Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.04.2011
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
bosh direktorining
BUYRUGʻI
POChTA ALOQASI XIZMATLARINI KOʻRSATISh QOIDALARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 23-iyunda 1256-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-fevraldagi 1-yu sonli “Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2219, 18.04.2011-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-331-son qarori ijrosini taʼminlash va xalqaro pochta joʻnatmalarida hujjatlarni joʻnatishni tartibga solish, pochta joʻnatmalarini joʻnatuvchining shaxsini identifikatsiyalash, xalqaro pochta joʻnatmalarida taqiqlangan predmet (narsa)larni joʻnatishni nazorat qilish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 21-sentabrdagi “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-186-son qarorining 3-ilovasi hamda OʼzDst 1020:2002 “Pochta konvertlari. Texnik shartlar”ni bajarish maqsadida, buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2003-yil 3-iyundagi151-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003-yil 16-iyulda 1256-raqam bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalari” ga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin (ilova* qilinadi).
* Ilova rus tilida berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan 10 kun oʻtgandan keyin amalga kiritilsin.
3. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish Agentlik Bosh direktorining oʻrinbosari A.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
Bosh direktor A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2006-yil 22-may,
151-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 242-modda)