Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.08.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“SIFAT” OʻZBEKISTON PAXTA TOLASINI SERTIFIKATLASh MARKAZI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1-avgustda oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazining asosiy vazifalari hisoblanadi:
belgilangan standartlar, metodikalar, qoidalar, kontraktlar, shartnomalarga hamda respublika hududida paxta tolasini ishlab chiqarish va saqlash joylarida uning sifatiga qoʻyiladigan talablarni nazarda tutuvchi boshqa bitimlarga muvofiq paxta tolasini sertifikatlash va uning sifatini nazorat qilish;
respublika paxta tozalash zavodlarida paxta tolasi turkumlari massasini nazorat qilish;
jahon bozori va ichki bozor talablariga muvofiq paxta tolasini sertifikatlash va uning sifatini nazorat qilish tizimini rivojlantirish va taʼminlash boʻyicha amaliy va ilmiy faoliyatni amalga oshirish;
paxta tozalash sanoati korxonalarini, paxta tolasi va momiq xaridorlarini va boshqa tashkilotlarni sertifikatlanadigan mahsulotning standart namunalari bilan taʼminlash;
paxta mahsulotini sertifikatlash, tasniflash, sinash usullari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash.
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-martda 93-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 12-13-son, 91-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-maydagi 117-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 19-20-son, 140-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Markaz bosh direktoriga, zaruriyat boʻlganda, Markaz markaziy apparatining tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni va ularning taʼminoti uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-martda 93-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 12-13-son, 91-modda)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sifat” Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 20-martdagi 122-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 3-son, 11-modda) 2, 3, 4 va 8-bandlari hamda qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 7-may,
220-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-martda 93-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 12-13-son, 91-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-maydagi 117-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 19-20-son, 140-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 221-modda; 2005-y., 12-13-son, 91-modda; 19-20-son, 140-modda)