Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2016-yil 4-yanvardagi OʻRQ-399-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oldingi tahrirga qarang.
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2016-yil 4-yanvardagi OʻRQ-399-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, dori vositalari va tibbiy jihozlarning ulgurji va chakana realizatsiyasini tartibga solish, aholini xavfsiz, sifatli va samarador dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalari va tibbiy jihozlar, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy jihozlarni ularning inson sogʻligʻiga zararli taʼsirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda muomaladan chiqarish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Ushbu qaror 2017-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 6-aprel,
185-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq dori vositalarini va tibbiy jihozlarni ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalarini va tibbiy jihozlarni ulgurji realizatsiya qilish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizom talablari tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, dori vositalari va tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilar (keyingi oʻrinlarda ishlab chiqaruvchilar deb ataladi), shuningdek dori vositalarini va tibbiy jihozlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar deb ataladi) uchun majburiydir.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Dori vositalari farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilar hamda ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlagan dori vositalari va tibbiy jihozlarni ulgurji realizatsiya qilish qoidalari boʻyicha ulgurji realizatsiya qilinadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ishlab chiqaruvchilar faqat oʻzlari ishlab chiqargan dori vositalari va tibbiy jihozlarni ulgurji realizatsiya qilish huquqiga ega, dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarini va tibbiy jihozlarni dori vositalari va tibbiy jihozlar ishlab chiqaruvchilardan, dori vositalarini va tibbiy jihozlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi boshqa tashkilotlardan, shuningdek dori vositalarini va tibbiy jihozlarni chet ellik ishlab chiqaruvchilardan hamda ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlardan xarid qilish huquqiga ega.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasini ulgurji sotishda ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan (bazaviy) qiymatidan 15 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorlarda ustama qoʻllaniladi. Bunda ushbu dori vositalarining ulgurji narxlari cheklangan ulgurji referent narxlardan yuqori boʻlmasligi shart.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Import qilinadigan retsept bilan beriladigan dori vositalari uchun xarid qiymati import mahsulotga tartibga solinadigan narx belgilash bazasi boʻlib xizmat qiladi.
(51-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Xarid (bazaviy) qiymati quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Q = Shq + B + Bx, bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Q — import qilingan retsept bilan beriladigan dori vositalarining xarid (bazaviy) qiymati;
(51-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Shq — import qilingan retsept bilan beriladigan dori vositalarining erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimi (IM-40) asosida bojxona yuk deklaratsiyasi toʻldirilgan sanadagi Markaziy bankning kursidan kelib chiqib belgilangan shartnomaviy qiymati;
(51-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
B — Markaziy bankning kursi boʻyicha belgilangan tartibda hisoblab chiqilgan bojxona toʻlovlari;
Bx — qonunchilik hujjatlariga muvofiq shakllantiriladigan, tovarni sotib olish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Respublika hududida ishlab chiqariladigan dori vositalari va tibbiy jihozlarning sotish qiymati Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqaruvchilar tomonidan shakllantiriladi.
(51-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy ishlab chiqarilgan retsept bilan beriladigan dori vositalarining sotish qiymati ishlab chiqariladigan mahsulotga tartibga solinadigan narx belgilash bazasi boʻlib xizmat qiladi.
(51-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy ishlab chiqarilgan retsept bilan beriladigan dori vositalarining sotish qiymati mahalliy ishlab chiqariladigan mahsulotga keyinchalik qatʼiy belgilangan yoki boshqariladigan narx oʻrnatish bazasi boʻlib xizmat qiladi.
(51-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarini va tibbiy jihozlarni farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan tashkilotlarga, tibbiyot tashkilotlariga, shuningdek dori vositalaridan va tibbiy jihozlardan tibbiyotda qoʻllash maqsadida oʻz ehtiyojlari uchun foydalanuvchi tashkilotlarga realizatsiya qilish huquqiga ega.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarini va tibbiy jihozlarni realizatsiya qilishga ruxsat etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
2-bob. Asosiy tushunchalar
8. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari;
dori moddalari (substansiyalar) — farmakologik, immunologik yoki metabolik faollikka ega boʻlgan yoxud tashxis qoʻyish maqsadi uchun foydalaniladigan, tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik moddalar;
dori preparatlari — dozalangan, idishga joylangan-oʻralgan, qoʻllanish uchun tayyor dori vositalari;
dorivor oʻsimlik xomashyosi — dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun foydalaniladigan, tarkibida biologik faol moddalar boʻlgan oʻsimliklar yoki ularning qismlari;
Oldingi tahrirga qarang.
sifatsiz dori vositasi va tibbiy jihoz— yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositasi va tibbiy jihoz;
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiy jihozlar — kasalliklar profilaktikasi, tashxis qoʻyish, davolash, bemorlarni reabilitatsiya qilish va (yoki) sanab oʻtilgan jarayonlarni taʼminlash uchun, shuningdek, odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlash, tiklash, almashtirish hamda oʻzgartirish, monitoring qilish, homiladorlikning oldini olish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanishiga ruxsat etilgan, qoʻllanishi natijasida odam organizmiga farmakologik, immunologik yoki metabolik taʼsir koʻrsatmaydigan, ayrim holda majmua yoki tizimlar sifatida qoʻllaniladigan jihozlar, apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar, majmualar va dasturiy taʼminotlar;
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
farmatsevtika faoliyati — dori vositalari va tibbiy jihozlar yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari;
Oldingi tahrirga qarang.
qalbakilashtirilgan dori vositasi va tibbiy jihoz — tarkibi yoki xususiyati toʻgʻrisida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolgʻon axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy jihoz;
(8-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
muvofiqlik sertifikati — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat;
dori vositalari kesishgan kontaminatsiyasi — xom ashyo, oraliq mahsulot yoki tayyor mahsulotning boshqa xom ashyo yoki tayyor mahsulot bilan texnologik jarayon vaqtida, tashish yoki saqlashda ifloslanishi.
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni ulgurji realizatsiya qilishni tashkil etish tartibi va shartlari
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni ulgurji realizatsiya qilishda davlat standartlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga, yongʻin xavfsizligi qoidalari, mehnat muhofazasi qoidalari, texnika xavfsizligi qoidalariga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi taʼminlanishi kerak.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tegishli davlat standartlari talablariga muvofiq dori vositalarini va tibbiy jihozlarni saqlash va realizatsiya qilishda ularning sifatini va xavfsizligini taʼminlash talabiga javob beradigan tegishli binolarga, asbob-uskunalar va jihozlarga ega boʻlishi kerak.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni tashish va saqlashda ularning xavfsizligi, sifati va but saqlanishi taʼminlanishi shart.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy jihozlarni, referent narxlari qayd etilmagan va retsept bilan beriladigan dori vositalarini, shuningdek, kontrafakt dori vositalarini xarid qilish hamda ulgurji realizatsiya qilish taqiqlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
13. Ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligini belgilangan tartibda yozma shaklda xabardor qilishi shart.
14. Ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning raqami, amal qilish muddati, shuningdek litsenziya bergan organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tanishish uchun qulay boʻlgan va koʻrinadigan joyga joylashtirishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalari va tibbiy jihozlarning muvofiqlik sertifikati bilan manfaatdor shaxslarning elektron yoki qogʻoz shaklda tanishishlari uchun imkoniyat yaratishi shart.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
16. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ulgurji realizatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni ulgurji realizatsiya qilishni taʼminlash sharoitlari
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
17. Ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar binosining kirish qismida tashkilotning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan manzili va ish tartibi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi peshlavha boʻlishi kerak.
18. Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona binolari sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, yongʻin xavfsizligi qoidalari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga javob berishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona binolari dori vositalarining va tibbiy jihozlarning fizik-kimyoviy, farmakologik va toksikologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, dori vositalarining va tibbiy jihozlarning toʻgʻri saqlanishini taʼminlaydigan sharoitlarga ega boʻlishi kerak.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
20. Omborxona alohida qurilgan yoki noturar joyga aylantirilgan turar joy binolarining xonalarida joylashgan boʻlishi mumkin. Bunda omborxona boshqa xonalardan izolyatsiya qilingan, alohida kirish yoʻlakchasi va maydoniga ega boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Omborxona turar joy binolarining noturar joyga aylantirilgan xonalarida joylashgan hollarda, dori vositalarini va tibbiy jihozlarni yuklash va tushirish turar joy binosi derazalari tagida amalga oshirilmasligi kerak.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
22. Omborxonada elektr taʼminoti, issiqlik va suv taʼminoti, kanalizatsiya tizimi hamda havo almashtirish uskunasi boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Omborxonaning dori vositalarini va tibbiy jihozlarni qabul qilish, saqlash, buyurtmalarni joylashtirish va berish xonalari bir-biri bilan uzviy bogʻlangan boʻlishi kerak.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
24. Omborxonaning asosiy saqlash xonalarida quyidagilar boʻladi:
Oldingi tahrirga qarang.
dori vositalarini va tibbiy jihozlarni qabul qilish xonasi;
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
dori vositalarini va tibbiy jihozlarni asosiy saqlash xonasi.
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Saqlashning alohida sharoitlarini talab qiladigan dori vositalarini saqlash uchun xonalar maydoni saqlanayotgan dori vositalari hajmiga muvofiq boʻlishi kerak.
25. Omborxona quyidagi asbob-uskunalar va inventarlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
dori vositalarini va tibbiy jihozlarni saqlash uchun stellajlar, tagliklar;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
termolabil dori vositalarini saqlash uchun sovutish kameralari yoki maishiy sovutgichlar;
havo parametrlarini qayd qilish asboblari (termometrlar, gigrometrlar yoki psixrometrlar);
alohida guruh dori vositalarini, hisob-kitob hujjatlarini va axborot beruvchi adabiyotlarni saqlash uchun qulflanadigan metall shkaflar yoki seyflar;
yechinib kiyinish xonasida ustki va maxsus kiyimlarni va oyoq kiyimlarini saqlash uchun shkaf;
sanitariya holatini taʼminlash uchun dezinfeksiya vositalari va xoʻjalik jihozlari.
Oldingi tahrirga qarang.
5-bob. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni omborxonada qabul qilish va berish
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Omborxonada dori vositalarini va tibbiy jihozlarni qabul qilish omborxonaning qabul qilish boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi. Yuklash-tushirish ishlarini olib borishda dori vositalarini va tibbiy jihozlarni yogʻin-sochinlardan, quyosh nurlarining bevosita taʼsirlaridan, yuqori yoki past haroratdan himoya qilish taʼminlanishi kerak.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni qabul qilish va saqlash joylari bir-biridan ajratilgan boʻlishi kerak.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy jihozlarni, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalari, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy jihozlar ularning inson sogʻligʻiga zararli taʼsirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda muomaladan chiqarilishi va dalolatnoma tuzilib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yoʻq qilib tashlanishi kerak. Bunda ular identifikatsiya yoki belgilangan tartibda yoʻq qilingunga qadar boshqa dori vositalari va tibbiy jihozlardan alohida maxsus izolyatsiya qilingan joyda dalolatnoma asosida saqlanishi kerak.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Omborxonaga qaytarilgan dori vositalari va tibbiy jihozlar ular boʻyicha belgilangan tartibda qaror qabul qilingunga qadar identifikatsiya qilinib, alohida joyda saqlanishi kerak.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Texnik jihatdan tartibga solishi sohasidagi normativ hujjatlar va boshqa hujjatlar talablariga muvofiq boʻlmagan holatlarda tahlillar natijalariga koʻra omborxonaga qaytarilgan dori vositalari va tibbiy jihozlar asosiy saqlash xonasiga oʻtkazilishi mumkin.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Texnik jihatdan tartibga solishi sohasidagi normativ hujjatlar va boshqa hujjatlar talablariga muvofiq boʻlmagan holatlarda tahlillar natijalariga koʻra omborxonaga qaytarilgan dori vositalari va tibbiy jihozlar dalolatnoma asosida rasmiylashtiriladi va belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6-bob. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni saqlashni tashkil qilish
(6-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Omborxonada barcha dori vositalari va tibbiy jihozlar stellajlarda va tagliklarda joylashtirilishi kerak. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni polda tagliklarsiz joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Tagliklar polda bir qatorda yoki stellajlarning balandligi hisobga olingan holda stellajlarda bir necha qavatda joylashtiriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni saqlash xonalari va ulardagi asbob-uskunalar, jihozlar toza holatda saqlanishi kerak.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar dori vositalari va tibbiy jihozlarning buzilishi (toʻkilishi, sochilishi, sinishi), mikroorganizmlar tomonidan shikast yetkazilishi va dori vositalari kesishgan kontaminatsiyasining oldini olish uchun tegishli choralarni koʻrishi kerak.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
35. Omborxonada hasharotlar, kemiruvchi va boshqa turdagi hayvonlardan saqlanadigan sharoitlarni yaratish va ularga qarshi qoʻllaniladigan vositalar bilan taʼminlanish talab etiladi. Bunda kuchli taʼsir etuvchi vositalar ishlatilishi taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni saqlash quyidagicha tizimlashtirilgan tarzda boʻlishi mumkin:
(36-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
farmakologik guruhlari boʻyicha;
qoʻllanish usullari boʻyicha.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Barcha dori vositalarini va tibbiy jihozlarni oʻramlarda tamgʻalanishi tashqi tomonga qaratilgan holda taxlanishi va joylashtirilishi kerak.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
38. Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarda dori vositalarining hisobi yaroqlilik muddatlari boʻyicha elektron yoki qogʻoz shaklida yuritiladi.
39. Dori vositalari omborxonalarda fizik-kimyoviy xususiyatiga qarab alohida, ishlab chiqaruvchilar tomonidan belgilangan sharoitlarda harorat, namlik va yorugʻlik rejimlariga rioya qilgan holda saqlanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Omborxonada harorat va namlik har kuni maxsus elektron dasturda yoki sahifalari raqamlangan, tikilgan va muhrlangan (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) jurnalda qayd etilishi lozim.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
41. Yorugʻlikdan himoya qilishni talab qiladigan dori vositalari qorongʻi xonada yoki qora rangga boʻyalgan, eshiklari zich yopiladigan shkaflarda yoxud qopqogʻi zich yopilgan yashiklarda saqlanishi kerak.
42. Termolobil dori vositalarini saqlashda ular tamgʻalanishi yoki qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomada koʻrsatilgan harorat rejimiga rioya etilishi kerak.
43. Dorivor oʻsimlik xomashyolari (avvaldan quritilgan) havo yaxshi aylanadigan, quruq xonalarda, yopiq (shisha, metall, yogʻoch) idishlarda saqlanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
44. Bogʻlovchi materiallardan iborat tibbiy jihozlarni saqlashga quyidagi talablar qoʻyiladi:
(44-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
bogʻlovchi materiallar quruq, havo yaxshi aylanadigan, chang va kemiruvchilardan himoyalangan xonalarda saqlanadi. Sterillanmagan materiallarni isitilmaydigan xonalarda saqlashga ruxsat etiladi. Steril materiallarni harorat oʻzgarishida oʻram sifatiga taʼsir qilmasligi uchun ularni harorat darajasi tez oʻzgarmaydigan xonada saqlashga yoʻl qoʻyiladi;
sterillangan bogʻlov materiallarini omborxonada saqlashda ularni ishlab chiqarish muddatlari boʻyicha taxlash zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Rezina buyumlardan iborat tibbiy jihozlarni saqlashga boʻlgan talablar:
(45-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
xona quyosh nuridan himoya qilingan boʻlishi kerak. Yorugʻlik faqat sunʼiy, elektr orqali boʻlishi lozim;
buyumlar solingan qutilar va shkaflar markaziy isitish batareyasidan 1 metrdan kam boʻlmagan, shuningdek pechlardan 5 metrdan kam boʻlmagan uzoqlikda joylashtirilishi kerak.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
46. Ushbu Nizom qoidalarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1651-moddasi, Bojxona kodeksining 246-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
47. Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchilar hamda tashkilotlarning mazkur Nizom talablariga rioya etishlari yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan amalga oshiriladi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq dori vositalarini va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
2. Ushbu Nizom talablari, ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, barcha dorixonalar uchun majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Dori vositalari faqat dorixonalar va dorixonalarning filiallari orqali chakana realizatsiya qilinadi.
Tibbiy jihozlar vakolatli organni xabardor qilgan holda chakana realizatsiya qilinadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki dorixonalar tomonidan tayyorlangan dori vositalarini va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilishga ruxsat beriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Elektron tijorat orqali faqat retseptsiz beriladigan dori vositalari va tibbiy jihozlarni realizatsiya qilish, saqlash va yetkazib berishda ularning xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, hujjatli va elektron rasmiylashtirish tartibi va talablariga qatʼiy rioya qilgan hamda qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda amalga oshirishga ruxsat etiladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
2-bob. Asosiy tushunchalar
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qoʻyish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini oʻzgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari;
dori preparatlari — dozalangan, idishga joylangan-oʻralgan, qoʻllanish uchun tayyor dori vositalari;
Oldingi tahrirga qarang.
sifatsiz dori vositasi va tibbiy jihoz — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositasi va tibbiy jihoz;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiy jihozlar — kasalliklar profilaktikasi, tashxis qoʻyish, davolash, bemorlarni reabilitatsiya qilish va (yoki) sanab oʻtilgan jarayonlarni taʼminlash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlash, tiklash, almashtirish hamda oʻzgartirish, monitoring qilish, homiladorlikning oldini olish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanishiga ruxsat etilgan, qoʻllanishi natijasida odam organizmiga farmakologik, immunologik yoki metabolik taʼsir koʻrsatmaydigan, ayrim holda majmua yoki tizimlar sifatida qoʻllanadigan jihozlar, apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar, majmualar va dasturiy taʼminotlar;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
farmatsevtika faoliyati — dori vositalari va tibbiy jihozlar yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat;
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari;
Oldingi tahrirga qarang.
qalbakilashtirilgan dori vositasi va tibbiy jihoz — tarkibi yoki xususiyati toʻgʻrisida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolgʻon axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy jihoz;
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
muvofiqlik sertifikati — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat:
birlamchi oʻram — dori vositasi bilan bevosita aloqada boʻlgan konteyner yoki oʻram.
Oldingi tahrirga qarang.
xalqaro patentlanmagan nom — Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan dori vositasi tarkibidagi faol dori moddasi (substansiyasi)ning qisqartirilgan nomini berish orqali dori vositasini identifikatsiya qilish;
elektron retsept — yagona elektron retseptlar maʼlumotlar bazasini shakllantirish va vrachning farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qoʻllanilish usuli toʻgʻrisidagi koʻrsatmasini tezkor ravishda olish imkonini beruvchi elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega boʻlgan elektron hujjat. Elektron retsept axborot texnologiyalari va axborot tizimlari xizmatlari hamda texnik vositalardan foydalangan holda yaratiladi, qayta ishlanadi va saqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilishni tashkil etish tartibi va shartlari
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilishda davlat standartlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga, yongʻin xavfsizligi qoidalariga, mehnat muhofazasi qoidalariga, texnika xavfsizligi qoidalariga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi taʼminlanishi kerak.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Dorixonalar tegishli davlat standartlari talabiga muvofiq dori vositalarini va tibbiy jihozlarni saqlash va chakana realizatsiya qilishda ularning sifatini, xavfsizligini va bezararligini taʼminlash talabiga javob beradigan tegishli bino, asbob-uskunalar va jihozlarga ega boʻlishi kerak.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Dorixona mudiri oliy farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlishi kerak. Dorixona filialining mudiri oliy yoki oʻrta maxsus farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlishi kerak.
Dori vositalarini chakana realizatsiya qilishga faqat farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislarga ruxsat etiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Dorixonalar tomonidan dori vositalarini va tibbiy jihozlarni tayyorlash, berish, realizatsiya qilish qoidalariga va ularning sifatini taʼminlovchi saqlash sharoitlariga rioya etishi kerak.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Dori vositalarini dorixonalardan tashqarida sotish taqiqlanadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasini chakana sotishda ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼi nazar, chakana savdo uchun sotib olingan qiymatidan 20 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorlarda ustama qoʻllaniladi. Bunda ushbu dori vositalarining chakana narxlari cheklangan chakana referent narxlardan yuqori boʻlmasligi shart;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Belgilangan tartibda sertifikatlanishi lozim boʻlgan dori vositalari va tibbiy jihozlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz chakana realizatsiya qilish taqiqlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini va tibbiy jihozlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
13. Dorixonalar dori vositalarining qoʻllanilishi chogʻida nojoʻya reaksiyalar aniqlangan barcha holatlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligini belgilangan tartibda yozma shaklda xabardor qilishi shart.
14. Dorixonalar farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning raqami, amal qilish muddati, shuningdek litsenziya bergan organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yoki litsenziya nusxasini isteʼmolchilar tanishishi uchun qulay boʻlgan joyga joylashtirishi kerak.
15. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning chakana realizatsiyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni elektron tijorat orqali chakana realizatsiya qilish taqiqlanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 36-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, berish, sotish, taqsimlash, hisobga olish shartlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3604, 27.01.2025-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
16. Dori vositalari tegishli litsenziyaga ega boʻlgan dorixonalar tomonidan tayyorlanadi.
Tibbiy jihozlarni tayyorlash uchun litsenziya olish talab qilinmaydi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
17. Dori vositalari dorixonalarda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori moddalaridan (substansiyalardan) tayyorlanadi.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tayyorlashga ruxsat etilgan dori vositalari roʻyxatiga kiritilmagan dori vositalarini tayyorlash taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni tayyorlash, shuningdek, ularni saqlash, sifatini nazorat qilish hamda rasmiylashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilish sharoitlarini taʼminlash
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Dorixona dori vositalarini chakana realizatsiya qilishni, shuningdek ularni tayyorlashni amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasi shaklida tashkil etilishi mumkin. Dorixonalarning filiallari, davolash-profilaktika tashkilotlari dorixonalari ham dorixonalar jumlasiga kiradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
21. Dorixonalar alohida binoda yoki turar joy va noturar joy binolarining birinchi qavatida joylashgan boʻlishi, dori vositalarini saqlash va qadoqlash uchun moʻljallangan xonalar birinchi qavat ostidagi xonalarda joylashgan boʻlishi mumkin.
22. Dorixonalar binosining kirish qismida dorixonaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan manzili va ish tartibi haqida maʼlumotlar koʻrsatilgan peshlavha boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Dorixonalarda dori vositalari va tibbiy jihozlarning xavfsizligi, sifati va but saqlanishi uchun tegishli sharoitlar yaratilishi kerak.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha dorixonalar dori vositalari va tibbiy jihozlarning Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq sotilishini taʼminlashi shart.
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy dorixonalar Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot jihozlarining qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan roʻyxatini davlat va rus tillarida 12 shrift oʻlchamidan kam boʻlmagan oʻlchamda koʻrinadigan joyga osib qoʻyishlari shart.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalari va tibbiyot jihozlari bilan birga sotib oluvchiga identifikatsiya maʼlumotlari (nomi, dozasi, qadoqlash, miqdori), dori vositalari yoki tibbiyot jihozlarining nomi, ularni beruvchi shaxsga oid maʼlumotlar, berish sanasi va narxi koʻrsatilgan tovar cheki beriladi.
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tekshirish uchun xarid qilish yoki nazorat natijalari boʻyicha olingan dori vositalari narxini belgilash boʻyicha tartibni buzish faktini tasdiqlovchi tovar va kassa cheklari dorixonaning litsenziyasini toʻxtatib turish yoki tugatish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.
(24-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Dorixonalar sanitariya va gigiyena ashyolarini, shifobaxsh oziqlantirish mahsulotlarini, maʼdanli suvlarni, shuningdek davolash-kosmetika mahsulotlarini, biologik faol qoʻshimchalarni, tibbiy jihozlarni realizatsiya qilishni ularning qoʻllanishi va realizatsiya qilinishi uchun tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirishi mumkin.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Dorixonada barcha dori vositalari va tibbiy jihozlar narxi koʻrsatilgan holda hamda dorixona javobgar shaxsining imzosi bilan sotuvga qoʻyiladi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dorixona sotuv zali peshtaxtalarida faqat vrach retseptisiz beriladigan dori vositalari va tibbiy jihozlarni qoʻyishga ruxsat beriladi. Bunda peshtaxtaga ichish uchun moʻljallangan va tashqi qoʻllaniladigan dori vositalari alohida-alohida joylashtiriladi.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dorixona sotuv zali peshtaxtalarining kamida 10 foizida dorivor oʻsimliklar xom ashyosidan tayyorlangan biologik faol qoʻshimchalar va dori vositalari joylashtiriladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-sentabrdagi 519-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2022-y., 09/22/519/0840-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vrach retseptlari asosida beriladigan dori vositalari va tibbiy jihozlar hamda ular haqidagi maʼlumotlarni dorixonaning peshtaxtasi va xaridorlar uchun koʻrinadigan boshqa joylarga qoʻyish taʼqiqlanadi.
(26-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5-bob. Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilish tartibi
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Dori vositalarini chakana realizatsiya qilish shakli Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan retseptlar, shu jumladan, elektron retseptlar boʻyicha yoki retseptsiz amalga oshiriladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Dori vositalarini elektron retseptlar asosida chakana realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi” orqali amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Dori vositasi va tibbiy jihozni berish paytida dorixonaning farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan xodimi dori vositasi va tibbiy jihozni sotib oluvchiga dori vositasi va tibbiy jihozni qoʻllash tartibi, xususan, qoʻllash davriyligi, bir marotabalik va sutkalik dozalari, qoʻllash usuli, saqlash tartibi, yaroqlilik muddati va boshqalar haqida maʼlumot berishi lozim.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dorixona xodimi dori vositasi va tibbiy jihozni sotib oluvchining eʼtiborini dori vositasi va tibbiy jihozning qoʻllash yoʻriqnomasi bilan diqqat bilan tanishib chiqishga qaratishi kerak.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Dorixona xodimi mijozlar bilan boʻlgan munosabatda etika qoidalariga rioya etishi, professionallik va savodxonlik xislatlarini namoyon etishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Dorixona xodimlari tomonidan dori vositasini sotib oluvchilarga zarur maʼlumotlar berilishi kerak. Sotib oluvchining talabiga binoan dorixona xodimi dori vositalari va tibbiy jihozlarning narxlari va ularning sifatini tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrsatishi lozim.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
291. Dori vositalari (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bundan mustasno) va tibbiy jihozlarni elektron tijorat orqali chakana realizatsiya qilishda dorixonalar tegishli veb-saytlar va (yoki) mobil ilovalarda quyidagi maʼlumotlarni joylashtirishga majburdir:
(291-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
yuridik shaxsning toʻliq nomi, tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan holda;
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, tadbirkorlik subyektining identifikatsiya raqami;
joylashgan joyi (pochta manzili), elektron pochta manzili, bogʻlanish telefon raqami;
litsenziyaning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (raqami, amal qilish muddati, litsenziyani berishga vakolatli organning nomi);
Oldingi tahrirga qarang.
realizatsiya qilinayotgan dori vositalari va tibbiy jihozlar haqidagi maʼlumotlar (xalqaro patentlanmagan va savdo nomi, chiqarilgan shakli, dozasi, seriyasi, yaroqlilik muddati, ishlab chiqargan davlat (yetkazib beruvchi), qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma, chakana realizatsiya narxi, savdo ustamasi miqdori, muvofiqlik sertifikati (belgilangan tartibda majburiy sertifikatsiyalanadigan dori vositalari va tibbiy jihozlar uchun);
(291-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
realizatsiya qilinayotgan dori vositalari va tibbiy jihozlar analoglari haqidagi maʼlumotlar;
(291-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
hisob-kitob shakli, yetkazib berish tartibi va narxi.
(291-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
30. Dori vositasini donalab sotishga ruxsat etiladi. Bunda joylash-oʻrash materialida dori vositasining nomi, seriyasi, yaroqlilik muddati va ishlab chiqaruvchisi koʻrsatilishi kerak. Dori vositasini birlamchi oʻrami buzilgan holda berish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Vrach retsepti boʻyicha dori vositasini berish retseptda qayd etilgan xalqaro patentlanmagan nom asosida amalga oshiriladi. Bunda dori vositalarini berish normasi vrach retseptiga muvofiq belgilanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
311. Retsept asosida dori vositasini berishda dorixonaning farmatsevt xodimi retseptning yirtma koreshogiga berilgan dori vositasining nomi, seriya raqami, farmatsevt familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, uni imzolaydi va dorixonaning shtampi qoʻyilgan holda bemor (uning qarindoshlari yoki uning holidan xabar oluvchi shaxs)ga topshiradi, retsept dorixonada qoldiriladi.
Retsept asosida tayyorlab berilgan dori vositalarini berishda, qoʻshimcha ravishda ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi dorixonada retseptlarni qayd etish jurnaliga tegishli yozuvlar kiritiladi.
Retseptning yirtma koreshogi bemor (uning qarindoshlari yoki uning holidan xabar oluvchi shaxs) tomonidan yoʻqotilgan yoki u yaroqsiz xolga kelib qolgan xolatlarda dorixona xodimi tomonidan retseptning dorixonada saqlanayotgan, yirtma koreshogi oʻrnini bosuvchi, tasdiqlangan nusxasi berilishi mumkin.
Dori vositasini elektron retsept asosida berishda dorixonaning farmatsevt xodimi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlarining harakatini nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimi”dagi tegishli maydonchalarga dori vositasining nomi, seriya raqami, farmatsevtning familiyasi, ismi, otasining ismini kiritib, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
(311-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
32. Shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan retseptda dori vositasi uning bir marotaba qoʻllanadigan eng yuqori dozasidan koʻproq dozada tayinlangan holatlarda dorixona xodimi ushbu dori vositasi eng yuqori dozasining yarmiga teng dozasini berishi shart.
33. Ambulatoriyada davolanishda imtiyozga ega shaxslarning ayrim toifalarini dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlash dori vositalarini ambulatoriya-poliklinika muassasalari orqali yoxud dorixonalar orqali berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Shaxslarning ayrim toifalariga imtiyozli retseptlar boʻyicha dori vositalari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha dorixonalar orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Favqulodda holatlarda, bemorning yashash joyidan joʻnab ketishi, vaqtincha ketishi dorixonaga muntazam qatnashining imkoni yoʻqligi va boshqa shu kabi holatlarda dori vositalari retsept boʻyicha uch oygacha boʻlgan muddat mobaynida qoʻllash uchun zarur miqdorda berilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
35. Dori vositalari uzoq vaqt amal qiluvchi retsept asosida qisman berilganda retseptning orqa tomoniga dori vositasining miqdori va berilgan sana koʻrsatiladi hamda bemorga qaytarib beriladi. Bemorning dorixonaga navbatdagi murojaati paytida dori vositasining oldin olinganligi haqidagi belgilar hisobga olinadi.
Dori vositasi retseptda nazarda tutilgan miqdorda olib boʻlinganda unga “Retsept haqiqiy emas” degan shtamp bosiladi va dorixonada qoldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda retseptning yirtma koreshogi, unga ushbu Nizomga muvofiq maʼlumotlarni kiritgan holda bemor (uning qarindoshlari yoki uning holidan xabar oluvchi shaxs)ga qaytariladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Shaxslarning ayrim toifalariga dori vositalarini imtiyozli berish uchun retseptlar dorixonalarda uch yil davomida, maxsus pushti rangdagi blankalar boʻyicha berilgan giyohvand vositalar retseptlari — 5 yil, psixotrop moddalar, etil spirti va anabolik vositalar, kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga kiritilgan dori vositalarga berilgan retseptlar — bir yil davomida, boshqa dori vositalariga berilgan retseptlar — uch oy davomida saqlanadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 818-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2019-y., 09/19/818/3828-son — 2019-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi)
37. Saqlash muddati tugagandan soʻng retseptlar tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda yoʻq qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
371. Retseptda ushbu Nizomga zid ravishda rasmiylashtirilgan yoki bir-biriga nomutanosib dori vositalari koʻrsatilgan boʻlsa, dorixona tomonidan unga “Retsept haqiqiy emas” shtampi bosiladi va bekor qilinadi. Bunda bekor qilingan retsept haqidagi maʼlumotlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi notoʻgʻri yozib berilgan retseptlarni dorixonada hisobga olish jurnalida qayd etiladi va retseptni bergan davolash-profilaktika muassasasining rahbariga notoʻgʻri yozilgan retseptlar toʻgʻrisida xabar beriladi hamda vrach tomonidan berilgan retseptga nomutanosib dori vositalari dorixona tomonidan berilganda, dori vositalari qaytariladi.
(371-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
38. Dorixonalar tomonidan shaxslarning ayrim toifalarini dori vositalari bilan retsept asosida imtiyozli taʼminlash amalga oshirilganda ushbu dori vositalari uchun toʻlov sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan shartnomaga muvofiq dorixonalar hisobiga oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
39. Dorixonalardan realizatsiya qilingan dori vositalari va tibbiy jihozlar qaytarib olinmaydi va shunga oʻxshash dori vositalari va tibbiy jihozlarga almashtirilmaydi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
391. Elektron tijorat orqali dori vositalari va tibbiy jihozlarni realizatsiya qilishda, zarur hollarda dorixonalar tomonidan aholiga sotib olingan dori vositalari va tibbiy jihozlarni yetkazib berish mumkin. Bunda dorixonaning farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan xodimi xaridorga dori vositasi va tibbiy jihozni qoʻllash tartibini aloqa vositalari orqali maslahat beradi va dori vositalari va tibbiy jihozlarni yetkazib berish uchun farmatsevtik maʼlumotga ega mutaxassis boʻlishi talab etilmaydi.
(391-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Narxi xaridor tomonidan toʻlangan dori vositalari va tibbiy jihozlarni dorixonalardan olib xaridorlarga yetkazib berish bilan shugʻullanadigan yuridik shaxslarning shtatida farmatsevt boʻlishi talab etilmaydi.
(391-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalari va tibbiy jihozlarni yetkazib berish uchun ularning sifati va xavfsizligiga rioya etilishini taʼminlovchi dori vositalari va tibbiy jihozlarni saqlash kamerasi bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalaniladi.
(391-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Transport vositasi texnik soz va toza holatda tutilishi kerak. Tashish jarayonida dori vositalari va tibbiy jihozlarni saqlash kamerasida kerakli zarur harorat, namlik, shuningdek, toza havo taʼminlab turilishi lozim.
(391-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oʻlchov uskunalariga kiruvchi asboblar foydalanishdan avval, shuningdek, taʼmirlangandan soʻng belgilangan tartibda birlamchi tekshiruvdan oʻtadi va (yoki) qiyoslanadi, foydalanish jarayonida esa tekshiriladi va qiyoslanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalari va tibbiy jihozlarni tashish shunday amalga oshirilishi lozimki, bunda ularning sifat koʻrsatgichlari yoʻqolmasligi hamda dori vositalarining oʻramlari va tibbiy qoʻllanilishi boʻyicha yoʻriqnomalarda qayd etilgan saqlash sharoitlariga rioya etilishi kerak.
(391-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Alohida saqlash haroratini talab etuvchi dori vositalarini tashish haroratni doimiy ravishda kuzatib boruvchi qurilma bilan jihozlangan refrijerator uskunasi yoki termokonteyner bilan jihozlangan transport vositasida amalga oshirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalari va tibbiy jihozlar, ularning sifati, samaradorligi va xavfsizligiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydigan hamda tashqi muhit taʼsiridan saqlovchi transport vositalarida tashiladi. Dori vositalari va tibbiy jihozlarni boshqa turdagi yuklar bilan birga tashish taqiqlanadi.
(391-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
40. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1651-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha dorixonalarda ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalashni amalga oshirgan “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasiga yuklanadi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
(1-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Retseptlarni qayd etish
JURNALI

Dorixona nomi
(dorixona filiali)

________________________________________________________________________________________________________________________

T/r

Sana

Bemorning
F.I.O.

Retseptni bergan davolash-profilaktika tashkilotining nomi

Davolovchi

shifokor
F.I.O.

Dori vositasining nomi, miqdori va dozasi

Dori vositasining shakli

Dori vositasining narxi

Bemorning manzili, telefon raqami

Izoh

Oldingi tahrirga qarang.
Dori vositalarini va tibbiy jihozlarni chakana realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
(2-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Notoʻgʻri yozib berilgan retseptlarni dorixonada hisobga olish
JURNALI

Dorixona nomi
(dorixona filiali)

________________________________________________________________________________________________

T/r

Sana

Retseptni bergan davolash-profilaktika tashkilotining nomi

Notoʻgʻri retsept bergan shifokorning

F.I.O.

Retsept tarkibi

Retseptdagi xatoliklar (dozasi notoʻgʻri koʻrsatilgan dori vositalari yoki undagi yozuvlarning noaniqligi koʻrsatiladi)

Davolash-profilaktika tashkilotining

rahbariga xabar

berilganligi haqidagi maʼlumot

Dorixona/filiali farmatsevtning
F.I.O.

(1-2-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 549-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son — 2019-yil 3-oktabrdan kuchga kiradi)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalari va tibbiy jihozlar, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy jihozlarni ularning inson sogʻligʻiga zararli taʼsirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda muomaladan chiqarish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalari va tibbiy jihozlar, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy jihozlarni (keyingi oʻrinlarda qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlar deb ataladi) ularning inson sogʻligʻiga zararli taʼsirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda muomaladan chiqarish va yoʻq qilish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
2. Ushbu Nizom talablari giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni muomaladan chiqarish va yoʻq qilishga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Nizom talablarining dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasi bilan shugʻullanuvchi barcha tashkilotlar tomonidan bajarilishi shart.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
chiqindilarni utilizatsiya qilish — chiqindilar tarkibidan qimmatli moddalarni ajratib olish yoki chiqindilardan ikkilamchi xom ashyo, yoqilgʻi, oʻgʻit sifatida va boshqa maqsadlarda foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
qalbakilashtirilgan dori vositasi va tibbiy jihoz — tarkibi yoki xususiyati toʻgʻrisida yoxud ishlab chiqaruvchisi haqida yolgʻon axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy jihoz;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sifatsiz dori vositasi va tibbiy jihoz — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositasi va tibbiy jihoz;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlar ularning egalarining yoki sudning qarori boʻyicha muomaladan chiqariladi va yoʻq qilinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlar aniqlangan taqdirda ularning egasi mazkur dori vositalari va tibbiy jihozlarni zudlik bilan muomaladan chiqarishi va 30 kun mobaynida yoʻq qilishi lozim.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan dori vositalarining va tibbiy jihozlarni bojxonada rasmiylashtirish jarayonida, shuningdek sertifikatlashtirish sinovlari natijasida qoʻllash uchun yaroqsizligi aniqlangan boʻlsa, bunday dori vositalari va tibbiy jihozlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona qonunchiligida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqarib yuboriladi (reeksport) yoki yoʻq qilingunga qadar bojxona rejimida joylashtiriladi va yoʻq qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 6-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlarni yoʻq qilish bilan bogʻliq xarajatlar ularning egalari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
2-bob. Yoʻq qilish usullari
9. Suyuq dori shakllari (ampulalardagi inyeksiya qilish uchun eritmalar, paketlar va flakonlardagi, aerozol ballonlardagi eritmalar, miksturalar, tomchilar) sindirib (ezilib), (aerozol ballonlar oldindan teshib qoʻyiladi) hamda suv bilan kamida 1:100 nisbatda suyultirilib, hosil boʻlgan eritma kanalizatsiya tizimiga toʻkiladi.
Boʻshagan ampulalar, aerozol ballonlar, paketlar va flakon qoldiqlari konteynerlarga joylashtiriladi va chiqindilarni utilizatsiya qilish talablariga muvofiq yoʻq qilinadi.
10. Tarkibida suvda eriydigan moddalar boʻlgan qattiq dori shakllari (kukunlar, tabletkalar, kapsulalar) maydalanib kukun holiga kelgunga qadar eziladi, suv bilan kamida 1:100 nisbatda suyultirilib, hosil boʻlgan suspenziya (yoki eritma) kanalizatsiya tarmogʻiga toʻkiladi.
11. Tarkibida suvda erimaydigan moddalar boʻlgan qattiq dori shakllari (kukunlar, tabletkalar, kapsulalar), yumshoq dori shakllari (maz, suppozitoriylar), dori vositalarining transdermal shakllari, shuningdek substansiyalar faolsizlantirilib, maxsus konteynerlarga joylashtiriladi va chiqindilarni joylashtirish uchun maxsus ajratilgan joyga tashlanadi.
12. Tarkibida tirik organizmlar (tibbiy immunobiologik preparatlar) mavjud dori vositalari avval dezinfeksiyalovchi vositalar yordamida faolsizlantirilib, yuqori bosim hamda harorat taʼsirida ularning hujayralari parchalanadi va chiqindilarni joylashtirish uchun maxsus ajratilgan joyga tashlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Tibbiy jihozlar ularning fizik va kimyoviy xususiyatlarini hisobga olgan holda yoʻq qilinadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Tarkibida radioaktiv elementlar mavjud boʻlgan dori vositalari va tibbiy jihozlar atrof muhitga bezararligi toʻgʻrisida tegishli komissiya xulosasi olingandan keyin, mazkur Nizom bilan tashkil etiladigan va unda nazarda tutilgan tartibda tasdiqlanadigan Komissiya tomonidan ularni yoʻq qilish masalasi koʻrib chiqiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
3-bob. Yoʻq qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
15. Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlarni yoʻq qilish “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”, “Ekologik nazorat toʻgʻrisida” hamda “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga amal qilgan holda amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlarni yoʻq qilish uchun ularning egasining, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya qoʻmitasi) hududiy organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Sanepidqoʻm) tuman (shahar) boʻlimi vakillari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) vakillari ishtirokida besh kishidan kam boʻlmagan tarkibda yoʻq qilish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tuziladi.
Komissiya ishlari qoʻllashga yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlarning egasi tomonidan tashkil etiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Komissiya dori vositalari va tibbiy jihozlarning atrof muhit uchun bezararligi, mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha ularning fizik-kimyoviy mutanosibligini eʼtiborga olgan holda ularni yoʻq qilish sanasi, usuli va joyini belgilash haqida qaror chiqaradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Yoʻq qilinishi lozim boʻlgan dori vositalari va tibbiy jihozlarni yoʻq qilingunga qadar saqlash uchun javobgarlik qoʻllash uchun yaroqsiz boʻlgan dori vositalari va tibbiy jihozlar egasi hisoblangan tashkilot zimmasiga yuklanadi.
Dori vositalari va tibbiy jihozlarni egasi hisoblangan tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan moddiy javobgar shaxs tayinlanadi, buyruqda javobgar shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi, saqlashga qoldirilgan yoʻq qilinishi lozim boʻlgan dori vositalari hamda tibbiy jihozlarning nomlari va seriyalari, oʻramlari soni (miqdori) koʻrsatiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlarni yoʻq qilish dori vositalari va tibbiy jihozlarning egasi yoki uning vakili ishtirokida Komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Yoʻq qilish jarayoni foto yoki videosuratga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlar belgilangan tartibda yoʻq qilingandan soʻng Komissiya tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq dalolatnoma tuziladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
21. Dalolatnoma quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
a) qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlarni yoʻq qilish sanasi, vaqti va joyi;
(21-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlar nomi (seriya raqami, yaroqlilik muddati, oʻramlari soni, miqdori (ishlab chiqaruvchining nomi koʻrsatilgan holda);
(21-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlar egasi, moddiy javobgar shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
(21-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
g) Komissiyaning yoʻq qilish toʻgʻrisidagi qarori;
d) yoʻq qilish usuli;
Oldingi tahrirga qarang.
e) qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlarni yoʻq qilishda ishtirok etgan Komissiya aʼzolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va lavozimi.
(21-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Yoʻq qilish jarayonidan soʻng dalolatnoma tuziladi, u Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi, qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlarning egasi hisoblangan tashkilot rahbarining imzosi va muhri (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) bilan tasdiqlanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Dalolatnoma nusxalari dori vositalari va tibbiy jihozlar egasiga, Ekologiya qoʻmitasining hududiy organlariga, Sanepidqoʻmning tuman (shahar) boʻlimiga, shuningdek, Markaz vakiliga, buyruq va Komissiya qarori nusxalari hamda foto yoki videomateriallar bilan birgalikda taqdim etiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Tergov ishlari yoki sud muhokamasi uchun dori vositalari va tibbiy jihoz namunalari olingan taqdirda ular, saqlash muddatidan qatʼi nazar, koʻrib chiqish oxiriga yetmagunga qadar yoʻq qilinmaydi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
4-bob. Yakuniy qoida
25. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1651-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalari va tibbiy jihozlar, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy jihozlarni ularning inson sogʻligʻiga zararli taʼsirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda muomaladan chiqarish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
(1-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlarni yoʻq qilish komissiyasining
‎QARORI

‎‎20____ yil _____ ___________________

‎‎________________-son

‎‎Kun tartibi:
‎_________________________________________________________________ ni yoʻq qilish usulini belgilash.

‎‎Qatnashganlar: ________________________________________________________________________________
(F.I.O.)

Kun tartibi boʻyicha muhokama:
‎1. Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlar haqida mahsulot egasining maʼlumoti;
‎2. Komissiyaning ekspert xulosasi;
‎3. Takliflar.

‎‎Qaror qilindi: _______________________________________________________________________________
‎(yoʻq qilish sanasi, vaqti, joyi hamda yoʻq qilinayotgan dori
____________________________________________________________________________________________
‎‎vositalari va tibbiy jihozlarning atrof muhit uchun bezararligi, ularning
____________________________________________________________________________________________
‎‎fizik-kimyoviy mutanosibligi eʼtiborga olingan holda yoʻq qilish usullari koʻrsatiladi)

‎‎_____________________________________________
‎(F.I.O., ish joyi, lavozimi)
‎_____________________________________________
‎(F.I.O., ish joyi, lavozimi)
‎____________________________________________
‎(F.I.O., ish joyi, lavozimi)
‎____________________________________________
‎(F.I.O., ish joyi, lavozimi)
‎____________________________________________
‎(F.I.O., ish joyi, lavozimi)

‎‎______________________
‎(imzo)
‎______________________
‎(imzo)
‎______________________
‎(imzo)
‎______________________
‎(imzo)
‎______________________
‎(imzo)

M.Oʻ.‎

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalari va tibbiy jihozlar, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy jihozlarni ularning inson sogʻligʻiga zararli taʼsirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda muomaladan chiqarish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
(2-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎“Tasdiqlayman”
‎______________________________
‎(muassasa nomi)
‎_______________________________
‎(muassasa rahbarining F.I.O.)
‎20__ yil _____ _______________
YOʻQ QILISH DALOLATNOMASI

‎‎Ushbu dalolatnoma 20___ yil ____________________ soat _____ da quyidagi Komissiya aʼzolari tomonidan quyidagi qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy jihozlarning yoʻq qilinganligi haqida tuzildi.

‎‎____________________________________________________________________________________________
‎(yoʻq qilinayotgan dori vositalari va tibbiy jihozlarning nomi, ____________________________________________________________________________________________
‎seriya raqami, oʻramlar soni (miqdori))

‎‎_______________________________ usulda yoʻq qilindi.
‎‎Yoʻq qilish joyi va sanasi _____________________________________________.
‎Yoʻq qilishda ishtirok etganlar:

_____________________________________________
‎(F.I.O., ish joyi, lavozimi)
‎_____________________________________________
‎(F.I.O., ish joyi, lavozimi)
‎_____________________________________________
‎(F.I.O., ish joyi, lavozimi)
‎_____________________________________________
‎(F.I.O., ish joyi, lavozimi)
‎_____________________________________________
‎(F.I.O., ish joyi, lavozimi)‎‎

‎‎______________________
‎(imzo)
‎______________________
‎(imzo)
‎______________________
‎(imzo)
‎______________________
‎(imzo)
‎______________________
‎(imzo)

M.Oʻ.‎

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 842-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2019-y., 09/19/842/3868-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda):
a) 145-banddagi “dori-darmon vositalari” soʻzlari “dori vositalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) XVII boʻlim nomidagi “Dori-darmonlar” soʻzlari “Dori vositalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) XVII boʻlim nomidagi va 187-banddagi “Dori-darmonlar” soʻzlari “Dori vositalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 1875-bandning birinchi xatboshidagi “maqsadidagi” soʻzi chiqarib tashlansin;
d) 1-ilovaning 1-bandidagi “tibbiy jihozlar” va “dori-darmonlar” soʻzlari tegishli ravishda “tibbiy buyumlar” va “dori vositalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 472-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga boʻlgan ehtiyojini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 103-modda):
a) 3-banddagi “Dori-darmon siyosati markaziga” soʻzlari “Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasi deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning birinchi xatboshidagi “Dori-darmon siyosati markaziga” soʻzlari “Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarga boʻlgan yigʻma ehtiyoj Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining bosh mutaxassislari tomonidan aniqlanadi, Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasi tomonidan umumlashtiriladi”;
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Dori-darmon vositalari va tibbiyot texnikasi sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining Giyohvandlik moddalarini nazorat qilish qoʻmitasi” soʻzlari “Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “aylanishi” soʻzi “muomalasi” soʻzi bilan almashtirilsin;
d) 11-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Dori-darmon vositalari va tibbiyot texnikasi sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining” soʻzlari chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda):
a) 6-bandning ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “tibbiyot buyumlari” soʻzlari “tibbiy buyumlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “dorivor vositalar va tibbiyot buyumlari” soʻzlari “dori vositalari va tibbiy buyumlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 13-bandning toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“dori vositalari va tibbiy buyumlar”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 91-son qarori bilan tasdiqlangan Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 5-son, 21-modda):
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Ushbu Nizomga muvofiq litsenziyalanadigan farmatsevtika faoliyati faoliyatning quyidagi turlarini oʻz ichiga oladi:
a) dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
b) dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish;
v) dori vositalarining va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish;
g) dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish;
d) dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish;
e) dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash;
j) dorivor oʻsimlik xom ashyosini qadoqlash va ulgurji realizatsiya qilish”;
b) 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Ushbu Nizom 3-bandining “a” — “e” kichik bandlarida koʻrsatilgan farmatsevtika faoliyati turlarini (turining bir qismini) amalga oshirish huquqiga litsenziyalar faqat yuridik shaxslarga beriladi, bunda, “d” va “e” kichik bandlarida koʻrsatilgan faoliyat turlarini (turining bir qismini) amalga oshirishga litsenziyalar faqat dorixonalarga beriladi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun litsenziya olish litsenziatlarga ular ishlab chiqargan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji va dorixonalari orqali chakana realizatsiya qilish huquqini beradi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash uchun litsenziya olish dorixonalarga ular tayyorlagan dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish huquqini beradi”;
v) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirishda litsenziat quyidagilarga majbur:
farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etish;
faoliyatni litsenziyada koʻrsatilgan doirada, shuningdek litsenziya bitimiga muvofiq manzil (manzillar) boʻyicha amalga oshirish;
litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun moʻljallangan, oʻziga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan hamda sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq binolarga ega boʻlish;
litsenziyalanadigan aniq faoliyat turini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan tegishli moddiy-texnik bazadan, asbob-uskunalardan, boshqa texnik vositalardan foydalanish;
ekologiya hamda sanitariya-gigiyena normalari va qoidalariga rioya etish;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilarning dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qiluvchi ichki idoraviy xizmatlarga ega boʻlishi;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash hamda tashishni ularning xavfsizligi, sifati va but saqlanishi taʼminlanadigan sharoitlarda amalga oshirish;
dorixonalar tomonidan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, berish, realizatsiya qilish qoidalariga va ularning sifatini taʼminlovchi saqlash sharoitlariga rioya etish.
Ushbu Nizom 3-bandining “e” va “j” kichik bandlarida koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshirishda litsenziat, shuningdek dori vositalarining sifatini nazorat qilish bilan shugʻullanuvchi vakolatli tashkilot bilan shartnoma tuzishi shart”;
beshinchi va oltinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“dorixonalar uchun — mudirning familiyasi, ismi, otasining ismi;
dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar uchun — omborxona mudirining familiyasi, ismi, otasining ismi”;
oʻn beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Filial ochilgan (yopilgan), faoliyatining turini (turining qismini) amalga oshirish manzili oʻzgargan, dorixona mudiri yoki dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona mudiri oʻzgargan taqdirda litsenziya bitimiga oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritiladi yoxud mazkur Nizomning V1 bobida nazarda tutilgan tartibda yangi litsenziya bitimi tuziladi”;
d) 251-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“251. Filial ochilgan (yopilgan), faoliyatni amalga oshirish manzili oʻzgargan, dorixona mudiri yoki dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona mudiri oʻzgargan taqdirda litsenziat litsenziyalovchi organga litsenziya bitimiga oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritish yoxud yangi litsenziya bitimini tuzish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi”;
e) 252-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“dorixona mudiri yoki dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona mudiri oʻzgargan taqdirda — yangi xodimning Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan talablarga muvofiqligi haqida maʼlumot va litsenziya bitimi”.
8. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 22-iyuldagi 156-son qarori bilan tasdiqlangan Respublikaning qishloq tumanlarida yashaydigan homilador ayollar uchun xarid qilinadigan, tarkibida shu jumladan foli kislotasi mavjud boʻlgan umumiy quvvatlantiruvchi polivitaminlar maxsus komplekslarini xarid qilish, taqsimlash va ajratish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 7-son, 39-modda) 6-bandi birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Tender savdolari faqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan va Tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestriga kiritilgan polivitaminlar komplekslariga eʼlon qilinishi mumkin”.
9. Vazirlar Mahkamasining “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 22-iyuldagi 204-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 7-son, 46-modda):
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “dorixona muassasalari” soʻzlari “dorixonalar” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
3-banddagi “dorixona muassasalari” soʻzlari “dorixonalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5 va 16-bandlardagi, 22-bandning birinchi xatboshidagi va 24-banddagi “dorixona muassasalaridan” soʻzlari “dorixonalardan” soʻzi bilan almashtirilsin;
11, 12 va 17-bandlardagi “Dorixona muassasalarini” soʻzlari “Dorixonalarni” soʻzi bilan almashtirilsin;
18-banddagi “Dorixona muassasasining” va “dorixona muassasasida” soʻzlari tegishli ravishda “Dorixonaning” va “dorixonada” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-banddagi “Dorixona muassasalarida” va “dorixona muassasasining” soʻzlari tegishli ravishda “Dorixonalarda” va “dorixonaning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21-banddagi “dorixona muassasasining” soʻzlari “dorixonaning” soʻzi bilan almashtirilsin;
26-bandning 1-xatboshidagi “dorixona muassasasi” soʻzlari “dorixona” soʻzi bilan almashtirilsin;
27-banddagi “dorixona muassasalariga” soʻzlari “dorixonalarga” soʻzi bilan almashtirilsin;
ilovadagi “dorilar” va “Dorixona muassasasining” soʻzlari tegishli ravishda “dori vositalari” va “Dorixonaning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
12. Vazirlar Mahkamasining “Import qilinadigan isteʼmol tovarlarining ayrim turlarini markirovka qilish va bojxonada rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 5-fevraldagi 22-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 2-son, 10-modda) 2-bandida:
birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “dori-darmonlarni” soʻzlari “dori vositalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Dori-darmonlar” soʻzlari “Dori vositalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-dekabrdagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan dori vositalarini reklama qilishga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
3-bandning ikkinchi xatboshidagi “shifokor retseptisiz” soʻzlari “retseptsiz” soʻzi bilan almashtirilsin;
9-bandning “v” kichik bandidagi “vrach retseptisiz” soʻzlari “retseptsiz” soʻzi bilan almashtirilsin;
37-banddagi “shifokor retseptisiz” soʻzlari “retseptsiz” soʻzi bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan taʼminlashni va ularni taqsimlashni yaxshilashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1994-yil 6-avgustdagi 404-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublika dorixona muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sotish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2000-yil 18-iyuldagi 276-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 40-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori 2-ilovasining 2-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Dori-Darmon” davlat-aksiyadorlik uyushmasini “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish toʻgʻrisida” 2005-yil 20-maydagi 131-son qarori 4-ilovasining II boʻlimi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Respublika dorixona muassasalarida dori-darmonlar va tibbiy buyumlar sotish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2010-yil 16-fevraldagi 18-son qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 14-son, 228-modda, 37-son, 997-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son, 27.07.2018-y., 09/18/583/1582-son, 25.10.2018-y., 09/18/862/2097-son, 02.07.2019-y., 09/19/549/3364-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 17.08.2019-y., 09/19/678/3577-son, 28.09.2019-y., 09/19/818/3828-son, 04.10.2019-y., 09/19/842/3868-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 21.09.2022-y., 09/22/519/0840-son, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 27.10.2022-y., 07/22/411/0961-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)