1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.05.00 Uy-joyni mulk qilib sotib olish boʻyicha bitimlar. Uy-joyni berish.]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga koʻp kvartirali uylardan xonadonlar ajratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila aʼzolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-avgustdagi PF-5785-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila aʼzolarining uy-joy sharoitini yaxshilash uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila aʼzolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-avgustdagi PF-5785-son Farmoniga asosan:
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020-yilda uy-joylar qurilishi boʻyicha davlat dasturlarining ijrosi doirasida koʻp kvartirali uylardan 3 462 ta xonadon ajratilishi;
2021-yil va keyingi yillarda uy-joylar qurish parametrlarini shakllantirishda ularga uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun koʻp kvartirali uylardan xonadonlar kiritilishi belgilanganligi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoniga muvofiq quyidagilar:
2-ilovaga asosan 2020-yil shaharlarda yangi tartibga muvofiq koʻp kvartirali uy-joylar qurish va subsidiyalar toʻlashning maqsadli moʻljallari;
7-ilovaga asosan 2020-yilda “Qishlok qurilish invest” IK” MCHJ ishtirokida qishloq joylarda koʻp kvartirali arzon uy-joylar qurishning asosiy parametrlari;
8-ilovaga asosan 2020-yilda “Oʻzshahar qurilish invest” IK” MCHJ ishtirokida shaharlarda koʻp kvartirali arzon uy-joylar qurishning asosiy parametrlari tasdiqlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga koʻp kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
a) maqsadli davlat dasturlari doirasida “Qishlok qurilish invest” IK” MCHJ hamda “Oʻzshahar qurilish invest” IK” MCHJ ishtirokida quriladigan uy-joylar boʻyicha:
mehnat migrantlariga uy-joylar harid qilish uchun ipoteka kreditlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi PF-5715-son Farmoni shartlariga muvofiq ajratiladi;
mehnat migrantlari tomonidan uy-joylar xarid qilinishida boshlangʻich badal miqdorini aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 18-iyuldagi PQ-3863-son qarori asosida belgilangan shartlar tatbiq etiladi;
tuman (shahar)larda koʻp qavatli uylar qurilishi belgilanmagan boʻlsa yoki ajratilgan uy-joylar sonidan kam talabgorlar mavjud boʻlsa, talabgorlar koʻp boʻlgan tuman (shahar)larga belgilangan taqsimotga, istisno tariqasida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli qarori bilan oʻzgartirish kiritiladi;
b) bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi doirasida mehnat migrantlari tomonidan uy-joylar xarid qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoniga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda har yili 1-iyunga qadar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga talab etiladigan uy-joylarning roʻyxatini shakllantirib, uy-joylar qurilishi boʻyicha kelgusi yilga moʻljallangan davlat dasturlariga belgilangan tartibda kiritish uchun Iqtisodiyot taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etib borsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlarining uy-joy bilan taʼminlanishini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 29-yanvar,
39-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-yanvardagi 39-son qaroriga ILOVA
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga koʻp kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.05.00 Uy-joyni mulk qilib sotib olish boʻyicha bitimlar. Uy-joyni berish.]
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ hamda “Oʻzshahar qurilish invest” IK” MCHJ ishtirokida maqsadli davlat dasturlari doirasida (keyingi oʻrinlarda dasturlar deb ataladi) qurilgan koʻp kvartirali uylardan xonadonlar ajratish, shu jumladan ipoteka kreditlari olish huquqiga ega talabgorlarni saralab olish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — “labor migration” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan, ariza bergan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migranti yoki uning nomidan oila aʼzoci;
yozma tavsiya — uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida dasturlarda ishtirok etish uchun ariza beruvchiga talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya tomonidan beriladigan yozma tavsiya;
ijtimoiy mezonlar — talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya tomonidan talabgorlarni tanlash va dasturlarda ishtirok etishda ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilash uchun foydalaniladigan ariza beruvchilarning ijtimoiy va uy-joy sharoitlarining asosiy koʻrsatkichlari;
injiniring kompaniyasi — dasturlar doirasida arzon uy-joy qurish uchun uy quruvchi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha buyurtmachi funksiyasini bajaruvchi “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ hamda “Oʻzshahar qurilish invest” IK” MCHJ;
ishtirok etuvchi tijorat banklari — dasturlar doirasida uy-joylar qurishni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari;
roʻyxat — uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida dasturlarda ishtirok etish uchun ariza beruvchilar orasidan talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya tomonidan tasdiqlangan uy-joyga muhtoj talabgorlar roʻyxati;
talabgor — uy-joy berish uchun talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyaning roʻyxatiga kiritilgan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migranti yoki uning nomidan oila aʼzosi;
uy-joylar — dasturlar ijrosi doirasida qoʻshimcha muhandislik va ijtimoiy infratuzilma bilan birgalikda kompleks holda qurilgan koʻp qavatli uylarning xonadonlari;
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari — uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va konsullik muassasalari hamda vakolatxonalarida ishlovchi shaxslar bundan mustasno.
3. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun dasturlar doirasida qurilayotgan arzon uy-joylar imtiyozli ipoteka krediti asosida har yili tuman (shahar)lardan belgilangan tartibda ajratiladi.
4. Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyaning yozma tavsiyalari asosida ariza beruvchilarga dasturlar ijrosi doirasida uy-joy ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha ajratiladi.
2-bob. Uy-joy berish uchun arizalarni qabul qilish, talabgorlarni tanlab olish va ularga yozma tavsiyalar berish
5. Ariza beruvchi talabgor sifatida yozma tavsiyani olish uchun talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya raisiga doimiy yashash joyi boʻyicha ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq shaklda hujjatlar va soʻrovnoma-arizani (keyingi oʻrinlarda ariza deb ataladi) taqdim etadi.
6. Ariza beruvchi talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyaga taqdim etiladigan hujjatlarning ishonchliligi uchun javobgar boʻladi.
7. Ariza talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya raisining qarori bilan tayinlanadigan vakolatli shaxs tomonidan roʻyxat asosida qabul qilinadi, qabul qilingan arizaning nusxasiga qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga tilxat bilan topshiriladi.
8. Arizalar hisobi ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq alohida roʻyxatdan oʻtkazish jurnalida (keyingi oʻrinlarda jurnal deb ataladi) yuritiladi. Jurnal raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyaning vakolatli shaxsi tomonidan muhrlangan boʻlishi kerak.
Har bir arizaga jurnalda takrorlanmaydigan roʻyxatdan oʻtkazish raqami beriladi. Arizalar jurnalga ketma-ketlikda, ularning olinishiga qarab kiritilishi talab etiladi.
Arizani dastlab jurnalda roʻyxatdan oʻtkazmasdan koʻrib chiqish taqiqlanadi. Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya arizalarni jurnalda qayd etilgan ketma-ketlikka (navbatga) qatʼiy rioya qilgan holda koʻrib chiqishi shart.
9. Ariza ariza beruvchilarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari toifasi ekanligini aniqlash maqsadida talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya tomonidan ushbu Nizom talablariga muvofiqligi yuzasidan dasturlarda ishtirok etish uchun ariza taqdim etilishining oxirgi sanasi tugagan kundan boshlab 15 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Dasturlarda ishtirok etish uchun ariza taqdim etilishining oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim qilingan arizalar qabul qilinmaydi.
10. Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya tomonidan arizani koʻrib chiqishda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari quyidagi ijtimoiy mezonlar asosida aniqlanadi:
a) ariza beruvchida mulk huquqi asosida turar joyning yoʻqligi, turar joyda ijara shartlarida yashashi yoki mulk huquqi asosida turar joyining yashash uchun yaroqsizligi;
b) boshqa oila (oilalar) bilan bir uyda (bir xonadonda) yashashi;
(10-banding “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 830-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/830/1696-son)
g) ariza beruvchi oilasining daromadi;
d) ijtimoiy xususiyatiga koʻra, oilasida alohida xonada yashashi kerak boʻlgan (sil, teri-tanosil kasalliklarining ogʻir koʻrinishi, qandli diabetning yiringli yalligʻlanishi, psoriaz) bemor (eri, xotini, farzandlari, ota-onasi) (tuman (shahar) tibbiyot birlashmasining xulosasi asosida) mavjudligi;
e) ariza beruvchining oila aʼzolari (eri, xotini, farzandlari, ota-onasi) orasida birinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning mavjudligi;
j) ariza beruvchi uy-joy maydonining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan (bir shaxs uchun umumiy uy-joy maydoni 16 kv metrdan kam boʻlmagan, kursi-kolyaskadagi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun 23 kv metrdan kam boʻlmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi;
(10-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
z) yolgʻiz oʻzi ikki va undan ortiq voyaga yetmagan farzandlarni tarbiyalayotgan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari.
11. Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya belgilangan muddat ichida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini aniqlashda, ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq uning ijtimoiy ustuvorligini belgilaydi.
Bunda ariza beruvchilarning uy-joyga muhtojligi darajasi talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya tomonidan qoʻyiladigan ballardan kelib chiqib aniqlanadi va yozma tavsiya, birinchi navbatda, eng yuqori ball toʻplagan ariza beruvchilarga beriladi.
Ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini oʻrganish va ijtimoiy ustuvorligini belgilash yakunlari boʻyicha ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga boʻlgan ehtiyoj amalda mavjudligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisida tekshirish dalolatnomasi ijtimoiy ustuvorlikni belgilash yakunlari boʻyicha olingan ballarni koʻrsatgan holda, talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya tomonidan ushbu Nizomga 6-ilovada belgilangan shaklda tuziladi. Tekshirish dalolatnomasi ikki nusxada tuziladi va uning bir nusxasi imzo qoʻydirilgan holda ariza beruvchiga beriladi.
12. Arizani koʻrib chiqish va uy-joy sharoitlarini oʻrganish natijasida talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya yozma tavsiya berish yoki yozma tavsiya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Agar yozma tavsiya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, ariza koʻrib chiqilgandan soʻng bir ish kuni mobaynida ariza beruvchiga ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda yozma tavsiya beriladi.
Agar yozma tavsiya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, yozma tavsiya berishni rad etishning aniq sabablari va ariza beruvchi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda, ariza beruvchiga bir ish kuni mobaynida yozma shaklda xabarnoma yuboriladi (topshiriladi).
Bunda ariza beruvchi yozma tavsiya berish rad etilishining sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat yozma tavsiya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
13. Yozma tavsiya talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya tomonidan ariza beruvchiga ikki nusxada beriladi.
Bir nusxasi talabgor tomonidan uning dastlabki shartnomani tuzish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish uchun injiniring kompaniyasi filialiga taqdim etiladi. Ikkinchi nusxa esa talabgor tomonidan doimiy yashash joyi boʻyicha ishtirok etuvchi tijorat bankining tegishli filialiga ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadi.
14. Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya yozma tavsiyaning toʻgʻriligi va oʻz vaqtida berilishi, shuningdek, uni berishning asossiz ravishda rad etilishi uchun javob beradi.
15. Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya tomonidan ariza beruvchiga yozma tavsiya berish quyidagi hollarda rad etiladi:
a) ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning toʻliq boʻlmagan holda taqdim etilishi;
b) hujjatlarning dasturlarda ishtirok etish uchun ariza va hujjatlar taqdim etilishining oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilishi;
v) taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
g) ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini, shu jumladan uning ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi yuzasidan oʻrganish yakunlari boʻyicha tuzilgan tekshirish dalolatnomasida ariza beruvchida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoj yoʻqligi holatining asosli koʻrsatilishi.
Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar boʻyicha yozma tavsiya berish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
16. Yozma tavsiya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi yozma xabarnomada koʻrsatilgan muddat tamom boʻlgandan keyin ariza beruvchi tomonidan berilgan ariza koʻrib chiqilmaydi.
17. Yozma tavsiya berish rad etilgan ariza beruvchilar ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq oʻz arizalari bilan keyingi yilda murojaat qilishga haqlidir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
3-bob. Talabgorlarning arizalarini koʻrib chiqish va ularga ipoteka krediti berish
18. Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyalar dasturlarda ishtirok etish uchun yozma tavsiya berilgan talabgorlar roʻyxatini har bir tuman (shahar)da har yili amalga oshirilayotgan dasturlar doirasida shakllantiradi va komissiyaning bayonnomasi bilan tasdiqlab, ikki ish kuni ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, injiniring kompaniyasi filiali va ishtirok etuvchi tijorat banklariga yuboradi. Roʻyxatda talabgorlarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili, shaxsiga oid maʼlumotlar, oila aʼzolari soni va beriladigan uy-joylar aniq koʻrsatiladi.
19. Yozma tavsiya berilgan talabgorlar dastlabki shartnomalarni tuzish uchun injiniring kompaniyasi filialiga murojaat qiladi.
20. Injiniring kompaniyasi filiali dasturlar doirasida uy-joylar qurish boʻyicha talabgorlarning murojaatlari asosida belgilangan tartibda ular bilan dastlabki shartnomalarni tuzadi.
21. Injiniring kompaniyasi filiali bilan dastlabki shartnomalarni tuzgan talabgorlar ishtirok etuvchi tijorat bankining tegishli filialiga ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi.
22. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun ipoteka kreditlarini ajratish boʻyicha:
a) 2020-yil dasturlari ijrosi doirasida:
ipoteka kreditlari boʻyicha imtiyozli davr 1 yil etib belgilanadi;
ipoteka kreditidan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasini qatʼiy belgilangan 7 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir meʼyorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi;
ipoteka kreditlari foizlarini annuitet toʻlovlari formulasi boʻyicha hisoblash tartibi tatbiq etiladi (oylik toʻlov asosiy qarz qoldigʻiga hisoblangan foizlar boʻyicha toʻliq toʻlovni hamda kreditning bir qismini oʻz ichiga oladi, bu shunday hisoblashni nazarda tutadiki, har oylik barcha toʻlovlar kredit toʻlashning butun davrida bir xil boʻladi);
b) 2021-yil va keyingi yillar dasturlari ijrosi doirasida ipoteka kreditlari ushbu dasturlarni amalga oshirish boʻyicha nazarda tutiladigan shartlar asosida ajratiladi.
23. Ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) yozma tavsiya;
b) kredit olishning maqsadi, taʼminlanganligi, kredit muddati va summasi koʻrsatilgan holda ipoteka krediti olishga buyurtmanoma;
v) talabgor (birgalikda qarz oluvchi) ning pasporti nusxasi;
g) dastlabki badal jamgʻarma omonat hisobraqamiga joylashtirilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
d) injiniring kompaniyasi filiali bilan tuzilgan dastlabki shartnomaning nusxasi.
24. Ishtirok etuvchi tijorat bankining filiallari talabgorlarning ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi arizalarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi.
25. Talabgorlarni tanlashda ishtirok etuvchi tijorat bankining filiali talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya tomonidan belgilangan ijtimoiy ustuvorlikni va yozma tavsiyani eʼtiborga olgan holda talabgorlarning kreditga layoqatini baholaydi.
26. Talabgorlarning kreditga layoqatini baholash natijalari asosida ishtirok etuvchi tijorat bankining filiali bankning unga ipoteka krediti berishni maʼqullashi yoki rad etishi toʻgʻrisidagi qarori haqida talabgorga yozma ravishda xabar qiladi.
Ipoteka krediti berish rad etilgan talabgorlar keyingi yilda talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya tomonidan yozma tavsiya olganidan soʻng belgilangan tartibda ipoteka krediti berish toʻgʻrisida ariza berishga haqlidir.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
27. Arizani koʻrib chiqish jarayonida kelib chiqadigan nizolar belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga koʻp kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.05.00 Uy-joyni mulk qilib sotib olish boʻyicha bitimlar. Uy-joyni berish.]
Tegishli tuman (shahar) hokimligi huzuridagi talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyaning yozma tavsiyalari asosida ariza beruvchilarga dasturlar ijrosi doirasida uy-joy ajratish
SXEMASI
bosqichlar
Subyektlar
tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Yozma tavsiyani olish uchun doimiy yashash joyi boʻyicha talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyaga ariza beruvchining belgilangan ijtimoy mezonlarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlarni ilova qilgan holda soʻrovnoma-ariza beradi.
Byelgilangan
qabul kunlarida
2-bosqich
Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya
Ariza beruvchining doimiy yashash joyi boʻyicha arizani belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqadi. Arizani koʻrib chiqish va uy-joy sharoitlarini oʻraganish natijalari boʻyicha ariza beruvchiga yozma tavsiyani beradi yoki berishni rad etadi. Bunda:
yozma tavsiya berilganda — yozma tavsiya ikki nusxada, yaʼni bir nusxasi dastlabki shartnomani tuzish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun injiniring kompaniyasi filialiga taqdim etish uchun, ikkinchi nusxasi yashash joyi boʻyicha ishtirok etuvchi tijorat bankining tegishli filialiga ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilish uchun beriladi;
yozma tavsiyani berish rad etilganda — rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda yozma tavsiya berish rad etilganligi haqida xabardor qilinadi.
15 ish kuni
ichida
1 ish kuni
ichida
1 ish kuni
ichida
3-bosqich
Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya
Dasturda ishtirok etish uchun yozma tavsiya berilgan talabgorlar roʻyxatini shakllantiradi va komissiyaning bayonnomasi bilan tasdiqlab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, injiniring kompaniyasi filiali hamda ishtirok etuvchi tijorat banklariga yuboradi.
tasdiqlangan roʻyxatni
2 ish kuni ichida
yuboradi
4-bosqich
Injiniring kompaniyasi filiali
Injiniring kompaniyasi filiali dasturlar doirasida uy-joylar qurish boʻyicha talabgorlarning arizalarini qabul qiladi va koʻrib chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan talablar va muddatlar asosida ular bilan dastlabki shartnomalarni tuzadi.
belgilangan
muddatlarda
5-bosqich
Ishtirok etuvchi
tijorat banki
Ishtirok etuvchi tijorat bankining filiallari injiniring kompaniyasi filiali bilan dastlabki shartnomani tuzgan talabgorlarning ipoteka krediti berish toʻgʻrisidagi arizalarini (tegishli tuman (shahar) hokimligi huzuridagi talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyaning yozma tavsiyasi ilova qilinadi)belgilangan tartibda koʻrib chiqadi.
ariza berilgan kundan boshlab 15 bank kunidan ortiq boʻlmagan muddatda
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga koʻp kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning roʻyxati _______-son (arizani roʻyxatga olish raqami koʻrsatiladi)
T/r
Hujjat turi
Ijtimoiy mezonlar uchun
Bor
Yoʻq
1.
Ariza
barcha mezonlar
□
□
2.
Shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi
barcha mezonlar
□
□
3.
Mehnat migranti “labor-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi yoki uning filiallari tomonidan beriladi)
barcha mezonlar
4.
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami nusxasi (STIR)
barcha mezonlar
□
□
5.
Oila aʼzolarining pasportlari va nikoh qayd etilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (toʻliq oila va nikoh hamda voyaga yetgan farzandlar mavjud boʻlgan taqdirda) va/yoki farzandlar tugʻilganligi haqidagi guvohnomalar (voyaga yetmagan farzandlar mavjud boʻlgan taqdirda) nusxalari
barcha mezonlar
□
□
6.
Uy-joy sharoitini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migranti tomonidan oxirgi 3 oy davomida uning oila aʼzolari nomiga yuborilgan pul oʻtkazmalari miqdori toʻgʻrisida maʼlumotnoma (bunga xorijiy davlatdan valyuta kirib kelganligini tasdiqlovchi hujjat — deklaratsiya, xalqaro pul oʻtkazmalari orqali kelgan mablagʻning bank tomonidan berilgan tasdiqlovchi hujjatlar asos boʻladi)
barcha mezonlar
□
□
7.
Yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan turar joydan kadastr hujjatining nusxasi (agar turar joyi yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan turar joyi bilan toʻgʻri kelsa)
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga koʻp kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibi toʻgʻrisida nizomning (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) 10-bandi “a” va “j” kichik bandlarida koʻrsatilgan mezonlar
□
□
8.
Yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyidan uy daftarining yoki kvartiralar boʻyicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi (agar turar joyi doimiy propiska joyi bilan toʻgʻri kelsa)
barcha mezonlar
□
□
9.
Ijara yoki turar joydan tekinga foydalanish toʻgʻrisidagi shartnoma yoki tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi maʼlumotnomasining nusxasi (ariza beruvchining mulk huquqi asosida turar joyi boʻlmagan holatda)
Turar joyi boʻyicha tuman davolash-profilaktika muassasasining vrachlik-maslahat komissiyasi (VMK) maʼlumotnomasi yoki ariza beruvchining oila aʼzolari orasida surunkali kasallikning ogʻir turlariga chalingan va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj boʻlgan shaxsning mavjudligi toʻgʻrisida tuman (tumanlararo) TMEK maʼlumotnomasi
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga koʻp kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
9. Quyidagi shaxslar Sizning oilangizda yashaydimi? Agar yashasa, sonini koʻrsating:
1. Birinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxs — |__________ kishi
2. Surunkali kasalliklarning ogʻir turlariga chalinganlar — _____________ kishi
3. Ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan farzandlar — ____ kishi
10. Hozirgi vaqtda oilaning bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan turar joy maydoni: ____________ kv.m.
11. Sizning hozirgi turar-joyingizning huquqiy maqomi:
_______mulk _______ijara _______tekin foydalanish
12. Qaysi turdagi arzon uy-joydan olmoqchisiz? ____________________
13. Sizning bogʻlanish uchun maʼlumotlaringiz?
uy tel:_________________ ish tel:_________________ uyali tel:________________ el.pochta_______________
Men qishloqda/shaharda arzon uy-joylar qurish boʻyicha maqsadli davlat dasturlari doirasida uy-joy olishdan manfaatdorligimni bildiraman va yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqiqiyligini tasdiqlayman. Pasport va ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari ilova qilinadi.
_____________________
(imzo)
__________
(kun)
__________
(oy)
__________ (yil)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga koʻp kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolaridan arizalarni roʻyxatga olish
JURNALI
Boshlanishi: 20___ yil ____________
Roʻyxatga olish raqami
Ariza qabul qilingan sana
Ariza beruvchi —
F.I.O.
Ariza beruvchining manzili
Bogʻlanish uchun maʼlumotlar
Ijtimoiy mezonlar
Haqiqatda toʻplangan ballar
Yozma tavsiyani berish yoki berishni rad etish tartib raqami
Yozma tavsiyani berish yoki berishni rad etish sanasi
Vakolatli shaxsning imzosi
Ariza beruvchining imzosi (yoki pochta xabarnomasining raqami va sanasi)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga koʻp kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlarining ijtimoiy ustuvorligini belgilashning
Ariza beruvchi oilasining bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan jami har oylik daromad (bazaviy hisoblash miqdori — BHM)
Ish joyidan maʼlumotnoma va/yoki soliq deklaratsiyasi
BHMning 1,5 baravaridan kam
10
BHMning 1,5dan 2,5 baravarigacha
5
BHMning 2,5dan 3 baravarigacha
3
BHMning 3 baravaridan koʻp
0
2.
Ariza beruvchi yashayotgan uy xoʻjaligida bir kishiga toʻgʻri keladigan turar joyning umumiy maydoni
Kadastr ishining nusxasi va tegishli tuman (shahar) hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyaning dalolatnoma asosidagi tekshiruv natijalari
16 kv.metrdan kam
10
16 — 20 kv. metr
6
20 kv.metrdan koʻp
2
3.
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan, oilada yolgʻiz oʻzi voyaga yetmagan farzandlarni tarbiya qilayotgan erkak yoki ayol
10
Pasport va qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishli tuman (shahar) hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya baholashi
4.
Oilada quyidagi shaxslar mavjudligi:
Pasport va qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishli tuman (shahar) hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya baholashi
birinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxs
10
surunkali kasallikning ogʻir turlariga chalinganlar
10
ogʻir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan farzandlar
10
5.
Ariza beruvchi yolgʻiz boquvchiga ega oila vakili yoki oila boshi — erkak yoki ayol
10
Pasport va qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishli tuman (shahar) hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya baholashi
6.
Hozirgi turar joy maqomi:
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishli tuman (shahar) hokimligi huzuridagi Talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya baholashi
ijara
10
egasining ruxsati bilan tekin turar joy
6
toʻliq oʻz mulkida
2
Eng yuqori ball
80
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga koʻp kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
______________________ (daha, massiv) ______________________ koʻchasi, __________ -uy, ______________-korpus, ____________ kvartirada yashayotgan fuqaro _________________________________________________________________
(F.I.O.)
turar joy sharoitlarini tekshiruvdan oʻtkazdi va quyidagilarni aniqladi:
1. ________________________________________________________________________________uyda egallab turilgan turar joyning _________________ umumiy maydoni _________________ kv.m yashash maydoni ________________ kv.m ________________ xonalardan iborat.
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga koʻp kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
“Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ (yoki “Oʻzshahar qurilish invest” IK” MCHJ) va ishtirok etuvchi tijorat bankining filiallariga taqdim etish uchun uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyoji mavjudligi toʻgʻrisida ________________ tuman (shahar) hokimligi huzuridagi talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiyaning YOZMA TAVSIYASI
№ _____________
Maqsadli davlat dastur doirasida arzon uy-joy qurish uchun “Qishloq qurilish invest” IK” MCHJ (yoki “Oʻzshahar qurilish invest” IK” MCHJ) bilan dastlabki shartnomani tuzish va ishtirok etuvchi tijorat bankining tegishli filialida ipoteka krediti olish uchun _____________________________________________________________
(doimiy yashash joyining manzili koʻrsatiladi)
manzilida doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi (talabgor) ___________________________________ ____________________________________________________________________________________________ga berildi.
(F.I.O.)
Ushbu tavsiya ___________________ tuman (shahar) hokimligi huzuridagi talabgorlarni tanlash boʻyicha komissiya tomonidan tuzilgan 20___ yil “____”______________ dagi _____-son Ariza beruvchining uy-joy sharoitlarini tekshirish dalolatnomasiga muvofiq berildi.
quyidagi ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi inobatga olingan: 1) ____________________________________________________________________________________________________; 2) ____________________________________________________________________________________________________; 3) ____________________________________________________________________________________________________.
(Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga koʻp kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandida nazarda tutilgan ijtimoiy mezonlar koʻrsatiladi)
Ushbu yozma tavsiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila aʼzolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-avgustdagi PF-5785-son Farmoni va Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga koʻp kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq berildi.
Komissiya raisi
_________________________
___________________________________
(imzo/muhr)
(F.I.O.)
Komissiya kotibi
_________________________
___________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
20___ yil “____” ______________
(berilgan sana)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2020-y., 09/20/39/0090-son, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son, 31.12.2020-y., 09/20/830/1696-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)