07.07.1964 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konvensiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish bilan taʼminlash sohasidagi siyosat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro Mehnat Tashkilotining Bosh konferensiyasi, Xalqaro Mehnat Byurosi Maʼmuriy kengashi tomonidan Jenevada chaqirilib va 1964-yilning 17-iyunida oʻzining Qirq sakkizinchi Sessiyasiga toʻplanib, Filadelfiya deklaratsiyasi, jahon mamlakatlari tomonidan toʻla ish bilan taʼminlanishga erishishni va turmush darajasini oshirishni koʻzlagan dasturlarni qoʻllab-quvvatlanishi maqsadida, Xalqaro Mehnat Tashkilotining muhim majburiyatini tan olishini, shuningdek Xalqaro Mehnat Tashkiloti Ustavi Muqaddimasida koʻzda tutilgan ishsizlik bartaraf etilishi va qoniqarli turmush sharoitini qoplaydigan ish haqi taʼminlanilishini tan olishini eʼtiborga olib, Filadelfiya deklaratsiyasi qoidalariga muvofiq iqtisodiy va moliyaviy siyosatning ish bilan taʼminlash sohadagi siyosatga taʼsirini, quyidagi fundamental maqsad — “barcha insonlar irqi, eʼtiqodi yoki jinsidan qatʼiy nazar, iqtisodiy barqarorlik va teng imkoniyat, erkinlik va qadr-qimmatlari taʼminlangan sharoitda oʻz moddiy farovonligiga va maʼnaviy rivojiga erishish huquqiga ega” — jabhasida oʻrganish va koʻrib chiqish Xalqaro Mehnat Tashkiloti vazifasiga kirishini eʼtiborga olib, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida “har bir inson mehnat qilish, ishni erkin tanlash, adolatli va qulay ish sharoitiga ega boʻlish va ishsizlikdan himoya qilinish huquqiga ega” ekanligini eʼtiborga olib, ish bilan taʼminlash sohasidagi siyosatga bevosita aloqador boʻlgan xalqaro mehnat konvensiyalarini va tavsiyalarini, xususan, Ish bilan taʼminlash xizmati toʻgʻrisidagi 1948-yilgi Konvensiya va Tavsiya; Kasbga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi 1949-yilgi Tavsiya; Kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi 1962-yilgi Tavsiya hamda Mehnat va mashgʻulot sohasida kamsitish toʻgʻrisidagi 1958-yilgi Konvensiya va Tavsiya shartlarini hisobga olib, ushbu hujjatlar, toʻla, samarali va erkin tanlangan ish asosidagi iqtisodiy rivojlanishga moʻljallangan xalqaro dasturlarning keng doirasiga kiritilishi kerakligini eʼtiborga olib, ish bilan taʼminlash sohasidagi siyosatga oid bir qancha takliflarni qabul qilishga qaror chiqarib va bu Sessiya kun tartibining sakkizinchi bandi hisoblanib, mazkur takliflarga xalqaro konvensiya shaklini berishga qaror qilib, bir ming toʻqqiz yuz oltmish toʻrtinchi yil iyul oyining toʻqqizinchi kunida kuyidagi “Ish bilan t�ʼminlash sohasidagi siyosat toʻgʻrisidagi 1964-yilgi Konvensiya” deb nomlanishi mumkin boʻlgan Konvensiyani qabul qildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tashkilotning har bir aʼzosi, iqtisodiy oʻsish va rivojlanishni ragʻbatlantirish, turmush darajasini oshirish, ish kuchi ehtiyojini qondirishni hamda ishsizlik va kerakli darajada ish bilan taʼminlanmaslik muammolarini hal etish maqsadida, toʻla, samarali va erkin tanlangan ish bilan taʼminlanishga qaratilgan faol siyosatni asosiy vazifa sifatida eʼlon qiladi va amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bu siyosat quyidagilarni taʼminlash maqsadini koʻzlaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ishga yaroqli va ish izlayotganlarning barchasi uchun ish boʻlishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) bunday ish imkon kadar samarali boʻlishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
s) ish tanlash erkinligini va har bir mehnatkash, irqi, tanasining rangi, jinsi, dini, siyosiy qarashlari, milliy mansubligi va ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar, oʻziga mos ishni olishi uchun va unda oʻzining mahorati va qobiliyatini ishlatishi uchun imkonini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu siyosat, iqtisodiy rivojlanishning bosqichi va darajasini, bandlik sohasidagi maqsadlar bilan boshqa iqtisodiy va ijtimoiy maqsadlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni tegishlicha hisobga oladi hamda milliy sharoit va amaliyotga mos keladigan usullar orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkilotning har bir aʼzosi milliy sharoitga mos keladigan shunday usullar va choralar yordamida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 1-moddada koʻrsatilgan maqsadlarga erishish uchun koʻrilishi kerak boʻlgan choralarni muvofiqlashtirilgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosat doirasida belgilaydi hamda oʻz nazoratida ushlab turadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ushbu choralarni qoʻllash uchun zarur boʻlishi mumkin boʻlgan harakatlarni amalga oshiradi, shu jumladan, maqsadga muvofiq boʻlgan hollarda dasturlar ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Konvensiyani qoʻllashda, qabul qilinadigan choralarga jalb qilinadigan vakillar, xususan, ish beruvchilar va mehnatkashlarning vakillari ish bilan taʼminlash sohasidagi siyosat boʻyicha, ularning tajribasi, va fikrini toʻliq hisobga olish, hamda ushbu siyosatni shakllantirish va qoʻllab-quvvatlashda ular toʻla hamkorlik qilishining himoyasini tashkil qilish maqsadida maslahatlashuvga jalb qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlar roʻyxatga olinishi uchun Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktoriga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Konvensiya faqatgina ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan Xalqaro Mehnat Tashkilotining aʼzolarinigina birlashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Konvensiya Tashkilot ikki aʼzosining ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari Bosh direktor tomonidan roʻyxatga olingan sanadan keyin oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Keyinchalik ushbu Konvensiya Tashkilotning xar bir aʼzosi uchun uning ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjati roʻyxatga olingan sanadan keyin oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning aʼzosi Konvensiya dastlab kuchga kirgan sanadan oʻn yil oʻtganidan keyin Xalqaro Mehnat Byurosining Bosh direktoriga roʻyxatga olish uchun yuborilgan akt orqali Konvensiyani denonsatsiya qilishi mumkin. Bunday denonsatsiya denonsatsiya akti roʻyxatga olinganidan keyin bir yil oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilgan Tashkilotning har bir aʼzosi, yuqoridagi bandda qayd etilgan oʻn yillik muddat oʻtganidan keyin, bir yil ichida mazkur moddada koʻzda tutilgan denonsatsiya huquqidan foydalanmagan boʻlsa, navbatdagi oʻn yillik muddatni kutishga majbur boʻladi va shunga muvofiq, u mazkur modda shartlariga binoan ushbu Konvensiyani har oʻn yillik muddat tugashi bilan denonsatsiya qilishi mumkin boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori Tashkilot aʼzolari tomonidan yuborilgan ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari va denonsatsiya aktlarining barchasini roʻyxatga olganligi haqida Xalqaro Mehnat Tashkilotining barcha aʼzolariga xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bosh direktor unga yuborilgan ikkinchi ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatni roʻyxatga olganligi haqida Tashkilot aʼzolariga xabar berganda, Tashkilot aʼzolarining eʼtiborini Konvensiyaning kuchga kirish sanasiga qaratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 102-moddasiga muvofiq, yuqoridagi moddalar qoidalariga binoan oʻzi roʻyxatga olgan ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi hujjatlari va denonsatsiya aktlarining barchasiga oid toʻla maʼlumotlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga roʻyxatga olish uchun yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har gal, Xalqaro Mehnat Byurosi Maʼmuriy kengashi zarur deb topganda, Bosh konferensiyaga ushbu Konvensiyaning qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi maʼruzani taqdim etadi va uni toʻla yoki qisman qayta koʻrib chiqish haqidagi masalani Konferensiya kun tartibiga kiritish kerakligini yoki kerak emasligini koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Agar Konferensiya mazkur Konvensiyani toʻla yoki qisman qayta koʻrib chiqadigan yangi konvensiya qabul qilsa va yangi konvensiyada zid keluvchi qoidalar mavjud boʻlmasa, u holda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Tashkilotning biror aʼzosi tomonidan qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, qonunning oʻz kuchi bilan, 6-modda qoidalaridan qatʼiy nazar, mazkur Konvensiyaning zudlik bilan denonsatsiya qilinishiga olib keladi, bunda qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan boʻlishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan sanadan eʼtiboran, mazkur Konvensiyaning Tashkilot aʼzolari tomonidan ratifikatsiya qilinishi toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Konvensiya, xar qanday holatda, uni ratifikatsiya qilgan, ammo qayta koʻrib chiqilgan yangi konvensiyani ratifikatsiya qilmagan Tashkilot aʼzolari uchun amaldagi shakli va mazmuni oʻz kuchida qolaveradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Konvensiyaning inglizcha va fransuzcha matnlari bir xil kuchga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(imzolar)