1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.02 Paxtachilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini joriy etish mexanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini joriy qilish, paxta xomashyosini qayta ishlash hamda toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlarining integratsiyalashuvini yanada kengaytirish, shuningdek, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlar faoliyatining ijobiy natijalarini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, toʻqimachilik sanoati tashkilotlari hamda paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlarini tashkil etuvchi tashabbuskorlarning (keyingi oʻrinlarda paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilari deb ataladi):
respublika hududlarida 2020-yil paxta hosilidan boshlab 1-ilovada keltirilgan roʻyxatga muvofiq paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlarini tashkil etish hamda ekin maydonlarini kengaytirish;
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga belgilangan tartibda 2-ilovada keltirilgan roʻyxatga muvofiq paxta tozalash korxonalari hamda paxta tayyorlash punktlarining bino va inshootlarini baholash qiymatini 5 yil muddatda boʻlib toʻlash sharti bilan sotish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq tashkil etilayotgan hamda ekin maydonlari kengaytirilayotgan paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga belgilangan tartibda sugʻoriladigan yer maydonlari ajratilishini taʼminlasin.
3. “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
paxta tozalash korxonalari hamda paxta tayyorlash punktlarining bino va inshootlarini toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga sotish masalasi jamiyatning boshqaruv organi majlislarida koʻrib chiqilishini va boshqaruv organi xulosasiga koʻra paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilari bilan tegishli shartnomalar tuzilishini;
paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga sotiladigan paxta tozalash korxonalari hamda paxta tayyorlash punktlarining bino va inshootlari xatlovdan oʻtkazilishi va baholanishini taʼminlasin.
a) paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilarining paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun kreditlar agrotexnika tadbirlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda ajratiladi;
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi PF-6179-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2021-y., 06/21/6179/0165-son)
b) kuzgi agrotexnika tadbirlariga (shudgorlash, yer tayyorlash va shoʻr yuvish) sarflanadigan xarajatlar Jamgʻarma tomonidan tijorat banklariga ajratiladigan kreditlar hisobidan amalga oshiriladi;
v) paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga:
Vazirlar Mahkamasining “Paxta va toʻqimachilik ishlab chiqarishni tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qarorining 2, 4 — 8, 10 va 13-bandlari;
“Paxta va toʻqimachilik sanoatini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-sentabrdagi 744-son qarorining 4, 9 va 11-bandlari;
“Paxta va toʻqimachilik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-martdagi 230-son qarorining 2 va 3-bandlari talablari tatbiq etiladi;
g) paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga Vazirlar Mahkamasining “Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalardan foydalanishni tartibga solish tartibini yanada takomillashtirish, shuningdek, ulardan foydalanish sohasida ruxsatnomalar berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi 43-son qaroriga muvofiq belgilangan tartibda oʻziga qarashli yer maydonlarida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishga xalaqit berayotgan daraxtlar va butalarni kesib olib tashlashga ruxsat beriladi, oʻrmon xoʻjaligining plantatsiyalari va sugʻoriladigan yerlarda shamol eroziyasidan himoya qilish uchun ekilgan daraxtlar va butalar bundan mustasno.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Davlat statistika qoʻmitasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda ikki oy muddatda 2019-yil paxta hosili xomashyosini qayta ishlash davridan boshlab sinov tariqasida, 2020-yil hosilidan boshlab barcha paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasi hajmlarini majburiy tartibda hisobga olish va monitoringini yuritishning avtomatlashtirilgan yagona davlat tizimi dasturini ishlab chiqsin hamda tizimni paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilariga belgilangan tartibda joriy etsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilari tomonidan sotib olinadigan paxta tozalash korxonalarining soliq qarzdorliklarini ikki oy muddatda xatlovdan oʻtkazsin hamda oldi-sotdi shartnomasi va toʻlov jadvaliga muvofiq soliq qarzdorligini kechiktirib toʻlash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan taklif kiritsin.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda barcha paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilari tomonidan 2023-yil 1-yanvarga qadar respublikada yetishtirilgan paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotgacha boʻlgan jarayonni, shuningdek, mahalliy korxonalar bilan ichki tarmoq kooperatsiyasini toʻliq yoʻlga qoʻyishni nazarda tutuvchi investitsiya shartnomalarining imzolanishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
9. “Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.U. Xaydarov va “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi A.I. Maksudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-noyabr,
914-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 914-son qaroriga 1-ILOVA
2020-yil paxta hosilidan boshlab respublika mintaqalarida yangidan tashkil etiladigan va ekin maydonlari kengaytiriladigan paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari
ROʻYXATI
T/r
Hudud va tumanlar nomi
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari
* Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlarning yakuniy yer maydonlari joylashuvi tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridan kelib chiqqan holda oʻzgarishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 914-son qaroriga 2-ILOVA
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilari va ularga sotiladigan paxta tozalash korxonalari hamda paxta tayyorlash punktlari bino va inshootlari
Jizzax viloyatining Mirzachoʻl va Arnasoy tumanlari
“Textile Technologies Group” MChJXK
“Arnasoy paxta tozalash” AJ barcha paxta tayyorlash punktlari bilan
8.
Jizzax viloyati Doʻstlik tumani
“Sangzor-textile” MChJ
“Doʻstlik paxta tozalash” AJ
barcha paxta tayyorlash punktlari bilan
9.
Qashqadaryo viloyatining Koson, Mirishkor va Chiroqchi tumanlari
“LT Textile International” XK
(“Litai Textile Overseas” XK)
“Chiroqchipaxtatozalash” AJbarchapaxtatayyorlashpunktlaribilan, “Kosonpaxtatozalash” AJ “Poʻlati” “Etakovul” va “O. Roʻziqulov” paxtatayyorlashpunktlaribilan, “Jeynovpaxtatozalash” AJ “R. Gʻoyibov”, “Xamza”, “Maxtumquli” va “Pomuk” paxtatayyorlashpunktlaribilan
10.
Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumani
“Kitob ip yigiruv” MChJ
“Qamashi paxta tozalash” AJning “Gʻuzor markaz” va “Pachkamar” paxta tayyorlash punktlari
“Xazorasp paxta tozalash” AJ “Korxona qoshi paxta tayyorlash punkti” bilan
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-dekabrdagi 747-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 09/21/747/1145-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 914-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 19-sentabrdagi 744-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 1-ilova “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotchilari” ustuni 26-qator va 2-ilova “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotchilari” ustuni 25-qator “Namangan Toʼqimachi” MChJ” soʻzlari “Namangan Toʼqimachi Cluster” MChJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning “Paxta tozalash zavodi va paxta tayyorlov maskanlari ustunida:
1-qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Amudaryo paxta tozalash” AJ va barcha paxta tayyorlash punktlari”;
18-qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Doʻstlik paxta tozalash” AJ va barcha paxta tayyorlash punktlari”;
21-qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yakkabogʻ paxta tozalash” AJ va barcha paxta tayyorlash punktlari”;
36-qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Shoʻrchi paxta tozalash” AJ va barcha paxta tayyorlash punktlari”;
42-qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sayxunobod paxta tozalash” AJ va barcha paxta tayyorlash punktlari”;
54-qator quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xonqa paxta tozalash” AJ va barcha paxta tayyorlash punktlari (Urganch paxta tayyorlash punktidan tashqari)”;
v) 2-ilovaga quyidagi tahrirdagi 421-qatorga qoʻshilsin:
“
421.
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani
“Boyovut tehno Cluster” MChJ
“Boyovut paxta tozalash” AJ va barcha paxta tayyorlash punktlari
”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qarorida:
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “majburiy tartibda” soʻzlari “ixtiyoriy ravishda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovadan 3- va 4- pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2019-y., 09/19/914/4032-son; 27.02.2021-y., 06/21/6179/0165-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 09/21/747/1145-son)