|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 08.01.2011
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSh PROKURATURASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
TERGOV, SURIShTIRISh VA SUD DAVOMIDA JINOIY IShLAR VA MATERIALLAR BOʻYIChA AShYoVIY DALILLAR VA MODDIY BOYLIKLARNI OLIB QOʻYISh, HISOBGA OLISh, SAQLASh, BERISh, SOTISh, QAYTARISh, YOʻQ QILIB TAShLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 23-avgustda 1616-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 22-oktabrdagi 14-q/q, Q-87, 100, 17, 16, 7, 01-02/22-22, 2010-41-sonli “Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2174, 29.12.2010-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-iyuldagi “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish” haqidagi 139-sonli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Tergov, surishtirish va sud davomida jinoiy ishlar va materiallar boʻyicha ashyoviy dalillar va moddiy boyliklarni olib qoʻyish, hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma* tasdiqlansin.
* Yoʻriqnoma rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi tomonidan 1995-yil 23-martda 14/1-3-son bilan tasdiqlangan “Jinoyat ishlari boʻyicha olingan ashyoviy dalillar, oʻq otar qurollar, moddiy boyliklar va boshqa mulklarni olib qoʻyish, hisobga olish, saqlash, berish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Bosh prokuror R. QODIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-avgust,
63-son
Oliy sudi raisi v.b. N. TAShMATOV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-avgust,
KTB-176-06-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYaTOV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-avgust,
3/2161-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-avgust,
9-son
Adliya vaziri B. MUSTAFOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-avgust,
19-son
Mudofaa vaziri R. MIRZAYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-avgust,
12-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 8-avgust,
01-02/22-19-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 34-35-son, 350-modda)