1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.07.00 Kapital qurilish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
KAPITAL QURILIShDA XOʻJALIK MUNOSABATLARI MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 321-sonli “Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda kapital qurilishda xoʻjalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish, shartnoma majburiyatlariga rioya etilishi va qurilishning pirovard natijalari uchun investitsiya jarayoni qatnashchilarining javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlariga Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-martdagi 97-son, 2002-yil 8-oktabrdagi 347-son va 2003-yil 17-apreldagi 185-son qarorlarini pudrat qurilish tashkilotlarini, ayniqsa past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan tashkilotlarni xususiylashtirish dasturlarini bajarish yuzasidan ishlarning qoniqarsiz ekanligi koʻrsatib oʻtilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Hukumatning yuqorida qayd etilgan qarorlarida koʻrsatib oʻtilgan pudrat qurilish tashkilotlarini 2003-2004-yillarda xususiylashtirishni toʻliq tugallasinlar, ular negizida asosan xususiy va qoʻshma korxonalar tashkil etsinlar.
Past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan pudrat qurilish tashkilotlarini xususiylashtirishda tegishli investitsiya majburiyatlari mavjud boʻlgan taqdirda obyektlarni qonun hujjatlariga muvofiq tekin berish keng qoʻllanilsin.
Pudrat qurilish tashkilotlarini xususiylashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarning natijalari toʻgʻrisida yilning har choragida Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar]
2. 2003-2004-yillarda toʻliq xususiylashtiriladigan loyihalashtirish va qidiruv tashkilotlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1-ilovada koʻrsatilgan loyiha-qidiruv tashkilotlari toʻliq xususiylashtirilishini hamda loyiha ishlari bozorida raqobat muhiti yaratilishini taʼminlasinlar.
3. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat shartnomasi 3-ilovaga muvofiq;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PQ-3437-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, obyektlar qurilishini markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshirayotgan vazirliklar va idoralar 2004-yil 1-iyulgacha kapital qurilish boʻyicha budjet buyurtmachilarining faoliyat koʻrsatib turgan hududiy xizmatlarini (boshqarmalar, boʻlimlar, direksiyalarni) tugatsin hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanayotgan obyektlar qurilishi uchun yagona buyurtmachi xizmatlarini tashkil etsinlar.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
Obyektlarni markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurishda yagona buyurtmachi hududiy xizmatining namunaviy tuzilmasi va Yagona buyurtmachi xizmati toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 5 va 6-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2004-yil 1-yanvardan boshlab yagona buyurtmachi xizmatlarining shtat jadvallari va taʼminotiga xarajatlar smetasi belgilangan tartibda majburiy roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi 2003-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda loyiha-qidiruv ishlari qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilashning yangilangan tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, unda obyektlar qurilishining umumiy qiymatidan loyiha-qidiruv ishlari qiymatining cheklangan darajalarini belgilasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi belgilangan tartibda:
pudrat qurilish tashkilotlarining davlat budjetiga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga toʻlovlar boʻyicha qarzlari (shu jumladan ilgari kechiktirilgan qarzlari)ning 2003-yil 1-sentabrdagi holatiga koʻra toʻlovlarni ikki yil muddatga kechiktirgan holda, ular boʻyicha budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga joriy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlash sharti bilan keyingi ikki yil mobaynida ushbu qarzlarni har oylik teng ulushlar bilan bosqichma-bosqich qaytarish yoʻli bilan tarkibini oʻzgartirishni rasmiylashtirsinlar;
pudrat qurilish tashkilotlarining davlat budjetiga, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga va Respublika yoʻl jamgʻarmasiga muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlovlari boʻyicha penya va jarimalarni 2003-yil 1-sentabrdagi holatiga koʻra hisobdan chiqarsinlar.
Belgilansinki, koʻrsatib oʻtilgan chora-tadbirlar natijasida boʻshaydigan mablagʻlar pudrat qurilish tashkilotlarining aylanma mablagʻlarini toʻldirishga yoʻnaltiriladi.
7. 2006-yil 1-yanvargacha boʻlgan davrda pudrat qurilish tashkilotlarining ular tomonidan qurilish texnikasi va asbob-uskunalar sotib olishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlari daromad (foyda) soligʻini hisoblab chiqishda soliq solinadigan bazadan chiqarilishi belgilab qoʻyilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda pudrat qurilish tashkilotlariga soliq solish boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan imtiyozni qoʻllash tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda 2004-yildan boshlab pudrat qurilish tashkilotlarining mahalliy boshqaruv organlari balansiga berilgan ijtimoiy soha muassasalari taʼminoti xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun ularga mablagʻlarni nazarda tutsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 12-sentabr,
395-son
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qaroriga 1-ILOVA
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]
2003-2004-yillarda toʻliq xususiylashtiriladigan loyiha-qidiruv tashkilotlarining
roʻyxati
t/r
t/r
Loyiha-qidiruv tashkilotlarining nomi
joylashgan joyi
Davlat aktivlari, shu jumladan sotishga tavsiya qilinayotgan davlat ulushi(%)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Yakka tartibda uy-joy qurilishini loyihalashtirish idorasi
Nukus shahri
100
91
14
Buxoro viloyati Yakka tartibda uy-joy qurilishini loyihalashtirish guruhi
Buxoro shahri
100
92
15
Jizzax viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining loyihalashtirish byurosi
Jizzax shahri
100
94
17
Toshkent viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi loyihalashtirish guruhi
Toshkent shahri
100
95
18
Parkent tumani “Meʼmor” firmasi
Parkent shahri
100
97
20
“Fargʻonafuqaroloyiha” instituti
Fargʻona shahri
100
98
21
“Giprograjdanselstroy” instituti
Termiz shahri
100
99
22
Arxitektura va qurilish boshqarmasi huzuridagi loyihalashtirish guruhi
Termiz shahri
100
100
23
Sirdaryo viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi xoʻjalik hisobidagi ishlab chiqarish-loyihalashtirish boshqarmasi
Guliston shahri
100
101
24
Samarqand viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi “Xits-GUAS” markazi
Samarqand shahri
100
102
25
Namangan viloyati Yakka tartibda uy-joy qurilishi boshqarmasi huzuridagi kichik korxona
Namangan shahri
100
103
26
Kosonsoy tumani arxitektura boʻlimining loyihalashtirish guruhi
Namangan shahri
100
104
27
“Samtibloyiha” loyihalashtirish ustaxonasi
Samarqand shahri
100
105
28
Samarqand viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi loyihalashtirish byurosi
Samarqand shahri
100
106
29
“Oʻzqishloqqurilishloyiha”
Samarqand shahri
100
107
30
Arxitektura va qurilish boshqarmasi huzuridagi loyihalashtirish guruhi
Samarqand shahri
100
108
31
Arxitektura va qurilish boshqarmasi huzuridagi loyihalashtirish guruhi
Qarshi shahri
100
109
32
“Vilxoʻjloyiha” instituti
Qarshi shahri
100
111
34
“Oʻzdavqishloqloyiha” institutining Qarshi filiali
Qarshi shahri
100
112
35
Kitob tumani arxitektura va qurilish boshqarmasining arxitektura-rejalashtirish byurosi
Kitob shahri
100
113
36
Arxitektura va qurilish boshqarmasining loyihalashtirish byurosi
Navoiy shahri
100
114
37
Navoiy viloyati Arxitektura va qurilish boshqarmasining loyihalashtirish byurosi
Navoiy shahri
100
115
38
“Namanganinvestloyiha” instituti
Namangan shahri
100
116
39
“Namanganarxitektqurilish” instituti
Namangan shahri
100
117
40
“Fargʻonaagroloyiha”
Fargʻona shahri
100
118
41
“Meʼmorqurilishloyiha”
Samarqand shahri
100
(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-yanvardagi PQ-1049-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 5-son, 36-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qaroriga 2-ILOVA
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.03.00 Kapital qoʻyilmalar. Investitsiyalar (qurilishni moliyalashtirish). Narxlar shakllanishi]
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom obyektlarni, shu jumladan foydalanishga tayyor holda quriladigan, markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan obyektlar qurilishini tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi quyidagi markazlashtirilgan manbalarga joriy etiladi:
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari va budjetdan ajratmalar;
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)
davlat budjeti tarkibida jamlanadigan davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari (budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasidan tashqari);
Hukumat qarorlarida belgilangan boshqa manbalar.
3. Ushbu Nizom buyurtmachi va pudratchining kelishuviga koʻra investitsiya loyihasini ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilmagan mablagʻ bilan taʼminlashning boshqa manbalari hisobiga amalga oshirishda qoʻllanilishi mumkin.
4. Kapital qoʻyilmalarni qaytarish asosida budjet ajratmalari hisobidan ajratishda qarz mablagʻlarini qaytarish mexanizmi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, mablagʻ bilan taʼminlovchi bank muassasasi va buyurtmachi oʻrtasida tuzilgan shartnoma bilan tartibga solib boriladi.
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanilgan:
budjetdan ajratmalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari (Davlat budjetining gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalarda — Gʻaznachilik va uning hududiy boʻlinmalari);
(5-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
davlat budjeti tarkibida jamlanadigan davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari boʻyicha (budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasidan tashqari) — jamgʻarmalarning tegishli tasarrufchilari;
Hukumat qarorlarida belgilangan boshqa manbalar boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlangan investitsiya kreditlari bundan mustasno — ushbu manbalarning tasarrufchilari;
qurilishlarning aniq roʻyxati — obyektlar roʻyxatini, shuningdek ulardan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha ishlar va xarajatlar hajmini oʻz ichiga oluvchi har yili buyurtmachilar tomonidan ajratilgan limitlar doirasida tuziladigan moliyaviy hujjat;
qurilishning titul roʻyxati — qurilishning butun davriga kapital qoʻyilmalar hajmini va uni sarflash yoʻnalishlarini koʻrsatgan, uning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini aks ettirgan holda har bir obyekt boʻyicha tuziladigan moliyaviy hujjat;
loyihalovchi — loyiha va qidiruv ishlarini bajarish uchun tanlov asosida tanlab olingan tashkilot;
yetkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi) — tanlov asosida tanlab olingan qurilish industriyasi korxonasi, tayyorlovchi zavod yoki moddiy-texnika resurslarini, shu jumladan loyihani amalga oshirishda foydalaniladigan texnologiya va muhandislik asbob-uskunalarini ishlab chiqaruvchi va (yoki) yetkazib beruvchi jismoniy shaxs;
loyiha — tarmoq tuzilmalarini rivojlantirish va joylashtirish sxemasi, shuningdek muhandislik izlanishlari va korxonalar, inshootlarni joylashtirishning variantli ishlanmalari, uning loyiha quvvati va boshqa texnik koʻrsatkichlari asosida tuzilgan mintaqalar boʻyicha ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirish sxemasi tarkibida bajarilgan zarur hisob-kitoblar bilan birgalikda materiallar turkumi. Kapital qurilish loyihasida quyidagi asosiy masalalar hal etiladi: xomashyo va tayyor mahsulotning transport oqimlari sxemasi, ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarishning ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi, iqtisodiyotning turdosh tarmoqlari bilan aloqalar, ishlab chiqarishning hisob-kitobi va uni tashkil etish, ishlab chiqarishni kadrlar bilan taʼminlash, qurilish uchun ajratilgan yer uchastkasidan oqilona foydalanish, binolar va inshootlarning hajmli–rejalashtirish, arxitektura va konstruktiv yechimlari, atrof muhit muhofazasi, izdan chiqqan yerlarni tiklash (rekultivatsiya) va yer qaʼri muhofazasi, quvvatlarni oʻzlashtirish;
ish hujjatlari — alohida binolar va inshootlarga hamda ish turlariga ish chizmalari komplekti. Murakkab obyektlar boʻyicha ish hujjatlarini tuzishda loyiha materiallarini aniqlashtiruvchi qoʻshimcha ishlar amalga oshiriladi. Ularga ish chizmalari umuman binoga va inshootga ishlab chiqiladi. Ish hujjatlarida mehnat sarfi va asosiy qurilish materiallariga xarajatlar oʻzgarishining hisob-kitobi keltirilgan boʻlishi, ixtisoslashtirish tuzilishi, asbob-uskunalar va buyumlarning tegishli turlariga esa – oʻlcham sxemalari tuzilishi, bino va inshootga qurilish ish chizmalarining pasporti tuzilishi kerak. Ish hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyihalovchiga yakka tartibda tayyorlanadigan buyurtma qilinadigan asbob-uskunalar va import asbob-uskunalar boʻyicha birlamchi maʼlumotlar beriladi.
II. Shartnomalar tuzish tartibi va shartlari
6. Obyekt qurilishiga shartnoma tanlov savdolari natijalari boʻyicha belgilangan qurilishning butun davriga yangi qurilishga, ishlab turgan korxonalarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashga (keyingi oʻrinlarda matnda kapital qurilish deb yuritiladi) tuziladi.
Shartnoma Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda kapital qurilish sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tuziladi.
7. Markazlashtirilgan manbalar hisobiga obyektlar qurilishiga shartnomalar tuzish huquqiga ega boʻlgan tashkilot buyurtmachi hisoblanadi.
8. Markazlashtirilgan manbalar hisobiga obyektlar qurilishiga shartnoma boʻyicha pudratchilar tanlov savdolari shartlariga va tuzilgan shartnomaga muvofiq ishlar bajarilishini taʼminlashga qodir boʻlgan yuridik shaxslar boʻlishlari mumkin.
Zarurat boʻlganda qoʻshma faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq ish koʻruvchi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yuridik shaxslarning birlashmasi qurish shartnomasi boʻyicha pudratchilar boʻlishi mumkin.
9. Buyurtmachi va pudratchi, bosh pudratchi va subpudratchilar, loyiha tashkilotlari va asbob-uskunalar, qurilish materiallari va konstruksiyalarini yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi munosabatlar vositachi tashkilotlar va boshqa oraliq boʻgʻinlarning ishtirokisiz faqat shartnoma asosida quriladi.
Bunda ham moddiy-texnika resurslarini oʻzaro bergan holda, ham ular berilmagan holda subpudrat tashkilotlar tomonidan ishlarning bajarilishi bitta obyekt qurilishi doirasida vositachining ishi hamda moddiy-texnika resurslarini tashqariga realizatsiya qilish, deb hisoblanmaydi.
10. Pudrat shartnomasi tanlov savdolari natijalari boʻyicha aniqlangan shartnomaviy joriy narx boʻyicha belgilangan tartibda tanlov savdolari natijalari tasdiqlangandan keyin oʻn kun muddatda tuziladi.
11. Tanlov savdolari shartlariga muvofiq qurilish muddati bir kalendar yil doirasidan tashqariga chiqadigan obyektlar boʻyicha ikkinchi va keyingi yillarga ishlarning qoldiq hajmi qiymati belgilangan tartibda aniqlashtiriladi. Qoldiq qiymatning aniqlashtirilishi asosiy bosh shartnomaga ilova qilinadigan qoʻshimcha bitim bilan rasmiylashtiriladi.
12. Shartnomaga ishlar hajmining koʻpayishi yoki loyihaning oʻzgartirilishi bilan bogʻliq oʻzgartirishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
13. Shartnoma bekor qilingan taqdirda barcha xarajatlar va zararlar qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda qoplanadi.
14. Shartnoma tuzishda buyurtmachi va pudratchi alohida shartlar bilan qonun hujjatlariga muvofiq unda boshqa majburiyatlarni ham nazarda tutishga haqlidir.
15. Subpudratchilar va yetkazib beruvchilar (ishlab chiqaruvchilar)ni tanlash bosh pudratchi tomonidan tanlov savdolari natijalari boʻyicha tuzilgan bosh shartnoma boʻyicha majburiyatlar saqlanib qolinishi sharti bilan mustaqil amalga oshiriladi.
16. Obyektlar qurilishiga shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi qonun hujjatlariga muvofiq kafillik, kafolat shaklida va boshqa shakllarda taʼminlanadi.
17. Obyekt qurilishi shartnomasida aks ettiriladigan oʻzaro hisob-kitob shartlari qonun hujjatlari talablariga muvofiq belgilanadi.
III. Tomonlarning majburiyatlari va javobgarligi
18. Buyurtmachi tomonidan quyidagilar taʼminlanadi:
yer uchastkasini tanlash va ajratish, birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlarni va qurilish hududini tayyorlash, loyihaoldi ishlarini tashkil etish, loyihaning, ish hujjatlarining (obyektni foydalanishga tayyor holda qurish hollaridan tashqari) va tanlov hujjatlarining tasdiqlanadigan qismini kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash;
loyihalovchi va pudratchini (bosh pudratchini) tanlov savdolari orqali tanlash;
ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvallari bilan birgalikda shartnomalar tuzish;
qurilish obyektini davlat arxitektura-qurilish nazorati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish;
pudratchiga qurish uchun birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlarni berish;
buziladigan, koʻchiriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan binolarda, shuningdek obyekt qurilishi hududida yashayotgan shaxslarni koʻchirish;
moliyalashtirish, pudratchi tomonidan qabul qilingan shartnoma majburiyatlariga va shartnomada qayd etilgan boshqa funksiyalarga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish;
texnik kuzatish va obyekt qurilishi ustidan texnik nazorat qilish;
qurilishi tugallangan obyektni belgilangan tartibda foydalanish uchun qabul qilish;
kafolatli davrda aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilishi ustidan nazorat qilish.
Buyurtmachi qonun hujjatlariga va shartnoma shartlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
19. Pudratchi tomonidan quyidagilar taʼminlanadi:
ish hujjatlarini ishlab chiqish va uning texnologiya qismini buyurtmachi bilan kelishgan holda qurilish jarayonida (obyekt foydalanishga tayyor holda qurilganda) uni ekspert kuzatish;
ish hujjatlarini (obyekt foydalanishga tayyor holda qurilganda) texnologik izchillik va obyekt qurilishining aniq shartlari bilan bogʻliqlikda hajmlar va muddatlarda ishlab chiqarishga berish;
ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq hamda belgilangan standartlarga, qurilish normalari va qoidalariga rioya qilgan holda tasdiqlangan loyihada nazarda tutilgan ishlarni bajarish;
shartnomaga muvofiq qurilishni asbob-uskunalar, konstruksiyalar va qurilish materiallari bilan butlash;
loyiha yechimlariga hamda qurilish normalari va qoidalariga rioya qilgan holda qurilish-montaj, maxsus va ishga tushirish-sozlash ishlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
obyektning ijroiya hujjatlarini, shu jumladan sertifikatlanishi shart boʻlgan mahsulotga muvofiqlik sertifikatlarini, foydalanilgan qurilish materiallari va asbob-uskunalarga texnik pasportlarni tuzish va buyurtmachiga berish;
tasdiqlangan loyihalarga, boshqa talablarga va shartnoma majburiyatlariga muvofiq obyektni buyurtmachiga topshirish.
Pudratchi qonun hujjatlariga va shartnoma shartlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
20. Buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasidagi vazifalarni aniq taqsimlash, shuningdek ularning mulkiy javobgarligi darajasi qonun hujjatlariga va tanlov savdosi shartlariga muvofiq aniq bir pudrat shartnomasini tuzishda aniqlashtiriladi.
21. Obyektni foydalanishga qabul qilib olish belgilangan sifat standartlari hisobga olingan holda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi organlarining xulosasi asosida buyurtmachi tomonidan taʼminlanadi.
22. Buyurtmachi qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq:
ishlarni bajarishga birlamchi–ruxsat beruvchi hujjatlar berilishi kechiktirilganligi;
geodeziya — boʻlish asoslari hamda qurilish hududiga biriktirilgan punktlar va belgilar berilishi kechiktirilganligi;
qurilishi tugallangan obyekt, uning ayrim navbatlari, ishga tushirish kompleksi, binolar, inshootlar, ishlab chiqarishga tayyorlangan mahsulotlar yoki xizmatlar shartnoma shartlariga muvofiq qabul qilib olinishi asossiz ravishda kechiktirilganligi;
shartnomaga muvofiq oʻz vaqtida mablagʻ bilan taʼminlanmaganligi, bajarilgan ishlar tasdiqlanmaganligi va ularga haq toʻlanmaganligi;
shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganlgi uchun pudratchi oldida mulkiy javob beradi.
23. Pudratchi qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq:
ish hujjatlari sifatsiz ishlab chiqilganligi (obyektni foydalanishga tayyor holda qurishda);
qurilish-montaj ishlari sifatsiz bajarilganligi;
obyekt, uning navbati, bosqichi qurilishi oʻz vaqtida tugallanmaganligi;
buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha montaj tashkilotlari va boshqa ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan asbob-uskunalarni montaj qilishga moʻljallangan maydonlarni topshirish muddatlari buzilganligi (agar bu shartnoma va tanlov savdolari shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa);
buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga ilova qilingan alohida shartlarda belgilangan yerlarni rekultivatsiya qilish boʻyicha ishlar muddatlari va hajmlarining buzilganligi;
qurilish jarayonida yoki oraliq qabul qilish jarayonida buyurtmachi, mualliflik nazorati va nazorat organlari tomonidan aniqlangan ishlar va konstruksiyalarda yoʻl qoʻyilgan chala ishlar va nuqsonlarni bartaraf etish kechikkanligi;
shartnomada nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun buyurtmachi oldida mulkiy javob beradi.
24. Ish pudratchi tomonidan pudrat shartnomasidan chetga chiqib yoki boshqa nuqsonlari boʻlgan holda bajarilgan hollarda buyurtmachi, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada oʻzgacha hol belgilanmagan boʻlsa, oʻz xohishiga koʻra pudratchidan:
nuqsonlar oqilona muddatda qoplashsiz bartaraf etilishini;
ish uchun belgilangan narx mutanosib miqdorda kamaytirilishini;
agar nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan buyurtmachining huquqi shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, nuqsonlarni bartaraf etish bilan bogʻliq xarajatlar qoplanishini talab qilishga haqlidir.
25. Pudratchi nuqsonlarni bartaraf etish oʻrniga bajarish muddati kechiktirilishi tufayli yetkazilgan zararlarni buyurtmachiga qoplagan holda ishni qaytadan tekin bajarishga haqlidir.
26. Agar pudratchi nuqsonlarni tomonlar tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmasa, buyurtmachi yoki foydalanuvchi tashkilot nuqsonni bartaraf etish ishlari qiymatini undirib olgan va nuqson oʻz vaqtida bartaraf etilmaganligi uchun koʻrilgan zarar qoplangan holda nuqsonni pudratchi hisobidan oʻz kuchlari bilan bartaraf etishga haqlidir.
27. Bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz vaqtida haq toʻlanmagan taqdirda shartnomaga muvofiq aybdor tomon boshqa tomonga qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan tartibda neustoyka toʻlaydi.
28. Shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun mazkur Nizomda nazarda tutilgan sanksiyalardan tashqari ularni buzgan tomon boshqa tomonga u tomonidan qilingan xarajatlarda, mol-mulkning yoʻqolishi yoki shikastlanishida ifodalanadigan amaldagi zararlarni neustoyka (jarima, penya) bilan qoplanmagan summada qoplaydi.
29. Neustoyka (jarima, penya) toʻlanishi, shuningdek majburiyatlar zarur darajada bajarilmaganligi uchun zararlar qoplanishi tomonlarni shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishidan ozod etmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
30. Buyurtmachi pudratchining aybi bilan shartnomani bekor qilishga majbur boʻlgan taqdirda, pudratchining kafili (u mavjud boʻlgan taqdirda) buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq obyekt qurilishini qurilish toʻliq tamom boʻlgungacha davom ettirish majburiyatini oʻz zimmasiga olishi yoxud unga berilgan kafolatdan kelib chiquvchi moliyaviy majburiyatlarni bajarishi mumkin.
Kafil ishni oʻz kuchlari bilan tamomlashi yoki oʻz xohishiga koʻra istalgan pudratchini jalb etgan holda tamomlashi mumkin.
IV. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishni tashkil etish
31. Obyektni foydalanishga tayyor holda qurish pudratchining loyihada nazarda tutilgan ishlarning butun hajmini, shu jumladan maxsus va ishga tushirish-sozlash ishlarini bajarish, obyektni texnologiya va muhandislik asbob-uskunalari bilan butlash boʻyicha majburiyatlarini nazarda tutadi hamda tayyor qurilish mahsuloti yaratishning yagona uzluksiz kompleks jarayoni sifatida amalga oshiriladi.
32. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda buyurtmachi va pudratchi qatnashchilar hisoblanadi.
33. Obyektni foydalanishga tayyor holda qurish markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan yangi qurilishda, ishlab turgan korxonani kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnika bilan jihozlashda majburiy hisoblanadi.
34. Loyihalarni boshqa manbalar hisobiga amalga oshirishda obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurish tomonlarning kelishuvi boʻyicha yoki tanlov savdolari shartlariga qarab qoʻllanilishi mumkin.
35. Foydalanishga tayyor holda qurish shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun pudratchi subpudratchi tashkilotlarni jalb etishi mumkin, ularga nisbatan pudratchi bosh pudratchi hisoblanadi.
36. Qurilishni qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan materiallar, konstruksiyalar va buyumlar bilan, shuningdek barcha namunaviy asbob-uskunalar va apparatlar, nostandartlashtirilgan, texnologik va energetika asbob-uskunalari bilan, shu jumladan maxsus materiallar bilan taʼminlash pudratchining vazifasi hisoblanadi.
37. Pudratchi shartnomada belgilangan kafolatli davrda obyektdan loyihada nazarda tutilgan parametrlarda foydalanilishi uchun buyurtmachi oldida mulkiy javob beradi.
38. Foydalanishga tayyor holda qurishda obyektni mablagʻ bilan taʼminlash mablagʻ bilan taʼminlash jadvaliga muvofiq buyurtmachining avansi (30 foizgacha), joriy mablagʻ bilan taʼminlash (avans berish hisobga olingan holda 50 foizgacha), pudratchining oʻz mablagʻlari va bankning kreditlari hisobiga amalga oshiriladi.
39. Pudratchi bilan uzil-kesil hisob-kitob qilish buyurtmachi tomonidan qurilish tamom boʻlgandan va obyekt foydalanishga topshirilganidan keyin amalga oshiriladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-maydagi 226-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 222-modda)
40. Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishda tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar pudratchining balansida boʻladi va uning soliq solinadigan bazasiga kiritilmaydi.
V. Investitsiya loyihasini mablagʻ bilan taʼminlash
41. Investitsiya loyihasini markazlashtirilgan manbalar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlash har qaysi obyekt boʻyicha ajratilgan kapital qoʻyilmalar limitlari doirasiga qatʼiy amal qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan qurilishlarning aniq moʻljalli roʻyxati va qurilishlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan titul roʻyxati asosida amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
42. Belgilangan tartibda tasdiqlangan qurilishlarning aniq moʻljalli roʻyxati kapital qoʻyilmalarning tasdiqlangan limitiga muvofiq obyektlar qurilishining aniq roʻyxatida nazarda tutilgan qurilish uchun banklarning kreditlarini jalb etishda pudratchi uchun asos boʻlib hisoblanadi.
43. Ajratilgan mablagʻlardan buyurtmachi tomonidan qurilishlarning titul roʻyxatida nazarda tutilmagan maqsadlarda foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
44. Mablagʻ bilan taʼminlashni ochish uchun buyurtmachi tomonidan xizmat koʻrsatuvchi bankka (hududiy gʻaznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda Davlat budjeti gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalardan tashqari) quyidagilar taqdim etiladi:
(44-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
qurilishlarning aniq moʻljalli roʻyxati (loyiha-qidiruv ishlarining aniq roʻyxati);
qurilishning titul roʻyxati;
buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
pudrat tashkilotining qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurtalash yuzasidan shartnomasi nusxasi;
qurilish-montaj ishlarini bajarishga “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining ruxsati.
davlat ekologiya ekspertizasi xulosasining nusxasi (zarur boʻlganda);
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori asosida yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
45. Buyurtmachi va pudrat tashkiloti oʻrtasida investitsiya loyihasini amalga oshirish yuzasidan tuzilgan shartnomada va unga ilova qilinadigan mablagʻ bilan taʼminlash jadvalida quyidagilar hisobga olinishi zarur:
a) qurilishi yangidan boshlanayotgan tayyor holda foydalanishga topshiriladigan obyektlarni qurishda:
qurilishning dastlabki ikki oyi mobaynida avans toʻlovlari qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun tanlov savdolari natijalari boʻyicha belgilangan ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda teng ulushlarda ajratilishi;
ajratilgan avansning mutanosib ravishda ushlab qolinishini hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida har oyda joriy moliyalashtirish;
belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan kafolatli muddat oʻtgandan keyin amalga oshiriladigan obyekt qiymatining 5 foizini toʻlash;
(45-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
b) obyektlarni shartnoma asosida qurishda (2002-yilga oʻtuvchi obyektlar, obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurish hollaridan tashqari): joriy oyma-oy moliyalashtirish ishlarning amalda bajarilishidan kelib chiqib 5 foiz miqdoridagi qolgan qismini shartnomada qayd etilgan kafolatli muddat tamom boʻlgandan keyin, biroq moliyaviy yil tamom boʻlishidan kechikmay toʻlagan holda obyekt qiymatining kamida 95 foizi miqdorida amalga oshiriladi.
46. Tasdiqlanadigan limitlar doirasida alohida obyektlarni mablagʻ bilan taʼminlash Yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari va donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik jihatdan muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha Idoralararo kengash tomonidan tasdiqlangan alohida sxemalar boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-oktabrdagi 274-sonli qarori tahririda—OʻR QHT, 2009-y., 43-son, 456-modda)
47. Markazlashtirilgan manbalar hisobiga obyektni foydalanishga tayyor holda qurilishini kreditlashda quyidagilar tijorat bankining kredit resurslari manbalari hisoblanadi:
tasdiqlangan rivojlanish davlat dasturlari boʻyicha kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish limiti doirasida markazlashtirilgan manbalardan mablagʻlarning (avans toʻlangandan va 50 foiz miqdorida joriy moliyalashtirilgandan keyin) pudrat qurilish tashkilotining asosiy depozit hisob raqamiga xizmat koʻrsatuvchi bosh bankka vaqtinchalik asosida oyma-oy beriladigan qolgan qismi;
(47-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
xizmat koʻrsatuvchi bankning oʻz mablagʻlari va jalb qilinadigan mablagʻlari.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-maydagi 226-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 222-modda)
48. Mablagʻ bilan taʼminlovchi organga buyurtmachi tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:
qurilishlarning aniq moʻljalli roʻyxati (loyiha-qidiruv ishlarining aniq moʻljalli roʻyxati);
qurilishning titul roʻyxati;
buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurtalash yuzasidan pudrat tashkiloti tomonidan tuzilgan shartnoma nusxasi va tanlov savdolari natijalari toʻgʻrisida buyurtmachining hisoboti;
har qaysi investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ochilgan moliyalashtirishning har bir hisob raqami boʻyicha bank (hududiy gʻaznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda Davlat budjeti gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalardan tashqari) rekvizitlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(48-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
davlat ekologiya ekspertizasi xulosasining nusxasi (zarur boʻlganda);
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori asosida yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
49. Mablagʻ bilan taʼminlovchi organ buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda investitsiya loyihasini mablagʻ bilan taʼminlashni amalga oshiradi.
50. Xizmat koʻrsatuvchi bank bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun buyurtmachiga har qaysi qurilish obyekti boʻyicha “talab qilib olinadigan” alohida ikkilamchi depozit hisob raqamlari (keyingi oʻrinlarda moliyalashtirish hisob raqamlari deb ataladi) ochiladi. Moliyalashtirish hisob raqamlaridan buyurtmachi taʼminoti boʻyicha xarajatlarga mablagʻ toʻlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
51. Buyurtmachi taʼminotiga xarajatlar har oyda, alohida depozit hisob raqamidan belgilangan tartibda tasdiqlangan va moliyalashtiruvchi organlar tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
52. Pudrat tashkilotlarining tanlov savdolarida ishtirokini taʼminlash uchun tijorat banklari tomonidan, agar ularning oʻz aylanma mablagʻlari obyekt boʻyicha ishlar qiymatining 20 foizidan kamni tashkil etgan taqdirda, qurilish davomida aylanma mablagʻlarning yetishmayotgan qismini belgilangan miqdorgacha toʻldirish uchun kredit ajratish toʻgʻrisida kafillik berilishi mumkin.
53. Tanlov savdolari pudrat tashkiloti tomonidan yutib chiqilgan taqdirda unga kafolat bergan tijorat banklari ushbu tashkilotlarga qurilishning butun davrida ularni aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash maqsadida obyektni ishga tushirish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun obyekt qiymatining 20 foizigacha boʻlgan miqdorda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kredit beradi.
Pudrat tashkilotiga kredit berish uchun bank tomonidan buyurtmachini moliyalashtirish hisob raqamiga xizmat koʻrsatuvchi bankning maʼlumotnomasi asosida qurilishning har bir obyektiga alohida ssuda hisob raqami ochiladi.
54. Kredit va foiz stavkalari miqdorlari, kreditni qaytarish va u boʻyicha foizlar toʻlash muddatlari va tartibi bank bilan pudrat tashkiloti oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomasida belgilanadi.
55. Xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan moliyalashtirish hisob raqamidan pul mablagʻlarini oʻtkazish buyurtmachi tomonidan toʻlov topshirigʻi taqdim etilgandan keyingi kun boshlanishidan kechikmay amalga oshiriladi.
56. Xizmat koʻrsatuvchi bank qonun hujjatlariga muvofiq mablagʻlar oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun javob beradi.
57. Buyurtmachi toʻlov topshiriqlari qurilishning titul roʻyxatiga qatʼiy muvofiq boʻlishi uchun javob beradi.
58. Toʻlov topshiriqnomasiga bajarilgan ishlar qiymati toʻgʻrisidagi “maʼlumotnoma — schyot-faktura” ilova qilinadi.
Obyektni foydalanishga tayyor holda qurishda joriy mablagʻ bilan taʼminlash ishlarni bajarish va mablagʻ bilan taʼminlash jadvallariga muvofiq amalga oshiriladi.
59. Avans toʻlovi pudrat tashkilotining xizmat koʻrsatuvchi bankdagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga oʻtkaziladi.
60. Moliyalashtirish hisob raqamidan qurilishning titul roʻyxatiga va unda koʻrsatilgan kapital qoʻyilmalardan foydalanish yoʻnalishlariga muvofiq boʻlmagan toʻlovlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
61. Joriy mablagʻ bilan taʼminlash mablagʻ bilan taʼminlovchi organ tomonidan amalda bajarilgan qurilish ishlari hajmi hisobga olingan holda har oyda 20-kundan kechikmay amalga oshiriladi.
VI. Oʻzaro hisob-kitob qilish tartibi
62. Investitsiya loyihasini amalga oshirish qatnashchilari oʻrtasidagi hisob-kitoblar ular oʻrtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
63. Hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 5-kunidan kechikmay, buyurtmachilar tomonidan moliya organiga mazkur Nizomga muvofiq tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga belgilangan shakl boʻyicha markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalardan foydalanilishi toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etiladi.
64. Obyektni foydalanishga tayyor holda qurishda buyurtmachi tomonidan moliya organiga mablagʻ bilan taʼminlash jadvaliga muvofiq qiymatining 50 foizi doirasida obyekt qurilishiga avans berish va joriy mablagʻ bilan taʼminlash uchun mablagʻ ajratishga buyurtmanoma taqdim etiladi.
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshirilayotgan kapital qurilishni mablagʻ bilan taʼminlash va kreditlash sxemasi ilova qilinadi.
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ILOVA
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan kapital qurilishni moliyalashtirish va kreditlash
SXEMASI
Bosqichlar
Tadbirlar
Muddatlari
Masʼullar
1-bosqich
Qurilishlarning manzilli va titul roʻyxatlarini, kelgusi yillar loyihalash ishlarining manzilli roʻyxatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq kelishib oladilar va tasdiqlaydilar
10-yanvargacha
Buyurtmachilar, pudratchilar
2-bosqich
Xizmat koʻrsatuvchi bankda moliyalashtirish boshlanadi
yanvar
Buyurtmachilar, xizmat koʻrsatuvchi banklar
3-bosqich
Yilning dastlabki ikki oyida teng ulushlarda ishlar qiymatining 30 foizigacha miqdorda avans ajrati�adi
yanvar-fevral
Moliyalashtiruvchi organlar, buyurtmachilar, xizmat koʻrsatuvchi banklar
4-bosqich
Obyekt moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallariga muvofiq berilgan avans hisobga olingan holda obyekt qiymatining 50 foiziga miqdorda joriy moliyalashtiriladi
moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallariga muvofiq
Moliyalashtiruvchi organlar, buyurtmachilar, xizmat koʻrsatuvchi banklar
5-bosqich
Pudratchi tomonidan qurilish obyekti qiymatining qolgan 50 foizini moliyalashtirish uchun xizmat koʻrsatuvchi bankda kredit rasmiylashtiriladi
moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallariga muvofiq
Pudratchilar, xizmat koʻrsatuvchi banklar
6-bosqich
Qurilish obyekti qiymatining 45 foizi miqdorida haq toʻlanadi
obyekt qabul qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida
Moliyalashtiruvchi organlar, buyurtmachilar, xizmat koʻrsatuvchi banklar
7-bosqich
Qurilish obyekti qiymatining 5 foizi miqdorida haq toʻlanadi
kafolatli muddat tugagandan keyin
Moliyalashtiruvchi organlar, buyurtmachilar, xizmat koʻrsatuvchi banklar
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qaroriga 3-ILOVA
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat shartnomasi
№
200__ yil “ ___ ” __________
Keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladigan ___________________________________ _____________________________________________________________________________ (buyurtmachining nomi)
nomidan_______________________________________________________________________ asosida ish koʻruvchi (ustav, nizom, ishonchnoma)
______________________________________________________________________________ bir tomondan va (rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi)
keyingi oʻrinlarda “Pudratchi” deb yuritiladigan _____________________________________ (yuridik shaxsning nomi)
nomidan _____________________________________________________________________ (ustav, nizom, ishonchnoma)
asosida ish koʻruvchi _____________________________________________________________ (rahbarning familiyasi, ismi, otasining ismi) ikkinchi tomondan_____________________________________________________________ (obyektning nomi)
obyektni foydalanishga tayyor holda qurishga doir mazkur pudrat shartnomasini tuzdilar.
I. Tariflar
1. Mazkur shartnomada quyidagi tariflar qoʻllaniladi:
ijro hujjatlari – naturada bajarilgan ishlar yoki ishlarni bajarish uchun masʼul boʻlgan shaxslar tomonidan ularga kiritilgan oʻzgarishlarning ushbu ishchi chizmalarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi yozuvlar bilan birgalikda obyekt qurilishiga ishchi chizmalar turkumi, sertifikatlar, texnik pasportlar va oʻrnatilgan asbob-uskunalarning sifatini va ishlarni bajarishda qoʻllanilgan materiallar, konstruksiyalar va detallarning sifatini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, berkitiladigan ishlar tasdiqlanganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomalar, ayrim masʼuliyatli konstruksiyalar oraliq davrda qabul qilinishi toʻgʻrisidagi dalolatnomalar, montaj qilingan asbob-uskunalarning yakka tartibdagi sinovi toʻgʻrisidagi dalolatnomalar, ishlarni bajarish daftarlari hamda qurilish normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar;
qurilish maydoni – mazkur shartnoma (kontrakt) doirasida barcha ishlarni bajarish davrida dalolatnoma boʻyicha Buyurtmachi tomonidan Pudratchiga berilgan yer uchastkasi. Obyektning qurilish maydoni chegarasi ajratib qoʻyiladi yoki bosh rejaga muvofiq belgilanadigan boshqa belgilar bilan belgilab qoʻyiladi;
vaqtinchalik inshootlar – Pudratchi tomonidan qurilish maydonida oʻrnatiladigan va ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan har qanday tipdagi vaqtinchalik binolar va inshootlar;
berkitiladigan ishlar – sifati va aniqligini keyingi ishlar bajarilgandan keyin aniqlash mumkin boʻlmagan keyinchalik bajariladigan ishlar va konstruksiyalar bilan berkitiladigan ishlar;
shartnoma narxini boʻlib chiqish – ishlarning har bir bosqichi va/yoki turlari qiymatini aniq belgilagan holda shartnoma boʻyicha obyektning umumiy qiymatini bosqichlarga taqsimlash.
II. Shartnoma mavzusi
2. Pudratchi mazkur shartnoma shartlariga _____________________________________________ ________________________________________________________________________________ (loyihaning nomi)
loyihada koʻzda tutilgan obyektni foydalanishga tayyor holda qurish boʻyicha qurilish ishlarini bajarish majburiyatini oladi, Buyurtmachi esa Pudratchiga qurilish ishlarini bajarish uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni qabul qilish va toʻlovni amalga oshirish majburiyatini oladi.
III. Shartnoma boʻyicha ishlar qiymati
3. Mazkur shartnoma boʻyicha Pudratchi tomonidan bajarilgan, tanlov savdosi (tender) natijasida aniqlangan va tender komissiyasining qarori (200__ yil “___”_______dagi ___-son bayonnoma) bilan tasdiqlangan ishlar qiymati barcha soliqlar, yigʻimlar va ajratmalarni oʻz ichiga olgan holda joriy narxlarda ______________________________________________
_______________________________________________________________ ni tashkil etadi.
(summa yozuv bilan)
4. Ishlar qiymati uzil-kesil hisoblanadi va keyinchalik qayta koʻrib chiqilishi mumkin emas, quyidagi hollar bundan mustasno:
qurilish qiymatini koʻpaytirishga yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlari sabab boʻlganda;
ishlar hajmi Buyurtmachi tomonidan oʻzgartirilganda;
obyektning qurilishi bir yildan ortiqqa oʻzgartirilganda.
5. Qurilish muddati bir yildan ortiq boʻlganda ikkinchi yilga va keyingi yillarga shartnomaviy narxlarni aniqlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6. Tegishli asoslar mavjud boʻlganda, sanab oʻtilgan oʻzgarishlar Buyurtmachi bilan Pudratchi oʻrtasidagi shartnomaga qoʻshimcha bitim bilan rasmiylashtiriladi.
IV. Pudratchining majburiyatlari
7. Mazkur shartnoma boʻyicha Pudratchi mazkur shartnomaning II boʻlimida nazarda tutilgan ishlarni bajarish uchun:
barcha ishlarni mazkur shartnomada hamda unga ____—ilovaga muvofiq ishlarni bajarish jadvalida nazarda tutilgan hajmda va muddatlarda oʻzining kuchlari va/yoki jalb qilingan kuchlar bilan bajarish hamda ishni Buyurtmachiga mazkur shartnoma shartlariga muvofiq topshirish;
_____—ilovaga muvofiq qurilish maydoniga zarur qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, qurilish texnikasini yetkazib berish, ularni qabul qilish, tushirish, omborga joylash va saqlash;
qurilish maydoni hududida vaqtinchalik inshootlar qurish;
Buyurtmachini pudrat shartnomalari tuzilishi davomida subpudratchilar bilan shartnomalar tuzilishi, shartnoma mavzusi, subpudratchining nomi va manzili toʻgʻrisida xabardor qilish;
qurilish maydonida texnika xavfsizligi, ishlarni bajarish vaqtida atrof muhitni, oʻtqazilgan daraxtlarni va yer uchastkasini muhofaza qilish boʻyicha zarur tadbirlar bajarilishini taʼminlash, shuningdek yoritish chiroqlari oʻrnatish;
qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish;
mazkur shartnoma boʻyicha obyektni foydalanishga qabul qilib olish toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab bir oy muddatda qurilish maydonini oʻziga tegishli qurilish mashinalari va asbob-uskunalari, transport vositalari, anjomlar, priborlar, inventarlar, qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar hamda vaqtinchalik binolardan boʻshatish;
qurilish maydoni qoʻriqlanishini taʼminlash;
mazkur shartnomada nazarda tutilgan barcha majburiyatlarni toʻliq hajmda bajarish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
8. Pudratchi mazkur shartnoma boʻyicha barcha ishlarning oʻz kuchlari bilan va subpudratchilar tomonidan zarur tarzda bajarilishi hamda obyektning foydalanishga tayyor holda topshirilishi uchun Buyurtmachi oldida toʻliq mulkiy javob beradi.
V. Buyurtmachining majburiyatlari
9. Mazkur shartnomani bajarish uchun Buyurtmachi:
mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda mazkur shartnomaga __- ilovaga muvofiq ishlarni bajarish uchun yaroqli boʻlgan qurilish maydonini obyekt qurilishi va qurilish tugallangungacha boʻlgan davrda dalolatnoma boʻyicha Pudratchiga berish;
ishlar bajarilishi ustidan doimiy arxitektura-qurilish nazoratini va mazkur shartnomada qayd etilgan Pudratchi tomonidan qabul qilingan majburiyatlar va boshqa funksiyalarga rioya etilishini nazorat qilish, Pudratchidan tugallangan ishlarni qabul qilib olishni taʼminlash;
Pudratchining barcha murojaatlarini oʻn kun muddatda koʻrib chiqish va qaror qabul qilish;
moliyalashtirish jadvaliga binoan Pudratchiga ___-ilovaga muvofiq avans berish va joriy moliyalashtirishni amalga oshirish;
mazkur shartnoma imzolangan kundan boshlab 2 oy davomida Pudratchiga ishlarni qabul qilish uchun zarur boʻlgan ijro hujjatlari roʻyxatini taqdim etish;
mazkur shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni toʻliq hajmda bajarish majburiyatini oladi;
VI. Ishlarni bajarish muddatlari
10. Shartnoma:
milliy valyuta “soʻmda” oʻzaro hisob-kitob qilinganda - tomonlar uni imzolagan paytdan boshlab;
keyinchalik EAVga konvertatsiya qilgan holda milliy valyutada “soʻmda” oʻzaro hisob-kitob qilinganda - shartnoma qonun hujjatlariga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin kuchga kiradi.
11. Pudratchi mazkur shartnomaga ilova qilinadigan moliyalashtirish jadvaliga muvofiq birinchi avans toʻlovi tushgan kundan boshlab ishlarni bajarishga kirishadi.
12. Tanlov savdolari natijasi boʻyicha aniqlangan qurilishning davom etish vaqti ishlar boshlangan kundan eʼtiboran ____ kunni tashkil etadi.
13. Mazkur shartnoma boʻyicha ishlar ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
VII. Toʻlovlar va hisob-kitoblar
14. Buyurtmachi Pudratchiga shartnoma boʻyicha ishlar umumiy joriy qiymatining 30 foizi miqdorida, ikki oyga teng ulushlarga (oyiga 15 foizdan) boʻlgan holda avans oʻtkazadi, bu _____________soʻmni tashkil etadi.
15. Buyurtmachi tomonidan Pudratchiga avans berish va joriy moliyalashtirish uchun moliyalashtirish va ishlarni bajarish jadvallari asos hisoblanadi ( -ilova).
16. Joriy moliyalashtirish bajarilgan ishlar sifati tekshirilgandan keyin, berilgan avansni hisobga olgan holda, ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvallariga muvofiq obyektning umumiy shartnomaviy joriy qiymatining 50 foizigacha doirasida amalga oshiriladi.
17. Obyektning shartnomaviy joriy qiymatining qolgan 50 foizi uchun Buyurtmachi va Pudratchi oʻrtasidagi uzil-kesil hisob-kitob qurilish tugallangandan keyin va obyekt qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingandan keyin ikki bosqichda;
obyekt qabul komissiyasi tomonidan qabul qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida - ishlar qiymatining kamida 45 foizi miqdorida;
mazkur shartnomada belgilangan kafolatli muddat tamom boʻlgandan keyin - ishlar qiymatining 5 foizigacha miqdorida, biroq moliya yili tugamasdan amalga oshiriladi.
18. Pudratchi obyekt foydalanishga topshirilgunga qadar mazkur shartnoma boʻyicha obyektga mulk huquqini oʻzida saqlab qoladi. Obyekt Buyurtmachiga topshirilgunga qadar obyektning tasodifiy yoʻq qilinishi va shikastlanishi xavfi Pudratchining zimmasida boʻladi.
19. Buyurtmachi mazkur shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarni shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab oʻttiz kun mobaynida bajarmagan taqdirda, Pudratchi bu haqda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Buyurtmachini yozma ravishda xabardor qilgan holda, shartnomaga oʻzgartirishlar kiritish yoki shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga egadir. Bunda Buyurtmachi Pudratchi tomonidan bajarilgan ishlar uchun haq toʻlashdan ozod qilinmaydi.
VIII. Ishlarni bajarish
20. Buyurtmachi qurilish maydonida oʻz vakilini – texnik auditorni tayinlaydi, u Buyurtmachining nomidan bajarilayotgan ishlar sifati ustidan texnik nazoratni amalga oshiradi, shuningdek Pudratchi tomonidan foydalaniladigan materiallar va asbob-uskunalarning shartnoma shartlariga va ish hujjatlariga muvofiqligini tekshiradi.
21. Texnik auditor ishlar bajarilishining va shartnomaning butun davri mobaynida ishlarning barcha turlari bilan toʻsiqsiz tanishish huquqiga egadir.
22. Pudratchi texnik auditorni ishlash uchun joy bilan taʼminlaydi. Texnik auditor Pudratchi tomonidan oʻtkaziladigan qurilish maydonida ishlarni amalga oshirish chogʻida paydo boʻluvchi masalalarni hal qilish boʻyicha yigʻilishlarda muntazam ravishda qatnashadi.
23. Pudratchi ishlarni bajarish loyihasiga va mazkur shartnomaning VI boʻlimida koʻrsatilgan muddatlar bilan muvofiqlashtirilgan oʻz rejasi va jadvaliga binoan obyektda ishlarni bajarishni mustaqil ravishda tashkil etadi.
24. Pudratchi obyektda ishlarni olib borish tartibini davlat arxitektura-qurilish nazorati organlari bilan kelishadi va unga rioya etilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
25. Qurilish maydonida umumiy tartibni taʼminlash Pudratchining vazifasi hisoblanadi.
26. Buyurtmachi qurilish maydonini berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma bilan bir vaqtda Pudratchiga ortiqcha tuproq va qurilish axlatini joylashtirish va yetishmayotgan tuproqni qazib olish uchun joy ajratish toʻgʻrisidagi hujjatlarni beradi.
27. Buyurtmachi qurilish maydonini berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab uch kun muddatda qurilish maydonini belgilash boʻyicha ishlarni bajarish va obyektni privyazka qilish uchun Pudratchiga geodeziya nuqtalari, ularning koordinatlari va balandlik belgilarini taqdim etadi.
28. Pudratchi geodeziya nuqtalariga, liniyalar va darajalarga nisbatan obyektning toʻgʻri va zarur tarzda belgilanishi, shuningdek balandlik belgilari, oʻlchamlari va boʻlish oʻqlarining muvofiqligi toʻgʻri joylashganligi uchun javob beradi.
Agar ishlarni bajarish jarayonida amalga oshirilgan boʻlish va geodeziya ishlarida xatolar aniqlansa, Pudratchi Buyurtmachi bilan kelishgan holda tegishli tuzatishlarni oʻz hisobidan kiritadi.
29. Pudratchi geodeziya boʻlish ishlarida oʻrnatiladigan koordinatlar va balandliklar, geodeziya belgilarining joylashishi sxemalari va jadvallarini saqlaydi, ishlarni bajarish davrida va ular tugallangandan keyin ularni dalolatnoma boʻyicha Buyurtmachiga beradi.
30. Qurilish maydonida ishlarni bajarish davrida kommunikatsiyalarni vaqtincha ulashni va ulash nuqtalarida yangidan qurilgan kommunikatsiyalarni ulashni Pudratchi amalga oshiradi.
31. Pudratchi oʻzi tomonidan qurilishda qoʻllaniladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, konstruksiyalar va tizimlar sifati loyiha hujjatlarida koʻrsatilgan spetsifikatsiyalarga, texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq boʻlishini hamda ularning sifatini tasdiqlovchi tegishli sertifikatlarga, texnik pasportlarga yoki boshqa hujjatlarga ega boʻlishini kafolatlaydi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
32. Alohida masʼuliyatli konstruksiyalar va berkitiladigan ishlar tayyor boʻlishiga qarab ularni qabul qilish boshlanishidan 2 kun oldin Pudratchi Buyurtmachini va “Davarxitektqurilishnazorat” inspeksiyasini yozma ravishda xabardor qiladi.
33. Qabul qilinadigan konstruksiyalar va ishlarning tayyorligi Buyurtmachi va Pudratchi tomonidan masʼul konstruksiyalarni oraliq qabul qilish dalolatnomalari hamda ularning “Davarxitektqurilishnazorat” inspeksiyasi bilan kelishgan shartlarida berkitiladigan ishlar tekshiruvi dalolatnomalari bilan tasdiqlanadi.
34. Pudratchi Buyurtmachining ishlarni bajarish daftariga kiritilgan yozma ruxsatnomasidan keyingina keyingi ishlarni bajarishga kirishadi.
35. Agar berkitiladigan ishlar Buyurtmachining tasdigʻisiz bajarilgan boʻlsa yoki u bu haqda xabardor qilinmagan boʻlsa, yoki kechikib xabardor qilingan boʻlsa, u holda uning talabi boʻyicha Pudratchi Buyurtmachining koʻrsatmasiga muvofiq berkitiladigan ishlarning istalgan qismini oʻz hisobidan ochishga, soʻngra esa uni tiklashga majburdir.
Pudratchi Buyurtmachining manfaatlariga jiddiy taʼsir qilmaydigan ish hujjatlaridan mayda chetga chiqishlarni Buyurtmachining roziligisiz amalga oshirsa, u agar bularning qurilish sifatiga taʼsir etmaganligini isbotlasa javobgar hisoblanmaydi.
36. Agar Buyurtmachi Pudratchi va (yoki) uning subpudratchilari tomonidan ishlarning sifatsiz bajarilganligini aniqlasa, u holda Pudratchi oʻz kuchlari bilan va qurilish qiymatini koʻpaytirmasdan ushbu ishlarni ularning zarur sifatini taʼminlash uchun kelishilgan muddatda qayta bajarishga majburdir, ushbu shartnoma 34-bandining ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
Agar Pudratchi sifatsiz bajarilgan ishlarni kelishilgan muddatlarda tuzata olmasa, Pudratchi ularni tuzatishning kechikishi oqibatida yetkazilgan zararlarni Buyurtmachiga toʻlaydi.
37. Pudratchi qurilish maydonini va unga tutash koʻcha polosasini, shu jumladan yoʻl uchastkalari va yoʻlaklarni supurib-sidiradi va ozoda saqlaydi, qurilish davrida maydondan qurilish axlatini Buyurtmachi tomonidan koʻrsatilgan joyga chiqarib tashlaydi.
38. Ishlar boshlangan paytdan boshlab ular tugallangungacha Pudratchi ishlarni bajarish daftarini yuritadi. Daftarda butun ishlarning borishi, Buyurtmachi va Pudratchining oʻzaro munosabatlarida ahamiyatga ega boʻlgan hollar va holatlar (ishlarning boshlanishi va tamom boʻlishi sanasi, materiallar, asbob-uskunalar berilishi, xizmatlar koʻrsatilishi sanasi, ishlarning qabul qilib olinishi, oʻtkazilgan sinovlar, materiallar oʻz vaqtida yetkazib berilmasligi bilan bogʻliq toʻxtab qolishlar, qurilish texnikasining ishdan chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek qurilishni tugallashning uzil-kesil muddatiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan barcha maʼlumotlar) aks ettiriladi.
Agar Buyurtmachi ishlarning borishi va sifatidan yoki Pudratchining qaydlaridan qoniqmasa, u holda ishlarni bajarish daftarida oʻz fikrini bayon qiladi.
Pudratchi daftarda Buyurtmachi tomonidan asosli ravishda koʻrsatilgan kamchiliklarni 3 kun muddatda bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
IX. Ishlarni qoʻriqlash
39. Pudratchi ishlar boshlanishidan qurilish tugallangungacha va qurilishi tugallangan obyekt Buyurtmachi tomonidan qabul qilib olingunga qadar chetlari toʻsilgan qurilish maydoni hududida materiallar, asbob-uskunalar, qurilish texnikasi va boshqa mol-mulk zarur darajada qoʻriqlanishini taʼminlaydi.
40. Tiklangan binolar va imoratlar, shuningdek materiallar, asbob-uskunalar va boshqa mol-mulk obyekt qabul qilib olinganidan keyin saqlanishi uchun Buyurtmachi javob beradi.
X. Yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlari
41. Agar ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmasligi tabiat hodisalari va boshqa yengib boʻlmaydigan kuch holatlari natijasida kelib chiqsa va agar bu holatlar mazkur shartnomaning bajarilishiga bevosita taʼsir etsa, tomonlar bunday qisman yoki toʻliq bajarmaslik uchun javobgarlikdan ozod etiladilar.
Mazkur shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib boʻlmaydigan kuch holatlari amal qilgan, shuningdek ushbu holatlar yuzaga keltirgan vaqtga mutanosib ravishda uzaytiriladi.
42. Agar yengib boʻlmaydigan kuch holatlari yoki ularning oqibatlari bir oydan koʻp vaqtga choʻzilsa, u holda Pudratchi va Buyurtmachi ishlarni davom ettirish yoki ularni konservatsiya qilish uchun qanday choralar koʻrilishini muhokama qiladilar.
43. Agar tomonlar ikki oy ichida kelisha olmasalar, u holda tomonlarning har biri shartnoma bekor qilinishini talab qilishga haqlidir.
XI. Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish
44. Qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish shartnomani imzolash sanasida amalda boʻlgan belgilangan tartibga muvofiq mazkur shartnomada nazarda tutilgan barcha majburiyatlar tomonlar tarafidan bajarilgandan keyin, shuningdek qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olishning belgilangan qoidalariga binoan amalga oshiriladi.
45. Obyektlar ularning foydalanishga tayyorligi toʻgʻrisida Pudratchining yozma bildirishnomasi Buyurtmachi tomonidan olingan kundan boshlab ___kun mobaynida qabul qilib olinadi.
46. Pudratchi qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish boshlanishidan 5 kun oldin mazkur shartnomaning V boʻlimiga muvofiq Buyurtmachiga Buyurtmachi tomonidan belgilangan tarkibda ikki nusxada ijro hujjatlarini beradi. Pudratchi Buyurtmachiga ushbu hujjatlar toʻplami amalda bajarilgan ishlarga toʻliq mos kelishini yozma ravishda tasdiqlashi kerak.
47. Qabul qilib olingan paytdan boshlab obyekt Buyurtmachining mulkiga aylanadi.
XII. Kafolatlar
48. Pudratchi:
barcha ishlar toʻliq hajmda va mazkur shartnoma shartlarida belgilangan muddatlarda bajarilishini;
loyiha hujjatlariga hamda qurilish meʼyorlari, qoidalari va texnik shartlariga muvofiq barcha ishlarni bajarish sifatini;
oʻzi tomonidan qurilish uchun qoʻllaniladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, konstruksiya va tizimlar sifatini, ularning loyiha hujjatlarida koʻrsatilgan sertifikatsiyalarga, texnik reglamentlar yoki standartlarga muvofiqligini;
(48-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
ishlarni qabul qilish va obyektdan foydalanishning kafolatli davrida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni oʻz vaqtida bartaraf qilishni;
obyektdan foydalanilganda muhandislik tizimlari va uskunalarning foydalanish qoidalariga muvofiqligini kafolatlaydi.
49. Obyekt va unga kiradigan muhandislik tizimlari, asbob-uskunalar, materiallardan foydalanish va ishlarning kafolatli muddati tomonlar qurilishi tugallangan obyektni qabul qilib olish toʻgʻrisidagi dalolatnomani imzolagan kundan boshlab kamida ___ oy etib belgilanadi. Obyekt tomining kafolatli muddati kamida ___ oy etib belgilanadi.
50. Agar obyektdan foydalanishning kafolatli davrida aniqlanib, ular bartaraf etilgunga qadar foydalanishni davom ettirish imkonini bermaydigan nuqsonlar aniqlansa, u holda kafolat muddati nuqsonlarni bartaraf etish davriga uzaytiriladi. Nuqsonlar Pudratchi tomonidan uning oʻz hisobidan bartaraf etiladi.
Mavjud nuqsonlar va ularni bartaraf etish muddatlari Pudratchi va Buyurtmachining ikki tomonlama dalolatnomasida qayd etiladi.
Agar Pudratchi bajarilgan ishlardagi nuqsonlar va chala ishlarni, jumladan uskunalarning kamchiliklarini dalolatnomada koʻrsatilgan muddat ichida bartaraf etmasa, u holda Buyurtmachi mazkur shartnomaning VII boʻlimida nazarda tutilgan kafolat summasini Pudratchidan ushlab qolish huquqiga ega.
51. Pudratchi nuqsonlar va chala ishlar koʻrsatilgan dalolatnomani tuzishdan yoki imzolashdan bosh tortgan taqdirda, ularni tekshirib chiqish “Davarxitektqurilishnazorat” organlari tomonidan amalga oshiriladi, bu tomonlarning ushbu masala boʻyicha iqtisodiy sudga murojaat qilishini istisno etmaydi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
XIII. Shartnomani bekor qilish
52. Buyurtmachi:
shartnoma kuchga kirgandan keyin qurilishning boshlanishi Buyurtmachiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra Pudratchi tomonidan bir oydan koʻp vaqtga kechiktirilganda;
ishlarni tugatishning mazkur shartnomada belgilangan muddati Pudratchining aybi bilan bir oydan ortiq muddatga koʻpaygan holda, Pudratchi tomonidan ishlarni bajarish jadvaliga rioya etilmaganda;
Pudratchi tomonidan shartnoma shartlari qurilish meʼyorlari va qoidalarida nazarda tutilgan ishlarning sifati pasayishiga olib keladigan darajada buzilganda;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar boʻyicha shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
53. Pudratchi:
ishlarning bajarilishi Pudratchiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra Buyurtmachi tomonidan bir oydan ortiq muddatga toʻxtatib qoʻyilganda;
Buyurtmachi tomonidan moliyalashtirish shartlari bajarilmaganda;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa asoslar boʻyicha shartnomaning bekor qilinishini talab qilish huquqiga ega.
54. Shartnoma bekor qilinganda Buyurtmachi va Pudratchining qoʻshma qaroriga koʻra tugallanmagan qurilish bir oy muddatda Buyurtmachiga beriladi, Buyurtmachi bajarilgan ishlar qiymatini Pudratchiga toʻlaydi.
55. Mazkur shartnomani bekor qilishga qaror qilgan tomon mazkur boʻlim qoidasiga muvofiq ikkinchi tomonga yozma bildirishnoma yuboradi.
56. Shartnoma bekor qilingan taqdirda aybdor tomon ikkinchi tomonga yetkazilgan zararni, shu jumladan boy berilgan foydani toʻlaydi.
57. Shartnomaning bir tomonlama bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonun hujjatlarida yoki mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
XIV. Tomonlarning mulkiy javobgarligi
58. Tomonlardan biri shartnoma majburiyatlarini bajarmagan yoki zarur darajada bajarmagan taqdirda aybdor tomon:
ikkinchi tomonga yetkazilgan zararlarni qoplaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida, boshqa qonun hujjatlarida hamda mazkur shartnomada nazarda tutilgan tartibda boshqacha javobgarlikka tortiladi.
59. Mazkur shartnomaga tegishli ilovalarda koʻrsatilgan oʻz majburiyatlariga rioya qilmaganligi, oʻz vaqtida moliyalashtirmaganligi va shartnomada belgilangan boshqa majburiyatlarni buzganligi uchun Buyurtmachi Pudratchiga kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining ___foizi miqdorida penya toʻlaydi, bunda penyaning umumiy summasi bajarilmagan ishlar yoki koʻrsatilmagan xizmatlar qiymatining ___foizidan oshmasligi lozim.
Penya toʻlanishi Buyurtmachini shartnoma shartlari buzilishi tufayli yetkazilgan zararni qoplashdan ozod qilmaydi.
60. Shartnomaga muvofiq bajarilgan ishlar hajmini tasdiqlashdan asossiz ravishda bosh tortganligi uchun Buyurtmachi Pudratchiga oʻzi tasdiqlashni rad etgan yoki bosh tortgan summaning ___foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
61. Pudratchi obyektni oʻz vaqtida ishga tushirish boʻyicha oʻz majburiyatlarini buzganligi uchun Buyurtmachiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining ___foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi obyekt shartnomaviy joriy qiymatining ___foizidan oshmasligi lozim.
Buyurtmachi tomonidan topilgan nuqsonlar va kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etilmagani uchun Pudratchi buyurtmachiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun sifatsiz bajarilgan ishlar qiymatining ___ foizi miqdorida penya toʻlaydi, bunda penyaning umumiy summasi sifatsiz bajarilgan ishlar qiymatining __ foizidan oshmasligi kerak.
Penya toʻlash Pudratchini ishlarni bajarishning yoki xizmatlar koʻrsatishning kechikishi tufayli yetkazilgan zararlarni qoplashdan ozod qilmaydi.
62. Agar bajarilgan ishlar sifati belgilangan standartlarga, qurilish meʼyorlari va qoidalariga, ish hujjatlariga muvofiq boʻlmasa, u holda Buyurtmachi “Davarxitektqurilishnazorat” inspeksiyasining xulosasi asosida obyektni qabul qilish va uning uchun haq toʻlashdan bosh tortishi, shuningdek Pudratchidan sifati zarur darajada boʻlmagan ishlar qiymatining ___foizi miqdorida jarima undirish huquqiga ega.
63. Shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun mazkur moddada nazarda tutilgan jazolardan tashqari shartnomani buzgan tomon ikkinchi tomonga boshqa tomon tarafidan qilingan xarajatlarda, mol-mulkning yoʻqotilishi yoki shikastlanishida, shu jumladan boy berilgan foydada ifodalanadigan penya bilan qoplanmagan zararlarni qoplaydi.
64. Muddat oʻtkazib yuborilganligi yoki majburiyatlarning boshqacha tarzda zarur darajada bajarilmaganligi uchun penya toʻlash tomonlarni ushbu majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
XV. Nizolarni hal etish tartibi
65. Shartnomani bajarishda va bekor qilishda shuningdek yetkazilgan zararlarni qoplashda paydo boʻladigan nizoli masalalarni tomonlar hal etolmasa ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
XVI. Alohida shartlar
66. Mazkur shartnoma imzolangandan keyin, mazkur shartnomaga tegishli boʻlgan tomonlar oʻrtasidagi barcha oldingi yozma va ogʻzaki bitimlar, yozishmalar, tomonlarning oʻzaro kelishuvlari oʻz kuchini yoʻqotadi.
67. Pudratchi qurilish obyektiga yoki uning alohida qismlariga tegishli ish hujjatlarini Buyurtmachining yozma ruxsatisiz, subpudratchilardan tashqari, biron-bir uchinchi tomonga sotish yoki berish huquqiga ega boʻlmaydi.
68. Mazkur shartnomaga barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar, agar ular yozma shaklda rasmiylashtirilgan va tomonlar ularni imzolashgan boʻlsa, haqiqiy hisoblanadi.
69. Buyurtmachi bilan Pudratchi oʻrtasidagi mazkur shartnomadan kelib chiqmaydigan yangi majburiyatlar paydo boʻlishiga olib keladigan har qanday ahdlashuvni tomonlar mazkur shartnomaga qoʻshimchalar yoki oʻzgartirishlar shaklida yozma ravishda tasdiqlashi kerak.
70. Agar Pudratchi shartnoma boʻyicha ishlar yakunlangandan keyin qurilish maydonida oʻziga tegishli mol-mulkni qoldirsa, u holda Buyurtmachi Pudratchi qurilish maydonini ozod qilish sanasigacha bajarilgan ishlar uchun unga haq toʻlashni kechiktirishga haqlidir.
71. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan boshqa barcha hollar uchun amaldagi qonun hujjatlari normalari qoʻllaniladi.
72. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ____ nusxada tuzildi.
XVII. Tomonlarning bank rekvizitlari va yuridik manzillari:
Buyurtmachi:
Pudratchi:
M.Oʻ. (imzo)
M.Oʻ. (imzo)
Yuridik xizmat yoki jalb qilingan advokat xulosasi:
Pudrat shartnomasiga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati:
1. Buyurtmachi va Pudratchining kafilligi.
2. Ishlarni (bosqichlarga boʻlgan holda) moliyalashtirish jadvali.
3. Ishlarni bajarish va asbob-uskunalarni oʻrnatish jadvali.
Izoh: Hududiy (respublika) gʻaznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda Davlat budjetining gʻaznachilik ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalar uchun buyurtmachining bank rekvizitlari oʻrniga uning gʻaznachilik rekvizitlari koʻrsatiladi.
(XVII boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori asosida xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PQ-3437-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qaroriga 5-ILOVA
Obyektlarni markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurishda yagona buyurtmachi hududiy xizmatining
namunaviy tuzilmasi
(5-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyuldagi 203-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 381-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qaroriga 6-ILOVA
Obyektlarni markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurishda yagona buyurtmachi xizmati toʻgʻrisida
namunaviy nizom
I. Umumiy qoidalar
1. Obyektlarni markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurishda yagona buyurtmachi xizmati (keyingi oʻrinlarda Buyurtmachi xizmati deb ataladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasining ayrim vazirliklari va idoralari tomonidan tashkil etiladi.
Buyurtmachi xizmati markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilayotgan obyektlar qurilishini boshqarish va texnik kuzatuv funksiyalarini amalga oshirish maqsadida tashkil etiladi.
Mintaqa hududida yoki vazirliklar va idoralar tarkibida markazlashtirilgan manbalar hisobiga obyektlar qurilishini amalga oshiruvchi parallel ish koʻruvchi buyurtmachi xizmatlari tashkil etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
2. Buyurtmachi xizmati funksiyalari buyurtmachilarning mintaqalarda faoliyat koʻrsatayotgan budjetdan taʼminlanuvchi xizmatlarini (KQBB, KQB, KQB va boshqalar) yagona organ tarzida birlashtirish negizida yuridik shaxs sifatida tashkil etiladigan injiniring kompaniyalari (keyingi oʻrinlarda Kompaniya deb ataladi) amalga oshiriladi.
3. Kompaniya obyektlarning, pudratchilar bilan tanlov savdolari natijalariga koʻra va qonun hujjatlariga muvofiq tuziladigan shartnomalar asosida boshqa obyektlarning foydalanishga tayyor holda qurilishini taʼminlaydilar.
4. Kompaniya tuzilgan shartnomalarga muvofiq oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha investitsiya jarayoni qatnashchilari ishini muvofiqlashtiradi.
5. Kompaniya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, yuqori turuvchi organning qarorlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
6. Kompaniya Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, belgilangan namunadagi shtamplar va blankalarga ega boʻladi.
7. Kompaniya toʻgʻrisidagi nizom (uning ustavi) uni tashkil etgan organning qarori bilan tasdiqlanadi.
II. Buyurtmachi xizmatining asosiy vazifalari
8. Quyidagilar Buyurtmachi xizmati (Kompaniya)ning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ishlab chiqarish quvvatlarini va ijtimoiy soha obyektlarini moʻljallangan muddatlarda foydalanishga topshirish prognozining bajarilishini taʼminlash;
loyiha yechimlarining samaradorligini taʼminlash, arxitektura va shaharsozlik darajasi talablariga rioya qilish;
kapital qoʻyilmalar samaradorligini oshirish, investitsiya sikli muddatlarini qisqartirish.
III. Buyurtmachi xizmatining asosiy funksiyalari
9. Yuklangan vazifalarga muvofiq Buyurtmachi xizmati (Kompaniya) quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) prognozlashtirish sohasida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirlik va idoralarning topshirigʻiga binoan 3 yillik muddatga moʻljallangan rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarning parametrlarini aniqlashtirish va kelgusida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga belgilangan tartibda taqdim etish uchun ularga yangi loyihalarni qoʻshish boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
(9-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan qurilishlarning manzilli roʻyxati loyihalarini kelgusida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishish uchun tayyorlaydi.
(9-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
pudratchi bilan kelishgan holda qurilishning titul roʻyxatini tasdiqlash uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, vazirliklar va idoralarga kiritadi;
investitsiya loyihalari joylashtiriladigan tumanlarda muhandislik kommunikatsiyalarini rivojlantirish (yoʻllar, kanalizatsiya, issiqlik, elektr, gaz, suv taʼminoti, telefonlashtirish, radiolashtirish va boshqalar) masalalarini koʻrib chiqish va hal etishda ishtirok etadi;
aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarni rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlarining manzilli roʻyxati loyihasini tayyorlaydi.
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyuldagi 203-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 381-modda)
b) loyihalashtirish sohasida:
loyihalarni va tanlov hujjatlarini, shuningdek aholi punktlari va aholi punktlariaro hududlarni rejalashtirish toʻgʻrisida shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlarni tayyorlaydi, tanlov asosida “loyiha” bosqichida loyihalashtirish boʻyicha ishlariga buyurtma joylashtirilishini tashkil etadi;
(9-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyuldagi 203-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 381-modda)
loyihalashtirishga topshiriq beradi;
tanlov savdosi gʻolibi bilan shartnoma tuzadi va hamda loyihani loyiha hujjatlarini berish ishlarining kalendar jadvalini kelishadi;
tegishli tashkilotlar bilan eksperimental, ilmiy-tekshirish, arxeologiya ishlari va boshqa ishlarni bajarishga shartnomalar tuzadi;
bajaruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
loyiha va tanlov hujjatlari ekspertizadan oʻtkazilishini, kelishilishini, tasdiqlanishini, shuningdek ekspertizaning vakolatli organlari xulosalari hamda pudrat tashkilotlarining mulohazalari boʻyicha tegishli hujjatlarga tuzatish va qoʻshimchalar kiritilishini tashkil etadi;
v) qurilish maydonini tayyorlash boʻyicha:
qurilish uchun maydon tanlash va ajratish boʻyicha komissiyalar ishida ishtirok etadi;
qurilish uchun yer uchastkalari ajratish toʻgʻrisidagi hujjatlarni rasmiylashtiradi va belgilangan muddatlarda belgilangan tartibda pudratchilarga beradi, tegishli organlar va foydalanish xizmatlarining ruxsatnomalari;
elektr uzatishlarning havodagi liniyalari va aloqa liniyalari hududida, temir yoʻllar polasasida, qurilish maydonida joylashgan yer osti kommunikatsiya tarmoqlari (kabel, gaz quvurlari. kanalizatsiya tarmoqlari va boshqalar) oʻtadigan joylarda ishlarni bajarish;
qurilish davrida shaharlarda va boshqa aholi punktlarida oʻz gaz, suv, bugʻ va elektr taʼminoti boʻlmagan taqdirda qurilishni tashkil etish loyihasiga muvofiq mavjud manbalardan olinadigan elektr energiyasi, gaz, suv va bugʻdan foydalanish;
oʻrmonni kesish va daraxtlar oʻtqazish, zarur hollarda esa daraxtlarni kesishga pudrat qurilish tashkilotlariga ruxsat berish;
obyekt qurilishi hududidagi buzilishi, boshqa joyga koʻchirilishi yoki rekonstruksiya qilinishi kerak boʻlgan uylarda yashovchi fuqarolarni koʻchiradi;
fuqarolarga zarurat boʻlganda amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan obyektning umumiy qiymati doirasida olib qoʻyiladigan meva, rezavor meva daraxtlari va ekinlar qiymatini, shuningdek fuqarolarga xususiy mulk huquqi bilan tegishli boʻlgan buzilishi kerak boʻlgan turar joylar va imoratlar qiymatini qoplaydi;
davlat tashkilotlariga, xususiy tashkilotlarga va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan buziladigan binolar va inshootlarning qoldiq balans qiymati hisob-kitobini, shuningdek uning obyekt qurilishi loyihasiga kiritilishi asosliligini tekshiradi;
buziladigan imoratlar, inshootlardan chiqadigan qaytariladigan materiallar, shuningdek qoʻshimcha ravishda qazishda olinadigan materiallar sotilishini taʼminlaydi;
qurilish uchun geodezik ajratish asosi barpo etadi;
obyektlarni Davlat arxitektura-qurilish nazorati organlarida roʻyxatdan oʻtkazadi, shuningdek pudrat tashkilotlarida faoliyat turiga va ishlarni bajarishga litsenziyalar, mualliflik va texnik nazorat borligini tekshiradi hamda qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma oladi.
g) qurilish, moliyalashtirish, hisob va hisobot sohasida:
obyektni loyihalashtirish va foydalanishga tayyor holda qurish ishlari (xizmatlari) ijrochilarini tanlash boʻyicha tanlov savdolarini tashkil etadi va oʻtkazadi;
loyihalashtirishga va pudrat ishlariga loyiha va pudrat tashkilotlari, tanlov savdolarining gʻoliblari bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi;
loyiha boshqarilishini va obyektlar qurilishi texnik kuzatilishini taʼminlaydi;
tanlov asosida belgilangan yoki belgilangan tartibda aniqlangan kelishilgan shartnomaviy narx asosida qurilishlarning aniq va titul roʻyxatlarini tuzish va aniqlashtirish uchun takliflar kiritadi;
ishlab chiqarish quvvatlari va obyektlar shartnomaga muvofiq muddatidan oldin ishga tushirilganda pudratchiga beriladigan mukofot summasini belgilaydi;
moliyalashtirishning kelishilgan jadvalini hisobga olgan, buning uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlarni moliyalashtiruvchi bankka taqdim etgan holda loyihalash ishlari va obyektlar qurilishi oʻz vaqtida ochilishi va joriy moliyalashtirilishini taʼminlaydi;
buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini yuritadi, tasdiqlangan shakllarga muvofiq faoliyat turlari boʻyicha hisobotlarni belgilangan tartibda tegishli organlarga taqdim etadi hamda ularni ishonchliligi uchun javob beradi;
qurilishda band boʻlgan pudrat, loyiha-qidiruv tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovga taqdim etilgan maʼlumotnoma-schyot-fakturalarini tekshiradi;
bajarilgan ishlarga belgilangan tartibda haq toʻlaydi (bajarilgan ishlar hajmi va qiymati toʻgʻrisida imzolangan maʼlumotnoma-schyot-fakturalar asosida), shuningdek qurilishi tugallangan obyekt boʻyicha uzil-kesil hisob-kitob qiladi;
shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi va zarur darajada bajarilmaganligi uchun pudrat, loyiha-qidiruv tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga neustoyka (jarima, penya) toʻlash toʻgʻrisidagi daʼvolarni oʻz vaqtida taqdim etadi;
obyektni foydalanishga tayyor holda qurishda ishlarni bajarish va obyekt qurilishini moliyalashtirish jadvallariga muvofiq pudratchiga avans beradi va uni joriy moliyalashtiradi;
obyekt qurilishini kuzatib boradi va texnik nazorat qiladi;
d) qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish sohasida:
qurilish normalari va qoidalariga, boshqa amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib oladi, shu jumladan:
qurilishi tugallangan obyektlar boʻyicha davlat qabul qilish komissiyasiga zarur hujjatlarni taqdim etadi (pudrat tashkilotlar bilan birgalikda);
foydalanishga qabul qilingan obyektlarni, ijro hujjatlarini, ishchi va davlat komissiyasining qabul qilish dalolatnomalarini barcha ilovalar bilan birgalikda foydalanuvchi organlar balansiga beradi;
normativ hujjatlar talablari buzilgan va loyiha hujjatlari yechimidan chetga chiqqan holda qurilgan obyektlar foydalanishga qabul qilib olinganligi uchun javob beradi.
IV. Buyurtmachi xizmatining huquqlari
10. Buyurtmachi xizmati (Kompaniya) quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha mulkchilikning barcha shakllaridagi yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining, oʻzi qarori bilan tashkil etilgan vazirliklar va idoralarning manfaatlarini ifodalash;
uni tashkil etgan organning topshirigʻiga koʻra yangidan boshlanayotgan va qurilishi tugallanmagan obyektlar qurilishida, shuningdek aholi punktlari hududlarini va qishloqlararo hududlarni rejalashtirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshirish;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyuldagi 203-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 31-son, 381-modda)
oʻziga belgilangan tartibda berilgan mol-mulkdan foydalanish;
pudrat ishlari bozorida marketing tadqiqotlari oʻtkazish;
obyektlarni loyihalashtirish va qurish boʻyicha ishlarni bajarishga (xizmatlar koʻrsatishga) shartnomalar tuzish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda mutaxassislarni jalb etish.
Kompaniya oʻz funksiyalarini amalga oshirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻladi.
11. Kompaniya oʻz majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va tuzilgan shartnomalarga muvofiq javob beradi;
12. Kompaniya oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradi, unga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin.
13. Kompaniyani tashkil etgan organ majburiyatlarning taʼminlanishi uchun unga Kompaniya tomonidan qabul qilinadigan shartnoma majburiyatlariga teng boʻlgan garovga qoʻyiladigan mol-mulkni yoki unga boʻlgan huquqlarni berishi mumkin.
V. Xoʻjalik faoliyati asoslari
14. Kompaniya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka egalik qiladi, mustaqil balans yuritadi.
Loyihalashtirish va qurilish ishlarini moliyalashtirish uchun Kompaniya xizmat koʻrsatuvchi bankda markazlashtirilgan manbalar hisobiga quriladigan har bir obyekt boʻyicha alohida depozit hisob raqamlari ochadi.
Oʻz xodimlari bilan hisob-kitob qilish va joriy taʼminot boshqa xarajatlariga haq toʻlash uchun Kompaniya hisob raqami ochadi.
15. Kompaniya taʼminoti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlangan hamda belgilangan tartibda moliya organida roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq unga ajratilgan davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga amalga oshiriladi.
16. Kompaniyaga biriktirilgan mol-mulk davlat mulki hisoblanadi.
17. Kompaniyaning tuzilmasi va shtatlar jadvali, lavozim maoshlari sxemasi, mehnatga haq toʻlash va mukofotlash tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi va joylashgan joyidagi moliya organida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Bunda Kompaniyaning rahbarlari, xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha razryadlar va tarif koeffitsiyentlari Kompaniyaga xodimlarni davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ikki oylik maosh miqdorida mukofotlash va ularga bir oylik maosh miqdorida moddiy yordam berish huquqi berilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga muvofiq belgilanadi.
Zarurat boʻlganda Kompaniyaning rahbar xodimlari va mutaxassislari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tarif razryadlariga oshirilgan koeffitsiyentlar belgilanishi mumkin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Kompaniya taʼminotiga xarajatlar obyektlar qurilishi qiymatiga kiritiladi.
VI. Kompaniyani boshqarish
18. Kompaniyani boshqarish Kompaniya uning qarori bilan tashkil etilgan tegishli organning buyrugʻi bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Direktor tomonidan amalga oshiriladi.
19. Vazifalarni taqsimlash va xodimlar oʻrtasida oʻzaro bir-birining oʻrnini bosish tartibi Kompaniya direktori tomonidan amalga oshiriladi.
20. Kompaniya direktori:
Kompaniya faoliyatiga rahbarlik qiladi va Kompaniyaga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli tashkilotlar (korxonalar), shu jumladan xorijiy tashkilotlar bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shu jumladan foydalanishga tayyor holda qurish yuzasidan shartnomalar tuzadi;
Kompaniya nomidan ish olib boradi hamda yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarda uni ifodalaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻladi.
21. Pul va mulkiy tusdagi barcha hujjatlar Kompaniya direktori yoki uning oʻrinbosarlaridan biri, bosh buxgalter yoki direktor va bosh buxgalter tomonidan imzolangan ishonchnoma bilan vakolat berilgan shaxs tomonidan imzolanadi, muhr bilan tasdiqlanadi.
VII. Hisob, hisobot va Kompaniya faoliyatini nazorat qilish
22. Kompaniya davlat budjet tashkilotlari uchun belgilanadigan qoidalar boʻyicha buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritadi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda statistika hisobotini va boshqa hisobotlarni amalga oshiradi.
23. Kompaniyaning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish, tekshirish yoki taftish qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
VIII. Kompaniyani qayta tashkil etish va uning faoliyatini toʻxtatish
24. Kompaniya qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi.
25. Kompaniya belgilangan tartibda davlat reyestridan chiqarilgan paytdan boshlab tugatilgan deb hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qarori 4-bandining toʻrtinchi va beshinchi xatboshi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 13-sentabrdagi 420-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 52-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilayotgan obyektlarni oʻz vaqtida mablagʻ bilan taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 27-martdagi 152-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 19-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga ilovaning 25-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 19-modda).