Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 30.01.2019
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
QARORI
OLIB ChIQILADIGAN TOVARLARNING BOJXONA QIYMATI DEKLARATSIYASINI TOʻLDIRISh BOʻYIChA YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 5-mayda 1803-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 15-yanvardagi 01-02/15-3-sonli “Olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1803-2, 29.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash va deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 9-sentabrdagi 198-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 37-38-son, 389-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 21-aprel,
01-02/19-34-son
Davlat bojxona qoʻmitasining 2008-yil 21-apreldagi 01-02/19-34-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish boʻyicha
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash va deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 9-sentabrdagi 198-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 37-38-son, 389-modda) muvofiq olib chiqilayotgan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini (bundan keyin BQD deb yuritiladi) toʻldirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash, bojxona toʻlovlarini hisoblash, deklarant tomonidan koʻrsatilgan bojxona qiymatini nazorat qilish va bojxona organlari tomonidan bojxona statistikasini yuritish maqsadida qoʻllaniladi.
2. Tovarni eksportga sotishda uning “DAF — Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi” (DAF — “delivered at frontier”) shartlariga keltirilgan qiymati olib chiqilayotgan tovarning bojxona qiymati hisoblanadi.
3. BQD tegishli bojxona yuk deklaratsiyasining (bundan keyin BYuD deb yuritiladi) ilovasi boʻlib, usiz haqiqiy hisoblanmaydi. BQD ushbu Yoʻriqnomaning 5-bandida keltirilgan holatlardan tashqari Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan barcha tovarlar uchun toʻldiriladi va tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirayotgan bojxona organiga BYuD bilan bir vaqtda taqdim etiladi.
BQD BYuDning shakliga muvofiq elektron yoki qogʻoz shaklida taqdim qilinadi. BQD qogʻoz shaklida taqdim qilingan taqdirda u bilan birga uning elektron nusxasi ham taqdim qilinadi.
BQDning elektron shakli (elektron nusxasi) bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 7-fevraldagi 01-02/19-09-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1803-1, 17.02.2015-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 7-son, 83-modda)
II. BQD va uni toʻldirish tartibi
BQDning qogʻoz shakli olti nusxada rasmiylashtiriladi. Bunda:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 7-fevraldagi 01-02/19-09-sonli qarori (roʻyxat raqami 1803-1, 17.02.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 7-son, 83-modda)
a) birinchi nusxa — bojxona organi hujjatlarida saqlanadi;
b) ikkinchi nusxa — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi statistik hisoboti uchun;
v) uchinchi nusxa — deklarantga qaytarib beriladi;
g) toʻrtinchi nusxa — bojxona toʻlovlari hisobotini yurituvchi bojxona organi uchun;
d) beshinchi nusxa — tovarlarni olib chiqishda tovar yuk hujjatlari bilan birga tovar qabul qiluvchi davlatga yuboriladi.
e) oltinchi nusxa — tovar eksport qiluvchi uchun.
5. BQD quyidagi holatlarda toʻldirilmaydi:
olib chiqilayotgan tovarlar toʻplamining bojxona qiymati 1000 AQSh dollariga teng qiymatdan oshmasa (tijorat maqsadida olib chiqilayotgan tovarlar bundan mustasno);
jismoniy shaxslar tomonidan ularning yashash joyi oʻzgargan taqdirda shaxsiy (xoʻjalik) mol-mulklari hisoblangan tovarlar olib chiqilganda (shaxsning oldingi yashash joyidan hisobdan chiqarilganligini tasdiqlovchi belgi mavjud boʻlganda);
uzoq muddatli xizmat safariga ketayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsiy mulklari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan boshqa davlatlar fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirgan shaxsiy mulklari olib chiqilganda;
tijorat faoliyati uchun moʻljallanmagan namunalar, reklama materiallari, gumanitar yordam shaklidagi tovarlar va boshqa tovarlar olib chiqilganda.
6. BQD ushbu Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq BQD-1 shaklida yoki Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq BQD-2 shaklida toʻldiriladi.
Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymati quyidagi asoslarda belgilanayotgan holatlarda BQD-1 shakli toʻldiriladi:
a) olib chiqilayotgan tovarning oldi-sotdi bitimi qiymati boʻyicha;
b) olib chiqilayotgan tovarning ishlab chiqarilishi va sotilishi bilan bogʻliq xarajatlar aks etgan sotuvchi-eksport qiluvchining buxgalteriya hisobi maʼlumoti boʻyicha;
v) olib chiqilayotgan tovarni balansga kirim qilish va chiqarish toʻgʻrisidagi buxgalteriya maʼlumotlari boʻyicha.
Boshqa holatlarda BQD BQD-2 shaklida toʻldiriladi.
7. BQD-1 va BQD-2 shakllarining har biri 2 ta asosiy varaqlardan iborat: birinchi (old) va bojxona qiymati va uning elementlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladigan ikkinchi varaq. BQD-1 va BQD-2 shakldagi deklaratsiyalar (asosiy varaqlar) bittadan uchta turgacha boʻlgan tovarlar uchun toʻldiriladi. Uchta turdan koʻp tovarlar uchun qoʻshimcha varaqlardan foydalaniladi va bu varaqlar ham oʻz navbatida bittadan uchta turgacha boʻlgan tovarlar uchun toʻldiriladi.
BQD-1 va BQD-2 shakl deklaratsiyasining old varagʻida koʻrsatilgan barcha maʼlumotlar qoʻshimcha varaqlarda koʻrsatilgan tovarlarga butunlay taalluqli boʻlsa, qoʻshimcha varaqlardan foydalanish mumkin. Qoʻshimcha varaqlar sifatida BQD-1 va BQD-2 shakllarining ikkinchi varaqlaridan foydalaniladi.
8. BQD va uning qoʻshimcha varaqlari kompyuter yoki yozuv mashinasida davlat yoxud rus tillarida toʻldiriladi.
9. BQD yoki qoʻshimcha varaqlarda oʻchirib toʻgʻrilash va ustidan tuzatishlar boʻlmasligi lozim. Deklarant tomonidan kiritilgan barcha tuzatishlar faqat deklarant tomonidan yozuvlarni oʻchirish va kerakli maʼlumotlarni koʻk yoki qora sharikli ruchka bilan ustidan yozish orqali amalga oshiriladi. Har qanday tuzatishlar deklarant jismoniy shaxs boʻlsa, uning imzosi bilan, deklarant yuridik shaxs boʻlsa, masʼul xodimining imzosi va muhri bilan tasdiqlanishi lozim.
Tushunarsiz holda, tuzatishlar va deklarant tomonidan tasdiqlanmagan oʻzgartirishlar bilan toʻldirilgan BQD bojxona organlari tomonidan qabul qilinmaydi. BQDning (BQD-1 va BQD-2 shakllari) har bir varagʻi deklarantning imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
§ 1. BQD-1 shaklini toʻldirish tartibi
10. Deklarant tomonidan quyidagi ustunlar toʻldiriladi: 1(a), 1(b), 2, 3, 4(a), 4(b), 5, 6(a), 6(b), 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13(a), 13(b), 13(v), 14, 15(a), 15(b), 15(v), 16(a), 16(b), 16(v), 16(g), 17, 18, 19(a), 19(b), 19(v), 19(g), 19(d), 19(e), 19(j), 19(z), 20, 21, 22, 23, 24.
11. 1(a)-“Sotuvchi” ustunida eksport qiluvchining nomi va yuridik manzili koʻrsatiladi. Agar tovar joʻnatuvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlsa, korxona va tashkilotlarning umumdavlat tasniflagichi boʻyicha kodi (KTUT) (yuridik shaxslar uchun) yoki soliq toʻlovchining identifikatsion raqami (STIR) (jismoniy shaxslar uchun) koʻrsatilishi lozim.
1(b)-“Deklarant” ustunida tovarni deklaratsiyalovchi va taqdim etuvchi yuridik shaxsning nomi, pochta manzili hamda KTUT boʻyicha kodi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, sharifi, pochta manzili va STIR koʻrsatiladi. Agar sotuvchi deklarant boʻlsa, 1(b)-ustunga “1(a)-ustuniga qarang” yozuvi bilan havola qilinadi. BQDning elektron shaklida (elektron nusxasida) bunday havola qilinmaydi va barcha maʼlumotlar BQDning tegishli ustunlarida toʻliq koʻrsatiladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 7-fevraldagi 01-02/19-09-sonli qarori (roʻyxat raqami 1803-1, 17.02.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 7-son, 83-modda)
2-“Sotib oluvchi” ustunida tovarni sotib oluvchi import qiluvchining nomi (familiyasi, ismi, sharifi) va pochta manzili koʻrsatiladi.
3-“Etkazib berish sharti” ustunida tovar yetkazib berish shartining harflarda qisqartirilgan nomi (Inkoterms 2000 asosida) va geografik joy nomi koʻrsatiladi. Masalan: DAF — Saragʻoch stansiyasi va h. k.
4(a)-“Hisob-faktura yoki boshqa hujjatning raqami va sanasi” ustunida tovar olib chiqish uchun asos boʻlgan hisob-faktura (invoys) yoki boshqa hujjatning raqami va sanasi koʻrsatiladi.
4(b)-“Shartnoma raqami va sanasi” ustunida tovarni olib chiqish uchun tuzilgan shartnomaning (bitim, kelishuv), shuningdek, shartnoma qoʻshimchasining (agar shartnoma qoʻshimchalari mavjud boʻlsa) raqami va sanasi koʻrsatiladi.
5-“Qoʻshimcha varaqlar soni” ustunida BQD-1 shakliga ilova qilingan qoʻshimcha varaqlar soni koʻrsatiladi.
6(a), 6(b), 7, 8, 9, 10-ustunlardagi kerakli javob “X” belgisi (“Ha” yoki “Yoʻq”) bilan belgilanadi.
8, 9, va 10-ustunlarda agar javob “Ha” boʻlsa, batafsil yoritiladi, yaʼni mazkur shartning mazmuni keltiriladi.
11-“Deklaratsiya imzolagan shaxs” ustunida 1(b) ustunda koʻrsatilgan shaxslar nomidan tovarlarni deklaratsiyalash vakolatiga ega boʻlgan shaxs F.I.Sh, egallab turgan lavozimi va telefon raqami koʻrsatiladi.
12-“Joy va sana” ustunida BQD-1 toʻldirilgan joy va sana koʻrsatiladi.
§ 2. BQD-1 shaklining qoʻshimcha varagʻini toʻldirish tartibi
12. BQD-1 shaklining har bir qoʻshimcha varaqlarida uchta turgacha tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Har bir qoʻshimcha varaqda uning tartib raqami va BQD-1 shaklining roʻyxatga olish raqami koʻrsatiladi.
13. “Tovar raqami” ustunida BYuDning yoki uning qoʻshimcha varagʻining aynan oʻxshash ustunidagi tegishli tovarning raqami va TIF TN kodi koʻrsatiladi.
“Hisob-kitob qilish uchun asos” A boʻlimida tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos boʻlgan amalda toʻlangan yoki toʻlanishi kerak boʻlgan narx haqida maʼlumotlar keltiriladi. Agar tovarning yetkazib berish sharti (3-ustun) va shartnomaning boshqa shartlariga asosan mazkur narxga qoʻshish yoki ayirish talab etilmasa, koʻrsatilgan narx olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatiga teng boʻlishi mumkin. Bunday holda bojxona qiymatini belgilash va nazorat qilish taqdim etilgan hujjatlar asosida, zarur hollarda amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narxga tuzatishlar kiritish (oʻzaro bogʻliqlik taʼsiri, shartlar va cheklovlar) orqali tekshirish va tasdiqlash bilan amalga oshiriladi. Bunda, A boʻlimning 14-ustunidagi jami 24 (a) ustunida qaytariladi.
13(a)-“Tovarning shartnomada belgilangan valyutadagi qiymati” ustunida tovarning sotuvchiga amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan shartnomada belgilangan valyutadagi qiymati koʻrsatiladi.
13(b)-“Sotuvchi — eksport qiluvchining buxgalteriya hisobidagi maʼlumotlar boʻyicha tovarning qiymati” ustunida olib chiqiladigan tovarni ishlab chiqarish va sotishda qilingan xarajatlarni aks ettiruvchi sotuvchi — eksport qiluvchining buxgalteriya hisobi asosida belgilangan tovarning qiymati koʻrsatiladi.
13(v)-“Buxgalteriya maʼlumotlari boʻyicha tovarning qiymati” ustunida olib chiqiladigan aynan yoki shunga oʻxshash tovarlarni kirim qilish va balansdan chiqarish toʻgʻrisidagi buxgalteriya maʼlumotlari asosida aniqlangan tovarning qiymati koʻrsatiladi. Aynan yoki oʻxshash tovarlarni aniqlashda “Boj tarifi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19 va 20-moddalariga amal qilinishi lozim.
14. “A boʻlimda kiritilmagan shartnoma narxiga qoʻshimcha qoʻshishlar” B boʻlimida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 19-sentabrdagi 198-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 37-38-son, 389-modda) bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash va deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ning 5-bandida koʻrsatilgan va tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan (tovar olib chiqish uchun asos boʻlgan tashqi savdo shartnomasi va boshqa hujjat, yuk-kuzatuv, hisob-kitob va boshqa hujjatlar) shartnoma narxiga qoʻshishlar inobatga olinadi.
14—18-ustunlardagi barcha maʼlumotlar soʻmda keltiriladi.
14-“Sotuvchining xarajatlari” ustunida 13(a), 13(b) va 13(v) ustunlarida koʻrsatilgan tovar narxiga qoʻshilmagan sotuvchining xarajatlari aks ettiriladi.
14(a)-ustunda agar oldindan oldi-sotdi narxiga sotuvchi tomonidan amalga oshirilgan vositachilik va brokerlik toʻlovlari va boshqa vositachilik xizmatlari boʻyicha xarajatlar kiritilmagan boʻlsa, koʻrsatiladi. Agar BQD-1 shakli bir toʻplamga kiruvchi bir necha nomdagi tovarlar uchun toʻldirilsa va shartnoma shu toʻplamdagi barcha yoki bir necha tovarlarga taalluqli boʻlsa, vositachilik, brokerlik va boshqa vositachilik toʻlovlari 13(a), 13(b) va 13(v) ustunlarida koʻrsatilgan har bir nomdagi tovarlar oʻrtasida qiymati boʻyicha proporsional ravishda taqsimlanadi.
14(b)-ustunda agar konteynyerlar va (yoki) boshqa koʻp martalab ishlatiladigan taralarga tovar nomenklaturasiga muvofiq baholanayotgan tovar bilan bir butun sifatida qaralsa, sotuvchining konteynyerlar va (yoki) boshqa koʻp martalab ishlatiladigan taralarga qilgan xarajatlari koʻrsatiladi. Agar koʻp martalab ishlatiladigan taralardan foydalanilsa, unda bir necha bor tovar yetkazib berishda ularning narxi har bir toʻplamdagi tovarlar miqdoriga proporsional ravishda taqsimlanadi. Taraga qilingan xarajatlarning proporsional ravishda taqsimlanishi (yaʼni uning qiymatini qismlarga boʻlib har bir toʻplamga oʻtkazish) shartnomada oʻz aksini topgan yoki biror bir hujjat bilan tasdiqlangan boʻlsa, bojxona organi tomonidan qabul qilinadi. Tara uchun qilingan xarajatlarga tarani sotuvchiga qaytarish bilan bogʻliq boʻlgan alohida toʻlanadigan xarajatlar kiritilmaydi.
14(v)-ustunda sotuvchining joylash, shu jumladan joylash materiallari va joylash ishlari bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlari koʻrsatiladi.
15-ustunda olib chiqiladigan tovarlarni ishlab chiqarish va/yoki eksportga sotish uchun sotib oluvchi bevosita yoki bilvosita sotuvchiga bepul yoki pasaytirilgan narx boʻyicha koʻrsatadigan xizmatlar va yetkazib beradigan tovarlar qiymati oʻz aksini topadi.
15(a)-ustunda xomashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor fabrikatlar hamda olib chiqiladigan tovarning tarkibiy qismi hisoblanadigan boshqa butlovchi qismlarning qiymati koʻrsatiladi. Sotuvchi tomonidan uchinchi shaxslardan ularni sotib olishda toʻlangan narx mazkur tovarlarning (xizmatlar) qiymati hisoblanadi. Agar mazkur tovarlar sotuvchi yoki u bilan bogʻliq shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan boʻlsa, sotuvchining tegishli buxgalteriya hujjatlari bilan tasdiqlangan ishlab chiqarish qiymati ularning ishlab chiqarish qiymati sifatida qabul qilinadi. Agar sotib oluvchiga sotuvchi tomonidan avval ishlatilgan tovarlar taqdim etilsa, ularning qiymati sotuvchining buxgalteriya maʼlumotlari asosida eskirish darajasi hisobga olingan holda aniqlanadi. Agar sotuvchi tomonidan sotib oluvchiga xomashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor fabrikatlar hamda olib chiqiladigan tovarning tarkibiy qismi hisoblanadigan boshqa butlovchi qismlarni qayta ishlash, yetkazib berish, saqlash va boshqa xizmatlar koʻrsatilgan boʻlsa, mazkur xizmatlar qiymati (bojxona qiymatini hisoblashda) ularni sotuvchi tomonidan ishlab chiqarilgan yoki sotib olingan narxi eʼtiborga olinadi.
15(b)-ustunda olib chiqiladigan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan instrumentlar, shtamplar, shakllar hamda boshqa shu kabi jihozlar qiymati koʻrsatiladi.
15(v)-ustunda olib chiqiladigan tovarlarni ishlab chiqarishda sarflangan yordamchi materiallar qiymati koʻrsatiladi.
15(g)-ustunda sotuvchi tomonidan sotib oluvchiga muhandislik ishlanmalari, tajriba-konstruktorlik ishlari, dizayn, badiiy jihozlash, olib chiqiladigan tovarlarni ishlab chiqarish uchun bevosita zarur boʻlgan eskizlar va chizmalar borasida koʻrsatgan xizmatlari qiymati koʻrsatiladi.
16-ustunda sotib oluvchi olib chiqiladigan tovarlarni xarid qilish shartlari sifatida bevosita yoki bilvosita amalga oshirilishi kerak boʻladigan intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlashi kerak boʻlgan litsenziya toʻlovlari va boshqa toʻlovlar
17-ustunda olib chiqiladigan tovarni keyinchalik biron-bir tarzda qayta sotish, tasarruf etish yoki ulardan foydalanishdan olingan, tovar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqilgandan keyin sotuvchiga bevosita yoki bilvosita tegishli boʻladigan tushumlarning istalgan qismi qiymati eʼtiborga olinadi.
18-“Tovarni ... gacha yetkazib berishdagi xarajatlar” ustunida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda, tovarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidagi joygacha yetkazib berishda amalda vujudga keladigan xarajatlar inobatga olinadi.
18(a)-ustunda agar yetkazib berish shartiga muvofiq tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish joyigacha boʻlgan transportda tashish xarajatlari baholanayotgan tovar narxiga qoʻshilmagan boʻlsa, ular koʻrsatiladi. Istalgan turdagi transport vositalari orqali tovarlarni yetkazib berishda, bojxona qiymatiga yukni transportda tashish davrida amalda boʻlgan tegishli transportda tashish tariflari asosida hisoblab chiqilgan mablagʻ qoʻshiladi. Agarda mazkur transport vositasida yukni tashish boʻyicha yagona tarif haqida maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, transport xarajatlarini hisoblab chiqarishda xarajatlarning zarur moddalari va elementlaridan iborat transport xarajatlarini kalkulatsiya qilish boʻyicha buxgalteriya hisobi maʼlumotlaridan foydalanish lozim. Agar BQD-1 bir necha turdagi tovarlar uchun toʻldirilsa, olib chiqish joyigacha boʻlgan transport xarajatlari ularning ogʻirligiga proporsional ravishda taqsimlanadi.
18(b)-ustunda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish joyigacha amalga oshirilgan yuklash, tushirish, qayta yuklash va ortish-tushirish xarajatlari baholanayotgan tovarning narxiga qoʻshilmagan va sotuvchi tomonidan alohida (qoʻshimcha)toʻlangan boʻlsa, mazkur bandda ushbu xarajatlar koʻrsatiladi. Agar BQD-1 bir necha turdagi tovarlar uchun toʻldirilgan boʻlsa, yuklash, tushirish, qayta yuklash va ortish-tushirish xarajatlari tovarlarning ogʻirligiga proporsional ravishda taqsimlanadi.
18(v)-ustunda yukni sugʻurta toʻlovi koʻrsatiladi.
18(g)-ustunda sertifikatlash va ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar qiymati koʻrsatiladi.
18(d)-ustunda tovarni saqlash uchun toʻlovlar koʻrsatiladi.
18(e)-ustun tovarlar qayta eksport qilinganda toʻldiriladi. Bu ustunda ilgari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kirishda toʻlangan bojxona rasmiylashtiruvi uchun toʻlangan yigʻimlar koʻrsatiladi.
18(j)-ustunda tovarning qayta eksport qilinishi sababli qaytarilishi lozim boʻlgan toʻlovlar ayirilgan holda bojxona toʻlovlari summasi koʻrsatiladi.
18(z)-ustun tovarlar qayta eksport qilinganda toʻldiriladi. Bu ustunda boshqa xarajatlar koʻrsatiladi.
19-“Soʻmdagi jami” ustunda 14(a), 14(b), 14(v), 15(a), 15(b), 15(v), 15(g), 16, 17, 18(a), 18(b), 18(v), 18(g), 18(d), 18(e), 18(j), 18(z) - ustunlardagi summalarning jami koʻrsatiladi. Bunda, tovarning baholanayotgan narxiga “A” boʻlimda qoʻshilmagan va bojxona qiymatiga qoʻshilishi lozim boʻlgan qoʻshimcha hisoblashlar hisobga olinadi.
15. V “A boʻlimning 2-ustunida koʻrsatilgan qiymatdan (soʻmda) ayriladigan summalar” boʻlimida agar hujjatlar (transportda tashish uchun hisob, transport xarajatlari kalkulatsiyasi va boshqalar) bilan tasdiqlangan boʻlsa, shartnoma narxidan tovarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan qayta olib chiqilgandan keyin tovarni moʻljal joyga yetkazish bilan bogʻliq amalga oshirilgan jami xarajatlardan ayirilishi lozim boʻlgan xarajatlar koʻrsatilishi mumkin.
20—23-ustunlardagi barcha maʼlumotlar soʻmda koʻrsatiladi.
20-“..... dan keyingi tashish xarajatlari” ustunida tovarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish joyidan moʻljal joygacha boʻlgan tashish xarajatlari koʻrsatiladi. Mazkur ustunda, hisob-fakturasida alohida koʻrsatilgan holda shartnoma narxidan ayirish maqsadida tovarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish joyidan moʻljal joygacha boʻlgan tashish xarajatlari deklarant tomonidan keltirilishi mumkin.
Agar shartnomada SIR (SIP), SRT (SPT), DDP (DDP), DDU (DDU), SIF (SIF) yetkazib berish shartlari koʻzda tutilgan boʻlsa va tovarning faktura qiymatiga moʻljal joygacha yetkazib berish xarajatlari qoʻshilsa, mazkur xarajatlarni shartnoma narxidan ajratib olish yoki Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidagi olib chiqish joyi va shu joydan moʻljal joygacha boʻlgan transport xarajatlarini alohida hisobga olish maqsadida xarajatlarni hisob-fakturasida yoki shartnomaning tegishli shartida alohida keltirish lozim.
Tovarning moʻljal joygacha boʻlgan transport xarajatlari boʻyicha hisob-fakturasida xarajatlar yuqoridagi tartibda ajratib koʻrsatilmagan boʻlsa, bojxona organiga “chegaragacha” boʻlgan xarajat “moʻljal joygacha” boʻlgan xarajatdan ancha pastligini tasdiqlovchi asoslangan maʼlumotlar taqdim etilsagina, tovarlarni “olib chiqish joyidan moʻljal joygacha” xarajatlar ajratib olinishi mumkin.
21-“Qaytarilishi lozim boʻlgan toʻlovlar” ustunida tovarlar qayta eksport qilinayotganligi sababli qaytarilishi lozim boʻlgan toʻlovlar koʻrsatiladi.
22-“Soʻmdagi jami” ustunida 20 va 21-ustunlarda koʻrsatilgan summalar yigʻindisi keltiriladi.
23(a)-ustunda 13-ustun + 19-ustun – 22-ustun tartibida hisoblangan bojxona qiymati soʻmda koʻrsatiladi.
23(b)-ustunda shartnomada belgilangan valyutada qayta hisoblangan 23(a)-ustunda koʻrsatilgan bojxona qiymati koʻrsatiladi. Shartnomada belgilangan valyutada qayta hisoblash A boʻlimda koʻrsatilgan kurs boʻyicha amalga oshiriladi. Agar shartnoma boʻyicha hech qanday hujjatda xorijiy valyuta turi koʻrsatilmagan boʻlsa, 23(b) ustunda maʼlumotlar AQSh dollarida keltiriladi.
24-“Deklaratsiya imzolagan shaxs” ustunida 1(b) ustunda koʻrsatilgan korxona nomidan tovarlarni deklaratsiyalash vakolatiga ega boʻlgan shaxs F.I.Sh, egallab turgan lavozimi va telefon raqami koʻrsatiladi.
§ 3. BQD-2 shaklini toʻldirish tartibi
16. Deklarant 1(a), 1(b), 2, 3, 4(a), 4(b), 5, 6, 7, 8, 9, 10(a), 10(b), 10(v), 10(g), 10(d) va 11-ustunlarni toʻldiradi.
17. 1(a), 1(b), 2, 3, 4(a), 4(b)-ustunlar ushbu Yoʻriqnoma talablari asosida BQD-1 shaklidagi deklaratsiyaning tegishli ustunlarini toʻldirish tartibi boʻyicha toʻldiriladi.
5-“Qoʻshimcha varaqlar soni” ustunida BQD-2 shakliga ilova qilingan qoʻshimcha varaqlar soni koʻrsatiladi.
6-ustunda bojxona qiymatini aniqlashga asos boʻlgan maʼlumot manbasi “X” belgisi bilan belgilanadi.
7-ustunda bojxona organi tomonidan 6-ustunda belgilangan maʼlumotlar manbasi tavsiflanadi.
8-“Deklaratsiya imzolagan shaxs” ustunida 1(b) ustunda koʻrsatilgan korxona nomidan tovarlarni deklaratsiyalash vakolatiga ega boʻlgan shaxs F.I.Sh, egallab turgan lavozimi va telefon raqami koʻrsatiladi.
9-“Joy va sana” ustunida BQD-2 toʻldirilgan joy va sana koʻrsatiladi.
§ 4. BQD-2 shaklining qoʻshimcha varagʻini toʻldirish tartibi
18. Har bir varaqda uchtagacha tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin. Har bir qoʻshimcha varaqda uning tartib raqami va BQD-2 shaklining roʻyxatga olish raqami koʻrsatiladi.
19. “Tovar raqami” ustunida BYuDning yoki uning qoʻshimcha varagʻining aynan oʻxshash ustunidagi tegishli tovarning raqami va TIF TN kodi koʻrsatiladi.
10(a)-ustunda olib chiqiladigan aynan yoki shunga oʻxshash tovarlarning tashqi savdo shartnomalari boʻyicha narxlari koʻrsatiladi.
10(b)-ustunda olib chiqiladigan aynan yoki shunga oʻxshash tovarlar qiymati (tannarxi) kalkulatsiyasi boʻyicha narxlar koʻrsatiladi.
10(v)-ustunda aynan yoki shunga oʻxshash tovarlar uchun narxlarning birja kotirovkalari boʻyicha narxlari koʻrsatiladi.
10(g)-ustunda tegishli mintaqaviy bozorlardagi olib chiqilayotgan tovarlar boʻyicha narxlar koʻrsatiladi.
10(d)-ustunda olib chiqiladigan tovarlarning belgilangan tartibda amalga oshirilgan tovar-qiymat ekspertizasi maʼlumotlari boʻyicha narxlar koʻrsatiladi.
11-“Deklaratsiya imzolagan shaxs” ustunida 1(b) ustunda koʻrsatilgan korxona nomidan tovarlarni deklaratsiyalash vakolatiga ega boʻlgan shaxs F.I.Sh, egallab turgan lavozimi va telefon raqami koʻrsatiladi.
III. Bojxona organi tomonidan BQDni toʻldirish va roʻyxatga olish
20. Bojxona organlari tomonidan BQD shakli asosiy va qoʻshimcha varaqlarining “BYuDning roʻyxatga olish raqami” va “bojxona qaydlari uchun” bandlari toʻldiriladi. BQD har bir nusxasining asosiy va qoʻshimcha varaqlaridagi “bojxona qaydlari uchun” ustunida BQDning roʻyxatga olish raqami qoʻyiladi, shuningdek, bojxona qiymatini nazorat qiluvchi mansabdor shaxs deklaratsiyani tekshirishi natijasida tegishli maʼlumotlarni qayd etadi, shaxsiy raqamli muhri va imzosi (BQDning elektron shaklini elektron raqamli imzosi) bilan tasdiqlaydi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 7-fevraldagi 01-02/19-09-sonli qarori (roʻyxat raqami 1803-1, 17.02.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 7-son, 83-modda)
21. Bojxona organi BQDni BYuD bilan bir vaqtda roʻyxatga oladi. Bunda ilova qilingan BQDga BYuDning roʻyxatga olish raqami (99999 /99.99.99 /999999) koʻchirib yoziladi. BQD tekshirib boʻlingandan soʻng, uning asosiy va qoʻshimcha varaqlari “xizmat qaydlari uchun” bandiga BQDning roʻyxatga olish raqami qoʻyiladi va BQD tekshiruvini amalga oshirgan inspektorning imzosi va shaxsiy raqamli muhri (BQDning elektron shakli elektron raqamli imzosi) bilan tasdiqlanadi. Old varagʻida bojxona organining belgilangan bojxona qiymati boʻyicha qarori va tovarni deklarant foydalanishiga taqdim etish shakli toʻgʻrisida yozib qoʻyiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 7-fevraldagi 01-02/19-09-sonli qarori (roʻyxat raqami 1803-1, 17.02.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 7-son, 83-modda)
22. Bojxona qiymati deklaratsiyasi toʻgʻri toʻldirilgan, bojxona qiymatini aniqlash usuli deklarant tomonidan qoʻllanilgan va maʼlumotlar oʻrnatilgan tartibda hujjatlar bilan tasdiqlangan taqdirda, BQD har bir varagʻining “bojxona qaydlari uchun” bandida “bojxona qiymati qabul qilindi” belgisi qoʻyiladi va BQDni qabul qilgan mansabdor shaxsning imzosi va shaxsiy raqamli muhri (BQDning elektron shakli elektron raqamli imzosi) bilan tasdiqlanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 7-fevraldagi 01-02/19-09-sonli qarori (roʻyxat raqami 1803-1, 17.02.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 7-son, 83-modda)
23. BQDning asosiy va qoʻshimcha varaqlarining biror-bir ustunida deklarant tomonidan koʻrsatilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar uchun yetarli joy boʻlmasa, ushbu maʼlumotlar BQDning asosiy va qoʻshimcha varaqlari orqa tomoniga tegishli ustuni koʻrsatilgan holda qoʻshimcha ravishda yozilishiga ruxsat etiladi. Bunday yozuv deklarantning imzosi bilan tasdiqlanadi va BQDning tegishli ustunlarida “varaq orqasida” yozuvi koʻrsatiladi. BQDning elektron shaklida (elektron nusxasida) “varaq orqasida” yozuvi koʻrsatilmaydi va barcha maʼlumotlar BQDning tegishli ustunlarida toʻliq koʻrsatiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 7-fevraldagi 01-02/19-09-sonli qarori (roʻyxat raqami 1803-1, 17.02.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 7-son, 83-modda)
V. Yakuniy qoidalar
24. Bojxona qiymatini koʻrsatishda deklarant tomonidan taqdim etiladigan va uning tomonidan tijorat siri yoki maxfiy deb belgilanadigan axborotdan bojxona organi tomonidan faqat bojxona maqsadlari uchun foydalaniladi va deklarantning ruxsatisiz ularning uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
25. Tijorat siri yoki maxfiy hisoblanadigan axborotni oshkor qilganlik uchun bojxona organi va uning mansabdor shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomaga
1-ILOVA
Olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasining BQD-1 shakli
Olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish boʻyicha yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymati deklaratsiyasining BQD-2 shakli
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 19-son, 166-modda; 2015-y., 7-son, 83-modda)