

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.03.2021
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4202738" id="onLBC-4202738">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6987"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.13.00 Avariyaga qarshi kurash. Yoʻl harakati xavfsizligi. Texnik koʻrik (shuningdek, 16.04.02.00ga qarang)]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4202738" id="onLS-4202738">[<b>TSZ:</b><div id="LS3743"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Transport. Yoʻl xoʻjaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4203396" id="-4203396">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4203398" id="-4203398">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4203401" id="-4203401">Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4203402" id="-4203402"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-5342253" id="-5342253">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-5324826?ONDATE=10.03.2021 00#-5326536">qaroriga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203405" id="-4203405">Transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun moʻljallangan ishlab chiqarish-texnik baza joylashtiriladigan xona va maydonlarga doir yagona talablarni belgilash, shuningdek, amalga oshiriladigan ishlar va xizmatlarning xavfsizligi va sifatini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203406" id="-4203406">1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining <a href="/acts/-4202738#-4203422">ilovaga</a> muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203407" id="-4203407">2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203408" id="-4203408">3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4203409" id="-4203409">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4203410" id="-4203410">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4203412" id="-4203412">2019-yil 15-fevral,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4203413" id="-4203413">136-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4203422" id="-4203422"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4203424" id="-4203424">Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi 136-son <a href="/acts/-4202738">qaroriga</a><br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4203425" id="-4203425">Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4203426" id="-4203426">oʻzgartirish va qoʻshimchalar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4203427" id="-4203427"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203428" id="-4203428">1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/acts/-242970?ONDATE=31.01.2003 00#-459146">Nizomda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203429" id="-4203429">a) <a href="/acts/-242970?ONDATE=26.12.2017 00#-3576331">11-band</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203431" id="-4203431">“Transport vositalarining texnik holatini baholash uchun moʻljallangan ishlab chiqarish-texnik baza joylashtiriladigan xona va maydonlarga doir talablar ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203432" id="-4203432">Texnik diagnostika vositalarining soni va tavsiflariga, mehnat va atrof-muhitni muhofaza qilishga doir talablar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203433" id="-4203433">b) quyidagi mazmundagi 1-ilova qoʻshilsin:</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4203436" id="-4203436"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4203438" id="-4203438">“Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga<br /> 1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4203439" id="-4203439">Transport vositalarining texnik holatini baholash uchun moʻljallangan ishlab chiqarish-texnik baza joylashtiriladigan xona va maydonlarga doir talablar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4203440" id="-4203440"></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4203441" id="-4203441">1-bob. Umumiy qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203442" id="-4203442">1. Ushbu Talablar DYHXX diagnostika stansiyalari, vazirliklar va idoralar, boshqa tashkilotlar hamda jismoniy shaxslarga tegishli texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari, tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan transport vositalarining texnik holatini baholash uchun moʻljallangan ishlab chiqarish-texnik baza (laboratoriyalar) (keyingi oʻrinlarda ishlab chiqarish-texnik baza deb ataladi) joylashtiriladigan xona va maydonlarning parametrlariga doir texnik normalarni belgilaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203443" id="-4203443">2. Ishlab chiqarish-texnik baza belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan, transport vositalarining texnik holatini texnika jihatidan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholashni tashkil etish va oʻtkazish uchun tegishli texnologik, sinov jihozlari va oʻlchash vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi zarur. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4203444" id="-4203444">2-bob. Ishlab chiqarish-texnik bazaning hududiga doir talablar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203445" id="-4203445">3. Ishlab chiqarish-texnik baza hududining oʻlchamlari quyidagi majburiy elementlarning joylashtirilishi imkoniyatini nazarda tutgan boʻlishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203446" id="-4203446">ishlab chiqarish xonalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203447" id="-4203447">texnik holati baholanishi kutilayotgan va tugallangan transport vositalari uchun maydon;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203448" id="-4203448">xona va maydonlarga kirish va oʻtish yoʻllari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203449" id="-4203449">4. Ishlab chiqarish-texnik baza hududida transport vositalari harakatini tashkil etish uchun quyidagilar mavjud boʻlishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203451" id="-4203451">sunʼiy yoritish chiroqlari, shu jumladan kunning qorongʻi vaqtida hamda kirish yoʻli va hududi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203452" id="-4203452">qatnov qismi tekis va qattiq qoplamali (asfaltbetonli yoki sementbetonli) boʻlgan kirish yoʻli, maydon;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203530" id="-4203530">perimetri boʻyicha oʻrnatilgan toʻsiq.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203532" id="-4203532">5. Ishlab chiqarish-texnik baza hududi yoki u joylashgan tashkilotga kirish joyi oldida ishlab chiqarish-texnik bazaning ish rejimi va texnik holati, baholashdan oʻtkaziladigan transport vositalarining harakatlanish sxemasi koʻrsatilgan axborotli stend oʻrnatilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203534" id="-4203534">Ishlab chiqarish-texnik baza binosida kengligi 2,0 metrdan va balandligi 0,7 metrdan kam boʻlmagan oʻlchamdagi, davlat tilida “Texnik koʻrik” yozuvi boʻlgan peshlavha oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Yozuv boshqa tillarda takrorlanishi ham mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203536" id="-4203536">6. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasiga kirish yoʻllari boʻylab transport vositalarining harakatini tashkil etish quyidagi talablar asosida bajariladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203538" id="-4203538">transport vositalarining bir tomonlama harakatini tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203540" id="-4203540">transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun imkoniyat yaratish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203542" id="-4203542">ishlab chiqarish-texnik baza hududida transport vositalarining ruxsat etilgan harakat yoʻnalishlarini tegishli yoʻl chiziqlari bilan belgilash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203544" id="-4203544">7. Ishlab chiqarish-texnik baza hududi ichimlik va ishlab chiqarish suv quvurlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203546" id="-4203546">8. Ishlab chiqarish-texnik baza hududi maydonining yuzasi tekis, suv quvurlari va suv oqib ketadigan ariq mavjud boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203547" id="-4203547">9. Ishlab chiqarish-texnik bazaga kirish hamda uning hududi boʻylab transport vositalarining harakatlanishi, barcha mavjud inshootlar, yoʻl belgilari va chiziqlari koʻrsatilgan holdagi sxemasi hududida ishlab chiqarish-texnik baza joylashgan tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203548" id="-4203548">Yoʻlning kengligi yengil avtomobillar uchun — 3 metrdan, yuk avtomobillari va avtobuslar uchun — 4,5 metrdan kam boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203549" id="-4203549">10. Texnik holati baholanishi kutilayotgan va tugallangan transport vositalarini joylashtirish uchun maydonlarning oʻlchamlarini aniqlashda baholanadigan transport vositalarining gabarit oʻlchamlari va texnik koʻrik liniyasining bir soatdan kam boʻlmagan vaqtdagi ishlab chiqarish quvvatiga teng boʻlgan transport vositalarining aynan bir vaqtda maydonda boʻlishi eʼtiborga olinishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203550" id="-4203550">11. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasiga kirish oldidagi maydonning kengligi ishlab chiqarish xonasi kengligi bilan teng boʻlishi, uzunligi esa — 20 metrdan kam boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203551" id="-4203551">12. Siqilgan va suyultirilgan tabiiy gaz yoqilgʻisida ishlaydigan transport vositalarini baholashga moʻljallangan xonalarning yertoʻlada, aholi yashash uylariga va boshqa korxonalar binolariga tutashgan holda joylashtirilishiga ruxsat etilmaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4203554" id="-4203554">3-bob. Ishlab chiqarish-texnik bazaning xonalariga doir talablar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203556" id="-4203556">13. Ishlab chiqarish-texnik baza tarkibiga quyidagilar kiritilishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203558" id="-4203558">ishlab chiqarish xonasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203560" id="-4203560">transport vositalari egalarini qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish uchun xona;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203562" id="-4203562">transport vositasining texnik holatini baholash natijalarini rasmiylashtirish uchun xona;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203564" id="-4203564">sanitariya-gigiyena xonalari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203567" id="-4203567">14. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonalari quyidagilarni inobatga olgan holda rejalashtiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203569" id="-4203569">transport vositasining texnik holatini baholashdan oʻtkazish dasturi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203571" id="-4203571">qoʻllaniladigan oʻlchash vositalari va sinov jihozlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203574" id="-4203574">transport vositasining texnik holatini baholash va natijalarini rasmiylashtirishning texnologik jarayoni;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203576" id="-4203576">yongʻinga qarshi xavfsizlik va mehnatni muhofaza qilish talablari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203578" id="-4203578">15. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasi oʻlchamlari mazkur Talablarning ilovasiga muvofiq texnik koʻrik liniyalarining texnologik postlari soni va baholanadigan transport vositalarining gabarit oʻlchamlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203581" id="-4203581">16. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasi rejasi ishlab chiqarish bino va inshootlarini texnologik loyihalashtirish qoidalari va normalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203583" id="-4203583">Ishlab chiqarish korpusi xonasining boʻrtib chiqqan qurilish konstruksiyalarigacha balandligi yengil avtomobillar uchun — 4,0 metrdan, yuk avtomobillari va avtobuslar uchun — 7,0 metrdan kam boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203584" id="-4203584">Xonalarning poli tekis, neft mahsulotlari taʼsiriga chidamli boʻlishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203586" id="-4203586">17. Xonada barcha texnologik jarayonlarni mehnatning sanitariya-gigiyena sharoitlariga toʻliq muvofiq holda xavfsiz va ratsional bajarilishi taʼminlanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203588" id="-4203588">18. Ishlab chiqarish xonalaridagi shovqin va vibratsiya darajasi sanitariya-gigiyena normalarida belgilangan, ruxsat etilgan koʻrsatkichlardan oshmasligi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203590" id="-4203590">19. Xona va ish joylarining tabiiy va sunʼiy yoritilishi ishlarning xavfsiz bajarilishi, odamlar uchun xavfsiz boʻlishi va ularning harakatlanishini taʼminlash uchun yetarli va quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203593" id="-4203593">ish joylarida xonaning poli sathida — kamida 200 lk;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203594" id="-4203594">ishchi xonalarda (kabinetlarda) poldan 0,8 metr balandlikdagi sathda — kamida 200 lk;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203595" id="-4203595">koʻrikdan oʻtkazish xandagʻida transport vositalarining tag qismi sathida — kamida 150 lk.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203596" id="-4203596">Avariya (favqulodda) holatlar uchun yoritilishi ish yuzasining umumiy yoritilishi uchun belgilangan normalarning 5 foizdan kam boʻlmasligi, lekin kamida 2 lk boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203597" id="-4203597">20. Transport vositalarining texnik holatini baholashdan oʻtkazish uchun moʻljallangan xonalardagi havo harorati oʻtkaziladigan sinov metodlariga doir normativ hujjatlar normalariga muvofiq boʻlishi kerak. Ishlab chiqarish-texnik bazasi binolaridagi havo harorati yilning sovuq davrida — 15 °C dan 25 °C gacha, issiq davrida — 22 °C dan 30 °C gacha oraliqda boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203598" id="-4203598">21. Transport vositalarining korxona hududida harakatlanish tezligi ochiq yoʻllarda — 10 km/s dan, xona ichida — 5 km/s dan ortiq boʻlmasligi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203600" id="-4203600">22. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasiga kirish joyi peshlavha bilan belgilanadi va sutkaning qorongʻi paytida yoritiladi. Ishlab chiqarish xonasiga kirish (chiqish) yoʻli ishlab chiqarish xonasidan boshqariladigan yorugʻlik (masalan, svetofor) signalizatsiyasi bilan jihozlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203601" id="-4203601">Kirish darvozasi ustida 3.13 “Cheklangan balandlik”, 3.14 “Cheklangan kenglik” va 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan (5 km/s)” yoʻl belgilari joylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203603" id="-4203603">23. Ishlab chiqarish-texnik baza xonasining mijozlar uchun qulay boʻlgan joyida quyidagi maʼlumotlar aks ettirilgan axborot stendi yoki boshqa maxsus qurilma oʻrnatiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203605" id="-4203605">ishlab chiqarish-texnik bazaning tegishliligi (kimning tasarrufidaligi), joylashgan joyi, ish tartibi va rejimi, aloqa telefonlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203607" id="-4203607">Oʻzbekiston Respublikasi IIVning Call-markazi telefoni va hududiy YHXBning ishonch telefoni raqamlari, taklif va eʼtirozlar kitobi saqlanadigan joy va uni yuritish (saqlash) uchun masʼul boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203609" id="-4203609">transport vositalarining texnik holatini baholash uchun tekshirishdan oʻtish tartibi, tekshiriladigan (baholanadigan) parametrlar va normativlar, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishning davriyligi va texnik holatni baholash natijalari toʻgʻrisidagi hujjatni berish tartibi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203611" id="-4203611">transport vositasining texnik holatini baholashdan oʻtkazish uchun qonunchilikka muvofiq taqdim etilishi zarur boʻlgan hujjatlar, majburiy texnik koʻrikdan oʻtish uchun toʻlov miqdori, zarur jarayonlarni amalga oshirish muddati va boshqa maʼlumotlar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203612" id="-4203612">24. Ishlab chiqarish xonasi elektr taʼminoti (yoritish) uchun elektr tarmoqlari, shuningdek, quvvat berish kabellari (diagnostika jihozlarining elektr energiyasi taʼminoti uchun) va taqsimlagich elektroshitlar bilan elektr xavfsizligi talablarini belgilovchi normativ hujjat talablariga muvofiq jihozlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203613" id="-4203613">25. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasining ikkitadan kam boʻlmagan evakuatsion chiqish joylari mavjud boʻlishi nazarda tutiladi. Evakuatsion chiqish joylarining eshiklari xonadan tashqari tomonga ochiladigan, oʻtish yoʻlagining kengligi 1 metrdan kam boʻlmasligi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203614" id="-4203614">26. Ishlab chiqarish-texnik bazaning yongʻindan himoyasi, yongʻinning oldini olish tizimi va yongʻin xavfsizligi hamda portlash xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203615" id="-4203615">27. Transport vositalari egalarini (keyingi oʻrinlarda transport egalari deb ataladi) qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish xonasi (binosi) hamda transport vositasining texnik holatini baholash natijalari haqidagi hujjatni rasmiylashtirish uchun xona ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasida yoki unga bevosita yaqin joyda boʻlishi kerak. Ushbu xonalarga kirish tegishli koʻrsatgichlar bilan belgilab qoʻyiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203616" id="-4203616">28. Transport egalarini qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish uchun xonalarning oʻlchamlarini aniqlashda ularda ishlab chiqarish-texnik bazaning xodimi tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ish joylarining hamda transport egalarining kutib turishi uchun joylar nazarda tutilishi kerak. Transport egalarining kutib turishi uchun joylar soni har bir texnik koʻrik liniyasiga beshtadan kam boʻlmasligi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203618" id="-4203618">29. Ishlab chiqarish-texnik baza ishlab chiqarish xonasining sanitariya-gigiyena normalari va qoidalariga muvofiqligi vakolatli sanitariya-epidemiologiya nazorat organining tegishli xulosasi bilan tasdiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4203619" id="-4203619">4-bob. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasini texnologik rejalashtirishga doir talablar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203620" id="-4203620">30. Ishlab chiqarish-texnik bazaning diagnostika jihozlari texnologik loyihalashga doir talablar va normalarga amal qilgan holda oʻrnatilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203621" id="-4203621">31. Transport vositasining texnik holatini baholash dvigatel ishlab turgan paytda bajariladigan postlar (ishlab chiqarilgan gazlardagi tutun va zaharli gaz miqdorini, shovqin darajasini, tormozlanish samaradorligi koʻrsatkichlarini tekshirish va boshqalar) transport vositasidan gazlarni chiqarish quvuri (quvurlari)dan chiqayotgan ishlab chiqarilgan gazlarni tashqariga olib chiqish tizimi bilan jihozlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203622" id="-4203622">32. Transport vositalarining ishlab chiqarish-texnik baza ishlab chiqarish xonasiga kirishi (chiqishi) uchun har bir texnik koʻrik liniyasida: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203623" id="-4203623">universal liniyalar uchun — kengligi 3,0 metrdan va balandligi 4,3 metrdan kam boʻlmagan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203624" id="-4203624">M1 va N1 toifasidagi transport vositalarini tekshirish boʻyicha liniyalar uchun — kengligi 2,5 metrdan va balandligi 2,3 metrdan kam boʻlmagan oʻlchamli kirish (chiqish) darvozalari quriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203625" id="-4203625">33. Texnik koʻrik liniyalarida transport vositalarining texnik holatini baholash koʻrikdan oʻtkazish xandagʻidan foydalangan holda bajariladi. Bunda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203626" id="-4203626">ishlab chiqarish xonasidagi koʻrikdan oʻtkazish xandaqlari soni texnik koʻrikdan oʻtkazish liniyalari soniga muvofiq boʻlishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203627" id="-4203627">koʻrikdan oʻtkazish xandagʻining uzunligi mazkur liniyada tekshirilishi rejalashtirilayotgan transport vositasining maksimal uzunligini va undan chiqib ketish uchun zaxira yoʻlning mavjudligini hisobga olgan holda aniqlanishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203628" id="-4203628">koʻrikdan oʻtkazish xandagʻining kengligi 0,9 metrdan kam boʻlmasligi kerak. Maksimal kengligi mazkur liniyada tekshirilishi rejalashtirilayotgan minimal koleyali transport vositasining xandaqdan oʻtishi imkoniyatini hisobga olgan holda aniqlanishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203629" id="-4203629">koʻrikdan oʻtkazish xandaqlari tutunni tortib olish ventilatsiyasi bilan jihozlanishi kerak. </div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-4203630" id="-4203630">5-bob. Yakunlovchi xulosalar </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203631" id="-4203631">34. Transport vositalarining texnik holatini baholashning texnologik jarayoni texnik koʻrik liniyasining rejalashtiriladigan yechimlarini, tekshiriladigan transport vositalarining toifasini, bajariladigan ishlarning murakkabligini, qoʻllanadigan jihozlar, oʻlchov vositalari va anjomlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203632" id="-4203632">35. Transport vositalarining texnik holatini baholash boʻyicha ishlarni bajarishda texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi sohasidagi normativ hujjatlar talablariga amal qilishning majburiyligi nazarda tutiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203633" id="-4203633">36. Texnologik postlarda diagnostika parametrlari, texnika xavfsizligi qoidalari va ishlarning xavfsiz usullari boʻyicha amalda boʻlgan tavsiyalar koʻrsatilgan texnologik kartalar joylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203634" id="-4203634">37. Ishlab chiqarish-texnik bazada texnik holati baholanadigan toifaga mansub transport vositalaridan foydalanish boʻyicha amaldagi normativ hujjatlar, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, qoʻllanmalar (yoʻriqnomalar), avtomobil maʼlumotnomalari va boshqa zarur maʼlumotnomalar mavjud boʻlishi kerak. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203635" id="-4203635">38. Ishlab chiqarish-texnik bazada birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan tibbiyot dori vositalari va anjomlari tegishli normativ hujjatlar talablariga muvofiq jamlangan tibbiyot qutichasi boʻlishi kerak. </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4203636" id="-4203636"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4203637" id="-4203637">Transport vositalarining texnik holatini baholash uchun moʻljallangan ishlab chiqarish-texnik baza joylashtiriladigan xona va maydonlarga doir talablarga <br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4203638" id="-4203638">Transport vositalarining texnik holatini baholash uchun texnik koʻrik liniyalarining oʻlchamlari</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4203639" id="-4203639"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4203640" id="-4203640"><table style="BORDER-RIGHT: medium none; BORDER-TOP: medium none; BACKGROUND: white; BORDER-LEFT: medium none; BORDER-BOTTOM: medium none; BORDER-COLLAPSE: collapse" cellspacing="0" cellpadding="0" width="100%" border="1">
<tbody>
<tr style="page-break-inside: avoid">
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="3%" rowspan="3">
<p align="center"><b><span style="FONT-SIZE: 12pt">T/r</span></b></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="59%" rowspan="3">
<p align="center"><b><span style="FONT-SIZE: 12pt">Texnik holati baholanadigan transport vositalarining toifalari</span></b></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="35%" colspan="3">
<p align="center"><b><span style="FONT-SIZE: 12pt">Texnologik postlar soni</span></b></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 0cm; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 0cm; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" width="1%">
<p></p></td></tr>
<tr style="page-break-inside: avoid">
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="11%">
<p align="center"><b><span style="FONT-SIZE: 12pt">1</span></b></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="11%">
<p align="center"><b><span style="FONT-SIZE: 12pt">2</span></b></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="11%">
<p align="center"><b><span style="FONT-SIZE: 12pt">3</span></b></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 0cm; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 0cm; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" width="1%">
<p></p></td></tr>
<tr style="page-break-inside: avoid">
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="35%" colspan="3">
<p align="center"><b><span style="FONT-SIZE: 12pt">Texnik koʻrik liniyasining uzunligi, metrdan kam emas</span></b></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 0cm; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 0cm; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" width="1%">
<p></p></td></tr>
<tr style="page-break-inside: avoid">
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="3%">
<p align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">1.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="59%">
<p><span style="FONT-SIZE: 12pt">M1, M2, </span><span style="FONT-SIZE: 12pt">N</span><span style="FONT-SIZE: 12pt">1, O1</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="11%">
<p align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">12</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="11%">
<p align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">18</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="11%">
<p align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">24</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 0cm; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 0cm; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" width="1%">
<p></p></td></tr>
<tr style="page-break-inside: avoid">
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="3%">
<p align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">2.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="59%">
<p><span style="FONT-SIZE: 12pt">M1, M2, M3, </span><span style="FONT-SIZE: 12pt">N</span><span style="FONT-SIZE: 12pt">1, </span><span style="FONT-SIZE: 12pt">N</span><span style="FONT-SIZE: 12pt">2, </span><span style="FONT-SIZE: 12pt">N</span><span style="FONT-SIZE: 12pt">3, O1</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="11%">
<p align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">18</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="11%">
<p align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">30</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="11%">
<p align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">42</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 0cm; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 0cm; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" width="1%">
<p></p></td></tr>
<tr style="page-break-inside: avoid">
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="3%">
<p align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">3.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="59%">
<p><span style="FONT-SIZE: 12pt">M1, M2, M3, </span><span style="FONT-SIZE: 12pt">N</span><span style="FONT-SIZE: 12pt">1, </span><span style="FONT-SIZE: 12pt">N</span><span style="FONT-SIZE: 12pt">2, </span><span style="FONT-SIZE: 12pt">N</span><span style="FONT-SIZE: 12pt">3, O1, O2</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="11%">
<p align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">21</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="11%">
<p align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">36</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="11%">
<p align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">51</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 0cm; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 0cm; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" width="1%">
<p></p></td></tr>
<tr style="page-break-inside: avoid">
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="3%">
<p align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">4.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="59%">
<p><span style="FONT-SIZE: 12pt">M1, M2, M3, </span><span style="FONT-SIZE: 12pt">N</span><span style="FONT-SIZE: 12pt">1, </span><span style="FONT-SIZE: 12pt">N</span><span style="FONT-SIZE: 12pt">2, </span><span style="FONT-SIZE: 12pt">N</span><span style="FONT-SIZE: 12pt">3, O1, O2, O3</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="11%">
<p align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">24</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="11%">
<p align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">42</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="11%">
<p align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">60</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 0cm; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 0cm; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" width="1%">
<p></p></td></tr>
<tr style="page-break-inside: avoid">
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="3%">
<p align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">5.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="59%">
<p><span style="FONT-SIZE: 12pt">M1, M2, M3, </span><span style="FONT-SIZE: 12pt">N</span><span style="FONT-SIZE: 12pt">1, </span><span style="FONT-SIZE: 12pt">N</span><span style="FONT-SIZE: 12pt">2, </span><span style="FONT-SIZE: 12pt">N</span><span style="FONT-SIZE: 12pt">3, O1, O2, O3, O4</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="11%">
<p align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">27</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="11%">
<p align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">45</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid" width="11%">
<p align="center"><span style="FONT-SIZE: 12pt">66</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 5.4pt; BORDER-TOP: #-ece9d8; PADDING-LEFT: 5.4pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: #-ece9d8; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8" valign="bottom" width="1%">
<p align="center"><span style="COLOR: black">”</span><span style="COLOR: black">.</span></p></td></tr></tbody></table></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4203850" id="-4203850">2. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 298-modda) 2-bandi <a href="/acts/-3475737?ONDATE=26.12.2017 00#-3475836">uchinchi xatboshidagi </a>“2019-yil 1-yanvardan” soʻzlari “2021-yil 1-yanvardan” soʻzlari bilan almashtirilsin.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-4203403" id="-4203403">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2019-y., 09/19/136/2623-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
