2-ILOVA
|
T/r |
Tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbasi |
Masʼullar |
|
1. |
Urganch shahrining Shovot kanali boʻyidagi himoya zonasini ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda optimallashtirish yuzasidan oʻrganish. |
1. “Shovot” kanal boʻyidagi himoya zonasini optimallashtirish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish. 2. “Shovot” kanal boʻyidagi himoya zonasini optimallashtirish boʻyicha oʻrganish oʻtkazish. 3. Oʻrganish natijalariga koʻra asoslangan takliflar ishlab chiqish va Turizmni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etish. |
2019-yil 10-mart
10-aprel |
Ijrochilar mablagʻlari |
Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, |
|
2. |
1. Turkiyaning “Idealist” kompaniyasi bilan Urganch shahridagi Shovot kanali boʻyida “Shovot” kichik turizm zonasini rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqiladigan loyiha yuzasidan 2018-yil 5-sentabrda tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan summaning 15 foizi miqdoridagi avans toʻlovlarini hamda shartnoma shartlari boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgandan soʻng 15 kun muddatda yakuniy toʻlovlarning belgilangan tartibda amalga oshirilishini taʼminlash. |
1. Turkiyaning “Idealist” kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan 15 foiz miqdordagi toʻlovlarni amalga oshirish. 2. Loyiha boʻyicha kompaniya bilan tarmoq jadvalini tasdiqlash. 3. Shartnoma shartlari boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgandan soʻng yakuniy toʻlovlarni amalga oshirish. 4. Tasdiqlangan tarmoq jadvali asosida amalga oshirilgan ishlarni qabul qilib olish. |
2019-yil 1-mart
|
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Xorazm viloyati hokimligi |
|
3. |
Turistlar tashrif buyuradigan obyektlar, umumiy ovqatlanish obyektlari hamda aholi gavjum joylar, markaziy koʻchalar, yoʻl boʻyi xizmat koʻrsatish shohobchalari va istirohat bogʻlarida Urganch va Xiva shaharlarining tarixidan kelib chiqqan holda, turistlarning vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida har xil noyob haykaltaroshlik namunalarini, jumladan, tarixiy dalillarga asoslangan jang maydonlari va strategik obyektlar oʻrnida (“Ichan qalʼa” majmuasidan tashqarida) tarixiy shaxslar timsollarini gavdalantirish, joylashtirish va ular atrofida suratga olish maydonchalari tashkil etish. |
1. Turistlar koʻp tashrif buyuradigan obyektlar, umumiy ovqatlanish maskanlari hamda aholi gavjum joylar, markaziy koʻchalar, yoʻl boʻyi xizmat koʻrsatish shohobchalari va istirohat bogʻlarining manzilli roʻyxatlarini shakllantirish. 2. Turli noyob haykaltaroshlik namunalarini, jang maydonlari va tarixiy shaxslar timsollarini gavdalantirish va joylashtirish manzillarini aniqlash. 3. Joylashtirish ishlarini amalga oshirish hamda ular atrofida suratga olish maydonchalarini tashkil etish. |
2019-yil davomida |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi |
|
4. |
Xiva temir yoʻl vokzalidan “Ichan-qalʼa” majmuasigacha boʻlgan koʻchadagi barpo etilayotgan obyektlarda turistlar uchun xizmat koʻrsatuvchi hududning tarixiy-madaniy muhitiga uygʻun holda har xil koʻngil ochar maskanlar va savdo shohobchalarini joylashtirilishini taʼminlash. |
1. Koʻngil ochar maskanlar va savdo shohobchalari joylashtiriladigan hududlar manzillarining roʻyxatini shakllantirish. 2. Shakllantirilgan manzillar asosida hududning tarixiy-madaniy muhitiga uygʻun holda har xil koʻngil ochar maskanlar va savdo shoxobchalarining joylashtirilishini taʼminlash. |
2019-yil davomida |
Tashabbuskorlar va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari |
Xorazm viloyati hokimligi |
|
5. |
“Ichan-qalʼa” majmuasining umumbashariy bemisl ahamiyatini, “tirik muzey-shahar” maqomini saqlab qolish, uning hududida yashayotgan tub aholining turmush tarzini yaxshilash, oilalarning oʻziga xos hunarmandchilik va qadimiy kasb turlari bilan shugʻullanishi uchun sharoit yaratish maqsadida ayrim oilalarni ularning taklifiga asosan Xiva shahri atrofida barpo etiladigan yangi koʻp qavatli uylarga bosqichma-bosqich koʻchirish ishlarining Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishgan holda amalga oshirilishini taʼminlash. |
Aholini qonun hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-avgustdagi PF-5495-son Farmoni talablariga asosan belgilangan tartibda koʻchirish. |
2019-yil davomida |
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi |
|
6. |
“Qadimiy Xorazm tarixi”, “Xorazmshohlar” va “Xorazm davlati xonlari” muzey ekspozitsiyalarini yaratish yuzasidan konsepsiya loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda muzeylarni tashkil etishning aniq muddatlarini belgilash hamda “Qadimiy Xorazm tarixi”, “Xorazmshohlar” va “Xorazm davlati xonlari” tarixini bir nechta davrlarga boʻlib, muhim davrlar va voqealar, shohlar va xonlar hayotining oʻziga xos noyob qiziqarli jihatlarini keng yoritib beruvchi taqdimot xonalarini (showroom), oynavand ekspozitsiyalarni tashkil etish. |
1. Tarixchi olimlarni va mahalliy aholini jalb qilgan holda, ularning taklif va tavsiyalari asosida maʼlumotlarni saralash va jamlash. 2. Saralangan maʼlumotlar asosida muzey ekspozitsiyalarini yaratish yuzasidan konsepsiya loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2019-yil 10-mart
|
Mahalliy budjet mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, |
|
7. |
Xorazm viloyatiga tashrif buyurayotgan turistlar vaqtini mazmunli oʻtkazish, ularni qadimda oʻtgan xonlar va buyuk sarkardalar hayoti bilan tanishtirish maqsadida turli xil tomoshalarni bir yil mobaynida namoyish etish dasturini, shuningdek, 2019-yilning sentabr oyiga qadar budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan kinofilmlar, videoroliklarni suratga olish va turistlarga taqdim etish. |
1. Qadimda oʻtgan xonlar va buyuk sarkardalar hayotini aks ettiruvchi tomoshalarni tayyorlash. 2. Yil mobaynida yuqoridagi tomoshalarni oʻtkazish dasturini tasdiqlash hamda turistlarga namoyish etish. 3. Hududning tarixda tutgan oʻrni, xonlar va buyuk sarkardalar hayoti hamda boshqa qiziqarli voqealarni oʻz ichiga olgan kinofilmlar hamda videoroliklarning bir nechta tillarda (oʻzbek, rus, ingliz va boshqa tillar) taqdim etilishini taʼminlash. |
2019-yil 10-mart
|
Budjetdan tashqari mablagʻlar, Ijrochilar mablagʻlari |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi, |
|
8. |
Yevropa tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga Yangiariq tumani “Oq machit” qishlogʻidagi “Nemis mennonit”lari yashagan hududda nemislar yashagan davr koʻrinishini yaratish, shu davrdagi bino va inshootlarni qayta tiklash hamda infratuzilmani yaxshilash boʻyicha loyiha takliflarini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
1. “Nemis mennonit”lari yashagan hudud toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlarni saralash hamda jamlash. 2. Saralangan maʼlumotlar asosida ushbu hududni turistik majmuaga aylantirish va loyiha takliflarini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2019-yil |
- |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, |
|
9. |
Urganch tumanida joylashgan “Ulli hovli” va Xiva shahridagi “Nurullaboy” majmualari hamda Chimboy tumanidagi hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik mahsulotlarini targʻib qilish maqsadida 2019-yil turizm mavsumiga qadar respublikada turizm sohasida faoliyat yuritayotgan subyektlar hamda respublika ommaviy axborot vositalari vakillarining axborotturlarini tashkil qilish. |
1. Axborot turlarining yoʻnalishini ishlab chiqish. 2. Turizm sohasi subyektlari uchun axborot turlarini tashkil etish. 3. “Dunyo boʻylab” telekanali va boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari uchun axborot turlarini tashkil etish. |
2019-yil 20-mart 2019-yil mart-aprel |
Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Hunarmandlar” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
10. |
“Plaza Notel Group GMBN” (Germaniya) kompaniyasi tomonidan Urganch shahrida 14 mln. AQSh dollari miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya hisobiga mehmonxona kompleksini barpo etish. Shu bilan birga, “Plaza Notel Group GMBN” |
1. “Plaza Notel Group GMBN” (Germaniya) kompaniyasi tomonidan mehmonxonalar tarmogʻini barpo etish toʻgʻrisidagi loyiha uchun tarmoq jadvalini ishlab chiqish. 1. Turistlar uchun qulay boʻlgan hamda tashrif markazlariga aylangan obyektlarga yaqin boʻlgan joylardan Toshkent shahrida mehmonxona qurish uchun tegishli yer maydoni ajratilishini taʼminlash. |
2019-yil 10-mart
|
- |
Xorazm viloyati hokimligi
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
|
11. |
Xorazm viloyatining turizm va transport salohiyatini oshirish maqsadida Samarqand, Buxoro, Fargʻona, Namangan shaharlaridan mahalliy, shuningdek, Frankfurt, Volgograd, Istanbul, Anqara, Izmir, Dehli va Futszyan shaharlaridan Urganch shahriga xalqaro aviareyslarni yoʻlga qoʻyish yuzasidan asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda yoʻlga qoʻyilishi belgilangan aviareyslarni 3 oy oldin eʼlon qilish va Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda keng targʻibot ishlarini amalga oshirish. |
1. Mahalliy va xalqaro aviareyslar qatnovlarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan marketing tadqiqotlarini amalga oshirish. 2. Mahalliy va xalqaro aviareyslarni yoʻlga qoʻyish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. 3. Aviareyslarni yoʻlga qoʻyishdan oldin mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik korpuslari orqali keng targʻibot ishlari olib borilishini taʼminlash. |
2019-yil |
- |
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, |