1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.04.00 Protsessual majburlov (ushlab turish, ehtiyot choralari, lavozimidan chetlatish, majburiy keltirish va boshqalar)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Jinoyat-protsessual qonunchilik]
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Qarori
JINOYAT SODIR ETISHDA GUMON QILINIB USHLAB TURILGAN SHAXSLARNI SAQLASHNING SANITARIYA-GIGIYENA QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 8-noyabrda 1737-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
1. Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarni saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 8-oktabr,
12-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2007-yil 8-oktabr,
16-son
Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 8-oktabrdagi 12, 16-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarni saqlashning sanitariya-gigiyena
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarni vaqtincha saqlash hibsxonalarida (keyingi oʻrinlarda — VSʼH) saqlashning sanitariya-gigiyena qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
I. Vaqtincha saqlash hibsxonalarining binolariga qoʻyiladigan talablar
1. VSʼH binolarini qurish va ularni jihozlash ishlari ichki ishlar organlari belgilagan meʼyorlar talablariga javob beradigan loyihalar asosida amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
2. VSʼH majmuasiga ushlangan va qamoqqa olinganlarni saqlash uchun moʻljallangan asosiy bino, sayr qilish hovlisi va oʻrab (toʻsib) turuvchi qurilma (jihoz, toʻsiq)lar kiradi. VSʼH ichki ishlar organlari binolaridan alohida yoki birgalikda qurilishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
3. VSʼH ichki ishlar organlarining asosiy maʼmuriy binosiga tutash qurilgan boʻlsa, uning maʼmuriy binodan alohida kirish (chiqish) darvozasi boʻlishi lozim.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
4. Ichki ishlar organlarining asosiy maʼmuriy binosiga tutash qurilgan VSʼHning muhandislik jihozlari va kommunikatsiyalari gigiyenik meʼyorlar talablariga javob berishi, shu jumladan shovqindan himoya qilingan boʻlishi kerak.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
5. VSʼHni binolarning 1 va 2-qavatlariga joylashtirilishiga ruxsat etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
6. VSʼH binosi gʻishtdan yoki boshqa mustahkam material (temir-beton, tosh va boshqa)lardan quriladi. VSʼHning ichki devorlari, kameralarning oraliq devorlari va boshqa xonalar 38 sm.dan kam boʻlmagan qalinlikdagi pishiq gʻishtdan teriladi. Kameralarning devorlari hech qanday boʻrtib turuvchi joylari va burchaklari qoldirilmagan holda qorishma bilan suvab chiqiladi. Kameralarning tashqi devorlari 50 sm.dan kam boʻlmagan qalinlikda boʻladi hamda VSʼH ichidagi xizmat va xoʻjalik xonalari bilan tutashgan devorlari armaturali panjaralar bilan mustahkamlanadi.
7. Kameralarning tom qismi yogʻoch materiallardan iborat boʻlsa, unday holatda qoʻshimcha ravishda temir panjaralar oʻrnatilib, metalli elementlarga qoʻshib, payvandlanib mustahkamlanadi.
8. Sayr qilish hovlisi kameralar majmuasi devoriga tutashgan boʻlib, bevosita VSʼH hududida tashkil etiladi. Sayr qilish hovlisining maydoni eng koʻp sigʻimli kameralarda saqlanayotganlarni birdaniga sayrga olib chiqish imkoniyatini beradigan darajada boʻlishi lozim. Sayr qilish hovlisining maydoni 12 m2dan kam boʻlmasligi kerak.
9. Sayr qilish hovlilari VSʼHda mavjud boʻlgan kameralar soni va ularning maydoniga qarab belgilanadi. Agar VSʼH hududida sayr qilish hovlilari bir nechta boʻlsa, bunday hollarda sayr qilish hovlilari gʻishtli yoki temir-betonli toʻsiqlar bilan boʻlinadi. Ushbu oraliq toʻsiq devorlarining balandligi 3 metrdan kam boʻlmasligi, yuqori qismidan temir panjara va sim toʻrchalar bilan yopilgan boʻlishi lozim, uning ustidan bir tomoni 2 metrdan kam boʻlmagan temir tunuka bilan yopiladi. Sayr qilish hovlilarida, hovli devorlaridan 2 metrdan kam boʻlmagan masofada yerga mahkamlangan holda oʻrindiqlar oʻrnatilishi mumkin.
10. Sayr qilish hovlilarining barcha devorlari silliq qilib suvaladi. Poli yomgʻir suvini oqizib ketadigan qiyalikka ega boʻlishi lozim.
11. VSʼH kameralar blokiga tutashgan yoki VSʼH binosining hamma tomonidan oʻrab olingan devorning balandligi 3 metrdan kam boʻlmasligi, ushbu devorning har ikkala tomoni silliq, tosh, gʻisht va boʻrtiqlardan holi boʻlishi shart.
II. Vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki loyihalanishi va jihozlanishiga qoʻyiladigan talablar
12. VSʼHning loyihalanishi aniq tabiiy iqlim, shaxslarning demografik tarkibi, maishiy-ijtimoiy shart-sharoiti talablariga toʻliq javob berishi kerak.
13. Kameralar 2—4 oʻrinli boʻlib, yoʻlakning bir tomonida yoki ikki tomonida joylashtirilishi mumkin. Ikki tomonlama qurilgan kameralarning qarama-qarshi eshiklari bir-biriga nisbatan ozgina surilgan holatda qilib quriladi. Kameralar bir tomonlama joylashganda yoʻlakning kengligi 1,5 metr, ikki tomonlama joylashganda yoʻlakning kengligi 2 metr boʻladi. Yoʻlakning kamera xonalari blokiga tutashgan zinasimon panjaralar bilan kesishib oʻtishi tavsiya etilmaydi.
14. Kameralarning qurilishida, kamera eshigida poldan 145—150 sm. balandlikda, saqlanayotganlar toʻliq koʻrinadigan darajada qilib ovalsimon kuzatuv tuynugi oʻrnatilishini koʻzda tutish zarur. Kuzatuv tuynugining hajmi kamera ichidan 14 x 24 sm, yoʻlak tomonidan 3,5 x 4,0 sm. kattalikda boʻlishi lozim. Kuzatuv tuynugiga yoʻlak tomondan sinmaydigan organik shishadan yasalgan oʻz oʻqida erkin aylanadigan qopqoq oʻrnatiladi. Shuningdek, kamera eshigiga ovqat berish uchun, pol sathidan 120 sm balandlikda, 20 x 20 sm oʻlchamda tuynuk oʻrnatilib, vagon tipidagi qulf bilan yopiladi. Tuynuklar yoʻlak tomonga ochilib, yerga nisbatan gorizontal holatda turishini taʼminlash uchun tirgaklar bilan jihozlanadi.
15. Kameralar eshiklarining yuzasi 190 x 75 sm, kengligi 6 sm.dan kam boʻlmagan oʻlchamda boʻlib, kameraga kirishda chap tomonga (yoʻlak tomonga qarab) ochiladigan qilib oʻrnatilishi lozim. Kameralar eshigining ochilish kengligi kameradan birvarakayiga bir kishidan ortiq shaxs chiqolmaydigan (kirolmaydigan) darajada boʻlishi shart. Eshiklarning bunday kenglikda ochilishiga erishish maqsadida yoʻlak tomondan eshikni maʼlum burchak ostida ochilishini taʼminlovchi chegaralagich oʻrnatiladi.
16. Eshiklar ikki tomondan yaxlit tunuka (poʻlat) bilan eshikka mustahkamlangan holda qoplanadi. Eshik qoplamasida biron-bir tirqishning hosil boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kamera eshiklariga turma tipidagi qulflar oʻrnatiladi, eshik yopilganda qulf avtomatik tarzda (oʻz-oʻzidan) qulflanadigan, keyin esa kalit bilan ikki marotaba buralib qulflanadigan boʻlishi, eshiklar tashqi tomondan temir tirsak (zasov) bilan yopiladigan boʻlishi kerak.
17. Kameradagi derazalarning eni 0,9 metr, balandligi 0,5 metr kenglikda boʻladi. Deraza kamera havosini almashinishini taʼminlash uchun tashqariga qarab ochiladigan va vagon tipidagi qulf bilan jihozlangan tuynuk bilan jihozlanadi. Kamera derazasi, pastki qismi poldan 1,8 metrdan kam boʻlmagan balandlikda oʻrnatiladi. Barcha kameralardagi derazalarga 12 x 20 sm katakcha shaklidagi vertikaliga diametri 19 mm va eniga kesim yuzasi 60x12 mm boʻlgan poʻlat armaturalardan tayyorlangan temir panjaralar oʻrnatiladi. Deraza tokchasi aylanasimon shaklda hech qanday burchaklarsiz silliq qilib suvaladi. Deraza romi ichkari tomonidan simli mayda toʻr bilan qoplanadi. Kamera derazalarining ichki tomonidan orasidan sim oʻtkazilgan shisha va tashqi tomonidan koʻrish imkoniyatini butunlay cheklaydigan shisha oynalari (“moroz” tipidagi oynalar) bilan qoplanadi.
18. Kameralar, ushlangan va qamoqqa olinganlarni saqlash uchun bir qavatli yoki ikki qavatli krovatlar bilan jihozlanadi. Kameralarni isitish moslamalari deraza ostida, ustki qismi maxsus teshikli poʻlat panjara bilan qoplangan holatda oʻrnatiladi. Isitish moslamalarining quvurlari kameralar devorlari orasidan koʻrinmaydigan qilib oʻtkaziladi.
19. VSʼH navbatchisining xonasi bilan bir joyda joylashgan ushlangan va qamoqqa olinganlarni tekshiruvdan oʻtkazish xonasida boʻyi 1,2-1,0 metr va eni 1,0-0,8 metr kenglikda boʻlgan kabinalar tashkil qilinadi. Kabinalar bir-biridan 1/2 qalinlikdagi gʻishtdan terilgan devor bilan ajratiladi.
20. Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlangan shaxslarning har biriga individual krujkalarda qaynatilgan suv tarqatish uchun, VSʼH yoʻlagida qopqogʻi bekiluvchi qaynatilgan suv quyilgan idish boʻlishi zarur. Idishdagi qaynatilgan suv har kuni almashtirilib turilishi lozim.
21. VSʼHlarda qoʻriqlovchi va navbatchilik qiluvchi xodimlar uchun ajratilgan xonalarning kengligi 12 m2 dan kam boʻlmasligi kerak.
22. Xonalarni tozalash anjomlari (pol lattasi, chelak, shvabra, choʻtkalar)ni saqlash, ularni yuvish uchun chigʻanoqlar bilan jihozlangan 3 m2 dan kam boʻlmagan xona ajratilishi zarur.
23. Ushlangan, qamoqqa olinganlar va mahkumlar tabiiy yorugʻlik bilan taʼminlangan, har bir saqlanayotgan shaxs uchun maydoni 2,5 m2 dan kam boʻlmagan kameralarda saqlanadi. Homilador, bolali ayollar erkaklarning kameralariga nisbatan yorugʻroq, har birining maydoni 4 m2 dan kam boʻlmagan kameralarda saqlanadi.
24. VSʼHda 3 kundan ortiq boʻlmagan muddatda ushlab turilgan shaxslar bir yoki ikki qavatli karavotlari bor boʻlgan kameralarga joylashtiriladi. Dastlabki 3 kundan ortiq muddatga qamoqqa olinganlarni saqlash kameralarida ovqatlanish stoli, oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy buyumlarini saqlash uchun devor shkaflari boʻlishi kerak.
25. Hamma kameralar ichimlik suv idishi va krujkalar bilan taʼminlanadi.
26. Har bir VSʼH ovqat isitish uchun yopiq spiralli (“marmit”) elektroplita, suv qaynatish vositalari, shkaf, uch qismdan iborat idish-tovoqni yuvish vannasi bilan jihozlanadi.
27. VSʼH koʻrpa-toʻshak va kameralarda saqlanishiga ruxsat berilmagan shaxsiy buyumlarni saqlash uchun xonalar bilan jihozlanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
29. VSʼHlar dushxona (choʻmiladigan xona), dezinfeksiya xonasi, boshqa xizmat va yordamchi xonalar bilan jihozlanadi.
III. Vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki muhitiga qoʻyiladigan talablar
30. Tabiiy va sunʼiy yoritish, tabiiy shamollatish va mikroiqlim parametrlari, xonalarning quyosh nuridan himoyalanishi amaldagi loyihalash meʼyorlariga mos kelishi lozim.
31. Sunʼiy yoritishga boʻlgan asosiy gigiyenik talablar: yorugʻlik xonalarning belgilangan maqsadiga muvofiq boʻlishi, koʻzni qamashtiradigan darajada yorqin va inson organizmi hamda xonaning ichki muhitiga zararli boʻlmasligi kerak.
32. VSʼHning barcha xona va kameralari umumiy yoritilishni taʼminlovchi sunʼiy yorugʻlik qurilmasi bilan jihozlanishi lozim. Xonalarning belgilangan vazifalariga qarab, ular qoʻshimcha ravishda mahalliy yoritish chirogʻi bilan jihozlanishi mumkin.
33. Xona va kameralarning oʻrtacha yoritilish darajasi 100 lyuksdan, yoʻlak, zinapoya maydoni va zinalarning yoritilishi esa 50 lyuksdan kam boʻlmasligi kerak.
34. VSʼHning barcha kameralarida elektr yoritkichlar oʻrnatiladi, elektr tarmoqlari yashirin holatda oʻtkaziladi. Kameralardagi yoritkich chiroqlari, kamera eshiklarining tepa qismidagi maxsus tuynuklarda oʻrnatilib, metall panjaralar bilan qoplanadi. VSʼHning yoʻlagi, tergov xonalari, ovqat isitish va sanitar ishlov berish xonalarining elektr yoritkichlari muhofazalangan boʻlishi kerak.
35. Elektr tarmogʻining avariya holatlarida VSʼHni yoritish maqsadida akkumulyator batareyalaridan yoki mustaqil ravishda tok beruvchi moslamalardan (generatorlardan) foydalaniladi.
36. Sunʼiy yoritishni toʻldirish uchun xonalar yuzasi (devor, shift) imkon boricha yorugʻlikni qaytaruvchi yorqin, yongʻindan xavfsiz (suv-emulsiyali) boʻyoqlar bilan qoplanishi zarur.
37. Uzoq muddatda saqlanadigan shaxslar xonalaridagi havoning almashtirilib turilishi, tabiiy ventilyatsiya (havoning fortochka, maxsus deraza teshigi) yoki ventilyatsiya tuynugidan kirishi orqali amalga oshirilishi kerak. Havoni olib ketuvchi ventilyatsiya moslamasi namlik yuqori boʻlgan xonalar: sanitariya tarmogʻi, sanitariya ishlovi berish, ovqat tarqatish xonalari shiftiga qurilishi koʻzda tutilishi lozim.
38. Meʼyordagi havo harorati yaratilishi va uni tozalash uchun ventilyatsiyaning umum almashinuv tizimi koʻzda tutilishi zarur.
39. Kamera xonalariga oqib keluvchi havo, xonalarning tepa qismida joylashgan havo tarqatgichlardan berilishi kerak.
40. Ventilyatsiya va quvuroʻtkazgichlarni oʻtkazuvchi tuynuklarga simli toʻr oʻrnatilib, kemiruvchilardan himoyalangan boʻlishi lozim.
41. Isitish tizimini loyihalashda xona va kameralar havosini bir maromda isitish, issiqlik oqimi boshqarilishini taʼminlashni hisobga olish kerak. Isitilish mavsumida VSʼH xonalaridagi havo harorati 18°Sdan kam boʻlmagan darajada ushlab turilishi kerak. Doimiy isitish manbai boʻlmagan, vaqti-vaqti bilan isitilib turiladigan VSʼHning xonalaridagi havo haroratining sutkalik oʻzgarishi ±3°Sdan oshmasligi kerak.
42. Yilning issiq mavsumida isitish tizimidan kamera xonalarini sovutish maqsadida foydalanish mumkin.
IV. Vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya
43. Markazlashgan ichimlik suvi tizimi boʻlgan aholi punktlaridagi VSʼHlarda ichimlik suvi quvurlari, yongʻinga qarshi shlanglar hamda maishiy kanalizatsiya oʻtkazilishi koʻzda tutilishi kerak.
44. Markazlashgan ichimlik suvi tizimi, kanalizatsiyasi va issiqlik, gaz taʼminoti boʻlmagan joylardagi VSʼHda mahalliy (avtonom) muhandislik uskunalar oʻrnatilishi lozim.
45. Kanalizatsiyasi mavjud boʻlgan aholi punktlarida joylashgan VSʼH kameralari sanitariya tarmogʻi (unitaz va qoʻl yuvish chigʻanogʻi) bilan jihozlanadilar hamda ularning kanalizatsiya tizimi shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq umumiy kanalizatsiya tarmogʻiga ulangan boʻlishi kerak.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
46. Kanalizatsiyasi mavjud boʻlmagan aholi punktlarida joylashgan VSʼHda tashkil etilgan ichki kanalizatsiya tarmogʻi, nam oʻtkazmaydigan oʻra tipidagi hojatxonaga ulanadigan qilib qurilishi koʻzda tutilishi kerak.
V. Oziq-ovqat mahsulotlarining tayyorlanishi, saqlanishi va yetkazib berilishiga qoʻyiladigan gigiyenik talablar (VSʼHga shartnoma asosida tayyor ovqat yetkazib beruvchi oshxonalarga taalluqli)
47. VSʼHni tayyor ovqat bilan taʼminlovchi oshxonalar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etishi shart.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
48. Texnologik jihozlar, inventarlar, idish-tovoqlar, sigʻimlar sanitar-epidemiologik xulosaga ega boʻlgan materiallardan tayyorlangan boʻlishi va sanitariya qoidalarga muvofiq xom va tayyor mahsulotlarga ishlov berilishida ishlatilish uchun belgilangan (markirovkalangan) boʻlishi lozim.
49. Yuvuvchi va zararsizlantiruvchi (dezinfeksiyalovchi) vositalarning ishlatilishi boʻyicha yoʻriqnoma bilan shu vositalardan foydalanuvchi xodimlar tanishtiriladi.
50. Yuvuvchi va zararsizlantiruvchi (dezinfeksiyalovchi) vositalar yaxshi shamollantiriladigan va quruq xonalarda saqlanadi. Zararsizlantiruvchi (dezinfeksiyalovchi) eritmalar, ogʻzi poʻkak bilan yaxshi yopiladigan, qoraytirilgan shisha idishlarda, 5 kundan oshiq boʻlmagan muhlatda, yorugʻlik va namlik tushmaydigan holatda saqlanadi.
51. Individual idish-tovoqlar zanglamaydigan poʻlatdan tayyorlangan boʻlishi kerak. Chetlari darz ketgan, yorilgan, singan, pachoqlangan, emal qavati koʻchgan hamda plastmassa va aluminiydan tayyorlangan idish-tovoqlardan foydalanish taqiqlanadi.
52. Idish-tovoqlar ovqat qoldiqlaridan tozalangandan soʻng yuvuvchi vosita qoʻshilgan, harorati 45°Sdan kam boʻlmagan suvda (1-vanna) yuviladi. Harorati 65°Sdan kam boʻlmagan egiluvchi dush nasadkasi oʻrnatilgan shlangdan oqadigan issiq suvda (2-vanna) chayiladi va maxsus panjara (stellaj)larga qoʻyilib quritiladi.
53. Krujkalar yuvuvchi vosita qoʻshilgan issiq suvda (1-vanna) yuviladi, issiq oqar suvda (2-vanna) chayiladi va quritiladi.
54. Oshxona anjomlari ovqat qoldiqlaridan tozalangandan va yuvuvchi vosita eritmasi bilan yuvilgandan (1-vanna) soʻng, issiq oqar suvda (2-vanna) chayiladi. Toza oshxona anjomlari oldindan yuvilib tozalangan metall kassetalarda tikka holda, dastasi tepaga qaratilib saqlanadi.
55. 3-vanna oshxona idish-tovoqlarini zararsizlantiruvchi (dezinfeksiyalovchi) eritmada boʻktirish uchun foydalaniladi.
56. Ovqat chiqindilari belgilangan (markirovkalangan) qopqoqli chelaklarga, pedalli baklarga solib yigʻiladi, ular 2/3 hajmda toʻlgandan soʻng boʻshatiladi va tozalaniladi, ish kunining oxirida har kuni, kanalizatsiya trapi ustida shlangdan oquvchi suv bilan tozalanadi, 2% li kalsiyli soda bilan yuviladi. Soʻngra issiq suv bilan chayiladi va quritiladi.
57. Oshxonada quyidagi kundalik tozalash ishlari olib boriladi: pollarni yuvish, hidlarni yoʻqotish va changlarni artish, radiatorlarni va deraza tokchalarini artish, yuvuvchi vositalar bilan har haftada devorlarni, yoritish vositalarini va oynalarni yuvish va h. k. Oyda bir marotaba oshxonaning hamma xonalarida umumiy tozalash va zararsizlantirish ishlari oʻtkaziladi.
58. Oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishdan saqlangan holda tashilishi zarur.
59. Tez va oson buziluvchi mahsulotlar yilning issiq vaqtida sovutkichli va tashish harorati tartibini taʼminlovchi izotermik transportlarda tashiladi (muzsiz 1 soat va muz bilan 3 soat). Transport kuzovi ichkaridan sanitariya ishlov berilishi uchun qulay boʻlgan material bilan qoplanishi va stellajlar bilan jihozlanishi lozim.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2022-yil 11-noyabrdagi 26-son va Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 3-noyabrdagi 59-qq-sonli qarori (roʻyxat raqami 1737-2, 22.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2022-y., 10/22/1737-2/1036-son)
60. Oziq-ovqat xom ashyosi va mahsulotlarini tashishda hamrohlik qiluvchi, yoʻlda ularni tushiruvchi va ortuvchi shaxslar oʻrnatilgan namunadagi sanitar kiyimlardan (xalat, qoʻlqoplardan) foydalanadilar, tibbiy koʻrik, laboratoriya tahlili natijalari, kasbiy va gigiyenik tayyorgarlikdan oʻtganligi, shahodatlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd qilingan shaxsiy tibbiy daftarchasiga ega boʻlishlari shart.
61. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi transport vositasi toza saqlanishi shart. Ulardan odam, turli xildagi belgilanmagan boshqa tovarlarni tashishda foydalanish man etiladi.
62. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi transport vositasida kundalik tozalash ishlarini transport haydovchisi amalga oshiradi, shuningdek har 10 kunda 1-marta dezinfektor tomonidan zararsizlantirish (dezinfeksiya) ishlovi beriladi.
63. Oshxonadan tayyor ovqat olib kelinadigan idishlar belgilangan (markirovkalangan) boʻlishi va qatʼiy moʻljallangan maqsadlarda ishlatilishi lozim. Kleyonkali va boshqa qoplar, metall va yogʻochdan yasalgan qutilar, bidonlar, flyagalar ishlatilgandan soʻng tozalanishi, 2% kalsiylangan sodaning suvli eritmasida (1 litr suvga 20 gr kalsiylangan soda) yuvilishi, qaynoq suvda chayilishi, quritilishi va ifloslanmaydigan joyda saqlanishi lozim.
64. Qabul qilinayotgan har bir oziq-ovqat mahsulotining sanitariya talablariga javob beruvchi sanitar-epidemiologik xulosasi boʻlishi shart.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2022-yil 11-noyabrdagi 26-son va Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 3-noyabrdagi 59-qq-sonli qarori (roʻyxat raqami 1737-2, 22.11.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2022-y., 10/22/1737-2/1036-son)
65. Oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqat sifatini navbatchi va tibbiy xodim tekshiradi va bu haqda maxsus jurnalga qayd qiladi. Hamroh hujjatlari boʻlmagan, yaroqlilik muddati tugagan, buzilish alomatlari boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarining qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
66. Tez va oson buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlari amaldagi sanitariya qoida va meʼyorlariga muvofiq harorati 2, 6°S boʻlgan muzlatkich va sovutkich kameralarida saqlanadi. Haroratni nazorat qilib turish uchun sovutkich va muzlatkich kameralariga termometr oʻrnatiladi. Bitta sovutkich kamerasi boʻlgan holatlarda, kamerada goʻsht, baliq va sut mahsulotlarining saqlanish joylari qatʼiy chegaralangan boʻlishi, yuvilishi va zararsizlantiruvchi vositalar bilan ishlov berilishi oson boʻlgan maxsus polkalar bilan jihozlanishi shart.
67. Taomlar tayyorlanishida faqat milliy standartlarga javob beradigan yodlangan osh tuzidan foydalaniladi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 5-iyuldagi 23-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 26-iyundagi 36-sonli qarori (roʻyxat raqami 1737-3, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/1737-3/0487-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
68. Ovqatdan zaharlanish holatlarining kelib chiqishi, tarqalishi va uning oldini olish maqsadida:
ovqat tayyorlashda oldingi ovqat qoldigʻini ishlatish;
qoʻlbola tayyorlangan qatiq, pasterizatsiya qilinmagan sutdan tayyorlangan goʻshtli yoki tvorogli quymoq, maydalangan tuxum qoʻshilgan makaron, kremli konditer mahsulotlari, kremlar, morslar, pashtetlar va boshqalar;
oʻtkir taʼmli taomlar, sunʼiy tayyorlangan ovqat qoʻshimchalarining ishlatilishi qatʼiyan taqiqlanadi.
69. Har kungi sutkalik tayyor ovqat namunasi olib qoʻyiladi. Noxush epidemiologik vaziyatlarda mikrobiologik tekshiruv oʻtkazish uchun 1-taomning toʻliq hajmdagi porsiyasi va 100 grammdan kam boʻlmagan garnirlar namunasi olinadi. Namuna ogʻzi qopqoq bilan yopiluvchi sterillangan shisha idishga solinadi (salat va garnirlar alohida idishga solinadi) va 24 soat mobaynida harorati 2, 6°S boʻlgan maxsus sovutkichda saqlanadi. Sutkalik tayyor ovqat namunasini toʻgʻri olish nazoratini tibbiyot xodimi olib boradi.
70. Jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarning yaqin qarindoshlari yoki boshqa fuqarolar tomonidan olib kelingan oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklar oʻrnatilgan tartibda, VSʼHda saqlanayotganlarga berilishiga ruxsat etiladi.
VI. Vaqtincha saqlash hibsxonalarining pardozlanishi
71. Kameralarning devorlari hech qanday boʻrtib turuvchi joylari va burchaklarini qoldirmagan holda betonli qorishma bilan suvab chiqiladi.
72. Kameralardagi pollar yogʻochdan qilinib, betonli asosda boʻlishi kerak.
73. VSʼH xonalari:
tashqi muhitga, inson sogʻligʻiga bevosita yoki bilvosita taʼsir qiluvchi hid va zararli uchuvchan moddalar ajratmaydigan, mikroflora va zamburugʻli suv oʻtlarining koʻpayishini tezlashtirmaydigan;
ishlov berish va zararsizlantirish (dezinfeksiya) uchun qulay boʻlgan materiallar bilan jihozlanadi.
74. Namlik darajasi yuqori boʻlgan xonalar, shuningdek joriy zararsizlantirilishi (dezinfeksiyalash) lozim boʻlgan xonalarning (Tibbiyot xonasi, sanitariya ishlovi berish xonasi va b.) devori sirlangan koshin (plitka) bilan yoki boshqa namga chidamli materiallar bilan shiftgacha qoplanishi, xona shifti esa namga chidamli boʻyoqlar bilan boʻyalishi kerak.
VII. Vaqtincha saqlash hibsxonalarida sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tartibga rioya qilinishi va tibbiy yordam koʻrsatish
75. Ushlangan, qamoqqa olingan shaxslarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish, sogʻliqni saqlash idoralarining mahalliy davolash-profilaktika muassasalari tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
76. VSʼHda tibbiyot punktlari uchun umumiy maydoni 12 m2 dan kam boʻlmagan xona ajratiladi va tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlanadi.
77. VSʼHga ushlab turish uchun olib kelingan shaxslar kameralarga joylashtirishdan oldin, sogʻligʻi tufayli shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishga muhtoj boʻlgan shaxslar VSʼH navbatchisi tomonidan aniqlanadi hamda bitlaganligi tekshiriladi. Qichima, bitlash hamda yuqumli kasallik borligiga gumon qilingan shaxslar boshqalardan ajratilib, tashxisi aniqlanguncha, tibbiy izolyatorda yoki shu maqsadlar uchun ajratilgan maxsus kameralarda saqlanadi.
78. Ruhiy kasallik alomatlari boʻlgan shaxslar ham atrofdagilardan ajratiladi. Shifokor-psixiatrning koʻrigidan soʻng va uning yozma xulosasiga asoslanib ularning boshqa shaxslar bilan birgalikda saqlanishiga ruxsat etiladi.
79. Ushlangan va qamoqqa olingan shaxslardan birining sogʻligʻi yomonlashganligi haqida shikoyat qilgan yoki kasallikning yaqqol alomatlari boʻlgan holatlarda VSʼH navbatchisi zudlik bilan tez tibbiy yordam brigadasini chaqirishi shart.
80. VSʼHda saqlab turilgan shaxslar VSʼH boshligʻi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida har yetti kunda kamida bir marotaba sanitar ishlovdan oʻtkazilishi shart. Bitta kamerada saqlanayotgan shaxslar sanitar ishlovidan bir vaqtning oʻzida oʻtkaziladi.
81. VSʼHda sanitar ishlovi berish xonasi boʻlmagan taqdirda, mahbus va mahkumlar umumiy hammomlarda sanitar ishlovidan oʻtkaziladi.
82. VSʼHning xonalari va kameralarida har kuni zararsizlantiruvchi vositalarni qoʻllagan holda texnik xodimlar tomonidan tozalash ishlari oʻtkaziladi.
83. VSʼH xonalari va kameralarida chivin, suvarak va kemiruvchilarga qarshi sanitariya-profilaktik, ular paydo boʻlgan holatlarda esa, oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi SSV tomonidan ruxsat etilgan kimyoviy preparatlar yordamida zararkunandalarni yoʻqotish tadbirlari amalga oshiriladi.
84. VSʼH sanitariya holati tekshirilganligi natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, uning hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari xodimlari tomonidan maxsus jurnalda qayd etiladi.
(84-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 5-iyuldagi 23-son va Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 26-iyundagi 36-sonli qarori (roʻyxat raqami 1737-3, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/1737-3/0487-son)
85. Ushbu sanitariya qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
2-ILOVA
Ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining (quvvatliligini inobatga olgan holda) oʻzaro almashtirilish jadvali
Oziq-ovqat mahsuloti
Ogʻirligi (g)
Almashtiriluvchi oziq-ovqat mahsuloti
Ogʻirligi (g)
1 nav bugʻdoy unidan tayyorlangan non almashtiriladi
100
1 nav bugʻdoy unidan tayyorlangan suxari
65
1 nav bugʻdoy uni
75
1 nav bugʻdoy unidan tayyorlangan oddiy galet
65
yogʻ bilan toʻyintirilgan 1 nav bugʻdoy unidan tayyorlangan galet
35
vafli
55
Goʻsht
100
Mol jigari
116
1 navli tovuq goʻshti
110
Baliq
125
Tvorog
120
Sut
100
Zich yopilgan idishdagi yogʻi olinmagan quruq sut
11
Yogʻi olingan quruq sut
7,5
Quyiltirilgan qand qoʻshilgan sut
40
9%li tvorog
17
1 navli goʻsht
14
Baliq
17,5
Pishloq
12,5
Tovuq tuxumi
22
Tvorog
100
Mol goʻshti / baliq
83/105
Tovuq tuxumi (1 dona)
41
Tvorog
31
Mol goʻshti / baliq
26/30
Sut
186
Pishloq
20
Tuxum kukuni
11,5
Baliq
100
Mol goʻshti
87
Tvorog
105
Kartoshka
100
Oq bargli karam
111
Gul karam
80
Sabzi
154
Lavlagi
118
Dukkaklilar (loviya)
33
Yashil noʻxat
409
Konservalangan yashil noʻxat
64
Qovoq
300
Olma
100
Konservalangan olma
200
Olma sharbati
90
Uzum sharbati
133
Olxoʻri sharbati
133
Quritilgan mevalar:
Olma-qora olxoʻri
12—17
Mayiz-oʻrik qoqi
22-8
3-ILOVA
Vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslarning eng kam moddiy-maishiy taʼminoti meʼyori
* Izoh: bir marta ishlatiluvchi xavfsiz ustara ishlatilib boʻlingandan soʻng VSʼH navbatchisiga qaytarib berilishi shart. Davlat ahamiyatiga ega boʻlgan ogʻir jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotganlarga hamda xavfli retsidiv jinoyatchilarga xavfsiz soqol olish uskunasi va lezviyalar berilmaydi. Elektrli soqol olish uskunalardan foydalanish ruxsat etilishi mumkin.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
5-ILOVA
Vaqtincha saqlash hibsxonalaridagi tibbiy punktlar (xonalar) uchun zarur boʻlgan tibbiy asbob-uskunalar roʻyxati
“Ogʻizga-ogʻiz” usulida sunʼiy nafas oldirish uchun ishlatiladigan S-simon trubka
dona
2
14.
Kislorod yostiqchasi
dona
1
15.
Boʻy oʻlchagich (Rostomer)
dona
1
16.
Tarozi
dona
1
17.
Bir eshikli tibbiy shkaf
dona
1
18.
Dori vositalarini saqlash uchun metall shkaf
dona
1
19.
Seyf
dona
1
20.
Tibbiy instrumentlar uchun stolcha
dona
1
21.
Stul
dona
2
22.
Stol
dona
1
23.
Tibbiy kushetka
dona
1
24.
Tumbochka
dona
1
25.
Chiqindilar uchun satil (urna)
dona
2
26.
Shifokor yordamigacha har bir shoshilinch holatlarda qoʻllaniluvchi tibbiy asboblar va zaruriy dori vositalari bilan jihozlangan (sumka, chemodan)
dona
1
27.
Ambu qopi (sunʼiy nafas oldirish vositasi)
dona
1
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
Comb drug (Bismut subnitrate, magnesium carbonate)
tabletka
20
28.
Vikasol 1% 1 ml
Menadione
ampula
10
29.
Kalsiy xlorid 10 % 10 ml
Calcium chloride
ampula
10
30.
Etamzilat 12,5 % 2 ml
Etamsylate
ampula
10
31.
Sulfatsil natriy 20 % 5 ml
Sulfacetamid
flakon
2
32.
Ampitsillin trigidrat 0,5
Ampicillin
tabletka
50
33.
Tetratsiklin gidroxlorid 100 mg
Tetracycline
tabletka
60
34.
Qisqa taʼsir etuvchi Insulin
Insulin human
flakon
5
35.
Prolongir taʼsir etuvchi Insulin
Insulin pigs
flakon
5
36.
Laziks 1 % 2 ml
Furosemide
ampula
10
37.
Ammiak eritmasi 10 % 10 ml
Ammonia solution dilute
flakon
5
38.
Novokain 0,5 % 5 ml
Procaine
ampula
20
39.
Deksametazon 4 mg/ml 1 ml
Dexamethasone
ampula
10
40.
Bornaya kislota 3 % spirtli eritmasi 10 ml
Boric acid
flakon
2
41.
Brilliant yashil 1 % 10 ml spirtli eritmasi
Malachite green
flakon
5
42.
Yodning 5 % 10 ml spirtli eritmasi
Iodine
flakon
5
43.
Vodorod peroksid 3 % 25 ml eritmasi
Perhydrolum
flakon
5
44.
Tibbiyot etil spirti 70 % 50 ml
Aethanol
flakon
5
45.
Furatsillin 0,02
№itrofural
tabletka
50
46.
Xloramin B 500 gr
Dixlorizotsianid kislotasining natriyli tuzi
kg
5
47.
Kalsiy gipoxloridi
Calcium hydrochloride
kg
100
Tibbiy buyumlar
48.
Steril bint 5 m x 10 sm
-
dona
5
49.
Nosteril bint 7 m x 14 sm
-
dona
5
50.
Steril paxta 100 gr
-
dona
5
51.
Nosteril paxta 100 gr
-
dona
5
52.
Leykoplastir 1 x 500, 2 x 500 yoki 1 x 250
-
dona
10
53.
Bakteritsidli leykoplastir
-
dona
10
54.
Dokali salfetkalar steril 45 x 29 sm № 10
-
upakovka
10
55.
Sistema (bir martalik)
-
dona
50
56.
Shprits 2,0 (bir martalik)
-
dona
50
57.
Shprits 5,0 (bir martalik)
-
dona
50
58.
Shprits 10,0 (bir martalik)
-
dona
50
59.
Insulin uchun shprits (bir martalik)
-
dona
10
60.
Perchatka (lateks) (bir martalik)
-
dona
50
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 15-martdagi 9 va 24-sonli qarori (roʻyxat raqami 1737-1, 06.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 45-son, 462-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2018-y., 10/18/1737-1/1025-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2022-y., 10/22/1737-2/1036-son; 17.07.2023-y., 10/23/1737-3/0487-son )