Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga Qarshi kurashish departamentining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 19-oktabrda 2020-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga , terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
10-son
Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Z. DOʻSANOV
Toshkent sh.,
2009-yil 13-oktabr,
39-son
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 10, 39-sonli qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
QOIDALARI
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-maydagi PF-5446-son “Budjet mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllangan:
benefitsiar mulkdor — pirovard natijada mulk huquqiga ega boʻladigan yoki mijozni aniq nazorat qiladigan jismoniy shaxs, shu jumladan, uning manfaatlari yoʻlida pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinichi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
ichki nazorat — maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlash boʻyicha notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalarining faoliyati;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
identifikatsiyalash — mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida, u topshirgan hujjatlar asosida notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari tomonidan mijozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
mijoz — notarial idora yoki advokatlik tuzilmasiga pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyani amalga oshirish toʻgʻrisida yozma yoki ogʻzaki yoxud elektron shaklda topshiriq (ariza, iltimosnoma) bilan murojaat qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
mijozni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini oʻrganish orqali benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash, shuningdek, mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda oʻrganish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — ichki nazoratni oʻtkazish davomida notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari tomonidan shubhali deb topilgan sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiya — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, ichki nazorat qoidalarini amalga oshirishda notarial idorada yoki advokatlik tuzilmasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va (yoki) ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya;
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
(1-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 15-oktabrdagi 8, 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-3, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2020-3/2061-son — 2019-yil 18-yanvardan kuchga kiradi)
hududiy adliya organlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari;
Oldingi tahrirga qarang.
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;
(1-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish — pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni oʻtkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud koʻchirishni taqiqlash;
ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishini oldini olishga qaratilgan BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalari hamda boshqa xalqaro-huquqiy hujjatlari bilan belgilangan jismoniy yoki yuridik shaxs;
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxs — terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan, terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shuningdek, terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs;
Roʻyxat — terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek, chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati;
operatsiyalarni toʻxtatib turish — mijozning pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni koʻchirish, konversiyalash, oʻzga shaxslarga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek yuridik ahamiyatga ega boʻlgan boshqa harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalari ijrosini toʻxtatib turish;
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy, sud yoki harbiy organida yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarni bajaruvchi va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni sodir etishga vakolatli shaxslar, shuningdek chet davlat korxonalarining yuqori martabali rahbarlari, chet davlatning taniqli siyosatchilari va siyosiy partiyalarining taniqli aʼzolari, shu jumladan sobiq yuqori mansabdor shaxslar;
(1-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslarga yaqin boʻlgan shaxslar — yuqori mansabdor shaxslarga ijtimoiy va kasbiy jihatdan bevosita bogʻliq boʻlgan jismoniy shaxslar;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
uchinchi tomon — Oʻzbekiston Respublikasi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasida koʻrsatilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 12-yanvardagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-5, 13.01.2023-y.) asosan yigirmanchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2023-y., 10/23/2020-5/0029-son)
2. Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari mijozlar uchun yoki ular nomidan operatsiyalar oʻtkazganda quyidagi sohalarda ichki nazoratni amalga oshiradi:
koʻchmas mulkni sotib olish yoki sotish;
mijozning pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlari yoki boshqa mol-mulkini boshqarish;
bank, jamgʻarma hisobvaraqlari yoki qimmatli qogʻozlar hisobvaraqlarini boshqarish;
yuridik shaxslarni tashkil etish, faoliyat koʻrsatish yoki boshqarish uchun mablagʻlar yigʻish;
yuridik shaxslarni tashkil etish, faoliyat koʻrsatish yoki boshqarish hamda korxonalarning oldi-sotdisi;
Oldingi tahrirga qarang.
ijro xatlarini yozish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
3. Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalarini ichki nazorat qilish maqsadlari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga oid tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va ularni kamaytirish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 15-oktabrdagi 8, 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-3, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2020-3/2061-son — 2019-yil 18-yanvardan kuchga kiradi)
notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalarining qasddan yoki qasddan boʻlmagan jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga, shuningdek, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni tayyorlash va amalga oshirishda mazkur Qoidalarga ogʻishmay rioya qilinishini taʼminlash.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
4. Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari ichki nazoratining vazifalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalarga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish choralarini amalga oshirish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularning shaxsini tekshirish boʻyicha mumkin boʻlgan chora-tadbirlar qoʻllash;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 15-oktabrdagi 8, 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-3, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2020-3/2061-son — 2019-yil 18-yanvardan kuchga kiradi)
mazkur Qoidalarning 24-bandida belgilangan mezonlar asosida shubhali operatsiyalarni aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotlarni (hujjatlarni) maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida taqdim etish;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 15-oktabrdagi 8, 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-3, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2020-3/2061-son — 2019-yil 18-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarini toʻxtatib turish va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish hamda toʻxtatib turilgan kunning oʻzida bunday operatsiyalar haqida maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilish;
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida saqlanishini taʼminlash;
(4-bandning sakkizinchii xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam ravishda taʼminlab borish;
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bogʻliq shaxslar (rahbarlar, taʼsischilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro ayirboshlash;
(4-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
soʻrovnomalar boʻyicha mijozlar bazasidan terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan shaxslarni aniqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
notarial idoralari va advokatlik tuzilmalari faoliyatida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va kamaytirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrish.
(4-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin boʻlgan shaxslar amalga oshirayotgan operatsiyalarini chuqur monitoring qilish;
(4-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
Roʻyxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 15-oktabrdagi 8, 43-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-3, 15.10.2018-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2020-3/2061-son — 2019-yil 18-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organining pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻttiz ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish haqidagi koʻrsatmasi ijrosini zudlik bilan taʼminlash choralarini koʻrish.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
II. Ichki nazorat tizimini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun ichki nazoratni tashkil etish maqsadida notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxs tayinlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
6. Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarining ichki nazorat tizimi ularning faoliyat koʻrsatish xususiyatlari, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, mijozlar va ularning operatsiyalari bilan bogʻliq mijozlar bazasi va tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqqan holda tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish, boshqarish, kamaytirish va hujjatlashtirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish tartibini nazarda tutuvchi ichki qoidalarni ishlab chiqishlari kerak.
Ichki qoidalar mazkur Qoidalar va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq boʻlishi hamda aniqlangan tavakkalchiliklar va ularning baholanishidan kelib chiqib tuzilishi kerak.
Ichki qoidalar va ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
7. Davlat notarial idorasida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxs hududiy adliya organining buyrugʻi bilan tayinlanadi.
Ikki va undan ortiq davlat notariusidan tashkil topgan davlat notarial idorasida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxs etib hududiy adliya organining buyrugʻida koʻrsatilgan mazkur notarial idoraning davlat notariusi tayinlanadi.
Agar davlat notarial idorasi bitta davlat notariusidan iborat boʻlsa, ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgarlik mazkur notarius zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
71. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
8. Advokatlik tuzilmasida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxs advokatlik tuzilmasining advokati advokatlik tuzilmasining rahbarining buyrugʻi bilan tayinlanadi. Buyruqning nusxasi shaxsiy maʼlumotlar bilan birga buyruq chiqarilgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida hududiy adliya organiga yuboriladi.
Advokat advokatlik faoliyatini individual tarzda amalga oshirayotgan hollarda (advokatlik byurosi) ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgarlik mazkur advokat zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslar quyidagi vazifalarni bajaradilar:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazorat jarayonini va mijozlarni lozim darajada tekshirishni joriy etishni va amalga oshirishni tashkillashtiradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning uchinichi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
mijozlarning ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalari va xatti-harakatlari toʻgʻrisidagi xabarlarni maxsus vakolatli davlat organiga oʻz vaqtida aloqaning telekommunikatsiya kanallari orqali elektron shaklda yuborilishini, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organining qoʻshimcha axborot taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovlarining bajarilishini taʼminlaydilar;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur Qoidalarni amalga oshirish jarayonining maxfiyligini taʼminlaydilar.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida ichki nazorat tizimini tashkil etish va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda maxsus vakolatli davlat organining vakolatli vakillari tomonidan olib borilgan tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha monitoringni amalga oshiradilar.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 15-oktabrdagi 8, 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-3, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2020-3/2061-son — 2019-yil 18-yanvardan kuchga kiradi)
10. Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslar quyidagilarga haqli:
oʻz tashkilotining rahbarlari va xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan farmoyish beruvchi, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilib olish;
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa koʻchirish, tashkilotning elektron maʼlumotlar bazalari, mahalliy hisoblash tarmoqlari va avtomatlashtirilgan kompyuter tizimlarida saqlanayotgan fayllar va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritish (shu jumladan, mijoz yoki operatsiya toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida oʻtkazilayotgan operatsiyani toʻxtatish boʻyicha).
Qonun hujjatlariga muvofiq ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslar boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
11. Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslar quyidagilarga majburdirlar:
mijozlarni lozim darajada tekshirishni amalga oshirish;
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash choralarini koʻrish;
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiyalar aniqlanganda, belgilangan tartibda maxsus vakolatli davlat organiga yozma yoki aloqaning telekommunikatsiya kanallari orqali elektron shaklda axborot berish;
(11-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
olingan axborotlarning maxfiyligiga rioya qilish;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qoʻshib qoʻyiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmagan, mijozning taʼsis hujjatlarida yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga toʻgʻri kelmaydigan barcha operatsiyalar boʻyicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etish;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) muvofiq yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
identifikatsiyalashni yakunlash imkoni boʻlmaganda yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlar olinganda, mijoz bilan bitim tuzishni rad etish.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) muvofiq sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish boʻyicha oʻz tavakkalchiliklarini aniqlash va baholash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni koʻrish, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlashtirish va ularni kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrish.
(11-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
(11-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
111. Operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar zarurat tugʻilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash va axborotdan maxsus vakolatli davlat organi tomonidan foydalanish mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
(111-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
12. Ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslar bir yilda kamida bir marta hududiy adliya organiga oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydilar va taqdim etadilar.
13. Hududiy adliya organida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslarning roʻyxatini yuritadigan, ularning oʻqishi va malaka oshirishini tashkil etadigan, shuningdek, ular tomonidan taqdim etilgan hisobotlarni umumlashtiradigan va tahlil etadigan xodim tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hududiy adliya organi xodimi ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslarning taqdim etgan hisobotlari boʻyicha tahlil natijalari toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlaydi va bir yilda bir marta Adliya vazirligiga taqdim etadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 12-yanvardagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-5, 13.01.2023-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2023-y., 10/23/2020-5/0029-son)
14. Hududiy adliya organi yarim yilda bir marta hisobot choragidan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay Adliya vazirligiga notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslarning roʻyxatini taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yarim yilda bir marta hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay maxsus vakolatli davlat organiga notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxslarning roʻyxatini taqdim etadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 15-oktabrdagi 8, 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-3, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2020-3/2061-son — 2019-yil 18-yanvardan kuchga kiradi)
III. Mijozlarni lozim darajada tekshirish
Oldingi tahrirga qarang.
16. Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari:
ish munosabatlari oʻrnatilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
olib borilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadlariga aloqador ekanligiga har qanday shubha mavjud boʻlganda;
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
identifikatsiyalash uchun avval olingan maʼlumotlarning asliyligi va ishonchliligiga shubhalar mavjud boʻlganda;
Oldingi tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdoridan ortiq boʻlgan bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi.
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari bitim taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga , terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlganda mijozlarni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarini koʻrishlari lozim.
(16-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
161. Mijozni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:
mijoz haqida qoʻshimcha maʼlumotlar (faoliyat turi, aktivlar miqdori, ochiq maʼlumotlar bazasi orqali olinishi mumkin boʻlgan maʼlumot va boshqalar) olish va mijoz yoki benefitsiar mulkdor boʻyicha maʼlumotlarni yanada tezroq yangilab borish;
mijozdan uning pul mablagʻlari manbalari yoki moliyaviy holatining manbasi haqida maʼlumot olish;
rejalashtirilgan yoki oʻtkazilgan operatsiyalarning sabablari toʻgʻrisida maʼlumotlar olish;
qoʻshimcha tekshirishni talab qiladigan operatsiyalar (bitimlar) xususiyatini aniqlash hamda tekshirishlarning soni va ketma-ketligini oshirish yoʻli bilan ish munosabatlarining kuchaytirilgan monitoringini amalga oshirish.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 19-maydagi 5, 15-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-2, 27.05.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 22-son, 262-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
162. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
tegishli hujjatlar asosida mijozning va u qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish;
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash;
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazish.
Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha yuqorida koʻrsatib oʻtilgan choralarni koʻrish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslarga nisbatan notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar:
yuqori mansabdor shaxsning mavqeyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish va oʻtkazilayotgan operatsiyadagi pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash boʻyicha oqilona choralarni koʻrishi;
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina rahbariyat ruxsati bilan kirishish (yoki mavjud mijozlar uchun davom ettirilishi);
(162-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
amaliy ish munosabatlarini monitoring qilib borishlari lozim.
(162-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 15-oktabrdagi 8, 43-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-3, 15.10.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2020-3/2061-son — 2019-yil 18-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari yuqori mansabdor shaxslarning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin boʻlgan shaxslarga ham mazkur bandda nazarda tutilgan choralarni koʻrishlari shart.
Mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari bunday mijoz bilan hamkorlik munosabatlariga kirishish yoki bunday mijozning operatsiyalarini amalga oshirishdan voz kechishi yoxud u bilan har qanday amaliy ish munosabatlarini toʻxtatishi va bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi lozim.
(162-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
163. Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari mazkur Qoidalarning 162-bandi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan uchinchi tomonlarning tekshirish natijalariga tayanishlari mumkin.
Mazkur hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha soʻnggi javobgarlik notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalarining zimmasida qoladi. Bunda notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari:
mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash maʼlumotlari va boshqa tegishli hujjatlar nusxalarini soʻrov asosida darhol olish imkoniyatiga ega boʻlishiga;
uchinchi tomon mazkur Qoidalar asosida ishlashiga ishonch hosil qilishi kerak.
Mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan talablaridan biriga rioya qilinmagan taqdirda, notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni mustaqil ravishda amalga oshirishlari kerak.
(163-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 12-yanvardagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-5, 13.01.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2023-y., 10/23/2020-5/0029-son)
17. Mijozlarni lozim darajada tekshirish operatsiyalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida olib borilishi lozim.
Benefitsiar mulkdorni belgilash uchun notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari mijoz boshqa shaxsning nomidan ish koʻrayotganligini aniqlashga va undan keyin mijoz kimning nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, uni identifikatsiyalash hamda shaxsini lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda ular tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlardan foydalangan holda ularning operatsiyalarni amalga oshirishga boʻlgan vakolatlari tekshirilishi shart.
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
171. Agar, mavjud mijozning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqasi borligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud boʻlganida va unga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirayotganligi oshkor boʻlishi mumkinligini inobatga olgan holda bunday tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirmasdan maxsus vakolatli davlat organga bir ish kundan kechiktirmay shubhali operatsiya haqida xabar yuborilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 12-yanvardagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-5, 13.01.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2023-y., 10/23/2020-5/0029-son)
18. Mijoz notarial idora yoki advokatlik tuzilmasiga operatsiyalarni amalga oshirish toʻgʻrisida topshiriq (ariza, iltimosnoma) bilan bir yoki bir necha marta murojaat qilganda, notarial idora yoki advokatlik tuzilmasi quyidagilarga majburdirlar:
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur Qoidalar va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq operatsiya boʻyicha mijoz yoki naf oluvchini identifikatsiyalash;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
ushbu mijozning avvalgi hisobot davri (oy, chorak, yarim yil, yil) mobaynida amalga oshirgan operatsiyalarini, agar bunday operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlsa, oʻrganib chiqish;
operatsiya turini hamda uning mijoz — yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida belgilangan maqsad va faoliyat turiga muvofiqlik darajasini aniqlash;
operatsiya turini hamda uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan mijoz-jismoniy shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida belgilangan faoliyat turiga muvofiqlik darajasini aniqlash.
19. Mijoz — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat) asosida amalga oshiriladi. Agar jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa, shuningdek uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi ham oʻrganilishi lozim.
20. Mijoz — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan manzili, rahbarlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tekshirishlari lozim.
Mijoz — yuridik shaxsni yanada batafsilroq oʻrganish uchun:
mijozning taʼsis hujjatlari (roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar bilan) va mijozning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning rasmiylashtirilishiga;
mijozning boshqaruv organlarining tuzilishi va ularning vakolatlariga;
mijozning roʻyxatdan oʻtkazilgan ustav fondining (kapitalining) miqdoriga;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa kerakli maʼlumotlarga alohida eʼtibor berilishi lozim.
(20-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Notarial idora yoki advokatlik tuzilmasi mijoz tomonidan taqdim etilayotgan axborotni:
davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlardan mijoz haqida olingan maʼlumotlardan foydalanish;
mijozning avvalgi notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari bilan oʻzaro munosabatlarini oʻrganish;
mijozning ishchanlik obroʻsi toʻgʻrisidagi axborotni toʻplash orqali tekshirish;
boshqa erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborot manbalari orqali tekshirishga haqlidir.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 12-yanvardagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-5, 13.01.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2023-y., 10/23/2020-5/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
211. Mijozlarni lozim darajada tekshirish natijasida olingan maʼlumotlar ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda hamda mijoz maʼlumotlarida oʻzgarishlar boʻlganda, yiliga kamida bir marotaba yangilanishi lozim.
(211-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 12-yanvardagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-5, 13.01.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2023-y., 10/23/2020-5/0029-son)
22. Yuridik va jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash jarayonida notarial idora yoki advokatlik tuzilmasi benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash boʻyicha, shu jumladan, mijoz mol-mulkining tuzilishini oʻrganish yoʻli bilan, asoslangan va mumkin boʻlgan chora-tadbirlarni qoʻllashi lozim.
23. Notarial idora yoki advokatlik tuzilmasi mijozlar tomonidan identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, ularga operatsiyalarni amalga oshirishda rad javobini berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
III1. Tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash
Oldingi tahrirga qarang.
231. Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarning amalga oshirilishida tavakkalchilik darajasini (bundan buyon matnda — tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va kamaytirish chora-tadbirlarini koʻrishlari shart.
(231-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
Tavakkalchilik darajasi mijoz taqdim etgan axborot asosida, amalga oshiradigan operatsiyalar turlari, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlari, mijozni lozim tarzda tekshirish natijalari hamda boshqa kerakli maʼlumotlarni hisobga olgan holda masʼul xodim tomonidan har yili aniqlanadi va baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari elektron ravishda rasmiylashtirilishi hamda har yili 15-yanvargacha maxsus vakolatli davlat organi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilishi lozim.
(231-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
232. Tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari avvaldan quyidagi mezonlarga ega boʻlgan mijozlarni tegishli deb topish va ularga nisbatan kuchaytirilgan eʼtiborni qaratishlari lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga kiritilgan shaxslar yoxud Roʻyxatga kiritilgan shaxsning nazoratidagi tashkilotlar yoki Roʻyxatga kiritilgan tashkilotning bevosita yoxud bilvosita mulkdori yoki nazorat qiluvchi shaxslar;
(232-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
(232-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
norezidentlar;
joylashgan joyi taʼsis yoki roʻyxatga olish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq boʻlmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
faoliyat davri moliyaviy yilning bir choragidan oshmaydigan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
haqiqiy egasi ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shaxs boʻlgan tashkilotlar;
muntazam ravishda (ketma-ketligi uch oy mobaynida ikki martadan ortiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan mijozlar;
Oldingi tahrirga qarang.
yuqori mansabdor shaxslar, ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin boʻlgan shaxslar;
(232-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
masʼul xodimda asosli shubha uygʻotadigan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar.
233. Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari zarur boʻlganda u bilan ishlash boʻyicha tavakkalchilik darajasini qayta koʻrib chiqishi lozim.
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari barcha murakkab, gʻayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega boʻlmagan operatsiyalarni amalga oshirishning gʻayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan eʼtibor qaratishlari kerak.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot hududiy adliya organlariga taqdim etilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
234. Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak. Bu maqsadlarda notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari:
(234-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 15-oktabrdagi 8, 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-3, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2020-3/2061-son — 2019-yil 18-yanvardan kuchga kiradi)
yangi xizmat turlari va yangi ish amaliyoti ishlab chiqilishi;
yangi va mavjud xizmat turlari uchun yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanilishi sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajalarini aniqlashi va baholashi kerak.
Bunday tavakkalchilikning baholanishi xizmatlarning yangi turlari, yangi ish amaliyotining ishga tushirilishi yoxud yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalarni foydalanishga tushirishdan avval oʻtkazilishi lozim.
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari bunday tavakkalchiliklarni monitoring qilish va ularni kamaytirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrishlari zarur.
(III1-bob Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 19-maydagi 5, 15-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-2, 27.05.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 22-son, 262-modda)
IV. Xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlashning mezonlari va tartibi
24. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya quyidagi hollarda shubhali deb topilishi mumkin:
mijoz tomonidan zarurat tufayli soʻralayotgan, shu jumladan, topshiriq beruvchi (agar mijoz ishonchli vakil sifatida ish yuritayotgan boʻlsa) haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishni sababsiz rad etilishi;
mijozning amalga oshirilayotgan bitimga nisbatan maxfiylik masalalari bilan ortiqcha tashvishlanishi;
mijozning xizmat koʻrsatishning (yuridik yordam) foydaliroq shartlariga nisbatan eʼtiborsiz boʻlishi, shuningdek mijoz tomonidan ayni turdagi xizmatlar koʻrsatishdagi oddiy toʻlovdan farq qiladigan yuqori mukofotning taklif qilinishi;
mijozning operatsiyalari yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega boʻlmaganligi, mijozning taʼsis hujjatlarida yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyati turlariga toʻgʻri kelmasligi;
bitimga mijoz faoliyatiga muvofiq kelmaydigan qoʻshimchalar va oʻzgarishlar kiritilishi;
operatsiyani amalga oshirishda mijoz talabi bilan qilayotgan asoslanmagan shoshma-shosharlik;
mijoz tomonidan avval kelishilgan operatsiyaga (bitimga) bevosita uni amalga oshirilishidan oldin koʻproq, ayniqsa, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk harakati yoʻnalishi taalluqli oʻzgartirishlar kiritilishi;
mijoz haqida maʼlumotning mavjud emasligi, shuningdek, koʻrsatilgan bogʻlanish maʼlumotlari, xususan, pochta va elektron manzili, telefon raqamlari va elektron kanal maʼlumotlari boʻyicha mijoz bilan aloqa oʻrnatish imkoniyatining yoʻqligi;
maʼlumotlar va hujjatlar taqdim etilishini mijoz tomonidan asossiz kechiktirilishi yoki mijoz tomonidan tekshirib boʻlmaydigan maʼlumotni taqdim etilishi;
mijoz tomonidan bitim ishtirokchilari haqida bila turib yolgʻon axborot va maʼlumotlarning taqdim etilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 19-maydagi 5, 15-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-2, 27.05.2014-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 22-son, 262-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
amalga oshirish maqsadi qonunchilik hujjatlari bilan oʻrnatilgan nazorat jarayonlaridan bosh tortish deyishga asos boʻladigan operatsiyalar yoki bitishuvlarning koʻp marotaba yuritilganligining aniqlanishi;
(24-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni boʻlmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga koʻra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini oʻrnatish maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatib turadigan maʼlumotlarning olinishi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 24-sentabrdagi 15, 19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-1, 04.10.2010-y.) muvofiq oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan— OʻR QHT, 2010-y., 40-41-son, 348-modda)
25. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan oʻrnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda oʻtkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek, mijoz shaxsi, uning obroʻsi, ishga oid munosabatlarning xususiyati, bitimning asoslari, maqsadlari, hajmi va turi, uni amalga oshirish usuli bilan hamda shubhali operatsiyani toʻgʻri aniqlash uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bogʻliq ravishda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari operatsiyalarni amalga oshirishda ularning ishtirokchilari identifikatsiya maʼlumotlarini Roʻyxat bilan solishtirishlari shart.
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan toʻxtatilishi lozim, agarda:
mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya maʼlumotlari Roʻyxatga kiritilgan shaxsning maʼlumotlari bilan toʻliq mos kelsa;
operatsiya qatnashchilaridan biri Roʻyxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirigʻiga binoan faoliyat koʻrsatayotgan boʻlsa;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk toʻliq yoki qisman Roʻyxatga kiritilgan shaxsga tegishli boʻlsa;
operatsiya qatnashchisi boʻlgan yuridik shaxs Roʻyxatga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mulkida yoki nazorat ostida boʻlsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga kiritilgan shaxsning operatsiyasi toʻxtatib turilganda va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyilganda Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mulkning miqdori koʻrsatilgan holda bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya toʻgʻrisida uch soat ichida xabar yuborishlari lozim.
(26-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 12-yanvardagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-5, 13.01.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2023-y., 10/23/2020-5/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari toʻxtatilgan operatsiyani oʻtkazishni tiklashni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3327, 2021-yil 19-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiradi.
(26-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 12-yanvardagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-5, 13.01.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2023-y., 10/23/2020-5/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
261. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa, bunday operatsiya maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi kerak.
(261-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
27. Mijozning operatsiyasi shubhali deb topilgandan soʻng, ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxs mijozga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar haqida qaror qabul qiladi, jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiya toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berish haqida;
(27-bandning ikkinchii xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 15-oktabrdagi 8, 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-3, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2020-3/2061-son — 2019-yil 18-yanvardan kuchga kiradi)
mijoz bilan operatsiya oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratish haqida;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlari yoki u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mijoz bilan munosabatlarni toʻxtatish haqida.
(27-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Shubhali operatsiyalar haqidagi maʼlumotlar notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari tomonidan maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiyalar deb topilgan paytdan eʼtiboran bir ish kundan kechiktirmay beriladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 15-oktabrdagi 8, 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-3, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2020-3/2061-son — 2019-yil 18-yanvardan kuchga kiradi)
Shubhali operatsiyalarga taalluqli har bir maʼlumot haqida axborot notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalarining ichki nazorat qoidalariga rioya etilishi uchun javobgar shaxs tomonidan qogʻoz va/yoki elektron koʻrinishda yuritiladigan maxsus jurnallarga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari ham tegishli operatsiyadan shubhani tasdiqlovchi yoki shubhani olib tashlovchi har qanday maʼlumotni maxsus vakolatli davlat organiga darhol xabar berishlari zarur.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 15-oktabrdagi 8, 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-3, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2020-3/2061-son — 2019-yil 18-yanvardan kuchga kiradi)
V. Ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan axborot va hujjatlarni rasmiylashtirish, topshirish, saqlash, maxfiyligini taʼminlash tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
30. Maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar boʻyicha qonunchilik hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq quyidagilar rasmiylashtiriladi:
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
operatsiyaning turi va uni amalga oshirish asosi;
operatsiyani amalga oshirish sanasi va summasi;
operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxsni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
topshirigʻiga koʻra yoki nomidan operatsiyani bajarayotgan jismoniy va yuridik shaxsni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
operatsiyani amalga oshirayotgan jismoniy shaxs (ishonchli vakili) yoki yuridik shaxsning vakilini identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha oluvchini va uning vakilini identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Maxsus vakolatli davlat organiga axborot taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq mazkur Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan shakl boʻyicha amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 12-yanvardagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-5, 13.01.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2023-y., 10/23/2020-5/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar haqidagi maʼlumotni, shuningdek mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalangan materiallar va maʼlumotlarni shu jumladan ish yozishmalarini, har qanday tahlil natijalarini qonunchilik hujjatlarida oʻrnatilgan, lekin operatsiyalar amalga oshirilgan yoki mijozlar bilan munosabatlar toʻxtatilgandan keyin besh yildan kam boʻlmagan muddatlar davomida saqlashlari zarur.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 12-yanvardagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-5, 13.01.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2023-y., 10/23/2020-5/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotga kirish imkoniyatini cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini taʼminlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ularning operatsiyalari haqida maxsus vakolatli davlat organiga maʼlumot berilganligi toʻgʻrisida axborot berish huquqiga ega emaslar.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
Notarial idoralar yoki advokatlik tuzilmalari xodimlarining ichki nazorat boʻyicha vazifalarini bajarish jarayonida olgan axborotni oshkor etmasligini (yoki shaxsiy maqsadlarda, yo uchinchi shaxslar manfaatlari yoʻlida foydalanmasliklarini) taʼminlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
331. Masʼul xodimning faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlar (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va maxsus vakolatli davlat organi bilan yozishmalar, shu jumladan yuborilgan xabarlarning qogʻozdagi va elektron nusxalari, mijozlarning qogʻozdagi va elektron anketalari, jurnallar va boshqalar)dan foydalanilishini cheklash maqsadida, bunday hujjatlar va ularning roʻyxati bevosita maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda ushbu xodim tomonidan saqlanishi lozim.
(331-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 15-oktabrdagi 8, 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-3, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2020-3/2061-son — 2019-yil 18-yanvardan kuchga kiradi)
332. Hujjatlarning elektron shakllari dasturiy usulda arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi uskunalarga yozib qoʻyilishi hamda masʼul xodim tomonidan ularning roʻyxati bilan birgalikda yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi zarur.
(331 va 332-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2014-yil 19-maydagi 5, 15-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-2, 27.05.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 22-son, 262-modda)
VI. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
34. Notarial idoralari va advokatlik tuzilmalari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat qilish Adliya vazirligi tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2018-yil 15-oktabrdagi 8, 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-3, 15.10.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2020-3/2061-son — 2019-yil 18-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi ustidan monitoring va nazorat axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalangan holda hamda monitoring va nazoratni amalga oshirish jarayonida aniqlangan xavf-xatardan kelib chiqib, mutaxassislarni jalb qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
341. Mazkur Qoidalar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni tartibga soluvchi boshqa hujjatlar notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarining barcha xodimlariga yetkazilishi lozim.
(341-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
342. Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalari ichki va tashqi vaziyatlar oʻzgarishini inobatga olgan holda ichki nazorat tizimi samaradorligini doimiy ravishda monitoring qiladi va baholab boradi, shuningdek ish samaradorligini taʼminlash uchun zaruratga qarab uni mustahkamlaydi.
(342-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2021-yil 14-iyundagi 13-sonli va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 10-iyundagi 19-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-4, 14.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek, mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
36. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
Advokatlar palatasi raisi T. SAYIDOV
2009-yil 12-oktabr
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
1-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 12-yanvardagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 7-yanvardagi 1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2020-5, 13.01.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2023-y., 10/23/2020-5/0029-son)
Shubhali operatsiya haqidagi xabarning shakli
Oldingi tahrirga qarang.
Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
2-ILOVA
Mijoz — yuridik shaxsni va uning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalashda zarur boʻlgan
MAʼLUMOT
1. Toʻliq, shuningdek agar davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, qisqartirilgan nomi.
2. Davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot: sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi.
3. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami.
4. Joylashgan joyi (pochta manzili).
5. Davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlar.
6. Mavjud boʻlgan litsenziyalar yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar (berilgan sanasi va tartib raqami, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati) yoxud xabarnoma qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma (berilgan sanasi va tartib raqami, kim tomonidan berilganligi) haqidagi maʼlumotlar.
7. Mijoz nomidan ish koʻruvchi jismoniy shaxsning identifikatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
8. Mijozning taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda ularning ustav fondi (kapitali)dagi ulushlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
9. Roʻyxatga olingan va toʻlangan ustav fondi (kapitali) miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
10. Mijozning boshqaruv organlari (yuridik shaxsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
11. Bogʻlanish maʼlumotlari (telefon raqami, elektron pochta, veb-sayt (agar mavjud boʻlsa).
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 12-yanvardagi 1-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2023-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2020-5, 13.01.2023-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2023-y., 10/23/2020-5/0029-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 43-son, 461-modda; 2010-y., 40-41-son, 348-modda; 2014-y., 22-son, 262-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 10/18/2020-3/2061-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2020-4/0554-son; 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 16.01.2023-y., 10/23/2020-5/0029-son)