|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“SAMKOChAVTO” OʻZBEKISTON-TURKIYA QOʻShMA KORXONASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Avtomobil sanoatining ishlab chiqarish bazasini shakllantirish va rivojlantirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzavtosanoat” uyushmasining Samarqand “AvtoVAZagregat” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati negizida Turkiyaning “KOCh Xolding A.Sh. “ kompaniyasi bilan birgalikda avtobuslar va yuk mashinalari ishlab chiqaradigan, ustav sarmoyasi 1-ilovaga muvofiq shakllanadigan “SamKOChavto” qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, ustav fondining Oʻzbekistonga tegishli qismini shakllantirish uchun “Oʻzavtosanoat” uyushmasiga:
“Turkeksimbankning kreditini qayta moliyalash yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan 8 yilga yillik foydasi 8,79 foiz boʻlgan 18488 ming AQSh dollari miqdorida,
Turkiyaning “RAM Dish Tijaret A.Sh. “ firmasi tomonidan 2557 ming AQSh dollari miqdorida kredit beriladi.
Muassislarning qoʻshma korxona mahsulotlarini sotishdan 4 yil davomida olinadigan foyda (32006 ming AQSh dollari) ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qayta investitsiya qilinishi toʻgʻrisidagi qaroriga rozilik berilsin.
3. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi:
“SamKOChavto” qoʻshma korxonasida 2-ilovaga muvofiq avtobuslar va yuk mashinalari ishlab chiqarilishini taʼminlasin;
loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishiga muvofiq avtobuslar, yuk mashinalarining rejalashtirilayotgan ishlab chiqarilishi mahalliylashtirilishini taʼminlasin, uni ishlab chiqarishning toʻrtinchi yili oxiriga borib yuk mashinalari boʻyicha 44 foizgacha, avtobuslar boʻyicha 56 foizgacha yetkazsin;
“SamKOChavto” qoʻshma korxonasi avtomashinalarini sotish hajmiga va ehtiyot qismlarni sotishdan olinadigan rejalashtiriladigan daromadlarga muvofiq texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari tashkil etish yuzasidan tadbirlarni uch oy muddatda ishlab chiqsin, ularning qiymatini va mablagʻ bilan taʼminlash manbaini aniqlasin;
qayta investitsiya qilish davri tamom boʻlgandan keyin ''Turkeksimbankning kreditlarini “Oʻzavtosanoat” uyushmasi tomonidan “SamKOChavto” qoʻshma korxonasi daromadlaridan olgan dividendlar hisobiga toʻlanishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzavtosanoat” uyushmasiga.
“AvtoVAZagregat” ochiq turdagi aksionerlik jamiyatining binolari va inshootlaridan “SamKOChavto” qoʻshma korxonasi ustav sarmoyasiga ulushlar sifatida foydalanish;
davlatga tegishli boʻlgan aksiyalar ulushini, shuningdek erkin sotishga moʻljallangan, qayta investitsiyalashning 4 yillik davri tamom boʻlgandan keyin “AvtoVAZagregat” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati jamoasi tomonidan sotib olinmagan aksiyalarni 3-ilovaga muvofiq nominal qiymati boʻyicha sotib olish huquqini bersin.
5. “Oʻzavtosanoat” uyushmasining qayta investitsiyalash davrida “Turkeksimbankning krediti uchun foizlar toʻlanishini, “RAM Dish Tijaret A.Sh.”ning qarzi qaytarilishini taʼminlash maqsadida “KOCh Xolding A.Sh.” kompaniyasining 500 ta avtobusi va yuk mashinasini keyinchalik sotish uchun xarid qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, 18177 ming AQSh dollari summasidagi 500 avtomobilni xarid qilishni mablagʻ bilan taʼminlash:
“Turkeksimbank”ning 4 yil muddatga berilgan 4631 ming AQSh dollari miqdoridagi;
“Turkeksimbank”ning sugʻurta dasturi boʻyicha Turkiya bankining 5 yil muddatga berilgan 10819 ming AQSh dollari miqdoridagi;
“Ram Dish Tijaret A.Sh.” firmasining 1 yil muddatga berilgan 2727 ming AQSh dollari miqdoridagi kreditlari hisobidan amalga oshiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir oy muddatda ushbu loyihalar boʻyicha “Turkeksimbank” va Turkiya banki bilan kredit bitimlarni rasmiylashtirsin, “Oʻzavtosanoat” uyushmasiga kreditlar oʻz vaqtida qayta moliyalanishini taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri mazkur loyihalar uchun olinadigan kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatini belgilangan tartibda berishga vakil qilinsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi kafolatlar va kredit bitimlar boʻyicha tegishli yuridik xulosalarni belgilangan tartibda bersin.
10. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi “SamKOChavto” qoʻshma korxonasini Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritsin.
12. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi, “Asaka” banki va Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “SamKOChavto” qoʻshma korxonasi mahsulotlarini sotish boʻyicha lizing kompaniyasi tashkil etish toʻgʻrisidagi masalani 3 oy muddatda ishlab chiqsinlar va qaror qabul qilsinlar.
13. Qoʻshma korxona masalalari boʻyicha ishlash uchun kelayotgan xorijiy mutaxassislarga viza rasmiylashtirilganligi va uzaytirilganligi, respublika hududida yashaganlik hamda transportning barcha turlarida yurganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
14. Samarqand viloyati hokimligi:
xorijiy mutaxassislarning oilalari bilan uzoq muddat yashashlari uchun amaldagi normalarga muvofiq shart-sharoitlar yaratsin;
“SamKOChavto” qoʻshma korxonasi qayta investitsiyalash davrida va keyingi 3 yilda maxalliy soliqlarning barcha turlaridan ozod qilinsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 5-noyabr,
381-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 5-noyabrdagi 381- son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
SamKOChavto” qoʻshma korxonasining ustav sarmoyasini shakllantirish
TUZILMASI
| Ustav sarmoya | mln AQSh dollari | foizlarda |
| hammasi: | 47.50 | 100 |
| shu jumladan: | | |
| Oʻzbekiston tomonining ulushi | 23.75 | 50 |
| manbalar | | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining “Turkeksimbank” liniyasi orqali oladigan krediti | 18 49 | 38 9 |
| Turkiyaning “RAM Dish Tijaret A.Sh. firmasining krediti | 2.56 | 5.4 |
| Binolar va inshootlar qiymati | 2.70 | 5.7 |
| Turkiya tomonining ulushi | 23.75 | 50 |
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 5-noyabrdagi 381- son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
SamKOChavto” qoʻshma korxonasida avtobuslar va yuk mashinalari ishlab chiqarish
| Mahsulot turi | 1997-y. | 1998-y. | 1999-y. | 2000-y. | 2001-y. |
| M24 turidagi avtobus | 125 | 250 | 500 | 1000 | 1500 |
| M29 turidagi avtobus | 125 | 250 | 500 | 1000 | 1500 |
| Yuk mashinalari | 250 | 500 | 1000 | 1000 | 1000 |
Izoh:
M24 Otoyol Iveko — umumiy foydalanishga moʻljallangan, 23 oʻrindiq va 17 turish joyiga ega, dvigatel turi — dizel, rulni gidrokuchaytirgichli, quvvati — 88 ot kuchiga teng boʻlgan avtobus.
M29 Otayol Iveko uzoq yoʻnalishlarga moʻljallangan, 29 oʻrindiqli, dvigatel turi — turbodizel, rulni gidrokuchaytirgichli, quvvati — 115 ot kuchiga teng boʻlgan avtobus.
M24 Otoyol Iveko — umumiy foydalanishga moʻljallangan, 23 oʻrindiq va 17 turish joyiga ega, dvigatel turi — dizel, rulni gidrokuchaytirgichli, quvvati — 88 ot kuchiga teng boʻlgan avtobus.
M29 Otayol Iveko uzoq yoʻnalishlarga moʻljallangan, 29 oʻrindiqli, dvigatel turi — turbodizel, rulni gidrokuchaytirgichli, quvvati — 115 ot kuchiga teng boʻlgan avtobus.
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 5-noyabrdagi 381- son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
“AvtoVAZagrekat” ochiq turdagi aksionerlik jamiyati inshootlari va binolarini sotib olish
JADvali
| | |
( ming soʻm ) |
| Yillar | Muddatlar | Summa |
| 2001-yil | mart sentyabr |
13525 13525 |
| 2002-yil | mart sentyabr |
13525 13525 |
| 2003-yil | mart sentyabr |
13525 13525 |
| 2004-yil | mart sentyabr |
13525 13525 |
| JAMI | | 108200 |