Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI UMUMTAʼLIM MAKTABLARINI AXBOROTLASHTIRISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH UCHUN KOREYA RESPUBLIKASI HUKUMATI TOMONIDAN beriladigan IMTIYOZLI KREDITDAN SAMARALI FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Koreya Respublikasi Hukumati Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish jamgʻarmasi (EDCF)ning imtiyozli kreditini jalb etish hisobidan moliyalashtiriladigan “Oʻzbekiston Respublikasida umumtaʼlim maktablarini axborotlashtirish” loyihasini amalga oshirish maqsadida:
1. Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida umumtaʼlim maktablarini axborotlashtirish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha deb yuritiladi) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga 30,0 mln. AQSh dollari ekvivalentiga teng miqdorda, oʻn yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda 30 yil muddatga 1(bir) foiz yillik stavka boʻyicha koreys vonidan kredit berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi EDCF krediti boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qarz oluvchi hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki EDCF kreditiga xizmat koʻrsatish boʻyicha moliyaviy agent hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi loyihani amalga oshirish boʻyicha ijro etuvchi agentlik hisoblanadi.
kredit boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, komissiyalar, foizlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
3. Loyihani moliyalashtirish sxemasi 1-ilovaga muvofiq;
loyihani amalga oshirish uchun EDCF krediti boʻyicha beriladigan asosiy qarzni qaytarish va foizlarini toʻlash jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Koreya Respublikasi Hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida EDCF kreditini berish toʻgʻrisidagi Bitimni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasining Eksport-import banki oʻrtasida krediti bitimini imzolash vakolati berilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Koreya Respublikasining vakil qilib tayinlangan banki bilan Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan ajratilgan kredit mablagʻlaridan foydalanish, xizmat koʻrsatish va ularni qaytarish boʻyicha Agentlik bitimini tuzsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Koreya Respublikasi Eksport-import banki oʻrtasidagi kredit bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi belgilangan tartibda mazkur kredit bitimi doirasida, oʻtkaziladigan tender savdolari natijalari asosida tuziladigan import shartnomalari boʻyicha xulosalar berilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga EDCF krediti mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha zarur hujjatlar va iqtisodiy asoslarni, jumladan uskunalar xarid qilish va xizmatlar koʻrsatishga tender hujjatlarini kelishib olishga belgilangan tartibda taqdim etsin;
bir oy muddatda Multimedia umumtaʼlim dasturlarini rivojlantirish markazini tashkil etish va unga loyihani amalga oshirish, jumladan kredit mablagʻlaridan hukumatlararo bitimlar va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq foydalanishni nazorat qilish va hisobga olish vazifalarini yuklash toʻgʻrisidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
EDCF krediti mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishni, shuningdek, maktablarga asbob-uskunalar oʻrnatishga va ulardan avaylab foydalanishga oʻz vaqtida tayyorlanishni taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga mazkur loyihaning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil va keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga kiritilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyiha boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining hissasini ulushli moliyalashtirish uchun 2007 — 2009-yillarda Xalq taʼlimi vazirligiga zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
11. Loyihani amalga oshirish davrida:
EDCF krediti mablagʻlari hisobidan tender asosida sotib olinadigan asbob-uskunalar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari);
Koreya Respublikasi Hukumati krediti hisobidan loyihani amalga oshirish doirasida Koreya Respublikasining vakil qilib tayinlangan banklari va boshqa xorijiy ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi toʻlov manbalaridan olinadigan foyda soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalq taʼlimi vazirligining talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga belgilangan tartibda kirish-chiqish vizalarini loyiha amalga oshiriladigan davr mobaynida konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalq taʼlimi vazirligining talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarning vaqtincha roʻyxatda turishi davlat bojlari undirilmagan holda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari V.A. Golishev va R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-mart,
PQ-312-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-martdagi PQ-312-son qaroriga
1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasida umumtaʼlim maktablarini axborotlashtirish” loyihasini moliyalashtirish
SXEMASI

ming AQSh dollari

T/r

Komponentlar nomi

Umumiy miqdor

Shu jumladan:

EDCF krediti mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi ulushi

I.

Loyihaning umumiy qiymati

37 502,03

30 000,0

7 502,03*

shu jumladan:

1.

Kompyuter sinflarga ega boʻlish

23 715,56

23 335,56

380,0

2.

Multimedia taʼlim dasturlarini rivojlantirish markazini jihozlash

1 570,52

1 570,52

3.

E-portalni ishlab chiqish

1 143,77

1 143,77

4.

Ekspertlar faoliyati

924,39

924,39

5.

Koreyada oʻqituvchilar, ishlab chiquvchilar va administratorlarni oʻqitish

798,75

798,75

6.

Jihozlarni xarid qilish va oʻrnatish boʻyicha maslahat xizmatlari

703,3

703,3

7.

2 yil mobaynida 1 518 ta maktablar oʻrtasida yagona kompyuter tarmoqlarini shakllantirish

1 040,25

1 040,25

8.

Maxsus kompyuter jihozlarini sotib olish

1 758,4

1 758,4

9.

Kompyuter sinflarni texnik tayyorlash

1 373,84

1 373,84

10.

Oʻqituvchilarni kompyuter texnologiyalari orqali foydalanish va oʻqitish koʻnikmalariga tayyorlash va oʻqitish

2 100,0

2 100,0

11.

Yuklarning bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha xarajatlari

418,24

418,24

12.

Multimedia taʼlim dasturlarini rivojlantirish markazining operatsion xarajatlari

431,30

431,3

13.

Xizmat boʻyicha komissiya (olingan har bir miqdordan 0,1 foiz)

30,0

30,0

14.

Koʻzda tutilmagan xarajatlar

1 493,71

1 493,71

II.

Loyiha bilan qamrab olinadigan maktablar soni

1 518 ta maktab

III.

Yetkazib beriladigan kompyuterlarning umumiy soni

22 770 ta

Izoh: * Hisob-kitob qiymati 2007 — 2009-yillarda maktablarning manzilli roʻyxatini shakllantirish natijalariga koʻra belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-martdagi PQ-312-son qaroriga
2-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasida umumtaʼlim maktablarini axborotlashtirish” loyihasini amalga oshirish uchun EDCF krediti boʻyicha beriladigan asosiy qarzni qaytarish va foizlarini toʻlash
JADVALI

Kredit summasi

— 30,0 mln AQSh dollari ekvivalentida

Kreditni qaytarish muddati

— 30 yil

Imtiyozli davr

— 10 yil

Foiz stavkasi

— yillik 1,0 foiz

Xizmat uchun komissiya

— kredit boʻyicha tanlab olish miqdoridan 0,1foiz *

ming AQSh dollari ekvivalentida

Toʻlov sanasi

Asosiy qarzni toʻlash summasi

**Foizlarni toʻlash summasi

Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summa

20-fevral 2007-yil

-

20-avgust 2007-yil

-

22 315

22 315

20-fevral 2008-yil

-

45 370

45 370

20-avgust 2008-yil

-

74 795

74 795

20-fevral 2009-yil

-

105 863

105 863

20-avgust 2009-yil

-

126 452

126 452

20-fevral 2010-yil

-

151 233

151 233

20-avgust 2010-yil

-

148 767

148 767

20-fevral 2011-yil

-

151 233

151 233

20-avgust 2011-yil

-

148 767

148 767

20-fevral 2012-yil

-

151 233

151 233

20-avgust 2012-yil

-

149 589

149 589

20-fevral 2013-yil

-

151 233

151 233

20-avgust 2013-yil

-

148 767

148 767

20-fevral 2014-yil

-

151 233

151 233

20-avgust 2014-yil

-

148 767

148 767

20-fevral 2015-yil

-

151 233

151 233

20-avgust 2015-yil

-

148 767

148 767

20-fevral 2016-yil

-

151 233

151 233

20-avgust 2016-yil

750 000

149 589

899 589

20-fevral 2017-yil

750 000

147 452

897 452

20-avgust 2017-yil

750 000

141 329

891 329

20-fevral 2018-yil

750 000

139 890

889 890

20-avgust 2018-yil

750 000

133 890

883 890

20-fevral 2019-yil

750 000

132 329

882 329

20-avgust 2019-yil

750 000

126 452

876 452

20-fevral 2020-yil

750 000

124 767

874 767

20-avgust 2020-yil

750 000

119 671

869 671

20-fevral 2021-yil

750 000

117 205

867 205

20-avgust 2021-yil

750 000

111 575

861 575

20-fevral 2022-yil

750 000

109 644

859 644

20-avgust 2022-yil

750 000

104 137

854 137

20-fevral 2023-yil

750 000

102 082

852 082

20-avgust 2023-yil

750 000

96 699

846 699

20-fevral 2024-yil

750 000

94 521

844 521

20-avgust 2024-yil

750 000

89 753

839 753

20-fevral 2025-yil

750 000

86 959

836 959

20-avgust 2025-yil

750 000

81 822

831 822

20-fevral 2026-yil

750 000

79 397

829 397

20-avgust 2026-yil

750 000

74 384

824 384

20-fevral 2027-yil

750 000

71 836

821 836

20-avgust 2027-yil

750 000

66 945

816 945

20-fevral 2028-yil

750 000

64 274

814 274

20-avgust 2028-yil

750 000

59 836

809 836

20-fevral 2029-yil

750 000

56 712

806 712

20-avgust 2029-yil

750 000

52 068

802 068

20-fevral 2030-yil

750 000

49 151

799 151

20-avgust 2030-yil

750 000

44 630

794 630

20-fevral 2031-yil

750 000

41 589

791 589

20-avgust 2031-yil

750 000

37 192

787 192

20-fevral 2032-yil

750 000

34 027

784 027

20-avgust 2032-yil

750 000

29 918

779 918

20-fevral 2033-yil

750 000

26 466

776 466

20-avgust 2033-yil

750 000

22 315

772 315

20-fevral 2034-yil

750 000

18 904

768 904

20-avgust 2034-yil

750 000

14 877

764 877

20-fevral 2035-yil

750 000

11 342

761 342

20-avgust 2035-yil

750 000

7 438

757 438

20-fevral 2036-yil

750 000

3 781

753 781

Jami:

30 000 000

5 403 698

35 403 698

Izoh: * Qarz mablagʻlarini oʻzlashtirish davrida kredit summasi hisobidan toʻlab beriladi.
** Foizlarni toʻlash summasi kreditni oʻzlashtirishning amaldagi sanalarga qarab aniqlanadi.