Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.04.2013
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
YaGONA SOLIQ TOʻLOVINING ENG KAM MIQDORI KIRITILIShI MUNOSABATI BILAN ChAKANA SAVDO KORXONALARI, XIZMAT KOʻRSATISh SOHASIDAGI MIKROFIRMALAR VA KIChIK KORXONALAR TOMONIDAN YaGONA SOLIQ TOʻLOVINI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 18-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2134]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 28-fevraldagi 20, 2013-10-sonli “Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2449, 04.04.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 17-son, 131-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 17-avgust,
64-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 17-avgust,
2010-34-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 17-avgustdagi 64, 2010-34-son qaroriga
ILOVA
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
nizom
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 17-son, 131-modda) muvofiq yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.
(nizom muqaddimasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
I. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ-1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2010-yilning 1-iyulidan boshlab chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq toʻlovini (keyingi oʻrinlarda YaST deb yuritiladi) qonun hujjatlariga muvofiq, lekin miqdori yuqorida sanab oʻtilgan toifadagi toʻlovchilar uchun YaSTning eng kam miqdori sifatida aniqlanadigan, aynan shunday faoliyat turini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan qatʼiy belgilangan soliq miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlaydilar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
2. Ushbu Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
chakana savdo korxonalari — hisobot choragi (oyi) yakunlari boʻyicha asosiy faoliyat turi chakana savdo boʻlgan yuridik shaxslar;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar — hisobot choragi yakunlari boʻyicha asosiy faoliyat turi xizmat koʻrsatish boʻlgan mikrofirmalar va kichik korxonalar.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
Faoliyatni xizmat koʻrsatishga tegishliligini aniqlash uchun “Oʻzstandart” agentligining 2006-yil 12-maydagi 05-15-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi faoliyat turlari boʻyicha xizmat koʻrsatish klassifikatori” umumdavlat klassifikatoridan foydalanish lozim.
3. Ushbu Nizom quyidagi xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq etilmaydi:
yagona soliq toʻlovi toʻlovchisi boʻlmaganlarga;
faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq faqat yuridik shaxs shaklida tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlariga;
faqat yuridik shaxslarga litsenziya beriladigan litsenziyalanadigan faoliyat turi bilan shugʻullanadiganlarga;
YaSTni toʻlashdan toʻliq ozod boʻlish imtiyoziga ega boʻlganlarga.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
II. YaSTning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan YaSTni toʻlash tartibi
(nizomning II boʻlimi nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
4. YaSTning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan YaST summasini aniqlash uchun toʻlovchilar quyidagilarni hisoblab chiqaradilar:
(4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
YaSTning eng kam miqdorini;
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
YaSTning hisob-kitob summasini;
YaSTning qoʻshimcha hisoblangan summasini.
5. YaST eng kam miqdori soliq toʻlovchining asosiy faoliyat turidan kelib chiqib aniqlangan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oʻrnatilgan stavka boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq summasidan kelib chiqib hisoblanadi.
(5-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
Masalan, agar soliq toʻlovchining asosiy faoliyat turi chakana savdo boʻlsa, unda YaSTning eng kam miqdori chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oʻrnatilgan qatʼiy belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib aniqlanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
Agar soliq toʻlovchining asosiy faoliyat turi avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari koʻrsatish boʻlsa, unda YaSTning eng kam miqdori avtomobil transportida yuk tashishni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oʻrnatilgan qatʼiy belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib, har bir avtotransport vositasini hisobga olgan holda aniqlanadi;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 8-fevraldagi 17, 2012-4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2134-2, 09.03.2012-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 10-son, 112-modda)
Mikrofirma va kichik korxonalar uchun YaST eng kam miqdorining summasi hisobot choragi uchun qatʼiy belgilangan soliq summalarini qoʻshish orqali chorak uchun hisoblab chiqariladi.
(5-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
6. Ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq hisoblab chiqarilgan YaSTning eng kam miqdorini hisoblangan YaST summasi bilan solishtirish uchun YaST ning hisob-kitob summasi butun korxona boʻyicha aniqlanadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
YaSTning hisob-kitob summasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
HSyast = SYaT x S, bunda:
HSyast — YaSTning hisob-kitob summasi;
SYaT — YaST boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar qoʻllanilmagan hisobot oyi (choragi) uchun soliq solinadigan yalpi tushum (Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 29-dekabrdagi 111, 2007-66-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1760, 2008-yil 21-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 3-4-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan YaST hisob-kitobining “040”-satri maʼlumotlari asosida);
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
S — YaSTning oʻrnatilgan stavkasi.
YaSTning hisob-kitob summasi butun korxona boʻyicha ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shakldagi Maʼlumotnoma-hisob-kitob (keyingi oʻrinlarda Maʼlumotnoma-hisob-kitob deb yuritiladi) asosida aniqlanadi.
7. YaSTning hisob-kitob summasi YaSTning eng kam miqdori summasidan kam boʻlgan hollarda YaST qoʻshimcha hisoblanadi. Bunda YaST eng kam miqdori summasining YaST hisob-kitob summasidan ortgan qismi YaST hisob-kitobi boʻyicha hisoblangan YaST summasiga qoʻshimcha hisoblanadi.
Agar YaST hisob-kitob summasi YaST eng kam miqdoridan katta yoki unga teng boʻlsa, unda YaST qoʻshimcha hisoblanmaydi va YaST Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (II)-son) belgilangan tartibda toʻlanishi lozim, yaʼni YaST hisob-kitobi boʻyicha hisoblangan summa toʻlanadi.
Masalan, Toshkent shahrida joylashgan nooziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi chakana savdo korxonasi 2010-yilning iyul oyiga YaSTni 4 % stavka boʻyicha hisoblayotgan boʻlsin. Mazkur korxona soliq imtiyozlariga ega emas. Ushbu holatda YaSTning hisob-kitob summasi va YaST hisob-kitobi boʻyicha hisoblab chiqarilgan YaST summasi bir-biriga teng boʻladi. Agar ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq hisoblab chiqarilgan YaSTning hisob-kitob summasi YaSTning eng kam miqdoridan kam boʻlsa, Toshkent shahrida ushbu koʻrsatkich eng kam ish haqining (keyingi oʻrinlarda EKIH deb yuritiladi) 10 baravari miqdorini tashkil etsa, u holda YaST hisobot davri uchun EKIHning 10 baravari miqdorida toʻlanadi. Agar YaSTning hisob-kitob summasi YaSTning eng kam miqdoridan (EKIHning 10 baravari) koʻp boʻlsa, u holda YaST oʻrnatilgan 4% stavka boʻyicha toʻlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
8. Agar ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan korxonalar hududiy jihatdan alohida boʻlgan yuridik shaxs boʻlmagan boʻlinmalarga, chakana savdoda esa — turgʻun savdo shoxobchalarga ega boʻlsa, YaSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YaST hududiy jihatdan alohida boʻlgan har bir boʻlinma (turgʻun savdo shoxobchasi) uchun toʻlanadi. Bunda YaSTning eng kam miqdori hududiy jihatdan alohida boʻlgan boʻlinma (turgʻun savdo shoxobchasi) joylashgan joydagi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan qatʼiy belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
Korxonalar soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq hisobotlari taqdim etiladigan muddatlarda ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha Hududiy jihatdan alohida boʻlgan boʻlinma (turgʻun savdo shoxobchasi) toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etadilar.
Agar avval taqdim etilgan maʼlumotlar oʻzgaradigan boʻlsa, korxona oʻzgarish yuz bergan oydan keyingi oyning 10 kunidan kechiktirmay soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organini xabardor etadi.
Masalan, Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtgan oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi savdo korxonasi yuridik shaxs boʻlmagan ikkita turgʻun savdo shoxobchasiga ega. Savdo shoxobchalaridan biri Toshkent shahrida joylashgan boʻlib, ushbu hududda xuddi shunday faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliq oyiga EKIHning 10 baravari miqdorida belgilangan, ikkinchisi esa Toshkent viloyatining Gʻazalkent shahrida joylashga boʻlib, ushbu hududda qatʼiy belgilangan soliq stavkasi oyiga EKIHning 3 baravari miqdorida belgilangan. Shunday qilib, 2010-yilning 1-iyulidan boshlab chakana savdo korxonasi YaSTni ushbu savdo shoxobchalari joylashgan joy boʻyicha belgilangan stavkalar boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, biroq Toshkent shahrida joylashgan savdo shoxobchasi boʻyicha hisobot davri uchun EKIHning 10 baravaridan va Gʻazalkent shahrida joylashgan savdo shoxobchasi boʻyicha esa — EKIHning 3 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlaydi.
9. Bir nechta faoliyat turini amalga oshiruvchi korxonalar uchun ushbu Nizom bilan belgilangan tartib, agar ushbu faoliyat turi qonun hujjatlariga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin boʻlsa va unga, tegishincha, qatʼiy belgilangan soliq stavkasi belgilangan boʻlsa, faqat asosiy faoliyat turiga tatbiq etiladi.
1-misol. Kichik korxona quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
umumiy ovqatlanish sohasidagi xizmatlar;
nooziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi.
Umumiy ovqatlanish sohasidagi xizmat koʻrsatishdan tushgan tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining 80 %ni tashkil etadi. Nooziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosidan tushgan tushumning ulushi esa — 20 %.
Korxona uchun asosiy faoliyat turi qonun hujjatlariga muvofiq faqat yuridik shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan umumiy ovqatlanish sohasida xizmatlar koʻrsatish ekanligini inobatga oladigan boʻlsak, ushbu Nizom bilan belgilangan tartib ushbu korxonaga tatbiq etilmaydi.
2-misol. Toshkent shahrida joylashgan kichik korxona quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
oziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi;
avtomobil transportida yuklar tashish boʻyicha xizmatlar;
vositachilik xizmatlari.
Oziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosidan tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining 60 %ni tashkil etadi. Avtomobil transportida yuklar tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan tushgan tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining — 30 %ni, vositachilik xizmatlari koʻrsatishdan tushgan tushumning ulushi esa — 10 %ni tashkil etadi.
Ushbu korxona uchun oziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi asosiy faoliyat turidir. Ushbu faoliyat turi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin va u boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq stavkasi oʻrnatilgan. Shunday qilib, ushbu korxona YaSTni qonun hujjatlarda belgilangan tartibda, biroq oziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi sohasida faoliyat amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan toʻlanadigan qatʼiy belgilangan soliq summasiga teng boʻlgan YaSTning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan summada toʻlaydi.
(9-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
3-misol. Toshkent shahrida joylashgan kichik korxona — sartaroshxona majmuaviy xizmatlarni koʻrsatadi: sartaroshlik xizmati, manikyur, pedikyur, kosmetolog xizmatlari. Ushbu xizmat turlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi Toshkent shahri uchun oyiga EKIHning 4 baravari miqdorida belgilangan.
(9-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 8-fevraldagi 17, 2012-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-2, 09.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 10-son, 112-modda)
Ushbu holatda, butun korxona boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan YaST summasi, YaSTning eng kam miqdoridan — oyiga EKIHning 4 baravaridan kam boʻlmasligi lozim.
(9-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 8-fevraldagi 17, 2012-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-2, 09.03.2012-y) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 10-son, 112-modda)
4-misol. Kichik korxona quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
avtomobil transportida yuk tashish boʻyicha xizmatlar;
hududiy jihatdan alohida boʻlgan tarkibiy tuzilma tomonidan amalga oshiriladigan nooziq-ovqat mahsulotlarining — avtomobil ehtiyot qismlarining chakana savdosi.
Yuk tashish xizmatlari koʻrsatishdan tushgan tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining 60% ini tashkil etadi. Nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosidan tushgan tushumning ulushi umumiy realizatsiya hajmining 40% ini tashkil etadi.
Ushbu korxona uchun avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari koʻrsatish asosiy faoliyat turidir. Ushbu faoliyat turi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin va u boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq stavkasi oʻrnatilgan. Ushbu holatda, butun korxona boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan YaST summasi, har bir avtotransport vositasini hisobga olgan holda avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari koʻrsatishni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkor uchun belgilangan qatʼiy belgilangan soliq summasidan kam boʻlmasligi lozim. Bunda, ushbu korxona uchun nooziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi asosiy faoliyat turi emasligini hisobga oladigan boʻlsak, YaSTning eng kam miqdori nooziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi qismi boʻyicha tatbiq etilmaydi.
Masalan, korxona balansida 6 tonna yuk koʻtarish quvvatiga ega boʻlgan 5 ta yuk avtomobiliga ega. YaSTning eng kam miqdori quyidagicha hisoblanadi:
5 (yuk avtomobili) x EKIHning 3 baravari (8 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi EKIHning 3 baravari miqdorida belgilangan) = YaSTning eng kam miqdori summasi.
Agar korxona yuk tashish xizmatlarini qatʼiy belgilangan soliq stavkalari transport vositalarining yuk koʻtarish quvvatlariga qarab tabaqalashgan har xil yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari orqali amalga oshirayotgan boʻlsa, YaSTning eng kam miqdori har bir avtotransport vositasi uchun, yuk koʻtarish quvvatlariga qarab, qatʼiy belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib hisoblanadi.
Masalan, korxona balansida 10 ta yuk avtomobillariga ega, shulardan:
2 ta yuk avtomobili — 2 tonna yuk koʻtarish quvvatiga ega;
3 ta yuk avtomobili — 5 tonna yuk koʻtarish quvvatiga ega;
5 ta yuk avtomobili — 10 tonna yuk koʻtarish quvvatiga ega.
Bunday holda YaSTning eng kam miqdori quyidagi tartibda hisoblanadi:
2 (yuk avtomobili) x EKIHning 2 baravari (3 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi EKIHning 2 baravari miqdorida belgilangan) = X1;
3 (yuk avtomobili) x EKIHning 3 baravari (8 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi EKIHning 3 baravari miqdorida belgilangan) = X2;
5 (yuk avtomobili) x EKIHning 4 baravari (8 tonnadan ortiq yuk koʻtarish quvvatiga ega yuk avtomobillari uchun qatʼiy belgilangan soliq stavkasi EKIHning 4 baravari miqdorida belgilangan) = X3;
X1 + X2 + X3 = YaSTning eng kam miqdori summasi.
(4-misol Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 8-fevraldagi 17, 2012-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-2, 09.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 10-son, 112-modda)
10. YaSTning eng kam miqdori yuritilgan faoliyat turi toʻxtatilgan taqdirda, yuridik shaxs soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha yozma xabarnoma taqdim etadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
Yuridik shaxs xabarnoma taqdim etilgan oyning keyingi oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda YaST toʻlaydi.
11. Agar korxona hisobot davrida YaSTning eng kam miqdori yuritilgan faoliyat turini toʻxtatsa va ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan xabarnomani taqdim etmagan taqdirda, mazkur korxona YaSTni ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda YaSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda toʻlaydi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
111. Agar hisobot oyi (choragi) yakunlari boʻyicha korxonaning asosiy faoliyat turi xuddi shunday faoliyat turini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan qatʼiy belgilangan soliq miqdorida YaSTning eng kam miqdori belgilangan chakana savdo yoki xizmat koʻrsatish boʻlmasa, u holda ushbu korxona YaSTni Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2203, 2011-yil 3-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 9-son, 93-modda) muvofiq toʻlaydi.
Bunda qoʻshimcha hisoblangan YaST summasining oʻsib boruvchi yakuni oldingi hisobot davri uchun YaST hisob-kitobi boʻyicha hisoblangan YaSTning qoʻshimcha hisoblangan summasiga teng deb qabul qilinadi.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
112. “Yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalarga yagona soliq toʻlovini toʻlash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1502, 2005-yil 2-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 240-modda) bilan belgilangan tartibda YaSTni toʻlash muddatini kechiktirish huquqi berilgan yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korxonalar qoʻshimcha hisoblangan YaST summasini YaSTning kechiktirilgan summalarini toʻlash bilan bir vaqtda toʻlaydilar.
(112-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
III. YaSTning eng kam miqdorini soliq hisobotlarida aks ettirish tartibi
(nizomning III boʻlimi nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
12. Ushbu Nizom tatbiq etiladigan soliq toʻlovchilar YaST hisob-kitobi bilan birga ushbu Nizomning 6-bandida koʻrsatilgan Maʼlumotnoma-hisob-kitobni ilova qiladilar, hisobot choragi yakunlari boʻyicha asosiy faoliyat turi avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari koʻrsatish boʻlgan YaST toʻlovchilari esa ushbu Nizomning 1a-ilovasida keltirilgan shaklda Maʼlumotnoma-hisob-kitobga hisobot davri uchun YaSTning eng kam miqdori toʻgʻrisidagi ilovani ham ilova qiladilar.
(12-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 8-fevraldagi 17, 2012-4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-2, 09.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 10-son, 112-modda)
YaST hisob-kitobiga taqdim etilgan Maʼlumotnoma-hisob-kitobdan kelib chiqqan holda quyidagi satrlar kiritiladi:
“170” — qoʻshimcha hisoblangan YaST. Ushbu summa Maʼlumotnoma-hisob-kitobning “080”-satridan oʻtkaziladi;
“180” — hisobot davri uchun toʻlanishi lozim. “180”-satrda YaST hisob-kitobining “130”, “150” va “170”-satrlari yigʻindisi koʻrsatiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
IV. Yakuniy qoidalar
14. Soliq toʻlovchilar ushbu Nizomning talablarini hisobga olgan holda YaSTni hisoblab chiqarishning toʻgʻriligiga va qonun hujjatlariga muvofiq uni oʻz vaqtida toʻlashga javobgardirlar.
15. Davlat soliq xizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq YaSTning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
16. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan YaSTni hisoblab chiqarishning tartibi buzilgan holatlar aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari YaSTning eng kam miqdoridan kelib chiqib, qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblagan holda, YaSTni qoʻshimcha hisoblaydilar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdorini hisobga olgan holda yagona soliq toʻlovining
MAʼLUMOTNOMA-HISOB KITOBI

Koʻsatkichlar

Satr kodi

Jami

Shu jumladan, yagona soliq toʻlovining toʻlovchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomada koʻrsatilgan faoliyat turlari boʻyicha‎‎

asosiy faoliyat turi — 1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

Hisobot oyi (choragi) uchun soliq solinadigan yalpi tushum (YaST hisob-kitobining 040-satri – Oldingi hisobot davri uchun YaST hisob-kitobining 040-satri)‎ 010‎
Yagona soliq toʻlovining belgilangan stavkasi‎ 020‎
Hisobot oyi (choragi) uchun yagona soliq toʻlovining hisob-kitob summasi (010-satr x 020-satr / 100)‎ 030‎
Qatʼiy belgilangan soliqning belgilangan stavkasi (eng kam ish haqiga karrali miqdorda)‎ 040‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎
Hisobot oyi (choragi) uchun yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori‎ 050‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎
Hisobot oyi (choragi) uchun YaSTning qoʻshimcha hisoblangan summasi (050-satr – 030-satr)‎ 060* X‎ X‎ X‎ X‎ X‎
Oldingi hisobot davri uchun YaSTning qoʻshimcha hisoblangan summasi (oldingi Maʼlumotnoma-hisob-kitobning 080-satri‎ 070‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎
Hisobot davri uchun YaSTning qoʻshimcha hisoblangan summasi (060-satr + 070-satr)‎ 080‎ X‎ X‎ X‎ X‎ X‎

Rahbar‎

____________________________‎

(imzo)‎

Bosh buxgalter‎

____________________________‎‎

(imzo)‎

M.Oʻ.‎

* Agar 3-ustunning “030”-satri 3-ustunning “050”-satridan katta yoki unga teng boʻlsa, u holda “060”-satrda “0” qiymat koʻrsatiladi.
Izoh. Hisobot oyi (choragi) uchun yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori soliq toʻlovchining asosiy faoliyat turidan va tegishli oy (chorak) uchun belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqib aniqlanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan qatʼiy belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA

‎‎Maʼlumotnoma-hisob-kitobga Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori toʻgʻrisida ilova
‎20___ yilning _____________ choragi uchun

Avtotransport vositalarining yuk koʻtarish quvvatlari‎‏

Avtotransport vositalarining soni‎

Qatʼiy belgilangan soliq stavkasi

Eng kam ish haqi miqdori‎‎

YaSTning eng kam miqdori summasi‎

Jami (9 ust. + 10 ust. + 11 ust.)

1 oy‎

2 oy‎

3 oy‎

1 oy‎

2 oy‎

3 oy‎

1 oy‎

2 oy‎

3 oy‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

3 tonnagacha‎ ‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
8 tonnagacha‎
8 tonnadan ortiq‎
Chorak uchun YaSTning eng kam miqdori summasi‎

x‎

x‎

x‎

x‎

x‎

x‎

x‎

x‎

x‎

x‎

‎‎Izoh: ushbu ilova asosiy faoliyat turi avtomobil transportida yuk tashish xizmatlari koʻrsatish boʻlgan yagona soliq toʻlovchilari tomonidan toʻldiriladi.

‎Rahbar

__________________‎

‎‎(imzo)

Bosh buxgalter ‎ ‎‎___________________‎

‎‎(imzo) ‎‎

M.Oʻ.‎

(1a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 8-fevraldagi 17, 2012-4-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2134-2, 09.03.2012-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 10-son, 112-modda)
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
(2-ilovalarning grifi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
Hududiy jihatdan alohida boʻlgan boʻlinmalar (turgʻun savdo shoxobchalar) toʻgʻrisida maʼlumot

Tartib raqami

Hududiy jihatdan alohida boʻlgan boʻlinmaning (turgʻun savdo shoxobchasining) nomi

Hududiy jihatdan alohida boʻlgan boʻlinma (turgʻun savdo shoxobchasi) joylashgan joyi

‎‎
‎‎ ‎‎
____________________________________________________‎ga taqdim etiladi

‎‎(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)

‎Soliq toʻlovchi toʻgʻrisida maʼlumot

‎1. Yuridik shaxsning toʻliq nomi _______________________________________
‎‎2. Manzili _________________________________________________________
‎‎
‎‎3. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma
‎‎4. Tashkil etilgan sana (kun/oy/yil)‎
‎‎5. STIR
‎‎6. OKONX‎
‎‎7. Telefon:‎

‎‎kod

‎‎raqam
Izoh: ushbu maʼlumotlar ikki nusxada roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Davlat soliq xizmati organi maʼlumotlarni olingani toʻgʻrisida belgi qoʻyadi va maʼlumotlarning bir nusxasini keyingi kundan kechiktirmay ariza beruvchiga qaytaradi.
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
(3-ilovalarning grifi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qarori (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
Faoliyat turini amalga oshirishni toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma
Yagona soliq toʻlovini toʻlashni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan soliq solish tizimini qoʻllovchi__________________________________yuridik shaxs

‎(yuridik shaxsning toʻliq nomi)

_________________________________________________ manzilda joylashgan,

(pochta indeksi, shahar (tuman, qishloq)

‎___________________________________________________________________,

koʻchaning nomi va uy (xonadon)ning raqami

‎_____________________________________________________ amalga oshiradi

(asosiy faoliyat (ixtisosligi) turi)

‎shu haqda xabardor qiladiki, ____________________________________boshlab

‎‎(sana)

________________________________________________faoliyatini toʻxtatadi.

(faoliyat turi)

____________________________________________________‎‎ga taqdim etiladi

(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organi)

Soliq toʻlovchi toʻgʻrisida maʼlumotlar

‎‎1. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma
2. Tashkil etilgan sana (kun/oy/yil)‎
‎‎3. STIR‎
‎‎4. OKONX‎
‎‎5. Telefon:‎

‎‎kod

‎‎raqam

Izoh: mazkur xabarnoma ikki nusxada roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Davlat soliq xizmati organi xabarnoma olingani toʻgʻrisida belgi qoʻyadi va xabarnomaning bir nusxasini keyingi kundan kechiktirmay ariza beruvchiga qaytaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2134-1, 23.08.2011-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 34-35-son, 355-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 33-son, 284-modda; 2011-y., 34-35-son, 355-modda; 2012-y., 10-son, 112-modda)