1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Chet el investitsiyalari. Konsessiya shartnomalari. Xorijdan mablagʻ jalb qilish. Erkin iqtisodiy zonalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
2019 — 2021-yillarda “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi hududida muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Namangan” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 20-avgustdagi PF-5517-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan “Namangan” erkin iqtisodiy zonasiga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yuqori texnologiyali zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkonini beradigan ishonchli muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
1. 2019 — 2021-yillarda “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi hududida muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirish maqsadida quyidagilar:
2019 — 2021-yillarda “Namangan” erkin iqtisodiy zonasini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlashning yigʻma dasturi 1-ilovaga muvofiq;
“Namangan” erkin iqtisodiy zonasi uchun elektr taʼminoti tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
“Namangan” erkin iqtisodiy zonasi uchun gaz taʼminoti tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturi 3-ilovaga muvofiq;
“Namangan” erkin iqtisodiy zonasi uchun telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Namangan viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda “Namangan” erkin iqtisodiy zonasiga olib boruvchi avtomobil yoʻllarini va ichki koʻchalarini qurish va taʼmirlash ishlari loyiha-smeta hujjatlarini 2019-yilda ishlab chiqsin va 2020-2021-yillarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirsin.
Bunda, umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va ichki koʻchalarni moliyalashtirish mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobiga amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
3. “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi uchun ichimlik suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini qurish tadbirlarining loyiha-smeta hujjatlari 2019-yilda ishlab chiqilsin va qurilish-montaj ishlari 2020-2021-yillarda amalga oshirilsin.
Ushbu ishlarni amalga oshirish doirasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining “Suv taʼminotiva kanalizatsiya obyektlarini qurish boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK — buyurtmachi;
“Oʻzbekkommunalloyihaqurilish” DUK — bosh loyihachi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish jamgʻarmasi — moliyalashtirish manbai etib belgilansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda har yili kelgusi yillar uchun Investitsiya dasturini shakllantirishda belgilangan tartibda, zarurat boʻlsa, “Namangan” erkin iqtisodiy zonasining muhandislik-kommunikatsiya, yoʻl-transport va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar kiritilishini nazarda tutsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Energetika vazirligi, “Oʻztransgaz” AJ, Namangan viloyati hokimligi va boshqa muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlar rahbarlari zimmasiga ushbu qarorga ilovalardagi tadbirlarning toʻliq hajmda va oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda ushbu qarorga ilovalardagi tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin va monitoring natijalari toʻgʻrisida har chorak yakuniga koʻra Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-avgust,
670-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 670-son qaroriga 1-ILOVA
2019 — 2021-yillarda “Namangan” erkin iqtisodiy zonasini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlashning yigʻma dasturi
* Infratuzilma obyektlarining quvvati va xarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan ekspertizadan oʻtkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 670-son qaroriga 2-ILOVA
“Namangan” erkin iqtisodiy zonasi uchun elektr taʼminoti tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturi
Tashqi elektr taʼminoti uchun 1 komplekt 110/10 kVli quvvati 2x10,0 mVA boʻlgan podstansiya qurish
komp-t
mVA
1
2x10,0
6700,0
6700,0
Mahalliy budjet mablagʻlari
“Zarafshon” massivi
6700,0
6700,0
2.
Tashqi elektr taʼminoti uchun1 komplekt 110/10 kVli quvvati 2x10,0 mVA boʻlgan podstansiya qurish
komp-t
mVA
1
2x10,0
6700,0
6700,0
Mahalliy budjet mablagʻlari
“Ibrat” massivi
6700,0
6700,0
3.
Tashqi elektr taʼminoti uchun 1 komplekt 110/10 kVli quvvati 2x10,0 mVA boʻlgan podstansiya qurish
komp-t
mVA
1
2x10,0
6700,0
6700,0
Mahalliy budjet mablagʻlari
* Infratuzilma obyektlarining quvvati va xarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan ekspertizadan oʻtkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 670-son qaroriga 3-ILOVA
“Namangan” erkin iqtisodiy zonasi uchun gaz taʼminoti tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish dasturi
Uzunligi 2,7 km boʻlgan gaz keltiruvchi tarmoqni qurish
km
2,7
658
658
—
—
“Oʻztransgaz” AJ mablagʻlari
“Ibrat” massivi
2000,0
2000,0
—
—
2.
Uzunligi 3,8 km boʻlgan gaz keltiruvchi tarmoqni qurish
km
3,8
2000,0
2000,0
—
—
“Oʻztransgaz” AJ mablagʻlari
* Infratuzilma obyektlarining quvvati va xarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan ekspertizadan oʻtkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi 670-son qaroriga 4-ILOVA
“Namangan” erkin iqtisodiy zonasi uchun telekommunikatsiya tarmoqlari qurish dasturi
* Infratuzilma obyektlarining quvvati va xarajatlarning yakuniy miqdori loyiha-smeta hujjatlari belgilangan ekspertizadan oʻtkazilishi va tasdiqlanishi natijasida aniqlanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 09/19/670/3554-son)