1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 31-dekabrda 2420-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 15 noyabrdagi 19-mh-sonli “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3333, 18.11.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-dekabrdagi 328-son “Qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 1-fevraldagi 29-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2420, 2013-yil 1-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomagailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Saʼdullayev) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Vazir N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-dekabr,
315-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-dekabrdagi 315-mh-sonli buyrugʻiga ILOVA
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
birinchi xatboshi “uning” degan soʻzdan keyin “(yoki uning qismlarining)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi “loyihalarga” degan soʻzdan keyin “(yoki uning qismlariga)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 54-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“loyihaning muhokamadan oʻtkazilganligi va uning natijalari haqidagi maʼlumotlar (agar loyiha Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-dekabrdagi 328-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandiga muvofiq muhokama qilinishi kerak boʻlsa);”;
“71. Taqdim etilgan loyiha quyidagi hollarda adliya boshqarmalari tomonidan 2 ish kuni ichida xulosasiz mazkur Yoʻriqnomaning 1 yoki 11-ilovalariga muvofiq shakldagi kuzatuv xati orqali huquqiy ekspertiza oʻtkazilmasdan ishlab chiquvchiga qaytariladi:
loyiha normativ-huquqiy xususiyatga ega boʻlmasa;
loyiha barcha manfaatdor organlar tomonidan ularning birinchi rahbarlari (istisno hollarda — ularning birinchi oʻrinbosarlari) darajasida kelishilmagan boʻlsa;
loyihaga mazkur Yoʻriqnomaning 68-bandida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa;
maʼlumotnomada loyihaning muhokamadan oʻtkazilganligi va uning natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (agar loyiha Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-dekabrdagi 328-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandiga muvofiq muhokama qilinishi kerak boʻlsa) aks ettirilmagan boʻlsa.”.
4. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq mazmundagi 11-ilova bilan toʻldirilsin:
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
“Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 11-ILOVA
Namuna
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI SIRDARYO VILOYAT ADLIYA BOSNQARMASI
MINISTRY OF JUSTICE OF TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN DEPARTMENT OF JUSTICE OF SYRDARYA REGION
120100, Guliston shahri, Al-Xorazmiy koʻchasi, 24-uy. Tel: (3672) 25-00-93, Faks: 25-09-69 Elektron pochta: sirdaryo @minjust.gov.uz
24, Al-Norazmy Street, Gulistan city, 120100 Phone: (3672) 25-00-93, Fax: 25-09-69 e-mail: sirdaryo @minjust.gov.uz
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat hokimining “2015-yil uchun bozorlar va savdo komplekslarining maʼmuriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yigʻimlar, ijara toʻlovi va koʻrsatiladigan xizmatlar qiymatining miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-dekabrdagi 328-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandiga zid ravishda, Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida muhokama qilish uchun joylashtirilmaganligi tufayli, huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmasdan qaytarilmoqda.
Loyiha belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida tadbirkorlik faoliyatiga taʼsirini baholash uchun joylashtirilishi, shuningdek muhokama ishtirokchilarining taqdim etgan takliflari umumlashtirilib, koʻrib chiqilgandan soʻng adliya boshqarmasiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun qayta taqdim etilishi lozim.
Ilova: qaror loyihasi ___ varaqda
Boshqarma boshligʻi
A. TOShQULOV”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52(I)-son, 652-modda)