|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 22.07.2022
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasining adliya organlari va muassasalari faoliyatini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlaridan foydalanishda qonun hujjatlarini bir xilda qoʻllash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 922-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 21-dekabr,
263-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 922-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Tugʻilganlik, nikoh qayd etilganligi va oʻlim haqidagi gerbli guvohnomalar shaklini tasdiqlash, gerb yigʻimini joriy qilish toʻgʻrisida” 1997-yil 30-iyundagi 330-son qarorining 2-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 30-apreldagi 197-son qaroriga ilovaning 9-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 34-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 523-modda; 2012-y., 37-son, 429-modda; 2017-y., 35-son, 922-modda)