Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamgʻalash bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun asillik darajasi toʻlovini undirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi PQ-3199-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamgʻalash bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun asillik darajasi toʻlovini undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamgʻalash, tahlillar oʻtkazish va boshqa xizmatlar koʻrsatish uchun asillik darajasi toʻlovi miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Belgilab qoʻyilsinki, asillik darajasi toʻlovidan kelib tushadigan mablagʻlarning ellik foizi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi ixtiyoriga oʻtkaziladi va ulardan Davlat asillik darajasini belgilash palatasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun maqsadli foydalaniladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 834-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 834-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-oktabr,
819-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 819-son qaroriga
1-ILOVA
Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va tamgʻalash bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun asillik darajasi toʻlovini undirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi (keyingi oʻrinlarda Asillik darajasini belgilash palatasi deb ataladi) tomonidan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini tekshirish va tamgʻalash (qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarni tekshirish va tamgʻalash, tahlillar oʻtkazish va boshqa xizmatlarni koʻrsatish) uchun asillik darajasi toʻlovini toʻlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
2. Asillik darajasi toʻlovi qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga olinmagan holda undiriladi.
3. Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini tekshirish va tamgʻalash bilan bogʻliq yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirganlik uchun yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlardan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari-rezidentlari va norezidentlaridan asillik darajasi toʻlovi undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Asillik darajasi toʻlovini hisoblashda bazaviy hisoblash miqdorining foizlari kamaytirilish tarafiga butun son koʻrinishiga kelgunga qadar yaxlitlangan holda soʻmga oʻgiriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
4. Asillik darajasi toʻlovlari Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli banklari orqali Asillik darajasini belgilash palatasining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
5. Hisobot davrida Asillik darajasini belgilash palatasining hisob raqamiga tushgan mablagʻlar uch bank kuni davomida quyidagi tartibda taqsimlanishi kerak:
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi;
50 foizi — Asillik darajasini belgilash palatasining moddiy-texnik bazani mustahkamlash maqsadida palata ixtiyorida qoldiriladi.
2-bob. Asillik darajasi toʻlovini undirish tartibi
6. Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini tekshirish va tamgʻalash ishlari toʻrt sutka mobaynida amalga oshiriladi.
7. Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini tekshirish va tamgʻalash bilan bogʻliq ishlarni tezkor bajarganlik uchun asillik darajasi toʻlovi quyidagi nisbatlarda koʻpayadi:
bir sutka mobaynida — uch baravar;
ikki sutka mobaynida — ikki baravar;
uch sutka mobaynida — bir yarim baravar.
Asillik darajasini tekshirish va tamgʻalash uchun qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar katta miqdorda kelib tushgan taqdirda, topshiruvchi bilan kelishilgan holda ushbu bandda koʻrsatilgandan boshqa muddat belgilanishi mumkin.
Ushbu bandda belgilangan ishlarni bajarish muddatlari dam olish va bayram kunlarini oʻz ichiga olmaydi.
8. Asillik darajasini tekshirish va tamgʻalash ishlarini bajarish uchun nomaʼlum metalldan yasalgan buyumlarni qabul qilishda asillik darajasi toʻlovi xar bir buyum uchun quyidagi tartibda undiriladi:
sariq rangli metalldan yasalgan boʻlsa — oltin buyumlar uchun belgilangan miqdorda;
oq rangli metalldan yasalgan boʻlsa — kumush buyumlar uchun belgilangan miqdorda;
kulrang metalldan yasalgan boʻlsa — platina buyumlar uchun belgilangan miqdorda.
9. Qimmatbaho metallarning tarkibini aniqlash jarayonida tahlil uchun olingan parallel namunalar tasdiqlangan asillik darajasi toʻloviga muvofiq bitta tahlil sifatida inobatga olinadi va toʻlanadi.
10. Asillik darajasini belgilash palatasi xodimlari tomonidan tanlab olingan materiallarning nazorat namunalarini tekshirganlik uchun toʻlov yuridik shaxslar tomonidan shartnoma asosida toʻlanadi.
11. Oʻlchovlar oʻxshashligiga erishish, turli laboratoriyalarda (tashqi nazorat) bajarilgan tahlillar natijalaridagi doimiy tafovutlarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida namunalarning kimyoviy tahlillari natijalarining aniqlik koʻrsatkichlarini boshqa tashkilot laboratoriyasida tekshirish boʻyicha tahlil oʻtkazilganligi uchun asillik darajasi toʻlovlari tegishli ishlar uchun nazarda tutilgan asillik darajasi toʻlovining ikki baravari miqdorida toʻlanadi.
12. Aynan bitta namunaning kimyoviy tahlil natijalari boʻyicha laboratoriyalar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni hal etish maqsadida kimyoviy tahlillar natijalarining aniqlik koʻrsatkichlarini mustaqil laboratoriyada tekshirishlar (arbitraj nazorati) oʻtkazilganligi uchun asllik darajasi toʻlovlari tegishli ishlar uchun nazarda tutilgan asillik darajasi toʻlovining uch baravari miqdorida toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Asillik darajasini belgilash palatasining tarkibiy tuzilmalari uchun oʻtkaziladigan tahlil va ekspertizalar toʻlovsiz amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
14. Asillik darajasi toʻlovining toʻliq va toʻgʻri undirilganligi uchun javobgarlik Asillik darajasini belgilash palatasiga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan asillik darajasi toʻlovini undirishdan tushadigan mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga toʻgʻri ajratilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi 103-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son)
16. Asillik darajasi toʻlovi nazarda tutilmagan boshqa yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlar uchun toʻlov shartnoma asosida amalga oshiriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
17. Asillik darajasi toʻlovini undirish bilan bogʻliq nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 819-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning asillik darajasini belgilash va ularni tamgʻalash, tahlillar oʻtkazish va boshqa xizmatlar uchun asillik darajasi toʻlovi
miqdorlari
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Ishlarning nomi

Oʻlchov birligi

Asillik darajasi toʻlovi miqdori, bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan foizlarda

Asillik darajasini belgilash va tamgʻalash uchun toʻlov

(asillik darajasini belgilash uchun toʻlov asillik darajasi toʻlov miqdorining 80, tamgʻalash uchun 20 foizni tashkil qiladi)

1.1.

Oʻzbekiston Respublikasida yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar (soat korpuslaridan tashqari):

oltin

dona

2,76

kumush

dona

0,59

platina, palladiy

dona

2,67

1.2.

Chet elda ishlab chiqarilgan va yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar (soat korpuslaridan tashqari):

oltin

dona

6,43

kumush

dona

1,83

platina, palladiy

dona

6,43

1.3.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻasi va sobiq Ittifoq ramzi tushirilgan asillik darajasi tamgʻa izlarini qayta tamgʻalash uchun jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar (soat korpuslaridan tashqari):

oltin

dona

2,94

kumush

dona

0,66

platina, palladiy

dona

2,94

1.4.

Qimmatbaho metalldan yasalgan soat korpuslari (shu jumladan ajralmaydigan brasleti bilan):

oltin

dona

11,95

kumush

dona

2,94

platina, palladiy

dona

13,60

1.5.

Zargarlik va boshqa buyumlarning tarkibida elementlar* soni 5 tadan oshsa, asillik darajasini tekshirish va tamgʻalash narxi ikki baravar oshadi.

II. Muzeylar tomonidan taqdim etiladigan buyumlar tarkibidagi qimmatbaho metallarni aniqlash uchun toʻlov

2.1.

1 5 element mavjud boʻlgan buyumlarda:

oltin, platina va palladiy

dona

1,32

kumush

dona

0,33

2.2.

Buyumlarning asillik darajasini tekshirish narxi buyum tarkibida:

6 tadan 15 tagacha element* boʻlganda — 2 baravar;

16 tadan 50 tagacha element* boʻlganda — 3 baravar;

51 tadan 100 tagacha element* boʻlganda — 4 baravar;

100 tadan ortiq element* boʻlganda — 5 baravar koʻpayadi.

* Element — zargarlik va boshqa mahsulotlarning tarkibiy qismi

III. Texnik ekspertizadan oʻtkazish uchun toʻlov

3.1.

Quyidagilarni:

Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻalari izlarining haqiqiyligini, Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻalarining izlari va ishlab chiqaruvchining shaxsiy tamgʻasi izi hamda belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi qalbakiligini, shuningdek, buyumlarda har xil tamgʻa izlari mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash.

dona

5,40

3.2.

Asillik darajasini aniqlash:

oltinning 750, kumushning 925, platinaning 900 va palladiyning 850 asillik darajalaridan yuqori boʻlganlari spektrometrda rentgen-fluoressentli usul bilan;

dona

18,20

metall turidan qatʼiy nazar, yuqorida koʻrsatilgan asillik darajalaridan past boʻlganlari namuna toshida tekshirish usuli bilan:

dona

2,2

3.3.

Qirralangan karat ogʻirligidagi olmoslarning (brilliantlar) xususiyatlarini aniqlash (nomlanishi, ogʻirligi, qirrasining shakli, tozalik va rang guruhi):

0,29 gacha

1 tosh uchun

11,51

0,30 dan 0,99 gacha

1 tosh uchun

23,02

1,00 dan 2,99 gacha

1 tosh uchun

57,55

3,00 dan 5,99 gacha

1 tosh uchun

80,57

6,00 va yuqori

1 tosh uchun

109,34

3.4.

Qirralangan karat ogʻirligidagi zumrad, yoqut, sapfir va aleksandritlarning xususiyatlarini aniqlash, (nomlanishi, ogʻirligi, qirrasining shakli, tozalik va rang guruhi):

0,29 gacha

1 tosh uchun

5,75

0,30 dan 0,99 gacha

1 tosh uchun

17,26

1,00 dan 2,99 gacha

1 tosh uchun

34,53

3,00 dan 5,99 gacha

1 tosh uchun

63,30

6,00 va yuqori

1 tosh uchun

86,32

3.5.

Qirralangan va qirralanmagan toshlarning nomlanishini aniqlash (qimmatbaho toshlardan tashqari)

har bir nom uchun

0,81

3.6.

Qirralanmagan qimmatbaho va boshqa toshlarning nomlanishi va ogʻirligini aniqlash

har bir nom uchun

3,74

3.7.

yarim tayyor, tayyor, tugallanmagan, foydalanishda boʻlgan, shikastlangan va/yoki shikast yetkazuvchi zargarlik buyumlarini vizual aniqlash uchun:

 

 

 

200 gacha

gramm

50,0

 

201 dan 500 gacha

gramm

100,0

 

501 dan 1 000 gacha

gramm

200,0

 

1 001 dan 5 000 gacha

gramm

500,0

 

5 001 dan 10 000 gacha

gramm

1 000,0

 

10 001 dan yuqori

gramm

3 000,0

IV. Tahlil oʻtkazilganlik uchun toʻlov

4.1.

Zargarlik, yasama tish qotishmalari va boshqa qotishmalarda:

kupelyatsiya usuli bilan oltinni aniqlash (cheki bilan)

1 tekshiruv

58,82

kumushni aniqlash (titrometrik usul bilan)

1 tekshiruv

32,99

atom-emissiya spektorometrida platina, palladiyni aniqlash

1 tekshiruv

103,12

4.2.

4.2. Elektrolitlar, yaxob suv va eritmalarda (suyuq oltinda):

oltinni aniqlash (soʻnggi kupelyatsiya usuli bilan)

1 tekshiruv

58,82

kumushni aniqlash (titrometrik usul bilan)

1 tekshiruv

32,99

atom-emissiya spektorometrida platina, palladiyni aniqlash

1 tekshiruv

103,12

4.3.

Qoplamalar, zargarlik kretslari, shliflar va shlamlarda:

oltinni aniqlash (soʻnggi kupelyatsiya usuli bilan)

1 tekshiruv

58,82

kumushni aniqlash (titrometrik usul bilan)

1 tekshiruv

32,99

4.4.

Yorugʻlikni sezadigan turli kino-foto-rentgen materiallar va fiksaj eritmalarda:

kumushni aniqlash (titrlash usuli bilan)

1 tekshiruv

32,99

4.5.

Rudalar, jinslar, konsentrantlarni eritish usuli bilan asillik darajasini tekshirish:

oltin va kumushning asillik darajasini tekshirish

1 tekshiruv

73,80

oltin va kumushning asillik darajasini kvartlab tekshirish

1 tekshiruv

88,60

platina guruhiga kiruvchi metallarning asillik darajasini jamlash

1 tekshiruv

57,53

4.6.

Atom-emissiya spektometrida 1 — 8 element boʻyicha miqdoriy tekshirish

1 tekshiruv

103,12

4.7.

Namunadagi namlikni aniqlash

1 tekshiruv

13,33

4.8.

Namunalarda qizdirish paytidagi yoʻqotishlarni aniqlash

1 tekshiruv

13,33

4.9.

Katalizatorlarda platinani spektrofotometrik aniqlash

1 tekshiruv

88,69

4.10.

Rentgen-fluoressent spektrometrda zargarlik sanoati buyumlari, qotishmalari va parchalarini miqdoriy tekshirish

1 tekshiruv

18,20

4.11.

Rentgen mikroanalizatorda bir nuqtada namunaning (metall, qotishma, buyumning) kimyoviy tarkibini tekshirish

1 tekshiruv

84,09

4.12.

ICP-mass-spektrometrda namunadagi kimyoviy elementlar tarkibini miqdoriy tekshirish

1 tekshiruv

258,80

V. Turli ishlarni amalga oshirish

5.1.

Probir reaktivlarni tayyorlash (ularni tayyorlashda ishlatiladigan qimmatbaho metallarni hisobga olmasdan):

kislotali, tuzli (oltin uchun)

1 millilitr

0,28

xrompik (kumush uchun)

1 millilitr

0,28

Azot-kislotali kumush (kumush uchun)

1 millilitr

0,28

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 281-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2025-y., 09/25/281/0403-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 819-son qaroriga
3-ILOVA
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
kiritilayotgan oʻzgartirish
Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandidagi yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Olib qoʻyilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan buyumlar, shuningdek tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan materiallar vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan asillik darajasini tekshirish uchun ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarga yuboriladi. Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlardagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻa izlarining haqiqiyligini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligining Davlat asillik darajasini belgilash palatasiga (keyingi oʻrinlarda Asillik darajasini belgilash palatasi deb ataladi) texnik ekspertizadan oʻtkazishga yuboriladi. Asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan oʻtkazilgan texnik ekspertiza uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda asillik darajasi toʻlovi undiriladi. Zarur hollarda, Asillik darajasini belgilash palatasi qimmatbaho metallardan yasalgan tamgʻa bosilishi lozim boʻlgan zargarlik va boshqa buyumlarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan oʻn kun muddatda asillik darajasi toʻlovi undirmasdan tamgʻalaydi”.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-oktabrdagi 819-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Asillik darajasi toʻlovi va asillik darajasi toʻlovini toʻlash tartibi toʻgʻrisida” 2003-yil 27-maydagi 232-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 5-son, 42-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-yanvardagi 28-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 1-son, 3-modda) ilovadagi 5-band.
4. Vazirlar Mahkamasining “Olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkazilgan boyliklardan samarali foydalanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 5-iyundagi 156-qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 23-son, 304-modda) 1-ilovadagi 5-bandning b) kichik bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., 09/17/819/0104-son, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 21.02.2020-y., 09/20/103/0196-son, 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 02.05.2025-y., 09/25/281/0403-son)