1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.02.00 Advokatura faoliyatining tashkiliy asoslari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Advokatura]
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 9-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1921-3]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 3-iyuldagi 15-mh-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3637, 07.07.2025-y.) asosan 2025-yil 10-oktabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-son “Yuridik yordam va huquqiy xizmatlar koʻrsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 14-martdagi 69-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1921, 2009-yil 14-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 134-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-yanvar,
11-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 9-yanvardagi 11-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“Ushbu bandning oltinchi xatboshisida nazarda tutilgan advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlar deganda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning taqdimnomalari va xat-xabarlari, advokatlarning xatti-harakatlariga oid boshqa murojaatlar tushuniladi.”.
2. 2-banddagi “advokatlar hamda adliya organlari xodimlaridan teng miqdorda” degan soʻzlar “hamkasblari orasida hurmatga sazovor advokatlar, shuningdek huquq sohasidagi tajribali mutaxassislar orasidan toq miqdorda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 3-band “Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga” degan soʻzlardan keyin “(roʻyxat raqami 1920, 2009-yil 14-mart), Advokatlarning kasb etikasi qoidalariga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 6-band quyidagi mazmundagi oltinchi — sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“advokat maqomini toʻxtatib turish va tiklash toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
advokatga malaka darajasi berish va uni bekor qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha intizomiy ish yuritishni qoʻzgʻatish yoki intizomiy ish yuritishni qoʻzgʻatishni rad qilish haqida qarorlar qabul qiladi;”;
“8. Malaka komissiyalarining tarkibi hududiy boshqarmalar va adliya organlari rahbarlarining qoʻshma qarorlari bilan hamkasblari orasida hurmatga sazovor advokatlar, shuningdek huquq sohasidagi tajribali mutaxassislar orasidan 7 — 9 kishidan iborat tarkibda ikki yil muddatga tasdiqlanadi. Bunda 7 kishidan iborat komissiya aʼzolarining kamida 4 nafari, 9 kishidan iborat komissiya aʼzolarining kamida 5 nafari advokat boʻlishi lozim. Malaka komissiyalari tarkibiga kelishuv asosida sud, adliya organlari hamda boshqa tashkilotlarning huquq sohasidagi tajribali xodimlari jalb etiladi.
Malaka komissiyasi raisi va oʻrinbosari komissiyaning birinchi yigʻilishida aʼzolar umumiy sonining oddiy koʻpchilik ochiq ovoz berishi orqali malaka komissiyasi aʼzolari orasidan saylanadi. Malaka komissiya raisligi va uning oʻrinbosarligiga nomzodlar ovoz berishda qatnashmaydilar.
Malaka komissiyasi raisining oʻrinbosari malaka komissiyasining majlisida rais hozir boʻlmagan hollarda raislik qiladi.”.
“Malaka komissiyalari aʼzoligiga advokatlardan nomzodlar advokatlarning tegishli davlat reyestriga kiritilgan va advokatlik faoliyati boʻyicha kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan advokatlar orasidan taqdim etiladi.”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalari xodimlari, ularning yaqin qarindoshlari malaka komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas.”.
7. Quyidagi mazmundagi 91-band bilan toʻldirilsin:
“91. Quyidagi holatlarda komissiya aʼzosi komissiya tarkibidan chiqariladi:
oʻz arizasiga binoan;
advokat maqomi toʻxtatilgan yoki tugatilganda;
komissiya aʼzosi boʻlgan sud, adliya organlari va boshqa tashkilotlar xodimining ish joyi oʻzgarganda yoki xodim ishdan boʻshatilganda;
komissiya aʼzosi tomonidan mazkur Nizom talablari qoʻpol ravishda buzilganda;
komissiya aʼzosi sogʻligʻining holatiga koʻra vazifalarini bajarish imkoni boʻlmaganda;
komissiya aʼzosi komissiya yigʻilishlarida surunkali 3-marta uzrli sabablarsiz ishtirok etmagan taqdirda.
Ushbu bandning beshinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha komissiya aʼzosini komissiya tarkibidan chiqarish masalasi komissiya raisi tomonidan kiritiladi.
Komissiya aʼzosini komissiya tarkibidan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror komissiya aʼzolarining uchdan ikki qismi ovozlari bilan qabul qilinadi. Qabul qilingan qaror haqida komissiya tarkibidan chiqarilgan komissiya aʼzosiga yozma ravishda maʼlum qilinadi.
Komissiya aʼzosini komissiya tarkibidan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sudga shikoyat keltirilishi mumkin.
Malaka komissiyasi aʼzosini ushbu bandda nazarda tutilmagan asoslar boʻyicha komissiya tarkibidan chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Komissiya tarkibidan chiqarilgan aʼzo oʻrniga mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda komissiya tasdiqlangan muddat doirasida yangi komissiya aʼzosi kiritiladi.”.
“10. Malaka komissiyasining aʼzosi boʻlgan advokatga nisbatan intizomiy ish yuritish koʻrib chiqilishi yoki malaka komissiyasi aʼzosidan malaka imtihoni va advokat qasamyodi qabul qilinayotganda ular malaka komissiyasi majlisida qatnashishga haqli emas.
Komissiya aʼzosi, agar u:
komissiya majlisi koʻrilayotgan masalalar boʻyicha talabgor, advokat va boshqa manfaatdor shaxs malaka komissiyasi aʼzosining yaqin qarindoshi boʻlsa;
komissiya majlisining natijasidan va unda qabul qilinadigan qarordan bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa, komissiya majlisida ishtirok etishi mumkin emas va u rad etilishi kerak.
Mazkur bandda koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, komissiya aʼzosi oʻzini oʻzi rad etishi shart. Agar u bunday qilmasa, ayni shu asoslar boʻyicha komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan, shuningdek masalasi koʻrilayotgan talabgorlar, advokatlar va boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan rad etilishi mumkin.
Rad etish haqidagi bayonot asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Rad etish bildirilgan komissiya aʼzosi rad etish toʻgʻrisidagi masala koʻrilishidan oldin oʻz tushuntirishlarini berishga haqli.
Rad etish toʻgʻrisidagi masala rad qilinayotgan shaxsning yoʻqligida komissiyaning qolgan aʼzolari tomonidan oddiy koʻpchilik ovoz bilan hal etiladi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, komissiya aʼzosi rad etilgan hisoblanadi.
Malaka komissiyasining majlisi, agar unda malaka komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, komissiya vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi.
Kvorum boʻlmagan holda malaka komissiyasining majlisda hozir boʻlgan aʼzolari tomonidan majlisni keyinga qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi, majlis oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida qoʻshimcha ravishda xabar qilinadi.
Oliy malaka komissiyasining qaroriga binoan malaka komissiyalarining majlislarida Oliy malaka komissiyasining aʼzolari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin.
11. Malaka komissiyasining majlislari zaruratga qarab, lekin bir oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Malaka komissiyasining raisi komissiya majlisi oʻtkazilishidan kamida yetti kun oldin majlisning kun tartibi, sanasi, vaqti va joyini belgilaydi.”.
9. 13-band quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“intizomiy ish yuritish bilan bogʻliq maʼlumot olish uchun tegishli organlarga soʻrovnoma yuborilishini tashkil etadi;”;
10. 14-banddagi “qatnashgan komissiyaning barcha aʼzolari, shuningdek, masʼul kotib” degan soʻzlar “raislik etuvchi va masʼul kotib” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlmasa, shu jumladan advokatlik tuzilmasida kamida uch oylik stajirovkadan oʻtmagan boʻlsa, stajirovka oʻtashdan ozod qilingan shaxslar bundan mustasno;”;
oltinchi xatboshidagi “Qonunga” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonuniga (bundan keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“27. Talabgorlarga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda imtihon varaqalari beriladi.
Har bir imtihon varaqasi malaka komissiyasi majlisida ishtirok etayotgan barcha komissiya aʼzolari tomonidan imzolangan boʻlishi shart. Imtihon varaqasining birinchi beti hududiy boshqarmaning muhri bilan tasdiqlanadi.
Malaka komissiyasi aʼzolarining har biriga talabgorlarni baholash uchun mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda bittadan baholash byulleteni beriladi. Baholash byulletenlari hududiy boshqarmaning muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi hamda malaka komissiyasi aʼzolariga mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda imzo qoʻydirilgan holda tarqatilishi lozim.”.
17. 29-bandning birinchi xatboshisidan “Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi bilan birgalikda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
18. Quyidagi mazmundagi 311-band bilan toʻldirilsin:
“311. Malaka komissiyasi aʼzolari baholash byulletenida talabgorning bergan javoblarini oʻn ballik tizimda baholaydi.”.
19. Quyidagi mazmundagi 331 va 332-bandlar bilan toʻldirilsin:
“331. Baholash byulletenida ballarni hisoblab chiqish uchun malaka komissiyasi aʼzolari orasidan 3 kishidan iborat hisoblash guruhi tuziladi.
Hisoblash guruhi tomonidan baholash byulletenlaridagi ballar hisoblab chiqiladi. Hisoblash natijalari mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi yigʻma baholash byulleteniga kiritiladi va malaka komissiyasi aʼzolariga eʼlon qilinadi.
332. Talabgorni malaka imtihonini topshirgan deb topish uchun talabgor toʻplagan ball malaka imtihonida olinishi mumkin boʻlgan eng yuqori ballning 60 foizidan kam boʻlmasligi lozim.”.
20. Quyidagi mazmundagi V1 bob bilan toʻldirilsin:
“V1. Advokat maqomini toʻxtatib turish va tiklash
361. Advokat maqomini toʻxtatib turish advokatlik guvohnomasi berilgan joydagi malaka komissiyasi qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
advokat advokatlik faoliyati bilan birga olib borib boʻlmaydigan doimiy lavozimga saylanganda yoki tayinlanganda — ish davriga;
taʼlim muassasalariga, shu jumladan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslariga oʻqishga kirganda — oʻqish davriga, biroq koʻpi bilan uch yilga;
homiladorlik va tugʻish, uch yoshgacha boʻlgan bolani parvarish qilish boʻyicha taʼtillar berilganda — taʼtil vaqtiga;
advokat yoki uning yaqin qarindoshi ogʻir kasalligi sababli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik tufayli tibbiy xulosa taqdim etilganda — sogʻayguncha, biroq koʻpi bilan bir yilga;;
advokat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilganda — bedarak yoʻqolgan deb topish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinguniga qadar boʻlgan davrga;
advokat harbiy xizmatga chaqirilganda — harbiy xizmatni oʻtash davriga;
sud tomonidan advokatga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, agar sudning mazkur qarori Qonunning 16-moddasiga muvofiq litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos boʻlmasa, — tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari sud tomonidan bekor qilinguniga qadar yoki oʻzgartirilguniga qadar boʻlgan davrga;
Qonunning 15-moddasiga muvofiq litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilganda — litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilgan davrga;
advokatlik tuzilmasi tugatilganda yoki advokat undan chiqqanida — advokat tomonidan uch oydan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladigan boshqa advokatlik tuzilmasi tashkil etilguniga qadar yoxud mavjud advokatlik tuzilmalaridan biriga kirguniga qadar boʻlgan davrga.
Advokatda advokatlik faoliyati bilan bir oydan ortiq muddatga shugʻullanishdan ozod qilinishiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud boʻlganda, advokatning maqomi uning arizasiga binoan bunday ozod qilinish muddatiga toʻxtatib turilishi mumkin.
Advokatlik maqomini toʻxtatib turish haqidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran advokat maqomi toʻxtatiladi.
Adliya organi uch kunlik muddat ichida malaka komissiyasi orqali advokatning guvohnomasini olib qoʻyadi, bundan advokat bedarak yoʻqolgan deb topilgan hol mustasno va Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga advokat maqomi toʻxtatilganligi haqida xabar beradi. Advokat maqomining toʻxtatib turilishi advokatning Advokatlar palatasiga aʼzoligi toʻxtatib turilishiga sabab boʻladi.
Advokat maqomining toʻxtatib turilishi mazkur advokatga nisbatan qonunda nazarda tutilgan kafolatlarning amal qilishi toʻxtatilishiga olib keladi, Qonun 10-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan kafolatlar bundan mustasno.
Shaxs advokat maqomini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan hollar tugatilganidan keyin uch oy ichida advokatlik faoliyatiga kirishishi kerak. Mazkur talabni bajarmaslik litsenziyaning amal qilishi Qonunning 16-moddasida belgilangan tartibda tugatilishiga sabab boʻladi.
362. Advokat maqomini mazkur Nizom 361-bandining ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha toʻxtatib turish advokatning yozma arizasi hamda advokat advokatlik faoliyati bilan birga olib borib boʻlmaydigan doimiy lavozimga saylangan yoki tayinlanganligi, taʼlim muassasalariga, shu jumladan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslariga oʻqishga kirganligi, homiladorlik va tugʻish, uch yoshgacha boʻlgan bolani parvarish qilish boʻyicha taʼtillar berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida hollarda amalga oshiriladi.
Advokat maqomini mazkur Nizom 361-bandining beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan asos boʻyicha toʻxtatib turish advokatning yozma arizasi, bunday ariza taqdim etishning imkoni boʻlmagan taqdirda, yaqin qarindoshlarining yozma arizasi yoki advokatlik tuzilmasining murojaati va tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi.
Advokat maqomini uning yaqin qarindoshi ogʻir kasalligi sababli toʻxtatib turishga yaqin qarindoshni parvarish qilish advokatlik faoliyatini amalga oshirishga toʻsqinlik qilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Advokat maqomini mazkur Nizom 361-bandining oltinchi va sakkizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha toʻxtatib turish tegishli ravishda sudning advokatni bedarak yoʻqolgan deb topish haqida hamda sudning advokatga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan qarorlariga koʻra advokatning yaqin qarindoshlari yozma arizasi yoki advokatlik tuzilmasining murojaati asosida amalga oshiriladi.
Advokat maqomini mazkur Nizom 361-bandining yettinchi xatboshisida koʻrsatilgan asos boʻyicha toʻxtatib turish advokatning yozma arizasi yoki advokatlik tuzilmasining murojaatiga koʻra tegishli mudofaa ishlari boʻlimi maʼlumotnomasi asosida amalga oshiriladi.
Advokat maqomini mazkur Nizom 361-bandining oʻninchi xatboshisida koʻrsatilgan asos boʻyicha toʻxtatib turish advokatlik tuzilmasining tugatilayotganligi yoki advokat undan chiqqanligi haqidagi yozma bildirishnomasi asosida amalga oshiriladi. Bunda, advokat maqomi advokat advokatlik tuzilmasi tugatilishi yoki undan chiqqanidan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan boshqa mavjud advokatlik tuzilmasiga kirgan taqdirda toʻxtatilmaydi.
363. Advokat maqomini tiklash malaka komissiyasi qarori bilan advokat maqomini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan hollar tugatilganidan keyin amalga oshiriladi.
Advokat maqomi toʻxtatib turilgan shaxs mazkur Nizomning 361-bandi oʻn beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat oʻtishiga kamida oʻn kun qolganida tegishli malaka komissiyasiga advokat maqomini tiklash toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga advokat maqomini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan hollar tugatilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilinadi.
Malaka komissiyasi koʻrsatilgan muddatda arizani koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. Malaka komissiyasining advokat maqomini tiklash haqidagi qarori u qabul qilingan kunning ertasidan kechiktirmasdan adliya organiga yuboriladi.”.
21. 37-bandning uchinchi xatboshisidan “jismoniy yoki yuridik shaxslarning” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
“38. Mazkur Nizom 37-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan asoslarni Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalari, shuningdek adliya organlari oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirayotgan nazorat faoliyati jarayonida aniqlagan taqdirda, tegishli hududiy boshqarmaning yoki adliya organining rahbari malaka komissiyasiga vajlarni bayon etgan holda advokatga nisbatan intizomiy ish yuritishni qoʻzgʻatish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida murojaat qiladi. Murojaatda u bilan bogʻliq barcha hujjatlar va materiallar ilova qilinadi.
Hududiy boshqarma yoki adliya organiga kelib tushgan advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlar, sudning advokatga nisbatan chiqargan xususiy ajrimi malaka komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
23. Quyidagi mazmundagi 381-band bilan toʻldirilsin:
“381. Hududiy boshqarma yoki adliya organiga kelib tushgan murojaatlarda koʻrsatilgan masalalarni hal etish malaka komissiyasi vakolati doirasiga kirmagan taqdirda, murojaatlar besh kunlik muddatdan kechiktirmay tegishli davlat organlariga, boshqa tashkilotlarga va mansabdor shaxslarga yuborilib, bu haqda murojaat etuvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinadi.
Hududiy boshqarma yoki adliya idorasiga kelib tushgan murojaatda jinoyat toʻgʻrisidagi xabar mavjudligi haqida yetarli asoslar mavjud boʻlsa, tegishli hududiy boshqarma yoki adliya organi rahbari murojaat kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmay murojaatni tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborishni taʼminlaydi va murojaat nusxasini malaka komissiyaga taqdim qiladi.”
“39. Intizomiy ish yuritishni qoʻzgʻatish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi va advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlar hududiy boshqarma tomonidan roʻyxatga olinadi va barcha hujjatlar bilan birga masʼul kotibga topshiriladi. Masʼul kotib ularni qabul qilib olgan kunning ertasidan kechiktirmay advokatni bu haqida xabardor qiladi.”.
25. 40-banddagi “oʻn” degan soʻz “yetti” degan soʻz bilan almashtirilsin;
26. 41 va 42-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
“43. Advokat malaka komissiyasi majlisining oʻtkaziladigan sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida belgilangan tartibda xabardor qilinganligiga qaramasdan malaka komissiyasining majlisiga kelmagan taqdirda, malaka komissiyasining qarori bilan murojaatni koʻrib chiqish keyingi majlisga qoldirilishi yoki uning ishtirokisiz koʻrib chiqilishi mumkin.
Advokatning noqonuniy harakatlari yuzasidan murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha malaka komissiyasi intizomiy ish yuritishni qoʻzgʻatish yoki intizomiy ish yuritishni qoʻzgʻatishni rad qilish haqida qaror qabul qiladi.
Malaka komissiyasi intizomiy ish yuritishni qoʻzgʻatish haqida qaror qabul qilgan taqdirda intizomiy ish yuritish komissiyaning mazkur majlisida koʻrib chiqadi.
Agar intizomiy ish yuritishni koʻrib chiqishda malaka komissiyasi intizomiy ish yuritish bilan bogʻliq ayrim masalalarni oʻrganish talab qilinadi degan xulosaga kelsa, komissiya qarori bilan intizomiy ish yuritish qoʻzgʻatilib, oʻrganishni oʻtkazish hududiy boshqarmaga yuklatiladi.
Malaka komissiya tomonidan qoʻzgʻatilgan intizomiy ish yuritish boʻyicha oʻrganish Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Boshqaruvi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oʻrganish natijalari boʻyicha toʻplangan hujjatlar masʼul xodim tomonidan imzolangan va hududiy boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlangan xulosa bilan malaka komissiyasiga taqdim etiladi.
Xulosada murojaatda keltirilgan vajlarni oʻrganishda aniqlangan holatlar va advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, Advokatlarning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va qasamyodi buzilishi holatlari batafsil yoritilishi lozim. Bunda advokatning javobgarligi va intizomiy taʼsir choralari qoʻllanilishiga oid taklif va izohlar bayon etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.”.
28. Quyidagi mazmundagi 431 — 434-bandlar bilan toʻldirilsin:
“431. Masʼul kotib qaysi advokatga nisbatan intizomiy ish yuritish qoʻzgʻatilgan boʻlsa, oʻsha advokatni ish materiallari bilan tanishtirishi kerak.
Advokatga nisbatan intizomiy ish qoʻzgʻatilishiga asos boʻlgan murojaat muallifini intizomiy ish yuritish materiallari bilan tanishtirish va undan nusxa berish advokatlik siriga qatʼiy rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
432. Oʻziga nisbatan intizomiy ish yuritish qoʻzgʻatilgan advokat:
intizomiy ish yuritish qoʻzgʻatilishiga asos boʻlgan barcha materiallar bilan tanishib chiqishga va oʻz hisobidan nusxa olishga;
intizomiy ish yuritish holatlari boʻyicha yozma shaklda tushuntirishlar berishga, qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etishga;
malaka komissiyasiga holat yuzasidan aniqlik kiritish uchun zarur boʻlgan maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni komissiya yigʻilishiga taklif qilish va tushuntirishlarini eshitish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishga;
malaka komissiyasi yoki Oliy malaka komissiyasi qaror qabul qilguniga qadar (agar bu uning koʻrib chiqish predmeti boʻlsa), intizomiy ish qoʻzgʻatilishiga sabab boʻlgan shikoyatni bergan shaxs bilan yarashuv choralarini koʻrishga;
intizomiy ish yuritish jarayonida advokat xizmatidan foydalanishga haqli.
Advokatga nisbatan intizomiy ish yuritish qoʻzgʻatish uchun asos boʻlgan murojaat muallifi:
ushbu Nizomning 431-bandida nazarda tutilgan talablarga rioya qilgan holda intizomiy ish yuritish qoʻzgʻatilishiga asos boʻlgan barcha materiallar bilan tanishib chiqishga va oʻz hisobidan nusxa olishga;
intizomiy ish yuritish holatlari boʻyicha yozma shaklda tushuntirishlar berishga, qoʻshimcha maʼlumotlar taqdim etishga;
malaka komissiyasiga holat yuzasidan aniqlik kiritish uchun zarur boʻlgan maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni komissiya yigʻilishiga taklif qilish va tushuntirishlarini eshitish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishga;
intizomiy ish yuritish jarayonida advokat xizmatidan foydalanishga haqli.
433. Malaka komissiyasi tomonidan advokat advokatura toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzgan, advokatning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda advokaturaning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etgan deb topilgan taqdirda, yarashuv qabul qilinmasdan, intizomiy ish yuritish mazmunan koʻrib chiqiladi.
434. Advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan murojaatlarni koʻrib chiqishda, shuningdek intizomiy ish yuritish jarayonida quyidagi holatlar aniqlangan taqdirda, intizomiy ish yuritishni qoʻzgʻatish rad etiladi, qoʻzgʻatilgan intizomiy ish yuritish tugatiladi:
koʻrib chiqilayotgan yoki intizomiy ish yuritishni qoʻzgʻatish uchun asos boʻlgan murojaat anonim ekanligi yoki unda koʻrsatilgan muallif haqidagi maʼlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligi;
koʻrib chiqilayotgan holat yuzasidan advokatni intizomiy javobgarlikka tortish muddati oʻtib ketganligi;
aynan shu advokatga nisbatan aynan shu holatlar boʻyicha muqaddam tegishli qaror qabul qilinganligi;
koʻrib chiqilayotgan holat advokatlik faoliyatiga taalluqli emasligi;
murojaatda koʻrsatilgan advokat advokatlar va advokatlik tuzilmalari reyestrida mavjud emasligi.”.
“44. Intizomiy ish yuritishni qoʻzgʻatish masalasini koʻrib chiqish yoki intizomiy ish yuritish jarayonida koʻrib chiqilayotgan murojaatda jinoyat toʻgʻrisidagi xabar mavjudligi aniqlansa, malaka komissiya qarori bilan intizomiy ish yuritishni toʻxtatadi va materiallarni tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboradi, natijasi boʻyicha maʼlumot olish choralarini koʻradi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan advokatga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish rad etilgan taqdirda intizomiy ish yuritish tiklanadi va umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.”.
31. Quyidagi mazmundagi 461-band bilan toʻldirilsin:
“461. Advokatga nisbatan intizomiy jazo nojoʻya xatti-harakat sodir etilgan kundan eʼtiboran olti oy oʻtganidan keyin, moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijalari boʻyicha esa, advokat tomonidan nojoʻya xatti-harakat sodir etilgan kundan eʼtiboran ikki yil oʻtganidan keyin qoʻllanilishi mumkin emas.”.
“47. Malaka komissiyasining litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida maʼmuriy sudga murojaat qilish haqidagi qarori, u qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay hududiy boshqarma tomonidan tegishli adliya organiga yozma shaklda yuboriladi.
Adliya organi mazkur qaror kelib tushgan kundan yetti kun ichida litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida tegishli maʼmuriy sudga murojaat qiladi.
Malaka komissiyasining litsenziyaning amal qilishini tugatish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida Oliy malaka komissiyasiga murojaat qilish haqidagi qarori, u qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay qaror bilan bogʻliq barcha hujjatlar va materiallarni ilova qilgan holda Oliy malaka komissiyasiga yuboriladi va bu haqida manfaatdor shaxslar yozma tartibda xabardor qilinadi.”.
33. 48-band “shuningdek” degan soʻzdan keyin “qilmishning kam ahamiyatliligi va” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
34. 51-banddagi “oʻn” degan soʻz “yetti” degan soʻz bilan almashtirilsin.
35. 55-bandning birinchi xatboshisi “Oliy malaka komissiyasiga shikoyat berilishi mumkin” degan soʻzlardan keyin “litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish bilan bogʻliq malaka komissiyasi qarorlari bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
36. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1 ― 4-ilovalariga muvofiq tahrirda 1 ― 4 ilovalar bilan toʻldirilsin.
37. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
Kelishilgan:
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi A. ERNAZAROV
2019-yil 7-yanvar,
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
(Imtihon varaqasining har bir varagʻida komissiya aʼzolarining va talabgorning imzolari boʻlishi shart)”.
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
M.Oʻ.
Advokatlar palatasining _____________________________ hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasi aʼzosining
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 3-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Advokatlar palatasining _____________________________ hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining ____-son majlisida ishtirok etgan komissiya aʼzolari
ROʻYXATI
T/r
F.I.O.
Lavozimi
Oliy malaka komissiyasi majlisiga kelganligi haqida imzo
Baholash byulletenini olganligi haqida imzo
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
11.
”.
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 4-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA