Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-maydagi PQ-1536-son qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 8-iyundagi 166-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-maydagi PQ-1536-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 8-iyundagi 166-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga Agentlikning budjetdan tashqari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 6-sentabr,
248-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Axborot faoliyati va maʼlumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish boʻyicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 10-bandining oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“teleradiomahsulotlarga mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Patent vakillari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 1-iyuldagi 298-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 55-modda):
a) qarorning nomidagi hamda 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “Davlat patent idorasining” soʻzlari “Intellektual mulk agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 856-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 09/19/856/3890-son)
v) 2-ilovada (Patent vakillari toʻgʻrisidagi nizom):
2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining (keyingi oʻrinlarda Patent idorasi deb ataladi)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Patent idorasida” soʻzlari “Agentlikda” soʻzi bilan almashtirilsin;
4-bandning toʻrtinchi xatboshidagi, 7-banddagi, 23-bandning birinchi xatboshidagi, 24-banddagi, 26-bandning birinchi xatboshidagi, 29-banddagi “Patent idorasi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
5, 22-bandlardagi “Patent idorasining” soʻzlari “Agentlikning” soʻzi bilan almashtirilsin;
6, 10-bandlardagi, 17-bandning ikkinchi xatboshidagi “Patent idorasiga” soʻzlari “Agentlikka” soʻzi bilan almashtirilsin;
9-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “Patent idorasi” va “Patent idorasining” soʻzlari tegishli ravishda “Agentlik” va “Agentlikning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-banddagi “Patent idorasi” va “Patent idorasining” soʻzlari tegishli ravishda “Agentlik” va “Agentlikning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
20-banddagi “Patent idorasining” va “Patent idorasi” soʻzlari tegishli ravishda “Agentlikning” va “Agentlik” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
6. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatining “Masʼul davlat organlari” ustunida:
a) 5-16-pozitsiyalardagi “Davlat patent idorasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 44-pozitsiyadagi “Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
9. Vazirlar Mahkamasining “Madrid Bitimiga doir Bayonnomaga (Madrid, 1989-yil 27-iyun) muvofiq belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazishda undiriladigan yakka tartibdagi bojlarning stavkalarini belgilash toʻgʻrisida” 2006-yil 21-dekabrdagi 263-son qarori 2-bandining birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “idoraning” va “Davlat patent idorasining” soʻzlari tegishli ravishda “Agentlikning” va “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-avgustdagi 255-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 36-son, 408-modda)
11. Vazirlar Mahkamasining “Adabiyot va sanʼat asarlaridan foydalanganlikning ayrim turlari uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari toʻgʻrisida” 2008-yil 19-yanvardagi 10-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 1-son, 2-modda) 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar roʻyxatida:
a) 73-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 85-banddan “Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 87-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
87.‎ Intellektual mulk‎ Respublikada intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish ishlarining holati, intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga boʻlgan huquqlarni himoya qilish masalalarini tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot (matn 2 sahifada, jadvallar, diagrammalar, fotomateriallar).‎ Har oyda hisobot davridan keyingi oyning 5-kunigacha‎ Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi‎
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-sentabrdagi 762-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-yanvardagi 30-sonli qaroriga asosan 2020-yil 18-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-iyundagi 346-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2022-y., 09/22/346/0566-son)
17. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi nizom ilovasidagi 2-roʻyxatning 5.1.8-bandidagi “Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi bosh direktori” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 36-son, 367-modda; 2012-y., 36-son, 408-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 09/19/856/3890-son; 17.01.2020-y., 09/20/30/0061-son, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2022-y., 09/22/346/0566-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)