Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, hududning noyob tarixiy-madaniy va meʼmoriy obidalari bilan turistlarni keng tanishtirish, zamonaviy turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va koʻrsatilayotgan turizm xizmatlari sifatini takomillashtirish, ichki turizmni faollashtirish, yangi ish oʻrinlari yaratish hamda aholi daromadlari oʻsishini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
2020-2021-yillarda Surxondaryo viloyatida turizmni rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Surxondaryo viloyatida “Oltin uchburchak” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Surxondaryo viloyatida turli ixtisoslikdagi kasalliklarga tashxis qoʻyish va davolash boʻyicha zamonaviy klinikalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va tibbiyot turizmini rivojlantirish chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq;
Surxondaryo viloyatiga qoʻshni davlatlar aholisining tashrifini sanitariya-epidemiologik talablarga qatiy rioya etgan holda koʻpaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq;
Surxondaryo viloyatida joylashgan Oks Aleksandriyasi (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligini muhofaza qilish, infratuzilmasini rivojlantirish hamda ushbu obyektni sayyoxlar tashrif buyuradigan maskanga aylantirish chora-tadbirlari rejasi 5-ilovaga muvofiq;
Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidagi “Qoratepa” va “Fayoztepa” hamda Shoʻrchi tumanidagi “Dalvarzintepa” yodgorligini muhofaza qilish, hududini obodonlashtirish, infratuzilmasini takomillashtirish va sayyoxlar tashrif buyuradigan maskanga aylantirish chora-tadbirlar rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, 1 — 6 ilovalarga muvofiq dastur va rejalarga kiritilgan tegishli chora-tadbirlar mahalliy budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablagʻlar, ijrochilar mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari doirasida moliyalashtiriladi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Surxondaryo viloyati hokimligi 1 — 6 ilovalarga muvofiq dastur va rejalardagi vazifalarning bajarilishini nazorat qilsin va xar chorak yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasiga qadar ularni bajarish holati yuzasidan Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashga maʼlumot kiritib borsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Transport vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligining 2020-yilning iyul oyidan boshlab, Termiz — Sariosiyo — Denov — Boysun — Sherobod — Termiz yoʻnalishi boʻylab turistlar uchun moʻljallangan avtobuslarning “City Tour” prinsiplari asosida muntazam qatnovini yoʻlga qoʻyish orqali “Oltin uchburchak” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi avtobuslarning muntazam qatnovi yoʻlga qoʻyilishi toʻgʻrisida turoperatorlar, mehmonxonalar, gidlar va boshqa turizm sohasi vakillari oʻrtasida keng targʻibot ishlari olib borilishini taʼminlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Boysun tumanidagi Omonxona qishlogʻi, Zovboshi togʻli hududi, Darband qishlogʻi hududlarini oʻz ichiga olgan — Boysun kichik turizm zonasiga investorlarni jalb qilgan holda, turizm infratuzilmasini barpo etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish choralarini koʻrsin.
5. “Hunarmand” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda viloyatda esdalik sovgʻa mahsulotlarining turlarini diversifikatsiya qilish, xususan tarixiy-madaniy va arxeologiya, islom ziyorati, ekologiya, buddizm obyektlari, gastronomik va boshqa turizm turlarini aks ettiruvchi mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Surxondaryo viloyatidagi Surxon davlat qoʻriqxonasi hududida turizmni rivojlantirish maqsadida ushbu hududda joylashgan “Zarautsoy qoyatosh surʼatlari” turizm namoyishi obyektlarini qoʻriqxonaning qoʻriqlanma zonasiga chiqarish yuzasidan taklif kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda Zarautsoy qoyatoshlaridagi bitiklarni saqlab qolish va yosh avlodga keng tanishtirish maqsadida Zarautsoy tarixi haqida chop etilgan kitoblarni saralash va yangidan chop etilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga mazkur qarorning maqsad va vazifalarini tushuntirish yuzasidan ommaviy axborot vositalarida maqolalar va tematik koʻrsatuvlarni tashkil etish tavsiya etilsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A.A. Abduhakimov va Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 27-may,
332-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-maydagi 332-son qaroriga
1-ILOVA
2020-2021-yillarda Surxondaryo viloyatida turizmni rivojlantirish boʻyicha kompleks
ChORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r.

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro

muddati

Masʼul ijrochilar

I. Surxondaryo viloyatining turistik infratuzilmasini rivojlantirish

1.

Surxondaryo viloyati hududiy investitsiya dasturlari asosida:

20 ta mehmonxonalar qurish orqali 1 115 dan ortiq yangi joylashtirish oʻrin�arini yaratish;

170 ga yaqin oʻringa moʻljallangan 4 ta sogʻlomlashtirish markazlari tashkil etish;

487 oʻrinli 60 ta oilaviy mehmon uylarini tashkil etish.

1. Loyihalarning tarmoq jadvalini ishlab chiqish;

2. Qurilish ishlarini amalga oshirish;

3. Belgilangan muddatda foydalanishga topshirish.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

2.

Yirik ziyorat turizmi obyektlari atrofida 6 ta hunarmandchilik markazlari va xizmat koʻrsatish obyektlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish

1. Loyihalarning tarmoq jadvalini ishlab chiqish;

2. Qurilish ishlarini amalga oshirish;

3. Belgilangan muddatda foydalanishga topshirish.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi, Hunarmand uyushmasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

3.

Surxondaryo viloyatida turistlar tashrif buyuradigan barcha madaniy meros obyektlari, ziyoratgohlar, muzeylar, mehmonxonalar, hunarmandchilik markazlari va boshqa turizm obyektlari hamda aholi gavjum joylar, xususan bozorlar, shox bekatlar, yoʻl boʻyi xizmat koʻrsatish shoxobchalari, istirohat bogʻlarida oʻrnatilgan tartibda Wi-Fi zonalarini tashkil etish.

1. Wi-Fi nuqtalari oʻrnatilishi zarur boʻlgan obyektlar roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan roʻyxat asosida Wi-Fi nuqtalarini tashkil etish.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

4.

Viloyatdagi ziyoratgohlar, arxeologik, madaniy meros va boshqa turizm obyektlariga olib boruvchi yoʻllarda axborot beruvchi yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish.

1. Ziyoratgoh, arxeologik obyektlar, madaniy meros obyektlari olib boradigan yoʻllarning va yoʻl belgilari oʻrnatiladigan joylarning manzilli roʻyxatini shakllantirish;

2. Shakllantirilgan roʻyxat boʻyicha “Oʼz Dst 3331:2018” standartga asosida yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish.

2020-yil sentyabr

Surxondaryo viloyati hokimligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, masʼul vazirlik va idoralar

5.

Turistlar koʻp tashrif buyuradigan joylar va sayyohlik marshrutlarida 50 ta sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish.

1. Sanitariya-gigiyena shoxobchalari oʻrnatiladigan joylarning manzilli roʻyxatini shakllantirish

2. Tashabbuskor tadbirkorlarni aniqlash;

3. Loyihalarni ishlab chiqish;

4. Sanitariya-gigiyena shoxobchalarini qurish

2020-yil oktyabr

Surxondaryo viloyati hokimligi, tashabbuskorlar

6.

Sayyohlar koʻp tashrif buyuradigan maskanlarda, xususan Termiz arxeologiya muzeyi hamda viloyat tarixi va madaniyati muzeylarida turizm axborot markazlarini tashkil etish.

1. Turizm axborot markazlarini qurish istagini bildirgan tashabbuskor tadbirkorlarni aniqlash;

2. Loyihalarni ishlab chiqish;

3. Axborot markazlarini qurish va foydalanishga topshirish.

2020-yil noyabr

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, tashabbuskorlar

II. Transportning barcha turlari qatnovini keskin koʻpaytirish choralarini koʻrish va servis xizmatlarini rivojlantirish

7.

Termiz xalqaro aeroportiga Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Indoneziya va Yevropa davlatlaridan aviaqatnovlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha taklif kiritish.

Shuningdek, Termiz — Samarqand, Termiz — Buxoro va Termiz — Fargʻona yoʻnalishlarida mavsumiy aviaqatnovlarini tashkil etish.

1. Xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilgan holda Termiz xalqaro aeroportiga xorijiy davlatlardan toʻgʻridan toʻgʻri aviareyslarni amalga oshirish masalasini koʻrib chiqish;

2. Ichki charter aviaqatnovlarni Karantin talablari asosida belgilangan tartibda yoʻlga qoʻyish.

Turistik tashkilotlar tomonidan kelib tushgan talabnomalar asosida

Transport vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

8.

�izmat koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida yoʻlovchilarni havo kemasiga koʻtarilishi va havo kemasidan tushishi uchun yangi traplar xarid qilish.

1. “Uzbekistan Airpots” AJ tomonidan yangi traplar xarid qilish masalasini koʻrib chiqish;

2. Yangi traplar xarid qilish.

2021-yil

Uzbekistan Airpots AJ tomonidan yangi traplar xarid qilish masalasini koʻrib chiqish;

Yangi traplar xarid qilish.

9.

Turistik mavsum davrida Buxoro, Urganch shaharlaridan Termiz shahri va Uzun tumaniga poyezdlar qatnovlarini yoʻlga qoʻyish.

1. Turistik mavsum davrida turizm tashilotlari talabnomalaridan kelib chiqqan holda Buxoro va Urganch shaharlaridan Termiz shahri va Uzun tumaniga qoʻshimcha poyezd qatnovlarini yoʻlga qoʻyish.

2020-yil sentyabr oyidan boshlab

Transport vazirligi, Oʻzbekiston temir yoʻllari AJ

10.

Temir yoʻl vokzallarida yoʻlovchi va sayyohlarga xizmat koʻrsatuvchi “RENT A CAR” avtotransport vositalarini ijaraga berish xizmatini tashkil etish.

1. “Surxondaryo viloyatida joylashgan temir yoʻl vokzallarida yoʻlovchi va sayyohlarga xizmat koʻrsatuvchi “RENT A CAR” avtotransport vositalarini ijaraga berish xizmatini tashkil etish.

2020-yil sentyabr

Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Transport vazirligi

11.

Termiz — Toshkent, Termiz — Boysun, Termiz — Denov, Termiz — Uzun yoʻnalishlarda avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish.

1. Transport vazirligi tomonidan turizm tashilotlari talabnomalaridan kelib chiqqan holda turistik mavsum davrida avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish masalasini koʻrib chiqish.

2020-yil sentyabr oyidan boshlab

Transport vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

III. Avtomobil yoʻllari infratuzilmasini shakllantirish va xizmat koʻrsatish qamrovini kengaytirish

12.

“Sulton Saodat” majmuasini Al-Hakim at-Termiziy yodgorliklar majmuasi bilan bogʻlovchi yoʻllarni tubdan qayta taʼmirlash va Termiz xalqaro aeroporti bilan bogʻlovchi yangi avtomobil yoʻllarini barpo etish.

1. “Sulton Saodat” majmuasini Hakim at- Termiziy majmuasi bilan bogʻlovchi 4R — 206 avtomobil yoʻlining 7,3 — 10,5 km, 4K — 599G avtomobil yoʻlining 0 — 3,65 km (0 — 1,7 yangi yoʻnalish), 4K — 599 V 2,6 km M39 avtomobil yoʻlining 1452 km bilan bogʻlovchi yangi yoʻnalishdagi avtomobil yoʻli jami 9,2 km uzunlikdagi qismini qayta qurish;

2. Termiz xalqaro aeroporti va “Sulton Saodat” majmuasini bogʻlovchi 4R — 206 avtomobil yoʻlining 9,5 km qismida 4K — 599A avtomobil yoʻlini bogʻlovchi 1,2 km uzunlikdagi avtomobil yoʻlini yangidan qurish.

2020-2021

yillar

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, mutasaddi vazirlik va idoralar

13.

M-39 avtomagistral yoʻlining qolgan 15 km qismini va M-41 avtomagistral yoʻllarini viloyatdan oʻtadigan taʼmir talab qismlarini toʻliq taʼmirlash.

1. M-41 avtomagistral yoʻlining viloyatdan oʻtadigan qismida taʼmir talab uchastkalarini Loyihaning tarmoq jadvalini ishlab chiqish;

2. Yoʻllarni taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

2020 — 2023

yillar

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, mutasaddi vazirlik va idoralar

14.

Termiz tumanidagi Qoratepa, Zurmala yodgorliklariga olib boruvchi avtomobil yoʻllarini va piyodalar yoʻlagini xatlovdan oʻtkazgan holda qurish.

1. Loyihaning tarmoq jadvalini ishlab chiqish;

2. Belgilangan muddatlarda qurilish ishlarini amalga oshirish.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi, mutasaddi vazirlik va idoralar

15.

Muzrabot tumanidagi Kampirtepa, Boysun tumanidagi Omonxona, Jarqoʻrgʻon tumanidagi Jarqoʻrgʻon minorasiga olib boruvchi avtomobil yoʻllarini qayta xatlovdan oʻtkazgan holda taʼmirlash.

1. Loyihaning tarmoq jadvalini ishlab chiqish;

2. Belgilangan muddatlarda taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi, mutasaddi vazirlik va idoralar

IV. Turistlar uchun koʻngil ochar maskanlar, savdo markazlari, akvaparklarini barpo etish,madaniy t�dbirlar va xalqaro festivallarni oʻtkazish

16.

Termiz shahrida hunarmandchilik yoʻnalishida “Surxon ipagi” brend markazini tashkil etish.

Oʻzbekistonning Milliy brendi tushirilgan hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqish va targʻib qilish.

2020-yil sentyabr

Savdo-sanoat palatasi, Hunarmand uyushmasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Surxon ipagi MChJ

17.

Boysun tumanidagi hunarmandchilik markazida “Quroq” matosi brend markazini tashkil etish.

Oʻzbekistonning Milliy brendi tushirilgan hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqish va targʻib qilish.

2020-yil sentyabr

Savdo-sanoat palatasi, Hunarmand uyushmasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, tashabbuskorlar

18.

Jarkoʻrgʻon tumanida Sarmangan folklor etnografik guruhi va hunarmandchilik markazida “Milliy liboslar” brend markazini tashkil etish.

Oʻzbekistonning Milliy brendi tushirilgan hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqish va targʻib qilish.

2020-yil sentyabr

Savdo-sanoat palatasi, Hunarmand uyushmasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, tashabbuskorlar

19.

Termiz shahrida Narzulla Joʻrayev tomonidan kulolchilik mahsulotlari tayyorlanuvchi “Hunarmandchilik” ustaxonasi va brend savdo doʻkonini tashkil etish.

Oʻzbekistonning Milliy brendi tushirilgan hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqish va targʻib qilish.

2020-yil sentyabr

Savdo-sanoat palatasi, Hunarmand uyushmasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

V. Ziyorat turizmini rivojlantirish

20.

Viloyatdagi ziyorat turizmi obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularni sanitariya-epidemiologi� talablardan kelib chiqib sayyohlar tashrifiga tayyorlash.

1. Ziyorat turizmi obyektlarini xatlovdan oʻtkazish;

2. Roʻyxat va dislokatsiyalarni shakllantirish;

3. Obyektlarda “QR-code”lap oʻrnatish;

4. Peshlavhalarini tartibga keltirish.

2020-yil

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi, Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

21.

Termiz tumani hududida joylashgan “Sulton Saodat” majmuasini qayta rekonstruksiya qilish, alohida kompleks qurilishi (1 000 oʻrinli masjid, maishiy xizmat, qushxona, kichik markaz, kutubxona) boʻyicha maʼqullangan taklif asosida majmua hududida sayyohlik infratuzilmasini yaratish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash;

2. Loyiha-smeta hujjatlariga sohaviy va davlat ekspertiza xulosalarini olish;

3. Qurilish ishlarni sifatli bajarilishini taʼminlash;

4. Obyektlarni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Vaqf xayriya jamoat fondi

22.

“Sulton Saodat” yodgorliklar majmuasi, “Kokildor ota” ziyoratgohi, “Qirqqiz qalʼasi” kabi madaniy meros yodgorliklarini restavratsiya va konservatsiya qilish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash;

2. Loyiha-smeta hujjatlariga sohaviy va davlat ekspertiza xulosalarini olish;

3. Qurilish ishlarni sifatli bajarilishini taʼminlash;

4. Obyektlarni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish

2020-2021

yillar

Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Vaqf xayriya jamoat fondi

23.

“Sulton Saodat” majmuasi hududida “Islom dini va maʼrifati markazi”ni tashkil etish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash;

2. Loyiha-smeta hujjatlariga sohaviy va davlat ekspertiza xulosalarini olish;

3. Qurilish ishlarni sifatli bajarilishini taʼminlash;

4. Obyektlarni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish

2021-yil avgust

Surxondaryo viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi

24.

“Said Otaliq” madrasasi binosida tiklash va taʼmirlash ishlarini olib borish.

1. Binoni tiklash va taʼmirlash boʻyicha Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;

2. Tasdiqlangan Loyiha-smeta hujjatlariga asosan obyektda qurilish va rekonstruksiya ishlarini olib borish.

3. Hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish.

2020-2021

yillar

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi

25.

Jarqoʻrgʻon minorasi hududining sayilgoh chegarasini belgilash. Jarqoʻrgon minorasiga olib chiquvchi minora eshigini oʻymakor yogʻoch eshikka almashtirish, yodgorlik hududida avtoturargox qurish, zamonaviy tipdagi SGSh oʻrnatish, minorani atrofdagi binolar bilan birga yagona kompleksga aylantirish. “VOOK CAFE”, hunarmandlik va zardoʻzlik, kashtachilik, soʻzana tikish, tikuvchilik va toʻquvchilik pavilonlarini tashkil etish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish;

2. Tasdiqlangan Loyiha-smeta hujjatlariga asosan obyektlarda qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini olib borish;

3. Obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish;

4. Hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish.

2020-2021

yillar

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

26.

“Soʻfi Olloyor” ziyoratgohi tarkibiga kiruvchi maqbara va madrasani yagona kompleksga aylantirish, ziyoratgoh hududida avtoturagoh qurish, milliy uslubdagi oshxona, hunarmandchilik savdo rastalari, ziyoratchilar tomonidan ibodatlarini amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish;

2. Tasdiqlangan Loyiha-smeta hujjatlariga asosan obyektlar da qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini olib borish;

3. Obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish;

4. Hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish.

2020-2021-yillar

Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Hunarmand uyushmasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

27.

“Xoʻja Alouddin Attor” va “Mavlono Muhammad Zohid” ziyoratgohlarida qurilish va tiklash ishlarini yakunlash va sayyohlar tashrifiga tayyorlash.

Obyektlarni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish.

2020-2021

yillar

Surxondaryo viloyati hokimligi, Oʻzbek ipagi uyushmasi, Madaniyat vazirligi, tashabbuskorlar

28.

Surxondaryo viloyatidagi mehmonxonalar xonalarida qibla tomonini koʻrsatuvchi koʻrsatkichlar va ibodat amallarini toʻla toʻkis amalga oshirish uchun joynamozlar (namozxonalar) tashkil etish.

Mehmonxonalarda xizmat koʻrsatuvchi personallarga “Halol” turizm xizmatlarini oʻrgatish.

2020-yil

Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, tashabbuskorlar

VI. Arxeologiya turizmi yoʻnalish rivojlantirish va muzeylar barpo etish

29.

Teshiktosh va Machay gʻorlariga yaqin joylashgan qishloqlarda sayyohlar tunab qolishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish.

1. Mahalliy aholi uylaridan mehmon uylari sifatida foydalanish;

2. Maxsus palatkalar tashkil qilish va boshqa zaruriy sharoitlarni yaratish;

3. Gʻorlarga chiqish uchun ot va eshaklardan foydalanishni yoʻlga qoʻyish.

2020-yildan boshlab turistik mavsum vaqtida

Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

30.

Uzundara va Qoʻrgʻonzol yodgorliklari targʻibotini kuchaytirish va sayyohlar oqimini koʻpaytirish.

1. Targʻibot materiallarini tayyorlash, internet tarmoqlari va OAV orqali targʻibotini kuchaytirish;

2. “Aleksandr Makedonskiy izidan” deb nomlanuvchi tur faoliyatini ommalashtirish.

Doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi

31.

Sherobod tumanidagi 4000 yillik tarixga ega bronza davri madaniyati yodgorligi hisoblangan “Jarqoʻrgʻon” arxeologik obyekti yonida yaigi bino qurish va unda Jarqoʻrgʻon muzeyi faoliyatini qayta tiklash.

1. Yodgorlik hududida qad rostlagan avariya holatidagi eski Jarqoʻrgʻon muzeyi binosi oʻrniga, yangi bino qurish va zamonaviy vitrinalar bilan jihozlab, muzey faoliyatini qayta tiklash;

2. Yangi muzey fondini doim toʻldirib borish, Jarqoʻrgʻon yodgorligida arxeologik qazuv ishlarini samarali olib borish uchun (arxeologlarning qazuv ishlari jarayonida yashashlarini hisobga olib) yangi qurilayotgan muzey qoshida “Arxeologlar uyi”ni tashkil etish

3. Termiz arxeologiya muzeyi fondiga vaqtincha saqlash uchun berilgan eksponatlarni “Jarqoʻrgʻon” muzeyiga qaytarish va ushbu eksponatlar asosida muzey binosida yangi koʻrgazma tashkil qilish.

2020-2021

yillar

Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

32.

“Qoratepa” va “Fayoztepa” yodgorliklarida turistlar, ilmiy tadqiqotchilar va tashrif buyuruvchilar uchun kulay shart-sharoitlar yaratish, xususan yodgorliklarning tarixiy koʻrinishini saqlagan holda majmuaning muhofaza hududidan tashqarida zamonaviy kompleks dam olish maskanlarini tashkil etish.

1. Loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash;

2. Loyiha smeta hujjatlarini sohaviy va davlat ekspertiza xulosalarini olish;

3. Qurilish ishlarini sifatli bajarilishini taʼminlash;

4. Obyektni oʻz vaqtida foydalanishga topshirish.

2020-2021

yillar

Surxondaryo viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, mutasaddi vazirlik va idoralar

33.

“Fayoztepa” va Al-Hakim At-Termiziy majmualariga keluvchi sayyohlarning hayoti xavfsizligini taʼminlash maqsadida hududdagi mavjud hashoratlarni odam organizmiga zarar keltirishi mumkinligi jihatidan oʻrganish va ulardan saqlanish choralarini koʻrish.

1. “Fayoztepa” va Al-Hakim At-Termiziy majmualari hududida mavjud xashorotlarni odam organizmiga zarar keltirishi mumkinligi jihatidan oʻrganish ishlarini olib borish;

2. Oʻrganish natijalariga kura ilmiy asoslangan xulosa tayyorlash;

3. Hashoratlarning inson salomatligiga zararli ekanligi aniqlangan taqdirda ularni yoʻqotish choralarini koʻrish.

2020-yil avgust

Surxondaryo viloyati

hokimligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish davlat qoʻmitasi

34.

Viloyatdagi barcha arxeologik yodgorliklar toʻgʻrisida OAV, internet saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilik, mahalliy va xalqaro miqyosda targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish.

Arxeologik yodgorlik toʻgʻrisida keng jamoatchilikka OAV orqali targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish.

doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Madaniyat vazirligi

VII. Yangi turizm marshrutlarini tashkil etish va mahsulotlarini ishlab chiqish

35.

Viloyatning tibbiy, ekstremal, agro, eko, sanoat, arxeologik, sport va boshqa yangi turizm yoʻnalishlardagi imkoniyatlarini oʻrganish va sayyohlarning tashrifini tashkil etish boʻyicha amaliy choralarni koʻrish.

1. Yangi turizm yoʻnalishlarini aniqlash va turistik aylanmaga kiritish choralarini koʻrish;

2. Sayyohlar tashrifini yoʻlga kuyish uchun zaruriy sharoitlarni yaratish;

3. Yangi turizm yoʻnalishlariga turistik kompaniyalar va ommaviy axborot vositalari ishtirokida info-turlar tashkil etish.

2020-yil avgust

doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, mutasaddi vazirlik va idoralar

36.

Alpinizm, speleoturizm, ekstremal togʻ sporti turizm i yoʻnalishlarini rivojlantirish va sayyohlar tashrifini yoʻlga qoʻyish.

1. Alpinizm, speleoturizm, ekstremal togʻ sporti turizmi boʻyicha yangi yoʻnalishlarni aniqlash va ularni turistik marshrutlarga kiritish;

2. Sayyohlar tashrifini yoʻlga qoʻyish uchun zaruriy sharoitlarni yaratish;

3. Yangi turizm yoʻnalishlariga turistik kompaniyalar va ommaviy axborot vositalari ishtirokida info-turlar tashkil etish.

2020-yil avgust

doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, mutasaddi vazirlik va idoralar

37.

Qumqoʻrgʻon tumanidagi “Janubiy surxon” suv omborining muhofaza hududlarida chuqur tahdidlar �sosida oʻrganish oʻtkazib va zarur infratuzilmani yaratib, ekoturizmni rivojlantirish.

1. “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdoga qoʻyilgan 0.5 ga yer maydonida ekoturizm obyektlarini barpo etish uchun talabgorlarni aniqlash;

2. Loyihalarning tarmoq jadvalini ishlab chiqish;

3. Qurilishlarini amalga oshirish;

4. Obyektlarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish.

2020-2021

yillar

Surxondaryo viloyati hokimligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, tashabbuskorlar

38.

Sariosiyo tumanidagi “Toʻpalang” suv ombori muhofaza hududlarida chuqur tahlillar asosida oʻrganish oʻtkazib va zarur infratuzilmani yaratib, ekoturizmni rivojlantirish.

1. Suv omboriga olib boruvchi 5 km yoʻlni kapital taʼmirlash;

2. Suv omboriga olib boruvchi yoʻlda yoʻl koʻrsatgichlarini oʻrnatish;

3. Suv omboriga olib boruvchi yoʻl atrofida sayyohlar uchun savdo rastalarini tashkil etish;

4. Hududda investorlar uchun kulay shart-sharoit yaratish maqsadida talab etiladigan infrastrukturani barpo etish.

2020-2021-yillar

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,

Suv xoʻjaligi vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

39.

Uzun tumanidagi “Mehnat fahriysi Bobomurod Omonov” muzeyi binosini toʻliq taʼmirlash, eksponatlarini qa�tarish, muzey faoliyatini qayta tiklash.

Muzey hududiga yaqin boʻlgan Botanika bogini obodonlashtirish, bogʻ hududida dam olish infratuzilma yaratish.

1. Loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash;

2. Loyiha smeta hujjatlarini sohaviy va davlat ekspertiza xulosalarini olish;

3. Qurilish ishlarini sifatli bajarilishini taʼminlash;

4. Obyektni oʻz vaqtida foydalanishga topshirish.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

40.

Denov tumanidagi Dendra bogʻini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, bogʻ hududi infratuzilmasini yaratish va yahshilash.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va davlat ekspertiza xulosalarini olish;

2. Qurilish ishlarini sifatli bajarilishini taʼminlash.

2020-yil oktyabr

Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, tashabbuskorlar

41.

Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻyicha boʻlinmalari toʻgʻrisida qisqacha maʼlumotlar tayyorlash va tarqatish.

1. Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni taʼminlash boʻyicha boʻlinmalari toʻgʻrisida qisqacha maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi materiallarini ishlab chiqish va tarqatish.

2020-yil iyul

Ichki ishlar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

VIII. Turizm sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ularning malaka va koʻnikmalarini oshirish

42.

“Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti va Termiz davlat universiteti bilan Turkiya, Yaponiya, Tayland, Malayziya, Indoneziya kabi davlatlarning oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish.

1. Turkiya, Yaponiya, Tayland, Malayziya, Indoneziya kabi davlatlarning oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilar hamda mutaxassis xodimlarni taʼlim jarayoniga jalb etish.

2. “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti va Termiz davlat universiteti professor-oʻqituvchilarini mazkur davlatlarga turizm yoʻnalishi boʻyicha malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborish choralarini koʻrish.

Reja-jadval

asosida

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari

43.

Turizm sohasida faoliyat koʻrsatuvchi kadrlar (mehmonxonalar, turoperatorlar, muzeylar, restoranlar, madaniyat markazlari xodimlari, turizm politsiyasi va boshqalar) malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.

“Turizm sohasi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi”da kurslar tashkil qilish boʻyicha oʻquv dasturlarini shakllantirish, moderatorlarni tayinlash auditoriyani shakllantirish.

Yil davomida

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Vazirlar Maxkamasining 2020-yil 27-maydagi 332-son qaroriga

2-ILOVA

Surxondaryo viloyatida “Oltin uchburchak” loyihasini amalga oshirish
ChORA-TADBIRLAR REJASI

T/r.

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro

muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Termiz — Sariosiyo — Denov — Boysun — Sherobod — Termiz yoʻnalishi boʻylab xar bir hududda mavjud boʻlgan turizm obyektlarning roʻyxatlarini va ular toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni shakllantirish.

1. Har bir yoʻnalishda mavjud boʻlgan turizm obyektlarni chuqur oʻrganib chiqish;

2. Oʻrganish yakunlari asosida turizm obyektlarining roʻyxatlarini va ular toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni shakllantirish;

3. Shakllantirilgan maʼlumotlarni buklet va flayerlar koʻrinishida chop etish va tarqatilishini taʼminlash.

2020-yil avgust

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

2.

Yoʻnalish boʻylab avtobus bekatlarini qaysi manzilda joylashtirilishi boʻyicha asoslantiruvchi takliflar tayyorlash hamda Transport vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligiga taqdim etish.

1. Termiz — Sariosiyo — Denov — Boysun — Sherobod — Termiz yoʻnalishini joyiga chiqqan holda oʻrganish;

2. Avtobus bekatlarini joylashtirish uchun salohiyatli boʻlgan hududlarni belgilash;

3. Belgilangan hududlarni Transport vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligiga taqdim etish.

2020-yil avgust

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Transport vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

3.

Yoʻnalish boʻyicha maxsus xaritalar ishlab chiqqan holda, mehmonxonalar, aeroport va vokzallar, turoperatorlar va barcha manfaatdor tomonlarga bepul tarqatilishini taʼminlash.

1. Yoʻnalish boʻyicha maxsus xaritalar ishlab chiqish;

2. Tayyor xaritalarni mehmonxonalar, aeroport va vokzallar, turoperatorlar va barcha manfaatdor tomonlarga bepul tarqatilishini taʼminlash.

2020-yil sentyabr

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmita�i, Surxondaryo viloyati hokimligi

4.

Loyihani amalga oshirishda barcha ishtirok etuvchilarning (avtobus va taksi haydovchilari. gidlar, mahalliy aholi va boshqalar) malakasini oshirish boʻyicha maxsus oʻquv-treninglar tashkil etish.

1. Loyiha jarayonlarida ishtirok etuvchilarning roʻyxatini shakllantirish;

2. Shakllantirilgan roʻyxat boʻyicha ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv-treninglar tashkil qilish.

2020-yil

Turizmni rivojlantirish davlat kumitasi

5.

Yoʻnalishni oʻz ichiga olgan hududlarda mehmon uylari, turli hunarmandlar xonadonlari va ustaxonalari kabi qiziqarli va noodatiy manzillarni loyihaga jalb etish va shu orqali turistlarni ushbu joylarda qolish muddatlarini uzaytirish choralarini koʻrish.

1. Yoʻnalishni qamrab olgan hududlarni oʻrganish;

2. Joylarda mehmon uylari, turli hunarmandlar xonadonlari va ustaxonalarni ushbu loyiha doirasidagi sayyohlik marshrutlariga jalb qilish

doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

6.

Yoʻlovchilarning fikr va takliflarini doimiy ravishda tahlil qilib borish maqsadida, turli tillarda soʻrovnoma ishlab chiqish va barcha avtobuslarga joylashtirilishini taʼminlash.

1. Namunaviy soʻrovnoma ishlab chiqish;

2. Soʻrovnomani turli tillarga tarjima qilish;

3. Qatnovlar yoʻlga qoʻyilgan soʻng, soʻrovnomalarni joylashtirish va doimiy tahlil qilib borish.

avtobus harakatlari yoʻlga qoʻyilgandan soʻng doimiy ravishda

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Transport vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

7.

Loyiha doirasida alohida xar bir toʻxtash joylarida mavjud boʻlgan taklif etiluvchi xizmatlarning roʻyxatini shakllantirish hamda bukletlar va flayerlar koʻrinishida chop etilishini taʼminlash.

1. Alohida har bir toʻxtash joylarida mavjud boʻlgan taklif etiluvchi xizmatlarning roʻyxatini shakllantirish;

2. Bukletlar va flayerlar koʻrinishida chop etish va bekatlarda joylashtirilishini taʼminlash.

avtobus harakatlari yoʻlga qoʻyilgandan soʻng doimiy ravishda

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Transport vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

8.

Loyihani barcha OAVlarida keng yoritilishini, turizm marshrutlariga kiritilishini hamda turli infoturlar tashkil etilishini taʼminlash.

1. Keng qamrovli targʻibot ishlarini olib borish;

2. Sayyohlik marshrutlariga kiritilishini taʼminlash.

avtobus harakatlari yoʻlga qoʻyilgandan soʻng doimiy ravishda

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi. Transport vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

9.

Yoʻ�alish boʻyicha harakatlanuvchi avtobuslarni alohida ranglar va Oltin uchburchak (Golden Triangle) belgilarini joriy qilish orqali boshqa avtobuslardan farqlash choralarini koʻrish.

1. Loyiha doirasidagi avtobuslarga alohida ranglar va Oltin uchburchak(Golden Triangle) belgilarini joriy qilishdan oldin Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishish.

avtobus

harakatlari

yoʻlga

qoʻyilishdan

oldin

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Transport vazirligi

10.

Yoʻnalish boʻyicha yangi avtobus bekatlari uchun tegishli yer maydonlarini ajratilishini taʼminlash.

1. Loyiha doirasida yangi quriladigan avtobus bekatlari uchun yer maydonlarini aniqlash va belgilangan tartibda tashabbuskorlarga ajratish

2020-yil sentyabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

11.

Avtobus bekatlarini doimiy ravishda faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida, davlat-xususiy sherikchilik prinsiplari asosida bekatlarni turli xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish uchun tadbirkorlik subyektlariga biriktirilishini taʼminlash.

1. Davlat-xususiy sherikchilik prinsiplari asosida bekatlarni turli xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish uchun tadbirkorlik subyektlariga biriktirilishini taʼminlash.

2020-yil sentyabr

Surxondaryo viloyati hokimligi

12.

Avtobuslar toʻxtash bekatlarini maxsus belgilar bilan ajratish va loyiha doirasidagi barcha bekatlarni namunaviy tarzda bir xilligini taʼminlash.

1. Bekatlarni maxsus belgilar bilan ajratish va Loyiha doirasidagi barcha bekatlarni namunaviy tarzda bir xilligini taʼminlash choralarini koʻrish va jarayonni Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishish.

2020-yil oktyabr

Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

13.

Har bir bekatlarda xizmat koʻrsatuvchi taksi transport vositalariga Oltin uchburchak (Golden Triangle) belgilarini joylashtirish.

1. Boshqa taksi xizmatlaridan farqlash maqsadida, trasportlarga Oltin uchburchak (Golden Triangle) belgilarini joylashtirish va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishish .

2020-yil oktyabr

Surxondaryo viloyati hokimligi, Transport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

14.

Har bir avtobuslarda soʻrovnomalar saqlanuvchi maxsus quticha joylashtirish.

1. Maxsus qutichalar barcha yoʻlovchilar uchun koʻrish mumkin boʻlgan holatda joylashtirish.

2. Har oy yakunlari bilan ushbu soʻrovnomalarni Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hududiy boshqarmasiga taqdim etib borish.

a�tobus harakatlari yoʻlga qoʻyilgandan soʻng doimiy ravishda

Surxondaryo viloyati hokimligi, Transport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

15.

Avtobus xizmati uchun chiptalarni onlayn xarid qilish tizimini joriy qilish choralarini koʻrish.

1. Chiptalarni onlayn xarid qilish imkoniyatini yaratish.

2020-yil oktyabr

Transport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

16.

Loyiha doirasidagi barcha avtobuslarda oʻrnatilgan tartibda Wi-Fi tarmogʻi qamrovini tashkil etish, har bir obyekt boʻyicha roliklar tayyorlanib maxsus ekranlar orqali turistlarga tanishtirib borish va avtobuslarda audio-gid tizimini joriy qilish.

1. Loyiha doirasidagi barcha avtobuslarda Wi-Fi texnologiyasi asosida Internet tarmogʻiga kirish imkoniyatini yaratish.

2. Har bir obyekt boʻyicha roliklar tayyorlash.

3. Turli tillardagi audio-gid xizmatini joriy qilish.

avtobus

harakatlari

yoʻlga

qoʻyilgandan

soʻng

Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Transport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

17.

Avtobus xizmatlarini baholab borish tizimini yoʻlga qoʻyish hamda viloyat turistik xaritasini yaratish va unda Oltin uchburchak avtobus bekatlari joylashgan nuqtalarni koʻrsatib oʻtish maqsadida mobil ilova ishlab chiqish

1. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi avtobuslar xizmatini baholab borishi uchun mobil ilova ishlab chiqish.

2. Mobil ilovada Oltin uchburchak avtobus bekatlari joylashgan nuqtalarni koʻrsatib oʻtish.

2020-yil oktyabr

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi

18.

Loyiha doirasidagi bekatlarda va madaniy meros hududlarida zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini barpo etish.

1. Bekatlar roʻyxatlarini shakllantirish;

2. Shakllantirilgan roʻyxatlar asosida tadbirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda SGSh oʻrnatish.

2020-2021-yillar

Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-maydagi 332-son qaroriga

3-ILOVA
Surxondaryo viloyatida turli nxtisoslikdagi kasalliklarga tashxis qoʻyish va davolash boʻyicha zamonaviy klinikalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va tibbiyot turizmini rivojlantirish
ChORA-TADBIRLAR REJASI

T/r.

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro

muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Surxondaryo viloyatida Toshkent shahridagi nufuzli klinikalarning filiallarini ochish

1. Viloyat aholisi va hududga qoʻshni respublikalardan keluvchi turistlarning tibbiy xizmatga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish.

2. Oʻrganish natijalaridan kelib chiqib, turli y�nalishdagi klinikalar faoliyatini tashkil etish

2020-2021-yillar davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

2.

Viloyatda xususiy klinikalar faoliyatini takomillashtirish va ularning sonini va xizmat koʻrsatish koʻlamini kengaytirish.

1. Viloyatda joylashgan xususiy klinikalarda davolash tizimini xam yoʻlga qoʻyish.

2. Boʻsh turgan hozirgi kunda foydalanilmayotgan binolarni klinika faoliyatini yoʻlga qoʻyish sharti bilan nol balansda tadbirkorlik subyektlariga ajratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2020-yil avgust

Surxondaryo viloyati hokimligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

3.

Tibbiyot turizmini rivojlantirish boʻyicha sanatoriya va sihatgohlar faoliyatini takomillashtirish.

1. Viloyatdagi mavjud barcha sanatoriya va sihatgoxlarni xorijiy turistlar qabul qilishga moslashtirish va jahon standartlariga javob beradigan darajaga koʻtarish.

2. Qoʻshni mamlakatlarda Surxondaryo viloyatining tibbiyot turizmi imkoniyatlari va eng mashhur tabiiy shifo maskanlari boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish

3. Klinika, sanatoriya va sihatgoxlar qurish boʻyicha xorijiy investorlarni jalb etish va ularga qulayliklar yaratish.

2020-yil

Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

4.

Viloyatda tibbiyot forumlarini oʻtkazish.

1. Surxondaryo viloyatida respublika keyinchalik xalqaro darajadagi tibbiyot forumlarini oʻtkazish.

2. Ushbu forumlarni viloyatning eng mashhur tabiiy shifo maskanlarida tashkil etish.

2021-2020

yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

5.

Xoʻjamayxona gʻori yaqinida klinika va sanatoriya obyektlarini qurib foydalanishga topshirish.

1. Xoʻjamayxona gʻori yuza qismidan chiqayotgan xalq tilida shifobaxsh deyilgan tabiiy buloq suvi tarkibini oʻrganish.

2. Tabiiy buloqqa yaqin joyga xususiy klinika va sanatoriyalar qurish uchun yer maydonlari ajratish.

3. Mazkur yer maydonlarini belgilangan tartibda sotuvga qoʻyish.

4. Auksion shartlarini aynan klinika va sanatoriya faoliyatini tashkil etish qilib koʻrsatish hamda foydalanishga topshirish muddatini aniq belgilash.

2021-yil

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

6.

Gʻoʻrinbuloqsoy yaqinida klinika va sanatoriya obyektlarini qurib foydalanishga topshirish.

1. Gʻoʻrinbuloqsoydan chiqayotgan xalq tilida shifobaxsh deyilgan tabiiy buloq suvi tarkibini oʻrganish.

2. Tabiiy buloqqa yaqin joyga xususiy klinika va sanatoriyalar qurish uchun yer maydonlari ajratish.

3. Mazkur yer maydonlarini belgilangan tartibda sotuvga qoʻyish.

4. Auksion shartlariga aynan klinika va sanatoriya faoliyatini tashkil etish qilib koʻrsatish hamda foydalanishga topshirish muddatini aniq belgilash.

2021-yil

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

7.

“Termiz kargo logistika markazi hududida turli ixtisoslikdagi kasalliklarni davolovchi zamonaviy klinikalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. “Termiz kargo logistika markazi hududida 10 ta 5 qavatdan iborat zamonaviy klinikalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2. Mazkur hududni respublikamizdagi eng zamonaviy diagnostika va davolanish maskaniga aylantirish.

3. Klinikalar qurishga yer maydonlari ajratish, tashabbuskor tadbirkorlarni aniqlash va xorijiy investorlarni jalb etish.

4. Ushbu hududda joylashgan klinikalarga turli soliq imtiyozlari joriy etish.

5. Klinikalarga xorijiy malakali mutaxassislarni jalb etish.

2020-2021

yillar

davomida

Surxondaryo viloyati hokimligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

8.

Viloyatdagi tibbiyot xodimlarini xorijning yetakchi klinikalarida malaka oshirishini taʼminlash

1. Chet eldagi nomdor klinikalar bilan ikki tomonlama shartnomalar imzolash.

2. Tibbiyot xodimlarini mezonlarga muvofiq saralab olish.

3. Ularni bosqichma-bosqich malaka oshirishga yuborish va olgan bilimlarini amalda qoʻllashini taʼminlash.

2020-2021

yillar

davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

9.

Surxondaryo viloyatida tugʻilgan hozirgi kunda xorijda tibbiyot yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan vatandoshlarni viloyatga qaytarish choralarini qurish.

1. Asli Surxondaryo viloyatida tugʻilgan, hozirgi kunda xorijda tibbiyot yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan vatandoshlarni aniqlash.

2. Ularga yurtimizda olib borilayotgan islohotlar boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish.

3. Ularga davlat yoki xususiy klinikalardan munosib ishlar tavsiya qilish bilan bir qatorda oʻz xususiy klinikasini ochish taklifini xam berish.

2020-2021

yillar

Tashii ishlar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-maydagi 332-son qaroriga

4-ILOVA
Surxondaryo viloyatiga qoʻshni davlatlar aholisinnng tashrifini sanitariya-epidemnologik talablarga qatʼiy rioya etgan holda koʻpaytirish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR REJASI

T/r.

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Viloyatning turistik salohiyatini targʻib qilish maqsadida, video roliklar, turistik kartalar va boshqa elektron va bosma tarqatma materiallarini qoʻshni mamlakatlar uchun turli tillarda (flayer, buklet v.b.) tayyorlash, internet orqali va xalqaro tadbirlar davomida targʻib qilish

1. Mavjud turizm obyektlarini xatlovdan oʻtkazish.

2. Yagona turistik xarita ishlab chiqish bunda, joylashtirish vositalari, restoran va kafelar, bogʻlar, madaniy meros obyektlari va sanitariya-gigiyena shaxobchalar joylashtirilishini taʼminlash.

2020-yil avgustdan boshlab doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

2.

Qoʻshni davlatlarning milliy tadbirlarini oʻtkazish.

1. Qoʻshni davlatlarning urf-odatlari va milliy tadbirlarini oʻrganish.

2. Oʻrganish natijalari boʻyicha turli tadbirlarni viloyatda oʻtkazish va milliy tadbirlar oʻtkazilayotgan davlat kuni sifatida belgilash.

2020-yil avgustdan * boshlab doimiy

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

3.

“Boysun bahori festivalini xalqaro darajada oʻtkazilishini taʼminlash.

1. “Boysun bahori” festivalini xalqaro talablarga moslashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2. Festival haqidagi maʼlumotlarni mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish.

3. Festivalga qoʻshni mamlakatlardan xam ishtirokchilar jalb qilinishni taʼminlash.

2021-yil avgust*

Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Surxondaryo viloyati hokimligi

4.

Viloyatdagi uzumzorlar hududida degustatsiya markazlari, ovqatlanish va dam olish oʻrinlarini tashkil qilish hamda sayyohlar uchun uzumzor va vino tayyorlash zavodi boʻylab ekskursiyalarini tashkil qilish.

1. Viloyatda uzum bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaliklarini aniqlash.

2. Vino degustatsiya obyektlari tashkil etish istagini bildirgan tashabbuskorlarni aniqlab, belgilangan tartibda amaliy yordam koʻrsatish.

3. Har yili “uzum sayli” tadbiri tashkil etish.

2020-yil dekabr*

Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

5.

Surxondaryo viloyatining mashhur shaxslari uy-koʻrgazmalarini tashkil qilish.

1. Uy-koʻrgazmalari tashkil etiladigan mashhur shaxslarni aniqlash va ularning yashab ijod etgan uylarini viloyat urf-odatlariga mos ravishda bezatish.

2. Yaratilgan uy-koʻrgazmalariga turistlarni jalb etish va ularni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish.

2020-yil dekabr*

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi

6.

Surxondaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi faoliyatini takomillashtirish.

1. Muzeydagi eksponatlar sonini oshirish

2. Muzey faoliyatini ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borish

2020-yil avgust

Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

7.

Viloyatda hozirgi zamon talabiga javob beruvchi kinoteatr binosini qurish va “Xorijiy kinofilmlar kunlarini tashkil etish.

1. Kinoteatr barpo etish istagini bildirgan tashabbuskorlarni aniqlash.

2. Kinoteatr faoliyatini ishga tushirish.

3. Qoʻshni mamlakatlarda surʼatga olingan badiiy va hujjatli filmlar namoyishini tashkil etish.

4. “Xorijiy kinofilmlar kunlari” doirasida seminarlar, mahorat darslari tashkil etish.

2020-2021

yillar

davomida

Surxondaryo viloyati hoki�ligi, “Uzbekkino” milliy agentligi, Madaniyat vazirligi

8.

Viloyatda restoran va kafelarni tungi vaqtda faoliyat yuritish talablariga moslashtirish.

1. Viloyatdagi kafe va restoranlarni xatlovdan oʻtkazish.

2. Tungi vaqtda faoliyat yuritish istagida boʻlganlarini aniqlash va ularga belgilangan tartibda ruxsatnoma berish.

2020-yil avgust*

Surxondaryo viloyati hokimligi, Ichki ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

9.

Surxondaryo viloyatida “MICE” turizmni rivojlantirish.

1. Turli tadbirlar oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlgan obyektlarning roʻyxatlarini shakllantirish.

2. Viloyatda quriladigan mehmonxonalar, katta anjuman saroylari va turli obyektlar rahbarlariga “MICE turizmi yoʻnalishida tushunchalar borib uchrashuvlar, korporativ marosimlar, konferensiyalar va koʻrgazmalar oʻtkazish.

3. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan xar yili kamida bir marotaba oʻzlari tomonidan tashkillashtiriladigan turli xil tadbirlarni (forum, seminar, konferensiya va boshqalar) Surxondaryo viloyatida oʻtkazish boʻyicha maʼlumotlarni shakllantirish hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga taqdim etib borish.

2020-yil avgust*

doimiy

Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar

10.

Muzrabot tumani “Kampirtepa hududida joylashgan Amudaryo qirgʻogʻi boʻyidagi Iskandar Makduniy qalʼasida turizm markazini tashkil etish.

1. Mazkur yodgorliklarga olib boruvchi taʼmirga muhtoj boʻlgan yoʻllarni oʻrganish va taʼmirlash.

2. Yodgorliklarga olib boruvchi yoʻl koʻrsatgich belgilarini oʻrnatish.

3. Sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish.

4. Tungi yoritgich chiroqlarini tashkil etish.

5. Avtomobillar vaqtincha turar joylarini barpo etish.

2020-yil avgust

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Surxondaryo viloyati hokimligi

11.

Surxondaryo viloyatida “Yaponiya ilmiy-amaliy markazi”ni tashkil etish boʻyicha taklif ishlab chiqish.

1. “Yaponiya ilmiy-amaliy markazi” ni tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.

2. Ishlab chiqilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.

2020-yil iyul

Oʻzbekiston fanlar akademiyasi,

Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Surxondaryo viloyati hokimligi

12.

Viloyatga tur operatorlarni jalb qilgan holda xorijiy turistlar uchun maxsus “Surxon ipagi” turizm dasturlarini yoʻlga qoʻyish, turistlarni ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirish, ipak muzeylariga tashriflarni uyushtirish.

1. “Surxon ipagi” turizm dasturini ishlab chiqish.

2. Turistlarni ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirish, ipak muzeylariga tashriflarni uyushtirish.

3. “Show Room” tashkil etish va ular bilan bogʻliq boshqa xizmatlarni yoʻlga qoʻyish.

2020-yil noyabr*


doimiy



doimiy

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

13.

Sherobod tumanida M-39 yoʻnalishi boʻylab tadbirkorlik subyektlari tomonidan anorni yetishtirish, anor va uning poʻstlogʻidan turli sharbat va shifobaxsh ichimliklar tayyorlash va anorni qadoqlash uchun moʻljallangan “Anorchilik markazi” ni barpo etish boʻyicha taklif ishlab chiqish.

1. “Anorchilik markazi”ni barpo etish boʻyicha takliflarni tayyorlash.

2. “Anorchilik markazi va unga tutash boʻlgan hududlarda anor plantatsiyalarini tashkil etish mavjudlarini yangilash.

3. Anor sharbati (konsentrati) ishlab chiqarish boʻyicha loyiha takliflarini ishlab chiqish.

4. Anor poʻstlogʻini qayta ishlash orqali dorivor vositalar ishlab chiqarish boʻyicha takliflar tayyorlash.

5. Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filialida Anor yetishtirish va uni qayta ishlash sohasi boʻyicha 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

2020-yil iyul

Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

14.

Oltinsoy tumanida joylashgan “Sulton sharbati agrofirmasida xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, vino turizmi yoʻnalishini tashkil qilish.

1. Oltinsoy tumanida uzumchilik xoʻjaliklari va uni qayta ishlash korxonalari faoliyatini oʻrganib chiqish.

2. Uzum yetishtirish plantatsiyalarini kengaytirish va mavjudlarini yangilash.

3. “Sulton sharbati agrofirmasida xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, vino turizmi yoʻnalishini tashkil etish.

2020-yil sentyabr*


2020-yil noyabr*


2020-yil noyabr*

“Uzsharobsanoat AJ, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

15.

Oltinsoy tumanida joylashgan “Xoʻjaipok va “Vaxshivorhududlarini turistlar tashrif maskaniga aylantirish.

1. “Xoʻjaipok va “Vaxshivor obyektlari va unga tutash boʻlgan hududlarni xorijiy sayyohlar tashrif buyurishini inobatga olgan holda oʻrganib chiqish va bajariladigan ishlar boʻyicha takliflarni tayyorlash.

2. “Xoʻjaypok va “Vaxshivor obyektlari va unga tutash boʻlgan hududlarda muhandislik- kommunikatsiya tarmoqlarini (elektr. gaz. ichimlik suvi va aloqa tizimi) yangidan qurish va majudlarini rekonstruksiya qilish.

3. “Xoʻjaipok” va “Vaxshivor obyektlariga olib boruvchi avtomobil yoʻllarini taʼmirlash.

Bunda, avtomobillarni vaqtincha turar joylarini yangidan barpo etishga alohida eʼtibor qaratish.

4 “Xoʻjaipok va “Vaxshivor obyektlari hududida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish.

5. “Xoʻjaipok va “Vaxshivor obyektlari hududida mahalliy va hunarmandchilik mahsulotlari savdosini tashkil etish.

2020-yil iyul





2020-yil III chorak





2020-yil III chorak





2020-yil III chorak



2020-yil III chorak

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

16.

Boysun tumanidagi “Omonxona, Sariosiyo tumanidagi “Sangardak va Oltinsoy tumanidagi “Xoʻjaipok qishloqlarini va Sherobod tumanidagi “Chorbogʻ mahallasidagi “Tuz kon majmuasini Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining reyestriga kiritish hamda ushbu qishloqlarga “Turizm qishlogʻi” va “Turizm mahallasi” maqomi berilishini taʼminlash.

1. Omonxona, Sangardak, Xoʻjaypok va Tuz kon majmuasi toʻgʻrisida maʼlumotlarni xorijiy turistlar oʻrtasida keng targʻibot ishlarini olib borish.

2. Ushbu hududlarga “Turizm qishlogʻi va “Turizm mahallasi maqomini berish boʻyicha takliflar ishlab chiqish

3. Boysun tumanidagi “Omonxona, Sariosiyo tumanidagi “Sangardak va Oltinsoy tumanidagi “Xoʻjaipok” qishloqlarini va Sherobod tumanidagi Chorbogʻ mahallasidagi “Tuz kon” majmuasi joylashgan qishloqlarni “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturiga kiritish boʻyicha taklif tayyorlash.

2020-yil avgustdan boshlab doimiy



2020-yil avgust



2020-yil noyabr

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi

17.

“Xalqaro Kann” va “Berlin kino festivallari hamda AQShning “Location-Exro va Buyuk Britaniyaning “FOCUS” kinolokatsiya festivallari va yarmarkalarida Surxondaryo viloyatining jozibador hududlarini keng targʻib qilish.

1. Surxondaryo viloyatining jozibador hududlarini targʻib qilish va hududda video mahsulotlarini tasvirga olish uchun sharoitlar yaratish.

2. “Xalqaro Kann” va “Berlin” kino festivallari hamda AQShning “Location-Expo” va Buyuk Britaniyaning “FOCUS kinolokatsiya festivallari va yarmarkalarida Surxondaryo viloyatining jozibador hududlarini keng targʻib qilish.

doimiy

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston milliy kinokomissiyasi

18.

Soʻfi Olloyor, Mavlono Muhammad Zohid va Xoʻjaypok ota ziyoratgohlarining infratuzilmasini shakllantirish, obodonlashtirish (ziyoratchilar tomonidan ibodatlarini amalga oshirish uchun barcha shart sharoitlar, Avtoturargoh, milliy taomlar oshxonasi, ayvonchalar va soʻrilar), hunarmandchilik mahsulotlari sotuvini yoʻlga qoʻyish, suvenir doʻkonlarini tashkil etish va ziyoratgohlar tarixini biluvchi ekskursovodlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda targʻibot materiallarini koʻpaytirish orqali xizmat koʻrsatishni yaxshilash choralarini koʻrish.

1. Soʻfi Olloyor, Mavlono Muhammad Zohid va Xoʻjaypok ota ziyoratgohlari va unga tutash boʻlgan hududlarni xorijiy sayyohlar tashrif buyurishini inobatga olgan holda oʻrganib chiqish va bajariladigan ishlar boʻyicha takliflarni tayyorlash.

2. Soʻfi Olloyor, Mavlono Muhammad Zohid va Xoʻjaypok ota ziyoratgohlari va unga tutash boʻlgan hududlarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini (elektr, gaz, ichimlik suvi va aloqa tizimi) yangidan qurish va majudlarini rekonstruksiya qilish.

3. Soʻfi Olloyor, Mavlono Muhammad Zohid va Xoʻjaypo� ota ziyoratgohlariga olib boruvchi avtomobil yoʻllarini taʼmirlash.

Bunda. avtomobillarni vaqtincha turar joylarini yangidan barpo etishga alohida eʼtibor qaratish.

4. Soʻfi Olloyor, Mavlono Muhammad Zohid va Xoʻjaypok ota ziyoratgohlari hududida sanitariya-gigiyena shaxobchalarini tashkil etish

5. Soʻfi Olloyor, Mavlono Muhammad Zohid va Xoʻjaypok ota ziyoratgohlari hududida mahalliy va hunarmandchilik mahsulotlari savdosini tashkil etish.

6. Soʻfi Olloyor, Mavlono Muhammad Zohid va Xoʻjaypok ota ziyoratgohlarni turistik yoʻnalishlarga kiritish hamda doimiy ravishda tur operatorlar va ommaviy axborot vositalarida keng targʻibot qilib borish.

2020-2021

yillar

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, “Vaqf” xayriya jamoat fondi. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

19.

Denov shahridagi “Said otaliq” madrasasini saqlab qolish va uning infratuzilmasini takomillashtirish.

1.“Said otaliq” madrasasi va unga tutash boʻlgan hududlarni xorijiy sayyohlar tashrif buyurishini inobatga olgan holda oʻrganib chiqish va bajariladigan ishlar boʻyicha takliflarni tayyorlash.

2. “Said otaliq” madrasasi va unga tutash boʻlgan hududlarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini (elektr. gaz. ichimlik suvi va aloqa tizimi) yangidan qurish va majudlarini rekonstruksiya qilish.

3. “Said otaliq” madrasasiga olib boruvchi avtomobil yoʻllarini taʼmirlash.

Bunda. avtomobillarni vaqtincha turar joylarini yangidan barpo etishga alohida eʼtibor qaratish.

4. “Said otaliq” madrasasi hududida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish.

2021-yil mart-aprel

Surxondaryo viloyati hokimligi. Madaniyat vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita. “Vaqf xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi

20.

Surxondaryo viloyatida Naqshbandiya tarikati izdoshlari boʻlgan Alovuddin Attor va Xoʻja Muhammad Zohidlarning ziyoratgohlariga musulmon davlatlaridan ziyoratchi turistlarni jalb qilish.

1. Alovuddin Attor va Xoʻja Muhammad Zohidlarning ziyoratgohlari va unga tutash boʻlgan hududlarni xorijiy sayyohlar tashrif buyurishini inobatga olgan holda oʻrganib chiqish va bajariladigan ishlar boʻyicha takliflarni tayyorlash.

2. Alovuddin Attor va Xoʻja Muhammad Zohidlarning ziyoratgohlari va unga tutash boʻlgan hududlarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini (elektr. gaz. ichimlik suvi va aloqa tizimi) yangidan qurish va majudlarini rekonstruksiya qilish.

2021-yil mart-aprel*

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Surxondaryo viloyati hokimligi

Izoh: *Mazkur chora-tadbirlar Rejasining 2 — 5, 8, 9, 12, 14 va 20-bandlarida belgilangan vazifalar muddatlari koronavirus pandemiyasi va karantin cheklovlari bilan bogʻliq vaziyatdan kelib chiqib uzaytirilishi mumkin. Bunda, ushbu chora-tadbirlar karantin cheklovlari bekor qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida amalga oshirilishi talab etiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-maydagi 332-son qaroriga

5-ILOVA

Surxondaryo viloyatida joylashgan Oks Aleksandriyasi (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligi infratuzilmasini rivojlantirish hamda ushbu obyektni sayyohlar tashrif buyuradigan maskanga aylantirish
ChORA-TADBIRLAR REJASI

T/r.

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar nomi

Muddat

Masʼullar

1.

Surxondaryo viloyatidagi Oks Aleksandriyasi (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligining qazishma ishlari olib borilgan hamda boshqa hududlarida obyektning tarixiy holatini koʻrsatuvchi yozuvli koʻrsatkichlarni oʻrnatish.

2020-yil avgust

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi

2.

Toshkent — Termiz M-39 avtomagistral yoʻlining Darband yoʻl postining kirish joyida ellin madaniyatiga oid Kampirtepa, Uzundara va Qoʻrgʻonzol yodgorliklaridan topilgan topilmalarni namoyish etuvchi “Oksiart” muzeyini tashkil etish masalasini koʻrib chiqish.

2020-yil iyul

Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Moliya vazirligi

3.

Fanlar Akademiyasi akademigi E. Rtveladze kitoblaridan hamda boshqa tarixiy-ilmiy manbalardan foydalangan holda arxeologik yodgorlik suvenirlari, targʻibot materiallari, yodgorlikning xaritasi va videoroliklarini tayyorlash.

2020-yil avgust

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi

4.

Xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarning grant mablagʻlari hamda qonunda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlarni jalb qilgan holda, Oks Aleksandriyasi (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligining yemirilishini oldini olish, yodgorlikni qayta taʼmirlash hamda saqlash ishlarini tashkillashtirish.

doimiy

Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

5.

Arxeologik yodgorlik joylashuvidan kelib chiqib, atrofida 500 metrgacha boʻlgan himoya hududini yaratish hamda yodgorlik hududida tashrif buyuruvchilarni qazilma obyektlariga zarar yetkazmasligini taʼminlash maqsadida sayyohlar yurishi uchun maxsus soʻqmoqlarni yaratish.

2020-yil noyabr

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi

6.

Arxeologik yodgorlikning kirish joyida obyektning tarixiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda ramziy darvoza oʻrnatish.

2020-yil noyabr

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi

7.

Ramziy darvoza yonida Oks Aleksandriyasi (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligiga tashrif buyuruvchilarga kirish chiptalarini sotishda, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida zamonaviy axborot texnologiyalarini (elektron bilet sotish tizimi, kuzatuv kesheralari va turniketlar) oʻrnatishni taʼminlash.

2020-yil noyabr

Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Moliya vazirligi, tashabbuskorlar

8.

Respublikada va xorijiy davlatlarda arxeologik yodgorlikka oid saqlanayotgan manbalarni malakali mutaxassis va ekspertlar, olimlarni jalb etgan holda tadqiq etish hamda matbuot mahsulotlarini tayyorlash, OAV, internet jahon axborot tarmogʻi orqali keng targʻib qilish.

doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

9.

Arxeologik yodgorlik haqida batafsil maʼlumotlarning elektron bazasini yaratish va muntazam yangilab borish.

doimiy

Fanlar akademiyasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

10.

Arxeologik yodgorlikda xar yili bir marta xalqaro ilmiy anjumanlar tashkil etish.

2021-yildan boshlab yilda bir marotaba

Fanlar akademiyasi, Surxondaryo viloyati hokimligi, Moliya vazirligi

11.

Surxondaryo viloyati hokimligining Mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan Fanlar Akademiyasi akademigi E. Rtveladze kitoblari hamda boshqa tarixiy-ilmiy manbalar asosida obyektning kichik maketini tayyorlash, arxeologik ashyolar, tarixiy dalil va hujjatlar, zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, kitob, video-fotohujjatlar hamda boshqa manbalar hisobiga koʻrgazma-ekspozitsiya tashkil etish choralarini koʻrish.

2020-yil avgust

Surxondaryo viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi

12.

Oks Aleksandriyasi (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligiga tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklar yaratish maqsadida:

viloyat markazi bilan bogʻlovchi transport yoʻnalishlari harakatini yoʻlga qoʻyish;

yodgorlik hududini elektr energiya bilan taʼminlash; yodgorlikka olib boruvchi yoʻllarda yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish; mikroavtobuslar qatnovini yoʻlga qoʻyish; yodgorlik hududida suv nasoslarini oʻrnatish;

zamonaviy sanitariya-gigiyenik shoxobchalarini qurish; yodgorlik devorlariga zarar yetkazmasdan, sharqiy devor yonida obidani yuqoridan suratga tushirish imkonini yaratuvchi 25 — 30 metr balandlikdan iborat konstruksiya barpo etish;

yengil konstruksiyali umumiy ovqatlanish shaxobchalarini tashkil etish; hunarmandchilik, savdo shoxobchalarni tashkil etish.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi, masʼul vazirlik va idoralar

13.

Arxeologik yodgorliklar uchun maxsus gidlar tayyorlash ishlarini tashkillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2020-yil iyul

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

14.

Ekspertlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, tur operatorlar uchun info-turlar tashkil etish.

2020-yil

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

15.

Arxeologik yodgorlikni keng ommalashtirish hamda targʻib qilish maqsadida yodgorlik hududida “Oʻtmishga sayohat” nomli etno-arxeologik onlayn festival tashkil qilish.

2020-yil sentyabr

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi

16.

Oks Aleksandriyasi (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligini muntazam ravishda tegishli teleradiokanallarda yoritish, teleradiodasturlar tayyorlash va namoyish etish yuzasidan media reja ishlab chiqish.

2020-yil iyun

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

17.

“Oʻzbekiston tarixi” telekanalida xar oyda bir marotaba qazishma ishlari va yodgorlik haqida maxsus telekoʻrsatuvlar tayyorlash.

doimiy

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

18.

2019-2020 oʻquv yilidan boshlab vazirlik mablagʻlari hisobidan muntazam ravishda respublikaning oliy taʼlim muassasalaridagi arxeologiya yoʻnalishlarida taʼlim olayotgan bakalavr va magistr darajasidagi talabalarning ishlab chiqish amaliyotini Oks Aleksandriyasi (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligi va viloyatdagi boshqa arxeologik yodgorliklarida oʻtkazilish.

doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

19.

2019-2020 oʻquv yildan boshlab muntazam ravishda yoshlarni tarixga boʻlgan qiziqishlarini orttirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida respublikadagi taʼlim muassasalaridagi oʻquvchi yoshlarni taʼtillar davomida Oks Aleksandriyasi (Kampirtepa) arxeologiya yodgorligi hamda boshqa tarixiy yodgorliklarga sayohatlarini tashkil etish.

doimiy

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlim vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 27-maydagi 332-son qaroriga

6-ILOVA

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidagi “Qoratepa” va “Fayoztepa” xamda Shoʻrchi tumanidagi “Dalvarzinteia” yodgorligini muxofaza kilish, hududini obodonlashtirish, infratuzilmasini takomillashtirish va sayyohlar tashrif buyuradigan maskanga aylantirish
ChORA-TADBIRLAR REJASI

T/r.

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Termiz tumanidagi “Qoratepa” va “Fayoztepa”, Shoʻrchi tumanidagi “Dalvarzintepa” yodgorliklarining infratuzilma holatini yaxshilash va tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklar yaratish.

1. Mazkur yodgorliklarga olib boruvchi taʼmirga muhtoj boʻlgan yoʻllarni oʻrganish va taʼmirlash.

2. Yodgorliklarga olib boruvchi yoʻl koʻrsatgich belgilarini oʻrnatish.

3. Sanitar-gigiyenik shoxobchalar va tomosha maydonlarini tashkil etish.

4. Soʻqmoq (tropinka)lar va tungi yoritgich chiroqlarini tashkil etish

2020-yil

Surxondaryo viloyati

hokimligi, Madaniyat vazirligi, Transport vazirligi

2.

“Dalvarzintepa” va “Qoratepa” yodgorliklari hududida arxeologiya turizmini rivojlantirish maqsadida arxeologik tadqiqot maydonlarini kengaytirish.

1. Tadqiqot maydonlarini kengaytirish.

2. Arxeologik tadqiqotlar natijalarini keng targʻib qilish va turistlarni jalb qilish ishlarini olib borish.

2020-yil oktyabr

Fanlar akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi

3.

Termiz tumanidagi “Qoratepa” va “Fayoztepa”, Shoʻrchi tumanidagi “Dalvarzintepa” hududlarining 3D-videoroliklarini yaratish va koʻzi ojiz sayyohlar uchun arxeologik va meʼmoriy jozibasini saqlab qolgan maketlar yaratish.

1. Mazkur hududlarning 3D-videoroliklarini yaratish.

2. Tashrif buyurgan koʻzi ojiz sayyohlar uchun arxeologik va meʼmoriy jozibasini saqlab qolgan maketlar yaratish

2020-yil sentyabr

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi

4.

Termiz shahri “Baxt bogʻi” hududida 6,6 gektar maydonda yapon bogʻi, yapon uslubidagi mehmonxona va Kyudze Kato memorial muzeyini oʻz ichiga olgan Markaziy Osiyo tarixi va madaniyati markazi binosi qurish.

1. Yaponiya madaniyati va uslubini yaqindan oʻrganish.

2. Tashabbuskor tadbirkorlarni aniqlash.

3. Loyihalashtirish ishlarini yakunlash va qurilish ishlarini boshlanishini taʼminlash.

2020 — 2022

yillar

Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Madaniyat vazirligi, tadbirkorlik subyektlari

5.

Kyudzo Kato yashab faoliyat olib borgan hovlini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan taʼmirlash va yashab oʻtgan hayotini aks ettiruvchi uy muzeyiga aylantirish.

1. K. Kato yashagan uyni taʼmirlash.

2. Uning hayot tarzini aks ettiruvchi turli jihozlar bilan taʼminlash.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi

6.

Kyudzo Kato yashagan binoga tutash binolar xonalarida mehmon uylarini, choy tayyorlash marosimi xonalarini, tamaddixona va savdo nuqtasini tashkil qilish.

1. Alohida xonalarni mehmon uyi sifatida tashkillashtirish.

2. Unda yapon va oʻzbek choy quyish madaniyatini koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.

3. Yapon uslubida yengil tamaddixona va savdo nuqtasini tashkillashtirish.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

7.

Kyudzo Kato xotirasiga bagʻishlab hamda arxeologik turizmga oid turli seminar va forumlar oʻtkazish.

1. Yaponiya ommaviy axborot vositalari vakillari, arxeologiya sohasidagi muassasalar va boshqa aloqador tashkilotlar bilan Oʻzbekistonda turli forum va seminarlar etishning muhimligi toʻgʻrisida muzokaralar oʻtkazish.

2. Mazkur forum va seminarlar oʻtkazishning moliyaviy manbalarini aniqlash.

3. Oʻtkaziladigan tadbirlarni Yaponiya va Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish.

2021-2022

yillar

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi

8.

Yaponiya turizm bozori uchun buddizm hamda Kyudzo Kato amalga oshirgan ishlar boʻyicha yapon tilida tarqatma materiallar tayyorlash, uning hayoti va ijodi boʻyicha videoroliklar tayyorlash hamda ularni Tashqi ishlar vazirligi orqali Yaponiyaning taʼlim maskanlari, turizm sohasi vakillari hamda arxeologiya sohasidagi muassasalarga yetkazish va targʻibot ishlarini olib borish.

1. Kyudzo Kato amalga oshirgan ishlar boʻyicha yapon va boshqa tillarda tarqatma materiallar va videroliklar tayyorlash.

2. Tayyorlangan metariallarni “Uzbekistan travel” kabi turizm veb-portallarida, tur operatorlarning veb-saytlarida va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish va boshqa turizm sohasi vakillariga yetkazilishini taʼminlash.

3. Yaponiyaning taʼlim maskanlari, turizm sohasi vakillari hamda arxeologiya sohasidagi muassasalarga yetkazish.

4. Toshkent, Samarqand, Buxoro va Termiz aeroportlaridagi turizm axborot markazlarida, shuningdek, Yaponiya, Koreya va Xitoy mamlakatlaridan keluvchi samolyotlarda Surxondaryodagi buddizm bilan bogʻliq tarixiy obyektlar boʻyicha turli bukletlar va flayerlar joylashtirilishini taʼminlash.

2020-yil

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi

9.

“Qoratepa” va “Fayoztepa” yodgorliklari hududiga turli xorijiy davlatlar, ayniqsa Yaponiya ommaviy axborot vositalari va tur operatorlari vakillari uchun infoturlar tashkil etish.

1. Yaponiya ommaviy axborot vositalari vakillari va boshqa mashhur blogerlarning roʻyxatlarini shakllantirish.

2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida ularning Surxondaryo viloyatiga info turlar tashkil etish..

3. Infotur jarayonlarini Yaponiya va Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash.

doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

10.

“Qoratepa” va “Fayoztepa” yodgorliklari hududiga Yapon, xitoy va koreys tillarida faoliyat yurituvchi gidlar bilan taʼminlash ishlarini olib borish.

1. Yapon, xitoy va koreys tillarini biluvchilarni gidlik faoliyatiga qiziqtirish va jalb etish.

2. Yapon, xitoy va koreys tillarida faoliyat yurituvchi gidlarni tayyorlash boʻyicha tegishli choralar koʻrish.

3. Tayyor boʻlgan gidlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tur operatorlar va boshqa soha vakillariga yetkazilishini taʼminlash.

2020-yil

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

11.

Yaponiya, Xitoy va boshqa Osiyo mamlakatlari milliy oshxonalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Turli Osiyo mamlakatlarining milliy oshxona va tamaddixonalarini tashkil etish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari roʻyxatlarini aniqlash.

2. Aniqlangan roʻyxat asosida Yaponiya, Xitoy va boshqa Osiyo mamlakatlari milliy oshxonalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish.

3. Faoliyati yoʻlga qoʻyilgan turli mamlakatlar milliy oshxonalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tur operatorlar va boshqa soha vakillariga yetkazilishini hamda turizm yoʻnalishiga kiritilishini taʼminlash.

2021-yil

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

12.

Dalvarzintepa arxeologik yodgorlikni muzeylashtirish choralarini koʻrish.

1. Madaniyat vazirligining restavratsiya va konservatsiya ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlari hisobidan Dalvarzintepani muzeylashtirish choralarini koʻrish.

2020-yil

Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi

13.

K. Kato yashagan hududga tutash boʻlgan 43-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabini obodonlashtirish.

1. K. Kato yashagan hududga tutash boʻlgan 43-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabini obodonlashtirish, taʼmirlash, yoritish tizimini yaxshilash va undagi muzeyni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

2. Ushbu maktabga Kyudzo Kato nomini berish.

3. Maktab va K. Kato yashagan uy oʻrtaligida joylashgan bogʻni yapon uslubida “Doʻstlik” bogiga aylantirish va unda K. Katoning byustini oʻrnatish.

2021-yil

Surxondaryo viloyati

hokimligi, Xalq taʼlimi vazirligi

14.

K. Kato yashagan hududga tutash boʻlgan 43-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining faoliyatini takomillashtirish.

1. Maktabni yapon va ingliz tillarida dare berishga ixtisoslashtirish.

2. Yosh arxeologlar maktabini tashkil qilish.

3. Fanlar akademiyasi va boshqa taʼlim muassasalaridan mutaxassislarni jalb qilgan holda doimiy ravishda turli mahorat darslarini tashkil kilish.

2020-yil

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

15.

Fanlar akademiyasining olimlari uchun buddizm yoʻnalishida ekspedidiyalar tashkil qilish.

1. Fanlar akademiyasining olimlari uchun Surxondaryo viloyatida buddizm yoʻnalishida ekspeditsiyalar tashkil qilish,

2. Ekspeditsiya yakunlari boʻyicha tayyorlangan maʼlumotlarni keng jamoatchilikka hamda buddizm yoʻnalishida yanada koʻproq turistlarni jalb qilish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga taqdim etish.

2020-yil

Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi

16.

Yosh olimlarga Surxondaryo viloyati boʻylab ekspeditsiya tashkillashtirish.

1. Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi turizm sohasini koʻllab-quvvatlash budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 100,0 mln.soʻm ajratish va yosh olimlarga Surxondaryo viloyati boʻylab ekspeditsiya tashkillashtirish.

2. Ekspeditsiya yakunlari boʻyicha tayyorlangan maʼlumotlarni keng jamoatchilikka yetkazish hamda turizm mahsuloti yaratishda keng foydalanish va targʻib qilish.

2020-yil

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

17.

NHK telekompaniyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasiga bagʻishlangan koʻrsatuv tayyorlash.

1. Yapon tomonining qiziqishi asosida, koʻrsatuvning konsepsiyasi va ssenariysini aniqlash, koʻrsatuv tayyorlash boʻyicha muzokaralar oʻtkazish

2. NHK kompaniyasi tasvirga olish guruhining Oʻzbekistonga tashrifi muddatlarini aniqlash.

3. NHK tasvirga olish guruhining Oʻzbekistonning turli shaharlariga tashrifini tashkil etish.

4. NHK telekanalida koʻrsatuv namoyishini tashkil etish.

Kelishuvga

asosan

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi

18.

Oʻzbekistonda yapon milliy choy marosimi namoyishini va uni oʻtkazish boʻyicha master-klasslar tashkil etish.

1. Tadbirning tashkiliy-texnik jihatlarini ishlab chiqish.

2. Tadbirni oʻtkazish.

2020-yil

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi

19.

Oʻzbekiston muzey va galereyalarida Yaponiya tarixi va madaniyatiga bagʻishlangan koʻrgazmalar tashkil etish.

1. Koʻrgazma konsepsiyasini ishlab chiqish.

2. Koʻrgazmalarni tashkil etish va oʻtkazish.

2020-yil

Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi

20.

Yaponiya madaniyati, taʼlimi va maktablari toʻgʻrisidagi yapon teleseriallarini olish boʻyicha koʻmaklashish.

Yaponiya telekanallarida oʻzbek milliy teleseriallarini namoyish etilishida koʻmaklashish.

1. Yaponiya madaniy-tarixiy va zamonaviy rivojlanishi, maktab taʼlimi, yosh avlodni tarbiyalashni koʻrsatib beruvchi milliy teleseriallar oʻzaro almashinuvi masalasini ishlab chiqish.

2. Yaponiya telekanallarida oʻzbek milliy teleseriallarini namoyish etilishida koʻmaklashish.

2020-2021

yillar

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi

21.

Termiz tumanidagi “Zurmala” yodgorliklarining infratuzilma holatini yaxshilash va tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklar yaratish.

1. Mazkur yodgorliklarga olib boruvchi taʼmirga muhtoj boʻlgan yoʻllarni oʻrganish va taʼmirlash.

2. Yodgorliklarga olib boruvchi yoʻl koʻrsatgich belgilarini oʻrnatish.

3. Sanitar-gigiyenik shoxobchalar tashkil etish.

4. Tungi yoritgich chiroqlarini tashkil etish.

5. Avtomobillarni vaqtincha turar joylarini barpo etish.

2020-yil

Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Transport vazirligi, Moliya vazirligi, Energetika vazirligi

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2020-y., 09/20/332/0693-son)