Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 12.07.2012
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshida yuristlar malakasini oshirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 21-iyuldagi 364-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-iyuldagi 212-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 17-martdagi PF-3725-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshida Yuristlar malakasini oshirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 21-iyuldagi 364-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 19-iyun,
118-son
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 19-iyundagi 118-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshida Yuristlar malakasini oshirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 21-iyuldagi 364-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qarorning 3-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“zaxirada boʻlgan va ilk bor fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raislari va sudyalari, okrug va hududiy harbiy sudlari raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudlari hamda viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining sudyalari lavozimlariga taqdim etilayotgan shaxslar uch oylik maxsus kurslarda oʻqitiladilar”;
uchinchi—sakkizinchi xatboshi tegishli ravishda toʻrtinchi—toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
oltinchi xatboshidagi “guvohnoma” soʻzi “hujjat” soʻzi bilan almashtirilsin.
2. Qarorga 2-ilovada:
a) 2.1-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“zaxirada boʻlgan va ilk bor fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudyalari raislari va sudyalari, okrug va hududiy harbiy sudlari raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudlari hamda viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining sudyalari lavozimlariga taqdim etilayotgan shaxslarni maxsus kurslarda oʻqitish”;
uchinchi—yettinchi xatboshi tegishli ravishda toʻrtinchi—sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 8.2-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“zaxirada boʻlgan va ilk bor fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raislari va sudyalari, okrug va hududiy harbiy sudlari raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudlari hamda viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining sudyalari lavozimlariga taqdim etilayotgan shaxslar uch oylik maxsus kurslarda oʻqitiladilar”;
uchinchi—oltinchi xatboshi tegishli ravishda toʻrtinchi—yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 232-modda)