Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
buyrugʻi
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 1-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2219-11]
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini taʼminlash bilan bogʻliq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 16-son, 167-modda) bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzgartirishlarning 1, 2 va 4-bandlari 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi.
Vazir Sh.SADIKOV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-iyun,
199-mx-son
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 20-iyundagi 199-mx-son buyrugʻiga
ILOVA
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 97-banddagi “eng kam oylik ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 100-bandning birinchi va ikkinchi xatboshisidagi “eng kam ish haqi miqdorining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 101-banddagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 107-bandning “a” va “b” kichik bandlaridagi hamda 125-bandning “a” va “b” kichik bandlaridagi “eng kam oylik ish haqining” degan soʻzlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 3-ilovaning 3-bandi “v” kichik bandida:
ikkinchi xatboshidagi “Intellektual mulk agentligi” degan soʻzlar “Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshining oʻzbekcha matnidagi “idoralari” degan soʻz “organlari” degan soʻz bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2019-y., 10/19/2219-11/3355-son)