|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.01.2008
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
JISMONIY ShAXSLARDAN TRANSPORT VOSITALARI UChUN BENZIN, DIZEL YoQILGʻISI VA SUYuLTIRILGAN GAZ ISTEʼMOLIGA SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 11-oktabrda 1092-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi PQ-100-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 23-24-son, 168-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2002-yil 3-yanvardagi 2 va 2002-1-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va suyultirilgan gaz isteʼmoliga soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga (2002-yil 3-yanvar, roʻyxat raqami 1092 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 1-2-son; 2003-y., 3-son) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 6-oktabr,
97-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 6-oktabr,
2005-52-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 41-42-son, 321-modda)