotlarni omborlarda saqlash uning holatini nazorat qilish uchun erkin kirish imkoni yaratilgan holda amalga oshirilishi kerak. Oʻtish joylari va saqlash joylari polda aniq koʻrinadigan chegara chiziqlari bilan belgilanishi kerak. Stellajlar (shtabellar, saqlash joylari) orasidagi oʻtish yoʻllari boʻsh boʻlishi kerak. Stellajlar (shtabellar, saqlash joylari) orasidagi kengligi kamida 1 m boʻlgan yoʻlaklar, maydoni 300 m2 dan ortiq boʻlgan omborxonalarda esa devor bilan shtabellar (stellaj) oʻrtasida qoʻshimcha ravishda 0,8 m yoʻlaklar qoldirilishi lozim.
Chiroqlardan saqlanadigan tovarlargacha boʻlgan masofa 0,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
69. Omborxona binolari va xonalarida moddalar va materiallarni joylashtirish rejasi osib qoʻyilishi kerak. Ushbu rejalarda moddalar va materiallarning saqlash joylari, shuningdek, ularning fizik va kimyoviy xususiyatlari aks ettirilishi lozim.
70. Portlab yonish va yongʻin xavfi boʻlgan moddalar va mahsulotlarni ishlab chiqarish xonalarida (agar bu ishlab chiqarish uchun zarur boʻlsa), bir smena ehtiyojlaridan ortiq boʻlmagan miqdorda saqlashga ruxsat etiladi. Bunda ular maxsus ajratilgan joylarda, mahkam berkitiladigan yonmaydigan shkaf yoki qutilarda saqlash shart.
71. Konteynerlarni ochish, sozligini tekshirish hamda kichik taʼmirlash ishlari, mahsulotlarni qadoqlash, yongʻinga xavfli suyuqliklarning (nitro boʻyoqlar, lok va boshqa yonuvchi suyuqliklarning) aralashmalarini tayyorlash bilan bogʻliq barcha ishlar saqlash joylaridan ajratilgan (izolyatsiyalangan) xonalarda amalga oshirilishi kerak.
2-§. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni hamda yonuvchi gazlarni saqlash, tashish va tarqatishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
72. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni ish joylariga yetkazib berish markazlashtirilgan holda amalga oshirilishi kerak. Smena ehtiyoji 200 L gacha boʻlganda yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni xavfsiz germetik qadoqlarda ish joyiga yetkazib berishga ruxsat etiladi.
73. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarni toʻkishda (quyishda) sigʻimlarning germetikligini taʼminlovchi va bugʻlarni ushlab turuvchi avtomatlashtirilgan quyish moslamalaridan foydalanish lozim. Bunda hudud atrofidagi havoda gaz yigʻilib qolishiga yoʻl qoʻyilmasligi kerak.
74. Texnologik apparatlarni va sigʻimlarni toʻldirish va boʻshatish uchun uskunalardan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni ochiq oqim bilan quyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
75. Toʻkilgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni sorbent materiallar (qipiq, qum) yoki boshqa yongʻinga qarshi vositalar yordamida zudlik bilan yigʻib olish hamda binolar va tashqi qurilmalar hududidan olib chiqilishi lozim. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarning avariyaviy toʻkilishini bartaraf etish uchun obyektda avariyaviy sorbent zaxirasi boʻlishi kerak.
76. Texnologik shartlarga koʻra ochiq qurilmalar, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar boʻlgan sigʻimli idishlar va konteynerlardan foydalanishni taqiqlab boʻlmaydigan sexlarda quyidagilarni taʼminlash zarur:
a) ochiq vannalar va sigʻimlarda soz holatdagi uchqundan xavfsiz qopqoqlarning boʻlishini hamda ularni ishlatilmayotgan paytda va yongʻin davrida yopilishini;
b) suyuqlikni statsionar vannalar va sigʻimlardan avariyaviy toʻkib olinishini.
77. Toʻkish-quyish jarayonida idishlar toshirib yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Isitiladigan yoki yozda uzoq muddat saqlanadigan rezervuarni yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar bilan toʻldirishda suyuqlik miqdori (rezervuarning toshib ketishining oldini olish uchun) qizdirilganda suyuqlikning kengayishini hisobga olgan holda belgilanishi kerak.
78. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar bilan ishlashda sintetik matolardan tikilgan maxsus kiyimlardan foydalanish taqiqlanadi.
79. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar omborlari hududiga, shuningdek, ushbu omborlar estakadalariga qayta ishlangan gazni chiqarib yuborish tizimlarida uchqun soʻndirgichi boʻlmagan va yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan jihozlanmagan traktorlar, avtomobillar, teplovozlar va boshqa ichki yonish dvigatelli transport vositalarining kirishi taqiqlanadi.
80. Yuklarni tushirish paytida, rezervuarlarni koʻrikdan oʻtkazishda, namuna olish yoki suyuqlik darajasini oʻlchashda ish joyini yoritish uchun portlashdan himoyalangan fonarlardan foydalanish kerak. Yuklarni ortish va tushirish ishlari olib boriladigan joylarda ochiq olovdan foydalanish taqiqlanadi.
81. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar saqlanadigan shisha idishlar germetikligi yoʻqotilishini istisno qilish maqsadida yonmaydigan taglik va boʻsh joylari singdiruvchi materiallar bilan toʻldirilgan yogʻoch, plastmassa, metalldan tayyorlangan mustaxkam qutilarga qadoqlanadi. Qutilarning devorlari yopilgan shisha idishlardan 5 sm dan balandroq boʻlishi kerak.
82. Sigʻimi 30 L dan ortiq boʻlgan yengil alangalanuvchi suyuqliklar saqlanadigan shisha idishlarni ustma-ust saqlanishi hamda ularni stellajlarga yoki shtabellarga qoʻyish taqiqlanadi.
83. Omborlarda yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar barabanlarini qoʻlda joylashtirishda polga 2 qatordan koʻp boʻlmagan tarzda oʻrnatish kerak, mexanizatsiyalashtirilgan joylashtirishda — yonuvchi suyuqliklar 5 qatordan oshmasligi, yengil alangalanuvchi suyuqliklar esa — 3 ta qatordan oshmasligi kerak. Shtabelning kengligi 2 ta barabandan katta boʻlmasligi lozim. Barabanlarni tashish uchun asosiy oʻtish joylarining kengligi kamida 1,8 m, shtabellar orasi esa kamida 1 m boʻlishi kerak.
84. Toʻldirilgan barcha ballonlarning ventillari va rezbali ulanish joylarining germetikligi tekshirilishi kerak.
85. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar oqib (sizib) chiqish holatlarida quyidagilarni bajarish kerak:
a) barcha texnologik operatsiyalarni, shuningdek, yongʻinga xavfli vaziyatni qurshab olish va bartaraf qilish bilan bogʻliq boʻlmagan transport vositalarining harakatini toʻxtatish, mumkin boʻlgan yondirish manbaini (olov, uchqun va boshqalar) bartaraf etish;
b) voqea joyiga avariya xizmatlarini va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini chaqirish. Temir yoʻl liniyalari kirgan obyekt hududida avariya holati yoki toʻkilgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarning yonishi kuzatilganda darhol temir yoʻl stansiyasi navbatchisiga xabar berish kerak. Xabarda yongʻin xavfi yoki yongʻinning xususiyati, sisterna-vagonlarda tashilayotgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarning nomi, ularning miqdori maʼlum qilinishi kerak.
86. Havo sharlarini va shunga oʻxshash boshqa buyumlarni toʻldirish (shishirish) uchun yonuvchi gazlardan foydalanish taqiqlanadi.
3-§. Temir yoʻl sisternalari va quyish-toʻkish estakadalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
87. Estakadada mahsulotlarni toʻkish va quyish vaqtida manevr ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Ikki tomonlama estakadalarda yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni quyish va toʻkishda, quyish-toʻkish jarayoni tugamaguncha ikkinchi yoʻlga sisterna kiritilishi taqiqlanadi.
88. Quyish-toʻkish ishlari boshlanishidan oldin sisternalar uchqun hosil qilmaydigan materialdan tayyorlangan maxsus tormoz boshmoqlari yordamida relsga mahkamlanadi.
89. Sisternaning nosoz ostki quyish qurilmalarini ularning konstruksiyalarida koʻzda tutilmagan moslamalar, shuningdek, uchqun chiqaruvchi materialdan yasalgan moslamalar yordamida ochishga ruxsat etilmaydi.
90. Mahsulotni quyish-toʻkish harakatlari tugagach quyish-toʻkish ustunlari, quvurlar, vakuum va ochish uchun moʻljallangan idishlar, oʻlchagichlar, mahsulot qabul qilgichlar va boshqa jihozlardan mahsulot boʻshatilishi va sisternalarning lyuk qopqoqlari germetik ravishda yopilishi kerak.
91. Quyish-toʻkish estakadalari hududida sisternalarni taʼmirlash taqiqlanadi.
92. Sisternalardan yonuvchi gazlar toʻkilayotgan sigʻimlar, toʻkish quvurlariga ega boʻlgan sisternalar, shuningdek, toʻkish vaqtida ishlayotgan nasos va kompressorlar qarovsiz qoldirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
93. Quyish-toʻkish ishlari amalga oshirilmayotgan vaqtda sisternani kommunikatsiyalarga ulab turish taqiqlanadi. Yonuvchi gazlarni quyish yoki toʻkish paytida uzoq tanaffus paydo boʻlsa, ulash shlanglari sisternadan uzib qoʻyilishi lozim.
94. Yonuvchi gazlar bilan sisternani toʻldirish jarayonida sisterna qozonidagi gaz darajasini nazorat qilish kerak. Agar mahsulot oqishi (sizib chiqishi) aniqlansa, sisternani toʻldirish toʻxtatiladi, mahsulot toʻkiladi, bosim tushiriladi va nosozlikni aniqlash va bartaraf etish choralari koʻriladi.
95. Taʼmirlash ishlarini olib borishda quyidagilar taqiqlanadi:
a) qozonni yuklangan va boʻsh holatida uni degazatsiya qilinishidan oldin taʼmirlash;
b) sisterna qozoniga zarba berish;
v) uchqun chiqaruvchi vositadan va sisternaga bevosita yaqin tarzda ochiq olovdan foydalanish.
96. Suyultirilgan uglevodorod gazi oqishida (sizib chiqishida) quyidagilarni bajarish lozim:
a) suyultirilgan uglevodorod gazini toʻkish (quyish) boʻyicha barcha texnologik operatsiyalarni toʻxtatish, shuningdek, yongʻin xavfi holatini qurshab olish va bartaraf etish bilan bogʻliq boʻlmagan poyezdlar harakati va manevr ishlarini toʻxtatish, potensial yonish manbaini (olov, uchqun va boshqalar) bartaraf qilish;
b) suyultirilgan uglevodorod gazi toʻkilgan joydan yonuvchan moddalarni olib tashlash;
v) oqishni toʻxtatish va (yoki) sisterna ichidagi suyultirilgan uglevodorod gazini boshqa soz sisternaga (sigʻimga) oʻtkazish;
g) suyultirilgan uglevodorod gazi bilan toʻldirilgan sisterna-vagonni xavfsiz zonaga olib borish;
d) voqea sodir boʻlgan joyga avariya-qutqaruv boʻlinmalarini va gaz taʼminoti xizmatini chaqirish;
97. Agar intensiv oqim boʻlsa, gazning sisternadan butunlay chiqib ketishiga imkon yaratish, bunda 200 m radiusdagi gaz yigʻilishi mumkin boʻlgan zonalarni gaz tarqalib ketkunga qadar kuzatib turish kerak.
4-§. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarning rezervuar parklariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
98. Rezervuarlarda va katta sigʻimli inshootlarda faqat ularga moʻljallangan mahsulotlar saqlanishi kerak. Zarur hollarda va tegishli tayyorgarlik boʻlganda, rezervuarga boshqa mahsulot quyishga, yaʼni bugʻ bosimi egiluvchanligi hisob-kitob boʻyicha ushbu turdagi rezervuarnikidan oshmasa ruxsat beriladi.
99. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar toʻldirilgan sigʻimlar, rezervuarlardan foydalanish jarayonida ularning germetikligi, sifon joʻmraklari, flanetsli ulanish joylarining qistirmalari, salnikli zichlanishlarning holati ustidan doimiy nazorat oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Aniqlangan nosozliklar darhol bartaraf etilishi kerak.
100. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar toʻldirilgan sigʻimlar, rezervuarlar joylashgan va aylana toʻsiq (obvalovaniye) bilan oʻralgan hududga avtotransport vositalarining kirishiga faqat taʼmirlash ishlarini olib borish uchun obyekt rahbari yoki uning oʻrinbosarining yozma topshirigʻi asosida ruxsat beriladi.
101. Nafas olish armaturalarini tekshirganda klapanlar va toʻrlarni kirlardan tozalash, qishda esa muzdan tozalash kerak. Gidravlik klapanlarida suyuqlik sathini tekshirish zarur. Gidravlik himoya klapani faqat qiyin bugʻlanadigan va muzlamaydigan suyuqlik bilan toʻldirilishi kerak. Ushbu suyuqlikni yiliga kamida ikki marta almashtirish kerak va har bir chiqarishdan keyin suyuqlik qoʻshilishi kerak.
102. Statsionar oʻlchash moslamalari boʻlmasa, sigʻim uskunasidagi suyuqlik darajasi rangli metalldan yasalgan lot bilan oʻlchanganda, lyukning ichki qismiga oʻlchash tasmasi tushirilganda uchqun hosil qilmaydigan halqa yoki metalldan yasalgan kolodkani oʻrnatish kerak.
103. Rezervuarlarning ichki yuzasini pirofor birikmalardan va korroziyadan tozalash tasdiqlangan jadvalga muvofiq muntazam ravishda amalga oshirilishi kerak.
104. Yonuvchi gazlarni birinchi marta toʻldirishdan oldin rezervuarlarni inert gaz yoki bugʻ bilan shamollatish kerak. Shamollatuvchi gazlar, ularning yonishining oldini olish boʻyicha choralar koʻrilgan holatda svechalar orqali chiqariladi. Shamollatishning yakuni svechadan chiqarilayotgan gaz-havo aralashmasidagi kislorod miqdori bilan belgilanadi. Agar aralashmadagi kislorod miqdori 1 foizdan oshmasa, shamollatish yakunlangan hisoblanadi. Rezervuarlar yonuvchi gazlardan boʻshatilgandan keyin havo bilan shamollatishga ruxsat berilmaydi.
105. Avariya holatlarida gazni chiqarish tarmoqlariga qulfli armatura oʻrnatish zarurati boʻlsa, ushbu armaturalarni masofadan boshqarish xavfsiz joydan amalga oshirilishi kerak.
106. Rezervuardagi (sigʻimlardagi) yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklardan namuna olish va ularning miqdorini oʻlchash sutkaning yorugʻ vaqtida amalga oshirilishi kerak.
107. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni rezervuarlarga (sigʻimlarga) ochiq oqim bilan uzatish taqiqlanadi. Rezervuarni toʻldirish va boʻshatish tezligi rezervuarga oʻrnatilgan nafas olish klapanlarning (shamollatish quvurlarining) umumiy oʻtkazuvchanligidan oshmasligi kerak.
108. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar omborlarida quyidagilar taqiqlanadi:
a) germetik boʻlmagan qurilmalar va qulfli armaturalarni ishlatish;
b) buzilishlar va yoriqlar, suzuvchi qopqoqlarida teshiklar yoki yoriqlar boʻlgan rezervuarlar, shuningdek, nosoz boʻlgan oʻlchash vositalari, asboblar, mahsulot taʼminot quvurlari va statsionar yongʻinga qarshi qurilmalarni ishlatish;
v) aylana toʻsiq (obvalovaniye) ichida daraxtlar, butalar va quruq oʻsimliklarning boʻlishi;
g) sigʻimlarni (rezervuarlarni) yonuvchan materiallardan tayyorlangan taglikka oʻrnatish;
d) rezervuarlar va sisternalarni haddan ortiq toʻldirib yuborish;
e) neft va neft mahsulotlarini quyish-toʻkish paytida rezervuarlardan namuna olish yoki mahsulot sathini oʻlchash;
j) momaqaldiroq paytida neft va neft mahsulotlarini quyish va toʻkish, shuningdek, rezervuarlardan namuna olish yoki sathini oʻlchash.
109. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar omborlarida:
a) nafas oluvchi klapanlar va olovtoʻsqichlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarning texnik hujjatlariga muvofiq tekshirish kerak;
b) nafas olish armaturalarini tekshirganda klapanlar va toʻrlarni muzdan tozalash kerak, ular faqat yongʻin chiqishini istisno qilgan usullarda isitiladi;
v) namuna olish va idishdagi suyuqlik darajasini oʻlchash uchqun hosil qilmaydigan materiallardan tayyorlangan asboblar yordamida amalga oshirilishi kerak;
g) suyuqlikni faqat yaroqli konteynerda saqlashga ruxsat beriladi. Toʻkilgan suyuqlikni darhol tozalash kerak;
d) neft mahsulotlarini toʻkish, shuningdek, qadoqlash materiallari va konteynerlarni toʻgʻridan-toʻgʻri omborxonalarda va oʻralgan joylarda saqlash taqiqlanadi.
III boʻlim. Muxandislik asbob-uskunalaridan foydalanishda umumiy yongʻin xavfsizligi talablari
10-bob. Elektr uskunalari va yashindan himoya
110. Elektr uskunalari Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Energetika korxonalari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalari”, “Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari”, “Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari”, “Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalari”, “Oʻzbekiston elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari” va boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq oʻrnatilishi va foydalanilishi kerak.
111. Elektr tarmogʻiga ulangan elektr qurilmalari va jihozlarini qarovsiz qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi (foydalanish hujjatlarida ularni nazoratsiz ishlashiga ruxsat etiladigan qurilmalar bundan mustasno).
Ish tugagandan soʻng binodagi (tuzilmadagi) barcha elektr qurilmalari oʻchirilgan boʻlishi kerak, navbatchi chiroqlar, yongʻinga qarshi avtomatlashtirilgan moslamalar uchun quvvat manbalari, ogohlantirish va evakuatsiya nazorati tizimlari, tutunga qarshi himoya tizimlari, shuningdek, texnologik jarayonning shartlariga muvofiq sutka davomida ishlashi kerak boʻlgan elektr qurilmalari bundan mustasno.
112. Odamlar ommaviy boʻladigan obyektlarda mato va kiyimlarni dazmollash uchun maxsus xonalar jihozlanishi hamda unda elektr va boshqa isitish anjomlaridan foydalanish boʻyicha qatʼiy rejim oʻrnatilishi lozim.
113. Elektr qurilmalaridan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:
a) elektr jihozlarini ishlab chiqaruvchining foydalanish hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmagan sharoitlarda ishlatish yoki nosozligi boʻlgan elektr jihozlaridan foydalanish;
b) himoya qobigʻi shikastlangan yoki himoyalash xususiyatini yoʻqotgan elektr kabel va simlardan foydalanish;
v) shikastlangan (nosoz) elektr rozetkalaridan, rubilniklardan, himoya vositalaridan, elektr simlari qutilaridan va boshqa elektr qurilmalardan foydalanish;
g) elektr simlari va kabellarini yelimlash va boʻyash, elektr lampalar va yoritkichlarni qogʻoz, mato va boshqa yonuvchi materiallar bilan oʻrash, shuningdek, yonuvchan materiallar saqlanadigan omborxona (yordamchi) binolaridagi chiroqlardan himoya qalpoqlarini yechib olgan holda foydalanish;
d) yonmaydigan materialdan ishlangan tagliklarisiz (podstavka) dazmol, elektr plitka, elektr choynak va boshqa elektr isitish anjomlaridan foydalanish;
e) tarmoqqa ulangan elektr isitish moslamalarini va boshqa maishiy elektr jihozlarini nazoratsiz qoldirish (ishlab chiqaruvchi korxonaning yoʻriqnomasida kunu tun ishlaydigan va (yoki) ishlashi mumkin boʻlgan elektr jihozlari bundan mustasno);
j) nostandart (qoʻlbola) elektr isitish moslamalaridan, shuningdek, ularda konstruksiyasida nazarda tutilgan yongʻin kelib chiqish ehtimolini istisno qiluvchi termoregulatorlari mavjud boʻlmaganda yoki ishlamay qolganda foydalanish;
z) elektr uzatish tarmoqlari va elektr jihozlarini ortiqcha yuklanishdan va qisqa tutashuvlardan himoya qilish uchun avtomatik saqlagichlar va kalibrlangan eruvchan himoya oʻrnatmasi oʻrniga qoʻlbola tayyorlangan (sim oʻramalari, “qoʻlbola saqlagich” va boshqalarni) vositalarni qoʻllash;
i) omborxonalar ichidan, shuningdek, yongʻin hamda yongʻin-portlash xavfi boʻlgan hududlardan elektr sim va kabellarni tranzit holda hamda havo quvurlari va quvurlar tarmogʻi orqali olib oʻtish;
k) yonuvchi materiallar saqlash omborxonalari va bostirmalari, yonuvchan tomlar ustidan ochiq elektr uzatish liniyalari va tashqi elektr simlarini yotqizish;
l) arxivlar, muzeylar, galereyalar, kutubxonalar va omborlar binolarida elektr isitish moslamalaridan foydalanish;
m) elektr tarmogʻining yuklamasini ruxsat etilgan meʼyoridan oshirish;
n) qurilish-montaj, taʼmirlash va avariyaviy-tiklash ishlari amalga oshirilayotgan joylarni elektr taʼminoti bilan taʼminlash hamda vaqtincha illyuminatsiya yoritish uchun oʻtkazilgan elektr oʻtkazgichlardan tashqari vaqtinchalik elektr oʻtkazgichlardan foydalanish va ularni oʻrnatish;
o) radio va telefon simlaridan elektr tarmoqlari simlari sifatida foydalanish;
p) taqsimlovchi elektr shchitlari va ishga tushirish boshqaruv jihozlarini ochiq holatida ishlatish;
r) turli xil materiallardan (mis va aluminiydan) tayyorlangan elektr simlari (kabellari) oʻtkazgichlarni bir-biriga toʻgʻridan-toʻgʻri ulash;
s) bir-birini zaxiralovchi elektr zanjirlarini, ishchi va avariya yoritish zanjirlarini, boshqaruv va taʼminlovchi elektr kabellarini bir lotokda yoki qurilish konstruksiyasining bir yopiq kanalida, bogʻlamida, metall yengda, quvurda oʻtkazish taqiqlanadi.
114. Koʻchma elektr yoritkichlar egiluvchan elektr simlardan foydalangan holda ishlanishi, shisha qalpoqlar bilan jihozlangan hamda saqlovchi himoya setkasi va osib qoʻyish uchun ilgak bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
115. Sofitlarni oʻrnatish vaqtida faqat yonmaydigan materiallar ishlatilishi, ularning korpuslari ushlab turuvchi trosslardan himoyalangan (izolyatsiya qilingan) boʻlishi kerak.
Projektor va sofitlarni yonuvchi konstruksiya va materiallardan 0,5 m dan kam boʻlmagan masofada oʻrnatish lozim.
116. Binolarda (inshootlarda) yashin qaytargich, statik elektrdan himoyalash moslamalarini soz holatda saqlash kerak.
117. Momaqaldiroq paytida quyidagilarga ruxsat etilmaydi:
a) yashin qaytargich vositalarini taʼmirlash;
b) gaz quvurlari va havo chiqarish moslamalari orqali ishlab chiqarish mahsulotlarini atmosferaga chiqarish;
v) yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar va yonuvchi gazli quvurlar va qurilmalarni shamollatishni amalga oshirish;
g) yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarning quyish-toʻkish ishlarini amalga oshirish.
118. Temir yoʻllarda quyish-toʻkish ishlari davomida rezervuarlarni, quvurlarni, estakadalarni va sisternalarni yerga ulanmasdan foydalanish taqiqlanadi.
11-bob. Isitishda yongʻin xavfsizligi talablari
1-§. Umumiy qoidalar
119. Binolarda (inshootlarda) faqat sanoatda (zavodda) ishlab chiqarilgan issiqlik hosil qiluvchi qurilmalardan (shu jumladan, issiqlik toʻplamaydigan pechlardan) va isitish moslamalaridan (turli buyumlardan yasalgan pechlar bundan mustasno) foydalanishga ruxsat etiladi.
120. Isitish mavsumi boshlanishidan oldin pechlar, qozonlar, issiqlik hosil qiluvchi uskunalar hamda boshqa isitish anjomlari va tizimlari tekshirilgan va taʼmirlangan boʻlishi kerak. Nosoz isitish pechlari, qozonxona jihozlari, issiqlik hosil qiluvchi qurilmalar va boshqa isitish anjomlaridan foydalanish taqiqlanadi.
121. Suyuq yoqilgʻida ishlaydigan qozonxona jihozlarining issiqlik hosil qiladigan uskunalari va isitish moslamalarining har bir forsunkasida qumli taglik boʻlishi kerak va yonilgʻi tarmogʻida kamida ikkita ventil boʻlishi zarur (birinchisi — oʻchoqda, ikkinchisi — yonilgʻili idishda).
122. Qozonxona va boshqa issiqlik chiqaruvchi qurilmalardan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:
a) maxsus oʻquv kursida oʻqitilmagan va tegishli malakani beruvchi guvohnomaga ega boʻlmagan shaxslar ishlashiga yoʻl qoʻyilishi (turar joy binolarida oʻrnatilganlar bundan mustasno);
b) qozonxonalarda va issiqlik chiqaruvchi qurilmalar oʻrnatilgan xonalarda suyuq yoqilgʻi mahsulotlarini saqlash;
v) isitish uskunalaridan foydalanish uchun texnik shartlarda koʻrsatilmagan neft mahsulotlari chiqindilaridan va boshqa yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklardan yoqilgʻi sifatida foydalanish;
g) yoqilgʻi uzatish tizimidan suyuq yoqilgʻi tomganda (gaz sizib chiqqanda) issiqlik oʻtkazuvchi qurilmalardan foydalanish;
d) qoʻlbola yasalgan gaz gorelkalaridan foydalanish;
e) oʻchib qolgan forsunka yoki gaz gorelkalariga yoqilgʻini uzatish;
j) uskunalarning yonish kameralarini shamollatmasdan yoqish, shuningdek, mashʼala yordamida va boshqa shunga oʻxshash asboblardan foydalanmasdan yoqish;
z) yoqilgʻi taʼminotini nazorat qilish va boshqarish asboblari bilan jihozlanmaganda, ular nosoz yoki oʻchirilgan holatda boʻlganda ishlatish;
i) kiyimlarni yoki boshqa yonuvchi materiallarni qozonlar ustida va moʻrilarda saqlash. Issiqlik nurlanishining yoʻnalishi boʻyicha yonuvchan materiallargacha boʻlgan masofa kamida 1,25 m boʻlishi kerak;
k) koʻrish tuynugi orqali ishlatiluvchi aralashmani yoqish;
l) sarflash materiallari baklarini purkagichlar, shuningdek, qozonxona jihozlari devoriga 2 m yaqinlikda oʻrnatish;
m) ochiq yoqilgʻi baklari bilan ishlash;
n) satx oʻlchash moslamalari bilan jihozlanmagan sarflash materiallari baklari bilan ishlash;
o) qurilma va sarflash baklari yaqinida yonuvchan materiallardan toʻsiqlar oʻrnatish;
p) shamollatish kanallari va boshqa kanallardan dudburon sifatida foydalanish.
2-§. Pech yordamida isitishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
123. Odamlar ommaviy boʻladigan obyektlarda, shuningdek, sutka davomida bolalar boʻladigan muassasalarning yotoqxonalarida isitish pechlarini oʻrnatish taqiqlanadi.
124. Suyuq va qattiq yoqilgʻida ishlaydigan dudburon va pechlarni, isitish mavsumi boshlanishidan oldin hamda isitish mavsumi davomida qurumdan tozalash lozim, ushbu ishlar kamida:
a) isitish pechlari uch oyda bir marta;
b) doimiy (uzluksiz) ishlatiladigan pech va oʻchoqlar ikki oyda bir marta;
v) oshxona plitalari va boshqa uzluksiz (uzoq muddat) yoqiladigan pechlar oyiga bir marta oʻtkaziladi.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining talablariga muvofiq isteʼmolchilarning ichki gaz tarmoqlarini, gazdan foydalaniladigan asbob-uskunalarni texnik tekshirish va ularga profilaktik xizmat koʻrsatish ishlari amalga oshiriladi.
a) yoqilgan pechlarni nazoratsiz qoldirish hamda ularni nazorat qilishni yosh bolalarga topshirish;
b) pechlar atrofida va ularning eshiklari (tuynuklari) oldidagi tunuka qoplamasida yoqilgʻi va boshqa yonuvchi moddalar va materiallarni joylashtirish;
v) pech va tandirlarni yoqish uchun yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklardan (benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi va boshqalar) foydalanish;
g) ushbu turdagi yoqilgʻilarga moʻljallanmagan pechlarni koʻmir, koks va gaz yoqilgʻilari bilan yoqish;
d) xonalarda majlis yoki boshqa ommaviy tadbirlar oʻtkazilishi davrida pechlarni yoqish;
e) ventilyatsiya (shamollatish) va gaz kanallaridan dudburon sifatida foydalanish;
j) pechlarni haddan ziyod qizdirib yuborish;
z) pechlar va boshqa isitish moslamalarini yonuvchan konstruksiyalardan yongʻinga qarshi boʻlinmasiz (ajratmasiz), yonmaydigan materialdan tayyorlangan oʻlchami 0,5×0,7 m dan kam boʻlmagan oʻchoqning oldiga qoʻyiladigan panellarsiz (yogʻochdan tayyorlangan va boshqa yonuvchan materiallardan tayyorlagan pollarda), shuningdek, boʻlinma (ajratma) va oʻchoq oldi panellarida kuyishlar va shikastlanishlar (yoriqlar) boʻlganda ishlatish;
i) pechlarni yoqish uchun uzunligi oʻchoq kattaligidan kattaroq oʻtindan foydalanish;
k) pechlarni eshigi ochilgan holda yoqish.
126. Binolarda va inshootlarda (yashash uylaridan tashqari) pechlarni yoqish, ish vaqti tugashidan ikki soat oldin, shifoxona va boshqa odamlar kunu tun boʻladigan obyektlarda esa uyquga ketishdan ikki soat oldin toʻxtatilishi lozim.
Bolalar kunduz kuni boʻladigan xonalardagi pechlarni yoqish ishlari kamida bolalar kelishidan bir soat oldin tugatilishi lozim. Yoqilgʻi sifatida gazdan foydalaniladigan obyektlarda pechlarni yoqish har toʻrt soatda bir marotaba bir soatdan kam boʻlmagan tanaffus bilan amalga oshirilishi lozim.
127. Oʻtxonadan sidirib olinadigan kul va kulga aylanmagan qoldiqlar (shlaklar) ustiga suv quyib, ularni maxsus ajratilgan xavfsiz joylarga olib chiqib tashlash kerak.
128. Standartlar va texnik shartlarning yongʻin xavfsizligi talablariga javob bermaydigan metall pechlarni oʻrnatish mumkin emas.
Turar joy binolari va tashkilotlarda, maxsus korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan metalldan yasalgan vaqtinchalik va boshqa pechlarni oʻrnatishda ushbu mahsulotning ishlab chiqaruvchi korxonasining koʻrsatmalari (yoʻriqnomasi) hamda isitish tizimlariga qoʻyiladigan loyihalash talablari bajarilishi lozim.
129. Pechlardan moddiy boyliklargacha, savdo rastalari, peshtaxta, shkaflar va boshqa anjomlargacha boʻlgan masofa 0,7 m dan, oʻtxona ogʻzidan esa 1,25 m dan kam boʻlmasligi lozim.
130. Chordoqlardagi barcha dudburonlar va tutun kanallari oʻtgan barcha devorlarning yuzalari yoriqlarsiz, soz holatda va oqlangan boʻlishi lozim.
131. Qattiq yoqilgʻida ishlaydigan qozonxonalarning dudburonlari uchqun soʻndirgich bilan jihozlanishi kerak.
132. 3 soatdan koʻp yoqiladigan, shu jumladan, gaz bilan isitiladigan pechlar (oshxona, kir yuvish xonalari va boshqalar) 51 sm kenglikdagi va 3 soatdan kam yoqiladiganlar esa 38 sm kenglikdagi yongʻinga qarshi devorlar bilan ajratilishi kerak.
3-§. Infraqizil nurli gorelkalar bilan isitishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
133. Polga oʻrnatiladigan infraqizil nurli gorelkaga ega koʻchma qurilmalar barqaror asosga ega boʻlishi kerak. Gorelkaning nurlanish yuzasidan gaz ballonlariga, yonuvchan materiallardan yasalgan tuzilmalarga, elektr jihozlarigacha boʻlgan masofa gorelkadan foydalanish hujjatlariga mos kelishi kerak, lekin 1 m dan kam boʻlmasligi lozim.
a) gorelka oʻchgan holatlarda gaz taʼminotini toʻxtatadigan avtomatik qulf bilan jihozlanmagan qurilmalardan foydalanish;
b) tabiiy shamollatish yoki havo almashinuvining mos keladigan darajasi boʻlgan sunʼiy shamollatish mavjud boʻlmagan xonalarda, shuningdek, yertoʻlada yoki sokol qavatlarda foydalanish;
v) gorelkani shikastlangan keramika va koʻzga koʻrinadigan olov “tillari” bilan ishlatish;
g) xonada gaz hidi boʻlganda ishlatish;
d) zaxira ballonlarini ishlayotgan gorelka yaqinida saqlash;
e) gaz ballonlari yonida ochiq olovdan foydalanish.
135. Ochiq joylarda ishlash vaqtida (ish joylarini isitish, nam joylarni quritish uchun) shamolga chidamli gorelkalardan foydalanish kerak.
12-bob. Shamollatish va sovitish tizimlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
136. Havo oʻtkazgichlaridagi olovni toʻxtatuvchi qurilmalar (zaslonka, shiber, klapan va boshqalar), avtomatik yongʻin oʻchirish yoki yongʻin signalizatsiyasi qurilmalarini shamollatish tizimi bilan blokirovka qilish moslamalari, yongʻin vaqtida shamollatish tizimini avtomatik ravishda oʻchirish moslamalari doimo soz boʻlishi va belgilangan vaqtda tekshirib turilishi kerak.
137. Shamollatish va sovitish tizimlaridan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:
a) shamollatish tizimi kameralarining eshiklarini ochiq holda qoldirish;
b) havo tortish kanallarini, tuynuk va panjaralarni berkitish;
v) havo oʻtkazgichlarga gaz isitish asboblarini ulash;
g) havo oʻtkazgichlarda yigʻilib qolgan yogʻ qatlamlari, chang va boshqa yonuvchi moddalarning qoldiqlarini yoqish;
d) olovni toʻxtatuvchi qurilmalarni oʻchirish va olib tashlash;
e) havo quvurlari va ularning ulanishlari yaxlitligini buzish.
138. Shamollatish kameralari, siklon, filtrlar, havo oʻtkazgichlar obyekt rahbari tomonidan belgilangan muddatlarda yonuvchi chang hamda ishlab chiqarish chiqindilaridan tozalanishi kerak.
Portlash va yongʻin xavfi boʻlgan xonalarning shamollatish tizimlarini xavfsiz usul bilan tozalash tartibi obyekt rahbari tomonidan ishlab chiqilgan boʻlishi kerak.
139. Yonish va portlash xavfi mavjud xonalardagi texnologik uskunalarni gidrofiltri, quruq filtri, chang ushlagich va boshqa shamollatish (aspiratsiya) qurilmalari nosoz yoki oʻchirilgan boʻlsa ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
140. Yonuvchi chang, tola va boshqa chiqindilarni chiqarib tashlovchi ventilyatorga begona jismlar tushishining oldini olish maqsadida ularning oldiga tosh ushlagich, temir parchalarini ushlab qolish uchun esa magnitli ushlagichlar oʻrnatilishi lozim.
141. Mahalliy havo soʻrish tizimlari va pnevmatransport quvurlarida ularni vaqti bilan koʻzdan kechirish, tozalash va yongʻin sodir boʻlganda uni oʻchirish uchun maxsus tuynuklar boʻlishi lozim.
Nazorat qilish tuynuklari bir-biridan 15 m uzoq boʻlmagan masofada joylashishi kerak, bundan tashqari trostniklar, burilishlar, devor va toʻsiqlar oraligʻidan oʻtuvchi joylarga ham oʻrnatilishi kerak.
142. Changdan tozalovchi mashina va agregatlardagi havo tozalash filtrlari alohida xonalarda oʻrnatilishi lozim.
143. Retsirkulyatsiyada, uskunadan chiqariladigan changlangan havo filtrlar orqali ikki bosqichli tozalashdan oʻtkazilishi lozim.
13-bob. Boshqa turdagi muhandislik asbob-uskunalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
144. Nosoz gaz asboblaridan foydalanish, gaz asboblari va gaz quvurlarining joʻmraklarini ochiq holda qoldirish, gaz asboblaridan 50 sm yaqinlikda mebellar va boshqa yonuvchi jihozlar va buyumlarni qoʻyish yoki oʻrnatish mumkin emas.
145. Yongʻin va yongʻin-portlash xavfi boʻlgan suyuqliklarni kanalizatsiya tizimiga toʻkishga (shu jumladan, avariya holatlarida ham) ruxsat etilmaydi. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar ishlatiladigan obyektlarning kanalizatsiya quvurlariga oʻrnatilgan gidrozatvorlar doimo soz holatda boʻlishi lozim.
146. Axlatlar hamda kiyim oʻtishiga moʻljallangan quvurlarning (yoʻllarning) klapanlari zich yopilishi lozim.
IV boʻlim. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va yongʻinga qarshi texnik himoya vositalariga qoʻyiladigan talablar
14-bob. Yongʻin haqida xabar berish va yongʻinni oʻchirish texnik vositalarini saqlash
147. Obyektda buyruq (farmoyish) asosida yongʻinga qarshi avtomatika, tutunga qarshi himoya tizimlari, odamlarni yongʻindan ogohlantiruvchi qurilmalarni ishlatishga javobgar shaxslar tayinlanishi kerak.
148. Yongʻin signalizatsiyasi va yongʻin oʻchirish qurilmalari, tutundan himoyalash, odamlarga yongʻin haqida xabar berish va evakuatsiyani boshqarish tizimlariga texnik xizmat koʻrsatish hamda rejali-ogohlantiruv taʼmirlash boʻyicha reglament ishlari, moslama va qurilmalarni ishlab chiqargan korxonaning texnik hujjatlari va taʼmirlash ishlarining oʻtkazish muddatlarini hisobga olgan holda tuzilgan yillik ish rejasi asosida amalga oshiriladi. Texnik xizmat koʻrsatish va rejali-ogohlantiruv taʼmirlash ishlari, korxonada qonunchilik hujjatlariga muvofiq maxsus va davriy tayyorgarlikdan oʻtgan xodimlar yoki shartnoma boʻyicha maxsus litsenziyaga ega boʻlgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
(148-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Uskuna va moslamalarni oʻchirib qoʻyish yoʻli bilan (alohida liniya, tashvishgoh) taʼmirlash yoki texnik xizmat koʻrsatish ishlari amalga oshiriladigan davrda obyekt rahbari bino, inshoot, xona, texnologik uskunalarning yongʻindan himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishi kerak.
149. Yongʻin avtomatika moslamalariga, tutunga qarshi himoyalash tizimlariga, odamlarni yongʻindan ogohlantirishga obyekt mutaxassislari tomonidan texnik xizmat koʻrsatishni amalga oshirishning imkoni boʻlmagan taqdirda, qurilmalarni ishga tushirgandan keyin 30 kun ichida ushbu faoliyat turi boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan uni amalga oshirish boʻyicha shartnoma tuzish kerak.
Yongʻin avtomatika moslamalari, tutunga qarshi himoyalash tizimlariga texnik xizmat koʻrsatish shartnomasi bekor qilinganda, korxona rahbari 24 soat ichida shartnomalar boʻyicha tuman (shahar) Favqulodda vaziyatlar boʻlimini yoki obyektga xizmat koʻrsatadigan favqulodda vaziyatlar boʻlinmalarini xabar qilishi shart.
150. Yongʻin avtomatika moslamalari, tutunga qarshi himoyalash tizimlari, odamlarni yongʻindan ogohlantirish qurilmalariga javobgar shaxs quyidagilarni:
a) yongʻin avtomatika moslamalari, tutunga qarshi himoyalash tizimlari, odamlarni yongʻindan ogohlantirish moslamalarini ishchi holatda va ishga yaroqli tarzda saqlanishini;
b) oʻz vaqtida va sifatli xizmat koʻrsatilishi va taʼmirlanilishini nazorat qilishni;
v) xizmat koʻrsatish (agar mavjud boʻlsa) va korxonaning tezkor xodimlarini tayyorlash, shuningdek, yongʻin avtomatika moslamalari, tutunga qarshi himoyalash tizimi qurilmalari bilan himoyalangan binolarda ishlaydigan ishchilar uchun koʻrsatmalar berilishini;
g) yongʻin avtomatika moslamalari, tutunga qarshi himoyalash tizimlari, odamlarni yongʻindan ogohlantirish qurilmalaridan foydalanish hujjatlarini ishlab chiqish va ularning yuritilishini tizimli ravishda nazorat qilishni;
d) davlat yongʻin nazorati organlarini yongʻin avtomatika moslamalari, tutunga qarshi himoyalash tizimlari, odamlarni yongʻindan ogohlantirish qurilmalari ishga tushishining barcha holatlari va ishlamay qolishi toʻgʻrisida xabardor qilinishini;
e) yongʻin avtomatika moslamalari, tutunga qarshi himoyalash tizimlari, odamlarni yongʻindan ogohlantirish qurilmalarining ishlashi paytida aniqlangan kamchiliklarni tezda bartaraf etish choralari koʻrilishini;
j) shikoyatlarni tayyorlash va xizmat koʻrsatish tashkilotlariga (zarur hollarda) oʻz vaqtida taqdim etilishini;
z) yongʻin avtomatika moslamalari, tutunga qarshi himoyalash tizimlari, odamlarni yongʻindan ogohlantirish qurilmalari texnik hujjatlarining toʻliq toʻplami mavjudligi va saqlanishini taʼminlashi kerak.
151. Dispetcherlik punkti (yongʻin oʻchirish posti) xonasida koʻrinadigan joyga quyidagi hujjatlar joylashtirilishi kerak:
a) yongʻin toʻgʻrisida signallarni qabul qilganda va yongʻin avtomatika moslamalari (tizimlari) nosozligida tezkor (navbatchi) xodimlarning harakatlari tartibi toʻgʻrisida;
b) yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimlarining umumiy sxemasi;
v) oʻchirish vositasini uzatish yoʻnalishlari va uni ishga tushirish usuli koʻrsatilgan avtomatik yongʻin oʻchirish moslamalarining prinsipial sxemasi;
g) yongʻin avtomatikasi bilan himoyalangan binolar roʻyxati;
d) yongʻindan himoya qilishning texnik vositalaridan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar;
e) avariya va maxsus xizmatlarning, korxona rahbarlari va masʼul shaxslarning manzili va telefon raqamlarining roʻyxati.
Ushbu hujjatlar, qabul-nazorat moslamalaridan signallar qabul qilingan hollarda navbatchilarning harakatlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomadan tashqari yongʻin posti xonasida maxsus papkada saqlanishi mumkin.
Dispetcherlik punkti (yongʻin oʻchirish posti) telefon aloqasi va ishchi holatdagi fonarlar (kamida 3 dona) bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
152. Yongʻin oʻchirish posti, nasos stansiyalari va yongʻinni oʻchirish stansiyalari xonalaridagida telefon va (yoki) radio aloqa vositalari ishchi holatda boʻlishi kerak. Telefonlarni tarmoqdan uzib qoʻyish taqiqlanadi.
153. Yongʻinga qarshi texnik himoya vositalarini boʻyash, shuningdek, ularning joylashganligini koʻrsatadigan belgi (simvollar) amaldagi texnik normativ-huquqiy hujjatlar talablariga javob berishi kerak.
154. Turar joylar va yotoqxonalar xonalarining ijarachilari, hamda egalari xonalardagi yongʻindan ogohlantiruvchi vositalarni ishga yaroqli holda saqlashlari shart.
155. Turar joy egalari yongʻinni oʻchirish moslamasini ishlab chiqaruvchining (pasporti) talablariga muvofiq saqlashi hamda yiliga ikki marotaba yongʻin oʻchirish qurilmalarining shlanglari mexanik shikastlanishini vizual va suv yuborish orqali tekshirishi shart.
156. Yongʻin hakidagi xabarni qabul qilish-nazorat moslamalari yongʻin haqida signallarni qabul qilishga va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalariga xabar berishga macʼul boʻlgan shaxslarning (navbatchilarning) kunu tun doimiy boʻladigan xonalariga oʻrnatilishi kerak.
157. Yongʻindan xabar beruvchi vositalar (keyingi oʻrinlarda — yongʻin xabarlagichlari) har doim toza turishi kerak. Himoyalangan xonalardagi taʼmirlash ishlari davomida yongʻindan xabar beruvchi vositalarni suvoq, boʻyoq va ohakdan himoya qilish kerak. Taʼmirlashni tugatgandan soʻng himoya vositalari yechilishi kerak.
158. Nosoz yongʻin xabarlagichlar oʻrniga boshqa turdagi yoki ish prinsipi boshqacha boʻlgan yongʻin xabarlagichlarini oʻrnatish, shuningdek, ular boʻlmaganda shleyf blokini tutashtirish taqiqlanadi.
159. Korxonada yongʻindan xabar beruvchi vositalarning zaxirasi oʻrnatilganlar sonining 10 foizidan kam boʻlmagan miqdorda boʻlishi kerak.
160. Yongʻin signalizatsiyasi tizimining yongʻin xabarlagichlari va yongʻinni avtomatik oʻchirish qurilmalarining qoʻzgʻatuvchilari himoyalanadigan xonaga oʻrnatilishda uning barcha nuqtalaridagi yongʻinni oʻz vaqtida aniqlash imkonini taʼminlashi lozim.
15-bob. Yongʻin signalizatsiyasi hamda yongʻindan xabar berish va evakuatsiyani boshqarish tizimlariga qoʻyiladigan talablar
161. Yongʻin avtomatikasi qurilmalari doimo soz va ishchi holatda, loyiha hujjatlariga muvofiq saqlanishi kerak.
Qoidalar va normalarda koʻrsatilgan holatlardan tashqari qurilmalarni avtomatik ishga tushirish rejimidan qoʻlda ishga tushiradigan rejimga oʻtkazish taqiqlanadi.
162. Yongʻin haqida xabar berish tizimi evakuatsiya qilish rejasiga muvofiq bir vaqtning oʻzida butun bino (inshoot) boʻyicha yoki tanlov asosida uning alohida qismlariga (qavat, boʻlimlar va boshqalar) signal yuborilishini taʼminlay olishi kerak.
163. Davolash, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida hamda maktab- internatlarning yotoqxonalarida faqat xodimlarga yongʻin haqida xabar beriladi.
164. Yongʻin haqida xabar berish tizimidan foydalanish tartibi, ularning yoʻriqnomalarida va yongʻin vaqtida binoni tark etish rejalarida keltirilishi hamda ularda tizimni ishga tushirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar belgilab qoʻyilgan boʻlishi lozim.
165. Yongʻin haqida xabar berish moslamalari bilan jihozlanishi talab etilmagan obyektning rahbari yongʻin haqida xabarni odamlarga yetkazish tartibini ishlab chiqishi va masʼul shaxsni tayinlashi lozim.
166. Xabar berish (radiokarnay) moslamalarida ovozni pasaytirish va baland qilish moslamalari boʻlmasligi hamda tarmoqqa toʻgʻridan toʻgʻri uzib quyish imkoniyatisiz ulangan boʻlishi lozim.
167. Evakuatsiya qilishni boshqarish va uzatiladigan xabar matnining ishonchliligi taʼminlangan holda ichki radioeshittirish tarmogʻi va korxonadagi mavjud boshqa tarmoqlardan foydalanish mumkin.
168. Nosoz yongʻin xabarlagichlarni shleyflarda qoldirish taqiqlanadi. Taʼmirlash paytida nosoz qoʻldan ishlaydigan yongʻin xabarlagich oʻrnatilgan joyga yaqin joyda joylashgan soz holatdagi qoʻldan ishlaydigan yongʻin xabarlagichi haqidagi belgi qoʻyiladi.
169. Yongʻin xabarlagichlariga va qoʻl yordamida ishga tushiriladigan yongʻin xabarlagichlariga erkin oʻtish imkoni taʼminlangan boʻlishi kerak.
170. Obyektlarda oʻrnatilgan avtonom yongʻin xabarlagichlarini demontaj qilish taqiqlanadi (binolar ichida taʼmirlash ishlari yoki avtonom yongʻin xabarlagichlari nosoz boʻlgan holda ularning oʻrniga keyinchalik oʻrnatish sharti bilan almashtirish holatlari bundan mustasno).
171. Avtonom yongʻin xabarlagichlariga xizmat koʻrsatish tartibi, shuningdek, quvvat manbai almashinish chastotasi ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlaridagi koʻrsatmalarga muvofiq boʻlishi kerak. Quvvat manbai zaryadsizlangan boʻlsa, uni darhol almashtirish kerak.
172. Avtonom yongʻin xabarlagichlarining ishga yaroqliligini tekshirish ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi, ammo 3 oyda bir martadan kam boʻlmagan tarzda. Avtonom yongʻin xabarlagichi ishlamay qolganda, uni almashtirish kerak.
a) ochilgan, nosoz purkagichlar oʻrniga tiqin va berkituvchilarni oʻrnatish;
b) boshqa uskunalarni ilish yoki mahkamlash uchun quvurlardan va purkagichlardan foydalanish;
v) ishlab chiqarish uskunalari va sanitariya jihozlarini qurilma quvurlariga ulash;
g) qurilmani avtomatik rejimdan qoʻl rejimiga oʻtkazish;
d) quvurlarga berkitish armaturalari va flanetsli ulanishlarni oʻrnatish;
e) quvur tarmoqlari mahkamlagichlarini boʻshatish va bukilishlarini oʻzgartirish.
174. Yongʻin oʻchirish qurilmalari sigʻimlari va ballonlardagi yongʻin oʻchirish vositasining ogʻirligi yoki bosimi hisobdagi koʻrsatkichlardan 10 foiz va undan koʻpga kamaygan boʻlsa, ularni toʻldirish yoki almashtirish talab etiladi.
175. Qurilmalarning sprinklerli (drencherli) suv purkagichlariga mexanik shikast yetkazish xavfi bor joylar issiqlik va suvni sepish maydoniga taʼsir koʻrsatmaydigan hamda uni oʻzgartirmaydigan ishonchli toʻsiq bilan himoyalanishi kerak.
Ochilib ketgan yoki nosoz purkagichlarning oʻrnini tiqin (probka) yoki zaglushkalar bilan berkitish taqiqlanadi.
176. Yongʻin oʻchirish stansiyasi yongʻin vaqtida qurilmani boshqarish yoʻriqnomasi va tizimning bir-biriga ulanish chizmasi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Har bir boshqarish nuqtasi oldida himoyadagi xonalar, ulardagi suv purkagichlarning soni va rusumi yozilgan koʻrsatkich bilan taʼminlanishi kerak. Joʻmrak va zadvijkalarga ulanish chizmasiga muvofiq tartib raqamlari qoʻyilishi lozim.
177. Boshqaruv bloki xonasi doimiy ravishda yopiq boʻlishi kerak. Xonalarning kalitlari xizmat koʻrsatuvchi xodim (agar mavjud boʻlsa) va tezkor xodimlarda saqlanishi kerak.
178. Suv, past va oʻrta karrali koʻpik bilan yongʻin oʻchirish moslamalari bilan himoyalangan xonalarda izolyatsiyalanmagan ochiq elektr tokini oʻtkazuvchi qismlari boʻlgan uskunalarning avtomatik ravishda oʻchirish moslamalari ishga yaroqli boʻlishi va har hafta nazorat qilinishi kerak.
179. Koʻpik hosil qiluvchi modda va uning eritmasini saqlash ishlab chiqaruvchining koʻpik hosil qiluvchi moddaning muzlashini istisno etadigan harorat va namlik sharoitlariga rioya etish boʻyicha tavsiyalariga muvofiq amalga oshiriladi. Koʻpik hosil qiluvchi moddaning sifati ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan muddatda nazorat qilinishi kerak.
2-§. Gaz va aerozolli yongʻin oʻchirish qurilmalarga qoʻyiladigan talablar
180. Yongʻin signalizatsiyasi, sprinkler va drencher tizimlarining qabul-nazorat qurilmasiga xizmat koʻrsatuvchi navbatchi shaxslariga navbatchilik paytida uxlash hamda ushbu qurirlmalarni qarovsiz qoldirish taqiqlanadi.
181. Himoyalangan xonalarda ishlaydigan shaxslar uchun qurilmalar ishga tushgani toʻgʻrisida xabarni (signalni) olganlaridan soʻng ularning harakatlari va evakuatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma koʻrinadigan joylarga oʻrnatilishi kerak.
182. Yongʻinni oʻchirish stansiyasining xonalarida stansiyalar tarmoqlarining sxemalari va qurilmalarning prinsipial sxemalari oʻrnatilishi kerak.
183. Yongʻin oʻchirish qurilmalarining har bir tarqatish uskunasida himoyalanadigan xonaning nomlari va joylashishini koʻrsatuvchi yoʻnalish raqami koʻrsatilgan yorliq boʻlishi kerak. Gazli yongʻin oʻchiruvchi batareyalarning old tomonida boʻlim raqamlarini koʻrsatadigan yorliqlar boʻlishi kerak.
184. Himoyalangan xonaga tutashgan xonalarning havo kanallaridagi germetiklangan klapanlarning ishga yaroqliligini tekshirish oyiga kamida bir marta amalga oshiriladi. Tekshirish natijalari jurnalga qayd etiladi.
17-bob. Yongʻinga qarshi suv taʼminoti
185. Har bir obyektdagi yongʻin oʻchirish nasos stansiyasida va yongʻin oʻchirish stansiyasining xonasida yongʻinga qarshi suv rezervuarlari (suv olish mumkin boʻlgan joylar), gidrantlar, klapanlar, suv quvurlari tarmogʻi qismlaridagi quvurlar diametrlari koʻrsatilgan yongʻinga qarshi suv taʼminoti umumiy sxemasi boʻlishi kerak. Yongʻin oʻchirish nasos stansiyasi xonasida yongʻinga qarshi suv taʼminotining umumiy chizmasi hamda nasoslarning bir-biriga ulanish chizmasi osib qoʻyilishi lozim.
186. Yongʻinga qarshi suv taʼminotini tashkil etishda quyidagilar taqiqlanadi:
a) suv taʼminoti tarmogʻining qismlarini yongʻin oʻchirish gidrantlari va ularga oʻrnatilgan kranlardan oʻchirish, shuningdek, yongʻinni oʻchirish uchun zarur boʻlgan tarmoqdagi bosimni pasaytirish (nasos stansiyalarining ishlamay qolishi, taʼmirlash ishlari yoki avariya yuz bergan taqdirda, tegishli yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari bu haqda darhol ogohlantirilishi kerak);
b) loyihalash hujjatlarini ishlab chiqmasdan va kerakli oqimni taʼminlash uchun tashqi sinovlarni oʻtkazmasdan, suv sarfini koʻpaytirish va tarmoqdagi bosimning pasayishi bilan bogʻliq boʻlgan yongʻinga qarshi suv taʼminoti tarmogʻiga qoʻshimcha ulanishlarni amalga oshirish;
v) yongʻinni oʻchirish gidrantlari va kranlarini demontaj qilish;
g) yongʻinni oʻchirish gidrantlari lyukining qopqogʻini asfalt, beton va boshqa qoplamalar bilan qoplash.
187. Obektdagi tashqi va ichki yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimining holatini tekshirish kamida 6 oyda bir marta (tashqi tizim uchun — bahor-yoz va kuzning boshlanishida, suv chiqarish yoʻli bilan tekshirish), shuningdek, har bir mukammal taʼmirdan soʻng rekonstruksiya qilingan yoki yangi isteʼmolchilar dalolatnoma tuzilgan holda komissiya orqali suv taʼminotiga ulanganda oʻtkazilishi kerak.
188. Tashqi va ichki yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimining holatini nazorat qilish masʼul shaxslar tomonidan quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
a) yongʻinni oʻchirish joʻmraklarining toʻplamni tashqi koʻrikdan oʻtkazish hamda suvning chiqishini (yongʻinni oʻchirish sprinkler purkagich moslamasining taʼminot quvurlariga ulangan kranlardan tashqari) tekshirish;
b) ixtiyoriy shakldagi dalolatnomani tuzgan holda berkitish armaturalarini koʻzdan kechirish, yongʻinni oʻchirish yenglari oʻramalarini quritish (zarur hollarda) va qayta oʻrash;
v) yongʻinni oʻchirish gidrantlari (lyuk, quduq, yongʻinga qarshi gidrant) korpusi mavjudligi, ishga yaroqliligi va holatini, oʻrnatilgan yongʻin xavfsizligi belgilarining mavjudligini tekshirish;
g) yongʻinga qarshi nasoslar zarur bosimni ushlab turishi va asosiydan zaxira nasosga (agar mavjud boʻlsa) oʻtishning ishonchliligini har oyda kamida bir marta dalolatnoma tuzish orqali tekshirish;
d) yongʻinga qarshi rezervuarlarni, sigʻimlarni zarur suv sathini, suv olish vositalari mavjudligi va ularning sozligi, qiyaliklar, yongʻin-qutqaruv mashinalari, shamollatish moslamalari va boshqa jihozlarni oʻrnatish uchun kirish yoʻllari va maydonlar mavjudligini tekshirish, suv havzasini (rezervuarni) atrof muhitning salbiy haroratida ishlatilishini taʼminlash choralarini koʻrish.
189. Yongʻinni oʻchirish moslamasi oʻrnatilgan suv taʼminoti tizimi zarur bosimni va yongʻinni oʻchirish uchun suvning yetarli miqdorini taʼminlashi kerak.
190. Klapanlar va nasoslar korxonaning yongʻinga qarshi suv taʼminotining umumiy sxemasiga mos keladigan raqamlarga ega boʻlishi kerak. Texnik qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish va boshqa ishlar bilan bogʻliq suv taʼminoti tizimidagi oʻzgarishlar tegishli texnik hujjatlar va sxemalarda aks ettirilishi kerak.
191. Yongʻinni oʻchirish nasos stansiyasining kirish eshiklari yopiq holatda saqlanishi kerak. Eshiklarda kalitlarning joylashuvi haqida maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim.
192. Yongʻinga qarshi rezervuarlar (yer osti va yarim yer osti) ikki qopqoqli lyuk bilan jihozlangan boʻlishi kerak, ularning orasidagi boʻshliq qishki mavsumda issiqlikni izolyatsiyalovchi materiallar bilan toʻldirilishi kerak (qipiq, mayda boʻlaklar, siqilgan somon va boshqalar).
193. Suv minoralari yilning barcha fasllarida yongʻin-qutqaruv texnikalariga suv olish uchun moslashtirilgan boʻlishi kerak. Suv minorasidan suvni avtotsisternalar va yongʻin-qutqaruv texnikalariga olish uchun suv olish moslamasi qishda isitilishi kerak.
194. Yongʻinni oʻchirish gidrantlari, suv xavzalari raqamlangan boʻlishi kerak, amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq koʻrsatkich belgilariga ega boʻlishi kerak. Yongʻinni oʻchirish gidrantlari va suv xavzalari joylashgan joylarini tungi vaqtda aniqlash uchun moʻljallangan yorugʻlik yoki lyuminessent koʻrsatgichlar koʻrinadigan joylarga 2,0 — 2,5 m balandlikda joylashtirilishi kerak.
195. Yongʻinni oʻchirish gidrantlari qish sharoitida ishlashga tayyorlanishi kerak (gidrant va quduqdan cuv chiqarilan, quduqlarning qopqoqlari doimo qor va muzdan tozalangan va isitilgan boʻlishi kerak).
196. Yongʻinni oʻchirish kolonkasi yongʻinni oʻchirish gidrantlariga toʻsqinliklarsiz oʻrnatilishi kerak. Gidrant qudugʻi quruq, chiqindilardan tozalangan boʻlishi va uning qopqogʻi oson ochilishi kerak. Yongʻinni oʻchirish gidrant quduqlarining qopqogʻida (qopqoqning tepasida) transport vositalarini toʻxtatish taqiqlanadi.
197. Obyektning hududida va uning tashqarisida joylashgan yongʻinni oʻchirishga moʻljallangan suv manbalariga yongʻinni oʻchirish texnikalarini oʻrnatish va ulardan yilning barcha fasllarida suv olish uchun kirish yoʻllari va qattiq qoplamali maydon tashkil etilishi kerak. Yongʻinni oʻchirish gidrantlari, suv xavzalari, rezervuarlari, suv minoralari va boshqa yongʻinga qarshi suv taʼminoti manbalariga hamda quruq quvurlarga kirish va oʻtish yoʻlaklari doimo boʻsh boʻlishi kerak.
198. Yongʻinni oʻchirish yoki oʻquv mashgʻulotlari uchun ishlatilgan suv zaxirasi zudlik bilan qayta toʻldirilishi kerak.
199. Yongʻinga qarshi rezervuarlardan suv oqishi aniqlanganda ularni zudlik bilan taʼmirlash va suv bilan toʻldirish choralarini koʻrish kerak.
200. Gradirnyalarga borish yoʻllari qattiq qoplamaga ega boʻlishi va uning hovuzidagi suvdan yongʻin oʻchirish maqsadida ishlatish imkoniyati yaratilgan boʻlishi kerak.
201. Ichki yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimidagi yongʻinni oʻchirish joʻmraklari yongʻinga qarshi shkaflar ichiga oʻrnatilgan, yongʻinni oʻchirish yenglari va dastaklari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Ichki yongʻinni oʻchirish joʻmraklaridagi yongʻinni oʻchirish yenglari quruq, juft oʻramaga oʻralgan, joʻmrakka va dastakka ulangan boʻlishi lozim.
202. Yongʻinni oʻchirish joʻmraklaridan doimo foydalanish sharoiti mavjud boʻlishi kerak.
18-bob. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari
203. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalariga barcha turdagi koʻchma va transportirovka qilinadigan oʻt oʻchirgichlar, toʻkma materiallari (qum, perlit va boshqalar) boʻlgan qutilar, shuningdek, yongʻinga chidamli matolar (asbest matosi, kigiz, namat va boshqalar), bochkalar va suv bilan toʻldirilgan idishlar, qoʻlda foydalaniladigan mexanizatsiyalashmagan va mexanizatsiyalashgan yongʻinga qarshi vositalar (ilgaklar, lomlar, belkuraklar, boltalar, elektr simlarini kesish moslamalari, elektr dvigatel tomonidan boshqariladigan asboblar, ichki yonish dvigateli va boshqalar) kiradi.
204. Obyekt hududi, xonalar, bino va inshootlar ushbu Qoidalarga 6-ilovaga muvofiq yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan taʼminlanishi kerak.
205. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari ularning pasportlaridagi maʼlumotlarga muvofiq saqlanishi lozim.
Tegishli sertifikati yoki sifat hujjatlari boʻlmagan yongʻinni oʻchirish vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
206. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalaridan belgilangan maqsadlardan tashqari boshqa maqsadlarda foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi.
207. Xonalarda, bino va inshootlarda joylashgan yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarining saqlanishi va ulardan foydalanishga tayyorligi uchun javobgarlik ushbu obyekt rahbari zimmasiga yuklanadi.
208. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari ularni ishlatish ehtimoli yuqori boʻlgan va koʻrinadigan joylarga oʻrnatilishi hamda ularga olib boruvchi yoʻllar doimo boʻsh va toʻsib qoʻyilmagan boʻlishi lozim.
209. Obyektning hududidagi (binoning tashqarisidagi) yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari yogʻingarchilik taʼsiridan himoya qiluvchi maxsus yongʻinga qarshi qalqonlari va stendlariga jamlangan boʻlishi kerak.
210. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini yoʻlaklarga, oʻtish joylariga joylashtirish odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilishga toʻsqinlik qilmasligi kerak. Koʻchma oʻt oʻchirgichlar eshikdan uning toʻliq ochilishi uchun yetarli boʻlgan masofada va poldan 1,5 m balandlikda (oʻt oʻchirgichning pastki qismigacha) joylashgan boʻlishi kerak.
211. Uglekislotali, kimyoviy, havo-koʻpikli, kukunli va boshqa oʻt oʻchirgichlarning berkitish armaturalari (kranlari va richag klapanlari) muhrlangan boʻlishi kerak.
212. Ishlatilgan hamda muhrlari buzilgan oʻt oʻchirgichlar tekshirish yoki zaryadlash uchun darhol qaytarilishi kerak.
213. Oʻt oʻchirgichlar, ularni saqlash uchun belgilangan harorat diapazoniga muvofiq boʻlmagan joylarda oʻrnatilmasligi kerak.
214. Sovuq davrda ochiq havoda yoki isitilmaydigan xonalarda joylashgan va manfiy haroratda ishlash uchun moʻljallanmagan oʻt oʻchirgichlar isitiladigan xonada saqlanishi lozim. Bunday hollarda yongʻinga qarshi qalqonlar va stendlarga eng yaqin isitiladigan xonalarda saqlanayotgan oʻt oʻchirgichlari toʻgʻrisida maʼlumot joylashtirilishi kerak.
215. Barcha turdagi yongʻinga qarshi vositalarni zaryadlash, tekshirish va qayta zaryadlash amaldagi standartga, ishlab chiqaruvchining pasportiga yoki foydalanish koʻrsatmalariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. OʼzDSt 3414: 2019ga muvofiq oʻtkazilgan davriy tekshiruv davomida belgilangan parametrlarga mos kelmaydigan ogʻishlar aniqlanganda ularni bartaraf etish va oʻt oʻchirgichni zaryadlash kerak.
216. Asbest mato, kigizni (namatni) qopqoqli metall qutilarda saqlash, vaqti-vaqti bilan (uch oyda bir marta) quritish va changdan tozalash tavsiya etiladi.
217. Qum qutilari 3, 1 va 0,5 m3 sigʻimga ega boʻlishi va belkurak bilan jihozlanishi kerak.
Yongʻinga qarshi qalqon tarkibiga kiritilgan qum uchun idishlar kamida 0,1 m3 sigʻimga ega boʻlishi kerak. Qutining tuzilishi qumni olish qulayligini taʼminlashi va yogʻingarchilik tushishini istisno qilishi kerak. Qumni qutiga solishdan oldin qumaloq boʻlishining oldini olish maqsadida quritib, elakdan oʻtkazish kerak.
218. Suvli bochkalar kamida 200 L sigʻimga, qopqoqqa ega boʻlishi, qizil rangga boʻyalgan va oq boʻyoq bilan “Yongʻinni oʻchirish uchun” soʻzlari yozilgan boʻlishi kerak. Har bir bochka qizil rangga boʻyalgan va “Yongʻin chelagi” soʻzlari yozilgan ikkita chelak bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
V boʻlim. Yuqori darajada yongʻin xavfi mavjud ishlarni amalga oshirishni tashkil etish
219. Quyidagilar payvandlash va boshqa olovli ishlarni (keyingi oʻrinlarda — olovli ishlar) bajarish joylari boʻlishi mumkin:
a) doimiy — ushbu maqsadlar uchun maxsus jihozlangan sexlarda, ustaxonalarda yoki ochiq maydonchalarda tashkil etiladigan;
b) vaqtinchalik — bunday ishlarni amalga oshirishga moʻljallanmagan va maxsus jihozlanmagan tashkilot va turar joy binolari va inshootlarida (shu jumladan, qurilayotgan va foydalanilayotgan), shuningdek, ularning hududida (ochiq maydonchalarida) qurilmalarni taʼmirlash va qurilish tuzilmalarini oʻrnatish maqsadida bajariladigan.
220. Vaqtinchalik joylarda (qurilish maydonchalari va xususiy uylardan tashqari) olovli ishlarni bajarish uchun tashkilot rahbari yoki yongʻin xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan ushbu Qoidalarga 11-ilovaga muvofiq shaklda olovli ishni oʻtkazish uchun naryad-ruxsatnomasi rasmiylashtiriladi.
221. Qurilish maydonchalarida va yongʻin xavfi boʻlmagan joylarda faqat texnika xavfsizligi qoidalarini va ushbu Qoidalarning talablarini yaxshi biladigan yuqori malakali mutaxassislarga olovli ishlarni naryad-ruxsatnomasini rasmiylashtirmasdan bajarishga ruxsat beriladi. Yozma ruxsat olmasdan olovli ishlarni mustaqil bajarishga ruxsat berilgan mutaxassislar roʻyxati obyekt rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
222. Doimiy olovli ishlar amalga oshiriladigan joylar tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan belgilanadi.
223. Olovli ishlar bajariladigan joyni yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan (oʻt oʻchirgich yoki qum bilan toʻldirilgan quti, belkurak va suv toʻldirilgan chelak) taʼminlash lozim. Agar payvandlash ishlari amalga oshirilayotgan joy yaqinida ichki yongʻinni oʻchirish joʻmraklari mavjud boʻlsa, unda ushbu ichki yongʻinni oʻchirish joʻmraklariga yongʻinni oʻchirish yeng va dastaklari ulangan (foydalanishga tayyor) holatda boʻlishi zarur.
224. Binolar, inshootlar yoki boshqa joylarda olovli ishlar olib borilishida, ushbu joylarning yonida yoki ostida boʻlgan yonadigan konstruksiyalar metall toʻsiqlar bilan yoki suv toʻkilgan holda yonishdan ishonchli himoyalangan boʻlishi kerak, shuningdek, uchqunlarning tarqalishiga va ularning yonuvchan qismlari tushishi kerak boʻlmagan joy va qavatga tushishiga qarshi choralar koʻrilishi kerak.
225. Olovli ishlar tugagandan soʻng ishni bajaruvchi ushbu ishlar amalga oshirilgan joyni, shuningdek, olovli ishlar taʼsiri etishi kerak boʻlmagan joylar va qavatlarni sinchkovlik bilan tekshirishi, yonuvchan konstruksiyalarga suv quyishi va yongʻinga olib kelishi mumkin boʻlgan boshqa holatlarni bartaraf qilishi shart.
226. Obyekt rahbari yoki binodagi yongʻin xavfsizligi uchun masʼul boʻlgan boshqa mansabdor shaxs vaqtincha olovli ishlar oʻtkaziladigan joy ish tugaganidan keyin 3 — 5 soat ichida tekshirilishini taʼminlashi kerak.
227. Yongʻin va portlash xavfi mavjud joylarda payvandlash, gazli kesish, benzinli kesish va chilangarlik ishlari faqat portlovchi va yongʻin xavfi mavjud mahsulotlar, uskunalar va binolar yaxshilab tozalangach, portlovchi chang va moddalar, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda ularning bugʻlari toʻliq tozalagandan soʻng amalga oshirilishi kerak. Xona doimiy ravishda shamollatilishi va gaz analizatorlari yordamida ekspress-tahlillarni oʻtkazish orqali havo muhitining holati nazorat qilinishi kerak.
228. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar saqlagan idishlarni (sisternalar, baklar va boshqalarni) payvandlashdan oldin tozalash, kaustik sodali issiq suv bilan yuvish, bugʻlash, quritish va havo muhitini laboratoriya tahlilidan yoki koʻchma gaz analizatorlari yordamida tekshirish (ekspress usul) hamda shamollatish kerak. Payvandlash ishlari ushbu idishlarning tuynuklari, lyuklari va tiqinlari ochiq holatda, shuningdek, koʻchma shamollatish orqali amalga oshirilishi kerak.
229. Vaqtinchalik olovli ishlar oʻtkaziladigan joylar va payvandlash moslamalari, gaz ballonlari va yonadigan suyuqlik bilan toʻldirilgan konteynerlar oʻrnatilgan joylar kamida 5 m radiusda yonuvchi materiallardan tozalangan boʻlishi kerak.
230. Olovli ishlarni bajarayotganda quyidagilar taqiqlanadi:
a) nosoz boʻlgan apparatlarda ishga kirishish;
b) yangi boʻyalgan konstruksiyalar va buyumlarni toʻliq qurimagunga qadar payvandlash, kesish yoki kavsharlash;
v) olovli ishlarni bajarishda yogʻ-moy, benzin, kerosin boshqa yonuvchi suyuqliklar izlari qolgan kiyim va qoʻlqoplardan foydalanish;
g) payvandlash joylarida kiyim, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni hamda boshqa yonuvchi materiallarni saqlash;
d) oʻquvchilarga, shuningdek, malaka sertifikatiga ega boʻlmagan xodimlarga mustaqil ravishda ishlashga ruxsat berish;
e) siqilgan, suyultirilgan va erigan gazlar ballonlariga elektr simlari tegib turishiga imkon berish;
j) yonuvchan va zaharli moddalar bilan toʻldirilgan, shuningdek, bosim ostida yoki elektr kuchlanishida boʻlgan qurilmalar va apparatlarda ish olib borish;
z) tomga gidroizolyatsiya va bugʻ izolyatsiyasini, yonuvchan va qiyin yonuvchan isitish panellarni oʻrnatish, pol qoplamalarini yopishtirish va yonuvchan loklar, yelimlar, mastikalar va boshqa yonuvchan materiallardan foydalangan holda binolarni pardozlash ishlari bilan bir vaqtda olovli ishlarni bajarish;
i) yonuvchan va qiyin yonadigan issiqlik saqlovchi materiallari bilan qoplangan yengil metall konstruksiyalardan yasalgan binolarda (xonalarda) olovli ishlarni bajarish;
k) xonada bolalar boʻlganda olovli ishlarni bajarish.
20-bob. Elektr payvandlash ishlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
231. Binolarda elektr payvandlash ishlari faqat havo almashish imkoniga ega boʻlgan xonalarda amalga oshirilishi lozim.
232. Yongʻin xavfi ehtimoli bor xonalarda payvandlash ishlarini bajarish joyi yonmaydigan toʻsiq bilan himoyalangan boʻlishi va toʻsiqning balandligi kamida 2,5 m, toʻsiq va pol orasidagi masofa esa — koʻpi bilan 5 sm ga teng boʻlishi kerak.
233. Payvandlash ishlari bajariladigan xonalardagi pollar yonmaydigan materiallardan yasalgan boʻlishi zarur.
234. Rezervuarlar, qozonxonalar va metall qurilmalarining boshqa yopiq boʻshliqlarida, payvandlash qurilmasi yassi singan paytda payvandlashni oʻchiradigan maxsus moslama bilan jihozlangan boʻlsa, bunda oʻchirilish paytidagi vaqtning kechikishi esa 0,5 sec dan oshmasa yassi payvandlashga ruxsat etiladi.
235. Qoʻlda payvandlash qurilmasi rubilnik yoki kontaktor (payvandlash toki manbaini taqsimlovchi sex tarmogʻiga ulanish uchun), saqlagich (birlamchi zanjirda) va payvandlash tokining miqdorini koʻrsatuvchi asboblar (tok regulatoridagi ampermetr yoki shkala) bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
236. Elektr payvandlash kabellari (elektr simlari) kislorod oʻtuvchi quvurlardan kamida 0,5 m masofada, atsetilen va boshqa yonuvchi gazlar quvurlaridan esa kamida 1 m masofada oʻtgan boʻlishi lozim. Baʼzi hollarda, kabel himoya metall quvurga oʻralgan taqdirda, belgilangan masofalarni ikki baravar kamaytirishga ruxsat beriladi.
237. Elektr payvandlash ishlarini bajarayotganda manbaga payvandlanadigan ish qismidan qaytib keladigan sim faqat izolyatsiya qilingan sim bilan amalga oshiriladi va izolyatsiya sifati jihatidan elektrod ushlagichga ulangan toʻgʻridan-toʻgʻri simga mos kelishi kerak.
238. Qaytish simi sifatida ichki temir yoʻllar, nollash yoki yerga ulash qurilmalari hamda binolarning metall konstruksiyalari, kommunikatsiyalar va texnologik uskunalardan foydalanish taqiqlanadi. Payvandlash jarayoni ikkita simdan foydalangan holda amalga oshirilishi lozim.
239. Oʻziga oʻzi payvandlanadigan har qanday profilning temir shinalari, payvandlash plitalari, stellajlar va konstruksiyalar, payvandlash oqimi manbai bilan payvandlanadigan ish qismini bogʻlaydigan qaytish simi boʻlib xizmat qilishi mumkin, agar ularning kesishmasi isitish sharoitida payvandlash tokining xavfsiz oqimini taʼminlasa.
Qaytish simi sifatida ishlatiladigan alohida elementlar orasidagi aloqa juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak (murvat, qisqichlar yoki tutqichlardan foydalangan holda).
240. Agregat va ishga tushirish moslamalarini tozalash har kuni ish tugaganidan keyin amalga oshirilishi lozim. Payvandlash uskunalarini taʼmirlash ishlari rejali-ogohlantiruv taʼmirlashni amalga oshirish rejasiga muvofiq bajarilishi kerak.
241. Payvandlash quvvat manbaini sexning taqsimlash tarmogʻiga ulash uchun istalgan markalardagi simlaridan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Istisno tariqasida quvvat simlari sifatida mustahkamlangan izolyatsiya va mexanik shikastlanishdan himoya qilingan simlardan foydalanish mumkin.
242. Elektrodga elektr tokini yetkazib berish uchun oʻrta darajadagi sharoitlarga moʻljallangan himoya shlangidagi izolyatsiyalangan bukiluvchan simlardan foydalanish kerak. Egiluvchanligi kam boʻlgan simlardan foydalanganda ularni elektrod ushlagichga egiluvchan shlang simidan yoki uzunligi kamida 3 m boʻlgan simdan yasalgan uzatma orqali ulash lozim.
243. Elektr simlari va payvandlash moslamalari yonishining oldini olish maqsadida simlarni ularning kesimini oqim qiymati va ish kuchlanishining qiymati boʻyicha izolyatsiyalash zarur, shuningdek, nominal tok ruxsat etilgan chegaralari elektr saqlagichlarning eruvchan oʻrnatmalari toʻgʻri tanlanishi kerak.
244. Izolyatsiyasiz yoki izolyatsiyasi shikastlangan simlardan, qoʻlbola elektr saqlagichlar va talab etiladigan miqdordagi payvandlash toki oʻtishini taʼminlab bermaydigan simlardan foydalanish taqiqlanadi.
245. Payvandlash simlarini presslash, payvandlash, kavsharlash bilan yoki maxsus qisqichlar yordamida bir-biriga ulash lozim. Elektr simlari elektrod ushlagichga, payvandlanadigan buyumga va payvandlash apparatiga shaybalarni qoʻyib boltlar bilan mahkamlangan misdan yasalgan kabel uchliklari yordamida ulanishi lozim.
246. Payvandlash apparatlari, taqsimlovchi shchitlar va boshqa uskunalarga hamda payvandlash ishlari olib borilayotgan joyga ulangan simlar ishonchli izolyatsiyalangan, kerakli joylarda yuqori harorat taʼsiridan, mexanik shikastlanishlardan va kimyoviy taʼsirlardan himoyalangan boʻlishi kerak.
247. Yongʻin xavfi mavjud boʻlgan bino va inshootlarda elektr payvandlash ishlari olib borilayotganda payvandlanayotgan buyumdan tok manbaigacha oʻtkazilgan qaytish simi izolyatsiyalangan boʻlishi hamda uning izolyatsiyasining sifati elektrod ushlagichga ulangan toʻgʻri sim izolyatsiyasining sifatidan past boʻlishi lozim.
248. Qoʻlda payvandlash uchun moʻljallangan elektrod ushlagichlar payvandlashda vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelganda yoki ustiga temirli buyumlar tushib ketganda uning qobigʻi payvandlanayotgan detal bilan qisqa tutashib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi lozim. Elektrod ushlagichning dastasi yonmaydigan dielektrik yoki issiqlik oʻtkazmaydigan materialdan yasalgan boʻlishi zarur.
249. Payvandlash uchun qoʻllaniladigan elektrodlar payvandlash tokining nominal (belgilangan) miqdoriga muvofiq boʻlishi lozim.
Payvandlash jarayonida elektrodlar almashtirilganda ularning qoldiqlari payvandlash ishlari bajariladigan joyda oʻrnatiladigan maxsus metall qutiga tashlanishi kerak.
250. Elektr payvandlash uskunasi har doim yerga ulangan boʻlishi kerak. Asosiy elektr payvandlash uskunalarini yerga ulashdan tashqari payvandlash moslamalarida toʻgʻridan-toʻgʻri payvandlash transformatorining mahsulotga boradigan ikkilamchi oʻramasi (qaytish simi) ulangan terminalini bevosita yerga qoʻyish kerak.
251. Ochiq havoda oʻrnatiladigan payvandlash generatorlari va transformatorlari hamda ularning barcha yordamchi asbob-uskunalari yopiq yoki himoyalangan shaklda ishlangan, zaxni oʻtkazmaydigan izolyatsiyaga ega boʻlishi hamda yonmaydigan materiallardan qurilgan bostirma ostida oʻrnatilishi lozim.
252. Payvandlash agregati alohida qismlarining (transformatorlar, podshipniklar, choʻtkalar, ikkilamchi zanjir kontaktlari va shu kabilar) qizish harorati 75 °C dan yuqori boʻlmasligi lozim.
21-bob. Gaz bilan payvandlash va gazli kesish ishlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
253. Gaz payvandlash ishlarini olib borish uchun koʻchma atsetilen generatorlarini ochiq maydonlarda oʻrnatish lozim. Ularni faqat havo almashish imkoniga ega joylarda vaqtinchalik ishlatish mumkin.
254. Atsetilen generatorlarini payvandlash ishlari olib boriladigan joydan, ochiq alanga va qizib ketgan buyumlardan, kompressor va ventilyatorlar havo tortadigan joylardan kamida 10 m boʻlgan masofada toʻsib qoʻyilgan holda joylashtirish lozim.
Atsetilen generatori oʻrnatilganda “Begonalarga kirish taqiqlanadi”, “Yongʻin xavfi mavjud”, “Chekilmasin”, “Olov bilan yaqinlashmang” kabi eslatmalar ilinadi.
255. Payvandlash uskunalari yordami gaz tarmoqlarini taʼmirlashga faqat Gaz xoʻjaligida xavfsizlik qoidalariga muvofiq binolar va tashqi qurilmalar hududida joylashgan ishlatiladigan tabiiy gaz quvurlari uchun ruxsat etiladi.
256. Avariya yuz bergan joyda gazlanishni nazorat qilish gaz analizatorlari yordamida amalga oshirilishi kerak. Gaz quvurlaridan gaz chiqishi joylari sovun emulsiyasi yordamida aniqlanadi. Ushbu maqsadlar uchun ochiq olov manbalaridan foydalanish, shuningdek, bir vaqtning oʻzida gaz tamoqlarining deformatsiyalangan joyida payvandlash, izolyatsiyalash va transheyani tozalash taqiqlanadi.
257. Ishlar tugagandan soʻng koʻchma generatordagi kalsiy karbidi oxirigacha ishlatilishi lozim. Generatorlardan chiqarib tashlanadigan ohakli loy buning uchun moslashtirilgan idishga toʻkilishi va maxsus bunkerga yoki loyli chuqurga tashlanishi talab etiladi.
258. Ochiq loyli chuqurlar panjaralar bilan toʻsib qoʻyilishi, yopiqlari esa — yonmaydigan tom bostirmasiga ega boʻlishi hamda oqimli shamollatish va loyni chiqarib tashlash uchun tegishli tuynuklar bilan jihozlanishi zarur.
259. Ohakli loy saqlanadigan joylardan kamida 10 m radiusdagi masofada ochiq alanga manbalaridan foydalanish taqiqlanadi va bu haqida tegishli ogohlantiruvchi belgilar ilib qoʻyilishi lozim.
260. Gaz ballonlarni saqlash va tashish faqat ularning boʻyinlariga xavfsizlik qolpoqlari oʻrnatilgan holda amalga oshiriladi. Ballonlarni tashishda silkinishlar va zarbalarga ruxsat etilmaydi.
Ballonlar payvandlash joyiga maxsus aravalarda va zambillarda yetkazib beriladi. Ballonlarni yelkalarda va qoʻllarda tashish taqiqlanadi.
261. Gaz solingan ballonlarni saqlash, tashish va ulardan foydalanishda ular quyosh nurlari va boshqa issiqlik manbalari taʼsiridan himoyalangan boʻlishi lozim.
262. Xonalarda oʻrnatiladigan gaz ballonlari isitish radiatorlari va boshqa isitish asbob-uskunalardan kamida 1 m masofada, ochiq olovli issiqlik manbalaridan esa — kamida 5 m masofada boʻlishi lozim.
263. Aylanma rampa (guruhli) qurilmalardan gorelkalargacha boʻlgan masofa (gorizontal boʻyicha) 10 m va yonuvchan gazlar va kislorodli ballonlardan kamida 5 m dan kam boʻlgan masofada saqlanish kerak.
264. Bir xonada kislorod va gaz bilan toʻldirilgan ballonlarni hamda kalsiy karbidini, boʻyoqlar, moylar va yogʻlarni saqlash taqiqlanadi.
265. Payvandlash ustaxonasida 10 tadan kam payvandlash postlari boʻlganda har bir post uchun bittadan kislorod yoki gaz toʻldirilgan zaxira ballonlar saqlanishi mumkin. Zaxira ballonlar maxsus poʻlat shitlar bilan toʻsib qoʻyilishi yoki payvandlash ustaxonasiga qoʻshimcha qurilgan maxsus yordamchi joylarda saqlanishi lozim. Payvandlash ustaxonasida 10 tadan ortiq payvandlash postlari boʻlganda markazlashtirilgan gaz taʼminoti boʻlishi zarur.
266. Kislorod va yonuvchi gazlar bilan toʻldirilgan hamda ulardan boʻshagan ballonlarga bir xil xavfsizlik choralari koʻrilishi kerak.
267. Kalsiy karbidi solingan barabanlarni saqlash va ochish joylarida chekish, ochiq alangadan foydalanish va zarbada uchqun hosil qilishi mumkin boʻlgan asboblardan foydalanish taqiqlanadi.
268. Kalsiy karbidi solingan barabanlarni jezli zubilo va bolgʻa yordamida ochish lozim. Kavsharlangan barabanlar maxsus pichoq bilan ochiladi. Baraban qopqogʻidagi kesib ochiladigan joyga dastlab solidolning qalin qatlami surtiladi.
269. Ochilgan kalsiy karbidli barabanlarning suv oʻtkazmaydigan va barabanni zich qoplab oladigan, chetlari bukilgan qopqoqlar bilan himoyasi taʼminlanishi hamda qopqoq bortining balandligi kamida 50 mm ga teng boʻlishi lozim.
270. Gaz payvandlash va gaz bilan kesish ishlarini bajarishda quyidagilar taqiqlanadi:
a) muzlab qolgan atsetilen generatorlari, quvurlar, ventillar, reduktorlar va payvandlash qurilmalarining boshqa detallarini ochiq alanga yoki qizdirilgan buyumlar yordamida isitish hamda urganda uchqun hosil boʻlishi mumkin boʻlgan asboblardan foydalanish;
b) kislorod ballonlarini, reduktorlar va boshqa uskunalarning turli moy va moylanib ketgan kiyimlar va artish materiallariga tegib ketishiga yoʻl qoʻyish;
v) kislorod va yonuvchi gaz bilan toʻldirilgan ballonlar, atsetilen generatorlari va ohak-loy chuqurlaridan 10 m dan kam boʻlgan masofada ochiq alangadan foydalanish;
g) bir suv zatvoridan ikki payvandchi tomonidan foydalanish, granulyatsiyasi belgilangandan yirikroq boʻlgan kalsiy karbidini ortish yoki uni apparatning voronkasiga temirli xipchin yoki sim bilan itarib solish, karbid kukunidan foydalanish;
d) kalsiy karbidini hoʻl ortish korzinalariga solish yoki gaz toʻplagichda suv mavjud boʻlganda generatorlar “suv-karbid ustidan” rejimida ishlashda korzina hajmining yarimidan ortigʻini karbid bilan toʻldirish;
e) yonuvchi gazlar uchun moʻljallangan shlangni kislorod oqimi bilan tozalash, kislorod uchun moʻljallangan shlangni yonuvchi gaz oqimi bilan tozalash hamda ushbu shlanglarni almashtirib ishlatish, uzunligi 30 m dan koʻp boʻlmagan shlanglardan foydalanish. Gaz payvandlash ishlarini bajarishda uzunligi 40 m gacha boʻlgan shlanglardan foydalanish mumkin. Uzunligi 40 m dan ortiq boʻlgan shlanglardan foydalanishga alohida holatlarda ishlarni boshqarish va xavfsizlik boʻyicha muhandisning ruxsati bilan amalga oshirishga ruxsat beriladi;
j) gaz yetkazib beruvchi shlanglarni burab tashlash, buklash yoki siqib qoʻyish;
z) gaz toʻplagichda atsetilen mavjud boʻlganda generatorni koʻchirish;
i) generatordagi gaz bosimini ataylab yoki bir harakatda solinadigan kalsiy karbidining miqdorini oshirish yoʻli bilan atsetilen generatorining ishini jadallashtirish.
271. Kalsiy karbidi solingan barabanlarni ochish uchun misdan yasalgan asboblardan foydalanish hamda atsetilen apparaturasi bilan payvandlash va atsetilen bilan tutashib ketish ehtimoli boʻlgan boshqa joylarda misdan kavsharlash uchun foydalanish taqiqlanadi.
22-bob. Yonuvchi suyuqliklardan foydalanib kavsharlash ishlarini, qatron va mastika, bitum eritish (qaynatish) ishlarini amalga oshirishga quyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
1-§. Yonuvchi suyuqliklardan foydalanib metall kesish ishlarini amalga oshirishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
272. Benzin va kerosin yordamida kesish ishlari uchun ish joyi elektr payvandlash ishlarida boʻlgani kabi tashkil etiladi. Bunda yengil alangalanadigan va yonuvchi suyuqlikni toʻkib yuborish mumkin emasligiga va ular toʻgʻri saqlanishiga, kesish va yonuvchi suyuqlik solingan kichik bakdan foydalanilishiga alohida eʼtibor qaratilishi lozim.
273. Yonuvchi suyuqliklar yordamida kesish ishlari bajarilayotgan joyda faqat bir smena ehtiyojlariga yetadigan miqdordagi yoqilgʻi saqlanishi mumkin. Yonilgʻi olovli ishlar olib borilayotgan joydan kamida 10 m masofada soz holatdagi, sinmaydigan, zich yopiladigan maxsus idishda saqlanishi zarur.
274. Benzin va kerosin yordamida kesish ishlari uchun tarkibida begona aralashmalar va suv mavjud boʻlmagan yonuvchi suyuqlikdan foydalanish lozim. Yonilgʻi bilan bak hajmining 3/4 qismidan ortiq toʻldirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
275. Yonilgʻi solinadigan bak soz va germetik zich yopiladigan boʻlishi lozim. Bakda manometr hamda bakdagi bosim 5 atmosferadan ortiq koʻtarilib ketishiga yoʻl qoʻymaydigan saqlovchi klapan boʻlishi lozim. Suv yordamida 10 atmosfera bosimida sinalmagan, yonuvchi suyuqliklar sirqib chiqayotgan yoki nasosi nosoz boʻlgan baklardan foydalanish taqiqlanadi.
276. Ish joyida quyilgan yonuvchi suyuqlikni oʻt oldirib, rezakning toʻgʻirlovchi qismini qizdirish taqiqlanadi.
277. Yonilgʻi solingan bak kislorod solingan ballonlardan va ochiq alanga manbalaridan kamida 5 m masofada, kesuvchining ish joyidan esa — kamida 3 m masofada oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Bunda bakni ish jarayonida olov va uchqun tegmaydigan holatda joylashtirish lozim.
278. Benzin va kerosin yordamida kesish ishlarini olib borishda quyidagilar taqiqlanadi:
a) yonuvchi suyuqlik solingan bakdagi havo bosimi rezakdagi kislorodning ishchi bosimidan yuqori boʻlgan holatda kesish ishlarini bajarish;
b) rezakning bugʻlatkichini toʻq qizil ranggacha qizdirib yuborish hamda ish bajarish vaqtida rezakni tik holatda, golovkasi bilan tepa tomon ilib qoʻyish;
v) rezakka kislorod va yonuvchi suyuqlikni uzatuvchi shlanglarni siqib qoʻyish, burab yuborish yoki buklab qoʻyish;
g) rezakka benzin yoki kerosin uzatish uchun kislorod shlangidan foydalanish.
2-§. Yonuvchi suyuqliklardan foydalanib kavsharlash ishlarini amalga oshirishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
279. Kavsharlash ishlarini olib borishda ish joyi yonuvchi materiallardan tozalangan, ish joyidan 5 m dan kam masofada joylashgan yonuvchi konstruksiyalar alangalanishdan temirli toʻsiqlar bilan ishonchli himoyalangan yoki ustiga suv sepilgan boʻlishi lozim.
280. Kavsharlash lampalarini soz holatda saqlash, bir oyda bir marta mustahkamligini va germetikligini tekshirish hamda tekshiruv sanasi va natijalarini maxsus yuritilgan jurnalga kiritish lozim. Bundan tashqari, kamida bir yilda bir marta gidravlik bosim ostida sinash kerak.
281. Har bir lampa zavodda oʻtkazilgan gidravlik sinov natijalari va ruxsat etilgan ishchi bosim aks ettirilgan pasportga ega boʻlishi lozim. Lampalar belgilangan bosimga sozlangan prujinali saqlagich klapanlar bilan jihozlanishi lozim.
282. Kavsharlash lampalariga yonuvchi suyuqlik quyish va uni oʻt oldirish maxsus ajratilgan joylarda amalga oshirilishi zarur. Yonuvchi suyuqlikni quyish jarayonida uning toʻkilishi va ochiq alangadan foydalanish taqiqlanadi.
283. Kavsharlash lampasidan olov otilib chiqishining oldini olish uchun unga quyiladigan yonuvchi suyuqlik begona aralashmalar va suvdan tozalangan boʻlishi lozim.
284. Kavsharlash lampasi portlab ketishining oldini olish uchun quyidagilar taqiqlanadi:
a) kerosinda ishlaydigan lampalar uchun yonilgʻi sifatida benzin yoki benzin bilan kerosin aralashmasidan foydalanish;
b) lampa rezervuaridagi bosimni pasportida nazarda tutilgan bosimdan havo bilan koʻpaytirish;
v) lampaga uning hajmining 3/4 qismidan ortiq miqdorda kerosin quyish;
g) nasos yordamida dam urilayotgan lampaning suyuqligi bilan gorelkani qizdirish;
d) yonib turgan yoki hali sovishga ulgurmagan lampaning havo vintini va yonilgʻi quyish qopqogʻini burab chiqarish;
e) ochiq alangaga yaqin joyda (yonib turgan gugurt, sigareta va hokazolar) lampani qismlarga ajratish, taʼmirlash hamda uning ichidan suyuqlikni toʻkish yoki ichiga quyish.
285. Konstruksiyasi yoki pardozlari yonuvchi materiallardan ishlangan binolarda muzlab qolgan vodoprovod, kanalizatsiya va bugʻ quvurlarini qizdirish uchun kavsharlash lampalaridan foydalanish taqiqlanadi.
3-§. Bitumlar va qatronlarni eritish (qaynatish) ishlarini amalga oshirishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
286. Bitum va qatronlarni eritish qozonlarini yangi qurilayotgan imoratlar, binolar va yonuvchi qurilish materiallaridan kamida 50 m masofada joylashgan maxsus ajratilgan joylarda oʻrnatish kerak.
Qozonlarni binolarning chordoq xonalariga hamda qoplamalarning ustiga (yonmaydigan qoplamalar bundan mustasno) oʻrnatish taqiqlanadi.
287. Yogʻingarchiliklaridan himoyalash va qozonda alangalangan massani oʻchirish uchun har bir qozon zich yopiladigan yonmaydigan qopqoq bilan taʼminlanishi, bitum qaynab ketganda oʻt yoqish kamerasiga toʻkilishidan himoyalovchi moslama bilan jihozlanishi lozim.
288. Qozonni oʻrnatganda uning oʻt yoqish kamerasi ustidagi cheti qarama-qarshi tomondagi chetidan 5-6 sm ga balandroq boʻlishi zarur. Qozonning oʻt yoqish kamerasi yonmaydigan materialdan yasalgan qopqoq bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
289. Ishlar yakunlangandan keyin qozonlarning oʻt yoqish kameralaridagi olov oʻchirilishi va ustiga suv sepilishi kerak.
290. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yongʻinni oʻchirish maqsadida bitum eritish joyi hajmi 0,5 m3 ga teng boʻlgan quruq qumli qutilar, 2 ta belkurak va oʻt oʻchirgichlar (koʻpiklik yoki kukunli) bilan taʼminlanishi zarur.
291. Gaz ballonlaridagi gaz yordamida ishlatilganda koʻchma qozonlarni shamollatiladigan metall shkaflarda ikkitadan koʻp boʻlmagan miqdorda, qozondan kamida 20 m masofada joylashtirish kerak.
Metall shkaflar doimo qulflangan holatda turishi zarur.
292. Bitumni eritish yoki isitish vaqtida qozonlarni qarovsiz qoldirish taqiqlanadi.
293. Bitum va qatronlarni erituvchi suyuklik (rastvoritel) bilan eritish taqiqlanadi.
294. Qizdirilgan bitumni erituvchi suyuklik bilan aralashtirishda bitumni suyuqlika qoʻshish lozim. Aralashtirish faqat yogʻochli qorgʻich bilan amalga oshirilishi kerak.
295. Qizdirilgan bitumni erituvchi suyuklik bilan aralashtirishda 50 m radiusda ochiq alangadan foydalanish taqiqlanadi.
23-bob. Boʻyash ishlariga quyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
296. Boʻyash sexi va uchastkalari portlashdan himoyalangan majburiy shamollatish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
297. Ish jarayonida zararli bugʻ va gazlar chiqadigan (boʻyash kameralari, vannalar, qoʻlda boʻyash postlari, quritish kameralari, sirtlarni boʻyash uchun tozalash va tayyorlash postlari hamda agregatlar va hokazo) ish joylari mahalliy havo tortish qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
298. Boʻyoq tayyorlash boʻlimining tashqi devori yonmaydigan toʻsuvchi konstruksiyalardan ishlangan, toʻgʻridan-toʻgʻri tashqariga chiqish joyi bilan taʼminlangan bir qavatli binoda maxsus ajratilgan xonada joylashgan boʻlishi lozim.
299. Boʻyash sexlaridagi elektr uskunalari va yoritqichlar portlashdan himoyalangan shaklda bajarilgan boʻlishi lozim.
Elektr yoqish qurilmalari boʻyash va quritish kameralarining tashqarisida oʻrnatilishi zarur.
300. Boʻyoqlar, loklar, gruntlar, shpatlyovkalar, qotiruvchilar, suyultiruvchi va erituvchilar saqlanadigan joylarda har bir idishda ularning aniq nomi yozilgan yorligʻi boʻlishi kerak.
301. Lok-boʻyoq materiallari, kukunli polimer boʻyoqlar, suyultiruvchilar, erituvchilar, qotiruvchilar, yuvish, yogʻsizlantirish va yaltiratish tarkiblarini tayyorlash uchun yarim tayyor mahsulotlarni alohida binolarda yoki majburiy shamollatish tizimi va yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan jihozlangan yer osti omborlarda saqlash lozim.
302. Lok-boʻyoq materiallarini saqlash omborlari stellajlar (yopiq metall shkaflar) bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
303. Bir-biriga taʼsir koʻrsatuvchi moddalar alohida saqlanishi lozim. Boʻsh idishlarni saqlash uchun boʻyash xonasining tashqarisidan kamida 25 m masofada boʻlgan maxsus ajratilgan maydon boʻlishi kerak.
304. Lok-boʻyoq materiallari uchun suyultiruvchi va erituvchilar sifatida benzol, metanol va pirobenzoldan foydalanish taqiqlanadi. Mumkin boʻlgan barcha holatlarda lok-boʻyoq materiallarida toluol va ksilolni ishlatishni cheklab qoʻyish (15 foizdan ortmagan holda) lozim.
305. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar yordamida bajariladigan ishlarni amalga oshirish uchun uchqun chiqarmaydigan materiallardan (aluminiy, mis, plastmassa, bronza) yasalgan asboblarni ishlatish lozim. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar yordamida ishlar bajarilgandan soʻng ushbu asboblar ochiq maydonda yoki shamollatish tizimiga ega boʻlgan xonalarda yuvilishi lozim.
306. Har bir elektr boʻyash kamerasi uglekislotali avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
307. Quritish kameralari tashqi devorlarining harorati 45 oC dan yuqori boʻlmasligini taʼminlaydigan ishonchli issiqlik izolyatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
308. Lok-boʻyoq materiallaridan boʻshagan idishlarni yumshoq skrebokalar va choʻtkalar (misdan yoki aluminiydan yasalgan) yordamida tozalash lozim.
309. Polga toʻkilgan boʻyoqlar va erituvchilarni quruq qum yoki qirindi yordamida zudlik bilan yigʻish va boʻyash xonasidan chiqarib tashlash kerak.
310. Ishlatib boʻlingan artish materiallarini qopqoqli temir qutilarga solish hamda ish vaqti tugaganidan soʻng binoning tashqarisidagi maxsus ajratilgan joylarga olib chiqish lozim.
311. Boʻyash ishlarini bajarishda quyidagilar taqiqlanadi:
a) boʻyoq tayyorlash va boʻyash xonalarida ochiq olovdan foydalanish va uchqun chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan (payvandlash ishlari, charxlovchi dastgohlarda ish bajarish) ishlarni amalga oshirish;
b) kameralarni tozalash uchun qora metallardan yasalgan va ishqalanishda uchqun chiqaradigan abraziv asboblardan foydalanish;
v) boʻyash uchastkalarida hamda boʻyoqlar va erituvchilar saqlanadigan joylarda olov yoqish, kavsharlaydigan lampalar va elektr kavsharlash asboblaridan foydalanish;
g) portlashning oldini olish maqsadida bochkalar, bidonlar, sigʻimlar va ichida lok-boʻyoq materiallari mavjud boʻlgan (yoki avval solingan) idishlarning ichini gugurt yoki boshqa alanga manbalari bilan yoritish;
d) yengil alangalanuvchi suyuqliklarni ochiq idishlarda saqlash;
e) ishchi xonalarda boʻyoqlar va erituvchilardan boʻshagan idishlarni saqlash;
j) ishchi xonalarda ifloslangan va moylanib ketgan artish materiallarini ish tuganadan soʻng yigʻishtirilmagan holda qoldirish.
24-bob. Neft quvurlari va rezervuarlarini taʼmirlash ishlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
312. Yopiq sigʻimlardagi olovli ishlar faqat naryad-ruxsatnoma asosida oʻtkazilishi kerak.
313. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar saqlanadigan sigʻimlar va apparatlarda olovli ishlarni oʻtkazishdan avval ular tozalanishi, yuvilishi, bugʻlanishi, inert gazlar va siqilgan havo yordamida tozalanishi kerak. Ularda olovli ishlarni oʻtkazishda lyuklar va qopqoqlar ochiq holatda boʻlishi hamda doimiy shamollatilishi kerak. Ishlarni boshlashdan avval sigʻimlar 40°C dan oshmaydigan haroratgacha sovitilishi kerak.
314. Rezervuarda olovli ishlarni bajarish bilan bogʻliq taʼmirlash ishlarini oʻtkazishdan oldin uning tayyorligi haqida dalolatnoma rasmiylashtirilishi kerak.
315. Sigʻimlar va apparatlarga ulangan barcha kommunikatsiyalar himoya armaturasi bilan yopilgan va ajratilgan boʻlishi kerak.
Apparatni koʻrikdan oʻtkazish, tozalash yoki taʼmirlash uchun uni ochishdan oldin apparatning ichidagi bosimni atmosfera bosimigacha tushirish yoki vakuumni soʻndirish, apparat ichidan ishlab chiqarish mahsulotlarini chiqarib tashlash va uni barcha kommunikatsiyalardan tiqinlar bilan ajratish kerak. Bu haqda smena boshliqlarining jurnaliga yoki kommunikatsiyalardagi tiqinlarni olish va oʻrnatish boʻyicha maxsus jurnalga yozib qoʻyiladi.
316. Sigʻimlar va apparatlarda olovli ishlarni bajarishdan oldin ular yerga ishonchli ulanishi kerak.
317. Payvandlash apparati elektr yoyi uzilgan vaqtda boʻsh yurishini (xolostoy xod) avtomatik ravishda oʻchirish qurilmasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
318. Olovli ishlarni boshlashdan avval va har bir tanaffusdan keyin taʼmirlash ishlari oʻtkazilayotgan sigʻimlar, apparatlar, quvurlar va texnologik qurilmalardagi hamda ishlab chiqarish binosi va hududidagi havo tarkibida uglevodorod gazlari, shuningdek, sharoitdan kelib chiqib oltingugurt birikmali gazlar va boshqa shu kabi yondosh gazlar mavjudligi hamda ularning miqdori tekshirilishi kerak. Tekshirishni oʻtkazish davriyligi naryad-ruxsatnomaga asosan belgilanadi. Agar hududda yoki texnologik qurilmada yonuvchi gazlar hamda bugʻlarning miqdori ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiyadan oshib ketgan holatlarda taʼmirlash ishlarini zudlik bilan toʻxtatish kerak.
319. Ish bajaruvchilarning sigʻimlarga tushishi va chiqishi uchun uchqun chiqarmaydigan materialdan tayyorlangan narvonlardan foydalanish kerak.
320. Quvurlar, rezeruvarlar va boshqa texnologik qurilmalarda taʼmirlash va olovli ishlarni oʻtkazish uchun gazlardan tozalashda neft mahsulotlari bugʻlarining xavfsiz konsentratsiyasi taʼminlangan boʻlishi kerak.
321. Qurilmalarda nosozliklar aniqlanganda ishchilarni sodir boʻlishi mumkin boʻlgan portlash va yongʻinlardan himoya qilish boʻyicha birinchi navbatdagi choralar koʻrilishi, shuningdek, neft mahsulotlari tarqalishini cheklash choralari koʻrilishi kerak.
322. Payvandlash uskunalari oʻrnatilgan olovli ishlarni oʻtkazish joylari va maydonchalarda quyidagi yongʻin xavfsizligi choralari koʻrilgan boʻlishi shart:
a) ushbu ishlarni oʻtkazish joylariga yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlar bugʻlarining tarqalishi butunlay bartaraf etilgan boʻlishi kerak;
b) obyektlardagi payvandlash va kesish ishlari oʻtkaziladigan joylarning konstruksiyalari yonadigan materiallardan ishlangan boʻlsa, ular yonmaydigan yaxlit toʻsiqlar bilan toʻsib qoʻyilishi kerak. Bunda toʻsiqning balandligi 1,8 m dan kam boʻlmasligi, toʻsiq va yer oraligʻi 0,05 m dan oshmasligi kerak. Qizigan choʻgʻlarning tarqalishini cheklash uchun yuqoridagi oraliqlar oʻlchami 0,001 x 0,001 m dan kam boʻlmagan yonmaydigan sim toʻrlar bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
323. Quyidagi masofalardan yaqin boʻlmagan holatlarda obyekt hududida ochiq olovdan foydalanib taʼmirlash ishlarini bajarishga ruxsat beriladi:
a) toʻkish-quyish estakadalaridan quyish va toʻkish jarayonlarini bajarishda — 100 m, ushbu jarayonlar bajarilmayotgan vaqtda — 50 m;
b) gaz kompressorli apparatlar, gazgolderlar, rezervuarlar parklari va yengil alangalanuvchi suyuqliklar boʻlgan alohida rezervuarlardan — 40 m;
v) kanalizatsiya quduqlari va oqib tushish joylaridan, surilma qopqoqlar uzellari va yonuvchi mahsulot sizib chiqishi mumkin boʻlgan joylardan — 20 m. Kanalizatsiya quduqlari va oqib tushish joylari koʻrsatilgan masofadan yaqinda joylashganda quduqlarning qopqoqlarini qalinligi 5 sm boʻlgan tuproq qatlami bilan koʻmib tashlash kerak.
VI boʻlim. Obyektlar uchun yongʻin xavfsizligi qoidalari
25-bob. Odamlar kunu tun boʻladigan obyektlarga va turar joylarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
324. Shaharsozlik normalari va qoidalarida nazarda tutilgan talablardan tashqari yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylarning turar joylarida, yotoqxonalarning yashash xonalarida, joylashtirish vositalari nomerlarida yongʻin, portlash va yongʻin-portlash xavfi boʻlgan modda va materiallar ishlatiladigan va saqlanadigan turli ishlab chiqarish va omborxonalarni tashkil etish taqiqlanadi, shu jumladan, ulardan foydalanish maqsadlari oʻzgarganda ham (ijaraga berilishida ham).
325. Yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylarning turar joylarida 10 L gacha boʻlgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni yopiq idishda saqlashga (foydalanishga) ruxsat beriladi. 3 L dan ortiq boʻlgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar yonmaydigan va sinmaydigan idishlarda saqlanish lozim.
326. Yonuvchi gaz bilan toʻldirilgan ballonlarni, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylarning turar joylarining evakuatsiya yoʻllarida, sokol qavatlarida, yertoʻla va chordoqlarida saqlashga ruxsat berilmaydi.
327. Oshxonadagi va boshqa maishiy gaz uskunalarini gaz bilan taʼminlaydigan gaz ballonli qurilmalar (alohida ballonlar) gaz taʼminoti tashkilotlarining loyihalariga (chizmalariga) muvofiq oʻrnatilishi hamda ulardan Bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish qoidalari talablariga asosan foydalanish lozim.
328. Dala hovli uylaridan uzoq vaqt foydalanilmaganda, ularning elektr taʼminoti oʻchirilishi va gaz ballonlarining joʻmraklari (klapanlari) mustahkam yopilishi kerak.
329. Tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalik yashashga moʻljallangan joylashtirish vositalarida, yongʻin xavfsizligi qoidalari aks ettirilgan eslatmalar (yoʻriqnomalar) ushbu Qoidalarga 12-ilovaga muvofiq bir nechta tillarda ishlab chiqilishi lozim.
330. Joylashtirish vositalarida tashrif buyuruvchilar yongʻin xavfsizligi qoidalari bilan (imzo qoʻydirish orqali) tanishtirilishi kerak.
Tashrif buyuruvchilarni yongʻin xavfsizligi qoidalari bilan videoroliklar orqali tanishtirish yoʻlga qoʻyilgan taqdirda, imzo qoʻydirish talab etilmaydi.
331. Joylashtirish vositalari nomerlarida (“elektron qulf” tizimi bilan jihozlangan nomerlar bundan mustasno) isitish moslamalaridan (suv qaynatish va elektr isitish moslamasi, elektr choynaklar, dazmol va boshqalardan) foydalanish taqiqlanadi.
Ushbu ishlar uchun maʼmuriyat tomonidan alohida xona ajratilishi lozim.
332. Joylashtirish vositalarining yashashga moʻljallangan qavatlarida omborxona, ofis va boshqalarni joylashtirishga ruxsat etilmaydi.
333. Tungi vaqtda odamlar boʻladigan ijtimoiy obyektlarda (maktab-internat, bolalar uylari, nogironligi boʻlgan shaxslar va qariyalar uylari, shifoxonalar, sanatoriy, yozgi dam olish oromgohlari va boshqalar) xodimlarning kunu tunlik navbatchiligi tashkil etilishi lozim. Navbatchilikda turgan xodimda doimo barcha evakuatsiya eshiklari qulflarining kalitlar toʻplami boʻlishi, kalitlarning ikkinchi toʻplami navbatchililar xonasida saqlanishi lozim.
(333-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Toʻplamlardagi har bir kalitda qaysi eshikdagi qulfga taalluqliligi yuzasidan yozuvlari boʻlishi kerak.
Tungi vaqtdagi navbatchi (qorovul) shahar telefon tarmogʻiga ulangan telefon apparati mavjud boʻlgan xonada boʻlishi kerak, ularga uxlash va obyekt hududini tark etishga ruxsat etilmaydi.
Bino qavatlarining yoʻlaklarida, xollarda va boshqa evakuatsiya yoʻllarida jihozlarni joylashtirish taqiqlanadi.
334. Har bir yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylarning turar joylarida oʻt oʻchirgich boʻlishi tavsiya etiladi.
Koʻp kvartirali uylarga oʻrnatilgan yongʻin avtomatikasi tizimlarini (avtomatik yongʻin signalizatsiyasi, yongʻindan xabardor va evakuatsiya qilish, tutunga qarshi shamollatish tizimlari hamda avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari va boshqa avtomatik yongʻinga qarshi himoya texnik uskunalarini) ishchi holatda saqlab turish uchun koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari shtatida yongʻin xavfsizligi boʻyicha kamida bir nafar mutaxassis boʻlishi lozim.
(334-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2026-y., 07/26/48/0119-son)
26-bob. Sogʻlomlashtirish muassasalari va dam olish uylariga (bazalariga) qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
335. Sogʻlomlashtirish muassasasi va dam olish uyi (bazasi), shuningdek, bolalarning yozgi dam olish oromgohi rahbari mavsum boshlanishidan oldin mahalliy Davlat yongʻin nazorati organlari vakilining ishtirokida muassasaning yongʻinga qarshi holatini oʻrganib chiqishi hamda aniqlangan yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishi holatlarini bartaraf etish choralarini koʻrishi shart.
336. Sogʻlomlashtirish muassasasi, dam olish uyi (bazasi) va bolalarning yozgi dam olish oromgohi rahbari obyekt hududidagi barcha binolar, odamlar yashash joylari (yashash uylari, palatkalar va boshqalar), xoʻjalik binolari (ovqat tayyorlash, koʻchma elektr stansiyalar va boshqalar) maʼmuriy va maishiy xizmatlar, savdo shoxobchalari, tashqi yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimlari, gulxanlar yoqish joylari, avtoturargohlar va boshqa binolar koʻrsatilgan yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini va obyektlarning umumiy chizmasi ishlab chiqilishini taʼminlashga majbur.
Ishlab chiqilgan chizmalar obyekt hududiga kirish darvozasi oldiga (agar bir nechta kirish darvozasi mavjud boʻlsa har biriga) koʻrinarli joyga oʻrnatilishi shart.
337. Yongʻin sodir boʻlganda bolalarni va mol-mulkni qutqarish rejalari oromgohlar va sogʻlomlashtirish muassasalarining barcha xizmat koʻrsatuvchi ishchi-xizmatchilari bilan bolalarni qabul qilishdan oldin va har bir smenadan soʻng amaliy tarzda oʻrganilishi kerak.
338. Sogʻlomlashtirish muassasalari, dam olish uylari (bazalari) va bolalarning yozgi dam olish oromgohlarining hududiga yongʻin oʻchirish avtomobillari kirib-chiqishi uchun 2 tadan kam boʻlmagan darvozalar boʻlishi kerak.
339. Sogʻlomlashtirish muassasalari va bolalarning yozgi dam olish oromgohlari hududidagi yoʻllar va yoʻlaklar yongʻinga qarshi maqsadda aylanma shaklda boʻlishi kerak.
340. Qishloq joylardagi eng yaqin yongʻin-qutqaruv boʻlinmasigacha 3000 m dan ortiq masofada joylashgan dam olish uylari (bazalari) va boshqa sogʻlomlashtirish muassasalari yongʻin oʻchirish motopompasi yoki yongʻin oʻchirishga moslashtirilgan (qayta jihozlangan) texnika va anjomlar bilan taʼminlanishi kerak.
341. Sogʻlomlashtirish muassasalari, dam olish uylari (bazalari) va bolalar yozgi dam olish oromgohlari hududida yongʻin oʻchirish motopompasi hamda boshqa yongʻin oʻchirish jihozlari va texnikalarini saqlash uchun 20 — 30 m2 maydonga ega boʻlgan alohida bino qurilgan boʻlishi lozim.
342. Sogʻlomlashtirish muassasalari va bolalar yozgi dam olish oromgohlari hududida balandligi 10 m gacha boʻlgan binolar tashqi yongʻinga qarshi tirkagich narvonlar bilan taʼminlanishi kerak.
Tirkagich narvonlar maxsus ajratilgan joylarda saqlanishi lozim.
343. Sogʻlomlashtirish muassasalari va bolalar yozgi dam olish oromgohlari hududidagi balandligi 10 m dan yuqori boʻlgan binolarga temirdan ishlangan tashqi yongʻinga qarshi narvonlar oʻrnatilishi lozim. Ushbu narvonlar yer ustidan 1,5 — 1,8 m balandlikdan boshlanishi kerak.
344. Qiyin yonuvchi va yonuvchi bostirmali yotoqxonalarnig ostki qismida omborxonalar va boshqa moddiy boyliklarni saqlash uchun yordamchi xonalar tashkil etish taqiqlanadi.
345. Bolalarni joylashtirish uchun moʻljallangan palatkalarga har yili olovdan himoya qilish tarkibi bilan ishlov berilishi lozim.
346. Guruhlar joylashtirilgan pavilyonlar xonalari oʻrtasida olovga bardoshlik chegarasi 0,75 soatdan (45 min dan) kam boʻlmagan yonmaydigan devorlar va olovga bardoshlik chegarasi 0,6 soatdan (36 min dan) kam boʻlmagan eshiklar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Yotoqxonalar, oshxona va ommaviy madaniy tadbirlarni oʻtkazish xonalari olovga bardoshli devorlar bilan ajratilishi lozim.
347. Bolalar yozgi dam olish oromgohlarining koʻp qavatli binolarida kichik yoshdagi bolalarni birinchi qavatlarda joylashtirish lozim.
348. Xonalardagi stol, stul va karavotlar chiqish yoʻlaklarini toʻsib qoʻymasligini hisobga olgan holda joylashtirilishi kerak.
349. Bolalar uchun gulxanlarni yoqish faqat maxsus tayyorlangan va binolardan 100 m uzoqlikda joylashgan maydonlarda ruxsat etiladi. Shamolli ob-havo sharoitida gulxan yoqish taqiqlanadi.
350. Bayram tugagandan soʻng gulxanni suv bilan oʻchirish va shundan soʻng tuproq bilan koʻmib tashlash kerak.
351. Elektr yoritish tarmoqlari boʻlmagan bostirma, ombor, chordoq, yertoʻla va boshqa joylarga kirganda qoʻl elektr fonaridan foydalanish lozim, bunday vaziyatlarda gugurt, sham va boshqa ochiq olov manbalaridan foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi.
352. Sogʻlomlashtirish muassasalari, dam olish uylari (bazalari) va bolalarning yozgi dam olish oromgohlarida mavjud olovga bardoshliligi IV va V-darajali boʻlgan yotoqxona, oshxonalar va klublar binolari yashindan himoya qiluvchi moslamalar bilan jihozlanishi kerak.
353. Barcha yotoqxonalar, zallar, foye, vestibyul, yoʻlaklar, zinapoyalar, oshxonalar markazlashtirilgan holda yongʻin haqida xabar berish moslamasi bilan taʼminlanishi lozim. Agar yongʻin haqida xabar berish maqsadida radioeshittirish tarmogʻidan foydalaniladigan boʻlsa, kunu tun ishlaydigan reproduktorlar (radio karnaylar) oʻrnatilishi kerak.
354. Sogʻlomlashtirish muassasalari, dam olish uylari (bazalari) va bolalar yozgi dam olish oromgohlarida yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari bilan telefon aloqasi oʻrnatiligan boʻlishi lozim. Istisno tariqasida yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri telefon aloqa vositasi mavjud boʻlgan dispetcherlik xizmati bilan kunu tun ratsiya orqali aloqa oʻrnatishga ruxsat etiladi.
Sogʻlomlashtirish muassasalari va bolalar yozgi dam olish oromgohlari hududida yongʻin yoki boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda xavfni bildiruvchi signal beruvchi moslamalar oʻrnatilgan boʻlish kerak.
355. Oʻrmon massivlarida yoki bevosita ularning yaqinida joylashgan sogʻlomlashtirish muassasalari va dam olish uylari (bazalari), shuningdek, bolalarning yozgi dam olish oromgohlari hududida yongʻin tarqalishining oldini olish choralari koʻrilishi lozim (oʻrmon massivlari tomonidan perimetri boʻylab kengligi 3 m dan kam boʻlmagan madanlashtirilgan himoya yoʻli boʻlishi kerak).
356. Sogʻlomlashtirish muassasalari, dam olish uylari (bazalari) va bolalar yozgi dam olish oromgohlari hududlarida mushakbozlik qilish va pirotexnika buyumlaridan foydalanish belilangan tartibda amalga oshirilishi lozim.
357. Sogʻlomlashtirish muassasalari, dam olish uylari (bazalari) va bolalar yozgi dam olish oromgohlari hududida shaxsiy avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarini tashkil etish taqiqlanadi. Ushbu obyektlarga tegishli boʻlgan xoʻjalik ishlarida foydalaniladigan avtotransport vositalari maishiy-xizmat hududlaridagi garajlarda saqlanishi kerak.
27-bob. Koʻrgazmalar, bozorlar, yarmarkalar, umumiy ovqatlanish va savdo obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
1-§. Umumiy qoidalar
358. Koʻrgazmalar, bozorlar, yarmarkalar, umumiy ovqatlanish va savdo obyektlarida (keyingi oʻrinlarda — savdo obyektlari) quyidagilar taqiqlanadi:
a) mijozlar savdo zallarida boʻlganda olovli ishlarni olib borish;
b) agar savdo obyektlari yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarni (shu jumladan, gaz toʻldirilgan ballonlar, lok-boʻyoq materiallari, suyultiruvchilar, aerozol idishdagi tovarlar), porox, kapsyulalar, oʻq-dori, pirotexnik va boshqa portlovchi buyumlarning savdosi bilan shugʻullanishga moslashtirilmagan boʻlsa, savdo qilish;
v) yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar, yonuvchi gazlar hamda pirotexnik buyumlar bilan savdo qilish boʻlimlari va seksiyalarni binoning evakuatsiya yoʻllaridagi barcha eshiklar, zina kataklari va boshqa evakuatsiya chiqish joylaridan 4 m dan kam boʻlgan masofada joylashtirish;
g) savdo zallarida yonuvchi gazlar bilan toʻldirilgan ballonlarni oʻrnatish;
d) zina kataklari oldidagi maydonchalarda, tambur, xoll, vestibyul, yoʻlaklar va boshqa evakuatsiya yoʻllarida savdo-sotiq bilan shugʻullanish, savdo va oʻyin apparatlarini joylashtirish (oʻrnatish).
359. Savdo zallarida va evakuatsiya yoʻllarida yonuvchi moddalar, chiqindilar, qadoqlar (mahsulotlar oʻraladigan yoki solinadigan qop, yashik, karton va hokazo) va konteynerlarni vaqtincha saqlash taqiqlanadi.
360. Yonuvchi yoki yonmaydigan tovar mahsulotlarini yonadigan qadoqlarda, deraza (tuynuk) yoki tutun tortish tizimi mavjud boʻlmagan xonalarda saqlash taqiqlanadi.
361. Yarim tayyor mahsulotlarni idishsiz (qadoqsiz) koʻtarib-tushirish uchun moʻljallangan shaxtali yuklash koʻtargichlar tuynuklari faqat ularni yuklash davrida ochiladigan zaslonkalar bilan taʼminlanishi lozim.
362. Savdo maydonlarida odamlarning ommaviy boʻlishi bilan bogʻliq savdo-sotiq, aksiyalar va boshqa shu kabi tadbirlarni oʻtkazishni tashkil etuvchi masʼullar yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrishi, shu jumladan, savdo maydonlariga tashrif buyuruvchilarni loyihada nazarda tutilgan sonidan oshib ketishini cheklashga, shuningdek, ularning bajarilishi uchun javobgar shaxslarni tayinlashga majbur.
363. Ish jarayonida (vaqtida) evakuatsiya yoʻllarida va oʻtish joylarida yuk va tovarlarni ortish (tushirish) taqiqlanadi.
364. Ish jarayonida (vaqtida) yuklarni qabul qilish va olib chiqish ishlari savdo obyektlarining (binolarning) orqa tomonidan xaridorlarning savdo obyektlarida (binolarida) harakatlanishiga va chiqishiga xalaqit bermagan holda amalga oshirilishi lozim.
365. Har birining hajmi 1 L dan oshadigan shisha idishlarga qadoqlangan maishiy kimyo vositalari, lok, boʻyoqlar va boshqa yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar, shuningdek, “Yongʻin xavfi mavjud”, “Ochiq olov yaqinida sepilmasin” ogohlantiruvchi yozuvlari boʻlmagan yongʻin chiqish xavfi mavjud boʻlgan tovar va mahsulotlarni sotish taqiqlanadi.
366. Yongʻin chiqish xavfi mavjud boʻlgan mahsulotlarni qadoqlash ishlari faqat ushbu maqsad uchun moʻljallangan maxsus xonalarda amalga oshirilishi lozim.
367. Savdo obyektlarining binolarida (pavilyonlarida) muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan va ishlab chiqaruvchining foydalanish qoidalariga rioya qilgan holda moyli elektrradiatorlar va elektrokalorifer isitish uskunalaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
368. Elektr isitgichlardan doimiy ravishda yonmaydigan tagliklarga oʻrnatilgan holda foydalanish lozim. Isitish qurilmasining issiqlik tarqatish (qizish) yuzasi yonuvchan materiallar hamda bino (inshootlar) konstruksiyalaridan kamida 0,5 m uzoqlikda boʻlishi lozim.
369. Kerosin va boshqa yonuvchi suyuqliklarni idishlarga quyish yoʻli bilan savdo qilish hamda ularni saqlash faqat devorlari, shu jumladan, pol qismi yonmaydigan materiallardan ishlangan xonalarda amalga oshirilishiga ruxsat beriladi. Avariya holatida yonuvchi suyuqliklar tarqalishining oldini olish maqsadida ushbu xonalarning pol sathi qoʻshni xonalarning pol sathidan past boʻlishi lozim. Ushbu binolarda isitish pechlaridan foydalanish taqiqlanadi.
370. Kerosin va boshqa yonuvchi suyuqliklar solingan sigʻimlar (rezervuar, bochka) oʻrnatilgan (saqlanayotgan) omborlar bilan savdo zallari oraligʻi yongʻinga qarshi devorlar bilan ajratilishi lozim. Sigʻimlarning hajmi 5 m3 dan yuqori boʻlishi mumkin emas.
371. Rezervuardan tarqatish sigʻimlariga yonuvchi suyuqliklarni uzatib beruvchi quvurlar statsionar qotirilgan boʻlishi va ularni tarqatish sigʻimlariga ulangan joylari joʻmraklar bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Tarqatish sigʻimlarining hajmi 100 L gacha boʻlishi kerak. Quvurlar va tarqatish sigʻimlari kamida ikkita joydan yerga ulangan boʻlishi lozim. Yerga ulanishning ishonchliligi elektr qarshilikni oʻlchash yoʻli bilan kamida 1 yilda bir marta tekshirilishi kerak.
372. Kerosinni tarqatish peshtaxtasi (rastasi) yonmaydigan va zarbadan uchqun chiqishini istisno etadigan materialdan qoplangan boʻlishi lozim.
373. Kerosin savdosi amalga oshirilayotgan binolarda (inshootlarda) qadoqlash materiallarini (payraxa, somon, qogʻoz va boshqalarni) saqlash taqiqlanadi.
374. Kerosin va boshqa yonuvchi suyuqliklardan boʻshatilgan (boʻshagan) idishlar faqat maxsus ajratilgan maydonlarda saqlanish lozim.
2-§. Yarmarkalar, bozorlar va koʻrgazmalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
375. Ochiq maydonlarda yoki binolarda (inshootlarda) belgilangan tartibda tashkil etilgan kiyim bozorlarida tashkilot rahbari quyidagi yongʻin xavfsizligi talablari bajarilishini taʼminlaydi:
a) evakuatsiya yoʻllariga olib boruvchi yoʻlaklar va oʻtish joylaridagi savdo rastalarning oʻtish qatorlarining kengligi 2 m dan kam boʻlmasligini;
b) savdo qatorlarining har 30 m dan soʻng kengligi kamida 1,4 m boʻlgan koʻndalang yoʻlaklar boʻlishini.
376. Yarmarkalar va bozorlarda yongʻin sodir boʻlganda odamlarni va moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish, binolarni va hududni tark etish rejalari (sxemasi) hamda xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning majburiyatlari ishlab chiqilishi lozim.
Yongʻin sodir boʻlganda fuqarolarga xabar berish va ularni evakuatsiya qilish boʻyicha tovushli xabar berish moslamalarini yoqish va ishlatish tartibi hamda xabar berish matni yarmarka va bozorlar rahbariyati tomonidan ishlab chiqiladi.
377. Yarmarka va bozorlar hududiga yongʻin-qutqaruv avtomobillari kirib-chiqishi uchun kengligi 5 m dan kam boʻlmagan darvoza boʻlishi kerak. Agar ushbu obyektlar hududi bir gektardan oshiq boʻlsa, hudud relyefiga qarab bir nechta kirish joylari tashkil etilishi mumkin, lekin ularning soni kamida ikkita boʻlishi lozim. Yarmarka va bozorlarning ish vaqtida ularning hududlariga kirish darvozalari va ularga borish yoʻllari doimo ochiq boʻlishi lozim.
378. Yarmarka va bozorlarda savdo rastalari, binolar, inshootlar, omborlar, yongʻinga qarshi suv manbalarining joylashuvi, ularga yongʻin-qutqaruv avtomobillarini olib boruvchi yoʻllar, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari oʻrnatilgan joylar, shuningdek, xaridorlarning yurish va oʻtish yoʻlaklari koʻrsatilgan sxemalar ishlab chiqilgan boʻlishi kerak.
379. Yarmarka va bozorlarning maxsus ajratilgan hududlarida har bir gʻuruhda 10 tadan avtomobillar va ularning tirkamalari hamda 20 tadan savdo palatkalarini oʻrnatishga ruxsat beriladi. Bunda ularning umumiy maydoni 160 m2 dan oshmasligi kerak.
380. Transport vositalari koʻrgazmalari oʻtkaziladigan binolarda (inshootlarda) va ochiq maydonlarda quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
a) transport vositalarini joylashtirish tartibini buzish;
b) transport vositalari orasidagi masofani, shuningdek, ulardan binolargacha (inshootlargacha) belgilangan masofani qisqartirish;
v) chiqish darvozalarini toʻsib quyish;
g) binolarda transport vositalariga yonilgʻi va moylarni quyish hamda ularni toʻkib olish;
d) transport vositalarini yonilgʻi baklarining qopqoqlarini (ogʻzini) ochiq holda saqlash;
e) binoda (inshootda) boʻlgan transport vositalarining akkumulyatorlarini ularning oʻzida (yechib olmasdan) zaryadlash;
yo) transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish.
3-§. Oʻq-dorilar va pirotexnika buyumlarini sotish va saqlashga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
381. Oʻq-dorilar (porox, kapsyulalar, patronlar), pirotexnika va boshqa portlovchi buyumlar savdosi maxsus doʻkonlarda amalga oshirilishi lozim.
Ushbu buyumlar savdosi uchun ixtisoslashtirilmagan binolarda (inshootlarda) maxsus savdo doʻkonlarini joylashtirish taqiqlanadi.
382. Bitta savdo maydonida qurol-yarogʻ va ularga tegishli patronlarni boshqa tovarlar bilan birlashgan holda sotish taqiqlanadi. Sport, ov va baliq ovlash aksessuarlari va qurol uchun ehtiyot qismlar bundan mustasno.
383. Oʻq-dori va pirotexnika buyumlari boshqa binolardan (inshootlardan) yongʻinga qarshi devorlar bilan ajratilgan xonalarga oʻrnatilgan metall shkaflarda saqlanishi lozim.
Ushbu metall shkaflarni yertoʻlalarda joylashtirish taqiqlanadi.
384. Oʻq-dori va pirotexnika buyumlarini, porox hamda kapsyulalarni yoki patronlarni bitta shkafda (seyfda) birga saqlash taqiqlanadi. Savdo doʻkonlaridagi (shu jumladan, doʻkonlarning omborxonasidagi) pirotexnika buyumlarning umumiy vazni 50 kg dan oshmasligi lozim.
385. Savdo doʻkonida (shu jumladan, doʻkon omborxonasida) 50 kg tutunli yoki 50 kg tutunsiz poroxni saqlash mumkin.
386. Poroxni faqat ishlab chiqaruvchi tomonidan qadoqlangan idishlarda sotish mumkin.
387. Savdo obyektlarida kuyidagilar taqiqlanadi:
a) pirotexnika buyumlarini ulardan foydalanish yoʻriqnomasisiz sotish;
b) pirotexnika buyumlarini ishlab chiqaruvchi tomonidan qadoqlangan idishlardan boshqalarida sotish;
v) pirotexnika buyumlarini xaridorlar uchun oson olish mumkin boʻlgan joylarda saqlash;
g) pirotexnika buyumlarini yongʻin xavfsizligi talablariga javob bermaydigan bino va inshootlarda saqlash.
388. Pirotexnika buyumlaridan foydalanish yoʻriqnomalarida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish yuzasidan koʻrsatmalar boʻlishi lozim. Isteʼmolchi uchun maʼlumotlarning mazmuni pirotexnika buyumlarining xavflilik darajasiga mos kelishi kerak.
389. Pirotexnika buyumlarining xavflilik darajasi akkreditatsiyalangan laboratoriya tomonidan oʻtkazilgan sinovlar natijalari bilan tasdiqlanishi lozim. Sinov natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar (muvofiqlik sertifikati, sinov bayonnomasi yoki ularning nusxalari) sotuvchilarda saqlanishi kerak.
28-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
390. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining binolarida, shuningdek, ommaviy tadbirlar (tomosha) oʻtkaziladigan xonalarda kamida ikkita evakuatsiya eshiklari boʻlishi kerak.
391. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida quyidagilar taqiqlanadi:
a) binoni yengil alangalanuvchi materiallar bilan qoplash (somon, payraxa, qamish, poligal, leksan va shu kabilar);
b) yogʻochli binolarning mansarda (chordoq) xonalarida bolalarni joylashtirish;
v) yogʻochdan qurilgan binolarda kir yuvish xonalari va oshxonalarni joylashtirish;
g) yotoqxonalar va guruhlar xonalarining ostki qismida gaz asboblarini oʻrnatish;
d) yogʻochdan va boshqa yonuvchi materiallardan qurilgan binolarda 50 va undan ortiq bolalarni joylashtirish;
e) bolalar joylashgan binolarning xonalarida pechlarni yoqish, sham, kerosin lampalar, ochiq olovdan foydalanish imkonini beruvchi qurilmalar va elektr isitish asboblaridan foydalanish.
392. Kichik yoshdagi (yasli) guruhlardagi bolalarni binolarning pastki qavatlarida joylashtirish lozim.
393. Guruhlar xonalariga toʻshalgan gilamlar, gilam poyandozlar va boshqa qoplamalar polga mustahkam qotirilgan boʻlishi kerak.
394. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining xodimlari, bolalarga yongʻin xavfsizligi qoidalarini va yongʻin sodir boʻlganda harakat qilish tartibini maxsus dasturlarga muvofiq oʻrgatishlari shart.
29-bob. Maʼmuriy binolar, ilmiy va taʼlim obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
395. Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻlgan modda va materiallarni qoʻllash bilan bogʻliq tajriba (sinov) qurilmalarida ishlarni bajarishga faqat obyekt rahbarining buyrugʻi bilan tayinlangan komissiya tomonidan ushbu qurilma foydalanishga qabul qilinganidan soʻng ruxsat beriladi.
396. Tajriba ishlari rahbari (masʼul ijrochi) tadqiqotlar olib borishda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrishi kerak.
397. Laboratoriya va boshqa xonalarda bir smena ehtiyojidan ortiq boʻlmagan miqdorda yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni saqlash mumkin. Suyuqliklarni xonaga olib kelish yopiq, xavfsiz idishda amalga oshirilishi lozim.
398. Havo tortish shkafida bajarilayotgan ishlarga daxldor (taalluqli) boʻlmagan materiallar va uskunalar mavjud boʻlsa, shuningdek, shamollatish tizimi oʻchirilganda va uning nosozligida ushbu shkafda ishlash taqiqlanadi.
Stoldan suyuqliklar oqib ketmasligini taʼminlovchi qirralar (bortiklar) soz holda boʻlishi kerak.
399. Ishlatib boʻlingan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar ish vaqti tugagandan soʻng maxsus berkitiladigan idishga yigʻilishi hamda utilizatsiya qilish uchun laboratoriya xonasidan olib chiqilishi lozim.
Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni kanalizatsiyaga toʻkish taqiqlanadi.
400. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar solib ishlatilgan idishlar tajriba tugaganidan soʻng yongʻin xavfi boʻlmagan eritmalar bilan yuvilishi kerak.
401. Maktab binolari oʻquv mavsumi boshlanishidan oldin maxsus tayinlangan komissiya tomonidan qabul qilinishi va ushbu komissiya tarkibiga davlat yongʻin nazorati organining mansabdor shaxsi kiritilishi kerak.
402. Oʻquv va xizmat xonalarida faqat oʻqitish jarayoniga taalluqli boʻlgan mebel, uskuna, andaza, asboblar, buyumlar, qoʻllanmalar va boshqa koʻrgazmali oʻquv qurollarini saqlash kerak.
403. Sinf va oʻquv xonalaridagi partalarning (stollarning) soni, loyihalash meʼyorlarida belgilangan sonidan oshmasligi kerak.
404. Oʻquvchi va talabalar bilan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishda, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklardan turmushda foydalanishda yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish yuzasidan mashgʻulotlar (suhbatlar) oʻtkazilishi lozim.
405. Mashgʻulotlar tugagandan soʻng oʻquv xonalari, ustaxona va laboratoriyalardan barcha yongʻin hamda yongʻin-portlash xavfi boʻlgan modda va materiallarni maxsus jihozlangan omborxonalarga olib chiqib joylashtirish kerak.
Yongʻin hamda yongʻin-portlash xavfi boʻlgan modda va materiallarni maxsus jihozlangan omborxonalarda saqlash, ushbu modda va materiallarning fizik-kimyoviy, portlash va yonish xususiyatlariga muvofiq ularning birxilligi (oʻxshashligi) nuqtai nazaridan kelib chiqqan xolda amalga oshiriladi.
406. Arxiv saqlovxonalari metall shkaflar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Yonish xususiyatini pasaytiruvchi birikma bilan ishlov berilgan yogʻoch shkaflardan foydalanishga ruxsat etiladi. Ishlov berilgan sana va uning amal qilish muddatini koʻrsatgan holda ushbu ishni bajargan tashkilotning tegishli dalolatnomasi ramiylashtirilishi kerak. Arxiv hujjatlarini saqlovxonaning polida saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
407. Hujjatlarni saqlash uchun stellaj, shkaflar va boshqa jihozlarni binoning tashqi devorlariga yaqin masofada hamda isitish asboblari, elektr yoritkichlar va boshqa elektr isitish moslamalaridan 0,5 m dan yaqin masofada joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
30-bob. Madaniy-maʼrifiy, tomosha va sport obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
1-§. Umumiy qoidalar
408. Chet el tashkilotlari bilan gastrol, tomoshalar va koʻrgazmalarni tashkil etish yuzasidan tuziladigan shartnomalarda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablar belgilanishi shart.
409. Muzeylar va rasmlar galereyalari uchun koʻrgazma eksponatlari va boshqa qimmatbaho buyumlarni evakuatsiya qilish rejalari, sirk va hayvonot bogʻlari uchun hayvonlarni evakuatsiya qilish rejalari ishlab chiqilgan boʻlishi shart.
410. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishdan oldin barcha madaniy-maʼrifiy, tomosha va sport obyektlarining yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi belgilangan tartibda tashkil etiladigan ommaviy tadbirlarni oʻtkazishni nazorat qiluvchi komissiyasining ishchi guruhlari tomonidan tekshirib chiqilishi shart.
411. Tomosha zallari va tribunalardagi oʻrindiqlar qatorlari boʻyicha bir-biriga ulangan va polga mahkam oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Lojalardagi oʻrindiqlar soni 12 tadan koʻp boʻlmasa hamda alohida chiqish eshiklari boʻlsa, ulardagi kreslolarni (stullarni) mahkamlash shart emas.
Raqs kechalari oʻtkazishga moʻljallangan tomosha zallarida oʻrindiqlar soni 200 tadan ortiq boʻlmasa, oʻrindiqlarni har bir qatorda biri biriga oʻzaro mahkamlanishi sharti bilan polga mahkamlamaslikka ruxsat etiladi.
412. Sahnadagi yogʻoch qurilmalar (dekoratsiyalarni mahkamlash va koʻtarish-tushirish uchun sahna tepasidagi panjaralar (kolosnik), osma koʻpriklar, ishchi galereyalar va shu kabilar), binoning chordoqlari, yonuvchi dekoratsiyalar, sahna va koʻrgazma bezaklari hamda tomosha va ekspozitsiya zallari, foye, bufet devorlariga qoplanadigan matolarga (drapirovkaga) yonish xususiyatini pasaytiruvchi birikma bilan ishlov berilishi lozim. Obyektda ushbu ishlar qaysi tashkilot tomonidan, qachon bajarilganligi (sanasi) va amal qilish muddati koʻrsatilgan dalolatnoma boʻlishi shart.
413. Teatr va tomosha muassasalarining sahna qismida bir vaqtning oʻzida 2 tadan ortiq boʻlmagan spektaklga moʻljallangan dekoratsiya, sahna jihozlari turishiga ruxsat beriladi. Dekoratsiyalarni, butaforiya, yogʻochli dastgohlar va boshqa mol-mulkni tryumlarda, kolosnikda, ishchi maydonlarda (galereya), zinapoyalar maydonchalari va ularning ostki qismida hamda tomoshabinlar zalining ostki qismida joylashgan yertoʻlada saqlash taqiqlanadi.
414. Sahna asari sahnaning atrofida qoʻyilganda 1 m kenglikdagi yoʻlak qoldirilishi shart. Qorongʻilashtirilgan sahna tomoshalarini qoʻyish vaqtida yoʻlaklarning yoritilishi pol qismidagi elektr chiroqlari orqali amalga oshirilishi lozim.
Spektakl tugagandan soʻng barcha dekoratsiya va butaforiyalar qisimlarga boʻlinib, sahnadan olinishi va maxsus omborxonalarda saqlanishi kerak. Dekoratsiya va butaforiyalarni saqlash omborlarida kengligi 1,5 m dan kam boʻlmagan yoʻlaklar qoldirilishi kerak.
415. Sahnada chekish, ochiq olovdan foydalanish (mashʼala, sham, qandil va shu kabilar), yoyli projektorlardan, mushaklar (feyerverk) va boshqa turdagi olovli effektlardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
416. Sahna yuzasiga yongʻinga qarshi pardaning tushish joyini koʻrsatuvchi qizil rangli chiziq chizilgan boʻlishi kerak. Sahna jihozlari va dekoratsiyalar ushbu chiziqdan chiqib ketmasligi lozim.
417. Spektakllar (repetitsiyalar) tugagandan soʻng yongʻinga qarshi parda tushirib qoʻyilishi kerak. Yongʻinga qarshi parda sahna yuzasiga qumli zatvor (elastik yostiqcha) yordamida zich yopilishi kerak. Koʻtarib-tushiruvchi mexanizmning tushirish tezligi 0,2 m/c dan kam boʻlmagan xolda ishlashga toʻgʻrilangan boʻlishi kerak.
418. Qishki mavsumda tutun tortish tizimining klapanlari issiq holda tutilishi kerak va har 10 kunda bir marta tekshirilib turilishi shart. Tekshiruv natijalari maxsus jurnalda qayd etilishi lozim.
419. Pirotexnika mahsulotlaridan foydalanish va ularni saqlash maxsus qoidalar talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Ularni qoʻlbola usulda tayyorlash hamda tomosha muassasalarida, xonalarda va stadion tribunalarida, madaniyat va istirohat bogʻlarida va odamlar ommaviy boʻladigan boshqa obyektlarda saqlash taqiqlanadi.
420. Ochiq maydonda maxsus olovli effektlarni oʻtkazish zarurati tugʻilganda sahnalashtiruvchi javobgar shaxs (bosh rejissor, badiy rahbar) tomonidan yongʻinning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi lozim.
421. Tomoshabinlar zallarining shifti va devorlarini akustik qoplamalar bilan jihozlash uchun olovdan himoya qiluvchi tarkib bilan ishlov berilmagan (shimdirilmagan) yonuvchi materiallardan foydalanish taqiqlanadi.
422. Devorlar va sahna qismining zina kataklaridagi oʻtish joylari oʻzi yopiladigan moslamalar oʻrnatilgan yongʻinga chidamli eshiklar bilan himoyalangan boʻlishi shart.
423. Aktyorlarning spektakllarda foydalaniladigan kiyim-kechaklarni saqlash xonalaridagi kiyim osish moslamalari oraligʻida erkin harakatlanish uchun oraliq masofalar saqlanishi lozim.
Kiyim-kechaklarni saqlash xonalaridagi markaziy oʻtish yoʻlagi 1,2 m dan kam boʻlmasligi lozim. Kiyim qabul qiladigan shaxslar, kiyimlarning choʻntaklarini tekshirib, ulardagi gugurt, yondirgichlar va shu kabilarni olib quyishlari kerak.
424. Yelim eritish va qaynatish ishlari, shu maqsadda ajratilgan maxsus joylarda, yonmaydigan asosga oʻrnatilgan elektr yelim qaynatgichlarda amalga oshirilishi lozim.
425. Yoritish qurilmalarini sirk gumbazi ostiga joylashtirishda ularni yonuvchan materiallardan tayyorlangan konstruksiyalarga tegishi imkoniyatini istisno qilish kerak.
426. Hayvon va parrandalarni saqlash xonalarida (otxona, parrandaxona va boshqalar), kundalik taʼminotdan ortiqcha yem-xashak saqlash taqiqlanadi.
427. Hayvonlarga ovqat tayyorlash xonalari sirk xonalaridan yonmaydigan materiallardan tayyorlangan konstruksiyalar bilan ajratilgan boʻlishi kerak.
2-§. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
428. Ommaviy tadbir boshlanishidan oldin obyekt rahbari tadbirni oʻtkazish uchun yongʻin xavfsizligi boʻyicha masʼul shaxslarni tayinlashi va quyidagilarni:
a) yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinganligi boʻyicha tayyorligini aniqlash uchun tadbirdan oldin xonalarni koʻzdan kechirilishini (evakuatsiya chiqish yoʻllari va yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari yetarli ekanligini, aloqa va yongʻin avtomatikasi vositalarining sozligini);
b) sahna va tomosha zallarida masʼul xodimlar navbatchiligini taʼminlashi zarur.
429. Bitta evakuatsiya chiqish eshigi mavjud boʻlgan xonalarda 50 nafardan koʻp boʻlmagan odamlar ishtirokida tadbirlar oʻtkazishga ruxsat etiladi.
Olovga bardoshliligi IV va V-darajali boʻlgan binolarda odamlar ommaviy boʻladigan (50 va undan ortiq odamlar yigʻiladigan) tadbirlar faqat 1-qavat xonalarida oʻtkazilishiga ruxsat etiladi.
430. Yangi yil bayramlari va odamlar ommaviy boʻladigan boshqa tadbirlarni oʻtkazish va tashkil etishda:
a) faqat shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan, evakuatsiya chiqish joylari ikkitadan kam boʻlmagan, shifti yonuvchi boʻlgan binolarning 2 qavatidan yuqorida joylashmagan va derazalariga panjaralar oʻrnatilmagan xonalardan foydalanish mumkin;
b) archa mustahkam taglikka oʻrnatilishi va xonadan chiqish yoʻlaklarni toʻsib qoʻymasligi lozim;
v) archa shoxlari shift va devorlardan 1 m dan kam boʻlmagan uzoqlikda joylashgan boʻlishi lozim;
g) xonada elektr yorugʻligi boʻlmasa, odamlar ommaviy boʻladigan tadbirlar kunning yorugʻ vaqtida oʻtkazilishi kerak;
d) tadbirlarda tegishli muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan elektr girlyandalar va illyuminatsiyalardan foydalanish mumkin;
e) illyuminatsiyalarda nosozliklar aniqlanganda (elektr simlarning qizishi, chiroqlarning oʻchib yonishi, uchqunlar chiqishi va shu kabilar), ular zudlik bilan elektr kuchlanishdan uzilishi lozim.
431. Odamlar ommaviy boʻladigan tadbirlarni oʻtkazishda xonalarda quyidagilar taqiqlanadi:
a) yoyli projektorlar, shamlar va paqildoqlarni ishlatish, mushakbozlik qilish hamda yongʻinga olib kelishi mumkin boʻlgan boshqa yongʻin xavfi mavjud yoritish effektlarni uyushtirish;
b) archani selluloidli oʻyinchoqlar hamda olovdan himoya qilish tarkibi bilan ishlov berilmagan (shimdirilmagan) doka va paxta bilan bezatish;
v) bolalarga tez yonuvchi materiallardan tikilgan kiyimlar kiygizish;
g) tomoshalar boshlanishidan oldin yoki tomosha vaqtida boʻyoqlash, olovli va boshqa yongʻin va portlash xavfi mavjud ishlarni amalga oshirish;
d) xonalarni qorongʻilantirish uchun derazalarga soyabonlar oʻrnatish;
e) qatorlar oraligʻidagi oʻtish joylarini toraytirish, u yerlarga qoʻshimcha stul, kreslolar va shu kabilarni oʻrnatish;
j) spektakl va tomoshalar davomida xonaning elektr yorugʻligini toʻliq (batamom) oʻchirish;
z) xonalarni belgilangan meʼyordan ortiq odamlar bilan toʻldirishga yoʻl qoʻyish.
Tadbirlar oʻtkazilayotgan vaqtda sahna va tomosha zallarida masʼul xodimlarning navbatchiligi tashkil etilishi kerak.
432. Odamlar ommaviy boʻladigan binolardagi xodimlar, elektr energiyasi oʻchib qolganda foydalanishlari uchun elektr fonarlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak. Elektr fonarlar soni rahbar tomonidan obyektning xususiyatlaridan, binodagi odamlar sonidan, navbatchi xodimlarning mavjudligidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda elektr fonarlarning soni navbatchi xodimlarning sonidan kam boʻlmasligi lozim.
433. Odamlar ommaviy boʻladigan obyektlarning 1-qavatida joylashgan xonalar deraza va eshiklariga temir panjaralar oʻrnatish taqiqlanadi.
434. Shifoxona rahbari har kuni bemorlarga javob berish va yangilarini qabul qilish ishlari tugatilgandan soʻng shifoxonaning xar bir binosida mavjud bemorlarning va tibbiyot xodimlarining soni toʻgʻrisida tuman (shahar) yongʻin-qutqaruv boʻlinmasiga xabar berishi shart.
435. Qishloq joylarda joylashgan davolash muassasalarining har bir binosi bittadan narvon bilan taʼminlanishi lozim.
436. Harakati cheklangan bemorlar doimo boʻladigan shifoxonalar va boshqa davolash muassasalarining binolari, har beshta bemorga (nogironligi boʻlgan shaxsga) bir dona hisobida sanitar zambillari bilan taʼminlangan boʻlishi shart. Shifoxonalarda ogʻir bemorlar va bolalar uchun moʻljallangan xonalarni binoning pastki qavatlarida joylashtirish kerak.
(436-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
437. Bemorlar xonalaridagi karavotlar oʻrtasidagi oraliq masofa 0,8 m dan kam boʻlmasligi, markaziy (asosiy) yoʻlakning kengligi esa 1,2 m dan kam boʻlmasligi shart. Stullar, tumbochka va boshqa mebellar evakuatsiya yoʻllarini va eshiklarini toʻsib qoʻymasligi kerak.
438. Bemorlar xonalariga (palata) kislorod berish, qoida tariqasida, markazlashgan holda alohida oʻrnatilgan ballonlar qurilmasi (ballonlar soni 10 tadan ortiq boʻlmagan) orqali yoki markaziy kislorod tayanch maskanidan (ballonlar soni 10 tadan ortiq boʻlsa) amalga oshirilishi kerak.
Markazlashgan holda kislorod bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyilmagan boʻlsa, kislorod yostiqchalardan foydalanish tartibi muassasa rahbarining buyrugʻi bilan belgilanadi.
Bir dona kislorod ballonini muassasa binosining olovga bardoshli tashqi devori oldida yonmaydigan shkaf ichida oʻrnatishga ruxsat etiladi.
a) bemorlar xonalari joylashgan korpuslarda davolash jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan (loyihalash meʼyorlarida belgilanganlaridan tashqari) boshqa xonalarni joylashtirish;
b) yoʻlaklarda, xoll va boshqa evakuatsiya yoʻllarida karavotlar oʻrnatish;
v) bemorlar va tibbiyot xodimlari boʻladigan xonalarning derazalariga metall panjaralar oʻrnatish;
g) yogʻochli devorlar va shiftlarga gulqogʻoz yopishtirish va ularni yonuvchi nitro yoki moyli boʻyoqlar bilan boʻyash;
d) xonalarni pardozlash uchun yonganda zaharli moddalar chiqaradigan materiallardan foydalanish;
e) kislorod ballonlarini davolash muassasalarining binolari ichiga oʻrnatish va ulardan foydalanish;
j) bemorlar xonalariga kislorod yuborish uchun rezina va plastmassa quvurlardan (shlangdan) foydalanish;
z) nosoz davolash elektr jihozlaridan foydalanish;
k) davolash muassasalarining yertoʻla va sokol qavatlarida ustaxona va omborxonalarni joylashtirish.
440. Suv qaynatgich, suv isitgich va titanlar oʻrnatish, tibbiyot asboblarini sterilizatsiya qilish hamda parafin va ozokeritlarni eritish (isitish, qizdirish) ishlari faqat shu maqsad uchun alohida ajratilgan xonalarda amalga oshirilishiga ruxsat beriladi. Tibbiyot asboblarini qaynatish uchun yopiq spiralli sterilizatorlardan foydalanish kerak. Ushbu maqsadda kerogaz, kerosin lampalari va primuslardan foydalanish taqiqlanadi.
441. Laboratoriyalar, boʻlimlar, shifokorlar xonalarida dori vositalari va reaktivlarni (spirt, efir va shu kabi boshqa yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni) yopiladigan maxsus metall shkaflarda umumiy miqdori 3 kg dan koʻp boʻlmagan hamda oʻzaro biri-biri bilan saqlash mumkinligini inobatga olgan holda saqlashga ruxsat etiladi.
442. Pech yordamida isitiladigan yogʻochli binolarga 25 nafardan ortiq bemorlar va bolalarni joylashtirish taqiqlanadi.
443. Hajmi 300 kg dan ortiq boʻlgan rentgen plyonkalarini saqlash xonalari alohida turgan binolarda joylashtirilishi kerak, hajmi 300 kg dan kam boʻlgan holda 1-turdagi yongʻinga qarshi devor va orayopmalari bilan toʻsib ajratilgan saqlovxonalarda saqlashga ruxsat etiladi. Rentgen plyonkalarini saqlash arxiv saqlovxonalaridan qoʻshni binolargacha boʻlgan masofa 15 m dan kam boʻlmasligi kerak.
444. Arxiv saqlovxonasining bitta boʻlimida (seksiyasida) 500 kg dan ortiq boʻlmagan rentgen plyonkasini saqlashga ruxsat etiladi. Har bir boʻlim (seksiya) oʻzining tortuvchi shamollatish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi zarur. Seksiya eshiklari faqat tashqariga ochilishi kerak. Arxiv saqlovxonalaridagi derazalar maydonining pol maydoniga nisbati 1:8 dan kam boʻlmasligi kerak.
445. Arxiv saqlovxonalarini isitish tizimi markazlashtirilgan boʻlishi kerak. Ularni isitish uchun bugʻli isitish tizimi, temir pechlar va vaqtinchalik temir quvurli pechlardan foydalanish taqiqlanadi.
446. Arxiv saqlovxonalarida elektr qutilar, oʻchirish moslamalari, elektr qoʻngʻiroqlar va shtepsel ulagichlar (elektr asbob, rozetka) oʻrnatish taqiqlanadi. Ishdan tashqari vaqtda arxiv saqlovxonalaridagi elektr tarmogʻi elektr manbaidan oʻchirilgan boʻlishi shart.
447. Rentgen plyonkalarini 4 kg gacha boʻlgan miqdorda arxiv saqlovxonasidan tashqarida joylashgan temir shkaflarda (qutilarda) va ushbu shkaflarni isitish asboblaridan 1 m uzoqlikda joylashtirilgan holda saqlashga ruxsat etiladi. Bunday shkaflar oʻrnatilgan xonalarda chekish va barcha turdagi isitish asboblaridan foydalanish taqiqlanadi.
448. Rentgen plyonkalarini saqlash arxiv saqlovxonalari metall (asbest ustidan temir tunika bilan oʻralgan yogʻoch) stellajlar yoki chuqurligi va uzunligi 50 sm dan ortiq boʻlmagan boʻlimlarga boʻlingan shkaflar bilan jihozlanadi. Shkaflardan devor, deraza, shift va polgacha boʻlgan masofa 0,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
449. Fizioterapiya boʻlimlari va xonalarida polni qoplash hamda davolash xonalari uchun pardalar tayyorlashda statik elektrni hosil qiladigan va toʻplaydigan sintetik materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
450. Tibbiy choʻmilish basseynlarida suvni zararsizlantirish maqsadida ishlatiladigan xlor zaxirasini saqlash uchun xlorning isteʼmol ombori bilan taʼminlash kerak. Yertoʻlaga yoki binoga tutashgan yer sathi darajasidan past boʻlgan boshqa xonaga xlorlash qurilmasini va xlorni saqlash omborishi joylashtirish taqiqlanadi.
Xlorlash qurilmasi va xlorni saqlash omborlari joylashtirilgan xonalarda yonuvchi materiallarni saqlashga ruxsat etilmaydi.
32-bob. Televideniye va radioeshittirish obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
1-§. Televizion studiyalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
451. Koʻrsatuv va unga tayyorgarlik koʻrish (repetitsiya) vaqtida yongʻinga qarshi rejimga rioya qilinishini nazorat qilish uchun studiya va apparat xonalari boʻyicha javobgar shaxslar tayinlanishi kerak.
452. Televizion studiyalarni akustik qoplamalari bilan qoplash uchun ovoz yutuvchi yonmaydigan yoki qiyin yonuvchi material va konstruksiyalardan foydalanish kerak. Akustika konstruksiyalarini mustahkamlash va oʻrnatish uchun asoslar yonmaydigan yoki qiyin yonuvchi materialdan ishlangan boʻlishi kerak.
453. Pavilyonlarda chekish, ochiq olovdan (mashʼala, sham, kandelyabr va boshqalardan) foydalanish, yoyli projektorlar ishlatish hamda oʻq otish, feyrverk va olovli effektlar tashkil etish qatʼiyan taqiqlanadi. Suratga olish jarayonida olovli effektlardan foydalanishga zarurat tugʻilsa, yaʼni oʻq otish va portlash holatlarini imitatsiya qilish yongʻin xavfsizligiga toʻliq kafolat beruvchi maxsus uskunalar yordamida hamda yongʻindan saqlash xizmati vakillarining kuzatuvida amalga oshirilishi kerak.
Aktyorlarning sigareta chekishi lozim boʻlgan sahnalari apparat studiya kompleksining navbatchi muhandisi bilan kelishilgan holda olib borilishi lozim.
454. Televizion studiyalarda ishlatiladigan barcha yonuvchi dekoratsiyalar va pardozlash materiallariga olovdan himoya qiluvchi tarkib bilan ishlov berilishi (shimdirilishi) kerak.
Obyekt rahbarida esa ushbu ishlarni kim tomonidan, qachon bajarilganligi (sanasi) va amal qilish muddati koʻrsatilgan dalolatnoma boʻlishi shart.
455. Pavilyonlarda dekoratsiyalarni saqlash joylariga aniq belgilar qoʻyilgan boʻlishi kerak. Boshqa dekoratsiyalar maxsus omborxonalarda (seyf va boshqalarda) saqlanishi kerak. Koʻrsatuvlar tugagach studiyadan ortiqcha boʻlgan dekoratsiyalar olib tashlanishi zarur.
456. Elektr shchitlar atrofida har xil buyumlarni joylashtirish taqiqlanadi.
457. Osma va qiya hamda pastki yorugʻlik agregatlarining yoritkichlari metall yoki shisha toʻrli himoya qalpoqlari bilan himoyalangan boʻlishi shart.
458. Elektr taqsimlovchi shchitlarga, aloqa vositalariga, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalariga va uskunalariga borish va oʻtish yoʻlaklari hamda chiqish joylarini toʻsib qoʻyish qatʼiyan man etiladi.
459. Dekoratsiyalarni qurish va oʻrnatishda erkin harakatlanadigan yoʻlak toʻsib qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Alohida dekoratsiyalar orasidagi yoki dekoratsiya va devor orasidagi erkin harakatlanadigan yoʻlakning kengligi 1,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
460. Pavilyonlarda dekoratsiyalarni oʻrnatish devorlar va elektr taqsimlash moslamalaridan 1,5 m dan kam boʻlmagan masofa qoldirib oʻrnatiladi. Darvozalar qarshisida va ulardan har tomonga 3 m dan kam boʻlmagan yoʻlak qoldirilishi shart.
461. Yoritish uskunalari shift, balkon va boshqalarning ostida joylashtirilganda uskunaning ustki qismidan shiftgacha hamda dekoratsiya, balkon va boshqalarning eng yaqin yon taraflarigacha boʻlgan masofa yoyli yoritkichlar uchun 0,8 m va choʻgʻlanma lampali yoritkichlar uchun 0,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
462. Elektr yoritish uskunalarini oʻrnatish uchun osma havoza, taxtasupa va boshqa moslamalar mustahkam materiallardan ishlangan boʻlishi va uskunalarning tushib ketish ehtimolini oldini olishga qaratilgan moslamalar bilan taʼminlangan boʻlish kerak.
463. Odamlar oʻtadigan va ogʻir yuklarni olib oʻtish yoʻlaklarining pol qismidan oʻtkazilgan (yotqizilgan) elektr sim va kabellar olovdan himoya qilish tarkibi bilan ishlov berilgan yogʻochli oʻtish koʻpriklari bilan himoyalanishi kerak.
464. Koʻchma yoritkichlar korpuslarining himoya darajasi har kuni ish boshlanishidan oldin tekshirilishi va himoya darajasi susaygan yoritkichlar zudlik bilan almashtirilishi zarur.
465. Lampalar va yoritqichlardan chiqayotgan issiqlikni pasaytirish uchun tabiiy shamollatish tashkil etilishi zarur. Lampalar boshqa buyumlarga tegib ketishidan va zarbadan himoyalanishi lozim. Shishasi qorayib qolgan va shishib chiqqan lampalar zudlik bilan almashtirilishi kerak.
466. Telestudiyalarda quyidagi umumiy majburiy talablarni bajarish zarur:
a) sahnalashtirishga aloqasi boʻlmagan shaxslarning ishtirok etishlariga yoʻl qoʻymaslik;
b) ochiq turdagi tok taqsimlash shchitlari va saqlagichlarni oʻrnatmaslik;
v) projektorlarning nurlarini filtr qilish sifatida sellofan va boshqa yonuvchi materiallardan foydalanmaslik, yonmaydigan materiallardan ishlangan rangli filtrlar metall qisqichlari yordamida mustahkam qotirilgan boʻlishi kerak;
g) vaqtincha oʻtkazilgan elektr simlardan foydalanmaslik;
d) ish vaqti tugagandan soʻng elektr yoritqichlar va elektr tarmoqlarini kuchlanish ostida qoldirmaslik;
e) maʼmuriyatni xabardor qilmasdan taʼmirlash ishlarini olib borish.
Ushbu talablar bajarilishini koʻrsatuvlar davomida, yozish yoki repetitsiyalar vaqtida nazorat qilish telestudiya rejissoriga, u yoʻqligida esa tegishli boʻlinmaning navbatchi smena boshligʻiga yuklatiladi.
467. Televizion koʻrsatuvlarning sahnalarini jihozlash uchun har xil turdagi elektr asbob-uskunalardan (motorlar, ventilyatorlar, elektr sirenalari, pasaytiruvchi transformatorlari mavjud elektr qoʻngʻiroqlar va boshqalardan) elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim tomonidan koʻrikdan oʻtkazilgandan soʻng foydalanishga ruxsat etiladi.
2-§. Televizion apparat xonalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
468. Telemarkazlarning apparat studiya kompleksi yoʻlaklarida va koʻp ishlaydigan kabel kommunikatsiyalarida kabellar qopqogʻi ochiladigan maxsus ariqchalarda joylashtiriladi. Olinadigan pollardagi ariqchalar, qopqoqlar va metall ustunlarning barcha temir qismlari yerga ulangan boʻlishi kerak. Kam ishlatiladigan kabellar uchun quvurlar toʻplami ishlatilishi mumkin, bunda toʻplamni tekshirish tuynukchalari boʻlishi va elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari talablariga toʻliq rioya etilishi kerak.
Kabel kanallari va olinadigan pollarga quyidagi talablar qoʻyiladi:
kabel kanallarning hamda olinadigan polning osti chuqurligi 15 sm dan kam boʻlmasligi kerak (va toza saqlanishi shart);
kabel kanallari yonmaydigan materiallardan, ularning qopqoqlari va olinadigan pollar yonmaydigan va qiyin yonuvchi materiallardan ishlanishi kerak.
469. Televizion apparat xonalarida ishlash vaqtida korpuslari yerga ulanmagan jihozlardan foydalanish taqiqlanadi.
3-§. Yorugʻlikni tartibga solish stansiyalari, avtotransformator xonalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
470. Ishga tushiruvchi moslamalarda “ishga tushirish” va “ish” holatini koʻrsatuvchi belgilar qoʻyilgan boʻlishi kerak. Kontaktli oʻchirgichlar, magnitli qoʻshgichlar, rubilniklar va boshqalar hamda guruhli shchitlarda oʻrnatilgan saqlagichlarda qaysi yoritish asboblariga qarashli ekanligi haqida belgi qoʻyilishi kerak. Barcha boshqaruv kalitlari, tugmalari va dastaklarida (rukoyatkalarida), ular bajaradigan vazifalarni koʻrsatuvchi (“oʻchirish”, “yoqish” va boshqa) yozuvlar boʻlishi kerak.
471. Pultlar va boshqa asboblarning korpuslari ishonchli tarzda yerga ulangan boʻlishi kerak.
4-§. Telekinoproyeksion apparatxonalar va kino koʻrish zallariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
472. Kinoapparat xonalarida apparatlardan foydalanish hujjatlarini, texnika xavfsizligi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalarni oynali ramkada devorga osib qoʻyish mumkin.
473. Yorugʻlik manbai sifatida ionli lampa ishlatiladigan har bir kinoproyektorning fonari ustiga alohida havo soʻrish moslamasi oʻrnatilishi lozim. Ushbu havo soʻrish moslamasini binoning umumiy shamollatish tizimiga ulash taqiqlanadi.
474. Barcha kinoproyeksion xonalarning tomosha tuynuklari, pardalari avtomatik ravishda tushuvchi yoki qoʻlda boshqariladigan oynali zaslonkalar bilan taʼminlanishi kerak.
475. Yertoʻlalarda tomosha zallarini joylashtirish taqiqlanadi.
476. Choʻgʻlanish lampali kinoproyektorlar bilan jihozlangan kino qurilmalarida tasmani aylantirib oʻrash moslamasi, apparatura va jihozlardan iborat 1 ta kinoapparat joylashtirilishi mumkin.
477. Videoyozish apparatlari xonasida har bir videomagnitafonga 10 tadan koʻp boʻlmagan videotasmali kassetalar saqlanishi mumkin. Videotasmalar shkaf yoki yonmaydigan stellajlarda, ishlab chiqaruvchining gʻiloflarida saqlanishi lozim (plastmassali kassetalarda).
478. Apparatlar xonasida kiyim-kechak va zaxira uskunalarni saqlash taqiqlanadi.
479. Videoyozish apparatlari xonasidagi havoning harorati va namligini bir maromda saqlash tizimi yongʻin sodir boʻlgan paytda avtomatik ravishda oʻchirish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
480. Magnit videotasmalar (videoteka) alohida ajratilgan, yonmaydigan shkaf va stellajlar bilan taʼminlangan xonalarda saqlanishi kerak.
481. Har chorakda bir marta videomagnitafonlarning barcha bloklari, shuningdek, kabel kanallari va pol oraligʻidagi boʻshliqlar havo puflash yoʻli bilan changdan tozalanishi lozim.
482. Videomagnitafonlarning vakuum nasoslari filtrlari alohida portlashdan himoyalangan qilib bajarilgan havo tortish va havo berish moslamalari oʻrnatilgan xonalarda benzin bilan yuviladi.
483. Videoyozish sexi (boʻlimi) boshligʻi yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklardan foydalanish bilan bogʻliq profilaktik ishlarni boshlashdan oldin sex ishchilariga yoʻl-yoʻriq berishi va ishga shaxsan oʻzi rahbarlik qilishi lozim.
484. Videoyozish apparatlari xonalariga avtomatik yongʻin signalizatsiyasi oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
485. Videoyozish bloklarida kabellarni oʻtkazish (yotqizish), ushbu Qoidalarning 463-bandida televizion studiyalari uchun belgilangan talablar asosida poldagi ariqchalarda (kanallarda) bajariladi.
6-§. Televideniye va radioning harakatlanuvchi texnik vositalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
486. Radio va televideniyening harakatlanuvchi texnik vositalari (avtozvukoperedvijka, harakatlanuvchi elektrostansiyalar va boshqalar) kamida ikkita uglekislotali oʻt oʻchirgichlar bilan taʼminlanadi, shulardan bittasi haydovchi kabinasida, ikkinchisi uskunalar turgan salon qismida oʻrnatiladi.
487. Telekoʻrsatuv, videoyozish va radioeshittirishlarni olib borish uchun harakatlanuvchi texnik vositalar obyekt yoniga oʻrnatilganda quyidagilarni:
a) harakatlanuvchi texnik vositalarni (avtobuslarni) joylashtirishda, ularning yongʻin sodir boʻlganda xavfli hududdan (zonadan) ortiqcha manyovrlarsiz chiqib ketish sharoitlarini;
b) avtobusni oʻt oldirish tizimi oʻchirilgan holda ishonchli qoʻl tormoziga qoʻyish va gʻildiraklar tagiga tirgaklar (bashmaklar) oʻrnatilishini;
v) kuchlanish elektr tarmogʻi avtobusning elektr taqsimlash shchitiga ishonchli ulanishini hamda ulanish joylarining (kontakt) qizimasligi va uchqun chiqarmasliginin taʼminlanish lozim.
488. Harakatlanuvchi texnik vositalarni elektr tarmogʻiga ulash ishlari, elektr taqsimlash qurilmalari joylashgan korxonaning elektr tarmogʻiga xizmat koʻrsatuvchi xodimi (elektrigi) tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Kuchlanish elektr tarmogʻiga harakatlanuvchi texnik vositalar ulanganidan soʻng ularga yonilgʻi va moy mahsulotlarini quyish taqiqlanadi.
489. Avtobus yoʻlga chiqishidan oldin uning texnik holati obyektning avtotransport vositalarining texnik holatiga javobgar shaxs tomonidan koʻrikdan oʻtkazilishi va bu haqida yoʻl varaqasiga belgi qoʻyilishi lozim.
490. Avtobusning yonilgʻi va gaz tizimi ulanish joylaridan benzin, moy, antifriz oqishi (tomishi) kuzatilganda, elektr simlarning va uskunalarning himoya qobiqlari shikastlanganda, elektr simlarda va ulash moslamalarida uchqun chiqish holatlari mavjudligida uning yoʻlga chiqishi qatʼiyan taqiqlanadi.
491. Harakat va ishlash vaqtida yongʻin sodir boʻlishining oldini olish maqsadida quyidagilar taqiqlanadi:
a) dvigatel va uning karterida moy va yonilgʻi bilan aralashgan kirlarning yigʻilishi;
b) moy va yonilgʻi tekkan mato va boshqa artish uchun ishlatiladigan vositalarni avtobus haydovchisi kabinasida va salonida qoldirish;
v) dvigatelni oʻt oldirish uchun karbyuratorga yonilgʻi quyish;
g) avtobus salonida va dvigatelni yonilgʻi bilan taʼminlash tizimi yaqinida sigareta chekish;
d) yengil alangalanuvchi suyuqliklar va boshqa yonuvchi materiallarni avtobus salonida tashish;
e) uskunalarning nosozligini tuzatish va aniqlashda ochiq olovdan foydalanish.
492. Bugʻ xonasida toshli pech yonmaydigan materiallar asosida oʻrnatilishi kerak.
493. Hammomlarda quyidagilar taqiqlanadi:
a) toshli pechning elektr tarmogʻiga ulangan elektr isitgichini nazoratsiz qoldirish;
b) qoʻlbola yasalgan issiqlik elektr isitgichlarini oʻrnatish;
v) oʻchiq yoki nosoz termoregulatorli toshli pechdan foydalanish;
d) ochiq olovdan foydalanish.
494. Bugʻ xonasi avtomatik tarzda himoyalovchi va 8 soatlik uzluksiz ishlagandan soʻng toʻliq sovitilgunga qadar oʻchiruvchi hamda bugʻ xonasidagi harorat 110oC ga yetganda avtomatik tarzda oʻchiradigan himoya vositasiga ega elektrda ishlaydigan toshli pech bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Toshli pechning quvvati bugʻ xonasining hajmiga mos kelishi kerak (ishlab chiqaruvchining yoʻriqnomasiga muvofiq).
Qattiq yoqilgʻida ishlaydigan bugʻli pechlarni ishlatishda isitish pechlariga qoʻyilgan yongʻin xavfsizligi talablarini bajarish kerak. Bunday holatda oʻt qalash joyi bugʻ xonasidan tashqarida joylashgan boʻlishi kerak.
495. Bugʻ xonasini bezashda bargli daraxtlar yogʻochidan foydalanish kerak.
496. Toshli pech oʻrnatilgan joydagi bugʻ xonasining devorlari poldan kamida 1,4 m balandlikda yonmaydigan materiallar (gʻisht, tosh, sopol plitkalar va boshqa shu kabi materiallar) bilan ishlangan boʻlishi kerak. Bunda toshli pechning oʻt qalash eshigi tepasidan yonmaydigan materiallar bilan qoplangan joyning yuqorisigacha boʻlgan masofa kamida 250 mm boʻlishi kerak. Oʻt qalash eshigidan qarama-qarshi devorgacha boʻlgan masofa 0,7 m dan kam boʻlmasligi kerak.
497. Toshli pechning yuqori qismidagi shift ostiga yonmaydigan issiqlikni tutuvchi qalqon oʻrnatilishi kerak. Qalqonning oʻlchami kamida 1,2 x 1,2 m boʻlishi kerak. Qalqon va shift orasidagi masofa kamida 0,05 m boʻlishi kerak.
498. Bugʻ xonaning eshigi xonadan tashqariga chiqish tomonga ochilishi lozim.
499. Bugʻ xonadagi eshik va polning orasida 0,03 m dan kam boʻlmagan boʻshliq boʻlishini taʼminlash kerak.
34-bob. Ibodatxonalarning bino va inshootlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
500. Shamdonlar, lampalar va ochiq olovli boshqa qurilmalar yonmaydigan asoslarga oʻrnatilishi kerak. Ular qulab tushishining oldini olish uchun polga ishonchli qotirilishi kerak.
501. Yonuvchi suyuqliklar (lampad, lampalar va boshqalar uchun) metall shkaflarda saqlanishi lozim. Xonada 5 L gacha yonuvchi suyuqliklarni saqlashga ruxsat etiladi.
502. Lampad va lampalarga yonuvchi suyuqliklarni quyish yonmaydigan materialdan tayyorlangan idish ustida sinmaydigan yopiq idish orqali amalga oshirilishi kerak.
Lampad va lampalarga yonuvchi suyuqliklarni toʻldirish faqat ochiq alanga boʻlmaganda, elektr isitish moslamalari yoqiq boʻlganda esa — ulardan kamida 1 m masofada amalga oshirilishi kerak.
503. Namozxonadagi lampad va lampalarni toʻldirish uchun yonuvchi suyuqliklar zaxirasi sinmaydigan va zich yopiladigan idishda saqlanishi kerak va uning miqdori kunlik talabdan koʻp boʻlmasligi kerak.
504. Ibodatxona inshootlarida tashrif buyuruvchilar tomonidan marosim oʻtkazilayotganda har qanday yongʻin xavfi mavjud boʻlgan ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
35-bob. Qishloq xoʻjaligi obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
1-§. Qayta ishlash obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
505. Elevatorlarda quyidagilar taqiqlanadi:
a) bitta silosda (bunkerda) turli mahsulotlarni birgalikda saqlash;
b) ishlab chiqarish xonalarida joylashgan bunker va siloslarda aspiratsion chiqindilar va sanoat changlarini yigʻish va saqlash.
506. Sholi, tariq va grechixa poʻchoqlari don zavodining ikki kun ishlashi uchun sigʻimga ega bunker tipidagi omborlarda saqlanishi kerak. Poʻchoqlarni ochiq joylarda va ayvonlar ostida saqlash taqiqlanadi.
507. Shrot va kunjaralarning harorati 35°C dan yuqori boʻlganda, ulardagi namlikning massa ulushi va erituvchining qoldiq miqdori texnologik yoʻriqnomalarda belgilangandan ortiq boʻlganda ularni omborxonalarga joylashtirish taqiqlanadi. Saqlanayotgan shrot va kunjaralarning harorati har kuni oʻlchab turilishi kerak.
Oʻz-oʻzidan yonish holatlarining oldini olish uchun shrot, kunjara va boshqa unli xom ashyolarni vaqti-vaqti bilan egallab turgan sigʻimlardan boʻshlariga koʻchirib turish kerak. Ushbu ishlarni bunker va siloslarda uzluksiz saqlashning ruxsat etilgan muddatlari asosida ishlab chiqilgan jadvallarga muvofiq amalga oshirish lozim.
508. Suyuq yonilgʻida ishlaydigan boʻr va tuzlarni quritish qurilmalarida yonilgʻi baki quritish va ishlab chiqarish xonalarining tashqi tomoniga oʻrnatilishi kerak.
509. Oʻt qalash joyi mavjud boʻlgan quritish qurilmalari joylashgan xonalarda begona materiallar, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni hamda qattiq yoqilgʻilarni (bir marta toʻldirish uchun zarur boʻlgan miqdordan ortiq boʻlmagan) saqlash taqiqlanadi.
510. Quritish qurilmalarida yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarning sizib chiqishi aniqlanganda qurilma darhol toʻxtatilishi kerak. Quritish qurilmasi ishlashi vaqtida aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish taqiqlanadi.
511. Un ishlab chiqarish sanoati korxonalarining soyabon va soʻruvchi quvurlarining ichki yuzasidagi yonuvchan chiqindilarni tegishli dalolatnomalar tuzgan holda muntazam (yarim yilda kamida bir marta) tozalab turish kerak.
512. Suyuq yonilgʻida ishlaydigan non pishirish pechlari va qovurish barabanlarida yonilgʻini uzatish va oʻt oldirish tizimlari blokirovkalanadigan boʻlishi kerak. Quvurlar, salnik va joʻmraklarning ulangan joylaridan yonilgʻining sizib chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
513. Makaron va un ishlab chiqarish korxonalarida quyidagilar taqiqlanadi:
a) pishirish kamerasida ushoq va non mahsulotlari toʻplanib qolishi (toʻplangan ushoqlar metall idishlarga yigʻib olinishi va muntazam ravishda tozalab turilishi kerak);
b) unni boshqa yonuvchi materiallar bilan birga saqlash (un chiqindilari va boʻsh qoplar alohida xonalarda saqlanishi kerak).
514. Qandolat mahsulotlari joylangan qutilar taxlanishida ularning balandligi 3,5 m dan oshmasligi kerak.
515. Don quritish qurilmalarining yonilgʻi tizimi ulagichlari va armaturalari zavodda ishlab chiqarilgan boʻlishi hamda yonilgʻining oqib chiqishiga yoʻl qoʻymasligi kerak. Yer ustidagi yonilgʻi saqlash sigʻimi yerga ulangan boʻlishi kerak.
516. Don quritish qurilmalarining xonalari bir smena davomida kamida ikki marta tozalanib turilishi lozim, ularda yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda boshqa yonuvchi materiallarni saqlash taqiqlanadi. Yigʻilgan chiqindi va changlarni xonalardan tashqarida maxsus tashkil etilan joylarga chiqarib tashlash kerak.
517. Quritish qurilmasi ishlashi paytida chiqarish mexanizmlarining sozligini doimiy ravishda kuzatib borish va ularning tiqilib qolishiga yoʻl qoʻymaslik kerak. Donni uzluksiz chiqarib turadigan quritgichlarda quritish agentini quritish kamerasiga yetkazib berishni toʻxtatmasdan uning chiqarilishini kechiktirish taqiqlanadi.
518. Quritgich kunu tun ishlaganda har 10 kunda kamida bir marta uning shaxtalari ichidagi dondan boʻshatib tozalanishi, havo taqsimlash qurilmalari, chiqaruvchi mexanizmlari, quritgich va oʻt qalash joyining boshqa uskunalari koʻzdan kechirilishi kerak. Koʻzdan kechirishda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishi kerak.
519. Don quritish qurilmalarini yonish jarayonini, quritish agentining haroratini, donni qizdirish va sathini oʻlchash datchiklarini nazorat qiluvchi avtomatika tizimisiz ishlatish hamda ishlab turgan oʻt qalash joyini nazoratsiz qoldirish taqiqlanadi.
Mashʼala oʻchib qolganda qayta yoqishdan oldin oʻt qalash joyi 5 min davomida shamollatilishi kerak. Pechda yoqilgʻi yoki gaz bugʻlari toʻplanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
520. Don quritish qurilmalarining texnologik ehtiyojlari uchun yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarning saqlash sigʻimlaridan foydalanishda quyidagilarga eʼtibor qaratish zarur:
a) obyektning binolari (inshootlari) konstruksiyalari (orqali) yonilgʻi quvurlarining tranzit oʻtkazilishiga yoʻl qoʻymaslik;
b) faqat germetik boʻlgan sigʻimlardan foydalanish, agar sizib chiqish aniqlansa, sigʻim boʻshatilishi va taʼmirlanishi kerak;
v) sigʻimlarni yonilgʻi bilan toʻldirishda maxsus nasoslar yoki yonilgʻi quyish moslamalaridan foydalanish. Bunda ochiq idishlardan foydalanish taqiqlanadi;
d) yonilgʻining toʻkilib ketishiga yoʻl qoʻymaslik;
e) yonilgʻi uzatish quvurlari uchun kamida ikkitadan yopuvchi joʻmraklar boʻlishi (sigʻim va quritish xonalarida).
521. Suyuq va gazsimon yonilgʻilarda ishlovchi quritish agregatlarini oʻt oldirish faqat elektr oʻt oldirish tizimi orqali bajarilishi kerak. Bunda mashʼalalardan foydalanish taqiqlanadi.
522. Aspiratsion va pnevmotransport tizimlarning siklonlarini don quritish xonalari va qozonxonalarning moʻrikonlariga qaratilgan holda bino devoriga joylashtirish man etiladi.
523. Soatiga 12 t dan ortiq ishlab chiqarish quvvatiga ega don quritish majmualari quritish zonasidagi yongʻin oʻchoqlarini avtomatik aniqlovchi, yongʻin toʻgʻrisida xabar beruvchi ovozli va nurli signalizatsiyalar, issiqlik oqimidagi uchqunlarni ushlovchi uchqun ushlagichlar hamda quritish zonasidagi alangani oʻchirish uchun suv uzatuvchi kompleks himoya tizimli qurilmalar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
524. Qattiq yoqilgʻida ishlaydigan issiqlik generatorlari bilan jihozlangan don quritish majmualarini oʻrnatish va ishlatishda quyidagi talablar bajarilishi kerak:
a) qattiq yoqilgʻida ishlaydigan issiqlik generatorlarining oʻt qalash joylari ularning zich yopilishiga toʻsqinlik qiluvchi deformatsiyaga uchramagan boʻlishi kerak;
b) issiqlik generatorlarining dudburonlari uchqun soʻndirgichlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak;
v) oʻlchamlari issiqlik generatorining oʻt qalash joyidan katta boʻlgan qattiq yoqilgʻidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi;
g) dudburonlarni qurumdan tozalashni issiqlik generatorini ishga tushirishdan oldin, mavsumiy konservatsiyadan soʻng va foydalanish davrida bir oyda kamida bir marta amalga oshirilishi kerak;
d) issiqlik generatoriga tutash hududni yonuvchi chiqindilardan va issiqlik generatorlarining uchqun ushlovchi moslamalarini har smenada kamida bir marta tozalash lozim. Elektrdvigatellar, yoritkichlar va kabellar haftasiga kamida bir marta yonuvchi changlardan tozalanishi kerak;
e) kul, shlak va koʻmirni maxsus belgilangan joylarga chiqarib tashlash kerak. Bunday toʻplash joylarini binolardan (inshootlardan) 15 m dan va don quritish konstruksiyalaridan 30 m dan kam boʻlgan masofada joylashtirish mumkin emas;
j) don quritgichning ishlash jarayonida operator issiqlik generatorining ishlashini doimiy kuzatib borishi kerak;
z) issiqlik generatorida yoqilgʻini yoqish uchun yengil alangalanuvchi suyuqliklardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi;
i) issiqlik generatori uchun yoqilgʻi mahsulotlari texnik hujjatlarda koʻrsatilgan fizik-kimyoviy xususiyatlarga mos kelishi kerak.
525. Don yonishi aniqlanganda, zudlik bilan agregatni toʻxtatish, donni sovitish uchun tushirish va yongan izlari boʻlgan joylarni olib tashlash kerak.
526. Qattiq yoqilgʻini taxlashda quyidagilar bajarilishi lozim:
a) taxlash uchun faqat qatʼiy belgilangan maydonlardan foydalanish. Quritgich yaqinida qattiq yoqilgʻi zaxirasini saqlashda uning miqdori bir martada yuklanadigan hajmdan oshmasligi kerak;
b) yongʻin oʻchirish texnikasi oʻtishi uchun talab etiladigan yongʻinga qarshi oraliqlariga rioya qilish;
v) qattiq yoqilgʻini oʻt qalash joyidan 3 m dan yaqin saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
527. Quyidagi holatlarda qattiq yoqilgʻida ishlaydigan issiqlik generatorlaridan foydalanish taqiqlanadi:
a) issiqlikni almashtirib beruvchi qurilmasisiz;
b) tegishli hujjatlarsiz qayta jihozlanganda;
v) issiqlikni almashtirib beruvchi qurilmaning devorlarida shikastlanish (teshiklar) mavjud boʻlganda.
528. Yongʻin alomatlari aniqlanganda oʻt qalash joyiga yoqilgʻi berishni toʻxtatish va quritish kamerasiga qurituvchi agentni yetkazib beruvchi ventilyatorni elektr manbadan oʻchirish, zudlik bilan yongʻin-qutqaruv boʻlinmasiga yongʻin haqida xabar berish va yongʻinni bartaraf etish choralarini koʻrish lozim.
529. Moyli oʻsimliklarning yertoʻla va yarim yertoʻla omborlari, moyli oʻsimliklarni tashish uchun moʻljallangan galereyalar va tunnellar mexanik shamollatish va yoritish tizimlari bilan jihozlanishi kerak. Chuqurligi 0,5 m dan ortiq boʻlgan moyli oʻsimliklarni tashish uchun oʻrnatilgan qurilmalar joylashgan chuqurchalar mexanik shamollatish tizimi bilan jihozlangan, qopqoqlar bilan yopilgan yoki oʻralgan boʻlishi kerak.
530. Moyli oʻsimliklarni saqlash yertoʻla va yarim yertoʻla omborlarida, ularni tashish galereyalarida, tunnellar va chuqurchalarda havo muhitini nazorat qilish tasdiqlangan jadval asosida amalga oshirilishi kerak. Jadval obyekt rahbari tomonidan belgilanadi.
531. Shrot omborining silos qutilari lyuk-qopqoqlari va panjaralari zarba va ishqalanish vaqtida uchqun hosil qilmaydigan materiallardan tayyorlanishi kerak.
532. Oʻz-oʻzidan qizish va alangalanishni, shuningdek, elevatorning silos qutilar va bunker omborlarida tiqilib qolishining oldini olish uchun moyli oʻsimliklarni taxlashdan oldin ularni tozalash va quritish zarur. Omborlarga joylashtirishda urugʻning namligi meʼyor talablariga muvofiq boʻlishi lozim. Urugʻlarning harorati 40°C dan oshmasligi kerak, agar tashqi havo harorati 35°C dan ortiq boʻlsa, uning harorati 5°C dan oshmasligi kerak.
533. Deflegmatorlar va sirtqi kondensatorlarining tizimlarida hamda yogʻni absorbsiyalashda havo-bugʻ aralashmasidan erituvchilarni rekuperatsiya qilish jarayonlari havo va eritmalarning bugʻlari aralashmasi alangalanishiga olib keluvchi yondirish manbalarini istisno qiladigan sharoitlarda bajarilishi kerak.
534. Quritish qurilmalaridan foydalanishda quritish jarayoni rejimi va nazorat hamda signalizatsiya jihozlarining sozligini doimiy ravishda nazorat qilish kerak.
Purkash mexanizmining dvigatelini avariyaviy toʻxtashida quritish kamerasining avtomatik yongʻin oʻchirish tizimi bugʻning hisoblangan miqdori bilan taʼminlanishi kerak.
535. Quritish qurilmalarini (kameralar, siklonlar va boshqalarni) va yongʻinga qarshi texnik himoya vositalarining (ogohlantirish, texnologik va shoshilinch) sozligi kundalik nazorat qilinishi lozim. Xabar berishdan tashqari avtomatika qizdirish harorati keskin oshganda yoki yongʻinlarda quritish agenti yoki yoqilgʻini pechga yetkazib berish butunlay toʻxtatilishini taʼminlashi kerak.
536. Quritgichlarda pech ustiga panjaralar oʻrnatilishiga ruxsat berilmaydi. Pech tomonida panjaralar pechning shiftiga qadar toʻsilgan boʻlishi kerak.
537. Har ish smenasidan soʻng quritgichning oʻt qalash joyi, kul toʻplanish kamerasi, uchqun soʻndirgich sikloni va aralashtirish kamerasi kuldan tozalanishi lozim.
538. Quritish kameralariga yangi donlarni solishdan oldin ular kamera va lotoklarga tushgan somon va turli chiqindilardan tozalanishi kerak.
Quritish xonalarida boshoqli don ekinlari zaxirasini saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
539. Boshoqli don ekinlari yuklangandan soʻng panjara ostiga tushgan va unda osilib qolgan poyalarni olib tashlash hamda pechni, devorlarni va polni tozalash kerak. Boshoqli don ekinlarini quritish binosining devorlariga taqagan holda saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
540. Zigʻir, kanop va boshqa ekinlarga ishlov berish xonalari mashina boʻlinmasidan ajratilgan holda boʻlishi kerak.
Mashina boʻlinmasiga oʻrnatilgan ichki yonish dvigatelining tutun chiqarish quvurlari uchqun soʻndirgichlar bilan jihozlanishi kerak. Yonuvchi konstruksiyalardan oʻtgan tutun chiqarish quvurlarining chiqish joyiga yongʻinga qarshi ajratma (razdelka) oʻrnatilishi lozim.
541. Ekinlar xom ashyosini gʻaramlarda, bostirmalar ostida, yopiq omborlarda, tola va kanoplarni esa — faqat yopiq omborlarda saqlash kerak.
542. Ekinlarga birlamchi ishlov berish vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:
a) zigʻirni xoʻjaliklar hududida xirmonlarda va taʼmirlash sexlari, garaj va boshqa joylarda saqlash;
b) avtomobillar va traktorlar ishlab chiqarish binolariga, tayyor mahsulot omborlari va bostirmalar ostiga kirishi. Belgilangan binolar, gʻaramlar va bostirmalargacha avtomobillar 5 m dan va traktorlar 10 m dan kam boʻlmagan masofada toʻxtashi;
543. Zigʻirni qayta ishlash punkti hududiga kiruvchi avtomobillar, traktorlar va boshqa oʻziyurar transport vositalari soz holdagi uchqun soʻndirgich bilan jihozlanishi kerak.
544. Dagʻal yem-xashak va tolali oʻsimliklar joylashgan gʻaram, shtabel va bostirmalarga transport vositalari faqat tutun chiqarish quvurining qarama-qarshi tomoni bilan haydab kelinishi lozim. Bunda tutun chiqarish quvuri uchqun soʻndirgich bilan jihozlangan boʻlishi va gʻarmalardan 3 m dan kam boʻlmagan masofada toʻxtatilishi lozim.
545. Boshoqli don ekinlarini tabiiy quritish maxsus belgilangan maydonlarda amalga oshirilishi kerak.
Boshoqli don ekinlarini sunʼiy quritish faqat maxsus quritgichlarda, riglarda (ovinlarda) bajarilishi kerak.
546. Boshoqli don ekinlarini quritish uchun riglarda (ovinlarda) joylashtirilgan pech konstruksiyalaridan uchqunlar xona ichiga tushishini oldi olingan boʻlishi kerak.
Quritgich va riglarda (ovinlarda) zigʻirni yoyish uchun pechning ustiga panjara oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi. Pechdan yonuvchi konstruksiyalargacha boʻlgan masofa kamida 1 m boʻlishi kerak. Pech tomonidagi panjaralar pechning shiftiga qadar yonmaydigan materiallardan ishlangan toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
547. Quritgich va riglarda (ovinlarda) quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
a) boshoqli don mahsulotini quritishda issiqlik harorati 80°C dan, boshoqlarni quritganda esa 50 °C dan koʻp boʻlmasligi kerak;
b) ventilyator oʻt qalash boshlanishidan bir soatdan keyin yoqilishi kerak.
548. Ezish-titish agregatlari joylashgan xonalar havo tortuvchi shamollatish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi va titish agregatlari esa zontlar bilan jihozlanishi kerak.
549. Ishlab chiqarish xonalarida joylashgan boshoqli don ekinlari bir smena ehtiyojidan ortiqcha boʻlmagan miqdordan oshmasligi kerak. Shtabellardagi boshoqli don ekinlarini mashinalarga 3 m ga yaqin taxlanishi taqiqlanadi.
550. Xonalardan tayyor mahsulotlar omborxonaga smenada kamida 2-marta olib chiqilishi kerak.
551. Har ish kuni tugagandan soʻng ezish-titish sexi xonalari chang, tola va boshqa chiqindilardan tozalanishi kerak. Dastgohlar, devorlar va sexning ichki yuzalari supurilgan va tozalangan boʻlishi kerak.
552. Tamaki ekinlarini quritishda ishlatiladigan tokchalar va javonlar yonmaydigan materiallardan tayyorlanini lozimi. Issiqlik quvurlari ustidagi olovli quritgichlarga tamaki tushishidan himoyalaydigan metall soyabonlar oʻrnatilishi kerak.
553. Moy va yoqilgʻini sizib chiqayotgan qurilmalarga kimyoviy moddalarni qoʻshish uchun tayyorlash va boshqa yuklash-tushirish ishlarini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
554. Soatiga 50 t dan ortiq ishlab chiqarish quvvatiga ega noriyalar tasmalarning toʻxtash joylarida teskari ishlashdan himoya qiladigan avtomatik toʻxtash uskunalari bilan jihozlanadi. Noriyalarni va boshqa alohida detallarni yogʻochdan yoki boshqa yonuvchi materiallardan yasash taqiqlanadi.
555. Tozalanmagan don uchun shneklar yirik aralashmalarni ushlab qolish uchun moʻljallangan panjaralar va mahsulot bosimi ostida ochiladigan saqlovchi klapanlar bilan jihozlanishi kerak. Panjaralarni tozalash davriyligi tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
556. Barcha tasmali uzatmalarning tasmalarini tarangligi bir xil boʻlishi kerak. Toʻliq boʻlmagan kamarlar toʻplami bilan ishlash yoki shkifli ariqchalari profiliga toʻgʻri kelmaydigan profilli kamarlardan foydalanish taqiqlanadi.
2-§. Parrandachilik va chorvachilik obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
557. Ichki (biriktirilgan) vakuum-nasos, issiqlik ishlab chiqarish, olov yordamida ozuqa pishirish va isitish, shuningdek, chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarida yirik ozuqa zaxirasini saqlash uchun xonalar yongʻinga qarshi toʻsiqlar bilan ajratilgan boʻlishi hamda toʻgʻridan-toʻgʻri tashqariga chiqish joylari bilan taʼminlanishi kerak.
558. Chorvachilik va parrandachilik uchun moʻljallangan binolarda transport vositalari, traktorlar va qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun sexlar, omborlar va avtoturgohlarni tashkil etish, shuningdek, xoʻjalikka texnik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarni bajarish taqiqlanadi.
Chorvachilik va parrandachilik binolariga uchqun soʻndirgich bilan jihozlanmagan traktorlar, avtomobillar va qishloq xoʻjaligi mashinalari kirishi taqiqlanadi.
559. Chorvachilik uchun moʻljallangan binolarning darvozalari va eshiklari faqat tashqariga ochilishi hamda toʻsib qoʻyilmagan boʻlishi kerak. Darvoza va eshiklar oldidagi barcha joylar har doim qordan tozalangan boʻlishi kerak. Kirish joylariga ostona, zina va boshqalar oʻrnatilishiga ruxsat etilmaydi.
560. Chorva mollari va parrandalarni saqlash uchun binolarning darvozalari va eshiklari faqat oson ochiladigan zulfinlar yoki ilgaklar bilan yopilishi mumkin. Ushbu maqsadlar uchun qulflardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
561. Chorvachilik fermalarida (majmualarida) 20 yoki undan ortiq bosh qoramollar boʻlganda guruhli bogʻlash usulidan foydalanish kerak. Bogʻlash konstruksiyasi yongʻin sodir boʻlganda hayvonlar binolarni tezda tark etishini taʼminlashi kerak.
562. Jun olish qurilmasining benzinli dvigatelini binolardan 15 m masofada kuruq oʻt va qoldiqlardan tozalangan joyga oʻrnatish kerak. Yoqilgʻi va moylash materiallarini saqlash yopiq metall idishda jun olish joyidan va binolardan 20 m masofada amalga oshiriladi.
563. Jun olish joyida bir smenada toʻplanadigan miqdordan ortiq yunglar yigʻilishi hamda yoʻlaklar va chiqish joylari toʻsib qoʻyilishi taqiqlanadi.
564. Obyekt rahbari chorvachilik va parrandachilik binolarida (agar ularda chorva mollari va parrandalar mavjud boʻlsa) tungi navbatchilikni tashkil etadi.
565. Elektr bruderlarni oʻrnatish va ishlatishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
a) isitish elementlaridan toʻshama va yonuvchi buyumlargacha boʻlgan masofa vertikal boʻyicha kamida 80 sm va gorizontal boʻyicha kamida 25 sm boʻlishi kerak;
b) isitish elementlari zavodda ishlab chiqarilgan boʻlishi va choʻgʻlanma zarralarni chiqarishi istisno etilgan boʻlishi kerak. Ochiq isitish elementlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi;
v) bruderlarni elektr energiyasi bilan taʼminlash taqsimlagichdan mustaqil liniyalarda amalga oshiriladi. Har bir bruder alohida oʻchirgichlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak;
g) elektr taqsimlash qutisi elektr tizimidan toʻliq oʻchirish maqsadida oʻchirgichlar, shuningdek, qisqa tutashuv, ortiqcha yuklanish va hokazolardan himoya qurilmalari bilan taʼminlanishi kerak;
e) bruder ostidagi harorat rejimi avtomatik ravishda saqlanishi kerak.
566. Mobil ultrabinafsha uskunalari va ularning elektr jihozlari yonuvchi materiallardan kamida 1 m masofada oʻrnatilishi lozim.
Elektr va ultrabinafsha uskunalarning eletr taʼminoti simlari pol sathidan kamida 2,5 m balandlikda va yonuvchi konstruksiyalardan 10 sm masofada oʻtkazilishi kerak.
3-§. Oʻrim-yigʻim va saqlash obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
567. Yigʻim-terim boshlanishidan oldin unda ishtirok etadigan barcha shaxslar yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriqdan oʻtishi kerak. Igʻim-terimga jalb etilgan qishloq xoʻjalik texnikalari yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari (barcha turdagi kombayn va traktorlar ikkitadan oʻt oʻchirgich, belkurak va supurgi) bilan taʼminlangan hamda soz holatdagi uchkun soʻndirgich bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
568. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllarining muhofaza zonalariga boshoqli ekinlarni ekishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu zonalardan oʻrib olingan oʻtlar don massivlaridan 30 m dan yaqin boʻlmagan masofada joylashtirilishi mumkin.
569. Boshoqli ekinlar yetilishidan oldin gʻalla maydonlarining oʻrmonlar, dasht zonalari, avtomobil va temir yoʻllari bilan tutashgan joylari kamida 4 m kenglikda oʻrib olinishi va shudgorlanishi kerak.
570. Gʻalla oʻrim-yigʻimi gʻalla maydonlarini kombaynning bir kunlik oʻrish meʼyori hisobida maydonlarga boʻlinishidan boshlanishi kerak. Ushbu maydonlar orasida 8 m dan kam boʻlmagan kenglikda yoʻlaklar ochilishi hamda oʻrilgan gʻalla darhol olib tashlanishi lozim. Oʻrib olingan yoʻlaklar oʻrtasida kengligi kamida 4 m boʻlgan shudgor qilinadi.
571. Vaqtinchalik dala shiyponlari gʻallazorlar, pichan yoki somon gʻaramlaridan va boshqalardan 100 m dan yaqin boʻlmasligi kerak. Vaqtinchalik dala shiyponlari uchun ajratilgan joylar xas-xashak va quruq oʻtlardan tozalanib, kamida 4 m kenglikda shudgorlanishi kerak.
572. Maydoni 25 gektardan ortiq boʻlgan gʻalla maydonlarini oʻrishda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻin maydonini shudgorlash uchun omochli traktor doimo tayyor boʻlishi kerak.
573. Dalalarda gulxan, xas-xashak va ekin qoldiqlarini yoqish taqiqlanadi.
574. Don xirmonlari bino va inshootlardan 50 m dan, gʻalla maydonlaridan esa 100 m dan yaqin boʻlmagan masofada joylashgan boʻlishi kerak.
575. Boshoqli ekinlarni yigʻib-terib olish va yem-xashak tayyorlash davrida quyidagilar taqiqlanadi:
a) traktorlar va avtomobillardan kapotsiz yoki kapoti ochiq holatda foydalanish;
b) traktorlar va avtomobillar dvigatellarining radiatorlaridagi changni kavsharlash lampasi yordamida yoki boshqa usullarda yoqish;
v) yongʻinni oʻchirish uskunalari bilan jihozlangan va tunda yoritilgan maxsus maydonlardan tashqari maydonlarda transport vositalariga yonilgʻi quyish.
576. Ichki yonuv dvigatellariga ega boʻlgan transport vositasining haydovchisi dvigatel, kollektor, tutun chiqarish quvuri, uchqun soʻndirgich yuzasini chang va qurumdan smena davomi kamida 2-3-marta tozalab turishi kerak.
577. Traktorlar, elektr mashinalar va boshqa oʻziyurar transport vositalarining akkumulyatorlari kelmalari, starterlari va generatorlari ularga oʻtkazuvchi moslamalar tegib qolishidan (kontaktdan) himoyalangan boʻlishi kerak.
578. Dvigatel radiatorlarini chiqindi gazlar yordamida changdan tozalash don maydonlaridan tashqarida amalga oshirilishi kerak. Dvigatel radiatorlarida changni yoqish uchun ochiq olovdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
579. Oʻrim kombaynlarining biterli vali, somon yigʻuvchi transportyorlar va boshqa aylanuvchi qismlari oʻralib qolgan somonlardan oʻz vaqtida tozalanishi zarur.
580. Oʻrim mashinalari va agregatlariga texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va toʻxtash joylarini tashkil etish gʻalla maydonlaridan 30 m dan yaqin boʻlmagan joyda ruxsat etiladi.
581. Xoʻjalik-ishlab chiqarish majmuasi hududida dagʻal yem omborlari skirda, uyum, gʻaramdan (keyingi oʻrinlarda — gʻaram) 15 m dan yaqin boʻlmagan masofada joylashtirilishi hamda kamida 4 m kenglikda shudgorlangan maydon bilan ajratilishi kerak. Alohida gʻaramlar orasida (ularning asosidan) 5 m dan kam boʻlmagan himoya oraliqlari takshil etilishi kerak. Bitta gʻaram asosining maydoni 300 m2 dan, presslangan pichan yoki somon shtabellarida esa — 500 m2 dan oshmasligi kerak.
Somon va pichanlardan 50 m dan yaqin masofada ochiq olov bilan ishlashga ruxsat berilmaydi.
582. Alohida shtabel, bostirma yoki gʻaramlar orasidagi masofa 20 m dan kam boʻlmasligi kerak. Shtabellar, bostirmalar va gʻaramlar juft qilib joylashtirilishi kerak, bunda shtabellar, bostirmalar va gʻaramlarning bir juftlari orasidagi masofa 6 m dan, qoʻshni juftlar bilan esa 30 m dan kam boʻlmasligi kerak. Yongʻinga qarshi oraliq masofasi bloklar orasida (20 ta shtabel yoki gʻaram) kamida 100 m boʻlishi kerak. Ikki juft skirda orasidagi oraliq kamida 4 m kenglikda shudgorlanishi kerak.
583. Dagʻal yem-xashak omborxonalari, shtabel va gʻaramlaridan elektr uzatish liniyasigacha boʻlgan masofa kamida 15 m, yoʻllargacha — kamida 20 m, binolarga (inshootlarga) — kamida 50 m boʻlishi kerak. Yemni yuklash va tushirish vaqtida atomobil dvigateli oʻchirilgan boʻlishi kerak. Tutun chiqarish quvurlari oldida yotgan yem oldirilgandan keyin avtomobillar dvigateli ishga tushirilishi mumkin.
584. Dagʻal yem-xashaklarni quyidagi holatlarda xoʻjaliklarning ferma chordoqlarida saqlash taqiqlanadi:
a) xoʻjalikning tomi yonuvchi materiallardan tayyorlangan boʻlsa;
b) chordoq xonalari va unga tutash xonalarning yogʻoch qurilish qismlariga yonish xususiyatini pasaytiruvchi yongʻinga qarshi kimyoviy suyuqlik bilan ishlov berilmagan boʻlsa;
v) chordoqdagi elektr simi mexanik shikastlanishdan himoyalanmagan holatda yotqizilgan boʻlsa;
g) dudburonlar atrofiga 1 m masofada toʻsiq oʻrnatilgan boʻlmasa.
585. Gʻalla maydonlarida (pichan va somon gʻaramlarida) chekish, ochiq olovdan foydalanish, shuningdek, pichan va somon toʻplangan joylarda va ulardan 30 m dan kam boʻlgan masofada quruq oʻsimliklar, ildiz, xas va ekin qoldiqlarini yoqish taqiqlanadi. Dala shiyponlarida chekishga faqat maxsus belgilangan joylarda texnika (mashinalar) va yonuvchi materiallardan kamida 4 m masofada ruxsat etiladi.
586. Traktor, kombayn va boshqa mavsumga jalb etilgan texnika vositalarini saqlash va ularga dala sharoitida yonilgʻi quyish ishlari faqat maxsus ajratilgan maydonlarda yonilgʻi tashish texnikalari orqali ularning dvigatellari oʻchirilgan holda bajarilishi lozim. Bunda ushbu maydonlar boshoqli don ekinlari dalalaridan 100 m va bino-inshootlardan 50 m uzoqlikda joylashtirilishi hamda quruq oʻtlar va yonuvchi chiqindilardan tozalanib, atrofi 4 m kenglikda shudgorlangan boʻlishi kerak. Tungi vaqtda yonilgʻi quyish joyi yoritilishi kerak.
587. Oʻt unini tayyorlash uchun agregatlar bostirma yoki xonalarda oʻrnatiladi. Yonuvchi materiallardan tayyorlangan bostirmalarga yonish xususiyatini pasaytiruvchi yongʻinga qarshi kimyoviy suyuqlik bilan ishlov berilishi lozim.
588. Oʻt unini tayyorlash joyidan bino, inshoot va yonilgʻi-moylash materiallari boʻlgan sigʻimlargacha masofa kamida 50 m, dagʻal yem omborlari uchun esa kamida 150 m boʻlishi kerak.
589. Yonilgʻi baki agregat xonasi tashqarisida oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Yonilgʻi quvurlarida kamida 2 joʻmrak boʻlishi kerak (birinchisi — agregatdan oldin, ikkinchisi — yonilgʻi baki oldida).
590. Sigʻimi 1500 t dan ortiq boʻlgan don elevatorlarida va don uchun metall siloslarda oʻt va ozuqa unini saqlash taqiqlanadi.
Agar oʻt yoki ozuqa unining saqlangan qismida oʻz-oʻzidan qizish belgilari mavjud boʻlsa, uni shamollatish, transport mexanizmlaridan oʻtkazish va omborlarni shamollatish orqali sovitish kerak.
591. Vitaminli oʻt uni qurilmada alangalanishi aniqlangan taqdirda, ishlab chiqaruvchining talablariga rioya etilishi, shuningdek, yongʻingacha ishlab chiqarilgan mahsulotning kamida 150 kg miqdori va yongʻin oʻchirilgandan keyin ishlab chiqarilgan mahsulotning kamida 200 kg miqdori bostirmalar tagidagi alohida maydonlarga joylashtirilib, kamida 48 soat davomida kuzatib turilishi kerak.
592. Tayyorlangan va qoplarga qadoqlangan vitaminli oʻt uni kamida 48 soat davomida bostirma ostida saqlanishi kerak.
593. Vitaminli oʻt unini shamollatish tizimi soz va ishchi holatdagi omborlarda saqlash lozim.
594. Vitaminli oʻt unini oʻz-oʻzidan alangalanishining oldini olish maqsadida maxsus jurnalda sana, vaqt va oʻlchov joyi roʻyxati bilan namlik va harorat oʻlchovlarining kunlik nazoratini amalga oshirish lozim. Saqlash harorati atrof muhit haroratidan 5 °C dan ortiq boʻlmasligi va namlikning massa ulushi — 11 — 13 foizdan oshmasligi kerak. Namlikni aniqlash uchun namlik oʻlchagichlar yordamida ekspress usullardan foydalanish mumkin. Vitaminli oʻt unining namligi 14 foiz yoki undan koʻp boʻlsa, qoʻshimcha quritish choralari koʻrilishi lozim.
Vitaminli oʻt unini saqlashga moʻljallanmagan boshqa omborxonalarda saqlashga (chorva va parrandalarni saqlash binolari, don omborlari va boshqalar) ruxsat etilmaydi.
Vitaminli oʻt uni omborlarida boshqa modda va materiallarni saqlash taqiqlanadi.
595. Unni saqlash alohida ombor yoki boʻlinmada amalga oshirilib, yongʻinga qarshi devorlari yoki shiftlari hamda shamollatish moslamasi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Namlikning omborga tushishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Unning qopsiz saqlanishi taʼqiqlanadi.
596. Un qoplari ikki qator qilib, balandligi 2 m dan oshmagan shtabellarda saqlanadi. Qatorlar orasidagi yoʻlaklar kamida 1 m va devorlar boʻylab 0,8 m kenglikda boʻlishi kerak.
597. Oʻz-oʻzidan yonishning oldini olish maqsadida tashkilot rahbari saqlangayotan vitaminli oʻt uni haroratini nazorat qilinishini tashkil etadi.
598. Donni saqlash uchun moʻljallangan xonalarda quyidagilar taqiqlanadi:
a) texnika va uskunalarni hamda boshqa har qanday yongʻin xavfi mavjud boʻlgan materiallarni saqlash;
b) odamlar doimiy yoki qisqa muddat boʻladigan xoʻjalik xonalari va ishchi oʻrinlarini joylashtirish;
v) isitish jihozlarini dekoratsiya panjaralar bilan berkitish.
4-§. Paxta xom ashyosini yigʻish, tashish, quritish, saqlash va birlamchi qayta ishlashga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
599. Paxta yigʻim-terimi mavsumi boshlanishidan oldin unda ishtirok etuvchi barcha shaxslar yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriqdan oʻtishi kerak. Paxta terish mashinalari, traktorlar va paxta tashish avtomobillari yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari (paxta terish mashinalari — ikkitadan oʻt oʻchirgich, belkurak va 2x2 m kigiz, traktor va avtomobillar — bittadan oʻt oʻchirgich va belkurak) va soz holatdagi uchqun soʻndirgich bilan taʼminlangan boʻlishi, shuningdek, elektr taʼminoti va yonilgʻi-moylash tizimlari soz holatda boʻlishi kerak.
Gidravlik tizimdan moy, yonilgʻi sizib chiqsa, shuningdek, uchqun soʻndirgich boʻlmasa, qishloq xoʻjalik mashinalarida paxta terish va tashishga ruxsat berilmaydi.
600. Paxta terimi davomida quyidagilar taqiqlanadi:
a) paxta dalasida ochiq olovdan foydalanish va chekish;
b) bunkeri paxta xom ashyosi bilan toʻldirilgan paxta terish mashinasini dalada qoldirish va unga paxta maydonida yonilgʻi quyish;
v) nosoz elektr uskunalar bilan paxta terish mashinasidan foydalanish;
g) paxtani quritish maydonchalarida paxta terish mashinalarini saqlash.
601. Paxta xom ashyosini texnikada tashish davrida uning usti brezent yoki qiyin yonadigan mato bilan yopilishi kerak. Avtomobil kuzovining polida yoki tirkama korpusida tirqishlar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
602. Traktorlar, avtomobillar, paxta terish mashinalarini toʻxtatib turish, ularni taʼmirlash, moylash va yonilgʻi quyish, paxta xom ashyosini tabiiy quritish maydonlaridan kamida 50 m masofada amalga oshiriladi.
603. Paxta xom ashyosini tabiiy quritish maydonlari turar joy va jamoat binolaridan hamda taʼmirlash sexlaridan kamida 150 m, yuqori va past kuchlanishli elektr liniyalar tayanchlaridan ularning 1,5 ta balandligiga teng masofada joylashtiriladi.
604. Paxta xom ashyosini tabiiy quritish maydonlari yongʻinni oʻchirish maqsadida 50 m3 dan kam boʻlmagan miqdorda suv zaxirasi bilan taʼminlanadi.
605. Avtomobil yoʻllarida paxtani quritish taqiqlanadi.
606. Paxta xom ashyosini birlamchi qayta ishlash uskunalaridagi chang chiqishiga toʻsqinlik qiluvchi qurilmalar (zichlangan joyi, mahalliy soʻrish) soz holatda boʻlishi kerak.
607. Qurilish konstruksiyalari va uskunalarning ustiga tushgan paxta changi hamda toʻplanib qolgan paxta xom ashyosi zarur hollarda, lekin ish smenasida kamida bir marta tozalanishi kerak.
608. Tosh, metall va boshqa begona buyumlarni ushlab qoluvchi qurilmalar soz holatda saqlanadi.
609. Agregatlar avriyaviy toʻxtatilganda ulardagi nosozliklar bartaraf etilgandan soʻng qayta ishga tushiriladi.
610. Kardanli vallar va tasmalarning aylanuvchi qismlari paxta tushishining oldini olish maqsadida soz holatdagi himoya qopqoqlari bilan yopilishi kerak.
611. Paxta terish mashinalarining harakatlanuvchi va aylanuvchi qismlari paxta changi va tolalardan tozalanishi lozim.
612. Elevatorlar statsionar maydoncha va narvonlar bilan taʼminlanadi. Maydoncha kamida 0,9 m balandlikda panjara toʻsiqlari bilan oʻraladi va pastki qismi 0,1 m balandlikdagi yaxlit qoplama bilan himoyalanadi.
613. Transportyorlar paxta xom ashyosini pastki tasmadan olib tashlash uchun moʻljallangan maxsus qurilmalar bilan jihozlanadi.
614. Lentali transportyorlar joylarini oʻzgartirish elektr taʼminoti oʻchirilgan holatda amalga oshiriladi.
615. Kichik mexanizmlar oʻt oʻchirgichlar bilan taʼminlanishi kerak.
616. Kabellar transport vositalarining gʻildiraklari bosib oʻtishidan himoyalangan boʻlishi kerak.
617. Koʻchma kichik mexanizmlar uchun qoʻllanadigan egiluvchan kabellar raqamlanadi va qobigʻining tok qarshiligi yiliga kamida bir marta sinovdan oʻtkaziladi. Sinovdan oʻtmagan kabellarni ishlatish taqiqlanadi.
618. Statsionar elektr taqsimlash uskunalarining elektr taʼminoti yer ostida joylashtirilgan kabellar orqali amalga oshiriladi.
619. Elektr uskunalariga javobgar boʻlgan shaxslar quyidagilarga majbur:
a) elektr uskunalarini, apparatlarni va elektr tarmoqlarini oʻz vaqtida profilaktik koʻrikdan oʻtkazish va joriy taʼmirlash ishlarini tashkil qilish;
b) apparatlar zoʻriqishdan hamda boshqa normal ish rejimidan, qisqa tutashuvlardan muntazam ravishda himoya qilinishini nazorat qilish;
v) yongʻindan saqlovchi maxsus uskun a va vositalarning sozligini nazorat qilish.
620. Elektr tarmoqlari va apparatlarining uchqun chiqarishiga, qisqa tutashuvga, haddan ortiq qizib ketishiga olib kelishi mumkin boʻlgan barcha nosozliklar mutaxassis tomonidan zudlik bilan bartaraf etilishi kerak.
621. Pnevmotransport mashina va qurilmalarning yerga ulanish tizimi soz holatda saqlanishi lozim. Paxta xom ashyosini ventilyator yordamida mexanizatsiyalashgan holda yoyishga ruxsat berilmaydi.
622. Bitta gʻaramosti maydoni 25x14 m yoki 22x11 m boʻlganda — gʻaramlar soni oltitadan, gʻaramosti maydoni 65x14 m boʻlganda gʻaramlar soni ikkitadan koʻp boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunda gʻaram balandligi 8 m dan oshmasligi lozim.
623. Guruhlardagi paxta gʻaramlari orasidagi masofa 15 m dan, guruhlar oʻrtasida masofa esa 30 m dan kam boʻlmasligi kerak.
624. Paxta gʻaramlarini titish davrida paxta tashuvchi mashinalar, mexanizmlar va avtopoyezdlar guruhlar orasidagi 30 m li masofani saqlagan holatda joylashtirilishi kerak.
625. Paxta tozalash va qabul qilish korxonalari hududlarida oʻtkazilgan elektr kabellar ustidan avtotransport va kichik mexanizmlarning oʻtishiga ruxsat etilmaydi.
626. Avtotransport vositalari va kichik mexanizmlar hamda agregatlarda yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf qilish, ular paxta gʻaramidan kamida 5 m uzoqlikdagi masofaga oʻtkazilib, oʻchirilgan holda amalga oshirilishi lozim.
627. Frezalar qoziqlarining uchlari uchqun chiqarmaydigan materialdan tayyorlanishi lozim.
628. Freza qoziqlarining yopiq ombor shifti va poliga hamda boshqa metall (beton) konstruksiyalariga tegmasligi uchun strelaning yuqoriga va pastga harakati chegaralanib qoʻyilishi lozim.
b) issiqlik ishlab chiqaruvchi qurilmalarda oʻlchash vositalari va xavfsizlikning avtomatlashtirilgan tizimi ishlashi;
v) quritish kamerasi eshigi va taʼminlagichining mahkamligi;
g) baraban va shnek boʻlimlarini paxta xom ashyosidan davriy ravishda tozalanishi.
630. Paxta xom ashyosini quritish uchun ishlatiladigan issiqlik ishlab chiqaruvchi qurilmalar yonmaydigan konstruksiyalardan tayyorlangan alohida xonalarga oʻrnatiladi.
631. Quritish qurilmasining ishlashi doimiy nazorat qilinadi. Paxta xom ashyosi harorati chiqishda 70oC dan oshishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
632. Quritish barabanidan sargʻaygan paxta chiqsa, darhol paxta va issiq havo berish hamda mexanizmlarning ishlashini toʻxtatish kerak. Agar quritish barabanidan kelayotgan paxta yonsa, quritgich darhol toʻxtatilib, choʻgʻlangan paxta oʻchirilishi va tozalanishi kerak.
633. Quritish boshlanishi faqat paxtaning qizib ketishi yoki yonishi sabablarini sinchiklab tekshirish va bartaraf etish orqali qayta tiklanishi mumkin.
634. Paxta xom ashyosi tozalagichlarning joyini oʻzgartirishda panjaralar orasidagi tirqishlar oʻzgarmasligi va teshikli toʻrlar yuzasi begona jism va oʻtlar bilan tiqilib qolmasligi uchun panjaraning holati kuzatib borilishi lozim.
Panjaralarni tozalash va tola tozalagichlarning soʻrish kamerasidagi tiqilgan jismlarni bartaraf etish faqat yogʻoch tayoqchalar yordamida bajariladi.
635. Paxta tolasini saqlash faqat toylarda amalga oshiriladi. Barcha ochilib ketgan toylar har smena oxirida qayta ishlanadi.
636. Paxta toylarini shtabellarda ochiq maydonlarda saqlashda shtabelning oʻlchamlari uzunligi 22 m, kengligi 11 m va balandligi 8 m dan oshmasligi kerak.
Shtabellar oʻlchami kamaytirilsa, ular orasidagi masofa eng baland shtabelning ikkita balandligidan kam boʻlmasligi kerak.
637. Ochiq maydonlardagi saqlanadigan paxta tolalari taxlangan barcha shtabellarning usti brezent bilan yopilgan boʻlishi lozim.
638. Bostirma ostida saqlanadigan paxta tolalari eni 2 m dan kam boʻlmagan koʻndalang yoʻlaklar qoldirib taxlanadi.
Bunda yoʻlaklar soni:
maydoni 300 dan 600 m2 gacha boʻlsa — bitta;
maydoni 1200 kvadrat m2 gacha boʻlsa — uchta;
maydoni 1800 m2 gacha boʻlsa — toʻrtta boʻlib, ular teng masofada boʻlishi kerak.
Paxta tolasi balandligi boʻyicha esa tomning panjarasi yoki ferma shiftigacha kamida 1 m ochiq joy qoldirib taxlanadi.
639. Paxta toylarini yopiq omborlarda saqlaganda ular maxsus tagliklar ustiga taxlanadi. Bunda uzunligi kamida 2 m li bitta yoʻlak va har bir eshik toʻgʻrisida ushbu kenglikda koʻndalang yoʻlaklar qoldiriladi. Omborning perimetri boʻylab devor bilan orasida kamida 1 m boʻlgan yoʻlak qoldirilishi lozim.
Omborlar ichida har qanday toʻsiqlarni oʻrnatish taqiqlanadi.
640. Yopiq omborlar va bostirma ostidagi pollar, shuningdek, ochiq maydonlardagi shtabellarning ostidagi asoslar yonmaydigan materiallardan ishlangan boʻlishi kerak.
641. Avtomobillar va traktorlar paxta tolasi boʻlgan yopiq omborlar, bostirmalar va shtabellarga faqat tutun chiqarish quvurining qarama-qarshi tomoni bilan haydab kelinadi. Bunda tutun chiqarish quvuri uchqun soʻndirgich bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Barcha hollarda avtomobillar, motovozlar, avtodrezina, avtokran va mototsikllar paxta tolalari boʻlgan bostirma va shtabellarga 3 m dan yaqinroq kirishiga ruxsat etilmaydi.
642. 2400 t dan koʻp paxta xom ashyosini saqlashga moʻljallangan paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash maskanlarida yuqori bosimli yongʻinga qarshi suv manbasi tashkil etilishi lozim.
643. 2400 t gacha paxta xom ashyosini saqlashga moʻljallangan paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash maskanlarida yongʻinni oʻchirish uchun yongʻinga qarshi suv havzalaridan foydalanishga ruxsat beriladi.
644. Suv havzalariga yoki tabiiy suv manbalariga borish uchun eni 3,75 m dan kam boʻlmagan qattiq qoplamali yoʻl va 12x12 m oʻlchamli maydon tashkil etiladi.
645. Avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalarida (keyingi oʻrinlarda — AYQSH) quyidagi hujjatlar boʻlishi kerak:
a) obyekt rahbari tomonidan tasdiqlangan AYQSHda yuzaga kelgan avariyani bartaraf etish rejasi (keyingi oʻrinlarda — ABER) ;
b) obyekt rahbari tomonidan tasdiqlangan AYQSH hududidan odamlar va transport vositalarini evakuatsiya qilish rejasi;
v) AYQSH ishchi-xizmatchilarining lavozim yoʻriqnomalari, AYQSHda yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun javobgarlarni tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma;
g) ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq yongʻin xavfsizligi choralari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomalar;
d) yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriqni qayd qilish jurnali.
646. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi gazlarni saqlash rezervuarlarining toʻldirish darajasi rezervuarga oʻrnatilgan penogenerator va boshqa uskunalar joylashgan joydan kelib chiqqan xolda texnik pasportda koʻrsatilgan sathigacha boʻlishi, lekin 85 foizdan oshmasligi kerak.
647. Texnologik uskunalar statik elektr tokidan himoyalangan boʻlishi kerak.
648. AYQSHning lyuklari, eshiklari va texnologik quduqlarining lyuk qopqoqlari uchqunga xavfsiz boʻlishi kerak (rangli metallardan tayyorlangan yoki uchqun hosil qilmaydigan prokladkalar bilan taʼminlangan).
649. Siqilgan, suyultirilgan yoki erigan yonuvchi gazlar boʻlgan ballonlar metall shkaflarga joylashtirilishi kerak. Shkaflar shamollatib turiladigan boʻlishi kerak.
650. Shlamdan tozalash ishlari yakunlangandan soʻng shlamlarni darhol yonilgʻi quyish shoxobchalari hududidan chiqarib tashlash kerak.
651. Yonilgʻini quyish jarayonida yonilgʻi bugʻlarining retsirkulyatsiyasini amalga oshirish uchun rezervuarning deaeratsiya quvurini berkitish taqiqlanadi.
652. AYQSH hududida (bino, inshoot va texnologik tizimlarda) taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda obyekt rahbari tegishli yongʻin xavfsizligi choralarini taʼminlashi lozim.
653. Uchqun hosil boʻlishining oldini olish maqsadida neft mahsulotlarini tashuvchi sisternalar, koʻchma yonilgʻi quyish shoxobchalarining qopqoq va probkalarini burash maxsus kalitlar yordamida bajarilishi kerak. Ularni bolgʻalar, keskichlar va boshqa vositalar yordamida ochishga yoʻl qoʻyilmaydi.
654. Rezervuarlarni yonilgʻi bilan toʻldirish faqat yopiq usulda amalga oshirilishi kerak.
655. Yonilgʻi bugʻlarining atrof muhitga chiqarilishi rezervuarlarning deaeratsiya quvurlaridan tashqari yoki yonilgʻisi boʻlgan avtotsisternaning havo klapanlari orqali amalga oshirilishi kerak.
656. Har bir avtotsisterna neft mahsulotlarini toʻkish jarayoni boshlanishidan oldin alohida yerga ulanishi kerak. Yerga ulash moslamasini uzishga faqat toʻkish jarayoni yakunlangandan soʻng ruxsat etiladi.
657. Bir vaqtning oʻzida avtotsisternadan yonilgʻi saqlash rezervuarini toʻldirish va AYQSHning boshqa rezervuaridan transport vositalariga yonilgʻini quyish faqat ostki klapan bilan jihozlangan avtotsisternalar uchun alohida oʻtish joyi mavjud boʻlgan yonilgʻi quyish shoxobchalariga ruxsat beriladi.
658. Boshqa yonilgʻi quyish shoxobchalarida yonilgʻi saqlash rezervuarlarini toʻldirishda shoxobcha xodimlari tarkibiga kirmaydigan (avtotsisterna haydovchisi bundan mustasno) odamlarning hududda boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
659. Yonilgʻini avtotsisternadan rezervuarga toʻkish jarayoni avtomobillarga yongilgʻi quyish shoxobchasi ishchilari va avtotsisterna haydovchisi tomonidan nazorat qilinishi kerak. Shu bilan birga, AYQSH hududida 2 va undan ortiq avtotsisternalarning boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
660. AYQSHlarning pastki klapan bilan jihozlanmagan rezervuarlariga avtotsisternalardan yonilgʻini toʻldirishda quyidagilar bajarilishi lozim:
a) avtotsisterna uchun moʻljallangan yonilgʻi quyish maydonchasida har biri kamida 100 L hajmli 2 ta transportirovka qilinadigan havo-koʻpikli oʻt oʻchirgichlarni oʻrnatish va shay holga keltirish;
b) avtotsisterna uchun moʻljallangan yonilgʻi quyish maydonchasidagi neft mahsulotlari bilan ifloslangan atmosfera yogʻinlarini chiqarish uchun ariqlarni berkitish va toʻkilgan yoqilgʻini avariyaviy rezervuarga yuboruvchi quvurni ochish;
v) avtotsisternani unga moʻljallangan maydonchaga oʻrnatish va yerga ulash.
Yerga ulash oʻtkazgichini avtotsisternaning ifloslangan va boʻyalgan metall korpuslariga ulashga yoʻl qoʻyilmaydi. Har bir avtotsisterna undagi neft mahsuloti toʻliq toʻkib olinguncha alohida yerga ulangan boʻlishi lozim.
661. Transport vositalariga yonilgʻi quyishda quyidagi talablarga rioya qilinishi kerak:
a) mototexnika vositalari yonilgʻi quyish kolonkalariga dvigatellari oʻchirilgan holda oʻrnatiladi, dvigatelni ishga tushirish va toʻxtatish yonilgʻi quyish kolonkalaridan kamida 15 m masofada amalga oshiriladi, avtomobillar esa — oʻzining harakati bilan;
b) yerga toʻkilgan neft mahsulotlari ustiga qum sepib qoʻyiladi yoki maxsus shimdiruvchi vosita (adsorbent) bilan tozalanadi. Shimdirilgan qum, adsorbent va moylangan matolar ogʻzi mahkam yopiladigan metall idishga yigʻilib, ish kuni yakunlangandan soʻg yonilgʻi quyish shoxobchasi hududidan olib chiqib ketiladi;
v) yonilgʻi quyilayotgan transport vositasi bilan undan keyingi transport vositasi orasidagi masofa kamida 3 m, navbatda turgan keyingi avtomobillar oʻrtasida esa kamida 1 m oraliq masofa boʻlishi kerak. Shu bilan birga, har bir transport vositasi shoxobcha hududidan chiqib ketish va harakatlanish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak;
g) yonilgʻini avtomobil bakika quyish jarayonida haydovchilar bevosita ishtirok etishi kerak. Och rangli neft mahsulotlarini shisha idishlar va polietilen idishlarga antistatik moslamalarsiz quyish taqiqlanadi.
662. AYQSHda quyidagilar taqiqlanadi:
a) dvigateli ishlab turgan transport vositalariga yonilgʻi quyish;
b) texnik va foydalanish hujjatlarda nazarda tutilgan hollardan tashqari transport vositalarining yer osti rezervuarlari ustidan harakatlanishi;
v) momaqaldiroq va atmosferada zaryadlanish yuzaga kelishi xavfi mavjud boʻlgan vaqtlarda rezervuarlarga yonilgʻi toʻldirish va avtomobillarga yonilgʻi quyish;
g) yonilgʻi va moylar bilan ifloslangan hamda statik razryad hosil qiluvchi kiyim-boshlarda ishlash;
d) ichida yoʻlovchilari boʻlgan transport vositalariga yonilgʻi quyish (yengil avtomobillar bundan mustasno);
e) 1 — 9-sinflarga mansub xavfli yuklar (portlovchi moddalar, siqilgan va suyultirilgan yonuvchi gazlar, yengil alangalanuvchi suyuqliklar va materiallar, zaharli va radioaktiv moddalar va boshqalar) ortilgan transport vositalariga yonilgʻi quyish (ushbu transport vositalari uchun moʻljallangan maxsus shoxobchalar bundan mustasno);
j) shoxobchada benzinni toʻkib olish, saqlash yoki quyish-toʻkish jarayonlarida uchqun soʻndirgich bilan jihozlanmagan traktorlarning hududga kirishi;
z) quyish-toʻkish jarayonlari olib borilayotgan joydan 20 m radiusda, shuningdek, bevosita shoxobchaning uskuna va binolariga (inshootlariga) taalluqli boʻlmagan taʼmirlash va yongʻin xavfi mavjud ishlarni amalga oshirish.
663. Harakatlanuvchi yonilgʻi quyish shoxobchalarining texnologik qurilmalari statsionar yonilgʻi quyish shoxobchalari uchun belgilangan yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq jihozlangan maxsus maydonchalarga oʻrnatilishi kerak.
664. Harakatlanuvchi yonilgʻi quyish shoxobchalarini boshqa maqsadlarda hamda boshqa texnikalardan harakatlanuvchi yonilgʻi quyish shoxobchasi sifatida foydalanish taqiqlanadi.
665. AYQSH yongʻin chiqqan transport vositasini favqulodda evakuatsiya qilish uchun uzunligi 3 m dan kam boʻlmagan qattiq shatakka olish moslamasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
666. AYQSHlar loyihaga koʻra ostki klapan bilan jihozlanmagan avtotsisternadan foydalanishda har birining sigʻimi 100 L dan kam boʻlmagan, kamida 2 dona transportirovka qilinadigan havo-koʻpikli oʻt oʻchirgichlar bilan taʼminlanishi lozim.
667. AYQSH quyidagi yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan jihozlanishi kerak:
a) faqat yengil avtomobillarga moʻljallangan, 1 tadan 4 tagacha yonilgʻi tarqatish ustunlariga ega boʻlgan yonilgʻi quyish shoxobchasi — 1 dona havo-koʻpikli oʻt oʻchirgich (sigʻimi 10 L yoki oʻt oʻchirish moddasining ogʻirligi 9 kg) va bitta kukunli oʻt oʻchirgich (sigʻimi 5 L yoki oʻt oʻchirish moddasining ogʻirligi 4 kg), 5 tadan 8 tagacha yonilgʻi tarqatish ustunlari boʻlgan yonilgʻi quyish shoxobchasi — 2 ta havo-koʻpikli oʻt oʻchirgich (sigʻimi 10 L yoki oʻt oʻchirish moddasining ogʻirligi 9 kg) va 2 ta kukunli oʻt oʻchirgich (sigʻimi 5 L yoki har biridagi oʻt oʻchirish moddasining ogʻirligi 4 kg).
Oʻt oʻchirgichlarni yonilgʻi toʻldirish kolonkasining yoniga joylashtirish lozim.
Toʻldirish joylari orasidagi masofa 6 m dan oshmasa, 2 ta shunday toʻldirish joylari uchun 1 ta umumiy oʻt oʻchirgichlar jamlanmasi oʻrnatilishiga ruxsat beriladi;
b) yuk mashinalari, avtobuslar, yirik qurilish va qishloq xoʻjaligi texnikalariga moʻljallangan yonilgʻi quyish shoxobchalari — 2 ta transportirovka qilinadigan kukunli oʻt oʻchirgichlar (har biri kamida 50 L sigʻimga ega) va yengil avtomobillarga moʻljallangan yonilgʻi quyish shoxobchalari uchun belgilangan miqdorda havo-koʻpikli koʻchma oʻt oʻchirgichlar bilan taʼminlanishi kerak;
v) avtotsisternalar oʻrnatilgan maydon — 2 dona transportirovka qilinadigan kukunli oʻt oʻchirgichlar (har biri kamida 50 L sigʻimga ega) bilan taʼminlanishi lozim.
668. AYQSHda yongʻin chiqishi xavfi paydo boʻlsa, texnologik tizimlarning elektr taʼminoti oʻchirilib (avariyaga va yongʻinga qarshi himoya tizimlarining elektr taʼminotidan tashqari), obyekt ishi toʻxtatilishi, shoxobcha hududidagi transport vositalari va tashrif buyuruvchilar tashqariga chiqarilib, sodir boʻlgan holatni bartaraf etish choralari koʻrilishi lozim.
Shoxobchada yongʻin sodir boʻlsa, darhol yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini chaqirish, obyektning yongʻindan himoya qilish tizimlarini ishga tushirish va mavjud oʻt oʻchirish vositalari bilan yongʻinni oʻchirishni tashkil etish kerak.
669. Yonilgʻi toʻldirish joyi yoki avtotsisterna maydonida benzin sizib chiqishi (toʻkilishi) yuzaga kelsa, u yerda transport vositalari dvigateli oʻt oldirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Benzinning avariyaviy sizib chiqishi (toʻkilishi) sodir boʻlib, yerga yoyilgan yonilgʻida alangalanish kuzatilmayotgan boʻlsa, yonilgʻi toʻkilgan maydon oʻt oʻchirgichning havo-koʻpigi bilan toʻliq qoplanishi kerak.
Avtotsisterna maydonida yuqoridagi kabi toʻkilish yuzaga kelganda, hosil qilingan koʻpik qatlami rezervuardagi yonilgʻi toʻliq toʻkilib boʻlguniga qadar saqlab turilishi kerak.
2-§. Gaz ballonli transport vositalariga yonilgʻi quyish shoxobchalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
670. Suyultirilgan gaz tashuvchi avtotsisternalardan gazni toʻkib olish ulardan biri masʼul qilib tayinlangan ikki nafar ishchilar nazorati ostida amalga oshirilishi lozim. Toʻkib olish kunduzgi vaqtda amalga oshirilishi kerak. Gazni qorongʻi vaqtda toʻkib olishga ish joyi yetarli darajada yorugʻlik bilan taʼminlangan holatdagina ruxsat etiladi.
671. Koʻp tarmoqli avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasi (keyingi oʻrinlarda — KTAYOQSH), avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasi (keyingi oʻrinlarda — AGQSH), avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi (keyingi oʻrinlarda — AGTKSH)da qoʻlda olib yuriluvchi (koʻchma) gaz analizatorlar yordamida gaz-havo muhiti oʻlchab turilishi kerak. Buning uchun namuna olish nuqtalari belgilangan sxemaga ega boʻlishi hamda oʻlchovlar grafigi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim.
Oʻlchov oʻtkazish sxemasida KTAYOQSH va AGQSHning texnologik qurilmalari va rezervuarlaridan 50 m radiusda joylashgan barcha texnik quduqlar, shaxtalar, qoʻshma kommunikatsiyalar quduqlari hamda AGTKSHning egallab turgan hududi qamrab olinishi lozim. Oʻlchashlar natijalari tegishli dalolatnomada qayd etilishi kerak.
672. Avtotsisternalarni boʻshatishda uning dvigateli oʻchiq holatda boʻlishi kerak (avtomobil dvigateli yordamida suyultirilgan gazlarni toʻkuvchi nasoslar bilan jihozlangan va tutun chiqarish quvuri soz holatdagi uchqun soʻndirgichga ega boʻlgan hollar bundan mustasno).
673. AGQSH hududida gaz sizib chiqishi aniqlansa, hududda begona shaxslar boʻlmasligini taʼminlash, shoxobchadagi va undan 50 m radiusda joylashgan barcha avtomobillarning dvigatellari oʻt oldirilmasligini nazorat qilish hamda yuzaga kelgan holatni bartaraf etish choralari koʻrilishi kerak.
674. Gaz ballonli transport vositalariga AGQSH va AGTKSHlarda quyidagilar taqiqlanadi:
a) maishiy gaz ballonlarini toʻldirish;
b) texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati tugagan ballonlarni toʻldirish;
v) ASGQSH, AGTKSH hududida uning faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan ishlarni bajarish;
g) avtotsisternadan suyultirilgan gazni toʻkib olish vaqtida gaz ballonli avtomobillarning ballonlarini toʻldirish. Bunday vaqtlarda obyekt hududiga kirishni taqiqlovchi belgi oʻrnatilishi kerak;
d) suyultirilgan gaz quvurlaridan yerlantiruvchi tok oʻtkazgich sifatida foydalanish;
e) zichlash materialari yaroqsiz holga kelgan yoki germetik-mahkamligini yoʻqotgan suyultirilgan gaz quyuvchi nasos va kompressorlaridan foydalanish. Bunda nasosning zichlash materiallari va germetik-mahkamlagichlar yogʻ va benzinga chidamli boʻlishi lozim;
j) gaz ballonli transport vositalarning dvitageli ishlab turgan holatda, shuningdek, gaz ballonlari avtomobilning bagaj qismida joylashgan boʻlsa, avtomobil kapoti va bagaj qapqogʻi yopiq turgan vaqtda yonilgʻi quyish;
z) bosim ostida turgan gaz quvurlari va apparatlarning gayka yoki ulanmalarini qotirish hamda ularni metall jismlar bilan urish.
675. Gaz toʻldirish shlangini ventilga ulash va ajratib olish, gazni boshqarish klapanlari va toʻldirish tugaganligining nazorati ASGQSH yoki AGTKSH operatori tomonidan amalga oshirilishi lozim. Suyultirilgan uglevodorod gaz bilan ballonlarni toʻldirish uning geometrik hajmining 85 foizidan oshmasligi kerak. Yonilgʻini quyib boʻlgandan soʻng operator tashqi koʻrik orqali toʻldirish ventili yopilganiga ishonch hosil qilishi kerak. Dvigatel ishida oʻzgarish yuzaga kelsa darhol toʻxtatilishi va avtotransport vositasi gaz quyish kolonkasidan xavfsiz masofaga (kamida 30 m) olib chiqilishi kerak.
676. Neft mahsulotlarining namunalari toza, quruq shisha idishlarga quyilishi kerak. Shishalar 90 foizdan ortiq boʻlmagan hajmda toʻldirilishi va probka yoki vint qopqoqlar bilan yopilishi lozim. Namunalarni ochiq idishlarda saqlash taqiqlanadi.
677. Namunalarni tashish uchun maxsus qutilar ishlatilishi kerak.
678. Laboratoriyalarning ish joyida har bir turdan 1 kg dan koʻp boʻlmagan, lekin umumiy ogʻirligi 4 kg dan koʻp boʻlmagan yonuvchi moddalarni saqlashga ruxsat etiladi.
679. Laboratoriya xonasidagi neft mahsulotlari va boshqa yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar namunalari yongʻindan ogohlantiruvchi “Yongʻin xavfi mavjud: yengil alangalanuvchi moddalar” belgisi boʻlgan maxsus metall shkaflarda (qutilarda) germetik yopilgan idishlarda saqlanishi lozim. Shkaflar (qutilar) xonadan chiqishdan qarama-qarshi tomonga oʻrnatilishi kerak.
680. Portlab-yonish xavfi mavjud modda va materiallar bilan ishlash uchun moʻljallangan ish stoli va shkaflar zarba paytida uchqun paydo boʻlishini istisno qiluvchi yonmaydigan materiallar bilan toʻliq qoplangan boʻlishi kerak. Kislota, ishqorlar, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar bilan ishlashda suyuqlikning stol yoki shkafdan tashqariga toʻkilishining oldini olish maqsadida yonmaydigan materialdan tayyorlangan qirralar bilan qoʻshimcha jihozlanishi lozim.
681. Havo tortuvchi shkaflardagi elektr qurilmalar portlashdan himoyalangan holda bajarilishi kerak. Oʻchirib-yoqish moslamasi va shtepsel rozetkalari havo tortuvchi shkafdan tashqarida oʻrnatilishi lozim.
682. Portlovchi gaz yoki bugʻlar ajralib chiqishi bilan bogʻliq ishlar faqat havo tortuvchi shkaflar ichida bajarilishi kerak. Nosoz havo tortuvchi shkaflardan foydalanish taqiqlanadi.
683. Ochiq olov yoki elektr isitish moslamalari ishlatiladigan stol va havo tortuvchi shkaflarda yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni saqlash, ularni toʻkish va jihozlarga yuklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
684. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar solingan idishlarni ochiq olov va ochiq holatdagi elektr isitish moslamalarida qizdirishga, shuningdek, suv bilan taʼsirlashadigan kimyoviy moddalar va birikmalar solingan idishlarni isitish uchun suvli hammomdan foydalanish taqiqlanadi.
685. Sovitish va shamollatish tizimlari nosoz boʻlgan laboratoriya jihozlaridan foydalanish mumkin emas.
686. Suv mavjudligi belgilari boʻlgan va isitish talab qilinadigan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar oldindan suvsizlantirilishi kerak.
687. Toʻkilgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar darhol yigʻishtirib olinishi va ular toʻkilgan joy suv bilan yuvilishi lozim.
688. Ishlatilgan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni umumiy kanalizatsiyaga toʻkish taqiqlanadi.
689. Yonilgʻi-moylash laboratoriyalaridagi laboratoriya idishlarini yuvish maxsus xonalarda amalga oshirilishi kerak. Ushbu xonalar havo tortuvchi shamollatish tizimi va ishlab chiqarish kanalizatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
690. Laboratoriya xonalarida yonuvchi gaz bilan toʻldirilgan ballonlarni saqlash taqiqlanadi.
691. Avtotransformatorlar va kavsharlash lampalari maxsus yonmaydigan tagliklarga ega boʻlishi kerak.
692. Kimyoviy moddalar bilan ishlashda quyidagilar taqiqlanadi:
a) ochiq olovdan foydalanish;
b) toʻkilgan suyuqliklarni shimdirish uchun yonuvchan materiallardan (qipiq, torf, matodan) foydalanish;
v) toʻkilgan kukunsimon moddalarni uchqun hosil qiluvchi materialdan tayyorlangan buyumlar bilan yigʻib olish;
g) kimyoviy moddalarni uchqun hosil qiluvchi materiallardan tayyorlangan asboblar bilan parchalash.
38-bob. Sanoat obyektlariga (ishlab chiqarish obyektlariga) qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
693. Suv bilan taʼsirlanish natijasida oʻzidan yonuvchi gazlarni ajratuvchi silikokalsiy, ferrosilitsiy va boshqa yonuvchi qattiq materiallar gaz sizib chiqishi uchun tuynuklari boʻlgan qopqoqli quruq va toza temir barabanlarga qadoqlanishi kerak. Ushbu tuynuklar namlik tushishidan himoyalangan boʻlishi lozim.
a) granulalarni maydalash, yuklash-tushirish joylarida, transport galereyalarida metall changlarning 5 mm dan ortiq qalinlikda toʻplanib qolishi;
b) yonuvchi kukun va pudra koʻrinishidagi ishlab chiqarish qoldiqlarini chiqindi toʻplash joylariga tashlash;
v) ish joylarida buyumlarni presslash jarayonida kerosin-stearin aralashmasini toʻkish va ularni toʻplash;
g) ish joyida yogʻsizlantirish uchun ishlatiladigan yengil alangalanuvchi suyuqliklarni bir smenaga yetadigan miqdordan ortiq, magniy qotishmalarni qayta ishlash uchastkalarida yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni saqlash;
d) titanning qipigʻi, qirindisi hamda boshqa chiqindilari va qotishmalarini ish joylarida hamda ochiq havoda saqlash. Titanning chiqindi qotishmalari doimiy shamollatish tizimiga ega boʻlgan maxsus ajratilgan quruq xonalarda “Titan chiqindisi” yozuvi tushirilgan germetik idishlarda saqlanishi kerak. Bunday xonalarda kimyoviy moddalar, yonuvchi suyuqliklar va boshqa yonuvchi materiallarni saqlash;
e) magniyli qotishma chiqindilarini boshqa metallarning chiqindilari bilan aralashtirish.
695. Yongʻinni oʻchirish vositalari va moddalarining yaroqliligi bir oyda kamida bir marta, eritish pechlarining avariyaviy bunkerlari esa har haftada bir marta tekshirib turilishi kerak.
696. Karbonizatsiyalash jarayonlari vaqtida karbonlash sigʻimi oldida biror-bir buyumda hosil boʻlgan alangani suv va koʻpikli oʻt oʻchirgichlar yordamida oʻchirish taqiqlanadi. Yongʻinni oʻchirish uchun quruq qum yoki uglekislotali oʻt oʻchigichlardan foydalanish kerak.
697. Ishqorli vannalarda issiqlik bilan ishlov berish jarayonida quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
a) izotermik soʻndirish vaqtida eritmaning ogʻirligi issiq qismlar choʻktirilganda harorat 10 °C dan oshmasligini taʼminlashi lozim;
b) ishqorli sigʻimni oʻrab turuvchi qoplamadagi ortish darchasi qulflanadigan eshikka ega boʻlishi kerak.
698. Tuzli vannalarda issiqlik bilan ishlov berish jarayonlarida quyidagi talablarga rioya qilinishi kerak:
a) vannadagi eritma yuzasida hosil boʻladigan qoplama va shlaklar vaqti-vaqti bilan quruq maxsus teshikli choʻmich yordamida olib tashlanishi kerak;
b) qotib qolgan tuzlarni qizdirganda tuzlarning qattiqlashgan boʻlaklari sochilib (sachrab) ketmasligi uchun ularni urib ezgʻilash taqiqlanadi;
v) vanna pechlarida taʼmirlash ishlari tugallanganda ular yaxshilab quritilgandan soʻng ish boshlashga ruxsat beriladi;
g) eritilgan tuz va metallarning yonishini oʻchirish uchun ish joyida qum toʻldirilgan quti boʻlishi kerak.
699. Elektr pechlariga mahsulotni ortish, tushirish, ularni tekshirish, taʼmirlash va tozalash faqat elektr taʼminoti butunlay oʻchirilgandan keyin amalga oshirilishi lozim.
700. Ish joylarini magniy qirindisi va changidan tozalash, ish joyining havosida chang va aerozollar paydo boʻlishini istisno qiladigan tarzda, bir smenada kamida uch marta bajarilishi kerak. Ishlatilgan tozalovchi materiallar qopqogʻi mahkam yopiladigan metall qutiga yigʻilishi va har smenada bir marta chiqarib tashlanishi kerak.
701. Magniy qotishmasining qirindi va chiqindilari (magniy-litiy qotishmasidan tashqari) uskunalardan kamida 6 m uzoqlikda oʻrnatilgan “Magniy chiqindisi” yozuvli maxsus yopiq idishda yigʻilishi lozim.
702. Magniy va uning qotishmalaridagi yongʻinni oʻchirishda kukun tarkibli birikmadan foydalanish kerak. Kichik yongʻin oʻchoqlarini bartaraf etish uchun quruq qum, kukunsimon grafit va magniy oksididan foydalanishga ruxsat beriladi. Ushbu moddalarni pechda eritilayotgan magniyni oʻchirishda foydalanishga yoʻl quyilmaydi. Mazkur barcha yongʻin oʻchiruvchi moddalar yonayotgan magniy oʻchogʻiga belkurak yoki statsionar qurilmalar yordamida yetkazilishi kerak.
703. Olovga bardoshli mahsulotlarni ishlab chiqarish binolarida portlash va yongʻin xavfsizligi boʻyicha maxsus choralarni koʻrmasdan yonuchi (portlovchi) gazlardan yoqilgʻi va tiklovchi muhit sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
704. Eritish kamerasi devorlarini yengil alangalanuvchi kondensatdan tozalash ishlari mexanik usulda amalga oshirilishi kerak. Ushbu kondensat toʻliq chiqarib tashlanmagunga qadar vakuum kamerasini taʼmirlash ishlarini bajarish va koʻrikdan oʻtkazish uchun texnik xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni kirishiga ruxsat berilmaydi.
705. Aluminiy kukuni ishlab chiqariladigan va saqlanadigan joylarda uning oksidlanishi, oʻz-oʻzidan alangalanishi va portlashining oldini olish maqsadida namlik va zaxni bartaraf etish choralari koʻrilishi kerak.
706. Maydalangan portlovchi moddalar pnevmatik va boshqa quvur tarmoqlari orqali uzatilishi inert gaz muhitida amalga oshirilishi kerak.
Oʻz-oʻzidan alangalanuvchi materiallar saqlanadigan bunkerlar (omborxonalar) ushbu materiallarning haroratini nazorat qiluvchi, yongʻinga qarshi vositalar ishga tushirilishi bilan oʻzaro bogʻliq holda ishlovchi moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Bunkerlar, konveyer galereyasi va boshqa xonalarning uskuna va pol qismidagi yonuvchi changlarni tozalash ishlari — har smenada, devorlar, shiftlar va qurilish konstruksiyalarini tozalash esa — haftada kamida bir marta amalga oshirilishi lozim.
707. Ishqoriy metalllar bilan ishlashda quyidagi talablarga amal qilish kerak:
a) ishqoriy metallar (litiy va natriy) va kalsiyni quruq oʻtkir pichoq bilan filtrli qogʻoz ustida kesish kerak. Ishqoriy metall chiqindilari qalin devorli idishlarda toʻplanishi va suvsizlantirilgan kerosin yoki moy bilan toʻliq toʻldirilgan boʻlishi kerak. Ishqoriy metallar solib ishlatilgan idish va moslamalarni etanol bilan tozalab, suv bilan yuvish kerak;
b) ishqorli metallarni suvsizlantirilgan kerosin yoki moyda, havo kirmaydigan qilib mahkam yopilgan, qalin devorli idishlarda saqlash lozim. Ishqoriy metallar solingan idishlar devorlari va ostki qismi asbest bilan qoplangan mustahkam qopqoqli metall qutilarga joylashtirilishi kerak;
v) ishqorli metallarni qutidan olish va ularni idishlarga solishda quruq pinset yoki halqali qisqichlardan foydalanish zarur. Kerosin ustki qismidagi metall boʻlakchalar filtrli qogʻozlar yordamida yoʻq qilinishi kerak;
g) ishqoriy metallar bilan ishlaganda moy, havo yoki qum vannalaridan foydalanish kerak.
708. Ishqoriy metallar bilan ishlaganda quyidagilar taqiqlanadi:
a) erituvchilar boʻlmaganda ularning suv yoki galogen tarkibli birikmalar taʼsiriga uchrashi;
b) nisbiy namlik 75 foizdan oshadigan xonalarda ishqoriy metallar bilan ishlash.
2-§. Yengil sanoat korxonalariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
709. Yengil sanoat korxonalarida quyidagilarni:
a) moslama ichiga metall, qattiq jismlar (boltlar, gaykalar, sim boʻlaklari, toshlar, shlak va boshqalar) tushib qolishiga yoʻl qoʻymaslikni;
b) uskunalarda yuzaga kelgan ortiqcha yuklanishni tezkorlik bilan bartaraf etishni;
v) uskunalardagi ochiq joylar, aylanali uzatmalar yuzasiga tolalar tushib qolishining oldi olinishni;
g) chang havoni reglament asosida soʻrib olinishini va germetiklikni taʼminlash zarur.
3-§. Matbaa korxonalari va nashriyotlarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
710. Matbaa sanoati obyektlarida yozuv terish dastgohlari oʻrnatilgan boʻlim xonalaridagi stollar va shkaflar zanglamaydigan yoki ruxlangan poʻlatdan ishlangan tunika yoxud issiqlikka chidamli plastmassa bilan qoplanishi kerak.
711. Dastgoh va jihozlarni tozalashda yongʻin xavfi mavjud boʻlmagan suyuqliklar va eritmalardan foydalanish zarur.
712. Ishlab chiqarishga qattiq holatda keltirilgan yelim, mahalliy havo tortuvchi shamollatish tizimiga ega boʻlgan maxsus rezervuarlarda eritilishi kerak.
a) quyish dastgohining metall uzatgichiga namlangan materiallarni osib quyish;
b) quyish qozoniga boʻyoqlar va yonuvchi moddalar bilan ifloslangan yozish materiallarini solish;
v) yozuv terish dastgohlari ustida yoki ularning yonida yonuvchi tozalovchi moddalar va moylangan idishlarni saqlash;
g) yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar singib qolgan maxsus kiyimlarda quyish apparatiga yaqinlashish va dastgohlarda ishlash;
d) gartoeritish boʻlinmalarining pollarini yonuvchan materiallar bilan qoplash;
e) press yoʻlagi yoki isituvchi moslamada matritsa materialini kauchukning benzindagi eritmasi bilan qoplash yoki ochiq usul bilan grafitlash, shuningdek, uni isitish qurilmalarida quritish;
j) bevosita stereotiplar va galvanostereotiplar sexining oʻzida kartonni namlash va taglikni ochiq usulda quritish.
4-§. Yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻozlarni ishlab chiqarish sanoati obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
714. Trasporterlarning yonuvchi estakadalarini uchastkalarga (koʻpi bilan 50 m masofada), kamida 10 m uzunlikdagi yongʻindan himoya qilish zonalariga boʻlish kerak.
Yongʻinga qarshi zonalari tashkil etilgan joylardagi estakadalar, soz holatdagi yongʻin oʻchirish joʻmraklari boʻlgan quruq quvurlardan iborat boʻlishi va ularning diametri belgilangan oʻlchamlarga mos kelishi kerak.
Quruq quvurlar soz holatdagi suvni ishga tushiruvchi moslamalar (nasoslar, elektr zadvijkalar)ga ega boʻlishi kerak.
715. Quritish xonalari, shuningdek, yogʻochni saqlash joylari muntazam ravishda qirindi va boshqa chiqindilardan tozalanishi kerak. Materiallarni yuklash uchun belgilangan maksimal ruxsat etilgan meʼyorlardan va quritish qurilmasining ruxsat etilgan harorat rejimidan oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik lozim. Tayyor mahsulot va yarim tayyor mahsulotlar yoʻlkalarni toʻsib qoʻymasligi va yogʻoch shtabellarda saqlanishi kerak.
716. Yogʻochni qayta ishlash sanoatida oʻtin yoki chiqindilarni saqlash uyumlarda amalga oshirilishi kerak. Uyumlarning maksimal saqlash oʻlchamlari uzunligi 120 m dan, kengligi 50 m dan oshmasligi va balandligi 14 m gacha boʻlishi kerak.
717. Yogʻochni qayta ishlash va yogʻochsozlik sanoatida yogʻochga kirib qolgan metall boʻlaklar yoʻqligiga ishonch hosil qilmasdan turib, kesuvchi asbobni ishga tushirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
718. Yelimli yogʻoch konstruksiyalarni ishlab chiqarishdagi texnologik uskunalar va moslamalar har smenaning oxirida qatronlar va yelimlardan tozalanishi kerak, bino pollari esa har haftada bir marta tozalanishi kerak.
719. Vaqti-vaqti bilan (oʻchib-yonib) ishlaydigan quritish kameralari, kaloriferlarga yogʻoch materiallar har bir yuklanishidan oldin kaloriferlar va vertikal koʻtargichli chuqurlar yogʻoch chiqindilari hamda changlardan tozalanishi kerak.
720. Gaz quritish qurilmalarining dudburonlaridagi uchqun ushlagichlar holati har smenada kamida bir marta tekshirilishi shart. Dudburonlarda yoriqlar mavjud hamda uchqun ushlagichlar nosoz boʻlsa quritish qurilmalarini ishlatish taqiqlanadi.
Dudburon tizimining gaz chiqarish devorlari va dudburon quvurini kondensatsiyalashda ajralib chiqqan moy mahsulotlardan oyiga kamida ikki marta tozalash kerak.
721. Quritish kameralarining oʻt qalash joylari bir oyda kamida ikki marta tozalanishi kerak.
722. Moy mahsulotlari toʻldirilgan uskunalarni ishlatishda moy sizib chiqishi va toʻkilishini, shuningdek, yogʻoch qurilmalari va buyumlariga singdirilishini istisno qiluvchi choralar koʻrilishi kerak.
723. Yelimni isitish bugʻ yoki soz holatdagi yopiq turdagi elektr isitish qurilmalari yordamida amalga oshirish kerak.
724. Ignabargli daraxt turidan qilingan shponlarni quritishda gaz-havo aralashmasining retsirkulyatsiya qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
725. Ohakni kuydirish va regeneratsiya qilishda quyidagilar taqiqlanadi:
a) pechni tayyorgarlikdan oʻtmagan xodimlar tomonidan ishlatish (yoqish);
b) pechga yetkazib beriladigan havo va chiqadigan gazlar hajmi oʻrtasidagi belgilangan nisbat buzilganda, pech dudburonining tortish kuchi boʻlmaganda foydalanish hamda uni nazoratsiz qoldirish.
726. Kesish, pardozlash, saralash va qadoqlash sexlari va uchastkalarida quyidagi talablar bajarilishi kerak:
a) parchalarni, tolalarni hamda changlarni mexanik ravishda tozalash uchun qurilmalar yoʻqligida hamda ular nosoz boʻlganda foydalanishni taqiqlash;
b) sellyuloza, qogʻoz va karton boʻlaklarini yetkazib berish vositalarining uzatuvchi kanal va chuqurlarida toʻplangan qogʻoz va kichik karton boʻlaklarini smena davomida kamida bir marta tozalash;
v) kalandrirovaniye (ishlov berish) uchun qurilmalarning statik elektr tokini yerga ulash moslamasi har kuni ish boshlanishidan oldin tekshirish.
a) quritish moslamasi eshiklarini tutun tortgich ishlab turgan holatida va tutun tortgich shiberini ochiq turgan holatda ochish;
b) havo yubormasdan retort oʻchogʻiga oʻt qalash;
v) bugʻlar va gazlar oʻtishiga imkon beradigan va takozlar bilan toʻliq jamlanmagan eshiklari zich yopilmagan retortdan foydalanish;
g) retort sexidan tashqarida yonayotgan koʻmirni tashish;
d) portlash xavfi mavjud boʻlgan gaz aralashmasi hosil boʻlishining oldini olish uchun oʻchirish qutisini toʻliq toʻldirmaslik;
e) retortlarni ortish va tushirish gaz magistralining zadvijkalari ochiq holda amalga oshiriladi.
728. Retort sexining koʻmir saqlash maydoni, harakatlanuvchi dastgohlar (lebedkalar) oʻrnatilgan ombor, chuqurlar (kotlovanlar) har smenada kamida bir marta koʻmir qoldiqlaridan tozalanishi kerak.
729. Bosim ostida ishlaydiagan pechning kondensatsiya tizimi germetik boʻlishi kerak. Kondensatsiyalanmagan gazlar tarkibidagi kislorod mavjudligini har smenada kamida bir marta tekshirish shart.
730. Polimerizatsiyalangan va modifikatsiyalangan konifolni, kanifol efirini, modifikatsiyalangan kanifol qatroni va yelimlarini ishlab chiqarishda quyidagi talablarga amal qilish kerak:
a) maleinali angdrid bilan kanifolni modifikatsiya qilish jarayonida yongʻinning oldini olish uchun qisman omilenlangan kanifoldan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaslik;
b) reaktor yuklangandan keyin uning qopqogʻi tozalanishi va germetik yopilishi kerak;
v) reaktor devorlari va tubidagi mahsulot qoldiqlari oʻz-oʻzidan alangalanishining oldini olish maqsadida lyuk qopqogʻi 180 °C dan yuqori haroratda ochilishiga ruxsat berilmaydi.
5-§. Gugurt ishlab chiqarish obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
731. Gugurt ishlab chiqarishda:
a) ishlab chiqarish xonalari devorlariga, pollarga, shuningdek, asbob-uskunalar va mexanizmlarga yonuvchi massalar hamda parafinlar tushganda zudlik bilan tozalanishi va suv bilan yuvilishi kerak;
b) gugurt ishlab chiqarish avtomati (keyingi oʻrinlrada — avtomat) sexining polini tozalash va yuvish har smenada kamida 2 marta amalga oshirilishi, kanalizatsiya qudugʻining choʻkindi chuqurchasi har bir yuvishdan soʻng tozalanishi lozim;
v) avtomat oldida joylashtirilgan yondiruvchi massaning zaxirasi bir marta quyish miqdoridan oshmasligi kerak;
g) botirish idishiga tushgan gugurt choʻplarini tozalash jarayoni rangli metalldan tayyorlangan toʻrli belkuraklar yordamida amalga oshirilishi zarur;
d) avtomatlarni dam olish kunlariga, profilaktik taʼmirlash ishlarini amalga oshirish hamda avariyalarni bartaraf etish maqsadida toʻxtatish gugurtlar yoʻqligida amalga oshirilishi kerak;
e) avtomatlarni qisqa muddatga toʻxtatishda botiruvchi plita botiruvchi idish ichiga tushirib qoʻyilishi lozim;
j) yondiruvchi massani tayyor mahsulotni saqlash, surtish boʻlimi va quritish qurilmalari yonidan, fosforli massani esa — avtomat sexi va gugurtlarni qadoqlash xonasidan olib oʻtish taqiqilanadi;
z) yanchish boʻlimining pollari doimo nam holatda saqlanishi, kimyo sexidagi materiallar zaxirasi kundalik ishlab chiqarish talablaridan oshmasligi kerak. Sexda ish tugagach 100 kg dan ortiq bertolet tuzi va yopilgan bir banka fosforni qoldirishga ruxsat beriladi;
i) fosforli yonuvchi aralashmani tayyorlash va saqlash uchun idishlarning sigʻimi 50 kg dan koʻp boʻlmasligi, ular rangli metalldan tayyorlangan boʻlishi, shuningdek, koʻtarish uchun tutqichlarga ega boʻlishi kerak;
k) sochilib ketgan bertolet tuzi darhol suv solingan maxsus idishlarga yigʻib olinadi;
l) bertolet tuzi va oltingugurtni quruq holda tegirmonda maydalashga yoʻl qoʻyilmaydi;
m) fosfor va yondiruvchi massalarning gugurt tayoqlari, gugurt va turli hil chiqindilar bilan yopilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
n) gugurt massalari uchun kimyoviy moddalarning ogʻirligini oʻlchash maxsus shkaflarda, shamollatish tizimi boʻlgan joyda amalga oshirilishi kerak.
732. Yondiruvchi massani tayyor mahsulotlarni saqlash joylari orqali, choʻplarni quritish boʻlimi, gugurt yotqizish joylari, fosfor massasini qoʻllash uchun avtomatlardan 2 m dan yaqin, fosfor massasini esa — qurilmalardan 2 m dan yaqin masofada tashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
733. Yondiruvchi va fosfor massasi har bir almashganda idishlarni boʻshatish va ish tugashi bilan ifloslangan asbob-uskunalar yuvilishi kerak.
734. Gugurt massasini tayyorlash va avtomat sexlarining hamda quti-oʻrash dastgohi ishchilarining ish kiyimlari qiyin alangalanadigan materialdan tayyorlangan boʻlishi yoki yonish xususiyatini pasaytiruvchi birikma bilan shimdirilgan boʻlishi kerak. Shimdirilish har yuvilishidan keyin amalga oshiriladi.
735. Qutilarni qadoqlash mashinalari oldida tayyor gugurtlar zaxirasi har bir mashina uchun 20 qutidan oshmasligi kerak. Oraliq saqlash joylarida tayyor mahsulot miqdori bitta gugurt avtomati ishlab chiqarish hajmidan ortiq boʻlmasligi kerak.
736. Sochilgan gugurtlarni joylashtirish xonalarida va kassetalarga joylashtirilgan har bir mashina uchun gugurt zaxirasi 10 ta kichik yoki 5 ta katta kassetadan oshmasligi kerak.
737. Qutini toʻldirish mashinalari yaqinidagi gugurt zaxirasi 3 ta kichik kassetadan oshmasligi kerak.
738. Gugurt solingan kassetalar stellajlarda saqlanishi lozim. Ular rangli metalldan tayyorlangan qistirmalar bilan ajratilgan holatda 2 qatordan koʻp boʻlmagan tarzda joylashtiriladi.
739. Sexning bir joyida gugurt solingan 10 tadan ortiq kichik yoki 5 tadan ortiq katta kassetalarni saqlash taqiqlanadi.
740. Gugurt chiqindisi massalarini yigʻish, tashish va yoʻq qilish ishlari tashkilot rahbari tomondan tasdiqlangan yoʻriqnomaga asosan amalga oshiriladi.
741. Gugurt chiqindisi massalari va yogʻoch idishlar obyekt hududidan tashqarida toʻsilgan va qattiq qoplamli maydonlarda utilizatsiya qilinadi.
742. Gugurt chiqindisi massalari utilizatsiya qilish joyiga suv bilan aralashgan holatda olib boriladi.
39-bob. Saqlash obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
1-§. Umumiy maqsaddagi omborlar va bazalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
743. Yonuvchi moddalar agregat holatidan qatʼi nazar oksidlovchi moddalardan alohida saqlanishi kerak.
744. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar, qattiq va gazsimon yonuvchi materiallar, havoda oʻz-oʻzidan alangalanadigan, suv va bir-biri bilan taʼsirlashadigan moddalar hamda organik va noorganik peroksidlar alohida omborlarda, seksiyalar va boʻlinmalarda saqlanishi kerak.
745. Qurum, grafit, maydalangan va kukunsimon polimerlar alohida quruq xonalarda yoki atmosfera yogʻinlari va yer osti suvlaridan himoyalangan xonalarning boʻlimlarida saqlanishi lozim.
746. Omborlar rampalarida, platformalarda va panduslarda yuklarni, idishlarni va yuklash mexanizmlarini saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
747. Tovar-moddiy boyliklarni (yonuvchi qadoqlarda yonuvchi va yonmaydigan mahsulotlarni) ochiq maydonda saqlashda bitta seksiya (shtabel) maydoni 300 m2 dan oshmasligi kerak. Seksiyalar (shtabellar) orasidagi yongʻinga qarshi oraliqlar 6 m dan kam boʻlmasligi kerak.
748. Aerozol paketlarini oksidlovchi yonadigan suyuqliklar, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar bilan bitta xonada saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Aerozol paketlarini faqat yopiq idishlarda va yopiladigan konteynerlarda, konteynerlarga quyosh nuri taʼsir etmaydigan alohida hollarda bostirma ostida yoki ochiq maydonlarda saqlashga ruxsat beriladi.
749. Aerozol paketlarini yordamchi xonalarda saqlashda xonalarning maydoni 20 m2 dan oshmasligi kerak.
750. Maydoni 1000 m2 va undan ortiq seksiyalar hamda seksiyalarga ajratilmagan omborlarda shtabellarning kengligi va uzunligi 25 m dan oshmasligi kerak.
751. Tovarlarni va yuklarni suriladigan tokchali stellajlarda saqlashda oʻtish yoʻllarining oʻlchami:
stellajlar bir tomonlama joylashganda — suriladigan tokcha kengligining yarmiga;
stellajlar ikki tomonlama joylashganda — suriladigan tokcha kengligida kengaytirilishi kerak.
752. Zaxarli metallar, shuningdek, kimyoviy faol metallar boshqa modda va materiallardan alohida saqlanishi kerak.
753. Bitta binoda quruq va tayyor boʻyoqlarni saqlashda ular alohida joylarga joylashtirilishi kerak.
754. Ichki yonish dvigatelli transport vositalari va boshqa mexanizmlarni yonuvchi mahsulotlar yoki yonuvchi qadoqlar saqlanayotgan omborlarda ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
755. Kimyoviy moddalar saqlanadigan stellajlar yonmaydigan materiallardan tayyorlanishi va isitish asboblaridan kamida 1 m masofada joylashtirilishi kerak.
756. Kichik idishlardagi kimyoviy moddalar ochiq stellajlarda yoki shkaflarda, katta idishlarda esa shtabellarda saqlanishi kerak.
757. Metalli kaliy va natriyni oʻchirishda kukunli oʻt oʻchirgich, quruq qum va quruq magneziyadan foydalanish kerak. Yongʻinni oʻchirishda suv va uglekislotali oʻt oʻchirgichlardan foydalanish taqiqlanadi.
758. Pirofor metallar omborning alohida boʻlinmalarida germetik idishlarda passivlangan holatda saqlanishi kerak.
759. Oldindan faoallashtirilishi toʻxtatilgan metallar (aluminiy, ruh, sirkoniy, titan) kukunlari namlik va havo oʻtkazmaydigan germetik idishlarda saqlanishi kerak. Bu boʻlinmalarda boshqa moddalar saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
760. Yongʻinda erishi mumkin boʻlgan kimyoviy moddalar saqlanadigan xonalar eritmaning erkin oqimini cheklovchi qurilmalar (qirralar, ostonalar, panduslar va boshqalar) bilan taʼminlanishi kerak.
761. Kislotalar saqlanadigan joyda toʻkilgan kislotani zararsizlantirish uchun eritmalar boʻlishi kerak.
Kislotalar saqlanadigan joy oldindan belgilangan boʻlishi shart.
762. Belgilangan talablarga javob bermaydigan idishlarga solingan kimyoviy moddalarni omborlarga qabul qilish, ularni saqlash va tarqatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
763. Oʻz-oʻzidan alangalanuvchi materiallarni stellajlarga yoki polga faqat bir qatorda balandligi boʻylab joylashtirishga ruxsat etiladi.
764. Iidishlarga joylanmagan holatdagi kimyoviy moddalar (kaliy, superfosfat) alohida omborlarda toʻkilgan uyum holatida alohida-alohida, uzoq yotib bosilib ketadiganlar uchun balandligi 2 m dan, uzoq yotib bosilib ketmaydiganlar uchun esa 3 m dan oshmagan holda saqlanishi kerak.
765. Ammiakli selitra alohida chordoqsiz bir qavatli olovga bardoshliligi I va II darajali boʻlgan binolardagi yonmaydigan pollarda saqlanishi kerak.
766. Kuchli taʼsir etuvchi oksidlovchi moddalar (magniy va kalsiy xlorat, vodorod peroksid va boshqalar) olovga bardoshliligi I, II va III darajali boʻlgan binolarning alohida boʻlinmalarida saqlanishi lozim.
767. Ammiakli selitrani saqlashda quyidagi talablarga rioya qilinishi kerak:
a) ammiakli selitra saqlashga moʻljallangan binolar (boʻlmalar) quruq va toza boʻlishi hamda ularda ilgari saqlangan moddalarning qoldiqlari boʻlmasligi kerak;
b) ammiakli selitra omborxonalariga (devorlari va darvozalariga) “Ammiakli selitra” yozuvi oʻrnatilgan boʻlishi kerak;
v) tik turuvchi poddonlardan foydalanishda ammiakli selitra shtabellarining balandligi 4,4 m gacha boʻlishiga ruxsat beriladi. Yassi poddonlarni ikki qavatda oʻrnatish mumkin. Poddonsiz qoplarni saqlashda ular 8-10 qatorda 1,5-1,8 m balandlikda taxlanadi.
768. Modda va materiallarni tranzit elektr kabellari oʻtgan, yogʻ-moy toʻldirilgan apparaturalar mavjud hamda gaz kommunikatsiyalari joylashgan xonalarda saqlash taqiqlanadi.
769. Omborxonalarda yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar aralashmalarini tayyorlash, nitro boʻyoqlar, lok va emallarni eritish ishlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
770. Boʻyoqlar saqlanadigan omborlarning tabiiy shamollatish qopqoqlari doimo ochiq turishi kerak.
771. Kauchuk va avtoshinalarni omborga joylashtirishda quyidagi talablarga amal qilish zarur:
a) kauchuk va avtoshinalar bir qavatli omborxonalarda saqlanishi zarur, ularni yertoʻla va sokol qavatlarida saqlash mumkin emas;
b) avtoshinalarni taxlashda tagliksiz “quduq” shaklida terishga yoʻl qoʻyilmaydi, ular polga tagliksiz terilganda avtoshinalar “qovurgʻasiga” (ularni tezkor evakuatsiya qilish uchun qulay holatda) terilishi kerak.
v) avtoshinalarni uyum qilib saqlash mumkin emas;
g) hajmi 25 m2 dan katta boʻlgan shinalar saqlash omborlari binoning tashqi devorlari yonida boʻlishi kerak;
d) kauchuk va shinalar saqlanadigan stellajlar yonmaydigan materiallardan tayyorlangan boʻlishi kerak;
e) yonuvchi va boshqa materiallarni kauchuk va rezina saklanadigan boʻlimda saqlash mumkin emas.
772. Kimyoviy moddalar saqlanadigan ochiq maydonlar va bostirmalar yogʻingarchilik va quyosh nurlaridan himoyalangan boʻlishi kerak.
773. Kislotalar quyilgan shisha idishlar 2 yoki 4 qatorli guruhlarda saqlanishi kerak. Shisha idishlarning guruhdagi umumiy miqdori 100 donadan oshmasligi lozim. Guruhlar oraligʻida 1 m dan kam boʻlmagan oʻtish yoʻllarini qoldirilishi zarur.
774. Ishqorlar va konsentratsiyalangan kislotalar yupqa devorli shisha idishlarda saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
775. Kislotalar saqlanadigan omborlarda quyidagilar man etiladi:
a) kislotali shisha idishlarni qizigan yuzalarga yaqin joyda joylashtirish;
b) kislotalarni boshqa modda va materiallar bilan birgalikda saqlash.
776. Omborxonalarda navbatchi avariyaviy yoritkichlardan, gaz plitalaridan, elektr isitish asboblaridan foydalanish hamda rozetkalar oʻrnatish taqiqlanadi.
777. Ish kuni tugaganidan soʻng omborxonaning barcha elektr taʼminoti oʻchirilishi kerak.
778. Omborxonaning elektr yoritkichlarini yoqish-oʻchirish moslamalari xonaning tashqarisida yonmaydigan materiallardan tayyorlangan asosga oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
2-§. Qattiq yoqilgʻi omborlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
779. Koʻmir, oʻtin yoki yogʻochni qayta ishlash sanoatidan hosil boʻlgan ikkilamchi yoqilgʻi va boshqa turdagi qattiq yoqilgʻi saqlanadigan omborxonalar turli xil chiqindilar va oʻsimliklardan tozalangan hamda ularning pol qismi tekislangan va zichlanib mustahkamlangan boʻlishi kerak.
780. Qattiq yoqilgʻi materiallarini organik moddalar boʻlgan yerga taxlash mumkin emas.
781. Obyekt hududi doimiy ravishda shoh-shabbalar, quruq oʻtlar va boshqa yonuvchi chiqindilardan tozalanishi kerak.
782. Omborxonalarda oʻz-oʻzidan yonib ketadigan yoqilgʻini oʻchirish va uni shtabeldan ajratilgandan soʻng sovitish uchun maxsus maydonchalar boʻlishi kerak.
783. Portlab-yonish xavfi xususiyati oʻrganilmagan yoki nomaʼlum boʻlgan yoqilgʻini yoqib yuborish va qattiq yoqilgʻi omborlarida saqlash man etiladi.
784. Omborxonaga uzoq muddatga saqlash uchun olib kelingan yoqilgʻi vagonlardan tushirish ketma-ketligi boʻyicha taxlanishi kerak.
785. Har bir yoqilgʻi turi uchun alohida maydonchalar ajratilishi kerak.
786. Har xil turdagi koʻmirlar alohida shtabellarda saqlanishi kerak.
787. Barcha turdagi qattiq yoqilgʻilarni ularni saqlashga moʻljallanmagan binolarda saqlash taqiqlanadi.
788. Yongʻin-qutqaruv texnikalari omborxona hududida harakatlanishini taʼminlash uchun quyidagi kenglikdan kam boʻlmagan oʻtish joylari nazarda tutilishi kerak:
a) shtabellarning (uyumlar) tagliklaridan ajratuvchi devorgacha va kranosti yoʻlining fundamentigacha — 3 m;
b) avtoyoʻlning yoki relsning tashqi chegarasidan — 2 m.
Oʻtish joylarini qattiq yoqilgʻi bilan va boshqa jihozlar bilan toʻsish taqiqlanadi.
789. Qattiq yoqilgʻining oʻz-oʻzidan qizib ketishi alomatlari tizimli kuzatib borilishi lozim. Shtabellardagi oʻz-oʻzidan yonib ketish alomatlarini belgilangan grafik asosida vizual koʻrikdan oʻtkazish kerak.
790. Koʻmirlar uchun yoqilgʻi haroratini shtabel ichida uskunalar yordamida oʻlchash faqat shtabel orasidagi oʻz-oʻzidan qizish tugamagan holatda va oʻz-oʻzidan qizib ketish oʻchogʻining hajmini aniqlash uchun oʻtkaziladi.
791. Koʻmir shtabellari zichlashtirilgan boʻlishi, ularning harorati shtabellar yonboshiga temir nazorat quvurlari va termometrlarni oʻrnatish yoʻli bilan doimiy kuzatib borilishi zarur, shuningdek, shtabellar orasiga yogʻoch chiqindilar, qogʻoz, somon tushib qolmasligini nazorat qilish kerak.
Yoqilgʻi omborlaridagi shtabellar holatining barcha kuzatuv maʼlumotlari (harorati va boshqalar) saqlanayotgan yoqilgʻi toʻgʻrisidagi jurnalga qayd etilishi lozim. Ushbu jurnalga shtabellarning oʻz-oʻzidan qizib ketishi, yuvilishi va boshqa holatlar aniqlanganda koʻrilgan choralar ham kiritilishi zarur.
792. Koʻmirni ochiq holatda saqlash maydonlaridan suvning omborxona hududi tashqarisiga chiqib ketishini taʼminlash zarur.
793. Shtabellardagi yongan koʻmirni oʻchirish va sovitish uchun suvdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Yonib turgan koʻmirni shtabeldan ajratib zaxira maydonchasiga yoyilgandan soʻng uni suv bilan oʻchirish mumkin. Oʻz-oʻzidan yonib ketgan koʻmirni shtabellarga qaytarib qoʻshishga ruxsat etilmaydi. Shtabelda hosil boʻlgan chuqurni namlangan koʻmir bilan toʻldirib, shtabelning sathi bilan tenglashtirib zichlashtirish zarur.
794. Bartaraf etilgan yonish oʻchoqlari har bir smenada nazoratga olinishi zarur.
795. Koʻmir shtabellarining holati ustidan nazorat bir hafta davomida oʻtkazilishi shart. Bu shtabellar holatida yangi oʻz-oʻzidan yonib ketish oʻchoqlari boʻlmaganda ularni saqlash va ishlatish oddiy tartibda amalga oshiriladi.
796. Vagonlardan yonish oʻchoqlari boʻlgan yoqilgʻini bevosita yoqilgʻi shtabeliga yoki yoqilgʻini uzatuvchi uskunaga oʻtkazish, shtabeldan yoqilgʻi uzatish traktiga oʻtkazish man etiladi.
797. Kalsiy karbidi zaxiralari quruq, shamollatib turiladigan omborxonalarda poldan 0,5 m dan kam boʻlmagan balandlikda saqlanishi kerak. Omborxonaning oynalari oq rangga boʻyalgan boʻlishi kerak.
798. Kalsiy karbidini saqlash uchun omborlarni yertoʻlalarda, suv quvurlari mavjud boʻlgan va isitiladigan xonalarda, suv toʻplanishi ehtimoli mavjud joylarda hamda ochiq maydonlarda tashkil etish taqiqlanadi.
799. Kalsiy karbidini saqlash va tashish “Karbid” yozuvli germetik yopiladigan metall idishda (barabanda) amalga oshirish zarur.
800. Atsetilenli uskunalar boʻlgan xonalarda kalsiy karbidi uchun oraliq saqlash ombori boʻlmagan holda bir vaqtning oʻzida 200 kg dan ortiq boʻlmagan kalsiy karbidini saqlashga ruxsat etiladi, ushbu miqdorda bir barabandan ortiq boʻlmagan modda ochiq holda boʻlishi mumkin.
Kalsiy karbidi barabanlari omborlarda gorizontal yoki vertikal holatda saqlanishi mumkin.
Mexanizatsiyalashgan omborlarda kalsiy karbidi barabanlari vertikal holatda 2 qatordan koʻp boʻlmagan, gorizontal saqlanishda esa 3 qatordan koʻp boʻlmagan holatda saqlanadi. Baraban qatorlari orasiga qalinligi 40 — 50 mm boʻlgan yogʻoch taxta joylashtirilishi kerak.
Kalsiy karbidi barabanlari taxlangan shtabellar oʻrtasidagi oʻtish joylarining oraligʻi 1,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
801. Kalsiy karbidi ombori binosi va boshqa binolar (inshootlar) orasidagi yongʻinga qarshi oraliq masofasi 20 m dan kam boʻlmasligi kerak.
802. Kalsiy karbidini boshqa materiallar va mahsulotlar bilan birga saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
803. Kalsiy karbidi omborlarida quyidagilarga:
a) karbid changining toʻplanishiga;
b) idishlar va boshqa materiallar saqlanishiga;
v) barabanlarni ochishga;
g) kalsiy karbidini maydalash hamda uni ochiq barabanlarda saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
804. Kalsiy karbidi omborlaridan 10 m dan yaqin boʻlgan masofada olovli ishlarni olib borish taqiqlanadi.
805. Kalsiy karbidi omborlaridagi yongʻinlarni oʻchirishda suvdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Yongʻin oʻchirish ishlari quruq qum yoki uglekislotali oʻt oʻchirgichlar yordamida amalga oshirilishi lozim.
4-§. Yonuvchi tolali materiallar omborlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
806. Texnik xom ashyo mahsulotlarini (paxta, kanop, raps, xmel va boshqalarni) saqlash uyumlarda, shtabellarda, gʻaramlarda, bostirma ostida, yopiq omborlarda amalga oshiriladi, tolalar va kanop loslari (paklya) faqat yopiq omborlarda saqlanadi.
807. Yonuvchi tolali materiallarni ochiq maydonlarda shtabellarda va bostirma ostida saqlashda quyidagilarga rioya etish zarur:
a) shtabelning ogʻirligi 300 t dan oshmasligi kerak;
b) shtabellarning oʻlchami 22 x 11 m dan va balandligi 8 m dan oshmasligi kerak;
v) bitta boʻlmada shtabellar yoki bostirmalar soni 6 ta dan oshmasligi kerak, bunda shtabellar orasidagi masofa 15 m dan kam boʻlmasligi, bostirmalar orasidagi barcha yoʻnalishlarda 20 m dan kam boʻlmasligi kerak;
g) bitta guruhda 4 tagacha boʻlma boʻlishi mumkin (24 ta shtabel yoki bostirma), boʻlmalar orasidagi oraliq barcha yoʻnalishlarda 30 m dan kam boʻlmasligi kerak;
d) bitta sektorda 4 tagacha guruh boʻlishi mumkin (96 ta shtabel yoki bostirma), guruhlar orasidagi oraliq barcha yoʻnalishlarda 50 m dan kam boʻlmasligi kerak;
e) sektorlar oraligʻidagi masofa 100 m dan kam boʻlmasligi lozim.
808. Yonuvchi tolali materiallarni saqlash uchun moʻljallangan ochiq maydonlar, bostirmalar va omborlar uchastkalari toʻsilgan boʻlishi lozim, ulardan toʻsiqlargacha boʻlgan masofa 5 m dan kam boʻlmasligi kerak. Toʻsiq atrofidagi maydon oʻsimliklardan tozalangan boʻlishi kerak.
809. Yengil yonuvchi tolali materiallar faqat toylarda saqlanishiga ruxsat etiladi. Ochiq (bogʻlanmagan) toylar alohida uchastkalarda yoki maxsus ajratilgan maydonlarda yongʻinga qarshi oraliq masofalarga rioya qilgan holda saqlanadi.
810. Uchqun soʻndirgichlarsiz bostirma va shtabellarga temir yoʻl va avtomobil transportini 5 m dan yaqin, traktorlarni esa 10 m dan yaqin masofada harakatlanishi taqiqlanadi. Bu yerlarda cheklovchi toʻsiqlar (bruslar) oʻrnatilishi lozim. Yopiq omborxonalar, bostirma va shtabellarga avtotransport vositalarining kirishi gaz chiqish quvurining teskari tomonidan amalga oshirilishi kerak, bunda gaz chiqish quvuri normativ talablarga javob beradigan va soz boʻlgan uchqun soʻndirgich bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
a) gaz ballonlari saqlanadigan xonalarning oynalarini oq rangli boʻyoq bilan boʻyash yoki quyosh nurini qaytaruvchi yonmaydigan moslamalar bilan jihozlash;
b) ballonlarni ochiq maydonlarda saqlashda ularni quyosh nuri va yogʻingarchilikdan himoyalaydigan qurilmalarni yonmaydigan materiallardan tayyorlash;
v) yonuvchi gazlar toʻldirilgan ballonlarni kislorod, siqilgan havo, xlor, ftor va boshqa oksidlovchi hamda zaharli gazlar ballonlaridan alohida saqlash;
g) guruhli ballonli uskunalarni binoning tashqi (darcha, oyna, eshik joyi boʻlmagan) devorlarida oʻrnatish mumkin. Ballonlar joylashtiriladigan shkaflar yonmaydigan materiallardan tayyorlanishi va portlash xavfi boʻlgan modda yigʻilishiga yoʻl qoʻymaydigan tabiiy shamollatishga ega boʻlishi;
d) kislorodli ballonlarni saqlashda va tashishda, ularga moylar (yogʻlar) tushishi va moylangan materiallar bilan ballonning armaturasiga tegish taqiqlanadi. Kislorodli ballonlarni tashishda ularning klapanlaridan ushlashga ruxsat etilmaydi;
e) portlash xavfi konsentratsiyasi hosil boʻlishini nazorat qilish uchun xonalarda gaz analizatorlar oʻrnatish. Gaz analizatorlar boʻlmaganda tashkilot rahbari gaz-havo muhitining namunasini olish va nazorat oʻrnatish tartibini belgilashi kerak;
j) ballonlardan gaz sizib chiqishi aniqlanganda ular omborxonadan xavfsiz joylarga olib chiqilishi kerak;
z) yonuvchi gazlar toʻldirilgan ballonlar joylashgan omborlarga metall mix va taqalar qoqilgan oyoq kiyimida kirish taqiqlanadi;
i) boshmoqlarga ega boʻlgan, yonuvchi gazlar toʻldirilgan ballonlar, vertikal holatda maxsus boʻlmalarda yoki qulashiga yoʻl qoʻymaydigan boshqa uskunalarda saqlanishi kerak. Boshmoqlarga ega boʻlmagan ballonlar, gorizontal holatda ramkalarda yoki stellajlarda saqlanadi. Bunday holatda shtabelning balandligi 1,5 m dan oshmasligi lozim, klapanlari esa himoyalovchi qalpoqlar bilan yopilgan va bir tarafga qaratilgan boʻlishi kerak;
k) yonuvchi gazlar omborxonalarida boshqa modda va materiallarni hamda jihozlarni saqlash man etiladi;
l) yonuvchi gazlar omborxonalari tabiiy shamollatiladi.
812. Suyultirilgan gazlar va yonuvchi gazlar bilan toʻldirilgan ballonlarni yonuvchi moddalar bilan birga tashish man etiladi.
813. Yonuvchi gazlar bilan toʻldirilgan ballonlarni olib yurish uchun avtoyuklagichlardan foydalanish taqiqlanadi.
814. Yonuvchi gazlar bilan toʻldirilgan ballonlarni yuklash-tushirish ishlarida, tashishda va saqlashda, ularning tushib ketishi va shikastlanishining oldini olish choralari koʻrilishi kerak. Avtomashinadan ballonlar faqat klapanlarini yuqoriga qaratib olib tushilishi lozim.
815. Yonuvchi gazlar bilan toʻldirilgan ballonlarni ballonlar bir-biriga urilishi va qulashiga yoʻl qoʻymaydigan maxsus kuzovli avtomashinalarda tashish lozim.
816. Yonuvchi gazlar bilan toʻldirilgan ballonlarni yuklash-tushirish ishlari avtomashinaning dvigateli oʻchiq holatda amalga oshirilishi kerak.
817. Yonuvchi gazlar bilan toʻldirilgan ballonlarni saqlash xonasining poli uchqun hosil qilmaydigan materiallardan ishlangan boʻlishi lozim.
818. Yonuvchi gazlar bilan toʻldirilgan ballonlar omborxonasining 10 m masofadagi atrofida yonuvchi materiallarni saqlash va olovli ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
819. Ballonlarni saqlash uchun moʻljallanmagan omborlarda yonuvchi gazlar bilan toʻldirilgan ballonlarni saqlash man etiladi.
820. Xizmat koʻrsatish xodimlari omborda saqlanayotgan gazning yongʻin xavfini, ballonlarni evakuatsiya qilish tartibini va alangalangan yonuvchi gazlarni oʻchirish tartibini bilishi shart.
6-§. Dorixonalar va ularning omborlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
821. Dorixonalarda portlab-yonish xavfi mavjud boʻlgan moddalar alohida xonalarda yoki maxsus jihozlangan saqlash joylarida (yonmaydigan shkaflarda) saqlanishi kerak.
822. Dorixonalarda yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar boshqa tovarlardan alohida saqlanishi kerak. Boshqa vazifali binolarda joylashgan dorixonalarda qadoqlanmagan holatda saqlanadigan yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar miqdori 100 kg dan oshmasligi lozim. 100 kg dan ortiq qadoqlanmagan holatdagi yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni boshqa guruhlardagi portlash-yonish xavfi mavjud moddalarini saqlash xonalaridan alohida turgan binoda saqlash kerak.
40-bob. Qurilish obyektlariga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
1-§. Umumiy qoidalar
823. Qurilish obyektlarida (hudud, bino, inshoot, qurilish ishlari olib borilayotgan imorat va qurilma, qayta taʼmirlash, funksional vazifasini qayta ixtisoslashtirish, texnik jihatdan qayta jihozlash, qayta tiklash, modernizatsiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash) ishlab chiqarish, ombor va yordamchi bino va inshootlarni joylashtirish qurilish bosh rejasiga mos boʻlishi shart.
824. Obyekt faoliyatini toʻxtatmasdan rekonstruksiya qilish, qayta tiklash, kengaytirish, texnik qayta jihozlash va mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, shuningdek, obyektlarni navbat bilan foydalanishga tushirishda obyekt maʼmuriyati qurilish-montaj tashkilotlari bilan birgalikda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi hamda ularning ijrosini taʼminlash uchun buyurtmachi va pudratchi tashkilotlardan masʼullarni buyruq bilan tayinlashi lozim (umumiy obyekt uchun va alohida boʻlimlari uchun).
825. Yonuvchi qurilish materiallarini yongʻinga qarshi oraliqlarda saqlash taqiqlanadi.
826. Yonuvchi qurilish materiallari va buyumlarini, shuningdek, yonuvchi qadoqlardagi asbob-uskunalar va yuklarni ochiq maydonlarda saqlashda ular maydoni 100 m2 dan va balandligi 2,5 m dan koʻp boʻlmagan shtabellar yoki guruhlarda joylashtirilishi kerak.
827. Maydoni 2 va undan ortiq gektarga teng qurilish hududida kamida ikkita qarama-qarshi tashkil etilgan kirish joylari boʻlishi shart. Yoʻllar yilning barcha fasllarida yongʻin-qutqaruv avtomobillari oʻtishi uchun qattiq qoplamaga ega boʻlishi lozim. Kirish joyining eni 4 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Yoʻllarning boshi berk qismlarida yongʻin-qutqaruv avtomobillarining aylanib olishi uchun halqasimon oʻtish joyi yoki oʻlchami 12x12 m dan kam boʻlmagan maydoncha tashkil etilishi kerak. Qurilish maydoniga kirish joyida qurilayotgan va yordamchi bino va inshootlar, kirish yoʻllari, suv manbalari, yongʻin oʻchirish va aloqa vositalarining joylashuvi, ularga olib boruvchi yoʻl va yoʻlkalar koʻrsatilgan yongʻinga qarshi rejalari oʻrnatilishi shart.
828. Qurilish boshlanishidan oldin, qurilish maydonchasidagi qurilishi rejalashtirilgan binoga nisbatan yongʻinga qarshi oraliqlarda joylashgan barcha bino va inshootlar buzib tashlanishi lozim, bunda ularning eni qurilish meʼyor va qoidalarining talablari bilan aniqlanadi.
829. Qurilish texnikasi va mexanizmlarini, agar bu qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi bilan asoslangan boʻlsa, yongʻinga qarshi oraliqlarga rioya qilmasdan binolar (inshootlar) yaqinida joylashtirishga ruxsat etiladi.
Shtabellar (guruhlar) hamda ulardan qurilayotgan va vaqtinchalik binolargacha (inshootlar) yongʻinga qarshi oraliqlar 18 m dan kam boʻlmasligi kerak.
830. Olovga bardoshlilik darajasi IV dan past boʻlmagan va qavatlar soni 10 qavatdan yuqori boʻlmagan binolarda (inshootlarda) vaqtinchalik ustaxona va ombor tashkil etishga ushbu Qoidalarning talablari bajarilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. Maʼmuriy-maishiy xonalarni evakuatsiya chiqish joylarining soni normalarga muvofiq boʻlgan taqdirda 4-qavatgacha joylashtirishga ruxsat etiladi.
831. Obyekt hududida maishiy tirkamalar, blok konteynerlar va boshqa vaqtinchalik inshootlar, obyekt rahbari tomonidan tasdiqlangan joylashish tartibi (qurilishni tashkil etish loyihalari bosh rejasi) asosida joylashtirilishi kerak. Maishiy tirkamalar va blok-konteynerlarning guruhdagi soni 10 tadan ortiq boʻlmasligi (maydoni 800 m2), yongʻinga qarshi oraliqlar 15 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Vaqtinchalik qurilmalar, qurilayotgan va boshqa mavjud binolardan kamida 18 m masofada yoki yongʻinga qarshi devorlar yoniga joylashtiriladi. Har bir vaqtinchalik bino va maishiy-tirkamalar uning vazifasi, inventar raqami va ularni ishlatishga va yongʻin xavfsizligi holatiga masʼul shaxslar nomi yozilgan yorliqlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
832. Qurilish maydonchalari hududida ish vaqti tugagandan soʻng sutkalik navbatchilikni amalga oshiruvchi shaxslardan tashqari ishchi- xizmatchilar va boshqa shaxslarning boʻlishi (yashashi) taqiqlanadi.
833. Qurilayotgan binoga mebel va boshqa yonuvchi uskunalarni (tasdiqlangan ish jadvaliga muvofiq oʻrnatiladigan uskunalar bundan mustasno) ichki yongʻinga qarshi suv taʼminoti va yongʻin avtomatikasi tizimi ishga tushirilgandan soʻng olib kirishga ruxsat etiladi.
2-§. Qurilish-montaj ishlarini olib borishga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablari
834. Balandligi 3 va undan yuqori boʻlgan qavatli binolarni qurishda zinalarni montaj qilish zina kataklarini tashkil etish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi kerak.
Zina kataklarida ikki oyoqli taxta narvonni ishlatish qavatlar soni 2 dan yuqori boʻlmagan binolarda ruxsat etiladi. Qurilish davrida yonmaydigan pogʻonani himoya qilish uchun yonuvchi materiallar bilan yopishga yoʻl qoʻyiladi.
Qurilayotgan binolarning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalari oʻrnatilgandan soʻng, tomlariga loyihada nazarda tutilgan tashqi yongʻin narvonini va toʻsiqlarini darhol oʻrnatish kerak.
835. Balandligi 3 va undan yuqori qavatli binolarni qurishda odatda inventar metall havozalardan foydalanish lozim.
Qurilish havozalari perimetri boʻylab har 40 m ga bir donadan narvon yoki ikki oyoqli narvon bilan, lekin butun bino boʻylab 2 tadan kam boʻlmagan narvon (ikki oyoqli narvon) bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
836. Baland qavatli inshootlardan (dudburonlar, sovitish minoralari, toʻgʻon, silos xonalari va boshqalar) odamlarni evakuatsiya qilish uchun butun qurilish davriga, yonmaydigan materiallardan tayyorlangan kamida 2 ta narvon tashkil qilish zarur.
837. Yonuvchi va yonmaydigan materialdan tayyorlangan opalubkalarni bir vaqtda 3 qavatdan koʻp boʻlmagan joyga oʻrnatishga ruxsat etiladi. Beton konstruksiyasining mustaxkamligi taʼminlanganidan soʻng yogʻoch opalubka va havozalar binodan olib chiqilishi lozim.
838. Binoning metall konstruksiyalarini olovga bardoshlilik darajasini oshirish ishlari bino qurilishi bilan bir vaqtda amalga oshirilishi kerak.
839. Binolar ichida yonuvchi materiallar mavjud boʻlgan taqdirda, devor va shiftlardagi ochiq joylar (teshiklar) orqali yongʻin tarqalishining oldini olish uchun choralar koʻrish kerak (talab etilgan olovga bardoshlilik darajasini inobatga olgan holda ichki va tashqi devorlar va tomyopmalarning ulangan joylaridagi tirqishlarini yopish, muhandislik kommunikatsiyalari oʻtgan joylarni zichlash).
Bino va inshootlarni vaqtinchalik isitish uchun boʻshliqlarni toʻldirishda yonmaydigan va qiyin yonuvchan materiallardan foydalanish lozim.
840. Tomga yonuvchi izolyatsilovchi materiallarni yotqizish va unda suv oʻtkazmaydigan toʻshamni tashkil etish, himoya shagʻal qatlamini yoyish, yonuvchi izolyatsiyalovchi materiallardan foydalangan holda oʻrab turuvchi konstruksiyalarni oʻrnatish ishlarini amalga oshirish 500 m2 dan koʻp boʻlmagan maydonlarga ajratgan holda amalga oshirish kerak.
Ish joylarida izolyatsiyalovchi va oʻramli tom yopish materiallarining miqdori ish smenasi ehtiyojidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Yonuvchi izolyatsiyalovchi materiallar qurilayotgan binodan tashqarida alohida inshootda yoki qurilayotgan va vaqtinchalik binolardan, inshootlar hamda omborxonalardan kamida 18 m uzoqlikda boʻlgan maxsus maydonda saqlanishi kerak.
841. Binoning foydalanilayotgan qismi qurilayotgan qismidan 1-turdagi yongʻinga qarshi toʻsiq va 3-turdagi orayopmalar bilan ajratilishi kerak. Bunda binoning har bir qismi normativ hujjatlarga muvofiq alohida qutqaruv chiqish yoʻllari bilan taʼminlanishi lozim.
842. Qurilish-montaj tashkilotining rahbarlari (ish rahbari) quyidagilarga:
obyektda muhandislik-texnik xodimlar, ishchi-xizmatchilar tomonidan ushbu Qoidalar talablarining hamda qurilishni tashkil etish loyihasi va qurilishni amalga oshirish loyihasidagi yongʻinga qarshi tadbirlarning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlashga;
qurilish maydonlarida ishlayotganlar tomonidan yongʻin xavfsizligi talablari, shuningdek, qurilishda ishlatilayotgan moddalar, materiallar, konstruksiyalar va qurilmalar oʻrganilishini tashkil etishga;
qurilish maydonchasida qurilish bosh rejasi, qurilishni tashkil etish loyihasi, shuningdek, ushbu Qoidalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan yongʻinga qarshi suv taʼminoti, kirish joylari, ogohlantirish va aloqa tizimlari, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari boʻlmagan (nosoz) hollarda qurilishni tashkil etish loyihasiga muvofiq asosiy qurilish-montaj ishlarini olib borishga yoʻl qoʻymaslikka majbur.
843. Yonish va portlab-yonish xavfi mavjud modda va materiallardan, issiqlikni saqlovchi yonuvchi materiallardan, shu jumladan, tarkibida issiqlikni saqlovchi yonuvchi materiallar boʻlgan konstruksiyalardan foydalanish bilan bogʻliq ishlar qurilish maydonchasida, yongʻin xavfsizligi uchun masʼul shaxs tomonidan imzolangan naryad-ruxsatnoma boʻyicha, “Olov xavfi bor — yonish va portlab-yonish xavfi mavjud modda va materiallar ishlatilmoqda” yozuvli ogohlantiruvchi belgi oʻrnatilgan holda amalga oshirilishi shart.
844. Quritish qurilmalarini hamda issiqlik chiqaradigan moslamalarni qurilish va vaqtinchalik binolardan (inshootlardan) va xonalardan chiqish joylariga (tamburlariga) joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
845. Qurilish maydonlarining isitish xonalarida olovli ishlarni bajarishga, shuningdek, elektr kaloriferlaridan va infraqizil nurlanishli gazli gorelkalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
VII-boʻlim. Yakunlovchi qoida
41-bob. Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
846. Ushbu Qoidalar talablarini buzganligi va (yoki) bajarmaganligi uchun yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(846-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
1. Obektlarda (fuqarolar mulki boʻlgan yakka tartibdagi turar joylardan tashqari) quyidagilar ishlab chiqilishi kerak:
a) yongʻin xavfsizligi boʻyicha umumiy yoʻriqnoma;
b) tarkibiy boʻlinmalarda yongʻin xavfsizligi choaralari boʻyicha yoʻriqnomalar;
v) texnologik uskunalardan foydalanish va avariya rejimida ishlatish boʻyicha yoʻriqnomalar;
g) yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimlarini hamda yongʻinga qarshi avtomatik qurilmalarni ishlatish va ularga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha yoʻriqnomalar;
d) elektr qurilmalaridagi yongʻinlarni oʻchirish boʻyicha yoʻriqnomalar;
e) odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilishni taʼminlash boʻyicha xodimlarning harakatlarini belgilaydigan yoʻriqnomalar;
j) olovli ishlarni oʻtkazishda xavfsizlik choralari boʻyicha yoʻriqnomalar;
z) “yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashish” ish tartibida ishlaydigan liftlardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar;
i) yongʻin sodir boʻlganda xodimlarning harakatlari tartibi va boshqalar.
Obyektda faqat yongʻin xavfsizligi boʻyicha umumiy yoʻriqnomani ishlab chiqishga ruxsat beriladi. Bunda qolgan yiriqnomalarning asosiy talablari, uning boʻlimlari sifatida kiritilishi kerak.
2. Yongʻin xavfsizligi yoʻriqnomalari binolar (inshootlar), ularning yongʻin xavfi boʻyicha xususiyatlarini, texnologik jarayonlar, texnologik va ishlab chiqarish uskunalarini hisobga olgan holda Yongʻin xavfsizligi qoidalari hamda yongʻin xavfsizligi talablarini belgilovchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar asosida ishlab chiqilishi kerak.
3. Yongʻin xavfsizligi yoʻriqnomalari ushbu sohada yangi talablar (normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar) kuchga kirganda, obyektning yongʻin xavfsizligini taʼminlashga talablar oʻzgarganda hamda yuqori boshqaruv organlarining tegishli topshiriqlari asosida davriy ravishda qayta koʻrib chiqilishi kerak.
4. Obyektlarda Yongʻin xavfsizligi qoidalari asosida ishlab chiqarish xususiyatlari va mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda oʻz yoʻriqnomalari ishlab chiqilishi mumkin. Bunda ushbu yoʻriqnomalar Yongʻin xavfsizligi qoidalariga zid boʻlmasligi hamda uning talablarini pasaytirmasligi kerak.
Yongʻin xavfsizligi boʻyicha umumiy yoʻriqnomalar obyekt rahbari tomonidan tasdiqlanadi va quyidagi talablarni aks ettirishi kerak:
a) hududni, shu jumladan, yoʻllar, binolarga (inshootlarga) kirish joylarini saqlash tartibi;
b) yongʻin sodir boʻlganda odamlarning xavfsizligini taʼminlash uchun binolarni (inshootlarni) saqlash tartibi;
v) yongʻin rejimiga va uning bajarilishi boʻyicha korxonadagi barcha ishchilarning majburiyatlari;
g) obyektda ishlarni bajarishda pudratchilar (subpudratchilar) tomonidan yongʻin xavfsizligini taʼminlash choralari;
d) yongʻinga qarshi suv manbalari, yongʻinga qarshi vositalar, yongʻin signalizatsiyasi va aloqa vositalarini saqlash;
e) chekish uchun joylar, ularni jihozlash va saqlash tartibi;
j) yongʻindan saqlash xizmatini chaqirish tartibi;
z) binolarga (xonalarga) kirish va ularning kalitlarni saqlash tartibi.
Tarkibiy boʻlinmalarda yongʻin xavfsizligi choaralari boʻyicha yoʻriqnomalar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak.
a) ishlab chiqarish jarayonlari uchun ularga rioya qilmagan taqdirda yongʻinga olib kelishi mumkin boʻlgan maxsus yongʻinga qarshi choralari;
b) texnologik uskunlar, sigʻimli inshootlar va agregatlarda ularni foydanish uchun ishga tushirishga tayyorlashda hamda taʼmirlashdan soʻng yongʻin xavfsizligi choralari;
v) omborxonada, ustaxonada, laboratoriyada, sexda yongʻin xavfi mavjud moddalar va materiallarni saqlash tartibi va meʼyorlari;
g) ochiq olovli qurilmalardan foydalanish tartibini hamda olovli ishlarni bajarish uchun maxsus jihozlangan joylarni tashkil qilish;
d) yonuvchan materiallarni yigʻish, saqlash va xonadan olib chiqish tartibi, maishiy xonalarni saqlash hamda maxsus kiyim-boshlarni saqlash tartibi;
e) mavjud yongʻinga qarshi vositalarni saqlash va ulardan foydalanish tartibi hamda ular ustidan texnik nazoratni amalga oshirish boʻyicha javobgarlik taqsimoti;
j) yongʻin sodir boʻlganda xodimlarning harakatlarini, yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini (avariya-qutqaruv xizmatini) chaqirish va koʻngilli yongʻin oʻchirish drujinalari aʼzolarini yigʻish usullari;
z) yongʻin sodir boʻlganda texnologik uskunalarni toʻxtatish, ventilyatsiya tizimlarini oʻchirish, xodimlarni hamda moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish tartibi;
i) xonalarni berkitishdan oldin koʻzdan kechirish tartibi.
Texnologik uskunalardan foydalanish va avariya rejimida ishlatish boʻyicha yoʻriqnomalar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
a) yongʻin xavfsizligi talablari (ishlab chiqarish sharoitlariga mos holda);
b) havo uzatish tizimlarini, yongʻinga qarshi klapanlarni, shamollatish tizimlarini, filtrlar va boshqa qurilmalarni tozalash muddatlari;
v) yongʻin sodir boʻlganda ishchi-xizmatchilarning harakatlanish tartibi.
Yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimlarini hamda yongʻinga qarshi avtomatik qurilmalarni ishlatish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha yoʻriqnomalar quyidagilarni belgilashi lozim:
a) obyektning tegishli boʻlinmalari oʻrtasida yongʻin signalizatsiyasi qurilmalari va yongʻinga qarshi suv taʼminoti uchun javobgarlik hudud chegaralari;
b) suv taʼminoti tizimlari va yongʻin avtomatika uskunalarini oʻrnatish hamda ularni taʼmirlash ustidan nazorat tartibi;
v) texnik hujjatlarni yuritish talablari.
Ushbu yoʻriqnomalar namunaviy yoʻriqnomalar, shuningdek, oʻrnatilgan qurilmalarning loyiha hujjatlari va pasport maʼlumotlari asosida ishlab chiqilib, obyektning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi hamda Yongʻin-texnik komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda qayta koʻrib chiqiladi.
Elektr qurilmalaridagi yongʻinlarni oʻchirish boʻyicha yoʻriqnomalar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
a) texnologik jarayondagi moddalar va materiallar, jihozlarning yongʻin xavfi;
b) elektr inshootlaridagi yongʻinlarni oʻchirish uchun yongʻin xavfsizligi talablari, shu jumladan, binolar (inshootlar), xonalarning yongʻin xavfini hisobga olgan holda.
Ushbu turdagi yoʻriqnoma energetika obyektlari uchun ishlab chiqiladi (boshqa obyektlar uchun talablarni boshqa yoʻriqnomalarning tegishli boʻlimlariga kiritishga ruxsat beriladi).
Odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilishni taʼminlash boʻyicha xodimlarning harakatlarini belgilaydigan yoʻriqnomalar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
a) odamlarni xavfsiz zonaga imkon qadar tezroq evakuatsiya qilish imkoniyatini taʼminlaydigan eng xavfsiz evakuatsiya yoʻllari va chiqishlarining roʻyxati;
b) birinchi va keyingi navbatdagi evakuatsiya qilish tartibi;
v) qoʻshimcha yonish oʻchoqlari, sarosima va boshqa holatlar yuzaga kelishini istisno qiladigan choralar.
Odamlar koʻp va (yoki) kun davomida ishlaydigan binolar uchun yoʻriqnomalar odamlarni xavfsiz va tezkorlik bilan evakuatsiya qilishni taʼminlash boʻyicha xodimlarning harakatlarini aks ettirishi kerak. Tunda odamlar qoladigan obyektlar (maktabgacha taʼlim tashkilotlari, internatlar, kasalxonalar va boshqalar) uchun yoʻriqnomalarda harakatlarning ikkita varianti koʻzda tutilishi kerak: kunduzi va tungi.
Olovli ishlarni xavfsiz olib borish boʻyicha yoʻriqnomalar vaqtincha va doimiy joylarda olovli ishlarni bajarishda yongʻin xavfsizligi boʻyicha maxsus talablarni belgilaydi.
“Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashish” ish rejimiga ega liftlarni ishlatish boʻyicha yoʻriqnomalar tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan, yongʻin-qutqaruv xizmati bilan kelishilgan va tashkilot tomonidan belgilangan tartibda qayta koʻrib chiqilgan, belgilangan loyixa hujjatlari va pasport maʼlumotlari asosida ishlab chiqiladi.
Yoʻriqnoma bevosita lift kabinasining boshqaruv tizimi yonida oʻrnatiladi.
Yongʻin sodir boʻlganda xodimlarning harakatlari tartibi Yongʻin xavfsiziligi qoidalarning 4-bobini va texnologik ishlab chiqarish jarayonlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Yongʻin sodir boʻlgan taqdirda xodimlarning harakatlanishi tartibi obyektning yongʻin xavfsizligi choralari boʻyicha umumiy yoʻriqnomasiga yoki tarkibiy boʻlinmalarda yongʻin xavfsizligi choralari boʻyicha koʻrsatmalarga kiritilishiga ruxsat beriladi.
Yongʻin xavfsizligi boʻyicha xodimlarning bilimini tekshirish va tayyorgarlik ishlari
TARTIBI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Xodimlarning yongʻin xavfsizligi boʻyicha bilimlarini oʻrganish va sinovdan oʻtkazish mehnat xavfsizligi boʻyicha oʻquv tizimining bir qismi hisoblanadi.
2. Ishchilar, xizmatchilar, rahbar xodimlar va yongʻin xavfsizligi boʻyicha mutaxassislarni oʻrgatish yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnik minimumi boʻyicha dasturni oʻzlashtirish orqali amalga oshiriladi.
2-bob. Yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish
3. Yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq mohiyati va vaqti boʻyicha quyidagilarga boʻlinadi: kirish, birlamchi, takroriy, rejadan tashqari va maqsadli.
4. Yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq (keyingi oʻrinlarda — yoʻl-yoʻriq) yongʻin xavfsizligi boʻyicha maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan shaxslar (mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis, yongʻin xavfsizligi boʻyicha muhandis, tashkilot rahbarining buyrugʻiga muvofiq ushbu vazifalarni bajaradigan boshqa shaxslar), ular yoʻqligida — tashkilot rahbari tomonidan beriladi.
5. Kirish yoʻl-yoʻrigʻining maqsadi xodimni tashkilotdagi ish sharoitlari, uning yongʻinga qarshi rejimi va yongʻin xavfsizligini taʼminlashning asosiy jihatlari bilan tanishtirishdan iborat.
6. Kirish yoʻl-yoʻrigʻi:
maʼlumoti, mutaxassisligi, ish stajidan qatʼi nazar tashkilotda doimiy yoki vaqtincha ishlash uchun qabul qilingan shaxslar bilan;
tashkilotda yoki uning hududida ishlarni amalga oshirishga (xizmat koʻrsatishga) jalb qilingan boshqa tashkilotlar xodimlari bilan;
vaqtincha xizmat safariga yuborilgan yoki tashkilotda ishlab chiqarish boʻyicha oʻquv mashgʻulotiga (amaliyotiga) birinchi marta kelgan ishchilar bilan;
oʻquv laboratoriyalarida, ustaxonalarda, ishlab chiqarish maydonlari va poligonlarida laboratoriya va amaliy mashgʻulotlar boshlanishidan oldin oliy va oʻrta maxsus professional taʼlim tashkilotlari talabalari bilan oʻtkazilishi kerak.
7. Kirish yoʻl-yoʻrigʻi maxsus ajratilgan xonada oʻtkazilishi kerak. Ushbu xona zarur koʻrgazmali qurollar, yongʻin xavfsizligi qoidalari, yongʻindan himoya qilish texnik vositalarining namunalari, obyektda mavjud boʻlgan yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va aloqa vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
8. Kirish yoʻl-yoʻrigʻi quyidagi masalalarni oʻrganishni oʻz ichiga olishi kerak:
obyektning yongʻin va portlash xavfi boʻyicha oʻziga xos xususiyatlari haqida umumiy maʼlumot;
ushbu tashkilotda (shu kabi toifadagi tashkilolarda) sodir boʻlgan yongʻinlarning sabablarini inobatga olgan holda yongʻinlarning oldini olish chora-tadbirlari;
tashkilotning yongʻinga qarshi rejimiga qoʻyiladigan talablar;
xodimlarning yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha majburiyatlari;
yongʻin xavfsizligi belgilari;
yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari xususiyatlari, yongʻindan himoya qilishning texnik vositalari va ulardan foydalanish tartibi;
yongʻin sodir boʻlganda harakat qilish tartibi (yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini chaqirish, odamlarni va tovar-moddiy boyliklarni evakuatsiya qilish, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va yongʻindan himoya qilishning texnik vositalaridan foydalanish, yongʻindan jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish usullari).
9. Oʻtkazilgan kirish yoʻl-yoʻrigʻi yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriqlarni roʻyxatga olish jurnaliga qayd etiladi.
10. Birlamchi yoʻl-yoʻriqning maqsadi boʻlinmaning yongʻin xavfsizligini taʼminlashda ish joyida ishlarni bajarishda rioya qilinishi lozim boʻlgan qoidalar bilan tanishtirishdan iborat.
11. Birlamchi yoʻl-yoʻriq quyidagi shaxslar bilan oʻtkazilishi lozim:
yongʻinga qarshi kirish yoʻriqnomasidan oʻtgan va ish joyiga kelgan;
bir boʻlinmadan boshqasiga oʻtkazilganda, agar yongʻin xavfi va (yoki) yangi ish joyi uchun yongʻin xavfsizligi qoidalarining talablari avvalgisidan farq qilsa.
12. Birlamchi yoʻl-yoʻriq bevosita ish joyida beriladi.
13. Birlamchi yoʻl-yoʻriq tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan dastur boʻyicha yoki yongʻin xavfsizligi yoʻriqnomalariga asosan yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va aloqa vositalarini majburiy namoyish etgan holda amalga oshiriladi.
14. Birlamchi yoʻl-yoʻriq quyidagi masalalarni oʻrganishni oʻz ichiga olishi shart:
modda va materiallarning portlash-yonish xavfliligi;
yongʻin va portlashning oldini olish choralari, ularning kelib chiqishi manbalari;
yoʻl-yoʻriq berilayotgan xodim tomonidan ish bajariladigan ishlab chiqarish maydonchalari va xonalarning yongʻin xavfi xususiyatlari;
mavjud yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari, aloqa vositalari, yongʻinni oʻchirishda texnika xavfsizligi;
ish joyidagi yongʻinga qarshi rejim (hududni saqlash, oʻtish joylari va yoʻllari, yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalariga borish yoʻllari, chekish rejimi va boshqa talablar).
15. Takroriy yoʻl-yoʻriqning maqsadi xodimning bilimlarini mustahkamlash va uzoq muddatga barqaror shakllanishi uchun tashkilotdagi yongʻin xavfsizligini taʼminlash talablarini takrorlashdan iborat.
16. Malaka, maʼlumot, ish staji, bajarilgan ishning xususiyatidan qatʼi nazar barcha xodimlar olti oyda kamida bir marta birlamchi yoʻl-oʻyriq dasturiga binoan takroriy yoʻl-yoʻriqdan oʻtadilar.
17. Rejadan tashqari yoʻl-yoʻriqning maqsadi xodimlarning yongʻin xavfsizligi sohasidagi bilimlarni yangilash hamda ularga yangi maʼlumotlarni yetkazishdan iborat.
18. Rejadan tashqari yoʻl-yoʻriq quyidagi holatlarda oʻtkaziladi:
yongʻin xavfsizligi boʻyicha yangi yoki oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar kuchga kirganda (bunda yoʻl-yoʻriq va keyingi bilimlarni tekshirish faqat mazkur normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq va ish faoliyati yangi (oʻzgartirilgan) talablar bilan bogʻliq boʻlgan xodimlar uchun taalluqli);
texnologik jarayon oʻzgarganda (shu jumladan, yangi ishga oʻtishda), qurilmalar, jihozlar va asboblar almashtirilganda yoki modernizatsiya qilinganda hamda yongʻin xavfsizligiga taʼsir etuvchi boshqa omillarning paydo boʻlgandada (bunda yoʻl-yoʻriq va keyingi bilimlarni tekshirish faqat mazkur oʻzgartirishlarga muvofiq tegishli texnologik jarayonni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xodimlar bilan oʻtkaziladi);
xodimlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishi oqibatida yongʻinlarga va (yoki) portlashlarga olib kelishi mumkin boʻlganda yoki ular sodir boʻlganda (bunda huquqbuzarlikka yoʻl qoʻygan xodimlar bilan yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq oʻtkaziladi va bu boradagi bilimlari tekshiriladi);
davlat yongʻin nazorati organlari (obyektning mansabdor shaxslari) tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida yongʻin xavfsizligi talablari buzilishi hamda ular yetarli darajada oʻzlashirilmaganligi aniqlanganda. Bunda mansabdor shaxslar tomonidan taqdim etilgan asosli takliflar va yoʻl-yoʻriqdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatiga muvofiq rejadan tashqari yoʻl-yoʻriq oʻtkaziladi va bu boradagi bilimlari tekshiriladi;
obyektda sodir boʻlgan yongʻinlardan yoki shunga oʻxshash obyektlardagi yongʻinlar (portlashlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tushgandan soʻng — barcha xodimlar bilan.
19. Rejadan tashqari yoʻl-yoʻriq oʻtkazilganligini roʻyxatga olishda uning sabablari koʻrsatiladi.
20. Yongʻinga qarshi maqsadli yoʻl-yoʻriq tegishli xodimlar bilan quyidagi zarur hollarda oʻtkazladi:
lavozim (kasb) uchun bevosita majburiyatlar bilan bogʻliq boʻlmagan bir martalik ishlarni bajarishda;
avariyalar, tabiiy ofatlar va halokatlar oqibatlarini bartaraf etishda;
naryad-ruxsatnoma beriladigan ishlarni amalga oshirishda.
21. Maqsadli yoʻl-yoʻriq ishlar bajariladigan joyga kelishdan oldin beriladi.
22. Yongʻinga qarshi birlamchi, takroriy, rejadan tashqari va maqsadli yoʻl-yoʻriq berish ish faoliyatini olib borayotgan tarkibiy tuzilmalarda obyekt rahbarining buyrugʻi bilan tayinlangan, yongʻin xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan oʻtkaziladi.
23. Naryad-ruxsatnoma boʻyicha olovli ishlarni olib borayotgan shaxslarga maqsadli yoʻl-yoʻriq berilganligi toʻgʻrisida naryad-ruxsatnomaga tegishli belgi qoʻyiladi.
24. Yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriqlarni yakka tartibda yoki bir guruh shaxslarga berishga ruxsat etiladi (umumiy ish joyida bir xil turdagi uskunalarda ishlayotgan shaxslarga — ish joyida birlamchi, takroriy va maqsadli yoʻl-yoʻriq berish, shuningdek, ishlarning (xizmatlarning) bitta turini bir xil lavozimda bajarayotgan shaxslarga — rejadan tashqari va maqsadli yoʻl-yoʻriq berish).
25. Yoʻl-yoʻriqlarni berish (kirish va maqsadlidan tashqari) ish joyida nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni (yongʻin sodir boʻlgan taqdirda) tekshirish orqali yakunlanadi. Bilimlarni tekshirish yoʻl-yoʻriqni oʻtkazgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu shaxs tekshirishning xolisligi uchun javobgardir. Nazariy bilimlarni sinab koʻrish uchun testlardan, shu jumladan, dasturiy taʼminot orqali foydalanishga ruxsat beriladi.
26. Navbatdan tashqari bilimlarni tekshirishga davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat ishlari davomida ruxsat beriladi. Yongʻin xavfsizligi talablari boʻyicha bilimlarni navbatdan tashqari tekshirish xajmi va tartibi uni oʻtkazishga tashabbuskor tomonidan, yoʻl-yoʻriqlarda berilgan materiallar xajmini hamda obyekt faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini (texnologik jarayoni) inobatga olgan holda belgilanadi.
27. Xodimlarning yongʻin xavfsizligi talablari yuzasidan bilimlari oʻz vaqtida tekshirilishini nazorat qilish tashkilot rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
28. Bilim saviyasi (amaliy koʻnikmalari) qoniqarsiz boʻlgan shaxslar ishga qoʻyilmaydi hamda qayta yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazilib, bilim saviyasi takroran tekshiriladi.
29. Yongʻinga qarshi birlamchi, takroriy, rejadan tashqari va maqsadli yoʻl-yoʻriqlar oʻtkazilganligi toʻrisida yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriklarni qayd etish jurnaliga belgilar qoʻyiladi. Bunda tegishli yoʻl-yoʻriq dasturining nomi yoki yongʻin xavfsizligi boʻyicha raqami koʻrsatilishi shart. Yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriqlar ularni oʻtkazgan hamda yoʻl-yoʻriqdan oʻtgan shaxslarning imzolari bilan tasdiqlanadi.
30. Yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriklarni qayd etish jurnali raqamlangan, tikilgan va muhrlanib, korxona rahbarining yoki yoʻriqnomani oʻtkazishga masʼul shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Jurnallar oxirgi belgi qoʻyilgan kundan boshlab 3 yil davomida saqlanadi.
31. Yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriqlarni (kirish, boshlangʻich, takroriy) mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar bilan birlashtirishga ruxsat etiladi, agar yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriqga tegishli masalalar mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriq dasturida toʻliq hajmda nazarda tutilgan boʻlsa.
3-bob. Yongʻin-texnik minimumi dasturlarining namunalari
1-§. Tashkilotda yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan xodimlar, yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq oʻtkazish vazifasi yuklatilgan xodimlar, shuningdek, yongʻin-texnik komissiyasiyalar aʼzolari uchun yongʻin-texnik minimumi dasturi
1-mavzu: Kirish (1 soat).
Respublikadagi yongʻinlar, ularlarning sabablari va oqibatlari toʻgʻrisida statistika maʼlumotlari. Yongʻinlarning oldini olish boʻyicha vazifalar.
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar. Yongʻin xavfsizligi qoidalari. Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha mansabdor shaxslarning huquqlari, majburiyatlari, yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik.
(3-bobning 1-mavzu uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2-mavzu: Modda va materiallarning yonishi, yongʻin va portlash xavfining xususiyatlari, binolarning yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar (2 soat).
Yonish haqida umumiy maʼlumot. Modda va materiallarning yongʻin va portlash xavfi koʻrsatgichlari. Modda va materiallarni birgalikda saqlashda yongʻin xavfsizligi talablari. Qurilish materiallarining yongʻin-texnik xususiyatlari, yongʻinga chidamlilik, ularning yongʻin xavfliligi sinfi, binolarning olovga bardoshlilik darajasi tushunchasi. Qurilish konstruksiyalarining yongʻinga chidamlilik darajasini oshirish va yongʻin xavfini kamaytirish usullari. Yongʻinga qarshi oraliq masofa tushunchasi.
Yongʻin hamda yongʻin-portlash xavfi boʻlgan binolarni, inshootlarni va tashqi qurilmalarni toifalashning umumiy prinsiplari, “Elektr uskunalarnining tuzilishi qoidalari”ga muvofiq zonalar sinfi.
3-mavzu: Tashkilotning yongʻin xavfliligi (4 soat).
Yongʻinlar, ularga olib kelishi mumkin boʻlgan xavfli omillarning tasnifi: atamalar va tushunchalar, yongʻinlar sinflari, yongʻinning rivojlanish dinamikasi asoslari. Yongʻin xavfini tahlil qilish: asosiy atamalar va terminlar, binolar, inshootlar, texnologik jarayonlardagi yongʻin xavfini tahlil qilish usullari. Yondirish manbalarining tasniflari, ularning energetik xususiyatlari. Yongʻin tarqalishining asosiy yoʻllari. Obyektlarning yongʻin xavfi xususiyatlari (omillari, aniqlashni qiynlashtiruvchi, yongʻinni qurshab olish va oʻchirish, shuningdek, ancha miqdorda zarar, odamlarning oʻlimiga va tan jarohati olishiga olib kelishi mumkin boʻlgan xususiyatlari).
Isitish, shamollatish tizimlari va elektr qurilmalarining yongʻin xavfi. Isitish, shamollatish tizimlari va elektr qurilmalaridan foydalanishda yongʻin xavfsizligi talablari. Yashinning yongʻin xavfsizligi. Binolar va inshootlarni yashindan himoya qilish tizimlarining sinflari. Yashindan himoya qilish qurilmasini oʻrnatish qoidalari. Statik elektr toki: paydo boʻlish sabablari, yongʻin xavfliligi, statik elektr tokidan himoya vositalari (qurilma, ish prinsipi, oʻrnatish va foydalanish qoidalari).
4-mavzu: Yongʻin xavfi mavjud ishlarni olib borish hamda modda va materiallarni saqlashda yongʻin xafsizligi choralari (3 soat).
Olovli ishlarning turlari va ularning yongʻin xavfliligi. Olovli ishlarni bajarish uchun doimiy va vaqtinchalik joylarga qoʻyiladigan talablar. Olovli ishlarni tashkil etish, ularni bajaruvchi shaxslarga ruxsat berish va ularning bajaralishi ustidan nazorat qilish tartibi. Portlash va yongʻin xavfi zonalari mavjud bino va xonalarda olovli ishlarni bajarishda yongʻin xavfi xususiyatlari.
Keng tarqalgan yengil alangalanuvchi suyuqliklar, yonuvchi suyuqliklar, yonuvchi gazlar, qattiq yengil alangalanuvchan materiallarni saqlashda, tashishda va ish joylarida foydalanishda yongʻin xavfsizligi choralari, boʻyoqlarni ishlab chiqarish va boshqa yongʻinga xavfli ishlarni olib borishda yongʻin xavflilik xususiyatlari.
5-mavzu: Yongʻinda xavfsiz evakuatsiya qilishni taʼminlash (2 soat).
Evakuatsiya yoʻllari va chiqishlar: terminlar, evakuatsiya qilish uchun yoʻllar va chiqishlarni belgilash tartibi. Evakuatsiya yoʻllari va chiqishlar uchun yongʻin xavfsizligi talablari. Darslar olib borilayotgan obyektlarda yongʻin vaqtida evakuatsiya rejasi.
Yongʻin sodir boʻlganda odamlarni evakuatsiya qilishda xabar berish va boshqarish tizimi: maqsadi, tasnifi, qoʻllanilishi, umumiy tuzilishi va ishlash prinsipi, foydalanish qoidalari, ishchi holatini nazorat qilish. Odamlarni binolardan evakuatsiya qilish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish va oʻtkazish.
6-mavzu: Yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar (2 soat).
Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari. Tuzilishi, taktik va texnik xususiyatlari, foydalanish qoidalari.
Tashqi va ichki yongʻinga qarshi suv taʼminoti, vazifalari, umumiy tuzilishi. Yongʻinga qarshi suv taʼminoti inshootlari va muhandislik-texnik vositalar nazoratini amalga oshirish, saqlab turish qoidalari, yongʻin sodir boʻlganda ulardan foydalanish tartibi.
Yongʻin signalizatsiyasi tizimlari va yongʻin oʻchirish qurilmalari, vazifalari, tasnifi, qoʻllanilishi, umumiy tuzilishi va ishlash prinsipi, foydalanish qoidalari, ishchi holatini nazorat qilish.
Yongʻin sodir boʻlganda tutunga qarshi himoya: vazifalari, tasnifi, qoʻllanilishi, umumiy tuzilishi va ishlash prinsipi, foydalanish qoidalari, ishchi holatini nazorat qilish.
7-mavzu: Tashkilotda yongʻin xavfsizligini taʼminlashning tashkiliy asoslari (5 soat).
Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha masʼul shaxslarni tayinlash. Yongʻin-texnik komissiyasiyalar (keyingi oʻrinlarda — Komissiya): asosiy vazifalari va funksiyalari, Komissiyani tashkil etish tartibi va ishini tashkil etish, Komissiya aʼzolari ishini maʼnaviy ragʻbatlantirish, ularining huquqlari, faoliyatini rasmiylashtirish, yongʻinga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Koʻngilli yongʻindan saqlash boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda — KYOSB): asosiy vazifalari, boʻlinmalarni tashkil etish tartibi va ishini tashkil etish, huquqlari va majburiyatlari, KYOSB uchun belgilangan imtiyozlar va maʼnaviy ragʻbatlantirish, ishchilarni KYOSB aʼzoligidan chiqarish. KYOSBning ish tartibi.
Yongʻin xavfsizligi boʻyicha ishchilarni tayyorlash va bilimlarini tekshirish (yongʻinga qarshi yoʻriqnoma, yongʻin-texnik minimum). Obyektda yongʻinga qarshi rejim. Yongʻinga qarshi yoʻriqnoma. Yongʻinga qarshi targʻibot. Yongʻin xavfsizligi va hayot faoliyati xavfsizligini taʼminlash uchun axborot stendlari.
Obyektlarda sodir boʻlgan yongʻinlarni hisobga olish: yongʻinlarni davlat (idoraviy) statistik hisobga olish. Davlat (idoraviy) statistika maʼlumotlari notoʻgʻri berilganligi uchun javobgarlik.
Amaliy mashgʻulot: yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan hujjatlarni ishlab chiqish (obyektda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha buyruq, umumiy obyektning yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma (alohida boʻlimlar bilan boshqa yoʻriqnomalarni kiritgan holda); odamlarni evakuatsiya qilish rejasi).
8-mavzu: Yongʻin sodir boʻlganda harakatlanish tartibi (2 soat).
Yongʻinning rivojlanish dinamikasi va uning xavfli omillarining tarqalishidan kelib chiqib amalga oshiriladigan harakatlar.
Texnologik uskunalarni, kommunikatsiyalarni, elektr qurilmalarini va shamollatish tizimlarini oʻchirish (zarur hollarda sodir boʻlgan vaziyatdan kelib chiqib).
Yongʻin toʻgʻrisida yongʻin-qutqaruv boʻlinmasiga, shuningdek, obyekt rahbariga xabar berish (obyektda mavjud boʻlgan aloqa vositalari va signalizatsiya, ularning joylashish joylari, uskunalar, hududlarda mavjud boʻlgan tovushli xabar berish qurilmalari, yongʻin sodir boʻlganda ulardan foydalanish qoidalari, aloqa vositalari orqali sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida xabarni yetkazish tartibi).
Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari yetib kelgunga qadar yongʻin oʻchirishni tashkil etish (KYOSBning jangavor boʻlinma tabeli boʻyicha vazifalari, yongʻinni oʻchirish tartibi, texnika xavfsizligi).
Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini kutib olishni tashkil etish.
Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari yongʻin joyiga yetib kelganidan soʻng yongʻin oʻchirishni tashkil etish.
Boshqa harakatlar (moddiy boyliklarni qoʻriqlash, yongʻinni oʻchirishga jalb etilmagan odamlar kirishini cheklash va hakazo).
Amaliy mashgʻulot: yongʻin-qutqaruv boʻlinmalariga yongʻin toʻgʻrisida xabarni berish tartibini oʻrganish; oʻt oʻchirgichlardan foydalanish tartibini koʻrsatish va qoʻllash usullarini oʻrganish, ichki yongʻinga qarshi joʻmraklardan foydalanish, ishchi-xizmatchilarni evakuatsiya qilish harakatlarini mashq qilish.
Yongʻin-texnik minimumi boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish (1 soat).
2-§. Olovli ishlarni bajaruvchilarni tayyorlash va (yoki) ishlarni bajarishga masʼul boʻlgan ishchilar uchun yongʻin-texnik minimumi dasturi
1-mavzu: Olovli ishlarni bajarishda yongʻin xavfsizligi talablarini tartibga soluvchi normativ hujjatlar.
Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy chora tadbirlar. Olovli ishlarni bajarishda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha mansabdor shaxslar va ishchilarning majburiyati va javobgarligi (2 soat).
Olovli ishlarni bajarishda yongʻin xavfsizligini taʼminlashning tartibga soluvchi asosiy normativ huquqiy hujjatlar.
Olovli ishlarni bajarishni tashkil etish tartibi. Olovli ishlarni bajarish bosqichlari. Olovli ishlarni bajarishga tayyorlash va oʻtkazish uchun javobgar shaxslarning majburiyatlari. Olovli ishlar bajarilishini rasmiylashtirish bosqichlari.
Olovli ishlarni bajaruvchilarga qoʻyiladigan talablar.
Olovli ishlarni bajarishda masʼul shaxslar va ijrochilarning yongʻin xavfsizligi va texnika xavfsizligi talablarini buzganlik uchun javobgarlik.
2-mavzu: Olovli ishlarning yongʻin xavfliligi. Yongʻin kelib chiqishining asosiy sabablari. Olovli ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan modda va materiallarning yongʻin xavfliligi (2 soat).
Yongʻin xavfini keltirib chiqaruvchi omillar. Modda va materiallarning yongʻin va portlash xavfliligining asosiy koʻrsatgichlari, yonuchan muhiti.
Olovli ishlarni bajarishda foydaliniladigan apparatlar tuzilishi va ularning yongʻin xavfliligi. Olovli ishlarni bajarishda yondirish manbai, ularning tasnifi va energetik xususiyatlari. Yongʻin tarqalishining asosiy yoʻllari va uning xavflari omillari.
Yongʻin keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan omillar, ularning ahamiyati.
Olovli ishlarni bajarish natijasida respublikada va chet davlatlarda sodir boʻlgan yongʻinlar statistikasi va tahlili. Gaz payvandlash, elektr payvandlash, kavsharlash lampalaridan foydalanish, temirni kesish, bitum va qatronlarni eritish hamda uchqun chiqarish bilan bogʻliq boshqa ishlarni olib borishda (ishlarni olib borish qoidalarini buzish, uskunalarning nosozligi, ish yakunlangandan soʻng ishlar olib borilgan joylarni nazoratsiz qoldirish va boshqalar) yongʻin chiqish sabablari.
3-mavzu: Olovli ishlarni bajarishga tayyorgarlik koʻrishda yongʻin xavfsizligini taʼminlash choralari (1 soat).
Olovli ishlarni doimiy va vaqtinchalik olib borish joylari, ularning tavsifi. Olovli ishlarni doimiy va vaqtinchalik olib borish joylarini tashkil etish va ularga tayyorgarlik koʻrishda qoʻyiladigan talablar.
Obyektlardagi yongʻinga qarshi rejim va yongʻinning oldini olish tizimi. Yonuvchan muhitni, yondirish manbai yuzaga kelmasligi (hosil boʻlishini cheklash) va yongʻin tarqalishini cheklash choralari. Olovli ishlarni bajarish joylarini yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari bilan taʼminlash miqdorlarini aniqlash hamda ulardan foydalanish tartibi.
Ijrochilar va masʼul shaxslarning qoida talablaridan chetga chiqishi, ishlash uchun naryad-ruxsatnomada nazarda tutilgan xavfsizlik choralariga rioya qilmaslik va olovli ishlar turlariga boʻlgan maxsus talablar buzilganligi aniqlanganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar.
4-mavzu. Elektr payvandlash ishlarini bajarishda yongʻin xavfsizligi choralari (1 soat).
Elektr payvandlash ishlarini bajarishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari. Elektr tokining yongʻin xavfi koʻrinishlari. Shaxsiy himoya vositalarini qoʻllash.
Elektr payvandlash apparatlari, ularning umumiy talablari. Texnik xizmat koʻrsatish, rejali-ogohlantiruv taʼmirlash ishlari. Payvandlash apparatlarini, kabellarni ulash. Payvandlashda ishlatiladigan elektrodlar, ushlagichlarga qoʻyiladigan talablar.
Elektr payvandlash ishlarini bajarishda xavfsizlik choralari.
5-mavzu. Gaz payvandlash va gazli kesish ishlarini bajarishda yongʻin xavfsizligi choralari (1 soat).
Gaz payvandlash va gazli kesish ishlarini bajarishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari. Shaxsiy himoya vositalarini qoʻllash.
Siqilgan va suyultirilgan gazlar uchun moʻljallangan ballonlar bilan ishlash xususiyatlari. Kalsiy karbidlarini tashish, saqlash va ishlatish qoidalari.
Uskunaga qoʻyiladigan talablar. Atsetilen generatorlari, ularga qoʻyiladigan umumiy talablar. Texnik xizmat koʻrsatish, rejali-ogohlantiruv taʼmirlash ishlari.
Gaz uzatish shlanglarini sinovdan oʻtkazish va tekshirish tartiblari. Atsetilen apparatlari va gaz ballonlarini joylashtirish joyi, ularni ochiq olovdan va boshqa issiqlik manbalaridan himoya qilish.
Gaz payvandlash va gazli kesish ishlarini bajarishda xavfsizlik choralari.
Metil atsetilen-allen fraksiyasidan (MAF) foydalangan holda gaz payvandlash, gazli kesish va gaz alangali ishlarni bajarish xususiyatlari.
6-mavzu. Kavsharlash, bitum va qatronlarni eritish bilan bogʻliq ishlarni bajarishda yongʻin xavfsizligi choralari (1 soat).
Kavsharlash, bitum va qatronlarni eritish bilan bogʻliq ishlarni bajarishda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari. Shaxsiy himoya vositalarini qoʻllash.
Ish joylariga qoʻyiladigan talablar. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini joylashtirish.
Uskunaga qoʻyiladigan talablar. Bitumni eritish qurilmalari va qozonlarni joylashtirish. Kavsharlash lampalarini yoqilgʻi bilan toʻldirish. Texnik xizmat koʻrsatish, rejali-ogohlantiruv taʼmirlash ishlari.
7-mavzu. Olovli ishlarning yakuni boʻyicha yongʻin xavfsizligi choralari. Mansabdor shaxslar va ishchilarning vazifalari (1 soat).
Olovli ishlarni bajarishda mansabdor shaxslar va ishchilarning vazifalari (jihozlarni qabul qilish, naryad-ruxsatnomani yopish, olovli ishlar bajarilgandan soʻng vaqtinchalik va doimiy joylarning nazoratini tashkil etish). Olovli ishlar yakuni boʻyicha hisobot hujjatlarini saqlanishi.
8-mavzu. Olovli ishlarni bajarishning oʻziga xos jihatlari (2 soat).
Yongʻin va portlash xavfi boʻlgan xonalarda, qurilmalarda, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar boʻlgan sigʻimlarda, bosim ostidagi va tashqi texnologik qurilmalarda olovli ishlarni bajarishga tayyorgarlik koʻrish, naryad-ruxsatnomani rasmiylashtirish va yozma topshiriq berish jihatlari. Ishlarni bajaruvchi brigada tarkibi.
Yongʻin va portlash xavfi boʻlgan xonalarda, yengil alangalanuvchi suyuqliklar va yonuvchi suyuqliklar boʻlgan sigʻimlarda, bosim ostidagi qurilmalarda olovli ishlarni bajarish jihatlari.
Yongʻin xavfliligi boʻyicha turli sinflardagi obyektlarda olovli ishlarni tashkil etish va bajarishning oʻziga xos tomonlari.
9-mavzu. Yongʻin (alanga) aniqlangandagi harakatlar. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va yongʻinga qarshi texnik himoya vositalaridan foydalanish. Jarohat olganda birinchi yordam koʻrsatish (2 soat).
Hududda yoki binoda (inshootda) yongʻin (tutun)ni aniqlagan shaxslarning harakatlanish tartibi. Yongʻin (favqulodda vaziyat) toʻgʻrisida yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari, avariya xizmatlari va obyekt rahbarlariga xabar berish.
Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari va boshqa avariya xizmatlari kelguniga qadar ishchilarning harakatlari. Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari va boshqa avariya xizmatlarining uchrashuvini tashkil etish.
Oʻt oʻchirgichlar va oʻt oʻchirish vositalarining tasnifi. Oʻt oʻchirgichlardan foydalanish tartibi, ularga texnik xizmat koʻrsatish, qayta zaryadlash muddatlari, xavfsizlik talablari.
Yongʻinlarni oʻchirishda (favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda) yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va yongʻinga qarshi texnik himoya vositalaridan foydalanish usullari. Obyektning xususiyatlari va texnologik jarayondan kelib chiqqan holda uskunalar, kommunikatsiyalar, elektr qurilmalari va boshqa muhandislik tizimlarini manbadan oʻchirish. Odamga zarar keltiruvchi omillar taʼsirini kamaytirish yoʻllari (elektr toki, yonishning issiqlik, zaharli mahsulotlari taʼsiri).
Jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish (qon ketishini vaqtinchalik toʻxtatish, yurak va oʻpka faoliyatini tiklash (sunʼiy nafas oldirish, bilvosita yurak massaji), steril bogʻlamni qoʻyish, qoʻl-oyoqlar singandagi harakatlar, dorilar qutisining (aptechkaning) toʻliq jamlanganligi va undan foydalanish tartibi).
10-mavzu. Amaliy mashgʻulot (1 soat).
Yongʻin (alanga) aniqlaganda harakat qilish tartibini oʻrganish. Jabrlanuvchilarga tez tibbiy yordam kelgunga qdar birinchi yordam koʻrsatish.
Yongʻin-texnik minimumi boʻyicha bilimlarni sinovdan oʻtkazish (1 soat).
3-§. Gʻalla ekinlari hosilini oʻrib-yigʻib olish, dagʻal yem-xashaklarni tayyorlash va saqlashga jalb etilgan ishchilar uchun yongʻin-texnik minimumi dasturi
1-mavzu. Kirish (0,5 soat).
Respublikada sodir boʻlgan yongʻinlar, ularlarning sabablari va oqibatlari toʻgʻrisida statistika maʼlumotlari. Gʻalla ekinlari hosilini oʻrib-yigʻib olish, dagʻal yem-xashaklarni (pichan, somonni) tayyorlash, taxlash va saqlash bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligi obyektlarida sodir boʻlgan yongʻinlar toʻgʻrisida misollar. Yongʻinning oldini olish vazifalari.
Ishchilarning yongʻin xavfsizligini taʼminlash borasidagi huquq va majburiyatlari, yongʻin xavfsizligi qonunchiligini buzganlik uchun javobgarligi. Davlat yongʻin nazorati organlari xodimlarining huquqlari, yongʻin xavfsizligi qonunchiligini buzganlik uchun taʼsir choralari turlari.
2-mavzu. Qishloq xoʻjaligi obyektlarida va turar joylarda yongʻin xavfsizligini taʼminlashning umumiy talablari (2 soat).
Hududni, yongʻinga qarshi oraliqlar, yoʻllar, yongʻinga qarshi suv taʼminoti manbalarini saqlash. Elektr uskunalari, isitish tizimlari va qurilmalaridan foydalanishda yongʻinlarning oldini olishga qaratilgan asosiy chora-tadbirlar. Chekish va ochiq olovdan foydalanish tartibi. Bino va inshootlarda yongʻin xavfsizligining umumiy talablari. Yonuvchi suyuqliklar va yonuvchi gazlardan foydalanishdagi yongʻin xavfsizligi qoidalari. Turar joylarda yongʻin xavfsizligi boʻyicha asosiy chora-tadbirlar. Yongʻin xavfsizligini taʼminlash va yongʻinlarni oʻchirish uchun jamoatchilikni jalb qilish (tashkilotlarning YOTK va KYOSB). KYOSK haqida umumiy maʼlumot va ularning qishloq joylari uchun ahamiyati.
3-mavzu. Ish joyida yongʻin xavfsizligi choralari (2 soat).
Foydalanilayotgan qishloq xoʻjalik texnikalari, agregatlari, qurilmalari, shuningdek, ishlatilayotgan modda va materiallarning yongʻin xavfi xususiyatlari.
Ish joyidagi yongʻinga qarshi rejim.
Gʻalla ekinlari hosilini oʻrib-yigʻib olish, dagʻal yem-xashaklarni (pichan, somonni) tayyorlash, taxlash va saqlashda yongʻin xavfsizligi choralari. Ish joyida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻin yoki avariyaviy holatlarning ehtimoliy sabablari. Yongʻin yoki avariya holatlarida yongʻinlarning oldini olish maqsadida ishchilar ishga kirishganda va uning yakunidagi harakatlari.
4-mavzu. Yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari haqida umumiy maʼlumotlar. Yongʻin vaqtidagi harakatlar (2,5 soat).
Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari, ularning maqsadi, foydalanish qoidalari, yozgi va qishki sharoitlarda saqlash tartibi.
Aloqa, signalizatsiya, yongʻin haqida xabar berish vositalari. Ularning joylashgan joyi, yongʻin sodir boʻlganda ulardan foydalanish qoidalari.
Texnologik uskunalarni, kommunikatsiyalarni, elektr qurilmalarini va shamollatish tizimlarini oʻchirish (zarur hollarda sodir boʻlgan vaziyatdan kelib chiqib). Yongʻin haqida telefon orqali xabar berish tartibi. Odamlarni (moddiy boyliklarni) evakuatsiya qilishni tashkil etish.
Ish joyida yoki obyekt hududida, aholi punktida tutun, alanga yoki yongʻin aniqlanganda ishchilarning harakatlari. Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari va KYOSKlarini chaqirish hamda ularni kutib olish tartibi. Yongʻin va alangalarni oʻchirish, texnika xavfsizligi.
Amaliy mashgʻulot: avariya-qutqaruv xizmatiga yongʻin haqida xabar berish mashqlarini bajarish, shuningdek, oʻt oʻchirgichdan amalda foydalanishni namoyish etish.
Yongʻin-texnik minimumi boʻyicha bilimlarni sinovdan oʻtkazish (1 soat).
Yongʻin xavfsizligi va hayot faoliyati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha axborot stendlarini rasmiylashtirishga va mazmuniga qoʻyiladigan
TALABLAR
Yongʻin xavfsizligi va hayot faoliyati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha axborot stendi — yongʻin xavfsizligi va hayot faoliyati xavfsizligi asoslari mavzuyidagi profilaktik tusdagi matnli yoki grafikli axborot materiallarini joylashtirish uchun moʻljallangan statsionar qurilma (keyingi oʻrinlarda — stend).
Xodimlar soni 15 nafardan ortiq yoki bir vaqtning oʻzida obyektda boʻladigan odamlarning soni 10 nafardan ortiq boʻlgan obyektlarda stendlar rasmiylashtirilishi shart.
Stend, undagi maʼlumotlardan keng tanishish imkonini beradigan joylarga joylashtiriladi (masalan, binoning birinchi qavati, tashkilot yoki korxonaning foyesi, obyekt binosiga kirish qismida va hakazo). Stendga borish yoʻli obyektning ish vaqti mobaynida ochiq boʻlishi va hech qanday tashqi toʻsiqlar bilan cheklanmasligi kerak.
Axborot stendlarini kamida 490 x 770 mm oʻlchamda, bir xil uslubda tayyorlash, profilaktika materiallarini joylashtirish uchun qutilar soni A4 formatida kamida 4 ta boʻlishi tavsiya etiladi.
Stendlarga joylashtirish uchun axborot materiallarining roʻyxati:
asosiy yongʻin xavfsizligi talablari va yongʻin sodir boʻlgandagi harakatlar;
uy-roʻzgʻorda yongʻin xavfsizligi choralari;
jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish tartibi;
obyektning yongʻin xavfsizligi holati, sodir boʻlgan yongʻinlar (favqulodda vaziyatlar), ularning sabablari va ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
profilaktik varaqalar, broshyuralar va boshqalar.;
yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining “101” chaqiruv raqami va boshqalar.;
biriktirilgan davlat yongʻin nazorati inspektori haqida maʼlumot (F.I.O., ish telefoni).
Yongʻin xavfsizligi masalalari bilan bogʻliq boʻlmagan maʼlumotlarni stendlarga joylashtirish taqiqlanadi.
1. Yongʻin xavfsizligi pasporti (keyingi oʻrinlarda — pasport) — obyektning (binoning) mavjud yongʻin xavfsizligi darajasini tavsiflovchi va yongʻin xavfini kamaytirish boʻyicha tavsiyalarni oʻz ichiga olgan, belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hujjat.
2. Yongʻin xavfsizligi pasporti quyidagi obyektlar uchun ishlab chiqilishi lozim:
a) yongʻin va portlash xavfi mavjud ishlab chiqarishlar:
500 m2 dan ortiq ishlab chiqarish maydoniga ega yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻoz sanoati korxonalari;
kuniga 50 mln m3 ortiq gazni haydash (oʻtkazish) korxonalari;
kuniga 20 ming t dan ortiq neftni haydash (oʻtkazish) korxonalari;
kuniga 15 ming t dan ortiq neftni qayta ishlash korxonalari;
kuniga 100 t dan ortiq ishlab chiqarish quvvatiga ega kimyoviy tola ishlab chiqarish korxonalari;
kuniga 20 t dan ortiq ishlab chiqarish quvvatiga ega asosi yonuvchan boʻlgan lok-boʻyoq mahsulotlari korxonalari;
umumiy sigʻimi 20 000 m3 dan ortiq boʻlgan neft, neft mahsulotlari omborlari;
belgilangan quvvati 100 MV dan ortiq boʻlgan elektr stansiyalar va issiqlik elektr markazlari;
sigʻimi 15 ming t dan ortiq boʻlgan don mahsulotlarini saqlash va ularni qayta ishlash elevatorlari;
quvvati kuniga 1 000 t dan ortiq shakar ishlab chiqarish korxonalari;
portlash va yongʻin xavfliligi boʻyicha A, B va V toifaga kiruvchi maydoni 10 000 m2 dan ortiq boʻlgan ishlab chiqarish va (yoki) omborxona binolari;
b) belgilangan vazifasi yoki loyihasiga muvofiq bir vaqtning oʻzida 800 dan ortiq kishi boʻlishi mumkin boʻlgan izolyatsiya qilingan xonaga ega binolar va (yoki) inshootlar:
mehmonxonalar, sanatoriylar, profilaktoriylar, dam olish uylari;
konsert zallari, teatrlar, amfiteatrlar, kinoteatrlar, madaniyat uylari, sport (koʻngilochar) saroylari, markazlar;
davlat boshqaruv organlari, taʼlim, ilmiy va loyihalash tashkilotlarini joylashtirish uchun foydalaniladigan binolar va (yoki) inshootlar, kutubxonalar;
bozorlar, savdo markazlari va doʻkonlar, koʻngilochar va dam olish maskanlari;
aeroportlar va temir yoʻl vokzallari;
teleradio markazlari;
koʻp funksiyali bino va inshootlar.
3. Yongʻin xavfsizligi pasporti xoʻjalik va tezkor boshqaruvida obektlarga ega boʻlgan yuridik shaxslar uchun ishlab chiqiladi. Obyektlarni shartnoma asosida obyektning yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun javobgarlikni zimmasiga olish bilan boshqa yuridik shaxsga (ijara, begʻaraz foydalanish va hakazo) foydalanishga berilganda, pasport ushbu obyektdan foydalanayotgan yuridik shaxs uchun ishlab chiqiladi.
4. Pasport obyekt rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Pasport kamida uch nusxada ishlab chiqiladi va bir nusxasi davlat yongʻin nazorati organiga taqdim etiladi.
Obyektning funksional vazifasi, texnologik jarayoni, xajmiy-rejalashtirish va loyihalash yechimlarini oʻzgartirishda pasport yangilanishi shart.
6. Pasport obyektning xususiyatlarini oʻz ichiga olishi va sarlavha sahifasi, pasportning qisqacha tavsifi, mazmuni, foydalanilgan manbalar roʻyxati va quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga olishi kerak:
a) obyektning yongʻin xavfsizligini taʼminlashning tashkiliy-funksional sxemasi;
b) obyektning yongʻin xavfi xususiyatlari;
v) yongʻindan himoyalanish xususiyatlari;
g) portlashga qarshi himoya xususiyatlari;
d) yongʻin sodir boʻlganda odamlar xavfsizligini taʼminlash;
Har bir boʻlim (roʻyxatdan oxirgi ikkitasi bundan mustasno) obyektdagi yongʻin xavfsizligini taʼminlash yoʻnalishidagi holatni tavsiflovchi oraliq xulosalar bilan tugaydi.
Pasportga texnologik jarayonni tasvirlovchi chizmalar, shuningdek, quyidagi rejalar ilova qilinadi:
a) yongʻin oʻtish joylari koʻrsatilgan holda obyektning binolar, inshootlar, ochiq qurilmalarini joylashtirish;
b) obyektning yongʻinga qarshi suv taʼminoti;
v) binolar va tashqi qurilmalarga yongʻinga qarshi himoya uskunalarini joylashtirish.
Funksional vazifasi yoki loyihasiga muvofiq bir vaqtning oʻzida 800 dan ortiq kishilar boʻlishi mumkin boʻlgan izolyatsiya qilingan xonaga ega binolar va (yoki) inshootlar uchun koʻrsatilgan xonaning joylashish tartibi belgilanadi.
7. Pasportning qisqacha tavsifi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak: barcha ishlab chiquvchilar imzosi bilan ular tomonidan ishlab chiqilgan boʻlimlarni koʻrsatgan holda tuzuvchi tashkilot haqida qisqacha maʼlumot, ishlab chiqqan tashkilot toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot, pasportni ishlab chiqish uchun asoslar, pasport ishlab chiqilgan binolar va hudud chegaralarining toʻliq roʻyxati, ilgari ishlab chiqilgan pasportga kiritilgan oʻzgarishlar va qoʻshimchalar haqida maʼlumotlar (mavjud boʻlsa).
8. “Obyektning yongʻin xavfsizligini taʼminlashning tashkiliy-funksional sxemasi” boʻlimiga obyektning yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun xodimlarning oʻzaro hamkorligi, boʻysunishi va javobgarligi, obyektda tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish, koʻrilayotgan chora-tadbirlarning izchilligi va sifati haqidagi maʼlumotlar kiritilishi lozim.
9. “Obyektning yongʻinga xavfli xususiyatlari” boʻlimida jadval shaklidagi quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
a) texnologik jarayonlarda ishlatiladigan barcha modda va materiallarning yongʻinga xavfli koʻrsatkichlari, ularning oʻziga xos xususiyatlari (mavjud boʻlsa), yongʻin-portlash xavfi mavjud modda va materiallarni saqlash (foydalanish) sharoitlari, ehtimoliy yondirish manbalarining tahlili natijalari, yongʻinning (portlashning) sodir boʻlish, rivojlanish ssenariylari va yetkazilishi mumkin boʻlgan zararlar;
b) portlash va yongʻin xavfi mavjud barcha xonalarning toifalari, Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari boʻyicha zonalar sinfi, portlovchi aralashmalarning tasnifi (toifasi, guruhi);
v) barcha binolarning portlash va yongʻin xavfililigi toifalari;
g) barcha tashqi qurilmalarning portlash va yongʻin xavfliligi toifalari, ularning atrofidagi Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari boʻyicha zonalar sinfi, portlovchi aralashmalarning toifalari va guruhlari, portlovchi zonalarning oʻlchamlari;
d) ishlatiladigan modda va materiallarning birga saqlanishi mos kelishi.
10. “Yongʻinga qarshi himoyaning xususiyati” boʻlimida jadval shaklidagi quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
a) bino va inshootlarning yongʻin xavfliligi va olovga bardoshliligi, ularning maydoni va qavtliligi;
b) bino va inshootlarda foydalaniladigan asosiy qurilish konstruksiyalarning olovga bardoshlik chegaralari va yongʻinga xavflilik sinflari;
v) yongʻin-texnik xususiyatlarini koʻrsatgan holda yongʻinga qarshi toʻsiqlar va ulardagi teshiklar toʻldirilishi.
11. “Portlashga qarshi himoyaning xususiyatlari” boʻlimida portlashlarning oldini olish uchun qoʻllaniladigan yechimlar, portlash mumkin boʻlgan xonalarning binolarda joylashishi, portlashga qarshi himoya elementlari, inshootlarning yengil tashlab yuboruvchi konstruksiyalari va xususiyatlariga oid maʼlumotlar boʻlishi kerak.
12. “Yongʻin sodir boʻlganda odamlar xavfsizligini taʼminlash” boʻlimida jadval shaklidagi quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
a) binolarda, qavatlarda, xonalardagi odamlar soni;
b) xonalar, qavatlar va binolar evakuatsiya va chiqish yoʻllari bilan taʼminlanganligi, ularning parametrlari baholanishi;
v) yongʻinda evakuatsiyani boshqarish va foydalanilayotgan xabar berish tizim qurilmalarining mavjudligi va xususiyatlari;
g) binoning tutunga qarshi himoya elementi qurilmalarining mavjudligi va xususiyatlari.
13. “Muhandislik tizimlarining yongʻin xavfsizligi xususiyatlari” boʻlimida elektr uskunalar, isitish va shamollatish tizimlarining xususiyatlari, portlash xavfi boʻlgan bino va xonalarda yashinga qarshi himoya vositalarining xususiyatlari, ularning yongʻin xavfsizligiga taʼsir qiluvchi hamda holatini baholash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jadval shaklida boʻlishi kerak.
14. “Yongʻinga qarshi texnik himoya vositalari va yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari xususiyatlari” boʻlimida jadval shaklidagi quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
a) avtomatik yongʻin oʻchirish va yongʻin signalizatsiyasi qurilmalarining mavjudligi va xususiyatlari;
b) ichki va tashqi yongʻinga qarshi suv taʼminoti tizimlarining mavjudligi va xususiyatlari;
v) obyektning yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari bilan taʼminlanganligi.
15. “Yongʻin xavfsizligi darajasini baholash” boʻlimi oldingi boʻlimlar orasidagi xulosalar asosida tuziladi (zarur hollarda yongʻin xavfini baholash) va obyektning yongʻin xavfsizligi holati haqida batafsil xulosani oʻz ichiga olishi kerak.
16. “Obyektning yongʻin xavfini kamaytirish choralari” boʻlimiga amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqlashtirish uchun obyektda amalga oshirilishi lozim boʻlgan asoslangan chora-tadbirlar jadval shaklida kiritilishi lozim.
17. Pasport boʻlimlarining roʻyxati va ularning mazmuni obyektning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻzgartirilishi mumkin. Pasportni ishlab chiqishda yongʻin xavfini baholash tavsiya etiladi.
1. Evakuatsiya qilish rejasi (keyingi oʻrinlarda — reja) obyekt rahbari tomonidan tasdiqlanishi hamda grafik va matnli qismlardan iborat boʻlishi kerak.
2. Rejaning grafikli qismini tuzishda quyidagilarni hisobga olish kerak:
a) qavat rejasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: zinapoyalar, liftlar va lift xollari, yashash xonalari, maishiy-xoʻjalik xonalar, balkonlar, tashqi zinapoyalar, shuningdek, zinapoya, lift zallari eshiklari va evakuatsiya yoʻllarida joylashgan eshiklar. Xonalarning nomlari toʻgʻridan-toʻgʻri qavat rejalarida koʻrsatilishi yoki ular raqamlanishi va xonalarga izohlar berilishi kerak. Rejada eshiklar ochiq holda koʻrsatilishi kerak. Agar foydalanish vaqtida alohida chiqish joylari qulflangan boʻlsa, evakuatsiya rejasida eshik yopiq holda va kalitlar saqlangan joyda “Tashqi eshik kalitlari qutisi” yozuvi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Agar binoda tashqi yongʻinga qarshi zinapoya mavjud boʻlsa, rejada “Yongʻinga qarshi zinapoyaga chiqish yoʻli” yozuvi boʻlishi kerak;
b) qavatlardagi odamlarni evakuatsiya qilishning asosiy yoʻllari rejada toʻgʻri chiziq bilan, zaxira yoʻllari esa punktir chiziq bilan koʻrsatiladi. Chiziqlar asosiylaridan ikki barobar qalin va yashil rangda boʻlishi kerak. Qavatlardagi asosiy evakuatsiya yoʻllari zinapoyalar yoʻnalishi boʻyicha koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Agar yongʻin xavfidan himoyalanish nuqtai nazaridan ikkita zinapoya teng boʻlsa, u holda asosiy evakuatsiya yoʻli eng yaqin zinapoyaga koʻrsatiladi. Evakuatsiya yoʻllarini koʻrsatuvchi chiziqlar har bir xonadan xavfsiz joyga yoki toʻgʻridan-toʻgʻri tashqariga chiqishga yoʻnaltirilgan boʻlishi kerak;
v) rejaning grafik qismidagi belgilarni idrok qilishni yaxshilash maqsadida tashqi kontur (yongʻinga qarshi joʻmraklardan tashqari) qizil rangda, evakuatsiya yoʻllari esa yashil rangda chizilishiga ruxsat etiladi; yongʻinga karshi joʻmrak koʻk rangda belgilanadi;
g) rejalarni chizishda joylashgan joyi toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlish sharoitlarini yaxshilash maqsadida “siz shu yerdasiz” maʼnosidagi belgini rejaning izohida koʻrsatish kerak;
d) qavat rejalarida shartli belgilar yordamida: qoʻl yordamida ishga tushiriladigan yongʻin xabarlargichlari; telefon; yongʻinga qarshi joʻmraklar, oʻt oʻchirgichlar; tutun soʻrish tizimi qurilmalarini qoʻl bilan ishga tushirish tugmalari joylashgan joylari koʻrsatiladi. Shartli belgilarga qavat rejasining pastki qismida izoh berilishi kerak;
e) rejaning grafik qismida yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining, rahbar va obyekt boʻyicha masʼul navbatchining telefon raqamlari koʻrsatilishi kerak;
j) rejaning grafik qismining namunaviy shakli quyida keltirilgan 1-rasmda koʻrsatilgan.
3. Reja navbatchi xodimlar xonasida va har bir qavatning zinapoyalaridan chiqish eshiklari oldiga (binodan evakuatsiya chiqish yoʻllari) shishali (plyonka) qoplama ostida koʻzga koʻrinarli joyga joylashtiriladi.
Bolalarni evakuatsiya qilish rejasida uning grafik qismidan tashqari quyidagilar ham koʻrsatiladi:
a) xizmat xodimlaridan shaxsan kim odamlarni (bolalarni) evakuatsiya qiladi va evakuatsiya tugagandan soʻng ularning roʻyxat boʻyicha tekshiradi;
b) evakuatsiya qilinayotgan odamlarni binodan yoki sogʻlomlashtirish muassasasi, bolalarning yozgi dam olish oromgohlari hududidan xavfsiz joyga harakatlanish yoʻllari;
v) mol-mulkni evakuatsiya qilish joyi va uni qoʻriqlash uchun javobgar shaxs;
d) yongʻin-qutqaruv boʻlinmasiga kim xabar berishi va aloqa vositasining turi (telefon, ratsiya, xabarchi va boshqa yoʻl bilan);
e) evakuatsiya rejasiga kiritilgan shaxslar vaqtincha yoʻqligida ularning vazifasini bajaruvchi shaxslar zaxirasi;
Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarining kerakli miqdorini aniqlash
1. Yongʻinni oʻchirish birlamchi vositalarining turlari va miqdori yonuvchi moddalarning fizik-kimyoviy va yongʻin xavfli mavjud xossalari, ularning oʻt oʻchirish vositalariga boʻlgan aloqasini, shuningdek, ishlab chiqarish binolari, ochiq joylar va qurilmalarning maydonini hisobga olgan holda aniqlanadi.
2. Texnologik uskunalarni oʻt oʻchirgichlar bilan jihozlash, ushbu uskuna uchun texnik shartlar (pasportlar) talablariga yoki tegishli yongʻin xavfsizligi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Chet elda ishlab chiqarilgan uskunalarni oʻt oʻchirgichlar bilan jihozlash, ularni yetkazib berish boʻyicha shartnoma talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Muayyan xonaga yoki obyektga oʻt oʻchirgichlarning kerakli turini aniqlash va miqdorini hisoblash ularning oʻchirish quvvatiga, maksimal maydoniga, shuningdek, yonuvchi modda va materiallarning yongʻin sinfiga koʻra amalga oshirilishi kerak:
A sinf — asosan kelib chiqishi organik boʻlgan, yonishi choʻgʻlanish bilan kuzatiladigan qattiq moddalarning (yogʻoch, mato, qogʻoz) yongʻinlari;
B sinf — yonuvchi suyuqliklar yoki eriydigan qattiq moddalarning yongʻinlari;
C sinf — gazlar yongʻinlari;
D sinf — metallar va ularning qorishmalarining yongʻinlari;
E sinf — elektr uskunalari yonishi bilan bogʻliq yongʻinlar.
Oʻt oʻchirgich turini (koʻchma yoki transportirovka qilinadigan) tanlash sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻin oʻchoqlarining hajmiga bogʻliq. Agar ular katta boʻlsa, transportirovka qilinadigan oʻt oʻchirgichlardan foydalanish kerak.
5. Foydalanishning tegishli harorat chegarasiga ega boʻlgan oʻt oʻchirgichni tanlashda bino va inshootlarning iqlim sharoitlarini hisobga olish zarur.
6. Agar aralash yongʻin oʻchoqlari boʻlsa, unda oʻt oʻchirgichni tanlashda afzallik uning qoʻllash doirasi nuqtai nazaridan universal yongʻin oʻchirgichga beriladi.
7. Turli toifadagi xonalarning toʻliq maydoni uchun (bitta yoki bir guruh oʻt oʻchirgichlar bilan himoyalanadigan maksimal maydon) 1 va 2-jadvallarda “++” yoki “+” belgisidan oldin koʻrsatilgan turdagi oʻt oʻchirgichlar sonining birini tanlash kerak.
8. Jamoat binolari va inshootlarning har bir qavatida kamida ikkitadan kam boʻlmagan koʻchma oʻt oʻchirgichlar boʻlishi kerak.
9. Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha D toifadagi xonalarning maydoni 100 m2 dan oshmasa, ushbu xonalar oʻt oʻchirgichlar bilan jihozlanmasligi mumkin.
10. Agar yongʻin xavfi boʻyicha bir xil toifadagi bir nechta kichik xonalar mavjud boʻlsa, zarur oʻt oʻchirgichlar soni ushbu xonalarning umumiy maydonini hisobga olgan holda 14-band va 1 va 2-jadvallarga muvofiq belgilanadi.
11. Korxonadan qayta zaryadlash uchun yuborilgan oʻt oʻchirgichlar, tegishli miqdordagi zaryadlangan oʻt oʻchirgichlar bilan almashtirilishi kerak.
12. Kompyuter xonalari, telefon stansiyalari, muzeylar, arxivlar va boshqalarni himoya qilishda yongʻinni oʻchirish vositalarining himoyalangan uskunalar, mahsulotlar, materiallar va boshqalar bilan oʻzaro taʼsirining oʻziga xos xususiyatlari hisobga olinishi lozim. Ushbu xonalar oʻt oʻchirish moddalarining maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyasini hisobga olgan holda xladonli va uglekislotali oʻt oʻchirgichlar bilan jihozlanishi lozim.
13. Statsionar avtomatik oʻt oʻchirish qurilmalari bilan jihozlangan xonalar oʻt oʻchirgichlar bilan jihozlanishi belgilangan sonidan kelib chiqib 50 foiz miqdorida taʼminlanishi kerak.
14. Sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻin oʻchogʻidan oʻt oʻchirgich joylashgan joyigacha boʻlgan masofa: jamoat binolari va inshootlari uchun 20 m dan; portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha A, B va V toifadagi xonalar uchun — 30 m dan, G toifadagi xonalar uchun — 40 m dan, D toifadagi xonalar uchun — 70 m dan oshmasligi kerak.
15. Obyektda yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini sotib olish, taʼmirlash, saqlash va ishlatishga shayligi uchun javobgar shaxs tayinlanishi kerak.
16. Obyektga oʻrnatilgan har bir oʻt oʻchirgich ustiga oq rangli boʻyoq bilan tartib raqami yozib qoʻyilishi kerak. Unga belgilangan shaklda pasport yuritiladi.
17. Oʻt oʻchirgichlar har doim soz holatda saqlanishi, muntazam koʻzdan kechirilishi, tekshirilishi va oʻz vaqtida qayta zaryadlanishi kerak.
18. Qish mavsumida (1 °C dan past haroratda), suv asosidagi zaryadli oʻt oʻchirgichlar isitiladigan xonalarda saqlanishi kerak.
19. Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini yoʻlaklarda va oʻtish joylarida joylashtirish odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilishga xalaqit bermasligi kerak. Ular 1,5 m dan ortiq boʻlmagan balandlikda xonalardan chiqadigan joylarga yaqin joylarda joylashtirilishi kerak.
20. Asbest, namatni (kigizni) qopqoqli metall idishlarda saqlash, vaqti-vaqti bilan (uch oyda kamida 1-marta) quritish va changdan tozalash tavsiya etiladi.
21. Ichki yongʻinga qarshi suv taʼminoti va avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari bilan jihozlanmagan ishlab chiqarish xonalarida va omborxonalarda yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini, mexanizatsiyalashmagan yongʻinni oʻchirish vositalari va uskunalarini joylashtirish uchun, shuningdek, tashqi yongʻinga qarshi suv taʼminoti mavjud boʻlmagan obyektlar hududi yoki ularning binolari (inshootlari) tashqi texnologik qurilmalari tashqi yongʻinga qarshi suv manbalaridan 100 m dan uzoq masofada joylashgan taqdirda yongʻinga qarshi qalqon bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Yongʻinga qarshi qalqonlarning turi va ularning talab qilinadigan soni, binolar (inshootlar) va tashqi texnologik qurilmalarning portlash va yongʻin xavfi boʻyicha toifasiga, bitta yongʻinga qarshi qalqonning maksimal himoyalash maydoniga va yongʻin sinfiga koʻra 3-jadvalga muvofiq belgilanadi.
22. Yongʻinga qarshi qalqonlar 4-jadvalga muvofiq yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari, mexanizatsiyalanmagan yongʻin vositalari va inventarlar bilan jamlanadi.
23. Yongʻinga qarshi qalqon yoniga oʻrnatilgan suv sigʻimlarining hajmi kamida 0,2 m3 boʻlishi va chelaklar bilan taʼminlanishi kerak. Qum uchun qutilar 3, 1 yoki 0,5 m3 hajmga ega boʻlishi va belkurak bilan taʼminlanishi kerak. Qum oson olinishi va yogʻingarchilikdan himoyalangan boʻlishi kerak.
24. Qum bilan toʻldirilgan qutilar, odatda, yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyukliklar toʻkilishi mumkin boʻlgan xonalarda yoki ochiq maydonlarda yongʻinga qarshi qalqonlar bilan birga oʻrnatilishi kerak.
Portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha A, B va V toifadagi xonalar va ochiq texnologik qurilmalar uchun qutilardagi qum zaxirasi himoyalanadigan har bir 500 m2 maydonga 0,5 m3, G va D toifadagi xonalar va ochiq texnologik qurilmalar uchun esa himoyalanadigan har bir 1000 m2 maydonga 0,5 m3 dan kam boʻlmasligi kerak.
25. Asbest, dagʻal junli mato yoki namat oʻlchami kamida 1x1 m boʻlishi hamda ushbu mato oʻlchamining 50 foizidan katta boʻlmagan maydondagi va havosiz yonishi mumkin boʻlmagan modda va materiallar yongʻin oʻchogʻini oʻchirish uchun moʻljallangan boʻlishi kerak. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni qoʻllash va saqlash joylarida ushbu matolar oʻlchamlari 2x1, 5 m yoki 2x2 m dan oshirilishi mumkin.
Asbest mato, dagʻal jun matolar yoki namat (kigiz, yonmaydigan materialdan tayyorlangan choyshab) suv oʻtkazmaydigan yopiladigan va yongʻin sodir boʻlganda tezda qoʻllash imkonini beradigan gʻiloflarda (qadoqlarda) saqlanishi lozim. Ushbu vositalar kamida 3 oyda bir marta quritilishi va changdan tozalanishi kerak.
26. Yongʻinga qarshi qalqon toʻplamidagi mexanizatsiyalanmagan yongʻinga qarshi qoʻl asboblariga quyidagi operatsiyalarni oʻz ichiga olgan davriy xizmat koʻrsatiladi:
chang, kir va korroziya izlarini tozalash;
GOST-12.4.026-2015 standartiga muvofiq boʻyoqlarni tiklash;
foydalanishdan keyin qoldiq deformatsiyalarni bartaraf etish uchun lom va bagorlarni toʻgʻrilash;
GOST 12.3.023-80 talablariga mos holda kerakli asboblarning charxlash burchaklarini tiklash.
27. Yongʻinga qarshi qalqonlar ularga oʻrnatilgan yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarini tezkorlik bilan olishda qulaylikni va ularni joylashtirish talablariga rioya etilishini taʼminlashi lozim.
28. Yongʻinga qarshi qalqon va yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarining rangi va boʻyash sxemasi GOST 12.4.026-2015 standartiga muvofiq amalga oshiriladi.
29. Yongʻinga qarshi qalqon eshiklarining tashqi tomonida qum uchun quti, suv uchun bochkalar va stendlarda ularning tartib raqamlari va eng yaqin yongʻin-qutkaruv qismining telefon raqami koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Yongʻinga qarshi qalqonlarning tartib raqami “YOQQ” harfli indeksdan soʻng koʻrsatiladi.
1. Turli sinfdagi yongʻinlarni oʻchirishda kukunli oʻt oʻchirgichlar tegishli zaryadga ega boʻlishi kerak: A sinf uchun — ABCE kukun; B, C, E sinflar uchun — BCE yoki ABCE va D sinf uchun D.
2. “++” belgi bilan obyektlarni jihozlash uchun tavsiya etilgan oʻt oʻchirgichlar koʻrsatilgan, “+” belgi bilan tavsiya qilinadigan oʻt oʻchirgichlar boʻlmagan taqdirda va tegishli asosga ega boʻlmagan holda ruxsat etiladigan oʻt oʻchirgichlar koʻrsatilgan, “-” belgi bilan bu obyektlarni jihozlash uchun ruxsat etilmagan oʻt oʻchirgichlar koʻrsatilgan.
3. Hajmi 50 m3 dan koʻp boʻlmagan yopiq xonalardagi yonginlarni oʻchirish uchun koʻchma oʻt oʻchirgichlar oʻrniga yoki ularga qoʻshimcha ravishda oʻz-oʻzidan ishlaydigan kukunli oʻt oʻchirgichlardan foydalaniladi.
4. Qozonxonalar har bir oʻt qalash qutisiga oʻt oʻchirish vositasining ogʻirligi 4 kg dan kam boʻlmagan l dona kukunli oʻt oʻchirgich yoki sigʻimi 5 L dan kam boʻlmagan 1 dona koʻpikli oʻt oʻchirgich bilan taʼminlanishi kerak.
(1-jadvalning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-apreldagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 09/25/224/0338-son)
Kukunli oʻt oʻchirgichlar, oʻt oʻchirish moddasining ogʻirligi 80 dan 90kg gacha
Uglekistlotali oʻt oʻchirgichlar, oʻt oʻchirish moddasining ogʻirligi kg
25
80
A, B, B1-B4 (yonuvchi gazlar va suyuqliklar)
500
A
1++
1++
1++
-
3+
B
2+
1++
1++
-
3+
C
-
1+
1++
-
3+
D
-
-
1++
-
-
E
-
-
+
2+
1++
B1-B4 (yonuvchi gazlar va suyuqliklardan tashqari), G
800
A
1++
1++
1++
4+
2+
B
2+
1++
1++
-
3+
C
-
1+
1++
-
3+
D
-
-
1++
-
-
E
-
-
1+
1++
1+
Izoh. 1. Turli sinfdagi yongʻinlarni oʻchirishda kukunli va havo-koʻpikli oʻt oʻchirgichlar tegishli zaryadga ega boʻlishi kerak: A sinf uchun — ABCE kukunlari; B, C, E sinflari uchun — BCE yoki ABCE hamda D sinf uchun — D kukuni.
2. “++”, “+” va “ — ” belgilarining maʼnolari 6-ilovaning 1-jadvalidagi 2-izohda keltirilgan.
Xonalarning yoki tashqi texnologik qurilmalarning portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha toifasi hamda xonalarning funksional vazifasi boʻyicha nomlanishi
Bir dona yongʻinga qarshi qalqon bilan himoyalanadigan maydon, m2
Yongʻin sinfi
Qalqon turi
1.
A, B, B1-B4 (yonuvchi gazlar va suyuqliklar)
200
A
YOQQ-A
B
YOQQ-B
E
YOQQ-E
2.
B1-B4 (qattiq yonuvchi modda va materiallar)
400
A
YOQQ-A
E
YOQQ-E
3.
G, D
1800
A
YOQQ-A
B
YOQQ-B
E
YOQQ-E
4.
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini qayta ishlash korxonalarining xonalari va ochiq maydonlari
100
-
YOQQ-QX
5.
Turli payvandlash va boshqa olovli ishlarni olib borishga moʻljallangan xonalar
-
A
YOQQ-T
Izoh.
YOQQ-A — A sinfidagi yongʻin oʻchoqlari uchun yongʻinga qarshi qalqon;
YOQQ-B — B sinfidagi yongʻin oʻchoqlari uchun yongʻinga qarshi qalqon;
YOQQ-E — E sinfidagi yongʻin oʻchoqlari uchun yongʻinga qarshi qalqon;
YOQQ-QX — qishloq xoʻjaligi obyektlari uchun yongʻinga qarshi qalqon;
YOQQ-T — transportirovka qilinadigan yongʻinga qarshi qalqon.
uglikislotali oʻt oʻchirish moddasining sigʻimi, L / ogʻirligi, kg, 5/3
2+
1
2.
Lom
1
1
1
1
3.
Bagor
1
1
4.
Yogʻoch dastakli ilgak
1
5.
Konnussimon chelak
2
1
2
1
6.
Elektr simlarini kesish uchun toʻplam: qaychi, dielektrik poyafzal va dielektrik rezinali gilamcha
1
7.
Asbestli toʻshama, jun tolali mato (namat, yonmaydigan mato)
1
1
1
1
8.
Tigʻli belkurak
1
1
1
1
9.
Yapoloq belkurak
1
1
1
1
10.
Ayri, panshaxa
1
11.
Qurilmalarni tashish uchun arava
1
12.
Suv saqlash uchun sigʻim xajmi:
0,2 m3
1
1
0,02 m3
1
13.
Qum solingan quti
1
1
14.
Qoʻl nasosi
1
15.
Diammetri 51 sm, uzunlikdagi 18-20 m yongʻinni oʻchirish yengi
1
16.
Himoya ekrani 1,4 x 2 m
6
17.
Ekranlarni osib qoʻyish uchun tirgaklar
6
Izoh.
1. Turli sinfdagi yongʻinlarni oʻchirishda kukunli oʻt oʻchirgichlar tegishli zaryadga ega boʻlishi kerak: A sinfidagi yongʻinlar uchun kukunli — ABC (E), V va (E) — BC (E) yoki ABC (E) oʻt oʻchirgichlar.
2. “++”, “+” va “-” belgilarining maʼnolari 6-ilovaning 1-jadvalidagi 2-izohda keltirilgan.
3. Koʻpikli, suvli, kukunli va uglikislotali koʻchma oʻt oʻchirgichlar uchun ikki xil markirovka beligilangan: eski markirovkada sigʻim hajmi L da belgilangan boʻlsa, yangi markirovkada oʻt oʻchirish moddasining ogʻirligi koʻrsatilgan. Yongʻinga qarshi qalqonlarni koʻchma oʻt oʻchirgilar bilan jihozlashda ham yangi va ham eski markirovkadan foydalanish mumkin.
Yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalarining nomlari
Koʻchma oʻt oʻchirgichlar
Yongʻinga qarshi mato
Uglekislotali oʻt oʻchirish moddasining ogʻirligi 5 kgdan kam boʻlmagan
Kukunli
oʻt oʻchirish moddasining ogʻirligi 8 kgdan kam boʻlmagan yoki 2 ta 4 kg
Suvli, havo-koʻpikli hajmi 10 Ldan kam boʻlmagan yoki 2 ta 5 L
1.
Madaniy-maʼrifiy, tomosha, davolash, ilmiy, taʼlim va sogʻlomlashtirish muassasalari, oromgohlar, turar joylar va boshqa binolar
a) yoʻlak tizimidagi maishiy-xizmat xonalar
yoʻlakning 20 pagonometr
-
1
1
b) yoʻlak tizimisiz (vestibyul bilan),lekin har bir xonaga kamida bitta
200 m2
-
1
1
v) arxivlar, kutubxonalar
100 m2
1
1
g) nusxa olish, koʻpaytirish uskunalarining xonalari, fonoteka, videotekalar
200 m2
2
2
2.
Laboratoriyalar, lekin har bir xonaga kamida bitta
50 m2
1
1
3.
Oshxona, omborlar, ustaxonalar
har bir xonaga
1
1
1
4.
Mehmonxona, yotoqxona, dala hovli va yoʻlak tizimli turar joylar
yoʻlakning har 20 pagonometr
2
1
1
-
5.
a) muassasa kompleksining studiya-apparat tezkor-texnologik xonalari
50 m2
1
1
b) yordamchi xonalar
har bir xonaga
1
1
1
6.
Qozonxonalar
har 100 m2
1
1
1
7.
Garaj xonasi, lekin kamida har bir xonaga
har 100 m2
-
1
1
1
8.
Omborlar
100 m2
-
1
1
9.
Oshxona, klub, konferensiya zali va boshqalar, lekin har bir qavatga kamida ikkitidan
har 100 m2
-
1
1
10.
Shaxsiy turar joylar, dala hovli va boshqa inshootlar
1
1
11.
Lift dvigateli xonasi
har bir xonaga
2
1
1
Izoh. 1. Ushbu jadvalda koʻrsatilmagan binolar uchun yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari ularning yongʻin xavfini xisobga olgan holda yuqrida koʻrsatilgan tartibda, shuningdek, ushbu ilovaning 2-jadvaliga binoan jamoat binolari uchun normalarga muvofiq belgilanishi kerak.
2. Jamoat va maʼmuriy bino va inshootlarining har bir qavatida kamida ikkitadan koʻchma oʻt oʻchirgichlar joylashtirilishi kerak.
Portlab yonish va yongʻin xavfi mavjud xonalar, binolar va tashqi qurilmalarning toifalarini aniqlash
Portlab-yonish va yongʻin xavfi mavjud xonalar, binolar va tashqi qurilmalarning toifalari amaldagi SHNQ 2.01.19. “Xona, bino va tashqi qurilmalarning portlab yonish va yongʻin xavfi boʻyicha toifalarini aniqlash” va “Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari” (keyingi oʻrinlarda — EUTQ) normativ hujjatlariga koʻra belgilanadi.
Portlab yonish va yongʻin xavfi boʻyicha xona toifasining shakli va EUTQ boʻyicha zona sinflari 2-rasmda koʻrsatilgan.
Portlash va yongʻin xavfi uchun xona toifasi indeksining shakli va EUOQ uchun zona sinfi
Aylana diametri: 200, 250, 300 mm.
Yozuvlar eshiklar va darvozalarining rangiga qarama-qarshi boʻlgan rangda bajariladi.
Koʻrsatkich eshik va eshiklarning panellariga yer yoki pol qismidan 2/3 balandlikda oʻrnatiladi.
2-rasm. Xonalarning portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha toifasi hamda EUTQga koʻra yongʻin sinfi zonasining koʻrsatkichi
Yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlari toʻgʻrisida maʼlumot kartasi shakli
Yongʻin xavfsizligi choralarining maʼlumot kartasi — binolarda saqlanayotgan yoki foydalanilayotgan portlovchi moddalar, materiallar va mahsulotlar (yengil alangalanuvchi va yonuvchan suyuqlik, chang, gazlar, aerozol qadoqdagi mahsulotlar va hokazolarning yongʻin xavfliligini tavsiflovchi statsionar yoki vaqtinchalik koʻrsatkich).
Maʼlumotlar kartasi xona toifasi indikatori ostidagi eshiklarning (darvoza) tashqi tomoniga joylashtirilgan va xonadagi portlash va yongʻin xavfi mavjud materiallarning ruxsat etilgan maksimal miqdori GOST 19433 ga muvofiq yongʻinni oʻchirish boʻyicha chora-tadbirlar kodi va saqlangan materialning xavf belgisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Kartaning shakli, umumiy oʻlchamlari va dizayni 3-rasmda koʻrsatilgan.
3-rasm. Maʼlumotlar kartasining shakli
Izoh. Kartaning uzunligiga balandligi nisbati 2:5, kartaning balandligi 200, 250, 300 mm.
Avtomatik yongʻinni oʻchirish qurilmalari hamda avtomatik yongʻin signalizatsiyasi bilan himoya qilinadigan binolar, inshootlar, xonalar va uskunalarning
roʻyxati
Ushbu roʻyxat binolar, inshootlar, xonalar va uskunalarni (keyingi oʻrinlarda — obyekt) avtomatik yongʻin signalizatsiyasi (keyingi oʻrinlarda — AYOS) va avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari (keyingi oʻrinlarda — AYOOʻQ) bilan barcha bosqichlarda himoyalash, oʻrnatish, ishlatish, taʼmirlash va hokazolarning tartibga soluvchi asosiy talablarni belgilaydi. Ushbu roʻyxatning talablari idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha tashkilot va idoralar uchun majburiydir.
Ushbu roʻyxatga kiritilmagan obyektlar, qurilish, yongʻin xavfsizligi boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq (QMQ, SHNQ, RH, YOXQ va boshqalar) hamda idoraviy normalar va roʻyxatlar talablariga muvofiq AYOS va AYOOʻQ bilan jihozlanadi.
1. Yonuvchan izolyatsiyali yengil metall konstruksiyalardan ishlangan turar joy, umumiy yotoqxonalar va jamoat binolari:
bir qavatli;
ikki va undan yuqori qavatli.
Maydoni 500 m2
va undan katta
Maydonidan qatʼi nazar
500 m2 gacha
2. Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni sotishga ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari binolari (sigʻimi 20 L dan oshmaydigan idishlarda qadoqlangan tovarlar bundan mustasno).
Maydonidan qatʼi nazar
3. Ikki va undan yuqori qavatli mehmonxona binolari.
Yongʻinga qarshi boʻlma maydoni 800 m2 va
undan katta boʻlganda
Yongʻinga qarshi boʻlma maydoni 800 m2 gacha boʻlganda
4. Yongʻin xavfi boʻyicha “V” toifadagi omborlar:
balandligi ikki va undan yuqori qavatli;
5,5 m yoki undan ortiq balandlikdagi javonlarda saqlanadigan.
Maydonidan qatʼi nazar
5. Transport vositalarini saqlash uchun yopiq turdagi binolar:
yer ostida, qavatlar sonidan qatʼi nazar;
yer ustida, ikki yoki undan ortiq qavatli;
mexanizatsiyalashgan.
Maydonidan qatʼi nazar
6. Avtotransport vositalarini saqlash, texnik xizmat koʻrsatish, diagnostika va sozlash binolari:
yongʻinga bardoshlilik boʻyicha I va II-darajali;
yongʻinga bardoshlilik boʻyicha III-darajali;
yongʻinga bardoshlilik boʻyicha IV-darajali.
Xonalarning umumiy maydoni:
7000 m2va undan katta
3600 m2va undan katta
2000 m2va undan katta
7000 m2 gacha
3600 m2 gacha
2000 m2 gacha
II. Xonalar
Jamoat binolaridagi (inshootlaridagi) xonalar
1. Sirklardagi bezak buyumlari, butaforiyalar va rekvizitlar xonalari, duradgorlik ustaxonalari, yem-xashak, inventar va xoʻjalik, reklama mahsulotlarini saqlash va ishlab chiqarish xonalari, saxnaga xizmat koʻrsatuvchi va taʼmirlashga moʻljallangan xonalar, hayvonlar uchun omborxonalar, tomoshabinlar zali gumbazi ostidagi chordoq xonalari.
Maydonidan qatʼi nazar
2. Jamoat binolaridagi ishlab chiqarish va omborxonlarga moʻljallangan xonalar.
Ishlab chiqarish, saqlash (saqlab turish) xonalariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq
Ishlab chiqarish xonalari
3. Portlab-yonish xavfi boʻyicha “A” va “B” toifadagi xonalarda (8-bandda koʻrsatilganlardan va donni qayta ishlash va saqlash bino va inshootlarda joylashgan xonalardan tashqari).
300 m2 va undan katta
300 m2gacha
4. Ishqoriy metallar mavjud xonalarni qavatlarga joylashtirishda:
sokol qavatlarida;
yer usti qavatlarida.
300 m2 va undan katta
500 m2 va undan katta
300 m2gacha
500 m2 gacha
5. Yongʻin xavfi boʻyicha “V1” toifadagi xonalarni qavatlarga joylashtirishda (donni qayta ishlash va saqlash bino va inshootlarda joylashgan xonalardan tashqari);
sokol va yertoʻla qavatlarida;
yer usti qavatlarida (8 —15 bandlarda koʻrsatilganlardan tashqari).
Maydonidan qatʼi nazar
300 m2 va undan katta
300 m2 gacha
6. Yongʻin xavfi boʻyicha “V2-V3” toifadagi xonalarni joylashtirishda (7 — 15 bandlarda koʻrsatilganlardan va donni qayta ishlash va saqlash bino va inshootlarda joylashgan xonalardan tashqari):
sokol qavati va yertoʻladan toʻgʻridan-toʻgʻri tashqariga chiqish yoʻllari mavjud boʻlmaganda;
sokol qavati va yertoʻladan toʻgʻridan-toʻgʻri tashqariga chiqish yoʻllari mavjud boʻlganda;
yer usti qavatlarida.
300 m2 va undan katta
700 m2 va undan katta
1000 m2 va undan katta
300 m2gacha
700 m2gacha
1000 m2gacha
7. Yogʻ-moy yertoʻlalari.
Maydonidan qatʼi nazar
8. Aluminiy kukuni asosida suspenziyalar, rezina yelimlarini tayyorlash xonalari; yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar asosida lok, boʻyoq, yelim, mastika va singdiruvchi aralashmalarni tayyorlash xonalari; boʻyoqlash, sintetik kauchukning polimerizatsiyalash, gaz turbinali dvigatellar oʻrnatilgan kompressor xonalari, neftni olovli qizdirgichlar xonalari. Suyuq yoqilgʻida ishlovchi dvigatelli generatorlar xonalari.
Maydonidan qatʼi nazar
9. Yuqori voltli sinov xonalari, shuningdek, yonuvchi materiallar bilan himoyalangan xonalar.
Maydonidan qatʼi nazar
Aloqa tarmoqlari xonalari
10. Uzatish moslamalari quvvati 150 kVt va undan yuqori boʻlgan uzatish radiostansiyalari, qabul qilish moslamalari soni 20 dan ortiq boʻlgan qabul qilish radiostansiyalari, uzatish moslamasi quvvati 1 kVt dan ortiq boʻlgan statsionar kosmik aloqa stansiyalari, uzatish moslamalari quvvati 25 — 50 kVt boʻlgan retranslyatsiya televizion stansiyalari, tarmoq uzellari, shaharlararo va shahar telefon stansiyalari, telegraf stansiyalari, chekka hududlardagi kuchaytirish punktlari va tumanlar aloqa tarmoqlarining shamollashtish, transformatorlar va ajratuvchi qurilmalar xonalari.
Maydonidan qatʼi nazar
11.Chekka hududlardagi kuchaytirish punktlarining texnik sexlari, oraliq radio-reley stansiyalari, qabul qilish va uzatish radiomarkazlarining tungi va kechki smenalarsiz xizmat koʻrsatiladigan hamda xizmat koʻrsatilmaydigan xonalari.
Maydonidan
qatʼi nazar
12. Harakatdagi radioaloqa uyali tizimining tayanch stansiyalaridagi xizmat koʻrsatilmaydigan apparat xonalari hamda harakatdagi radioaloqa uyali tizimining radio-reley stansiyalaridagi apparat xonalari.
24 m2 va undan katta
24 m2gacha
13. Asosiy kassalar, oʻtkazmalarni nazorat qilish byurosi xonalari va pochta aloqa boʻlimlarining hisoblash markazlari, shahar va tuman pochta aloqa boʻlimlarining xonalari:
binoning umumiy hajmi 40 ming m3 va undan katta;
binoning umumiy hajmi 40 ming m3 gacha.
24 m2 va undan katta
24 m2gacha
14. Kvaz-elektron va elektron turdagi kommutatsiya uskunalari kompyuter bilan birgalikda oʻrnatiladigan avtomatik telefon almashuv stansiyalari, boshqaruv kompleksi sifatida ishlatiladigan, kirish-chiqish qurilmalari, elektron kommutatsiya stansiyalari xonalari, uzellar, elektraloqa hujjatlari markazlari, hajmiga koʻra:
raqamlar, kanallar yoki ulanish joylari 10 ming va undan ortiq;
raqamlar, kanallar yoki ulanish joylari 10 mingtagacha.
Maydonidan qatʼi nazar
Maydonidan qatʼi nazar
15. Stansiyalarning sigʻimi boʻyicha avtomatik shaharlararo telefon stansiyalarining kompyuterlari asosida boshqariladigan qurilmalar uchun ajratilgan xonalar:
shaharlararo kanallar 10 ming va undan ortiq;
shaharlararo kanallari 10 mingtagacha.
24 m2 va undan katta
24 m2 gacha
Maydonidan qatʼi nazar
16. Pochta joʻnatmalarini saqlash, saralash va joʻnatishga tayyorlash xonalari.
500 m2 va undan katta
500 m2 gacha
Transportlar vositalarini saqlash xonalari
17. Transport vositalarini boshqa maqsadlar uchun moʻljallangan binolarda saqlash xonalarida (yakka tartibdagi turarjoy binolari bundan mustasno) joylashuviga koʻra:
yertoʻlalarda va yer osti qavatlarida (shu jumladan, koʻprik ostida);
sokol va yer ustidagi qavatlarda.
Maydonidan qatʼi nazar
3 va undan ortiq avtomobillar
3 tagacha avtomobillar
Joylashtirish va saqlash xonalari
18. Portlab-yonish xavfi boʻyicha “A” va “B” toifadagi xonalarda (donni qayta ishlash va saqlash bino va inshootlarida joylashgan xonalardan tashqari).
300 m2 va undan katta
300 m2 gacha
19. Kauchuk, rezina va rezinatexnik buyumlar;
selluloid va selluloid buyumlari;
gugurt, ishqorli metallar va pirotexnika buyumlari;
moʻyna, jun, moʻyna va undan tayyorlangan buyumlar;
yonadigan asosda kino-foto-audio tasmalar;
qimmatbaho metallar va toshlar.
Maydonidan qatʼi nazar
20. Yongʻin xavfi boʻyicha “V1” toifadagi xonalarni qavatlarga joylashtirishda (19-bandda koʻrsatilganlardan va donni qayta ishlash va saqlash bino va inshootlarda joylashgan xonalardan tashqari):
sokol va yertoʻla qavatlarida;
yer usti qavatlarida.
Maydonidan qatʼi nazar
300 m2 va undan katta
300 m2 gacha
21. Yongʻin xavfi boʻyicha “V2-V3” toifadagi xonalarni qavatlarda joylashtirishda (19-bandda koʻrsatilganlardan va donni qayta ishlash va saqlash bino va inshootlarda joylashgan xonalardan tashqari):
sokol va yertoʻla qavatlarida;
yer usti qavatlarida.
300 m2 va undan katta
1000 m2 va undan katta
300 m2 gacha
1000 m2 gacha
III. Inshootlar
1. Jamoat va sanoat binolarining kabel inshootlari*.
100 m3 va undan katta
100 m3 gacha
2. Sanoat binolari oraligʻida yotqizilgan kabel tunnellari va toʻliq yopiq galereyalar (shu jumladan kombinatsiyalangan).
50 m3 va undan katta
3. Shahar kabel kollektorlari va tunellari (shu jumladan, boshqa kommunikatsiyalar bilan kombinatsiyalangan).
Xajmi va maydonidan qatʼi nazar
4. Metall quvurlar orqali moyli kabellar yotqizilgan kabel inshootlari.
Xajmi va maydonidan qatʼi nazar
5. Yogʻoch materiallarini tashish uchun yopiq galereyalar, tunellar.
Uzunligidan qatʼi nazar
6. Osma shiftlar yuqorisidagi boʻshliqlarda “G1-G4” alangalanish guruhiga mansub materiallardan tayyorlangan izolyatsiyali havo kanallari va quvurlarni yotqizishda, shuningdek, alanga tarqatmaydigan kabellar (simlar), shu jumladan, ular birgalikda yotqizilganida**:
havo kanallari, quvurlar yoki kabellar (simlar), shu jumladan, ular birgalikda yotqizilganida, kabellarning (simlarning) yonuvchi massasi hajmi bilan;
yonadigan massaning umumiy hajmi boʻlgan yonmaydigan turdagi kabellar uchun.
1 metr kabel liniyasi uchun 7 va undan ortiq L boʻlganda
Uzunligidan qatʼi nazar
1 metr kabel liniyasi uchun 1,5 dan 7 L gacha
boʻlganda
7. Temir yoʻl va avtomobil yoʻllari tunnellari.
Uzunligi 2500 m va undan ortiq
Uzunligi 300 m va undan ortiq
IV. Uskunalar
1. Yengil alangalanuvchi va yonuvchan suyuqliklar qoʻllanadigan boʻyash kameralari.
Maydoni va turidan qatʼi nazar
2. Quritish kameralari.
Maydoni va turidan qatʼi nazar
3. Yonuvchi chiqindilarni yigʻish joylari (siklon, bunkerlar).
Maydoni va turidan qatʼi nazar
4. Avtomobillar va tirkamalarga oʻrnatilgan dizel va benzinli elektr qurilmali koʻchma elektr stansiyalarining sinov stansiyalari.
Maydonidan qatʼi nazar
5. Yonuvchi materiallarni va yonuvchi qadoqdagi yonmaydigan materiallarni saqlash uchun balandligi 5,5 m dan oshiq boʻlgan stellajlar.
Maydonidan qatʼi nazar
6. Moy qizdirish uchun sigʻimlar.
3 m3 va undan ortiq
* Kabel inshootlari — elektr kabellarini (shu jumladan, boshqa kommunikatsiyalar bilan birgalikda) yotqizishda ishlatiladigan tunnellar, kanallar, yertoʻlalar, shaxtalar, qavatlar, ikki qavatli pollar, galereyalar va kameralar.
** 1. Kabel inshootlari, osma shiftlar va ikki qavatli pollar orasidagi boʻshliqlar quyidagi hollarda avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari bilan jihozlanmaydi:
poʻlatli suv va gaz quvurlariga yoki qopqoqlari butunlay ochiladigan poʻlat qutilarga (koroblarga) kabellarni (simlarni) yotqizishda;
yonmaydigan himoya qobiqli quvurlar va havo quvurlariga yotqizishda;
yoritish zanjirini taʼminlash uchun yonmaydigan “YONM” turdagi yakka kabellarni (simlarni) yotqizishda;
yonmaydigan “YONM” va “Yo1” yonish guruhiga kiruvchi materiallardan ishlangan osma shiftlar orasidan umumiy yonuvchan massasi 1 m kabel liniyasi uchun 1,5 L dan kam boʻlgan “YONM” turidagi kabellarni (simlarni) yotqizishda;
2. Binolar (xonalar) toʻliq AYOOʻQ bilan himoyalanishi kerak boʻlgan hollarda osma shiftlar orasidagi boʻshliqlardan “Yo1 — Yo4” yonish guruhiga kiruvchi materiallardan ishlangan himoya qobiqlari bilan oʻralgan xavo kanallari va quvurlari oʻtkazilganda yoki umumiy yonuvchi massasi 1 m kabel linyasi uchun 7 L dan koʻp boʻlgan kabellar (simlar) yotqizilganda tegishli qurilmalar bilan himoyalanishi kerak. Agar shiftdan osma shiftgacha boʻlgan oraliq 0,4 m dan oshmasa, AYOOʻQlarni oʻrnatish talab etilmaydi.
3. Kabellarning (simlarning) himoya qobiqlarini yonuvchan massasi hajmi begilangan tartibda tasdiqlangan usulda aniqlanadi.
Yengil alangalanuvchi suyuqliklar, suyuqlik aralashmalari, tarkibida qattiq moddalarga ega eritma yoki suspenziyalar, yopiq sigʻim ichida chaqnash harorati 61 °S va undan past boʻlgan yengil alangalanuvchi bugʻlarni ajratuvchi suyuqliklar:
3.1
yopiq sigʻimda chaqnash harorati 18 °S va undan past boʻlgan yengil alangalanuvchi suyuqliklar
Yengil alangalanuvchi modda va materiallar (portlovchilardan tashqari) saqlash va tashish vaqtida isitilish natijasida tashqi alangalanish manbalaridan yengil yonadigan, ishqalanish vaqtida namlikni singdiradigan, ixtiyoriy kimyoviy oʻzgarishlarga qodir:
4.1
tashqi yonish manbalaridan oson yonib ketadigan va faol yonib turadigan yengil alangalanuvchi qattiq moddalar
Kislorodni ajratib chiqaradigan, yonishni ushlb turadigan va tegishli sharoitlarda boshqa moddalar bilan aralashib, oʻz-oʻzidan yonib ketishga va portlashga olib kelishi mumkin boʻlgan oksidlovchi moddalar va organik peroksidlar:
5.1
oʻzi yonuvchan boʻlmagan, ammo boshqa moddalarning yengil alangalanishiga imkon beradigan va yonish paytida kislorod chiqaradigan oksidlovchi moddalar
yonuvchan boʻlgan organik peroksid va gidroperoksid oksidlovchi moddalar sifatida harakat qilishi mumkin, boshqa moddalar bilan xavfli taʼsir oʻtkazadi
Terini, koʻz va nafas yoʻllarining shilliq pardalari shikastlanishiga, organik materiallar va kimyoviy moddalar bilan oʻzaro taʼsirlashganda yongʻinlar chiqishi mumkin boʻlgan metallarning korroziyasi va transport vositalarining shikastlanishiga olib keladigan oʻtkir va korrozion moddalar:
TASDIQLAYMAN* tashkilot, korxona, sex _________________________________ (rahbar yoki yongʻin xavfsizligiga javobgar masʼul shaxsning lavozimi, F.I.O.) __________________________________ (imzo) 20____ y. “_____”_______________
Olovli ishlarni olib borish uchun naryad-ruxsatnoma 1. __________________________________________________________________________________________ (sana, ish boshqaruvchining lavozimi, _____________________________________________________________________________ (kimga) berilgan. ishni olib borishga masʼul, F.I.O.,) 2. ________________________________________________________________________________________ (ishning xususiyati va maqsadi koʻrsatiladi) __________________________________________________________________________ ishni bajarish uchun. 3. Ish bajarish joyi __________________________________________________________________________ (boʻlinma, maydon, qurilma, ___________________________________________________________________________________________ apparat, ishlab chiqarish joyi, xona)
4. Ijrochilarning tarkibi
T/r
Ijrochilarning F.I.O.
Malaka (toifasi)
Yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriqni oldim
Imzo
Sana
1.
2.
3.
5. Rejalashtirilgan ish vaqti: Boshlanish vaqti __ ___ sana ______ Yakunlanish vaqti __ ___ sana ______ 6. Ish joylarining (joyining) yongʻin xavfsizligini taʼminlash choralari ____________________________________________________________________________________________
(ish joyini tayyorlash vaqtida amalga oshiriladigan ____________________________________________________________________________________________ yongʻin xavfsizligining tashkiliy va texnik choralari koʻrsatiladi) ____________________________________________________________________________________________
7. Kelishilgan: obyektdagi xizmatlar bilan,
____________________________________________________________________________________________ (sana, olovli ishlar olib boriladigan xizmatlarning nomi, ____________________________________________________________________________________________ masʼulning F.I.O, imzo) ____________________________________________________________________________________________ (sex, maydon, masʼulning F.I.O, imzosi)
8. Ish joyi tayyorlandi: tayyorgarlik uchun javobgar
Ish shartlari bilan tanishtirildi, yoʻl-yoʻriq berildi (imzo)
Malaka (toifasi)
Bajariladigan vazifa
Vaqti, sanasi
F.I.O.
Vaqti, sanasi
Bajari ladigan vazifa
12. Ish toʻliq bajarildi, ish joylari tartibga keltirildi, asboblar va materiallar olib tashlandi, odamlar chiqarildi, naryad-ruxsatnoma yopildi ___________________________________________________________________________________________
(ish rahbari, imzo, sana, vaqti) ___________________________________________________________________________________________ (smena boshligʻi (smena boʻyicha rahbar) ish bajariladigan joy boʻyicha, ___________________________________________________________________________________________ F.I.O., imzo, sana, vaqti)
* Agar ishlarni xavfsiz olib borishni tartibga soluvchi normativ hujjat talab qilsa.
Yashovchilar uchun namunaviy eslatmaning reja matni
Agar siz joylashtirish vositasiga birinchi bor kelgan boʻlsangiz, chiqish va zinapoyalarning joylashgan joyini yaxshi eslab qolishga harakat qiling. Sizning xonangizda yongʻin yuzaga kelganda: hodisa haqida zudlik bilan yongʻin-qutqaruv xizmatiga, ushbu telefon raqami _______________________________________________ (yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining telefon raqamini koʻrsating) orqali maʼmuriyat yoki xizmat koʻrsatuvchi shaxslarga xabar bering; agar yongʻinni oʻz kuchingiz va imkoniyatingiz yordamida oʻchira olmasangiz, xonani tark eting va eshikni qulflamasdan yoping; xavfli hududni tark eting va maʼmuriyat yoki yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining koʻrsatmasi boʻyicha harakat qiling. Xonangizdan tashqarida yongʻin sodir boʻlgan taqdirda: voqea toʻgʻrisida darhol yongʻin-qutqaruv xizmatiga __________________________ telefon orqali xabar bering; xonani tark etishdan oldin, deraza va eshiklarni yoping va binodan chiqib keting; agar koridorlar va zinapoyalarni quyuq tutun qoplagan boʻlsa va Siz xonani tark eta olmasangiz, xonangizda qolib, derazalarni toʻliq ochib qoʻying. Yopiq holatdagi va tirqishlari toʻliq berkitilgan eshik Sizni uzoq vaqt davomida xavfli haroratdan himoya qilishi mumkin. Tutun bilan zaharlanishning oldini olish uchun tirqishlarni va shamollatish tuyniklarni suvga namlangan sochiq va choyshab bilan yoping. Telefoningiz orqali maʼmuriyatni manzilingiz toʻgʻrisida xabardor qilishga harakat qiling. Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari voqea joyiga kelganda derazaga boring va ular Sizga yordam berishi uchun ishora qiling. Evakuatsiya paytida liftdan foydalanish tavsiya etilmaydi. Siz balkonda yoki peshayvonda yongʻindan himoyalanishingiz mumkin, shu bilan birga Siz balkon eshigini yopishingiz kerak.
Yashovchilar uchun yongʻin xavfsizligi qoidalari haqida ESLATMA
Hurmatli mehmonlar! Sizdan yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni soʻraymiz! xonada elektr isitish moslamalaridan foydalanishda (kofe qaynatkich, dazmol, elektr choynak) yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qiling; xonani tark etganda televizor, radio, konditsioner, yoritish chiroqlarini oʻchirishni unutmang. Eslatib oʻtamiz, yoritish chiroqlarini yonuvchan materialdan yasalgan buyumlar bilan qoplash xavfli. Umid qilamizki, Siz yotoqda yotgan vaqtingizda chekmaysiz va oʻchirilmagan sigaretani qoldirmaysiz. Bu xavfli. Liftda oʻchirilmagan sigareta bilan boʻlishga ruxsat etilmaydi. Iltimos, sigaretani chiqindi qutilariga tashlamang, buning uchun kuldondan foydalaning. Xonaga yongʻin xavfi mavjud modda va materiallarni olib kirish va u yerda saqlash mumkin emas.
Maʼmuriyat
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 09/20/649/1397-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.04.2023-y., 09/23/142/0197-son; 15.04.2025-y., 09/25/224/0338-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 07.02.2026-y., 07/26/48/0119-son)