Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 20-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2165-8]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 3-mh-sonli “Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3114, 04.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 20-dekabrdagi 303-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2165, 2010-yil 20-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 498-modda) bilan tasdiqlangan Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi hamda Huquqiy targʻibot va axborot boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Vazir M. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-iyun,
144-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 20-iyundagi 144-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “ham tanlov oʻtkazilishi mumkin” degan soʻzlar “tanlov oʻtkazish mazkur Nizom 281-bandining ikkinchi xatboshisida belgilangan tartibda amalga oshiriladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “eʼlon beriladi” degan soʻzlardan soʻng “, mazkur Nizom 2-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
birinchi xatboshining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan talabgorlarga notariusning homiladorlik va tugʻish taʼtillariga, shuningdek, bolalarni parvarishlash taʼtillariga chiqish davrida uning oʻrnida vaqtincha notarius lavozimida ishlash taklif etilishi mumkin.”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
4. 282-banddagi “Tanlovlarda ketma-ket” degan soʻzlar “Soʻnggi olti oy davomida oʻtkazilgan tanlovlarda ketma-ket” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 30-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
6. 34-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agar talabgor notariusning homiladorlik va tugʻish taʼtillariga, shuningdek, bolalarni parvarishlash taʼtillariga chiqishi davrida uning oʻrnida vaqtincha notarius lavozimida ishlash uchun tayinlangan boʻlsa, u bilan muddatli mehnat shartnomasi tuziladi va adliya boshqarmasi tomonidan tegishli buyruq chiqariladi.”
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 25-son, 561-modda)