Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Togʻli hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Boʻstonliq tumani togʻli hududlarining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish tizimini takomillashtirish va chekka hududlarda qoʻshimcha ish oʻrinlari, zamonaviy xalqaro umumavsumiy kurortlar, mehmonxona majmualari, madaniy-sogʻlomlashtirish, savdo-koʻngilochar va boshqa turistik ahamiyatli obyektlar barpo etish, mamlakatning togʻli hududlaridagi zamonaviy muhandislik infratuzilmasini qurish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining “Boʻstonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-avgustdagi PF-6053-son Farmoni ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Fransiyaning Xususiy sektorga koʻmak va tadqiqot Fondi (FASEP) yordami bilan “Geode”, “Manie Lives”, “Egis”, “Patriarche”, “Epode” fransuz kompaniyalarining konsorsiumi (keyingi oʻrinlarda — Konsorsium) tomonidan Boʻstonliq tumanida “Byeldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortnining (keyingi oʻriplarda — XUK) master-rejasi ishlab chiqilganligi;
ushbu master-rejada 500 million AQSh dollarigacha boʻlgan investitsiyalarni, shu jumladan, Fransiya Respublikasi Hukumati moliya institutlarining turizm, yoʻl-transport va kommunal infratuzilmani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlarini jalb qilish nazarda tutilganligi;
XUKni tashkil qilish doirasida loyihalarni texnik nazorat qilish, osma dor yoʻllari, changʻi trassalari, attraksionlarni batafsil rejalashtirish va joylashtirish, shuningdek, yer uchastkalarini, shu jumladan, tender hujjatlari, turizm infratuzilmasi obyektlarini (mehmonxonalar, restoranlar, savdo shaxobchalari va boshqa turizm infratuzilmasi obyektlari) qurish uchun maxsus rejim qoidalariga amal qilishni nazarda tutgan holda yer uchastkalarini lotlarga boʻlish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Konsorsium oʻrtasida maslahat xizmatlari bitimi imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Qurilish vazirligi, “Chorvoq” erkii turistik zonasi direksiyasi, Boʻstonliq tumani hokimligi va “ToshkentboshplanLITI” DUKning:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
“Chorvoq” erkin turistik zonasining bosh rejasi bilan XUKni tashkil etish boʻyicha master-rejani belgilangan tartibda integratsiya qilish;
“Chorvoq” erkin turistik zonasi ishtirokchisi maqomiga ega boʻlgan davlat unitar korxonasi shaklida XUKni qurish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha loyiha ofisini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofisi) tashkil etish;
XUKni qurish va qurilish ishlari bilan bogʻliq xizmatlar uchun uskunalar (osma dor yoʻllari, togʻ-changʻi uskunalari, attraksionlar, texnikalar, transport vositalari) sotib olish boʻyicha Fransiya Gʻaznachiliginining qarzlari, imtiyozli kreditlari va xorijiy tijorat banklarining qarzlarini jalb qilish haqidagi takliflari maqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilansinki, XUK hududida investitsiya loyihalarini amalga oshiradigan investorlar “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi ishtirokchilari maqomi beriladi va ularga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar tatbiq etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
4. Quyidagilar:
XUKni qurish va foydalanishga topshirish loyihasini jadal amalga oshirish boʻyicha Amaliy chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
XUKni qurish va foydalanishga topshirish loyihasini jadal amalga oshirish boʻyicha Boshqaruv kengashining tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Quyidagilar Boshqaruv kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
XUKning samarali faoliyatini tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan XUK faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish;
XUK hududida qurilish ishlari uchun tayyorlashga masʼul boʻlgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalarining faoliyatini, shuningdek, tashqi muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlarini qurish boʻyicha vakolatli tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
talabgorlarni “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi ishtirokchilari sifatida roʻyxatga olishga koʻmaklashish;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
investitsiya loyihalari amalga oshirilishiga amaliy yordam berish, shuningdek, XUK hududida ular amalga oshirilishini tizimli asosda nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
master rejaga muvofiq “E-auksion” elektron savdo platformasida XUK hududida yer uchastkalarini sotish narxlari va shartlarini aniqlashni tashkil etish;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yer uchastkalarini sotishdan tushgan mablagʻlarni, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarni toʻplash uchun maxsus hisobvaraq ochgan holda maqsadli foydalanilishini va mablagʻlar jalb qilishni taʼminlash;
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga uz vaqtida qaytarilishini va qarzlar, kreditlar va boshqa jalb qilingan mablagʻlarning soʻzsiz qaytarilishini taʼminlash.
6. Belgilansinki:
Loyiha ofisiga Boshqaruv kengashining ishchi organi vazifalarini bajaradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Loyiha ofisining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi, Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Togʻli va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 360-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Loyiha ofisining rahbari va uning oʻrinbosari Boshqaruv kengash qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 360-sonli qarori tahririda)
Loyiha ofisi xodimlarini tanlash Boshqaruv kengashi tomonidan belgilanadigan shartlarga muvofiq tanlov oʻtkazish orqali amalga oshiriladi;
Loyiha ofisi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartnoma asosida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Loyiha ofisi moliyaviy barqarorlikka erishgunga qadar uni saqlash Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi, Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Togʻli va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 360-sonli qarori tahririda)
7. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga belgilangan tartibda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ekspertizadan oʻtkazgandan va maʼqullangandan soʻng, XUK qurilishi boʻyicha loyihani amalga oshirish uchun 47,9 million yevro miqdorida qarzni jalb qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Fransiya Gʻaznachiligi bilan qarz bitimini imzolash vakolati berilsin.
8. Belgilansinki:
a) XUKni qurish va qurilish ishlari bilan bogʻliq xizmatlar uchun uskunalar (osma dor yoʻllari, togʻ-changʻi uskunalari, attraksionlar, texnikalar, transport vositalari) sotib olishni moliyalashtirish quyidagicha:
15 foiz miqdorida — “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati Milliy bank” AJ kreditlari hisobiga;
85 foiz miqdorida — Fransiya Gʻaznachiligining zaymlari hisobiga;
b) Shartnomani moliyalashtirish:
15 foiz miqdorida — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobiga, keyinchalik Loyiha ofisi faoliyatidan tushgan daromadlar hisobiga qaytariladi;
85 foiz miqdorida — Fransiya Gʻaznachiligining zaymlari hisobiga amalga oshiriladi.
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ tomonidan 2 yillik imtiyozli davr, yillik 3 foiz LIBOR plyusning 6 oyga teng boʻlgan foiz stavkasi bilan 7 yil muddatga Loyiha ofisiga taqdim etiladigan 20 million AQSh dollari miqdoridagi kredit XUKni qurish va qurilish ishlari bilan bogʻliq xizmatlar uchun uskunalar (osma dor yoʻllar, togʻ-changʻi uskunalari, attraksionlar, texnikalar, transport vositalari) sotib olish hamda XUKning yoʻl-transport, kommunal, elektr energiyasi va boshqa turistik infratuzilmalarni qurish xarajatlarini moliyalashtirish manbai hisoblanadi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 360-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Fransiya Gʻaznachiligining 47,9 million yevro miqdoridagi zaym mablagʻlari va “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJning 20 million AQSh dollari miqdoridagi kreditining asosiy qarzlarini qaytarish, foizlar, vositachilik haqi va xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqa xarajatlarni toʻlash Togʻli va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Loyiha ofisi tomonidan keyinchalik mablagʻlarni respublika budjetiga qaytarish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 360-sonli qarori tahririda)
XUKning infratuzilmasi qurilishini moliyalashtirish xarajatlari, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihani texnik- iqtisodiy asoslash asosida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Loyiha ofisi XUK hududida turizm infratuzilmasini qurish loyihalarini amalga oshirishda asosiy buyurtmachi hisoblanadi.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 360-sonli qarori tahririda)
10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
XUK hududida joylashgan yer uchastkalari Boshqaruv kengashining qarori asosida “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi tomonidan elektron onlayn-auksion orqali bosqichma-bosqich sotiladi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 360-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
istisno tariqasida, yer uchastkalariga ijara huquqini sotishdan tushgan mablagʻlar va yillik ijara toʻlovlari Togʻli va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobiga yoʻnaltiriladi.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 360-sonli qarori tahririda)
11. Boshqaruv kengashi (S.U. Umurzakov, A.A. Abduxakimov} “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi, Boʻstonliq tumani hokimligi, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
XUK hududi chegaralarini belgilashni nazarda tutuvchi Xukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
“ToshkentboshplanLITI” DUK XUK tashkil qilish master-rejasiga kiritilgan obyektlarni hisobga olgan holda “Chorvoq” erkin turistik zonasining bosh rejasiga oʻzgartirish kiritilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi, Boʻstonliq tumani hokimiyati, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda:
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
bir oy muddatda XUK hududida yoʻl-transport, kommunal va turizm infratuzilmalarini qurish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlarini jplb qilish boʻyicha maqsadli muzokaralar oʻtkazilishini taʼminlasin;
salohiyatli xorijiy investorlar va loyiha takliflari (obyektlari) sotuvi boʻyicha tahlilchilar bilan, shu jumladan, tashkil etilayotgan “Road-show” doirasida uchrashuvlar oʻtkazsin;
har chorakda xorijiy investorlar bilan oʻtkazilgan muzokaralar yakuni boʻyicha tashabbuskorlar, amalga oshirish muddatlari va moliyalashtirish manbalarini aniq belgilangan holda XUK hududida turizm infratuzilmasini tezkor rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalari roʻyxatini Boshqaruv kengashiga kiritib borsin.
13. “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ XUK hududidagi obyektlar (mehmonxonalar, restoranlar, savdo shoxobchalari va boshqa turizm infratuzilmasi obyektlari) qurilishini moliyalashtirish uchun xorijiy kredit liniyalari mablagʻlarini jalb qilish masalasini, ularni taqdim etish tartibi va shartlarini aniqlagan holda ishlab chiqsin.
14. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Boʻstonliq tumanining turistik salohiyatini rivojlantirish va XUK hududida olib borilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish boʻyicha bir qator koʻrsatuvlarni muntazam tashkil etsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-sentabr,
559-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 559-son qaroriga
1-ILOVA
“Byeldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortni qurish va foydalanishga topshirish loyihasini jadal amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar
REJASI

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish

manbalari

Nazorat uchun masʼullar

I. Loyiha ofisini tashkil qilish hamda master-rejalarni tasdiqlash va invetitsion takliflarni tayyorlash boʻyicha tashkiliy choralar

1.

Loyiha ofisini tashkil qilish

1. Loyiha ofisi Ustavi va tuzulmasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil oktyabr

Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduxakimov)

2. Loyiha ofisini joylashtirish.

2.

Xalqaro umummavsumiy kurortning (keyingi oʻrinlarda — XUK) master-rejasini tasdiqlash.

1. Master-rejalarni Boshqaruv Kengashiga taqdim qilish.

2020-yil oktyabr

Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduxakimov)

2. Master-rejalarni tasdiqlash.

3.

XUK hududini xatlovdan oʻtkazish va yer uchastkalarini ajratish.

1. XUK hududidagi yer uchastkalari, obyektlar, binolar va boshqa inshootlarni oʻrganish va xatlovdan oʻtkazish.

2020-yil noyabr

Togʻli va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga

Loyiha ofisi, Boshqaruv Kengashi (Umurzakov, Abduxakimov)

2. Xatlov yakunlari boʻyicha oilalarni qulayliklari kam boʻlmagan joylarga koʻchirish hamda avariya holatidagi bino va inshootlarni buzish jadvalini tuzish.

jadvalga asosan

4.

XUK hududida investitsion loyihalarni jadal amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratish.

1. Tadbirkorlar bilan birgalikda �UKni tashkil qilish boʻyicha master-rejaga muvofiq ravishda amalga oshiriladigan loyihalarni maqbullashtirish choralarini koʻrish.

2020-yil noyabr

Loyiha ofisi, Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduxakimov)

2. XUK hududidagi binolar va inshoatlar turiga boʻlgan talablarni Konsorsium takliflariga asosan tasdiqlash.

2020-yil dekabr

3. XUK hududida investorlar bilan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha namunaviy shartnomani tasdiqlash.

2020-yil noyabr

5.

XUKni tashkil qilish boʻyicha master-rejaga muvofiq hududda obyektlarni qurish uchun yer uchastkalarni tanlov savdolariga qoʻyish uchun alohida lotlarga ajratish.

1. Yer uchastkalarini lotlarga ajratish.

2020-yil noyabr-dekabr

Loyihala ofisi, Boshqaruv kengashi
(Umurzakov, Abduxakimov)

2. Investitsiya majburiyatlarini tasdiqlash.

doimiy asosda

3. Belgilangan tartibda kelishish uchun kiritish;

4. Yer uchastkalarini sotish boʻyicha tanlov savdolarini oʻtkazish.

6.

XUKning turizm salohiyatini faol targʻib qilish

1. Maxsus veb-sayt tashkil qilish.

2020-yil dekabr

Togli va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamgarmasi mablagʻlari hisobiga

Loyiha ofisi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Azamov), Tashqi ishlar vazirligi (Neʼmatov),

2. XUK, turizm marshrutlari va virtual turlar toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlarni ishlab chiqish va saytga joylashtirish.

3. Investitsion takliflarni ishlab chiqish va saytga joylashtirish.

4. Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga turizm salohiyati va invetitsion takliflar toʻgʻrisidagi targʻibot-tarqatma materiallarini yoʻnaltirish.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xodjayev)

II. XUK hududida yoʻl-transport va kommunal infratuzilma, elektr energiyasi bilan taʼminlash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish choralari

7.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asosini (TIA) ishlab chiqish.

1. TIAni ishlab chiqish uchun loyiha institutini belgilash.

belgilanmoqda

Togʻli va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga

Loyiha ofisi, Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduxakimov) Iqtisodiy tarraqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Rustamov)

2. TIAni ishlab chiqishni moliyalashtirish manbalarini belgilash.

3. Loyihaning TIAni ishlab chiqish.

4. TIAni Boshqaruv kengashi bilan kelishish.

5. Loyihaning TIAni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash.

8.

Ishlab chiqilgan loyihaning TIA asosida
yoʻl-transport va kommunal infratuzulmani yaxshilash uchun XMI va XHMT mablagʻlarini jalb qilish.

1. Infratuzulmani qurish uchun imtiyozli kredit mablagʻlarini jalb qilish boʻyicha XMI va XHMT bilan muzokaralar oʻtkazish.

belgilanmoqda

Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduxakimov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev), Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (Abduvaliyev)

2. Qarz muzokalarini oʻtkazish.

3. Qarz bitimini imzolash.

4. Bosh pudratchini belgilash.

5. Qurilish-montaj ishlarini boshlash.

9.

Master rejaga muvofiq elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan taʼminlash quvvatlarini oshirish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2020-yil dekabr

Ijrochilar

mablagʻlari

“Xududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafoyev),

“Xududgaztaʼminot” AJ (Eshmuratov)

2. Qurilish-montaj ishlari jadvalini tasdiqlash va qurilish-montaj ishlarini boshlash.

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mablagʻlari hisobidan XUKning Chimyon zonasida yoʻl-transport va kommunal infratuzulma, elektr energiyasi bilan taʼminlash boʻyicha loyihalarni jadallashtirilgan tarzda amalga oshirish

1. Texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish uchun loyiha institutini belgilash.

2020-yil oktyabr

Ijrochilar

mablagʻlari

Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduxakimov), Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (Saliyev), Avtomobil yoʻllari qumitasi (Abduvaliyev) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov), “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (Mirsoatov)

2. Texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqishni moliyalashtirish manbalarini belgilash.

2020-yil oktyabr

3. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish.

2020-yil yanvar

4. Texnik-iqtisodiy asoslanishini Boshqaruv Kengashi bilan kelishish.

2021-yil fevral

5. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash.

2021-yil fevral

6. Moliyalashtirishni va qurilish-montaj ishlarini boshlash.

2021-yil fevral

7. Qurilish-montaj ishlarini yakunlashni taʼminlash.

2021-yil avgust

III. Uskunalar sotib olish va xizmatlar koʻrsatish uchun Fransiya Gʻaznachiliginng moliya mablagʻlarini toʻgʻridan-toʻgʻri jalb qilish

11.

“ROMA” va “MND” kompaniyalari bilan uskunalarni yetkazib berish va oʻrnatish boʻyicha shartnoma imzolash.

1. Shartnomani koʻrib chiqish.

2020-yil noyabr

Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduxakimov),
Moliya vazirligi (Ishmetov), Davlat aktivlarini
boshqarish agentligi (Bekenov)

2. Shartnomani imzolash.

3. Shartnomani bajarilishini monitoring qilish.

doimiy asosda

12.

Fransiya Gʻaznachaligi bilan qarz shartnomasini imzolash.

1. Qarz shartnomasi loyihasini ishlab chiqish.

belgilanmoqda

Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduxakimov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov),
Moliya vazirligi (Ishmetov)

2. Qarz muzokalarini oʻtkazish.

3. Qarz bitimini imzolash.

4. Kreditni toʻlash grafigini tasdiqlash va respublika budjeti mablagʻlari hisobiga bosqichma-bosqich toʻlab borish.

13.

Tanlab olingan yetkazib beruvchilarning xorijiy valyutada toʻlanuvchi yetkazib beriladigan uskunalarini narxlari verifikatsiyasi(ekspertizasi) va yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan oʻtkazish uchun kompaniya jalb qilish.

1. Xorijiy valyutada toʻlanuvchi yetkazib beriladigan uskunalarning narxlari verifikatsiyasi (ekspertizasi) va yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan oʻtkazish uch�n kompaniya bilan shartnoma tuzish.

2020-yil dekabr

Ijrochilar

mablaglari

Loyiha ofisi, Investitsiyalar va tashqi
savdo vazirligi (Voitov)

2. Narxlar verifikatsiyasi va yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan oʻtkazish uchun kerakli hujjatlarni berish.

2020-yil dekabr

3. Narxlar verifikatsiyasi va yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan oʻtkazish natijalarini olish.

shartnoma asosida

IV. XUK hududida obyektlar qurilishi uchun mahalliy va xorijiy investorlar mablagʻlarini jalb qilish

14.

Osma dor yoʻllari va togʻ-changʻi trassalarini investitsiya majburiyatlari bilan ishonchli boshqaruvga berish.

1. Salohiyatli hamkorlar roʻyxatini shakllantirish.

2020-yil dekabr

Ijrochilar

mablagʻlari

Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduxakimov) Loyihalashtirish ofisi

2. Tasdiqlangan salohiyatli investorlar loyiha taklifini muhokama qilish.

3. Hamkorlik shartnomasini imzolash.

xorijiy tomon bilan kelishuv asosida

4. Tarmoq grafigini tasdiqlash.

5. Loyiha biznes-rejalarini tayyorlash.

15.

Togʻ-changʻi turizmi sohasiga xorijiy investorlarni jalb qilish uchun fransuz ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha takliflarini sotish boʻyicha “Road-show” oʻtkazish.

1. “Road-show” oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil oktyabr

Togʻli va uzoq hududlarda turizm infratuzulmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga

Boshqaruv kengashi (Umurzakov, Abduxakimov), Tashqi ishlar vazirligi (Neʼmatov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov)

2. “road-show” doirasida ishlatiluvchi investitsion takliflarning toʻliq paketini shakllantirish.

“Road-show” yakunlari boʻyicha
10 kun ichida

3.“road-show” yakunlari boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha yoʻl xaritasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 559-son qaroriga
2-ILOVA
Byeldirsoy-Chimyon-Nanay” XUKni qurish loyihasini jadal amalga oshirish va ishga tushirish boʻyicha boshqaruv kengashining
TARKIBI

1.

J. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Kengash raisi

2.

A. Abduxakimov

Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Kengash raisi oʻrinbosari

3.

U. Shodiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi raisi

4.

S. Xamidov

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari

5.

Filipp Lebrassur

“Manie Lives” kompaniyasi rahbari (kelishuvga asosan)

6.

J. Abdusalomov

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Kengash kotibi (ovoz berish vakolatisiz)

Izoh. Boshqaruv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 360-sonli qarori tahririda)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2020-y., 09/20/559/1301-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)