Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tabiiy suv havza uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklariga ijaraga berish va Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-maydagi PQ-2939-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 441-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/441/0674-son)
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 7-avgust,
593-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 441-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/441/0674-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Jamgʻarma alohida yuridik shaxs tashkil etmagan holda “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasida tuziladi hamda uning mablagʻlari “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
3. Mazkur Nizom Aydar-Arnasoy koʻllar tizimidagi baliq ovlash xoʻjaliklariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
4. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
tabiiy suv havzalarini baliq ovlash xoʻjaliklariga ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
5. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish Jamgʻarmaning har yili tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetalariga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagilarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi:
baliqchilik tarmogʻida ilmiy-tadqiqot va seleksiya-naslchilik ishlarini amalga oshirish;
tabiiy suv havzalarida baliq zaxiralarini koʻpaytirish maqsadida baliqlantirish ishlarini amalga oshirish;
baliqlarni oziqlantirish uchun ozuqalarning zamonaviy retsepturasi va uslubiy qoʻllanmalarini ishlab chiqish;
baliqchilik tarmogʻida zamonaviy intensiv va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish va moddiy texnika bazasini rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
aʼzo korxonalar tomonidan xorijiy mamlakatlardan baliqchilik sohasi ekspert va mutaxassislarini jalb qilish xarajatlari hamda ularning bir yillik ish haqi miqdorining 50 foizigacha, biroq oyiga 1 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan qismi;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-martdagi 137-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/137/22/0244-son)
baliqlar kasalliklarini oldini olish va davolashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
baliqchilik tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalari shakllantirilishini moliyalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
tabiiy va sunʼiy suv havzalarida baliqchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlarning faoliyatini qonuniylashtirish maqsadida mazkur suv havzalari boʻyicha kadastr hujjatlarini tuzish va roʻyxatdan oʻtkazish.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-avgustdagi PQ-4816-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2020-y., 07/20/4816/1239-son)
7. Jamgʻarma mablagʻlaridan qatʼiy ravishda maqsadli foydalaniladi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
8. Uyushma raisi boshchilik qiluvchi Jamgʻarmaning boshqaruv kengashi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma kengashi deb ataladi) Jamgʻarmani boshqarish organi hisoblanadi.
9. Jamgʻarma kengashining shaxsiy tarkibi Uyushma, Baliqchilik ilmiy tadqiqot instituti, hududiy “Baliqsanoat” MCHJ direktorlari va baliqchilik xoʻjaliklari vakillaridan tashkil topadi hamda kengash tarkibi Uyushma taʼsischilari yigʻilishi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Jamgʻarma kengashi va aʼzolari jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatadi.
11. Jamgʻarma kengashi:
Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan tadbirlarning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
zarur hollarda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi;
jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni tanlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi.
12. Jamgʻarma kengashi majlisi har chorakda bir marotaba, zarur boʻlganda navbatdan tashqari hollarda chaqiriladi.
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan hisobot, nazorat va javobgarlik
13. Jamgʻarma boʻyicha mablagʻlar tushumi va harakati hisobi Uyushmaning Moliya, buxgalteriya hisobi, hisoboti va Jamgʻarma mablagʻlarining boshqarish boʻlimi tomonidan alohida yuritiladi.
14. Uyushma tomonidan har chorakdan keyingi oyning 5-sanasida Jamgʻarma mablagʻlarini shakllanishi va xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq Jamgʻarma kengashiga taqdim etadi.
15. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat Jamgʻarma kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
16. Jamgʻarma mablagʻlarining sarflanishida Uyushma quyidagilar uchun javobgardir:
jamgʻarma mablagʻlari buxgalteriya hisobini toʻgʻri yuritilishiga;
jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanishga;
tanlov (tender) savdolari oʻtkazish tartibiga rioya qilinishi va yetkazib beruvchilarni tanlashda maqsadga muvofiqlik va narx-navo yechimiga.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishida kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
|
T/r |
Koʻrsatkich nomi |
Summa (ming soʻm) |
|
1. |
01.01.20____ga qoldiq |
|
|
2. |
Hisobot davrida tushgan mablagʻlar (jami) |
|
|
|
shu jumladan: |
|
|
|
|
|
|
3. |
Hisobot davridagi xarajatlar (jami) |
|
|
|
shu jumladan: |
|
|
|
|
|
|
4. |
Hisobot davriga qoldiq |
|
|
“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi raisi |
____________ |
_________________________ |
||||||
|
(imzo) |
(F.I.Sh.) |
|||||||
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISHLAR
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlov sifatida tushgan mablagʻlarni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisida nizomning 1-bandi oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“respublikaning baliqchilik xoʻjaligi tabiiy suv havzalarida sanoat maqsadida baliq ovlash uchun 100 foizi — “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;”.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. 2018-yil 1-yanvardan boshlab “Baliqchilik tarmogʻida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-avgustdagi 350-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 70-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori 3-ilovasining 23-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ–360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ–398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qarori 1-ilovasining 58-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining biologik resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 7-martdagi 124-son qarorining 9-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 10-son, 148-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 32-son, 814-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 15.05.2019-y., 09/19/403/3134-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son, 29.08.2020-y., 07/20/4816/1239-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/137/22/0244-son; 04.09.2023-y., 09/23/441/0674-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)