Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini samarali amalga oshirishni taʼminlash va qimmatli qogʻozlar bozori professional qatnashchilarining moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 2009-yil 1-yanvardan boshlab qimmatli qogʻozlar bozori professional qatnashchilari oʻz mablagʻlarining eng kam miqdorini 1-ilovaga muvofiq belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatayotgan professional qatnashchilari 2010-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda oʻz mablagʻlari miqdorining ushbu band talablariga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
2. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish Yagona davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashtirish va muomalaga chiqarishga ruxsat berish va ular boʻyicha kvotalar belgilash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 29-dekabr,
284-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 284-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qogʻozlar bozori professional qatnashchilari oʻz mablagʻlarining eng kam miqdori*

(mln. soʻm)

Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari

Oʻz mablagʻlarining eng kam miqdori

Investitsiya maslahatchilari

50

Transfer-agentlar

100

Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari

250

Investitsiya vositachilari

250

Qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari savdolari tashkilotchilari

1 000

* Investitsiya fondlari oʻz mablagʻlarining eng kam miqdori belgilanmaydi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095)
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 284-son qaroriga
2-ILOVA
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish Yagona davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish Yagona davlat reyestrini (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb yuritiladi) yuritish va undagi maʼlumotlarni foydalanuvchilarga taqdim etish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari emissiyaviy qimmatli qogʻozlarga tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Reyestr qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha davlat vakolatli organi — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ) tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 323-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son)
3. Reyestrda:
1) davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan amalga oshirilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarishlar (qoʻshimcha chiqarishlar) toʻgʻrisidagi;
2) “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilmaydigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarishlar (qoʻshimcha chiqarishlar) toʻgʻrisidagi;
3) bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ yoki davlat qimmatli qogʻozlar emitentlari tomonidan qabul qilingan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni qoʻshimcha chiqarishlarning bekor qilingan roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqamlari (identifikatsiya tartib raqamlari) toʻgʻrisidagi axborotlar mavjud boʻlishi kerak.
4. Reyestr elektron shaklda (maʼlumotlarning elektron bazasidan foydalangan holda) va qogʻozli manbada yuritiladi.
II. Reyestrdagi mavjud maʼlumotlar
5. Reyestrda emitent va uning tomonidan chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisida quyidagi maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
1) emitentning uning taʼsis hujjatlariga muvofiq toʻliq va qisqartirilgan nomi;
2) emitentning tashkiliy-huquqiy shakli;
3) yuridik shaxslarning davlat reyestriga emitentni tashkil etish toʻgʻrisida yozuv kiritilgan davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartib raqami va bunday yozuv kiritilgan sana;
4) emitentning soliq toʻlovchining identifikatsiya tartib raqami (STIR);
5) emitentning joylashgan joyi (pochta manzili), emitentning xat-xabarlarni olish uchun boshqa manzillari mavjud boʻlgan taqdirda — ushbu manzillar, shu jumladan elektron pochta manzili va veb-sayt ham koʻrsatiladi;
6) emitentning roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan beriladigan yagona kodi;
7) emitentni tugatish yoki qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
8) emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish (qoʻshimcha chiqarish)ga berilgan davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartib raqami va uning berilgan sanasi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning nomi, davlat qimmatli qogʻozlari holatida esa bunday qimmatli qogʻozlar chiqarish (qoʻshimcha chiqarish)ning roʻyxatdan oʻtkazish (identifikatsiya) tartib raqami va uning berilgan sanasi, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish (identifikatsiya) tartib raqami bergan organning nomi;
9) emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning toifasi (turi, tipi), seriyasi, shakli va boshqa identifikatsiya belgilari;
(5-bandning 1) — 9)-kichik bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda)
10) ushbu chiqarish (qoʻshimcha chiqarish)ning emissiyaviy qimmatli qogʻozlari soni;
11) ushbu chiqarish (qoʻshimcha chiqarish)ning har bir emissiyaviy qimmatli qogʻozining nominal qiymati;
12) nominal qiymat boʻyicha emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarishning (qoʻshimcha chiqarishning) umumiy hajmi;
13) ushbu chiqarishning (qoʻshimcha chiqarishning) emissiyaviy qimmatli qogʻozlari holati;
14) emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni joylashtirish usuli.
III. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har oy tugagandan keyin oʻn kun mobaynida uning tomonidan chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar boʻyicha axborotni ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha shakllantiradi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki har oy tugagandan keyin oʻn kun mobaynida uning tomonidan chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar boʻyicha axborotni ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha shakllantiradi va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taqdim etadi.
8. Ushbu Nizomning 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga yozma va elektron shakllarda taqdim etiladi.
Elektron shakldagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ taqdim qilgan elektron pochta manziliga yozma shaklda yuboriladi.
9. Ushbu Nizomning 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni taqdim etish sanasi ish kunidan boshqa kunga toʻgʻri kelgan hollarda taqdim etish sanasi undan keyingi birinchi ish kuniga koʻchiriladi.
10. Taqdim etilgan maʼlumotlarda nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankini aniqlangan nomuvofiqliklar toʻgʻrisida xabardor qiladi, ular nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun belgilangan tartibda zarur chora-tadbirlar koʻradilar.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning oʻzaro hamkorligi bepul asosda amalga oshiriladi. Bunda taqdim etiladigan axborotdan faqat ushbu Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalaniladi.
IV. Yozuvlarni Reyestrga kiritish
12. Quyidagilar Reyestrga tegishli yozuvlarni kiritish uchun asos hisoblanadi:
1) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning:
emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish (qoʻshimcha chiqarish)ni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi;
ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish (qoʻshimcha chiqarish)ga oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi;
emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarishni Reyestrdan chiqarish va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish (qoʻshimcha chiqarish)ga ilgari berilgan davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartib raqamini bekor qilish toʻgʻrisidagi;
Reyestrdagi mavjud maʼlumotlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qarori;
2) sudning:
emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish (qoʻshimcha chiqarish)ni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi;
emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish (qoʻshimcha chiqarish)ning davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartib raqamini haqiqiy emas deb eʼtirof etish, ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish (qoʻshimcha chiqarish)ga oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi;
emissiyaviy qimmatli qogʻozlar emitentini va/yoki obligatsiyalar boʻyicha taʼminlashni taqdim etgan shaxsni bankrot deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori;
Oldingi tahrirga qarang.
3) qonunchilikda belgilangan boshqa hollar.
(12-bandning 3-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Reyestrga yozuv roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan oʻzgartirishlar kiritish uchun asoslar paydo boʻlgandan keyin uch ish kuni mobaynida kiritiladi.
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ davlat roʻyxatidan oʻtkazish organining yuridik shaxslarning davlat reyestriga yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisidagi yozuvni kiritish haqidagi yozma tasdiqnomasi asosida qimmatli qogʻozlar chiqarishni Reyestrdan chiqarib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 22-maydagi 140-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 230-modda)
V. Reyestrdan axborotlar taqdim etish
14. Reyestrdagi mavjud axborotlar har qanday manfaatdor shaxs uchun ochiq hisoblanadi va mazkur shaxs ulardan foydalana oladi.
Reyestrdagi mavjud axborotdan foydalanish roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning Internet tarmogʻidagi saytiga ushbu axborotni joylashtirish orqali amalga oshiriladi, u Reyestrga tegishli maʼlumotlarni kiritilishiga qarab muntazam ravishda yangilab boriladi.
15. Reyestrdagi mavjud axborot emissiyaviy qimmatli qogʻozlar emitenti (uning huquqiy vorisi) va boshqa jismoniy hamda yuridik shaxslar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining yozma soʻrovnomasiga binoan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan, ushbu Nizomga 3, 3a, 3b-ilovalardagi namunaga muvofiq, Reyestrdan koʻchirma shaklida yoki soʻralayotgan axborotning mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma shaklida taqdim etiladi.
16. Reyestrdan koʻchirma (soʻralayotgan axborotning mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma) roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan shaxslarga tegishli soʻrovnoma olingandan keyin besh ish kuni mobaynida beriladi (yuboriladi).
Oldingi tahrirga qarang.
17. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ soʻrovnoma boʻyicha Reyestrdan koʻchirmani ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilganlardan boshqa hollarda toʻlov asosida beradi. Reyestrdan koʻchirma berilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdoridagi toʻlov roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Reyestrdan koʻchirma davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga bepul beriladi.
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish Yagona davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisida

maʼlumotlar

T/r‎ Koʻrsatkich nomi‎ Koʻrsatkich mazmuni‎

1.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozning toʻliq va qisqartirilgan nomi‎

2.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish uchun asoslar‎

3.‎

Roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami‎

4.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarishning umumiy hajmi (soʻm)‎

5.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarishning umumiy soni (ta)‎

6.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻoz nominali (soʻm)‎

7.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning muomalada boʻlish muddati (oy)‎

8.‎

Kimoshdi savdosi oʻtkazish sanasi (yil, sana, oy)‎

9.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni qaytarish sanasi (yil, sana, oy)‎

10.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning foiz stavkasi‎

11.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish shakli (hujjatlar asosida va/yoki hujjatlarsiz)‎

12.‎

Boshqa maʼlumotlar‎


‎‎_______________________________________________________________

‎‎(Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi masʼul shaxsining lavozimi)

_____________________ ‎‎____________________________________________

(imzo)

‎‎(F.I.O.)

M.Oʻ.‎
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish Yagona davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisida

‎maʼlumotlar

T/r‎ Koʻrsatkich nomi‎ Koʻrsatkich mazmuni‎

1.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozning toʻliq va qisqartirilgan nomi‎

2.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish uchun asoslar‎

3.‎

Identifikatsiya tartib raqami‎

4.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarishning umumiy hajmi (soʻm)‎

5.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarishning umumiy soni (ta)‎

6.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻoz nominali (soʻm)‎

7.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning muomalada boʻlish muddati (oylar)‎

8.‎

Kim oshdi savdosi oʻtkazish sanasi (yil, sana, oy)‎

9.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni qaytarish sanasi (yil, sana, oy)‎

10.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar foiz stavkasi‎

11.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish shakli (hujjatlar asosida va/yoki hujjatlarsiz)‎

12.‎

Boshqa maʼlumotlar‎


‎‎‎______________________________________________________________

‎‎(Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki masʼul shaxsining lavozimi)

_____________________ ‎‎____________________________________________

(imzo) ‎

(F.I.O.)

M.Oʻ.‎
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish Yagona davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA

Emitentlar tomonidan chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish Yagona davlat reyestridan

koʻchirma

‎‎Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar reyestridan ushbu koʻchirma tuzilgan holat sanasi
‎‎Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar reyestridan koʻchirma bergan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ nomi

I. Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar emitenti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1.1‎

Toʻliq firma nomi‎

1.2‎

Qisqartirilgan firma nomi‎

1.3‎

Tashkiliy-huquqiy shakli‎

1.4‎

Soliq toʻlovchining indentifikatsiya tartib raqami ‎

1.5‎

Joylashgan joyi (pochta manzili)‎

1.6‎

Xat-xabarlar olish uchun boshqa manzillar‎

1.7‎

Emitentning roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan berilgan yagona kodi‎

II. Aksiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar*

2.1‎

Chiqarishning (qoʻshimcha chiqarishning) roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami (identifikatsiya tartib raqami) va uning berilgan sanasi‎

2.2‎

Imtiyozli nomli aksiyalarning umumiy soni (ta)‎

2.3‎

Oddiy nomli aksiyalarning umumiy soni (ta)‎

2.4‎

Nominal qiymati (soʻm)‎

2.5‎

Chiqarishning umumiy hajmi (nominal qiymati boʻyicha, soʻm)‎

‎‎III. Korporativ obligatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar*

3.1‎

Chiqarishning (qoʻshimcha chiqarishning) roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami (identifikatsiya tartib raqami) va uning berilgan sanasi‎

3.2‎

Obligatsiyalarning umumiy soni (ta)‎

3.2.1‎

Obligatsiyalar turi**‎

3.3‎

Nominal qiymati (soʻm)‎

3.4‎

Chiqarishning umumiy hajmi (nominal qiymati boʻyicha, soʻm)‎

3.5‎

Obligatsiyalarning muomalada boʻlish muddati‎

3.6‎

Obligatsiyalarni qaytarish sanasi‎

3.7‎

Obligatsiyalar boʻyicha foiz stavkasi‎

‎‎IV. Emitent opsionlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

4.1‎

Chiqarishning (qoʻshimcha chiqarishning) roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami‎

4.2‎

Koʻrsatkich nomi‎ Koʻrsatkich mazmuni (miqdori) ‎

‎‎V. Qimmatli qogʻozlar yuzasidan fyucherslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

5.1‎

Chiqarishning (qoʻshimcha chiqarishning) roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami‎

5.2‎

Koʻrsatkich nomi‎ Koʻrsatkich mazmuni (miqdori) ‎


‎‎‎_____________________________________________________________

‎‎(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul shaxsining lavozimi)

_____________________ ‎‎____________________________________________

‎(imzo)

(F.I.O.)‎‎

M.Oʻ.‎
* Maʼlumotlar har bir chiqarish boʻyicha alohida toʻldiriladi.
** Maʼlumotlar har bir tur boʻyicha alohida toʻldiriladi.
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish Yagona davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
3a-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish Yagona davlat reyestridan

koʻchirma

‎‎Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar reyestridan ushbu koʻchirma tuzilgan holat sanasi
‎‎Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar reyestridan koʻchirma bergan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ nomi

‎‎Moliya vazirligi tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozning toʻliq va qisqartirilgan nomi‎

2.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish uchun asoslar‎

3.‎

Roʻyxatdan oʻtkazish tartib raqami ‎

4.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarishning umumiy hajmi (soʻm)‎

5.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarishning umumiy soni (ta)‎

6.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻoz nominali (soʻm)‎

7.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning muomalada boʻlish muddati (oylar)‎

8.‎

Kim oshdi savdosi oʻtkazish sanasi (yil, sana, oy)‎

9.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni qaytarish sanasi (yil, sana, oy)‎

10.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar foiz stavkasi‎

11.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish shakli (hujjatlar asosida va/yoki hujjatlarsiz)‎

12.‎

Boshqa maʼlumotlar‎


‎‎‎______________________________________________________________

‎‎(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul shaxsining lavozimi)

_____________________ ‎‎____________________________________________

(imzo)‎

(F.I.O.)‎‎

M.Oʻ.‎
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish Yagona davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
3b-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish Yagona davlat reyestridan

koʻchirma

‎Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar reyestridan ushbu koʻchirma tuzilgan holatdagi sanasi
‎‎Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar reyestridan koʻchirma bergan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ nomi

‎Markaziy bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozning toʻliq va qisqartirilgan nomi‎

2.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish uchun asoslar‎

3.‎

Identifikatsiya tartib raqami ‎

4.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarishning umumiy hajmi (soʻm)‎

5.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarishning umumiy soni (ta)‎

6.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻoz nominali (soʻm)‎

7.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning muomalada boʻlish muddati (oylar)‎

8.‎

Kim oshdi savdosi oʻtkazish sanasi (yil, sana, oy)‎

9.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni qaytarish sanasi (yil, sana, oy)‎

10.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar foiz stavkasi‎

11.‎

Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni chiqarish shakli (hujjatlar asosida va/yoki hujjatlarsiz)‎

12.‎

Boshqa maʼlumotlar‎


‎‎‎______________________________________________________________

‎(roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ masʼul shaxsining lavozimi)

_____________________ ‎‎____________________________________________

(imzo)‎

‎‎(F.I.O.)

M.Oʻ.‎
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 523-modda; 2012-y., 21-son, 230-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2015-y., 39-son, 507-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2017-y., 09/17/810/0095, 22.08.2019-y., 09/19/704/3608-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son)