|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 10.06.2013
|
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 22-aprelda 1122-4-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-apreldagi 9/1-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2465, 03.06.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng, 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-aprel
9/5-son
Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 10-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi banklari oʻrtasida elektron toʻlovlar tizimi boʻyicha hisob-kitoblar yuritish toʻgʻrisida”gi Nizom (2001-yil 19-fevral, roʻyxat raqami 1010)” soʻzlari ““Markaziy bankning banklararo toʻlov tizimi orqali elektron toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (2006-yil 14-fevral, roʻyxat raqami 1545)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 41-bandning “g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
respublika budjetidan moliyalashtirish jarayonida belgilangandan ortiqcha oʻtkazilgan mablagʻlarni qaytarish uchun budjet tashkilotlarining budjet hisobvaraqlariga;
yuqori moliya organlari — quyi moliya organlarining budjet hisobvaraqlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar boʻyicha noqonuniy olingan mablagʻlar va jarimalarni undirib olish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlariga;
Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida berilgan xorijiy kreditlarni qaytarish va foizlar toʻlash bilan bogʻliq majburiyatlari boʻyicha qarzdorlar va subqarzdorlarning milliy va chet el valyutalaridagi bank hisobvaraqlariga.”.
3. 87 va 88-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 17-son, 143-modda)