Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ANDIJON VILOYATIDAGI “XOʻJAOBOD” KONIDA YER OSTI GAZ OMBORI QURILIShI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Fargʻona vodiysi aholisini va xalq xoʻjaligi obyektlarini qish davrida tabiiy gaz bilan yanada toʻlaroq va ishonchli taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi 1996—1998-yillarda Andijon viloyatidagi “Xoʻjaobod” neft-gaz konining ishlanib tamom boʻlgan qatlamlari bazasida kompressor stansiyasi boʻlgan yer osti gaz ombori qurilishiga tayyorgarlik koʻrish, loyihalashtirish va uni qurishni amalga oshirsin. Sigʻimi yiliga 400 mln kub metr boʻlgan yer osti gaz ombori birinchi navbatining ishga tushirilishini, diametri 720 mm boʻlgan 41 kilometrlik magistral gaz quvurini va 14 ta gaz haydash agregatini qurgan holda, 1997-yilning III choragida taʼminlasin. Omborning sigʻimi 500 mln kub metr boʻlgan ikkinchi navbatining, 17 ta gaz haydash agregatini qurgan holda, 1998-yilda ishga tushirilishini nazarda tutsin.
“Oʻzgazuzatish” davlat birlashmasi Xoʻjaobod yer osti gaz ombori va gaz quvuri qurilishi buyurtmachisi, “Oʻzneftgazqurilish” birlashmasi bosh pudratchi etib belgilansin.
2. Andijon viloyati hokimligi yer osti gaz omborining qoʻriqlanadigan zonasidagi imoratlarni koʻchirish boʻyicha buyurtmachisi, “Oʻzjamoaxoʻjalikqurilish” davlat birlashmasi va “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni — bosh pudratchilar etib belgilansin. Buyurtmachi:
ikki hafta muddatda yer osti gaz ombori va gaz quvuri qurilishi uchun yer maydonlari ajratsin;
bir oy muddatda bosh pudratchi tashkilotlarga imoratlarni koʻchirishga oid hujjatlarni taqdim etsin;
1996-yil 20-maygacha imoratlarni koʻchirish ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash masalasini hal qilsin.
Imoratlarni koʻchirishga oid ishlarning birinchi navbati 1996-yilda, ikkinchi navbati 1997-yilda tugallansin.
3. Yer osti gaz ombori va gaz quvuri qurilishi tabiiy gazni MDH mamlakatlariga eksport qilish va respublikaning kredit mablagʻlari hisobiga amalga oshirilsin.
5. Neft-gaz tarmoqlari obyektlarining valyutaga boʻlgan ehtiyojini eng koʻp darajada qoplash maqsadida “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi birlashmalari yer osti gaz ombori qurilishi ishga tushirilgunga qadar uskunalar import qilishda poshlina toʻlovlaridan ozod qilinsin.
6. Mazkur obyektning respublika xalq xoʻjaligi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi munosabati bilan Xoʻjaobod yer osti gaz ombori qurilishi davrida ushbu obyektlarda ishlovchi barcha toifadagi xodimlarning lavozim maoshlariga va tarif stavkalariga 30 foiz miqdorida ustama belgilansin.
7. Andijon viloyati hokimligi “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi va “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi bilan birgalikda yer osti gaz ombori qurilishiga jalb qilinganlarning joylashtirilishi va ovqatlanishini taʼminlasin, ular uchun ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratib bersin.
8. Yer osti gaz ombori qurilishi bilan bogʻliq masalalarni tezkorlik bilan hal etish maqsadida ilovaga muvofiq tarkibda respublika shtabi tuzilsin. Respublika shtabiga zarur boʻlgan hollarda mazkur obyekt qurilishiga respublika korxonalari va tashkilotlarini jalb qilishga ruxsat etilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari K.J. Xaqqulov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 30-aprel,
169-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-apreldagi 169-son qaroriga
ILOVA
Andijon viloyatidagi “Xoʻjaobod” konida yer osti gaz ombori qurilishi boʻyicha respublika shtabining
TARKIBI
I.X. Joʻrabekov —‎ Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari, shtab rahbari
Q.J. Xaqqulov —‎ Bosh vazirning oʻrinbosari, shtab rahbarining oʻrinbosari
B.A. Ashrafxonov —‎ Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi sanoati va energetika boʻlimi mudiri
A.O. Obidov —‎ “Neftgazfan” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari
T.L. Bobojonov —‎ “Oʻzbekgeofizika” davlat geologiya korxonasi bosh direktori
R. Jumanazarov —‎ “Oʻzsuvqurilish” konserni raisi
A.D. Donayev �‎ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi raisining oʻrinbosari
N.I. Julin —‎ “Oʻzgazuzatish” davlat birlashmasining bosh direktori
A.S. Ibobekov —‎ “Oʻzqurilishmateriallari” konserni raisi
N.X. Karimov —‎ “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi raisining oʻrinbosari
V.Sh. Kamolov —‎ “Oʻzjamoaxoʻjalikqurilish” birlashmasi raisi
T. Nabiyev —‎ “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisi
A.S. Nisnevich —‎ Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari
A.N. Normatov —‎ “Oʻzneftgazqazibolish” davlat-aksionerlik birlashmasi bosh direktori
G.M. Tolmachev —‎ Energetika va elektrlashtirish vazirining birinchi oʻrinbosari
V.M.Tovarovskiy —‎ “Oʻzneftgazqurilish” davlat-aksionerlik birlashmasining bosh direktori
M.Y. Yoqubov —‎ Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari