Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.06.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 531-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tuman va shahar umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 4-oktabrdagi PF-4570-son va “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 30-noyabrdagi PF-4486-son farmonlariga muvofiq, shuningdek yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-iyuldagi 212-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining Ustaviga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
 LexUZ sharhi
Mazkur Qarorning qaror qismi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-maydagi 389-sonli qaroriga asosan 11-band bilan toʻldirilgan. Rus tili matniga qarang.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri N.T. Yoʻldoshev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 30-dekabr,
347-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-dekabrdagi 347-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining Ustaviga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. II boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Markazning maqsadlari, vazifalari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari”.
2. II boʻlimga quyidagi mazmundagi 81-band qoʻshilsin:
“81. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tinglovchilarni amaldagi qonun hujjatlariga kiritilgan oxirgi oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan, sud, huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida huquqni qoʻllashning zamonaviy mamlakatimiz va xorijiy tajribasi bilan tanishtirish;
nazariy tayyorgarlikning sud faoliyati amaliyoti bilan chambarchas oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash, oʻquv jarayonida olingan nazariy bilimlarni amaliyotda yaxshi oʻzlashtirib olish uchun tegishli respublika, viloyatlar, tumanlar sudlaridagi sudyalikka nomzodlarning stajirovkasini tashkil etish;
oʻquv, ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish va amalga oshirish uchun respublikaning yetakchi taʼlim, tadqiqot muassasalari, sud organlari, shuningdek xorijiy mamlakatlarning jinoyat, fuqarolik, xoʻjalik va maʼmuriy sud ishlarini yuritish sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarini jalb etish, shu jumladan kontrakt asosida jalb etish”.
3. 9-bandga quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
“sudyalar lavozimiga zaxirada turgan yoki birinchi marta tayinlangan (saylangan) shaxslarni sud faoliyati koʻnikmalariga tayyorlashni, qonun hujjatlarining mazmuni va mohiyati, huquqni qoʻllash amaliyoti va amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari toʻgʻrisidagi chuqur bilimlarni egallab olishini taʼminlash”;
toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
4. 10-bandning oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy oʻquv dasturlariga asosan oʻquv dasturlarini mustaqil ishlab chiqish, professor-oʻqituvchilar tarkibini belgilash”.
5. 24-banddagi “oʻquv rejalari” soʻzlari “oʻquv dasturlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. 25-banddagi “oʻquv rejalari” soʻzlari “oʻquv dasturlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. 28-bandga quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Sudya lavozimiga birinchi marta tayinlangan (saylangan) shaxslar belgilangan tartibda majburiy tayyorgarlikdan oʻtadilar”;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
8. 29-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻqish (stajirovka) natijalariga koʻra Markaz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi yoki Oliy xoʻjalik sudiga sudya lavozimlarida ishlash uchun nomzodning nazariy va amaliy tayyorgarligi toʻgʻrisidagi xulosa taqdim etiladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 1-son, 5-modda)