1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.32.00 (Кучини йукотган) Malaka oshirish. Qayta tayyorlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Agrosanoat majmui uchun zaxira kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-420-sonli “Qishloq xoʻjaligi hamda veterinariya va chorvachilik sohalari kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 19-avgustdagi PQ-4421-son qarori ijrosini taʼminlash hamda agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Toshkent davlat agrar universiteti huzurida davlat muassasasi shaklidagi “Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
agrosanoat majmuida zamonaviy texnika va texnologiyalar, shu jumladan, “aqlli qishloq xoʻjaligi”, raqamli innovatsion texnologiyalar va axborot tizimlarini qoʻllash orqali oʻz faoliyatini samarali tashkil eta oladigan rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish;
agrosanoat majmui rahbar va mutaxassis kadrlarining egallagan bilimlarini kasbiy faoliyatlarida samarali qoʻllay olishga, agrar sohada olib borilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlarning samaradorligini oshirishga, qishloq xoʻjaligi tarmoqlaridagi mavjud dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan taʼlim jarayonini tashkil etish;
xorijiy davlatlar ekspertlari hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha ilgʻor tajribaga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari mutaxassislarini jalb etgan holda agrosanoat majmui rahbar va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun davriy ravishda oʻquv-amaliy seminarlarni tashkil etish;
“Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari asosida yuqori tashkiliy va kasbiy darajada tashkil etish uchun zarur oʻquv-uslubiy va moddiy-texnik bazani yaratish;
agrosanoat majmui tizimidagi tashkilotlar, shu jumladan, agroklasterlar va xususiy korxonalar bilan hamkorlikda boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun malakaviy amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish;
taʼlim jarayonini zamonaviy usullarda sifatli tashkil etish va uning natijalari boʻyicha tizimli tahlil va monitoring yuritish, shuningdek, rahbarlik lavozimlarida ishlash uchun kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni talab etiladigan darajada taʼminlash maqsadida doimiy ravishda kasbiy koʻnikma va layoqatning rivojlanish dinamikasini baholab borish.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son — 2021-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi)
“Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
“Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga nomzodlarni tavsiya etish boʻyicha vazirlik va idoralar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki, “Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga qabul kvotalari mazkur qarorning 3-ilovasi bilan tasdiqlangan roʻyxatdagi vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
5. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
davlat ilmiy dasturlari doirasida bajarilayotgan loyihalar mablagʻlari;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27 avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
xalqaro moliya institutlarining grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. Belgilab qoʻyilsinki, Markazning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, asbob-uskunalar bilan jihozlash va axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari vositalari bilan taʼminlash Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
7. Toshkent davlat agrar universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
bir oy muddatda Markaz ustavi va tashkiliy tuzilmasini;
2020-yil 1-iyunga qadar agrosanoat majmui uchun zaxira kadrlarni tayyorlash boʻyicha “Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishining oʻquv rejalari va dasturlari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun koʻrgazmali mashgʻulotlar oʻtkazish maqsadida ikki oy muddatda ilgʻor qishloq xoʻjaligi korxonalari, agrofirmalar, agroklasterlar va qayta ishlash korxonalari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilishini taʼminlasin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son — 2021-yil 2-sentabrdan kuchga kiradi)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-martdagi 172-son qaroriga 2-ILOVA
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
“Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. “Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) “Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziga (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish kurslariga qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
tinglovchilar — agrosanoat majmui tarkibidagi vazirlik va idoralar tomonidan “Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga tavsiya etilib, tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar;
agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash — xalqaro tajribalar, standartlar va talablar asosida ishlab chiqilgan taʼlim dasturlariga muvofiq agrosanoat majmuining rahbar va mutaxassis kadrlarida zamonaviy bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish kursi;
agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarning malakasini oshirish — xalqaro tajribalar, standartlar va talablar asosida ishlab chiqilgan taʼlim dasturlariga muvofiq agrosanoat majmui rahbar va mutaxassis kadrlarining malaka va koʻnikmalarini muntazam ravishda yangilab borish orqali kasbiy mahoratining oʻsishini taʼminlashdan iborat oʻquv kursi;
tanlov komissiyasi — tanlov komissiyasi tarkibi agrosanoat majmui tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning tavsiyasi asosida universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi.
3. “Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim olayotgan tinglovchilarning oʻqish davrida asosiy ish joyi va oylik ish haqi miqdori saqlanadi.
2-bob. Agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish tartibi
4. Toshkent davlat agrar universiteti (keyingi oʻrinlarda Universitet deb ataladi) huzuridagi “Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga tinglovchilar oliy maʼlumotli hamda agrosanoat majmuining soha va tarmoqlarida kamida ikki yillik mehnat stajiga ega boʻlgan xodimlar tarkibidan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
5. Oʻquv dasturlarining davomiyligidan kelib chiqqan holda, “Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishida agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish Universitetning ilmiy kengashi qarori bilan belgilanadi va tegishli oʻquv yili uchun tinglovchilar Universitetning tanlov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Tanlov komissiyasining tarkibi va ish tartibi Universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi.
6. “Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish manfaatdor vazirlik va boshqa tashkilotlar (buyurtmachilar) bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
7. Manfaatdor vazirlik va boshqa tashkilotlarning tegishli yozma murojaatlari asosida “Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlari doirasida oʻqish uchun tavsiya etilgan nomzodlar Tanlov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
ish joyidan tavsifnoma;
3,5 x 4,5 hajmdagi fotosurat (6 dona);
mehnat daftarchasidan nusxa (elektron baza orqali);
pasport nusxasi (aslini koʻrsatgan holda).
8. “Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga nomzodlar Tanlov komissiyasi tomonidan suhbat oʻtkazish orqali tanlab olinadi. Bunda nomzodlarning mutaxassisligi boʻyicha nazariy va amaliy bilimi, boshqaruv koʻnikmalari, mantiqiy, tahliliy va kreativ fikrlashga ega ekanligiga, shuningdek, ularning yetakchilik sifatlariga alohida eʼtibor qaratiladi.
“Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga qabul qilish boʻyicha “Zamonaviy menejment, boshqaruv psixologiyasi va yetakchilik”, “Mutaxassislik” va “Amaliy ingliz tili” fanlaridan oʻtkaziladigan suhbat tartibi hamda ularning natijalarini baholash mezonlari Universitetning ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
9. “Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga nomzodlar bilan oʻtkaziladigan suhbat natijalari 100 balli tizim boʻyicha baholanadi. Bunda belgilangan maksimal ballning 55 foizidan yuqori natijaga ega boʻlgan nomzodlar tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi.
10. Tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar Tanlov komissiyasi tomonidan “Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining tinglovchilari safiga tavsiya qilinadi hamda Universitet rektorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
11. Markaz agrosanoat majmui rahbar va mutaxassis kadrlarining kasbiy bilim va qobiliyatlariga qoʻyilayotgan talablarni hisobga olgan holda, sayyor oʻquv-amaliy seminarlarni tashkil etadi;
tinglovchilarda ish faoliyatini rejalashtirish va ish rejalari (“yoʻl xarita”)ni sifatli bajarish boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirish uchun doimiy ravishda interfaol mashgʻulotlar va mahorat darslarini oʻtkazadi;
tinglovchilarda mahalliy boshqaruv va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda normativ-huquqiy hujjatlarni sifatli bajarish boʻyicha koʻnikmalarni shakllantiradi;
“Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish hamda davriy ravishda oʻquv-amaliy seminarlarni oʻtkazish jarayonida aniqlangan muammo va takliflar boʻyicha axborot-tahliliy materiallarni tayyorlaydi.
12. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-martdagi 172-son qaroriga 3-ILOVA
“ Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslariga nomzodlarni tavsiya etadigan vazirlik va idoralar
ROʻYXATI
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
3.
Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi
5.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
7.
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi
9.
“Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati
10.
“Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati
11.
“Oʻzagroeksport” aksiyadorlik jamiyati
12.
“Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati
13.
“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi
14.
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi
15.
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi
16.
“Parrandasanoat” uyushmasi
17.
“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi
18.
“Yongʻoq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi
19.
“Sitrus, subtropik va tropik oʻsimlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi
20.
“Kartoshka yetishtiruvchilar” uyushmasi
21.
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-dekabrdagi 653-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2020-y., 09/20/172/0342-son; 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son,27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son)