|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.04.2011
|
OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
POChTA ALOQASI XIZMATLARINI KOʻRSATISh QOIDALARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 16-avgustda 1256-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu sonli “Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2219, 18.04.2011-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Pochta toʻlovlari xizmatlari toʻgʻrisidagi Bitimga (Buxarest, 2004-yil 5-oktabr) qoʻshilishi haqida”gi Qonunini amalga oshirish maqsadida, buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2003-yil 3-iyundagi 151-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalariga (roʻyxat raqami 1256, 2003-yil 16-iyulda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari meʼyoriy hujjatlarining axborotnomasi, 2003-y., 13-14-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin (ilova qilinadi).
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan oʻn kun oʻtgandan keyin amalga kiritilsin.
3. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish Agentlik Bosh direktorining oʻrinbosari A.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2008-yil 17-iyul,
210-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 340-modda)