Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2010-yil 5-avgustdagi 169-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-iyuldagi 383-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilar uchun qulayliklar yaratish hamda transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2010-yil 5-avgustdagi 169-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2015-yil 29-iyul,
215-son
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 29-iyuldagi 215-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2010-yil 5-avgustdagi 169-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

2.

M37

Samarqand — Buxoro — Turkmanboshi
(Samarqand — Ishtixon — Kattaqoʻrgʻon — Karmana — Buxoro — Olot — Chorjoʻy,

Oʻzbekiston Respublikasi hududida)

367

shoxobchalar:

a) Samarqand halqa yoʻli

46

b) “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasiga

2

Jami shoxobchalar bilan

415

;

b) “Uzunligi, km” ustunining oxirgi satridagi “3979” raqami “3981” raqami bilan almashtirilsin.
v) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

1.

4R1

M39b avtoyoʻlidan shoxobchalar:

22

shu jumladan:

a) — Doʻrmon maskaniga

5

b) — Sirgʻali tumaniga

5

v) — 4R12 avtoyoʻliga (17 km)

6

g) — Toshkent shahriga kirish (61 km)

1

d) — 4r252 avtoyoʻliga (3km)

5

;

g) 82-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

82

4R89

Qarshi sh. — Tolimarjon GRES

60

;

d) 139-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

139

4R156

Urganch sh. — Xonqa sh. — Hazorasp sh. — Toshsoqa orqali — Amudaryo — A380 avtoyoʻli (570 km)

73

shoxobchalar:

a) — Xonqa shahriga

3

b) — Hazorasp shahriga

2

v) — Toʻrtkoʻl pristaniga

11

g) — Turkmaniston Respublikasi chegarasiga

15

d) — Pitnak shahriga

4

e) — Miskin qishlogʻiga

14

Jami shoxobchalar bilan

122

;

e) “Uzunligi, km” ustunining oxirgi satridagi “14069” raqami “14089” raqami bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 30-son, 398-modda)