Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 15.09.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Q.V. Akmalov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 9-yanvar,
18-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-yanvardagi 18-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 25-son, 545-modda):
23-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard oʻgʻlon” davlat mukofotini taʼsis etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-son qaroriga muvofiq “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari boʻlgan umumtaʼlim va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquvchilari mos taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar”;
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 2-ilovaning 7-bandi “nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari” soʻzlaridan keyin “shuningdek “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohiblari boʻlgan oliy oʻquv yurtlari talabalari va bakalavr darajasiga ega yoshlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/18/0550-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son)