Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.02.2022
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShqARUVINING
Qarori
TIJORAT BANKLARIDA KREDITLARNING BUXGALTERIYA HISOBIni yuritish TARTIBI TO‘G‘RISIDAgi NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 17-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1435]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/4-sonli “Tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3336, 26.11.2021-y.) asosan 2022-yil 27-fevraldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklarida kreditlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan so‘ng kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 27-noyabr,
25/9-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 2004-yil 27-noyabr, 25/9-son
“TASDIQLANGAN”
Tijorat banklarida kreditlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi
nizom
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga (MHXS) asoslangan bo‘lib, tijorat banklari (bundan buyon matnda — banklar) tomonidan kredit operatsiyalarining buxgalteriya hisobini Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq (bundan buyon matnda — MHXS) yuritish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Banklar aktivlaridagi kreditlar Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2696, 2015-yil 14-iyul) talablariga muvofiq tasniflanadi.
Foizlarni o‘stirmaslik maqomi berilgan kreditlarning buxgalteriya hisobi Foizlarni o‘stirmaslik to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1304, 2004-yil 24-yanvar) muvofiq amalga oshiriladi.
Foizlarni hisoblash, shuningdek kreditlar bo‘yicha undirilmagan foizlarni bekor qilish Tijorat banklarida foizlarni hisoblash to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1306, 2004-yil 30-yanvar) muvofiq amalga oshiriladi.
II. Tushunchalar
2. Ushbu Nizom maqsadida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
kreditlar va olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobvaraqlari — faol bozorda kotirovka qilinmaydigan, qat’iy belgilangan yoki o‘rnatilgan to‘lovlar bilan nohosilaviy moliyaviy aktivlar bo‘lib, quyidagilar bundan mustasno:
1) bank zudlik bilan yoki yaqin kelajakda sotmoqchi bo‘lgan va shu sababli sotishga mo‘ljallangan deb tasniflanishi lozim bo‘lgan yoki dastlabki tan olishda sotib olish va sotish uchun deb tasniflangan moliyaviy aktivlar;
2) bank tomonidan dastlabki tan olinishida sotish uchun mavjud deb tasniflangan aktivlar;
3) egasi o‘zining boshlang‘ich investitsiya summasini amalda undirib ololmaydigan aktivlar, aktivlar sotish uchun mavjud deb tasniflanishi lozim bo‘lgan kreditning qadrsizlanish holatlari bundan istisno.
real foiz stavka usuli — aktivning (majburiyatning) xizmat muddati davomida muddati uzaytirilgan foizli to‘lovlarni taqsimlash orqali (masalan, har oyda emas, har yilda olinadigan yoki to‘lanadigan) diskont yoki mukofotni foizli daromadga (yoki xarajatga) amortizatsiyalash yo‘li bilan doimiy foiz stavkasini tan olinishiga olib keladigan usul;
real foiz stavkasi — bu moliyaviy aktivning mo‘ljallangan xizmat muddati davomida yoki maqbul bo‘lgan holda, qisqaroq davrda kutilayotgan kelajakdagi pul to‘lovlari yoki tushumlari oqimlarini uning sof balans qiymatigacha aniq diskontlaydigan stavka;
qadrsizlanishdan ko‘riladigan zarar (yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zarar) — kreditning balans qiymati uning qoplanadigan miqdoridan oshib ketgan summasi. Bu qarzdor kreditning to‘liq summasini (asosiy qarz va foizlarni) qaytara olmasligini va bankda zararning yuzaga kelishi mumkinligini bildiradi.
qoplanadigan qiymat — kreditning balans qiymati va kreditning dastlabki real foiz stavkasi bo‘yicha diskontlangan kutilayotgan pul oqimlarining joriy qiymatidan eng kattasi.
III. Dastlabki tan olish
3. Bank tomonidan berilgan kreditlar haqiqiy qiymati bo‘yicha aks ettiriladi va u qarzdorga berilgan pul mablag‘lari summasini ifodalaydi. Bank tomonidan kredit berilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:

Dt 11900 — 15500 (tegishli ssuda hisobvarag‘i)

Kt 10301 “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i — Nostro” (agar mablag‘ oluvchiga boshqa tijorat banki tomonidan xizmat ko‘rsatilsa), yoki

Kt — mablag‘ oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag‘i (agar mablag‘ oluvchiga mazkur bankda xizmat ko‘rsatilsa), yoki

Kt 10100 — “Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari” (kredit naqd pulda berilganda).

4. Kredit berish munosabati bilan bank tomonidan olinadigan vositachilik haqi qarzdorning moliyaviy holatini va investitsiya loyihalarini qoplanishini baholash, kafolatlarni baholash va aks ettirish, garov va boshqa ta’minotlarni tashkillashtirish bo‘yicha tadbirlar, hujjatlarni tayyorlash va ularni qayta ishlash hamda bitimni yakunlash bilan bog‘liq bank xarajatlari kompensatsiyasini o‘z ichiga oladi. Shu kabi vositachilik haqlari kredit berish va kelgusida kredit munosabatlarida qatnashishning ajralmas qismi bo‘lib, va ularga tegishli to‘g‘ridan to‘g‘ri xarajatlar bilan birga, muddati uzaytiriladi va real daromadni tuzatish (korrektirovka qilish) sifatida tan olinadi. Bundan tashqari, banklar kredit berish bo‘yicha yozma majburiyat uchun vositachilik haqi olishlari mumkin.
5. Banklar tomonidan mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun potensial qarz oluvchilardan vositachilik haqi olinayotganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:

Dt — Qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag‘i

Kt 22896 — “Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar”

6. Kredit berish bo‘yicha yozma majburiyat bergani uchun olingan vositachilik daromadlari, kredit shartnomasini tuzish ehtimoli mavjud bo‘lganda, bankning kredit berish jarayonida uzluksiz ishtirok etganligi uchun to‘lov (kompensatsiya) sifatida qaraladi. Bank tomonidan olingan vositachilik daromadlari ular bilan bog‘liq bevosita xarajatlar bilan birgalikda uzaytiriladi va ular real daromadni tuzatish (korrektirovka) sifatida tan olinadi.
Agar kredit berish bo‘yicha majburiyat muddati tugab, kredit talab qilib olinmagan bo‘lsa, u holda kredit berish majburiyati uchun vositachilik haqi ushbu muddat tugagandan keyin daromad sifatida tan olinadi (1-sonli Ilova).
7. Agar qarzdor tomonidan bankka bozorda kredit shartnomasida belgilangan foiz stavkasiga nisbatan shakllangan yuqoriroq foiz stavkasiga muqobil tarzda ma’lum bir komissiyani to‘lanishi to‘g‘risida bank va qarzdor o‘rtasida kelishuvga erishilgan taqdirda, ushbu komissiya to‘lovi kredit muddati davomida to‘lanishi lozim, ya’ni uzaytiriladi va real daromadni tuzatish (korrektirovka) sifatida tan olinadi.
8. Qarzdor tomonidan kredit muddatidan oldin qaytarilsa yoki boshqa shaxs foydasiga voz kechilsa, bank mazkur kredit bilan bog‘liq har qanday muddati uzaytirilgan vositachilik haqini kredit qaytarilgan yoki boshqa shaxs foydasiga voz kechilgan sanasiga daromad sifatida tan oladi.
IV. Kreditning qadrsizlanishi
9. Balans hisobotini har bir tuzish sanasiga (har oyda) bank tomonidan Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2696, 2015-yil 14-iyul) va Foizlarni o‘stirmaslik to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1304, 24-yanvar 2004-yil), shuningdek MHXSga muvofiq kreditlar tasniflanadi, mavjud va ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxiralari shakllantiriladi.
10. Kredit qadrsizlanishini tasdiqlovchi obyektiv dalillar va sharoitlar aniqlangan taqdirda, zarar summasi quyidagi ikki miqdordan eng yuqorisi bo‘yicha baholanadi:
1) tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2696, 2015-yil 14-iyul) muvofiq aniqlangan summa bo‘yicha; yoki
2) kreditning balans qiymati va kreditning dastlabki real foiz stavkasi bo‘yicha diskontlangan kutilayotgan kelajakdagi pul oqimlarining joriy qiymati o‘rtasidagi farq bo‘yicha.
11. Bank ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholashni quyidagicha aks ettiradi:

Dt 56802 — “Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash”

Kt — Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar zaxirasi — Kreditning tegishli kategoriyasi (kontr-aktiv)

12. Agar kredit portfelining keyingi tahlili natijasida uning zaxiralari mazkur Nizomning 10-bandida ko‘rsatilgan talablardan oshsa, bank zaxira summasini oxirgi sana holati bo‘yicha aniqlangan, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar summasiga muvofiqlashtirishi lozim. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:

Dt — Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar zaxirasi — Kreditning tegishli kategoriyasi (kontr-aktiv)

Kt 56802 — “Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash”.

13. Chet el valyutasida berilgan kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash avval kredit qaysi valyutada berilgan bo‘lsa, o‘sha valyutada amalga oshiriladi. Shu tarzda, birinchi navbatda, har qanday ehtimoliy zararlarni baholash chet el valyutasida amalga oshiriladi, keyin ushbu summa O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida aks ettiriladi.
14. Kreditlarni qaytarilishi qarz oluvchining asosiy, shuningdek ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi:

Dt — Qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i

Kt — Ssuda hisobvarag‘i

Agar kredit kafolat beruvchi (kafil) tomonidan qaytarilsa, quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:

Dt — Kafolat beruvchi (kafil)ning talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i, yoki

Dt 10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i — Nostro” (agar mablag‘ oluvchiga

boshqa tijorat banki tomonidan xizmat ko‘rsatilsa)

Kt — Ssuda hisobvarag‘i

Kreditlar naqd pulda qaytarilganda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:

Dt 10100 — “Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari”

Kt — Ssuda hisobvarag‘i

15. Agar kreditga foiz o‘stirmaslik maqomi berilmagan bo‘lsa, unda kreditlar bo‘yicha foizlar tushumi quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali aks ettiriladi:

Dt — Qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i

Kt 16309 — “Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar”.

Foizlarni o‘stirmaslik maqomi berilgan kreditlar bo‘yicha foizlar hisobi Foizlarni o‘stirmaslik to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1304, 2004-yil 24-yanvar) muvofiq amalga oshiriladi.
16. Qarzdor tomonidan garov bilan ta’minlanmagan kredit qaytarilmasa yoki to‘liq qaytarilmaganda, ularni shakllantirilgan zaxira hisobidan hisobdan chiqarish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
Dt — Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar zaxirasi — Kreditning tegishli kategoriyasi (kontr-aktiv)
Kt — Ssuda hisobvarag‘i
17. Garov bilan ta’minlangan kredit qarzdor tomonidan qaytarilmasa yoki to‘liq qaytarilmagan holda, bank kreditni qaytarish uchun undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratishga haqli. Undiruvga qaratilgan garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotish kim oshdi savdosi orqali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan mablag‘lar kelib tushganda 10301 — “Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i — Nostro” hisobvarag‘i debetlanadi va 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i kreditlanadi.
Kreditlar bo‘yicha asosiy qarzni va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlarni so‘ndirish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
a) Asosiy qarz qaytarilganda:
Dt 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”
Kt — Ssuda hisobvarag‘i.
b) Asosiy qarz to‘liq qaytarilgandan keyin, foizlar so‘ndirilganda:
Dt 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”
Kt 41400 — 44600 — Kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
18. Kredit garovga olingan mol-mulkni o‘z egaligiga olish yo‘li bilan qaytarilgan taqdirda, kreditning balans qiymati va garovga qo‘yilgan mol-mulkning haqqoniy qiymatidan qaysi biri kam bo‘lsa, o‘sha qiymat bo‘yicha, uni sotish bo‘yicha qilingan xarajatlarni chegirgan holda, lekin qayta savdodagi dastlabki sotuv bahosidan 10 foiz kam bo‘lmagan summada quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 16701 — “Kredit va lizing bo‘yicha garov hisobidan undirilgan mulk”
Kt — Ssuda hisobvarag‘i.
19. Qarzdor yetarli miqdorda pul mablag‘lariga ega bo‘lmagan taqdirda, bank kredit bo‘yicha qarzni qarzdorning roziligi bilan uning likvid mol-mulki hisobidan, agar qarzdor norozi bo‘lsa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud qarori asosida undiruvni qarzdorning likvid mol-mulkiga qaratish yo‘li bilan qaytarish huquqiga ega.
Kreditlar bo‘yicha asosiy qarz va hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar qarzdorning likvid mol-mulkini sotishdan tushgan mablag‘lar hisobiga qaytarilganda, mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi.
20. Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar zaxirasidan foydalanish Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 2696, 2015-yil 14-iyul) muvofiq amalga oshiriladi.
V. Moliyaviy hisobotni ochish
21. Moliyaviy hisobotga izohlarda banklar quyidagilarni ochishlari zarur:
1) kreditlarni umidsiz deb tan olinishi va ularni hisobdan chiqarish uchun sabab bo‘lgan asoslarni izohlovchi hisob siyosatini;
2) quyidagilarni alohida-alohida ko‘rsatgan holda: “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash” hisobvarag‘i bo‘yicha o‘zgarishlarni va undirib olinmaydigan kreditlar bo‘yicha ko‘rilgan zararlarga nisbatan davr xarajatlari sifatida tan olingan summani; hisobdan chiqarilgan kreditlar bo‘yicha davr ichida undirilgan summani; va ilgari hisobdan chiqarilgan kreditlarni qaytarilishi natijasida davr ichida kirim qilingan daromadlar summasini;
3) hisobot sanasiga kreditlar bo‘yicha baholangan jami zararlar summasi;
4) foizlarni o‘stirmaslik maqomi berilgan kreditlarga tegishli balans hisobotiga kiritilgan jami summani, shuningdek bunday kreditlarning balans qiymatini aniqlash asoslari.
22. Bundan tashqari, banklar o‘z kreditlarining geografik tumanlar, mijozlar guruhlari yoki sanoat tarmoqlari, chet el valyutasi turlari bo‘yicha har qanday muhim xatarlar konsentratsiyasini ifodalovchi boshqa hollarni ochib berishlari lozim.
Nizomga
1-ILOVA
Vositachilik haqini kredit bo‘yicha real daromadning qismi sifatida aks ettirish yuzasidan misol
Kredit berishni tayyorlash uchun vositachilik haqi, shuningdek, kredit berish bo‘yicha majburiyat uchun (kredit berish bo‘yicha majburiyatning amal qilish davrida berilgan kreditlar bo‘yicha) vositachilik haqi, kredit bo‘yicha daromadni tuzatish (korrektirovka) sifatida tan olinadi. Quyidagi keltirilgan misolda, kredit berish majburiyati uchun vositachilik haqi ko‘rib chiqilgan, ushbu metodologiya kredit berishni tayyorlash uchun vositachilik hakiga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin.
Misol: bank 10 mln. so‘m miqdorda kredit berish majburiyatini olgan. Ushbu bank kredit berish bo‘yicha majburiyat uchun kreditning umumiy summasidan 4 foiz miqdorida (qaytarib berilmaydigan) vositachilik haqini oladi, va ushbu majburiyatning amal qilish muddati 3 oyni tashkil etadi. Kredit bo‘yicha foiz stavkasi (yillik) 15%ni tashkil etadi, bunda foiz to‘lovlari har oy amalga oshirilishi lozim. 10 mln. so‘m miqdoridagi asosiy qarz summasi ikki yil tugagandan keyin qaytarilishi lozim. Bank kredit berish majburiyati amal qiladigan uch oy muddat davomida mijoz kredit olish uchun murojaat qilishini kutadi.
Vositachilik haqi summasi = 10.000.000 x 4% = 400 000
Oylik foizlar = 10 mln. x 15%/12 = 125 000
Majburiyat uchun vositachilik haqini olish bo‘yicha buxgateriya o‘tkazmasi:

Dt — Qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i

400.000

Kt 22896 — “Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar”

400.000

Agar kredit majburiyati muddati kredit taqdim etilmasdan tugasa:

Dt 22896 — “Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar”

400.000

Kt 45237 — “Kredit majburiyatlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlar”

400.000

Agar bank tomonidan kredit berish bo‘yicha majburiyat bajarilayotgan bo‘lsa, u holda muddati uzaytirilgan daromad kreditning amal qilish muddati davomida daromadni tuzatish (korrektirovka) sifatida real foiz stavkasi usulini qo‘llagan holda amortizatsiyalanadi. Vositachilik haqi mohiyatiga ko‘ra kredit bo‘yicha daromadni tuzatish (korrektirovka) deb hisoblanganligidan kelib chiqqan holda, kredit bo‘yicha haqiqiy ichki daromadlilik stavkasi ko‘rsatilgan 15%ga teng bo‘lgan foiz stavkasining miqdorini emas, balki 17,3473%ni tashkil etadi. Operatsiyaning mohiyatini yanada aniqroq aks ettirish uchun muddati uzaytirilgan vositachilik haqini amortizatsiya qilish uchun kredit “vositachilik daromadlari”ga emas, balki “foizli daromadlar”ga taalluqli bo‘lishi kerak.
Muddati uzaytirilgan vositachalik haqining amortizatsiya qilish grafigi

Davr

Pul ko‘rinishidagi olingan foizlar

Foizli daromad

Muddati uzaytirilgan vositachalik daromadlarining amortizatsiyasi

1.

125.000

144.561

19.561

2.

125.000

139.061

14.061

3.

125.000

139.265

14.265

4.

125.000

139.471

14.471

5.

125.000

139.680

14.680

6.

125.000

139.892

14.892

7.

125.000

140.107

15.107

8.

125.000

140.326

15.326

9.

125.000

140.547

15.547

10.

125.000

140.772

15.772

11.

125.000

141.000

16.000

12.

125.000

141.231

16.231

13.

125.000

141.466

16.466

14.

125.000

141.704

16.704

15.

125.000

141.946

16.946

16.

125.000

142.191

17.191

17.

125.000

142.439

17.439

18.

125.000

142.691

17.691

19.

125.000

142.947

17.947

20.

125.000

143.206

18.206

21.

125.000

143.470

18.470

22.

125.000

143.737

18.737

23.

125.000

144.007

19.007

24.

125.000

144.282

19.282

3.400.000

400.000

Birinchi oy uchun vositachalik daromadi quyidagi tartibda tan olinadi:

Dt 22896 — “Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar”

19.561

Dt — Qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i

125.000

Kt 41400 — 44600 — Kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar

144.561

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 50-son, 511-modda)