|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 06.07.2012
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA (VAZIRLAR MAHKAMASINING “IMKONIYATLARI ChEKLANGAN ShAXSLAR UChUN IXTISOSLAShTIRILGAN KASB-HUNAR KOLLEJLARI FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA” 2007-YIL 17-MAYDAGI 100-SON QARORI)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-iyuldagi 200-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari faoliyati toʻgʻrisida” 2007-yil 17-maydagi 100-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 7-iyul,
139-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi 204-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 1.3-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlar faoliyati xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kolleji toʻgʻrisidagi Nizom bilan belgilanadi”;
b) 3.5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi oʻquv dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 4-noyabrdagi 245-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 383-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 27-28-son, 288-modda; 2010-y., 44-45-son, 383-modda; 2012-y., 28-son, 315-modda)