Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining
Qarori
Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 28-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2577]
1. Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining 2009-yil 16-dekabrdagi 53, 115, QQ-19, 05-04-02-sonli “Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2064, 2010-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 1-2-son, 13-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2014-yil 20-mart,
14-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 20-mart,
25-son
Madaniyat va sport ishlari vaziri M. XODJIMATOV
Toshkent sh.,
2014-yil 20-mart,
15-qq-son
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori O. YUNUSOV
Toshkent sh.,
2014-yil 20-mart,
08-05-04-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining 2014-yil 20-martdagi 14, 25, 15-qq, 08-05-04-son qaroriga ILOVA
Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
umumtaʼlim maktablari — davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablari, ixtisoslashtirilgan maktab, maxsus maktab va maktab-internatlar hamda nodavlat umumtaʼlim maktablari;
darslik — davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻquv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablarga javob beradigan, oʻquv fanining mavzulari toʻliq yoritilgan, uning asoslari mukammal oʻzlashtirilishiga qaratilgan, oʻquv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda taʼlim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy maʼlumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi oʻquv nashri;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 11-apreldagi 3-mh, 38, 1, 20-mh va 1-mh-sonli (roʻyxat raqami 2577-2, 27.04.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 308-modda)
oʻquv-metodik qoʻllanmalar (bundan buyon matnda OʻMQlar deb yuritiladi) — umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilariga moʻljallangan va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (bundan buyon matnda Xalq taʼlimi vazirligi deb yuritiladi) tomonidan oʻquv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan metodik qoʻllanmalar, shuningdek ularning multimediya ilovalari;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 11-apreldagi 3-mh, 38, 1, 20-mh va 1-mh-sonli (roʻyxat raqami 2577-2, 27.04.2017-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 17-son, 308-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi (bundan buyon matnda Jamgʻarma deb yuritiladi) — budjet va budjetdan tashqari manbalar hisobiga moliyaviy mablagʻlarni birlashtirish yoʻli orqali umumtaʼlim maktablarining kutubxona jamgʻarmalari uchun darsliklar va OʻMQlarni hamda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining kutubxona jamgʻarmalari uchun chet tillari boʻyicha darsliklar va OʻMQlarni sotib olish hamda yetkazib berishni barqaror va muttasil moliyalashtirishni taʼminlaydigan jamgʻarma;
Jamgʻarma Vasiylik kengashi — Jamgʻarmani boshqarishning yuqori organi;
Jamgʻarma ijroiya direksiyasi — Jamgʻarmaning ijrochi organi boʻlib, Jamgʻarmaga joriy rahbarlikni amalga oshiradi hamda uning faoliyati uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi;
darsliklar toʻplami — har yili Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan tegishli sinflar va taʼlim tillari boʻyicha tasdiqlanadigan ijara tizimiga kiradigan darsliklar.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-maydagi PQ–362-sonli “Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini darsliklar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, umumtaʼlim maktablarining birinchi sinf oʻquvchilari uchun darsliklar har yili, 2—4-sinflar uchun — ikki yilda bir marta va 5—9-sinflar uchun — toʻrt yilda bir marta yangilanadi.
Umumtaʼlim maktablarining 2—4-sinf oʻquvchilari uchun chet tillari boʻyicha darsliklarning ish daftarlari har yili yangilanadi.
3. Darsliklar toʻplami umumtaʼlim maktablarining kutubxona jamgʻarmalaridan ixtiyoriylik asosida ijaraga beriladi.
Oʻquvchi va oʻqituvchilarni chet tillar boʻyicha darsliklar va ularni OʻMQlar bilan taʼminlash, ularni belgilangan muddatlarga rioya etilgan holda qayta nashr etish Jamgʻarmaning aylanma mablagʻlari hisobidan bepul amalga oshiriladi.
2-bob. Darsliklar va OʻMQlarni nashr etishga buyurtmani shakllantirish va bajarish
4. Darsliklar va OʻMQlarni nashr etishga buyurtmani shakllantirish va ularni umumtaʼlim maktablariga yetkazib berish mazkur Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
5. Xalq taʼlimi vazirligi zarur darsliklar va OʻMQlar bilan taʼminlanganligi boʻyicha umumtaʼlim maktablari kutubxona jamgʻarmalarini har yili inventarizatsiya qilish hamda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari va oʻqituvchilarining darsliklar bilan taʼminlanganligini oʻrganish asosida keyingi kalendar yili uchun darsliklar va OʻMQlarga boʻlgan ehtiyojning prognoz koʻrsatkichlarini chakana savdo tarmogʻi orqali, umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasi hisobidan bepul taʼminlanish va ijara asosida taʼminlanish kesimida har yili 1-iyungacha Jamgʻarma ijroiya direksiyasiga taqdim etadi. Bunda keyingi kalendar yili uchun oʻquvchilarning istiqbol kontingenti Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan holda aniqlanadi.
6. Respublika boʻyicha darsliklar va OʻMQlarga boʻlgan yakuniy ehtiyoj Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan aniqlanadi.
7. Kelgusi oʻquv yilida foydalanishga tavsiya etilgan darsliklar va OʻMQlar roʻyxati 1-avgustga qadar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanib, barcha umumtaʼlim maktablariga yetkaziladi va ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinadi.
8. Ijara tizimiga kiradigan darsliklar roʻyxati Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi va 10-avgustgacha kelgusi oʻquv yiliga darsliklarni xarid qilishga istiqbol kvotalarni shakllantirish uchun umumtaʼlim maktablariga yetkaziladi va ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinadi.
9. Kelgusi oʻquv yilida foydalanishga tavsiya etilgan darsliklar va OʻMQlar roʻyxati hamda Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan ijara tizimiga kiradigan darsliklar roʻyxati umumtaʼlim maktablarining kutubxona jamgʻarmalari uchun budjet mablagʻlari hisobidan darsliklarni xarid qilishga har yilgi buyurtmalarni shakllantirish hamda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan darsliklar bilan taʼminlashning istiqbol koʻrsatkichlarini aniqlash uchun asos boʻladi.
10. Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan har yili 1-sentabrgacha kelgusi oʻquv yiliga darsliklar va OʻMQlarni xarid qilishga buyurtmalarni shakllantirish uchun talabnoma (bundan buyon matnda buyurtma deb yuritiladi) shakli tasdiqlanadi hamda barcha umumtaʼlim maktablariga yetkaziladi.
11. Buyurtma quyidagi koʻrsatkichlar asosida shakllantiriladi:
birinchi sinfga oʻquvchilarni qabul qilishning istiqbol koʻrsatkichlari;
darsliklar bilan bepul taʼminlanadigan ijtimoiy yordamga muhtoj boʻlgan oilalardagi oʻquvchilarning soni;
ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar orasida oʻtkazilgan soʻrov natijalari;
umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasida oʻtkazilgan xatlov natijalari.
12. Umumtaʼlim maktabining birinchi sinfiga oʻquvchilarni qabul qilishning istiqbol koʻrsatkichlari umumtaʼlim maktabi joylashgan hududda har yili oʻtkaziladigan kuzatuvlar natijalari asosida aniqlanadi.
13. Kelgusi oʻquv yili uchun darsliklar toʻplami bilan bepul taʼminlanadigan ijtimoiy yordamga muhtoj oilalardagi oʻquvchilarning roʻyxati har yili 1-sentabrgacha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari iltimosnomasiga va ota-onalar qoʻmitasining xulosasiga asosan shakllantiriladi.
14. Umumtaʼlim maktablari tomonidan har yili 15-sentabrdan kechiktirmasdan ota-onalar qoʻmitasi bilan birgalikda kelgusi oʻquv yilida oʻquvchilarni darsliklar bilan taʼminlash usulini tanlash yuzasidan ota-onalar yoki ularni oʻrnini bosuvchi shaxslar orasida mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi anketa asosida soʻrov oʻtkaziladi.
Bunday soʻrov umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidan darsliklar toʻplami bilan bepul taʼminlanadigan oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularni oʻrnini bosuvchi shaxslar orasida oʻtkazilmaydi.
15. Birinchi sinfga oʻquvchilarni qabul qilishning istiqbol koʻrsatkichlari, darsliklar bilan bepul taʼminlanadigan ijtimoiy yordamga muhtoj boʻlgan oilalardagi oʻquvchilarning soni hamda ota-onalar yoki ularni oʻrnini bosuvchi shaxslar orasida oʻtkazilgan soʻrov natijalari asosida umumtaʼlim maktabi boʻyicha buyurtma loyihasi tayyorlanadi. Bunda buyurtma loyihasidagi darsliklar va OʻMQlar soni umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasida oʻtkazilgan xatlov natijalariga asosan Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan foydalanishga tavsiya etilgan darsliklar roʻyxatiga muvofiq boʻlgan va kelgusida foydalanish uchun yaroqli deb topilgan darsliklar soniga kamaytiriladi.
16. Umumtaʼlim maktabi boʻyicha buyurtma hamda ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan darsliklar va OʻMQlarni erkin sotib olish boʻyicha istiqbol koʻrsatkichlar (bundan buyon matnda erkin sotib olish boʻyicha istiqbol koʻrsatkichlar deb yuritiladi) umumtaʼlim maktabi pedagogik kengashi tomonidan muhokama qilinadi va tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
17. Umumtaʼlim maktabi boʻyicha buyurtma hamda erkin sotib olish boʻyicha istiqbol koʻrsatkichlar umumtaʼlim maktabi tomonidan har yili 1-oktabrgacha qogʻoz (imzolangan va tasdiqlangan holda) hamda elektron shaklda xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etiladi.
18. Umumtaʼlim maktablari boʻyicha buyurtmalar hamda erkin sotib olish boʻyicha istiqbol koʻrsatkichlar xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi tomonidan fanlar, taʼlim tillari, darsliklar va OʻMQlar nomlari hamda sinflar kesimida har bir umumtaʼlim maktabi boʻyicha tahlil qilinadi va umumlashtiriladi.
Tuman (shahar) boʻyicha buyurtmalar hamda erkin sotib olish boʻyicha istiqbol koʻrsatkichlar har yili 10-oktabrgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasiga (bundan buyon matnda hududiy xalq taʼlimi organlari deb yuritiladi) taqdim etiladi.
19. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi va Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda nashriyot, bosmaxona va kitob-savdo tashkilotlari bilan birgalikda har yili oktabr-noyabr oylarida barcha viloyat markazlari, Nukus va Toshkent shaharlarida umumtaʼlim maktablari uchun kelgusi oʻquv yiliga moʻljallangan darsliklar va OʻMQlarning ixtisoslashtirilgan koʻrgazma-yarmarkalari tashkil etiladi.
20. Tuman (shahar) boʻyicha buyurtmalar hamda erkin sotib olish boʻyicha istiqbol koʻrsatkichlar hududiy xalq taʼlimi organlari tomonidan tahlil qilinadi hamda Jamgʻarma ijroiya direksiyasining hududiy vakillari bilan birgalikda darsliklar va OʻMQlarning ixtisoslashtirilgan koʻrgazma-yarmarkalari natijalarini ham inobatga olgan holda umumlashtiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha buyurtmalar hamda erkin sotib olish boʻyicha istiqbol koʻrsatkichlar fanlar, taʼlim tillari, darsliklar va OʻMQlar nomlari va sinflar kesimida tasdiqlanadi hamda 20-noyabrgacha Xalq taʼlimi vazirligiga taqdim etiladi.
21. Hududiy xalq taʼlimi organlari tomonidan taqdim etilgan buyurtmalar hamda erkin sotib olish boʻyicha istiqbol koʻrsatkichlar Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan umumlashtiriladi va har yili 1-dekabrgacha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda kelgusi oʻquv yilida respublika boʻyicha umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun darsliklar va OʻMQlarni xarid qilishning istiqbol kvotalari shakllantiriladi hamda bir oy ichida koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Jamgʻarma Vasiylik kengashiga taqdim etiladi.
Respublika boʻyicha umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun darsliklar va OʻMQlarni xarid qilishning istiqbol kvotalarini tasdiqlash, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Jamgʻarma Vasiylik kengashining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
22. Respublika boʻyicha darsliklarni xarid qilishning istiqbol kvotalarini har bir hududlar kesimida shakllantirishda 1-sinf oʻquvchilariga sinflar va taʼlim tillari boʻyicha buyurtmaning umumiy hajmidan 5% gacha, 2 — 9-sinf oʻquvchilariga darsliklardan foydalanish davrlarida sinflar va taʼlim tillari kesimida eng koʻp oʻquvchilar kontingenti tahlili asosida umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasining zaxirasi shakllantirilishi mumkin.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining 2015-yil 21-dekabrdagi 27-mh, 106, 24, 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2577-1, 28.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 649-modda)
23. Jamgʻarma Vasiylik kengashining qarori bilan respublika boʻyicha darsliklar va OʻMQlarni xarid qilishning istiqbol kvotalari tasdiqlangandan keyin, Xalq taʼlimi vazirligi:
15-yanvargacha respublika boʻyicha ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan darsliklar va OʻMQlarni erkin sotib olish boʻyicha istiqbol koʻrsatkichlarni tuman va shaharlar hamda umumtaʼlim maktablari kesimida Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi orqali tegishli nashriyot, bosmaxona va kitob-savdo tashkilotlariga taqdim etadi;
1-fevralgacha respublika boʻyicha darsliklar va OʻMQlarni xarid qilishning istiqbol kvotalarini umumtaʼlim maktabi uchun zaxirani inobatga olgan holda har bir umumtaʼlim maktabiga yetkazilishini tashkil etadi;
1-aprelgacha qonunchilik hujjatlari talablari asosida umumtaʼlim maktablarining kutubxona jamgʻarmalari uchun darsliklar va OʻMQlarni nashr etish va qayta nashr qilish yuzasidan tender va (yoki) tanlov savdolarining oʻtkazilishini tashkil etadi;
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasining zaxirasini hisobga olgan holda mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha darsliklar va OʻMQlarning taqsimotini tuzadi hamda darsliklar va OʻMQlarni 1-avgustgacha barcha umumtaʼlim maktablariga yetkazilishini taʼminlaydi.
24. Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tuzilgan darsliklar va OʻMQlarning taqsimoti asosida hududiy xalq taʼlimi organlari tomonidan tumanlar va shaharlar boʻyicha, xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan esa, har bir umumtaʼlim maktabi boʻyicha darsliklar va OʻMQlarning taqsimoti tuziladi.
25. Darsliklar va OʻMQlarni xarid qilish va yetkazib berish, shuningdek qonunchilik hujjatlariga muvofiq Jamgʻarma tomonidan moliyalashtiriladigan boshqa xarajatlar boʻyicha toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi orqali amalga oshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
26. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan taqdim etilgan erkin sotib olish boʻyicha istiqbol koʻrsatkichlar asosida har yili 1-iyulgacha zarur hajmlar va nomlardagi darsliklar hamda OʻMQlar nashr etilishini taʼminlaydi.
27. Chakana savdo tarmogʻi orqali erkin sotish uchun nashr etilgan darsliklar va OʻMQlarni sotish uchun tegishli nashriyot, bosmaxona va kitob-savdo tashkilotlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shaharlar va tumanlar markazlarida ixtisoslashtirilgan yarmarka-savdo shoxobchalari, olis aholi punktlarida darsliklar chakana savdosi tarmoqlari, shu jumladan maxsus maktab bozorlari tashkil etiladi.
3-bob. Umumtaʼlim maktablarining ayrim toifadagi oʻquvchilarini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan darsliklar bilan aniq manzilli taʼminlash
28. Darsliklar va OʻMQlarni (chet tillari boʻyicha darsliklar va ularga OʻMQlar bundan mustasno) xarid qilish va yetkazib berish boʻyicha quyidagi xarajatlar Jamgʻarma tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi:
umumtaʼlim maktablarining birinchi sinf oʻquvchilarini taʼminlash uchun;
“Mehribonlik” uylari, maxsus maktab va maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilari boʻlgan oʻquvchilarni taʼminlash uchun;
ijtimoiy yordamga muhtoj boʻlgan oilalardagi oʻquvchilarni taʼminlash uchun, nodavlat umumtaʼlim maktablari bundan mustasno;
umumtaʼlim maktablari ijara tizimini darsliklar bilan birlamchi taʼminlash uchun;
umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilarini OʻMQlar bilan taʼminlash uchun.
29. Nodavlat umumtaʼlim maktablarining 2—9-sinf oʻquvchilarini Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xarid qilingan darsliklar bilan taʼminlash ijara toʻlovi asosida amalga oshiriladi, chet tillari boʻyicha darsliklar va ularga OʻMQlar bundan mustasno.
30. Birinchi sinf oʻquvchilari, “Mehribonlik” uylari, maxsus maktab va maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilari boʻlgan oʻquvchilar va ijtimoiy yordamga muhtoj boʻlgan oilalardagi oʻquvchilar umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasi tomonidan darsliklar toʻplami bilan bepul taʼminlanadi. Bunda darsliklar toʻplami bilan bepul taʼminlanadigan ijtimoiy yordamga muhtoj oilalardagi oʻquvchilarning roʻyxati 1-sentabrgacha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari iltimosnomasiga va ota-onalar qoʻmitasining xulosasiga asosan umumtaʼlim maktabining pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
31. Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsoni mavjud boʻlgan oʻquvchilarni darsliklar bilan taʼminlash foydalanishga yaroqli boʻlgan mavjud darsliklarni hisobga olgan holda umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasini yangilash va toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
32. Oʻquvchini boshqa umumtaʼlim maktabiga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqarilgan taqdirda, unga bepul foydalanish uchun berilgan darsliklar uch kun ichida umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasiga qaytarilishi lozim. Bunda umumtaʼlim maktabi maʼmuriyati tomonidan oʻquvchi joriy oʻquv yilida darsliklar toʻplami bilan bepul taʼminlanishi lozimligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi. Oʻquvchi uni qabul qilgan umumtaʼlim maktabi tomonidan mazkur maʼlumotnoma asosida darsliklar toʻplami bilan bepul taʼminlanadi.
33. Umumtaʼlim maktabining kutubxona jamgʻarmasida boshqa umumtaʼlim maktabidan kelgan, shu jumladan, darsliklar toʻplami ijara asosida beriladigan oʻquvchilar uchun darsliklar toʻplami boʻlmagan taqdirda, ularni zarur darsliklar toʻplami bilan taʼminlash mazkur Nizomning 5-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
34. Umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilari dars mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan darsliklar va OʻMQlar bilan umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasining zaxirasi hisobidan bepul taʼminlanadi.
35. Oʻquvchi va oʻqituvchilarga bepul foydalanish uchun berilgan darsliklar va OʻMQlar oʻquv yili yakunida toʻliq hajmda umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasiga qaytariladi, birinchi sinf oʻquvchilariga berilgan ish daftarlari bundan mustasno.
4-bob. Darsliklarni ijaraga berish va ular boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish
36. Ijara tizimidagi darsliklar toʻplami oʻquvchilarga umumtaʼlim maktabi maʼmuriyati va oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs yoxud homiy oʻrtasida mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladigan darsliklarni ijaraga berish toʻgʻrisidagi namunaviy shartnoma asosida beriladi.
37. Bepul foydalanish uchun taqdim etiladigan darsliklar va OʻMQlar, shu jumladan chet tillari boʻyicha darsliklar va ularga OʻMQlar umumtaʼlim maktabi maʼmuriyati va oʻquvchining ota-onasi yoki ularni oʻrnini bosuvchi shaxs yoxud umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi oʻrtasida mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladigan darsliklar va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalarni bepul foydalanishga berish toʻgʻrisidagi namunaviy shartnoma asosida beriladi.
38. Foydalanishga berilganligi toʻgʻrisida har bir darslik va OʻMQga kutubxonachi tomonidan tegishli qaydlar qoʻyiladi.
39. Darsliklar toʻplami uchun ijara toʻlovi miqdori respublika boʻyicha yagona boʻlib, u Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan sinflar va taʼlim tillari kesimida tasdiqlanadi va 25-avgustgacha Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan barcha umumtaʼlim maktablariga yetkaziladi, shuningdek ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinadi.
40. Darsliklar toʻplami uchun ijara toʻlovi miqdorini aniqlash jarayonida tegishli miqdordagi darsliklarni joriy moliya yilida yangilash va ijara tizimiga kiritilishida ularni xarid qilish va yetkazib berish uchun zarur boʻladigan mablagʻlarning shartnomaviy hajmi, Jamgʻarma ijroiya direksiyasining oʻtgan moliya yilidagi haqiqiy xarajati hamda oʻtgan moliya yilidagi Jamgʻarma tomonidan haqiqatda olingan yoki kelgusi moliya yilida olinishi kutiladigan daromadlar hisobga olinadi.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 1-iyundagi PQ-363-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq darsliklar uchun ijara toʻlovlarini hisoblash va toʻlash tartibi Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining 2015-yil 21-dekabrdagi 27-mh, 106, 24, 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2577-1, 28.12.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 649-modda)
41. Darsliklar toʻplamlari uchun ijara toʻlovi miqdorlarini aniqlashda istiqbol koʻrsatkichlar qoʻllanganligi sababli, tegishli oʻquv yilida ijara toʻlovi miqdorlarining hisoblashda kamchiliklar mavjud boʻlishi va buning natijasida ijara mablagʻlari ortiqcha yoki kam tushishi mumkin. Belgilangan ijara toʻlovi mablagʻlarining ortiqcha yoki kam tushganligi aniqlanganda, mazkur ortiqcha yoki kam olingan summa kelgusi oʻquv yilida tegishli sinf va taʼlim tili boʻyicha ijara toʻlovlari miqdorlarini hisoblashda kamaytirish yoki oshirish yoʻli bilan hisobga olinadi.
42. Darsliklar toʻplami uchun ijara toʻlovi shartnomaga asosan 30-sentabrgacha toʻliq hajmda toʻlanadi.
Oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar pul mablagʻlari vaqtinchalik yoʻqligi sababli, ijara toʻlovi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida umumtaʼlim maktabi maʼmuriyatiga murojaat qilishi mumkin. Bunda ijara toʻlovi muddati umumtaʼlim maktabi vasiylik kengashi qarori va direktor buyrugʻi bilan uzaytiriladi.
Ijara toʻlovi muddati uzaytirilgan taqdirda, mazkur toʻlovning 50 foizi 30-sentabrgacha, qolgan qismi esa 30-noyabrgacha toʻlanishi lozim.
43. Darsliklar toʻplami uchun ijara toʻlovlari umumtaʼlim maktabining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda toʻlanadi.
44. Ijara toʻlovlari toʻlanganligini, shuningdek yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darsliklar va OʻMQlar uchun zarar qoplanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatlari (toʻlov topshiriqnomasi, kvitansiya) nusxasi oʻquvchining (oʻqituvchining) familiyasi, ismi, otasining ismi, sinfi va taʼlim tili, tegishli oʻquv yili, umumtaʼlim maktabining raqami va uning hududiy mansubligi koʻrsatilgan holda umumtaʼlim maktabining buxgalteriyasiga taqdim etilishi zarur.
45. Ijara toʻlovlari, shuningdek yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darsliklar va OʻMQlar uchun umumtaʼlim maktabining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan besh kun ichida Jamgʻarmaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
46. Ijara toʻlovlari, shuningdek yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darsliklar va OʻMQlar uchun umumtaʼlim maktabining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kelib tushgan pul mablagʻlarini umumtaʼlim maktabining ehtiyojlari va boshqa maqsadlar uchun sarflash taqiqlanadi.
47. Nodavlat umumtaʼlim maktablarida darsliklar toʻplami uchun ijara toʻlovlarining toʻlanishi ularning maʼmuriyati tomonidan tashkil etiladi. Bunda ijara toʻlovlari ushbu muassasalar tomonidan mazkur Nizomning 42-bandida belgilangan muddatda Jamgʻarmaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga naqd yoki naqd pulsiz shaklda toʻlanadi.
48. Darsliklar toʻplami oʻquvchilarga quyidagi muddatlarda berilishi lozim:
darsliklardan ijara asosida foydalanadigan oʻquvchilarga shartnomaga asosan ijara toʻlovi toʻlangandan, ijara toʻlovini toʻlash muddati uzaytirilgan hollarda, uning yarmi toʻlangandan keyin. Bunda ijara toʻlovi toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati nusxasining umumtaʼlim maktabining kutubxonachisiga taqdim etilishi darsliklar toʻplamini berish uchun asos boʻladi;
darsliklardan bepul foydalanadigan oʻquvchilarga tegishli shartnoma tuzilgan holda 10-sentabrgacha.
49. Darsliklarni toʻliqsiz toʻplamda ijaraga berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
50. Oʻquvchini boshqa umumtaʼlim maktabiga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqarilgan taqdirda, unga ijara asosida foydalanish uchun berilgan darsliklar uch kun ichida umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasiga toʻliq toʻplamda qaytarilishi lozim. Bunda toʻlangan ijara toʻlovi qaytarilmaydi va oʻquvchiga umumtaʼlim maktabi maʼmuriyati tomonidan darsliklar toʻplamidan foydalanish uchun ijara toʻlovi toʻlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma va tegishli toʻlov hujjatining nusxasi beriladi. Oʻquvchi uni qabul qilgan umumtaʼlim maktabi tomonidan mazkur maʼlumotnoma va toʻlov hujjatining nusxasi asosida darsliklar toʻplami bilan bepul taʼminlanadi. Maʼlumotnoma yoʻqolgan taqdirda, uning dublikati beriladi.
51. Darsliklar yoki OʻMQlardan foydalanish usulidan qatʼi nazar, ular yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud homiylar yoki oʻqituvchilar zararni xuddi shunday darslik yoki OʻMQlar bilan qoplaydi yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda toʻlaydi:
birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darslik va (yoki) OʻMQlari uchun — uning bir baravari miqdorida;
2 — 4 sinf oʻquvchilarining har bir darslik va (yoki) OʻMQlari uchun — uning ikki baravari miqdorida;
5 — 9 sinf oʻquvchilarining har bir darslik va (yoki) OʻMQlari uchun — uning toʻrt baravari miqdorida.
52. Umumtaʼlim maktablarida koʻrinarli joyga ijara tizimi bilan bogʻliq quyidagi maʼlumotlar joylashtirilishi shart:
darsliklar toʻplamlarini foydalanishga berish va ijara toʻlovini toʻlash tartibi;
darsliklar toʻplamlaridan foydalanish shartlari va muddatlari;
joriy oʻquv yili uchun Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan ijara toʻlovlari miqdorlari;
darsliklar yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga keltirilgan taqdirda, zararni qoplash tartibi.
53. Tegishli oʻquv yili uchun ortiqcha toʻlangan ijara toʻlovlari yoki notoʻgʻri oʻtkazilgan mablagʻlar aniqlanganda, umumtaʼlim maktabi tomonidan Jamgʻarma ijroiya direksiyasiga yozma ravishda murojaat qilinadi. Bunda Jamgʻarma ijroiya direksiyasining hududiy vakili mazkur murojaatning asosliligini umumtaʼlim maktabiga borgan holda oʻrganadi va natijasi boʻyicha maʼlumotnoma tuzib, uni koʻrib chiqish uchun Jamgʻarma ijroiya direksiyasiga taqdim etadi.
54. Ortiqcha toʻlangan ijara toʻlovlari hamda notoʻgʻri oʻtkazilgan mablagʻlar mavjudligi tasdiqlanganda, ushbu mablagʻlar Jamgʻarma ijroiya direksiyasi tomonidan Jamgʻarmaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan umumtaʼlim maktabining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytariladi.
55. Umumtaʼlim maktabining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytarilgan mablagʻlar bevosita umumtaʼlim maktabi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ularni toʻlagan shaxslarga qaytariladi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 24-martdagi 21-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarini yuritish qoidalari (roʻyxat raqami 2772, 30.03.2016-y.).
5-bob. Darsliklarni qayta taqsimlash
56. Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasida darsliklar toʻplamlari yoki muayyan nomdagi darsliklar yetishmovchiligi mavjud boʻlganda, umumtaʼlim maktabi maʼmuriyati tomonidan oʻquv yili boshlangungacha darsliklarni foydalanishga berish sharti, zarur boʻlgan soni, sinfi va taʼlim tilini aniq koʻrsatgan holda qoʻshimcha darsliklar toʻplamlari yoki darsliklarni ajratish toʻgʻrisida xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimiga yozma ravishda murojaat qilinadi.
57. Umumtaʼlim maktablarining murojaatiga asosan, xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi tomonidan tegishli hududdagi umumtaʼlim maktablari boʻyicha sinflar va taʼlim tillari kesimida oʻquvchilar kontingenti va ularning darsliklar bilan taʼminlanishi tahlil qilinadi.
Tahlil natijalariga asosan, xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi tomonidan tegishli tuman (shahar) hududi doirasida umumtaʼlim maktablari orasida darsliklar toʻplamlarini qayta taqsimlash toʻgʻrisida buyruq qabul qilinadi.
Darsliklarni berish va qabul qilish, ularni bir umumtaʼlim maktabining balansidan boshqa umumtaʼlim maktabining balansiga bepul oʻtkazilishini inobatga olgan holda buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari asosida amalga oshiriladi. Bunda darsliklar toʻplami uchun ijara toʻlovlari ularni oʻz balansiga qabul qilgan umumtaʼlim maktabining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga toʻlanadi.
(57-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
58. Darsliklar toʻplamlari yetishmovchiligini ularni tegishli hududdagi umumtaʼlim maktablari boʻyicha qayta taqsimlash orqali bartaraf etish imkoniyati boʻlmagan taqdirda:
xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan tegishli hududiy xalq taʼlimi organiga;
hududiy xalq taʼlimi organlari tomonidan Xalq taʼlimi vazirligiga darsliklar toʻplami soni, sinfi va taʼlim tilini aniq koʻrsatgan holda qoʻshimcha darsliklar toʻplamlarini ajratish toʻgʻrisida yozma ravishda murojaat qilinadi.
59. Tumanlar (shaharlar) boʻyicha darsliklar toʻplamlari yuzasidan tahlil oʻtkazish va ularni qayta taqsimlash hududiy xalq taʼlimi organlari tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha darsliklar toʻplamlari yuzasidan tahlil oʻtkazish va ularni qayta taqsimlash Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan mazkur Nizomning 57-bandida belgilangan tartibda amalga oshiradi.
6-bob. Darsliklar va OʻMQlarni umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasiga qabul qilish
60. Qabul qilingan darsliklar va OʻMQlarning hisobini yuritish uchun umumtaʼlim maktabi kutubxonachisi tomonidan quyidagilar yuritiladi:
mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shaklda Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi barcha turdagi darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarning hisobini yuritish kitobi;
mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shaklda Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi ijara tizimiga kiradigan darsliklarning hisobini yuritish kitobi;
mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq shaklda Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi ijara tizimiga kirmaydigan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarning hisobini yuritish kitobi;
mazkur Nizomning 11-ilovasiga muvofiq shaklda Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasining inventar kitobi;
mazkur Nizomning 12-ilovasiga muvofiq shaklda Yoʻqolgan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar oʻrniga qabul qilingan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar hisobini yuritish kitobi.
61. Mazkur kitoblar raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi rahbari tomonidan imzolanib, muhrlangan boʻlishi lozim. Ularning toʻgʻri, aniq va toʻliq yuritilishi uchun umumtaʼlim maktabining kutubxonachisi javobgardir.
62. Darsliklar va OʻMQlar mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladigan dalolatnomaga asosan qabul qilinadi hamda umumtaʼlim maktabining balansiga kirim qilinadi.
63. Poligrafik nuqsonlari va (yoki) boshqa kamchiliklari mavjud boʻlgan darsliklar va OʻMQlar keyinchalik ularni tegishli nashriyot yoki bosmaxonaga qaytarish uchun uch kun ichida umumtaʼlim maktabi tomonidan darsliklar va OʻMQlarni “Oʻquv taʼlim-taʼminot” davlat unitar korxonasining (bundan buyon matnda “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUK deb yuritiladi) tegishli hududiy filialiga qaytariladi.
64. Poligrafik nuqsonlari va (yoki) boshqa kamchiliklari mavjud boʻlgan darsliklar va OʻMQlar shartnomalarda belgilangan muddatlarda tegishli nashriyot yoki bosmaxona tomonidan qabul qilinib, “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUKning tegishli hududiy filialiga boshqasi bilan almashtirib beriladi hamda “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUKning tegishli hududiy filiali tomonidan tegishli umumtaʼlim maktabiga topshiriladi.
65. Darsliklar va OʻMQlarni umumtaʼlim maktabining kutubxona jamgʻarmasiga qabul qilish hamda hisobdan chiqarish bitta birlamchi hujjat (hisob-faktura, yuk xati) asosida alohida partiyalar boʻyicha amalga oshiriladi.
66. Qabul qilingan darsliklar va OʻMQlar Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi barcha turdagi darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarning hisobini yuritish kitobiga, shundan keyin tegishliligi boʻyicha Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi ijara tizimiga kiradigan darsliklarning hisobini yuritish kitobi yoki Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi ijara tizimiga kirmaydigan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarning hisobini yuritish kitobiga kirim qilinadi.
Mazkur kitoblarni toʻldirishda yoʻl qoʻyilgan xato bir chiziq bilan oʻchiriladi va keyingi qatorga toʻgʻri yozuv kiritiladi. Bunda kitoblarda ochiq qatorlar qoldirib ketish, shuningdek ulardagi yozuvlarni oʻchirish, boʻyash, ularning ustidan qogʻoz yopishtirish taqiqlanadi.
67. Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasiga qabul qilingan darsliklar va OʻMQlar markalanadi (shtempellanadi).
68. Har bir darslik va OʻMQning hisobi unga individual inventar raqamini berish va ushbu raqamni har bir darslik va OʻMQ muqovasining ichki qismiga va 17 varagʻiga qoʻyib chiqish yoʻli bilan olib boriladi.
69. Darslik va OʻMQning individual inventar raqamini oʻzgartirishga yoki oʻchirib tashlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
70. Foydalanuvchilar tomonidan yoʻqotilgan va ularning aybi bilan foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darsliklar va OʻMQlar oʻrniga qabul qilingan darsliklar va OʻMQlar Yoʻqolgan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar oʻrniga qabul qilingan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar hisobini yuritish kitobiga qayd etiladi. Ushbu daftarga qayd etilgan darsliklar va OʻMQlar mazkur Nizomning 14-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladigan dalolatnoma asosida kirim qilinadi.
71. Umumtaʼlim maktabiga homiylik yordami sifatida taqdim etilgan yoki umumtaʼlim maktablari tomonidan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan xarid qilingan darsliklar va OʻMQlar qabul qilingan paytdan boshlab uch kun ichida manbasi koʻrsatilgan holda umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasida alohida kitobda hisobga olinadi.
7-bob. Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi darsliklar va OʻMQlarni xatlovdan oʻtkazish, ularni hisobdan chiqarish va utilizatsiya qilish
72. Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan har yili 1-iyungacha umumtaʼlim maktablari kutubxona jamgʻarmalaridan hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan darsliklar va OʻMQlarning roʻyxati mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq shaklda ularning nashr etilgan yili, nomi, sinfi, muallifi va oʻrtacha vazni aniq koʻrsatilgan holda tasdiqlanib, umumtaʼlim maktablariga yetkaziladi hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
73. Umumtaʼlim maktablarining kutubxona jamgʻarmalari har yili 1-iyulgacha umumtaʼlim maktabi maʼmuriyati, hisobchisi, kutubxonachisi va boshqa masʼul xodimlaridan iborat tarkibda umumtaʼlim maktabi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan komissiya tomonidan xatlovdan oʻtkaziladi.
74. Xatlov natijalari mazkur Nizomning 16-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
75. Xatlov jarayonida ortiqcha darsliklar va OʻMQlar mavjudligi aniqlangan taqdirda, ular umumtaʼlim maktabining kutubxona jamgʻarmasiga kirim qilinadi.
76. Yoʻqolgan darsliklar va OʻMQlar mazkur Nizomning 17-ilovasiga muvofiq shaklda, foydalanish muddati tugagan darsliklar va OʻMQlar mazkur Nizomning 18-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladigan dalolatnomalar asosida 1-avgustgacha hisobdan chiqariladi hamda bu haqda tegishincha Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi barcha turdagi darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarning hisobini yuritish kitobiga, Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasining inventar kitobiga va Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi ijara tizimiga kiradigan darsliklarning hisobini yuritish kitobiga yozuv kiritiladi.
Foydalanish muddati tugagan darsliklar va OʻMQlar toʻliq hajmda hisobdan chiqarilishi lozim. Bunda umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi foydalanish muddati tugamagan darsliklar va OʻMQlarni hisobdan chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
77. Darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnomalar va ularga ilova qilingan hujjatlar umumtaʼlim maktabida uch yil davomida saqlanishi zarur.
78. Yoʻqolgan darsliklar va OʻMQlarning qiymati mazkur Nizomning 51-bandida belgilangan miqdorda qoplanadi.
79. Darsliklar va OʻMQlar umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidan hisobdan chiqarilganda, bir vaqtning oʻzida umumtaʼlim maktabining balansidan ularning qiymati ham hisobdan chiqariladi.
80. Darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnomalarda koʻrsatilgan darsliklar va OʻMQlar soni ularni umumtaʼlim maktabiga qabul qilish paytida rasmiylashtirilgan hujjatlardagi maʼlumotlar bilan solishtiriladi.
81. Umumtaʼlim maktablari tomonidan darsliklar va OʻMQlarning oʻrtacha vaznini hamda foydalanuvchilar tomonidan yoʻqolgan va qiymati qoplangan darsliklar va OʻMQlar miqdorini hisobga olgan holda umumtaʼlim maktabi boʻyicha utilizatsiya qilinadigan darsliklar va OʻMQlarning hajmi aniqlanadi hamda xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlariga taqdim etiladi.
82. Tegishli hudud boʻyicha utilizatsiya qilinadigan darsliklar va OʻMQlarning hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan hududiy xalq taʼlimi organlariga, hududiy xalq taʼlimi organlari tomonidan esa, Xalq taʼlimi vazirligiga yoʻqolgan va qiymati qoplangan darsliklar va OʻMQlar miqdorini koʻrsatgan holda taqdim etiladi.
83. Hududiy xalq taʼlimi organlari yoki ular tizimiga kirmaydigan umumtaʼlim maktablari bilan “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUKning tegishli hududiy filiali oʻrtasida utilizatsiya qilinadigan darsliklar va OʻMQlarni olib chiqib ketish toʻgʻrisida yozma ravishda kelishuv tuziladi. Kelishuvda tegishli hudud boʻyicha utilizatsiya qilinadigan darsliklar va OʻMQlarning umumiy vazni koʻrsatiladi hamda hududiy xalq taʼlimi organi yoki Xalq taʼlimi vazirligi tizimiga kirmaydigan umumtaʼlim maktabi rahbari va “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUKning tegishli hududiy filiali boshqaruvchisi tomonidan imzolanadi.
Utilizatsiya qilinadigan darsliklar va OʻMQlar har bir umumtaʼlim maktabidan “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUKning tegishli hududiy filiallari tomonidan mazkur Nizomning 18-ilovasiga muvofiq shaklda tuzilgan dalolatnoma asosida 1-sentabrgacha olib chiqib ketiladi. Bunda utilizatsiya qilinadigan darsliklar va OʻMQlarni olib chiqib ketishga tayyorlash umumtaʼlim maktablari tomonidan, ularni yuklash va olib chiqib ketish “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUKning hududiy filiallari tomonidan amalga oshiriladi.
84. Utilizatsiya qilinadigan darsliklar va OʻMQlar “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUKning tegishli hududiy filialiga topshirilgunga qadar umumtaʼlim maktablari tomonidan foydalaniladigan darslik, OʻMQ va adabiyotlardan alohida saqlanadi.
85. “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUKning tegishli hududiy filiallari qogʻoz mahsulotlarni qayta ishlash uchun qabul qiladigan tashkilotni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlaydi, u bilan shartnoma tuzadi va unga utilizatsiya qilinadigan darsliklar va OʻMQlarni topshiradi.
(85-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
86. Utilizatsiya qilinadigan darsliklar va OʻMQlarni topshirishdan olingan mablagʻlar “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUKning tegishli hududiy filiali tomonidan uch ish kuni ichida, biroq darsliklar va OʻMQlarni umumtaʼlim maktabidan olib chiqqan kundan keyin oltmish kundan kechiktirmasdan bajarilgan ishlar uchun toʻlov ushlab qolingan holda Jamgʻarmaning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim.
87. “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUKning tegishli hududiy filiallari bajargan ishlari uchun toʻlov miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan deklaratsiya qilinadigan (tasdiqlanadigan) narxlarga (tariflarga) muvofiq belgilanadi.
88. Hududiy xalq taʼlimi organlari tomonidan “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUKning tegishli hududiy filiallari bilan birgalikda utilizatsiya qilingan darsliklar va OʻMQlar boʻyicha reyestr tuziladi va 1-noyabrgacha Jamgʻarma ijroiya direksiyasining hududiy vakillariga topshiriladi.
89. Darsliklar va OʻMQlar harakati boʻyicha buxgalteriya hisobi va hisoboti umumtaʼlim maktabi hisobchisi tomonidan buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(89-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
90. Umumtaʼlim maktablari tomonidan har yili yanvar va iyul oylarining 5-sanasigacha xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlariga tegishli oʻquv yili uchun mazkur Nizomning 19-ilovasiga muvofiq shaklda darsliklar toʻplamlari harakati toʻgʻrisida hisobot hamda mazkur Nizomning 20-ilovasiga muvofiq shaklda yoʻqolgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar toʻgʻrisida hisobot taqdim etiladi.
91. Tumanlar va shaharlar boʻyicha umumlashtirilgan hisobotlar, shuningdek har bir umumtaʼlim maktabi boʻyicha hisobotlar har yili yanvar va iyul oylarining 10-sanasigacha xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan hududiy xalq taʼlimi organlari va Jamgʻarma ijroiya direksiyasining hududiy vakillariga taqdim etiladi.
92. Jamgʻarma ijroiya direksiyasining hududiy vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligining tegishli hududiy boʻlinmalari tomonidan umumtaʼlim maktablarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan koʻchirmalar soʻrab olishga haqli.
93. Umumtaʼlim maktablarining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan koʻchirmalar asosida hududiy xalq taʼlimi organlari va Jamgʻarma ijroiya direksiyasining hududiy vakillari tomonidan ijara toʻlovlari va yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darsliklar va OʻMQlar boʻyicha tushumlar sinflar va taʼlim tillari kesimida tahlil qilinadi.
Umumtaʼlim maktablari va hududlar kesimida umumlashtirilgan hisobotlar hududiy moliya organlari bilan kelishiladi hamda har yili yanvar va iyul oylarining 15-sanasigacha Xalq taʼlimi vazirligi va Jamgʻarma ijroiya direksiyasiga taqdim etiladi.
94. Darsliklar toʻplamlari harakati toʻgʻrisidagi hamda yoʻqolgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar toʻgʻrisidagi hisobotlar barcha bosqichlarda qogʻoz (imzolangan va tasdiqlangan holda) hamda elektron shaklda taqdim etiladi.
9-bob. Umumtaʼlim maktablari kutubxonachilarining ish natijalarini baholash mezonlari
95. Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi darsliklar va OʻMQlar hisobining yuritilishi, ulardan foydalanilishi, ularning saqlanishi, ular boʻyicha toʻlov hujjatlarining mavjudligi va harakati, shuningdek oʻquvchilar orasida darsliklarni avaylab-asrash tuygʻusini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tarbiyaviy ishlar umumtaʼlim maktablarining kutubxonachilari tomonidan olib boriladi.
96. Quyidagilar umumtaʼlim maktablari kutubxonachilarining ish natijalarini baholash mezonlari hisoblanadi:
mavjud darsliklar va OʻMQlarni umumtaʼlim maktabining kutubxona jamgʻarmasiga qabul qilish va hisobdan chiqarish boʻyicha dalolatnomalarning toʻgʻri tuzilganligi va saqlanayotganligi;
umumtaʼlim maktabining kutubxona jamgʻarmasida ish kitoblarining toʻliq va toʻgʻri yuritilganligi;
umumtaʼlim maktabining kutubxona jamgʻarmasida mavjud darsliklar va OʻMQlardan foydalanish holatining tahlil qilinganligi;
darsliklar va OʻMQlar zarur sharoitlarda va tartibli saqlanayotganligi;
umumtaʼlim maktabining kutubxona jamgʻarmasidagi darsliklar va OʻMQlar oʻz vaqtida xatlovdan oʻtkazilganligi;
foydalanish muddati tugagan darsliklar va OʻMQlar umumtaʼlim maktabining kutubxona jamgʻarmasidan oʻz vaqtida hamda toʻliq hisobdan chiqarilganligi;
oʻquvchilar va oʻqituvchilar orasida darsliklar va OʻMQlarni avaylab-asrash tuygʻusini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tarbiyaviy ishlar olib borilishini tashkil etish samaradorligi;
oʻz faoliyatida axborot texnologiyalaridan samarali foydalanganligi.
10-bob. Yakuniy qoidalar
97. Umumtaʼlim maktabining maʼmuriyati quyidagilar uchun masʼuldir:
umumtaʼlim maktabida oʻquvchilarni ijara asosida darsliklar bilan taʼminlashning tashkil etilishi va uning samaradorligi;
oʻquvchilar, ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni ijara tizimi haqidagi maʼlumotlar bilan tanishtirilishi;
darsliklarni foydalanishga berish toʻgʻrisidagi shartnomalarning tuzilishi;
ijara toʻlovlari tushumlari boʻyicha hisob-kitoblarning yuritilishi, naqd pul mablagʻlarining oʻz vaqtida bank kassasiga topshirilishi;
darsliklar va OʻMQlarning saqlanishi va harakati hamda ijara tizimi uchun har yilgi buyurtmalarning shakllantirilishi.
98. Notoʻgʻri yoki qalbaki hujjatlar asosida darsliklar toʻplamini bepul foydalanishga berish holatlari aniqlanganda, mazkur hujjatlarni rasmiylashtirgan shaxs qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi va toʻlanmagan ijara toʻlovi summalari ushbu shaxsdan undiriladi.
(98-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
99. Foydalanuvchilar (ijaraga oluvchilar) ijara toʻlovlarining oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi, ulardan oqilona foydalanilishi hamda oʻquv yili yakunida olingan darsliklar va OʻMQlarning toʻliq qaytarilishi uchun javobgardir.
100. Jamgʻarma ijroiya direksiyasining hududiy vakillari hududdagi tuman va shahar maktablari boʻyicha ijara tizimining yuritilishi ustidan ishlarni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni umumtaʼlim maktablariga yetkazib berish sxemasi
Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
20___/20___ oʻquv yilida ________ taʼlim tilidagi ______ -sinflar uchun foydalanishga tavsiya etilgan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar
ROʻYXATI
T/r
Darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar nomi
Muallifi, F.I.O.
Nashr etilgan yili
Taʼminlash usuli
Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Oʻquvchilarni darsliklar bilan taʼminlash usulini tanlash boʻyicha ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar orasida oʻtkaziladigan soʻrov
Bir tomonidan _______________________________________________ nomidan
(umumtaʼlim maktabi joylashgan tuman (shahar), umumtaʼlim maktabining raqami (nomi)
ustav asosida ish yurituvchi, bundan buyon matnda “Ijaraga beruvchi” deb yuritiluvchi __________________ shaxsida hamda ikkinchi tomondan taʼlim _______ tilida olib boriladigan ____-sinf oʻquvchisining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs yoxud homiy, bundan buyon matnda “Ijaraga oluvchi” deb yuritiluvchi ____________________________ mazkur Shartnomani quyidagilar haqida tuzishdi:
I. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Ijaraga beruvchi, 20__/20__ oʻquv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun mazkur
Shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatib oʻtilgan darsliklar toʻplamini Ijaraga oluvchiga beradi, Ijaraga oluvchi esa, mazkur Shartnomaning 2.1 va 2.2-bandlarida koʻrsatilgan miqdorda va muddatlarda ijara toʻlovini toʻlash va 20___ yil ________ gacha darsliklar toʻplamini foydalanishga yaroqli holatda qaytarish majburiyatini oladi.
1.2. Mazkur Shartnomaning predmeti boʻlgan darsliklar toʻplami Ijaraga oluvchiga
foydalanishga yaroqli holatda quyidagi nomlarda va miqdorda beriladi:
II. IJARA TOʻLOVINI TOʻLASH TARTIBI VA MUDDATLARI
2.1. Mazkur Shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatib oʻtilgan darsliklar toʻplamidan
foydalanganlik uchun Ijaraga oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi Vasiylik kengashi tomonidan 20____/20_____ oʻquv yiliga jami ____________ soʻm miqdorida belgilangan ijara toʻlovini Ijaraga beruvchiga toʻlaydi.
2.2. Ijara toʻlovi mablagʻlari toʻliq hajmda joriy oʻquv yilining 30-sentabridan
kechiktirmagan holda toʻlanadi.
Ijaraga oluvchi pul mablagʻlari vaqtinchalik yoʻqligi sababli, ijara toʻlovi
muddatini uzaytirish toʻgʻrisida umumtaʼlim maktabi maʼmuriyatiga murojaat qilishi mumkin. Bunda ijara toʻlovi muddati umumtaʼlim maktabi vasiylik kengashi qarori va direktor buyrugʻi bilan uzaytiriladi. Ijara toʻlovi muddati uzaytirilgan taqdirda, mazkur toʻlovning 50 foizi joriy yilning 30-sentabrigacha, qolgan qismi esa, 30-noyabrgacha toʻlanishi lozim.
III. TOMONLARNING HUQUQLARI
3.1. Ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
3.1.1. Ijara toʻlovining mazkur Nizomning 2.1 va 2.2-bandlarida nazarda tutilgan
miqdorda, tartibda va muddatda toʻlanishini Ijaraga oluvchidan talab qilish;
3.1.2. Ijaraga oluvchining aybi bilan darslik yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz
holatga kelib qolganda, zararni xuddi shunday darslik bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.4-bandida koʻrsatilgan tartibda toʻlashni talab qilish;
3.1.3. Ijara toʻlovi muddatini uzaytirish.
3.2. Ijaraga oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
3.2.1. Ijara toʻlovini toʻlaganidan keyin, Ijaraga beruvchidan tegishli
darsliklarni foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda va toʻliq toʻplamda Ijaraga beruvchidan talab qilish;
3.2.2. Ijara toʻlovi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida Ijaraga beruvchiga murojaat
qilish;
3.2.3. Mazkur Shartnomaning 2.1-bandida koʻrsatib oʻtilgan ijara toʻlovi summasini
Ijaraga beruvchining yoki tegishli bankning kassasiga naqd pul mablagʻlarini toʻlash yoki Ijaraga beruvchining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga pul oʻtkazish yoʻli bilan toʻlash.
IV. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
4.1. Ijaraga beruvchi quyidagilarga majbur:
4.1.1. Ijara toʻlovi toʻlangandan keyin, mazkur Shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatib
oʻtilgan darsliklar toʻplamidan 20__/20__ oʻquv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun Ijaraga oluvchiga berish;
ijaraga berish va ijara toʻlovini toʻlash tartibi, shuningdek darsliklar toʻplamlaridan foydalanish shartlari va muddatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan taʼminlash.
4.2. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur:
4.2.1. Mazkur Shartnomaning 2.1 va 2.2-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan miqdorda va
muddatlarda ijara toʻlovini toʻlash;
4.2.2. Olingan darsliklar toʻplamining toʻliq va foydalanishga yaroqli holatda
saqlanishini taʼminlash;
4.2.3. Darsliklar toʻplamini foydalanishga yaroqli holatda Ijaraga beruvchiga
qaytarish;
4.2.4. Darsliklar yoʻqolgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga kelib
qolgan holatlarda zararni xuddi shunday darslik bilan qoplash yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda toʻlash:
birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darsligi uchun — uning bir baravari
miqdorida;
2 — 4-sinf oʻquvchilarining har bir darsligi uchun — uning ikki baravari
miqdorida;
5 — 9-sinf oʻquvchilarining har bir darsligi uchun — uning toʻrt baravari
miqdorida.
V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
5.1. Mazkur Shartnoma boʻyicha olingan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun
Tomonlar shartnoma shartlari va qonunchilik hujjatlariga asosan javobgarlikka tortiladi.
5.2. Tomonlar bartaraf etib boʻlmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibatida ushbu
Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni qisman yoki toʻliq bajarmaganliklari uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
VI. NIZOLARNI BARTARAF ETISH
6.1. Mazkur Shartnomaning amal qilishi davomida vujudga kelgan nizolar tomonlar
orasida muzokaralar olib borish yoʻli bilan hal qilinadi.
6.2. Nizolarni hal qilishda kelishuvga erishilmagan taqdirda, ular qonunchilik
hujjatlarida belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
VII. YAKUNIY QOIDALAR
7. Mazkur Shartnoma bilan tartibga solinmagan oʻzaro munosabatlar qonunchilik
Izoh: * ijaraga oluvchi yuridik shaxs boʻlsa, uning rekvizitlari koʻrsatiladi.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Darsliklar va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalarni bepul foydalanishga berish toʻgʻrisidagi
SHARTNOMA
______________ tumani (shahri)
20___yil “____”_______________.
Bir tomonidan _______________________________________________ nomidan
(umumtaʼlim maktabi joylashgan tuman (shahar), umumtaʼlim maktabining raqami (nomi)
ustav asosida ish yurituvchi, bundan buyon matnda “Maktab” deb yuritiluvchi _________________________ shaxsida hamda ikkinchi tomondan taʼlim ________________ tilida olib boriladigan ____-sinf oʻquvchisining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs yoxud umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi, bundan buyon matnda “Foydalanuvchi” deb yuritiluvchi __________________________________________ mazkur Shartnomani quyidagilar haqida tuzishdi:
I. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Maktab 20__/20__ oʻquv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun mazkur
Shartnomaning 1.2-bandida koʻrsatib oʻtilgan darsliklar va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalarni Foydalanuvchiga beradi, Foydalanuvchi esa 20___ yil _____________ gacha ularni foydalanishga yaroqli holatda qaytarish majburiyatini oladi.
1.2. Mazkur Shartnomaning predmeti boʻlgan darsliklar va/yoki oʻquv-metodik
qoʻllanmalar Foydalanuvchiga quyidagi nomlarda bir nusxadan beriladi:
2.1. Maktab Foydalanuvchining aybi bilan darslik va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanma
yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, zararni xuddi shunday darslik va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanma bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 4.2.3-bandida koʻrsatilgan tartibda toʻlashni talab qilish huquqiga ega.
2.2. Foydalanuvchi ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida
koʻrsatilgan darsliklar va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalarni foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berilishini talab qilish huquqiga ega.
III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
3.1. Maktab quyidagilarga majbur:
3.1.1. Mazkur Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1.2-bandida koʻrsatilgan
darsliklar va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalarni Foydalanuvchiga foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berish;
3.1.2. Foydalanuvchini darsliklar va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalardan
foydalanish shartlari va muddatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan taʼminlash.
3.2. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
3.2.1. Olingan darsliklar va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalarning toʻliq va
foydalanishga yaroqli holatda saqlanishini taʼminlash;
3.2.2. Darsliklar va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalarni foydalanishga yaroqli holatda
Maktabga qaytarish;
3.2.3. Darsliklar va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanmalar yoʻqolgan yoki keyinchalik
foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan taqdirda, zararni xuddi shunday darsliklar va/yoki oʻquv-metodik qoʻllanma bilan qoplash yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda toʻlash:
birinchi sinf oʻquvchilarining har bir darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalari
uchun — uning bir baravari miqdorida;
2 — 4-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun —
5 — 9-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalari uchun —
uning toʻrt baravari miqdorida.
V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
4.1. Mazkur Shartnoma boʻyicha olingan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun
Tomonlar shartnoma shartlari va qonunchilikhujjatlariga asosan javobgarlikka tortiladi.
4.2. Tomonlar bartaraf etib boʻlmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibatida ushbu
shartnoma boʻyicha majburiyatlarni qisman yoki toʻliq bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
VI. NIZOLARNI BARTARAF ETISH
5.1. Mazkur Shartnomaning amal qilishi davomida vujudga kelgan nizolar tomonlar
orasida muzokaralar olib borish yoʻli bilan hal qilinadi.
5.2. Nizolarni hal qilishda kelishuvga erishilmagan taqdirda, ular qonunchilik
hujjatlarida belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
VII. YAKUNIY QOIDALAR
6. Mazkur Shartnoma bilan tartibga solinmagan oʻzaro munosabatlar qonunchilik
hujjatlariga asosan hal qilinadi.
7. Mazkur Shartnoma __ ta asl nusxada tuzildi.
VIII. TOMONLARNING REKVIZITLARI
Maktabning raqami (nomi):
Foydalanuvchining F.I.O.:
_________________________________
_________________________________
Manzili: _________________________
Manzili: _________________________
telefon /faks: ____________________
Pasport seriyasi, raqami, kim tomonidan
Shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi: __________
va qachon berilgan: __________________
_________________________________
_________________________________
MFO: ____________________________
Oʻquvchining F.I.O. _________________
STIR: ___________________________
IFUT: __________________________
TOMONLARNING IMZOLARI
Maktab: __________________________
Foydalanuvchi: _____________________
(lavozimi, F.I.O., imzo)
(F.I.O., imzo)
M.Oʻ.
20___ yil ___ ___________
20___ yil ___ ___________
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi barcha turdagi darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarning hisobini yuritish
KITOBI
1-qism. Darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni umumtaʼlim maktabining kutubxona jamgʻarmasiga qabul qilish
T/r
Qayd qilish sanasi
Qayerdan qabul qilingan
Birlamchi hujjatlarning sanasi va raqami
Umumiy soni
Umumiy qiymati
Izoh
ijara tizimi uchun
kutubxona jamgʻarmasiga
1
2
3
4
5
6
7
2-qism. Darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni umumtaʼlim maktabining kutubxona jamgʻarmasi hisobidan chiqarish
T/r
Qayd qilish sanasi
Dalolatnoma tuzilgan sana va uning tartib raqami
Umumiy soni
Umumiy qiymati
Hisobdan chiqarish sababi
Izoh
ijara tizimidan
kutubxona jamgʻarmasidan
foydalanish muddati tugagan
yoʻqolgan
boshqa sabablar
1
2
3
4
5
6
7
8
9
3-qism. Umumtaʼlim maktabining kutubxona jamgʻarmasidagi darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar harakatining jamlanmasi
Darsliklar va OʻMQlarning harakati
Umumiy soni
Umumiy qiymati
ijara tizimi
kutubxona jamgʻarmasi
1
2
3
20 _ yilda mavjud
20 _ yilda qabul qilingan
20 _ yilda hisobdan chiqarilgan
20 _ yilda mavjud
20 _ yilda qabul qilingan
20 _ yilda hisobdan chiqarilgan
20 _ yilda mavjud
20 _ yilda qabul qilingan
20 _ yilda hisobdan chiqarilgan
20 _ yilda mavjud
...
...
Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi ijara tizimiga kiradigan darsliklarning hisobini yuritish
KITOBI
T/r
Darslik nomi
Sinfi
Taʼlim tili
Muallifi
Nashr etilgan yil
Taʼminlash usuli
Narxi (soʻm)
_______ yilga qoldiq
_______ yilga kirim
_______ yilga chiqim
_______ yilga qoldiq
miqdori (nusxa)
qiymati (soʻm)
miqdori (nusxa)
qiymati (soʻm)
miqdori (nusxa)
qiymati (soʻm)
miqdori (nusxa)
qiymati (soʻm)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi ijara tizimiga kirmaydigan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarning hisobini yuritish
KITOBI
T/r
Darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmaning nomi
Sinfi
Taʼlim tili
Muallifi
Nashr yili
Narxi (soʻm)
_______ yilga qoldiq
_______ yilga kirim
_______ yilga chiqim
_______ yilga qoldiq
miqdori (nusxa)
qiymati (soʻm)
miqdori (nusxa)
qiymati (soʻm)
miqdori (nusxa)
qiymati (soʻm)
miqdori (nusxa)
qiymati (soʻm)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 11-ILOVA
Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasining
INVENTAR KITOBI
T/r
Nomi
Sinfi
Taʼlim tili
Muallifi
Nashr etilgan yil
Inventar raqami
Taʼminlash usuli
Tekshirganlik haqida belgi
Narxi
Hisobga olingan kitobdagi tartib raqami
Hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuzilgan sana va uning raqami
Izoh
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 12-ILOVA
Yoʻqolgan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar oʻrniga qabul qilingan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar hisobini yuritish
KITOBI
Yoʻqolgan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar
Qabul qilinayotgan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar
Foydalanuvchining F.I.O.
inventar raqami
muallifi, nomi, nashr etilgan yili
narxi
inventar raqami
muallifi, nomi, nashr etilgan yili
narxi
soʻm
tiyin
soʻm
tiyin
Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 13-ILOVA
20___ yil “___” __________ da umumtaʼlim maktabiga yetkazib berilgan quyidagi darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni qabul qilish haqida ushbu dalolatnomani tuzdilar:
I. UMUMIY MAʼLUMOTLAR
T/r
Darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarning nomi
Taqsimot asosida olinishi zarur boʻlgan nusxasi
Qabul qilingan nusxasi
1
2
3
II. DARSLIKLAR VA OʻQUV-METODIK QOʻLLANMALARNING SIFATI BOʻYICHA EʼTIROZLAR:
T/r
Nuqson va kamchiliklar
Kamchiliklar mavjudligi
Kamchiliklari sababli qaytarilgan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar soni
1.
Axborotning yoʻqolishiga yoki buzilishiga olib keladigan nuqsonlar
2.
Teskari boʻlib qolgan, oʻtkazib yoki chalkashtirib yuborilgan sahifalar, ulardagi sarlavhalar, harflar va belgilar, matn yoki illyustratsiyalarning teskari joylashib qolishi, daftarlardagi betlarning notoʻgʻriligi
3.
Blok elementlarining butlanmaganligi, ketma-ket emasligi, begona, teskari, chalkashib ketganligi, ortiqcha va yetmay qolgan varaqlar, ilovalar, orasiga yopishtirilgan qogʻozchalar mavjudligi
4.
Chop etilmagan sahifalar mavjudligi, maqsadli qoldirilgan oq sahifalar bundan mustasno
5.
Blokdagi matn yozuvlari va illyustratsiyadagi nuqsonlarga (tasvir elementlarini tushirib qoldirish), “oqarib qolgan muhr”, boʻyoq purkash, surkalib ketishi, boʻyoq yigʻilib qolgandagi dogʻlari, izlar, qatma-qat muhrlar, makulatura qogʻozlari holati
6.
Muqova va muqova jildidagi illyustratsiyalar yoki yozuvlardagi nuqsonlar: boʻyoq surkalishi, folgada tasvir elementlarini oʻtkazib yuborish holati
7.
Blokning ichkarisiga yoki chetiga yelim tomizib yuborilishi, betlarni qayta yelimlash va matnning buzilishi yoki illyustratsiyalarni olib tashlash holati
8.
Sahifadagi illyustratsiyalar yoki matn boʻlaklarini tushirib qoldirish (“kesib” tashlangan matn yoki illyustratsiyalar), hoshiyalarning yoʻqligi
Nashr nusxalarida tovar turi yoʻqolishiga olib keluvchi yoki nashrdan foydalanishni qiyinlashtiruvchi nuqsonlar mavjudligi
11.
Forzatsning blokdan butun sahifa boʻyicha yelimlanmasdan qolishi, forzatsning egilishida uzilib qolish holati
12.
Muqova jildi chegarasidan blokning surilib chiqish holati
13.
Mexanik shikastlar: muqova, muqova jildi, betlarning yirtilganligi yoki iflosligi
14.
Tasmalarni bosib chiqishdagi nuqsonlar, tasmalarning qavatma-qavatligi va oʻpirilishi
15.
Blok elementlarining tushib qolishiga olib keladigan nuqsonlar: bloklarda tikilmay qolgan betlar mavjudligi, blok yorilishi, halqaning tushib qolish holati
16.
Muqovadan yoki muqova jildidan blokning tushib qolish holati
17.
Blok, muqova jildi shaklining oʻzgarishi
III. MUTLOQO YAROQSIZ HOLATDAGI DARSLIKLAR SONI: ________________.
IV. QAYTARILISHI LOZIM BOʻLGAN DARSLIKLAR VA OʻQUV-METODIK QOʻLLANMALARNING UMUMIY SONI: _______________.
Umumtaʼlim maktabining darsliklarni qabul qilish komissiyasi aʼzolari, F.I.O.
Imzo
“Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUK hududiy filiali xodimlari, F.I.O.
Imzo
Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 14-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
Umumtaʼlim maktabining direktori
____________
______________
(imzo)
(F.I.O.)
20___ yil “___” _____________
Yoʻqolgan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni hisobdan chiqarish hamda teng qiymatli deb eʼtirof etilgan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni qabul qilish toʻgʻrisida _______-sonli
DALOLATNOMA
_______ tumani (shahri)
20___yil “____”_______________.
Mazkur dalolatnoma ______________________ tumani (shahri) ________________-
sonli (nomli) umumtaʼlim maktabining kutubxona jamgʻarmasidan ___________ nusxada, umumiy qiymati ________________ soʻm ______ tiyin boʻlgan darsliklar, oʻquv-metodik qoʻllanmalarni hisobdan chiqarish toʻgʻrisida tuzildi.
Yoʻqolgan darsliklar, oʻquv-metodik qoʻllanmalar oʻrniga ___________ nusxada,
umumiy qiymati _____________ soʻm ______ tiyin boʻlgan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar qabul qilindi.
Darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar roʻyxati _____varaqda ilova qilinadi.
Yoʻqolgan
Qabul qilinayotgan
Foydalanuvchi, F.I.O.
inventar raqami
muallifi, nomi, nashr etilgan yili
narxi
inventar raqami
muallifi, nomi, nashr etilgan yili
narxi
soʻm/ tiyin
soʻm
tiyin
KOMISSIYA AʼZOLARI:
Umumtaʼlim maktabi kutubxonachisi:
_________
______________
(imzo)
(F.I.O.)
Umumtaʼlim maktabi hisobchisi:
_________
______________
(imzo)
(F.I.O.)
Umumtaʼlim maktabi xoʻjalik mudiri:
_________
______________
(imzo)
(F.I.O.)
Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 15-ILOVA
20___/20___ oʻquv yilida _____________ taʼlim tilidagi ______ -sinflar uchun umumtaʼlim maktablari kutubxona jamgʻarmalaridan hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar
ROʻYXATI
T/r
Darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar nomi
Muallif(lar)ning F.I.O.
Nashr etilgan yili
Oʻrtacha vazni (gr)
Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 16-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
Umumtaʼlim maktabining direktori
____________
______________
(imzo)
(F.I.O.)
20___ yil “___” _____________
Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasini xatlovdan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisida ____-sonli
DALOLATNOMA
_______ tumani (shahri)
20___yil “____”_______________.
Mazkur dalolatnoma ______________________ tumani (shahri) ________________-
sonli (nomli) umumtaʼlim maktabining kutubxona jamgʻarmasini xatlovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha tuzildi.
Xatlov jarayonida quyidagi hujjatlar tekshirildi:
1) 20_____ y. “_____” _________________ da tuzilgan Umumtaʼlim maktabi
kutubxona jamgʻarmasini xatlovdan oʻtkazish natijalari toʻgʻrisida ____-sonli dalolatnoma;
2) Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi barcha turdagi darsliklar va oʻquv-
3) Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi ijara tizimiga kiradigan
darsliklarning hisobini yuritish kitobi;
4) Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasidagi ijara tizimiga kirmaydigan
darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarning hisobini yuritish kitobi;
5) Umumtaʼlim maktabi kutubxona jamgʻarmasining inventar kitobi;
6) Yoʻqolgan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar oʻrniga qabul qilingan
darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar hisobini yuritish kitobi;
7) Oxirgi marta xatlov oʻtkazilgan kundan boshlab rasmiylashtirilgan barcha
dalolatnomalar.
Umumtaʼlim maktabining kutubxona jamgʻarmasida mavjud boʻlgan darsliklar va oʻquv-
metodik qoʻllanmalar yuqoridagi hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan solishtirilganda quyidagilar aniqlandi:
1. Hujjatlar boʻyicha umumtaʼlim maktabining kutubxona jamgʻarmasida __________
nusxadagi darsliklar va ____ nusxadagi oʻquv-metodik qoʻllanmalar boʻlishi lozim.
2. Haqiqatda ____ nusxadagi darsliklar va ____ nusxadagi oʻquv-metodik qoʻllanmalar
mavjud.
3. Umumiy summasi __________________________ soʻm _____________ tiyin boʻlgan
(summasi yozuv bilan yoziladi)
______ nusxadagi darsliklar va ____ nusxadagi oʻquv-metodik qoʻllanmalar yetishmaydi.
Yetishmaydigan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar roʻyxati ____ varaqda ilova
qilinadi.
4. Foydalanuvchilarga 20____ yil “_____”________________ gacha muddatga berilgan
darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalardan __________ nusxa, 20___ yil “___” ____________ gacha muddatga berilgan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalardan _______ nusxa qaytarilmagan.
5. Darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarning hisobini yuritish boʻyicha tegishli
kitoblarga kiritilmagan ____ nusxadagi darslik, ____ nusxadagi oʻquv-metodik qoʻllanmalar mavjud.
6. Xatlov natijalari boʻyicha quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur:
Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 17-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
Umumtaʼlim maktabining direktori
____________
______________
(imzo)
(F.I.O.)
20___ yil “___” _____________
Darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni muddatidan oldin hisobdan chiqarish toʻgʻrisida _____-sonli
DALOLATNOMA
_______ tumani (shahri)
20___yil “____”_______________.
Foydalanuvchilar va boshqa shaxslar tomonidan yoʻqotilganligi, foydalanishga yaroqsiz
holga kelganligi yoki __________ sababli, umumiy summasi _______________ soʻm _____________ tiyin boʻlgan __________ nusxadagi quyidagi darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar umumtaʼlim maktabining kutubxona jamgʻarmasidan, shuningdek ularning qiymati umumtaʼlim maktabining balansidan chiqarildi:
T/r
Darslik va oʻquv-metodik qoʻllanma nomi
Muallifi, F.I.O.
Nashr etilgan yili
Taʼmin-lash usuli
Nusxalar soni
Narxi (soʻm, tiyin)
Umumiy qiymati (soʻm, tiyin)
Umumtaʼlim maktabi kutubxonachisi:
_________
______________
(imzo)
(F.I.O.)
Umumtaʼlim maktabi hisobchisi:
_________
______________
(imzo)
(F.I.O.)
Umumtaʼlim maktabi xoʻjalik mudiri:
_________
______________
(imzo)
(F.I.O.)
Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 18-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
Umumtaʼlim maktabining direktori
____________
______________
(imzo)
(F.I.O.)
20___ yil “___” _____________
Darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni hisobdan chiqarish va utilizatsiya qilish uchun topshirish toʻgʻrisida ____-sonli
DALOLATNOMA
_______ tumani (shahri)
20___yil “____”_______________.
Foydalanish muddati tugagan, umumiy summasi ___________________________ soʻm
_____________ tiyin, umumiy vazni _____________ kg boʻlgan ____ nusxadagi quyidagi darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar umumtaʼlim maktabining kutubxona jamgʻarmasidan, shuningdek ularning qiymati umumtaʼlim maktabining balansidan chiqarilib, utilizatsiya qilish uchun topshirildi hamda “Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUK ______________ filiali tomonidan qabul qilib olindi:
T/r
Darslik va oʻquv-metodik qoʻllanma nomi
Muallifi, F.I.O.
Nashr etilgan yili
Nusxalar soni
Narxi (soʻm, tiyin)
Umumiy qiymati (soʻm, tiyin)
Umumiy vazni
Umumtaʼlim maktabi kutubxonachisi:
_________
______________
(imzo)
(F.I.O.)
Umumtaʼlim maktabi hisobchisi:
_________
______________
(imzo)
(F.I.O.)
Umumtaʼlim maktabi xoʻjalik mudiri:
_________
______________
(imzo)
(F.I.O.)
Qabul qildi:
“Oʻquv taʼlim-taʼminot” DUK _______________ filiali xodimi
_________
______________
(imzo)
(F.I.O.)
20__ yil “___” ___________.
Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 19-ILOVA
20___/20___ oʻquv yilida darsliklar toʻplamlari harakati toʻgʻrisida
HISOBOT
Umumtaʼlim maktabining raqami (nomi) (xalq taʼlimi organining nomi):___________________________________________________________________________________________
Qoplanishi lozim boʻlgan miqdori (1, 2, 4 baravar)
Birlamchi hujjatlar boʻyicha qiymati (soʻm)
Yoʻqolgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar soni (nusxa)
Qoplanishi lozim boʻlgan zarar qiymati (6 ust.*7 ust.*8 ust) (soʻm)
Haqiqatda toʻlangan zarar summasi (soʻm)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
1
2
3
4
5
...
...
Sinf boʻyicha jami
...
...
...
...
...
Maktab boʻyicha jami
Umumtaʼlim maktabi (xalq taʼlimi organi) rahbari:
_______
________________
M.Oʻ.
(imzo)
(F.I.O.)
Hisobchi:
_______
________________
(imzo)
(F.I.O.)
Kutubxonachi:
_______
________________
(imzo)
(F.I.O.)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 18-son, 202-modda; 2015-y., 52-son, 649-modda; 2017-y., 17-son, 308-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)