Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.04.2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmasini yanada takomillashtirish hamda boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 20-dekabrdagi PQ-1444-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 19-may,
PQ-1531-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 19-maydagi PQ-1531-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son qarorining 2, 3 va 5-bandlari.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti berishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 6-maydagi PQ-69-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 20-sentabrdagi PQ-185-son qarori ilovasining 3-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 12-iyuldagi PQ-670-son qarorining 5-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 225-modda)