LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-573-son va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-son qonunlari)”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 21-martdagi PF–2564-son Farmoniga muvofiq va bank tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish, bo‘sh mablag‘larni bank muomalasiga jalb qilish va banklarning iqtisodiyotning aniq sektorida ishlayotgan korxonalarni kreditlash bo‘yicha imkoniyatlarini kengaytirish, banklarning mustaqilligini ta’minlash va aholining moliya-bank tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan kredit siyosatini shakllantirish va amalga oshirishga, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarni, fermer va dehqon xo‘jaliklarini, kichik va o‘rta biznesning boshqa subyektlariga kredit va mikrokredit berishda, investitsiya loyihalarini, erkin muomaladagi valyutada mablag‘ bilan ta’minlashda tijorat banklariga ko‘proq mustaqillik berishga qaratilgan me’yoriy hujjatlar turkumi, shuningdek banklarda korporativ boshqarishga doir tavsiyalar ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Tijorat banklari Kengashlari bilan birgalikda banklarning kapitallashuvi darajasiga qarab 2000—2004-yillar mobaynida har yili soliqlar to‘langandan keyin foydaning 10 foizidan 30 foizgachasini tijorat banklarining o‘z sarmoyalarini ko‘paytirishga yo‘llashini nazarda tutuvchi me’yoriy talablarni bir oy muddatda ishlab chiqish va joriy etish tavsiya qilinsin.
fermer va dehqon xo‘jaliklariga, mikrofirmalarga, kichik va o‘rta biznes korxonalariga, ishlab chiqarish korxonalariga berilayotgan investitsiya kreditlari miqdorini kengaytirishni nazarda tutish tavsiya qilinsin. Bunda dehqon va fermer xo‘jaliklariga kredit berishning eng kam muddati, qoidaga ko‘ra, kamida 2 yil bo‘lishi belgilab qo‘yilsin;
yirik investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun sindikatlashtirilgan kreditlarni amaliyotga joriy etish chora-tadbirlarini ko‘rish tavsiya qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari tomonidan bunday kreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi tavsiyalarni ishlab chiqsin, kreditlashda qatnashuvchi banklarning javobgarligi va vakolatlarining aniq doiralarini belgilashni nazarda tutsin;
omonatlarning har xil turlari bo‘yicha bank tomonidan belgilangan foiz stavkalarini, shuningdek berilayotgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavkalarni ommaviy axborot vositalarida muntazam e’lon qilish tavsiya etilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga aholining muddatli depozitlari o‘sishiga qarab tijorat banklari daromadlariga imtiyozli soliq solishni joriy etish to‘g‘risida ikki hafta muddatda takliflar kiritsin.
5. Bank tizimini isloh qilish respublika komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan 2000 — 2003-yillarda bank tizimini yanada isloh qilish dasturi va uning bo‘yicha tadbirlar 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish, aksiyadorlarning manfaatlarini himoya qilish uchun ta’sirchan shart-sharoitlar yaratish va banklarning kapitallashuvini mustahkamlash uchun banklarning ijro etuvchi organlari va ichki audit xizmatlari rahbarlarining kredit, investitsiya va operatsiya siyosatini amalga oshirishga doir hisobotlarini yilning har choragida eshitish;
iqtisodiyotning real sektoriga kredit qo‘yilmalari o‘sishini, tavakkalchiliklarning oqilona diversifikatsiyasini, qisqa muddatli kredit resurslari bozorida operatsiyalardan yuqori daromadlar olinishini rag‘batlantiruvchi bank kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarini har yili ishlab chiqish va tasdiqlash;
kreditlar berish shartlarini, shuningdek bank kredit portfelining holatini banklar aksiyadorlari manfaatlarini himoya qilish nuqtai nazaridan muntazam ravishda ko‘rib borish tavsiya qilinsin.
7. O‘zbekiston banklar uyushmasi va tijorat banklari tomonidan xalqaro reyting agentliklarining reytinglari olingandan keyin:
mustaqil xalqaro audit natijalariga ko‘ra, Jahon bankining moliyaviy sektorni rivojlantirish agentligi va O‘zbekiston banklar uyushmasining “Axbor Reyting” kompaniyasi bilan birgalikda xalqaro reytinglar olish uchun tavsiya qilinayotgan tijorat banklarini aniqlasinlar;
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ishtirokida 2000-yil 1-iyulgacha reytingdan oldin o‘rganish uchun “Tompson Financial Bank Watch” agentligini jalb etish masalasini ishlab chiqsinlar va tijorat banklari bilan birgalikda har bir bank bo‘yicha reyting olish tadbirlarining aniqlashtirilgan jadvallarini ishlab chiqsinlar;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2000-2001-yillarda strategik xorijiy investorlarni tijorat banklarining aksiyadorlik sarmoyasiga jalb qilish maqsadida chet ellarda taqdimotlar o‘tkazsinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazirlik tuzilmasida xodimlarning belgilangan soni doirasida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan banklarning ustav sarmoyalaridagi davlat ulushini boshqarish bo‘yicha, shtatdagi xodimlari soni 3 kishidan iborat bo‘lim tashkil etsin.
banklarning kredit siyosati, shu jumladan, ustuvor davlat dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ishlab chiqilishida qatnashish va ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
banklarni, shu jumladan, xorijiy sarmoyalarni jalb qilgan holda, xususiylashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;
davlat ulushi bo‘yicha dividendlar hisoblanishini va ularning belgilangan tartibda yo‘naltirilishini nazorat qilish.
9. Ustav sarmoyasida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik-tijorat banki kengashi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda ustav sarmoyasida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan banklar kengashlari shaxsiy tarkibini bir oy muddatda o‘rganib chiqsin va ular bo‘yicha takliflar kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, vazirliklar va idoralar Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda o‘z me’yoriy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3 va 3a-ilovalarga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Mazkur Dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 2-oktabrdagi PF—2084-son Farmonini, Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 15-yanvardagi 24-son qarorini va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi ma’ruzasi asosiy qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 10-iyundagi 296-son qarorlarini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan.
Bank tizimini isloh qilish dasturi O‘zbekiston Respublikasida bozor islohotlari siyosatini amalga oshirishning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi bank tizimini shakllantirish, banklarning moliya bozoridagi vositachilik rolini faollashtirish, ularning moliyaviy mustaqilligini ta’minlash, faoliyatini jahon bank amaliyotiga yaqinlashtirish, va, pirovard natijada, banklarning ichki va xalqaro moliyaviy bozorlarda raqobatbardoshligining yuqori darajasiga erishish Dasturning strategik maqsadi hisoblanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagilar Dasturning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
banklarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, tijorat banklarini yanada aksiyalashtirish, banklarga rahbarlik qilishda aksiyadorlarning rolini oshirish yo‘li bilan korporativ boshqarish tizimini mustahkamlash;
bank tizimini institutsional rivojlantirish, banklarning aktivlari, shu jumladan valyuta aktivlari sifatini yaxshilash hisobiga ularning moliyaviy barqarorligini oshirish, bank ishini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari turlarini kengaytirish;
tijorat banklarining investitsiya jarayonlaridagi rolini oshirish va mulkchilikning barcha shakllaridagi tadbirkorlik tuzilmalarining kredit resurslari, shu jumladan, xalqaro moliya tashkilotlari liniyasi bo‘yicha kredit resurslari olishi mexanizmini takomillashtirish;
banklar faoliyatining tezkorligini oshirish, xalqaro moliya bozorlari bilan integratsiyalash uchun shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiq ma’lumotlarni uzatish banklararo tarmog‘ining axborot-kompyuter infratuzilmasini yanada takomillashtirish;
korporativ boshqarish prinsiplariga asoslangan banklar menejmentining bozor tizimini shakllantirish, banklarni bozor sharoitlarida ishlashga tayyor bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, bank kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash usullarini takomillashtirish;
aholining bank tizimiga bo‘lgan yuksak ishonchini ta’minlash, omonatchilar, investorlar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida banklar faoliyatini tartibga solish va bank nazorati tizimini yanada rivojlantirish.
Hozirgi vaqtda respublika hududida 34 ta tijorat banki faoliyat ko‘rsatmoqda, ularning joylarda 800 tadan ortiq filiallari bor. 5 ta bank ustav sarmoyasida davlat ulushi 25 foizdan ortiqdir. Aksiyalarning asosiy nazorat paketi davlatga qarashli bo‘lgan korxonalar, uyushmalar, korporatsiyalar va konsernlar yirik aksiyadorlik-tijorat banklarining asosiy muassislari hisoblanadilar. Shu munosabat bilan aholining, xususiy tadbirkorlarning, kichik va o‘rta biznes korxonalarining, shuningdek xorijiy investorlarning tijorat banklari sarmoyasida qatnashishini kengaytirish favqulodda muhim ahamiyatga egadir. Bu banklarni boshqarishda bozor iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan xususiy mulkdorning manfaatini ishga tushirish imkonini beradi.
2000-2001-yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankini aksiyalashtirish va aksiyalarining 40 foizini hamda “Asaka” banki aksiyalarining 50 foizini xorijiy investorlarga sotish;
2000—2003-yillarda mamlakatimiz investorlarini va chet ellik investorlarni jalb qilish hisobiga “O‘zuyjoyjamg‘armabank”, “O‘ztadbirkorbank” va “Zamin” banki ustav sarmoyalarida davlat ulushini kamaytirish yo‘li bilan banklarni bosqichma-bosqich xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishni nazarda tutadi.
Bank sohasida xususiylashtirish jarayonini faollashtirish, tijorat banklari aksiyalari sotilishini va ularning xaridorgirligini oshirishni ta’minlash uchun dastur fond birjalari, shu jumladan xorijiy fond birjalari orqali qimmatli qog‘ozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlarida banklarning aksiyalarini sotish mexanizmini takomillashtirishni nazarda tutadi.
Hozirgi vaqtda bank tizimi aktivlarining 80 foizdan ortig‘i davlat va ixtisoslashtirilgan (tarmoq) banklar ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Banklar aktivlarining iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida notekis jamlanishi kichik, o‘rta va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga, moliya bozorida banklar o‘rtasida raqobatning kuchayishiga, banklar tavakkalchilik aktivlarining diversifikatsiyasiga, shuningdek bank faoliyatining monopoliyadan chiqarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Banklarning tavakkalchilik aktivlarini diversifikatsiyalash, bank faoliyatini amalga oshirishda ularning mustaqilligini ta’minlash, moliya bozorida raqobatni kuchaytirish, bank tomonidan moliyalashtirishning bozor prinsiplarini rivojlantirish, shuningdek, kichik, o‘rta va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida Dasturda quyidagilar nazarda tutiladi:
ixtisoslashtirilgan banklar tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tarmoqlar sonini, xo‘jalik yurituvchi subyektlar turlarini va sodir etilayotgan operatsiyalar sonini kengaytirish yo‘li bilan ishlab turgan ixtisoslashtirilgan (tarmoq) tijorat banklarini universallashtirish va tijoratlashtirish;
bank aksiyadorlarining huquqlarini boshqa xo‘jalik jamiyatlari aksiyadorlarining huquqlari bilan tenglashtirishni ta’minlash maqsadida tijorat banklariga soliq solish tartibini takomillashtirish (banklarni foydadan soliq olinadigan soliq to‘lovchilar toifasiga o‘tkazish);
banklar faoliyatini jahon bank amaliyotiga yaqinlashtirishni ta’minlovchi chora-tadbirlar ko‘rish. 2000—2002-yillar mobaynida banklar tomonidan bajarilayotgan nazorat funksiyalari tegishli davlat organlariga bosqichma-bosqich beriladi, shuningdek, banklarning mijozlari tomonidan sodir etilayotgan operatsiyalar uchun ularning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari ko‘riladi;
Banklar aktivlari tarkibini o‘zgartirish agentligi ko‘magida 2000-2001-yillar mobaynida banklarning muammoli aktivlar toifasidagi mavjud aktivlarining tarkibi o‘zgartiriladi;
2001-yilda O‘zbekiston banklar uyushmasi huzurida banklarni potensial qarz oluvchilarning kredit tarixi to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash uchun Kredit-axborot byurosi tashkil etish.
Garov sifatidagi kredit tavakkalchiligini ta’minlashning amaliy bozor vositasidan samarali foydalanish maqsadida Adliya vazirligi, Markaziy bank va Banklar uyushmasi tomonidan 2000-yilda garov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlanadi va tegishli organlarning ko‘rib chiqishi uchun kiritiladi.
Markaziy bank tomonidan Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bank muomalasiga qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilish va bank sektoriga ishonchni oshirish maqsadida, naqd va naqdinasiz shakllardan foydalanish sohasini birxillashtirgan holda, hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari ko‘riladi.
Dasturning amalga oshirilishi tijorat banklarida jamg‘arma ishini rivojlantirish, talab va taklif asosida depozitlar bo‘yicha o‘zgaruvchan foiz siyosatini joriy etish, shuningdek banklarning depozit bazasini mustahkamlash, aholining bo‘sh mablag‘larini amaliy muomalaga jalb qilish maqsadida mijozlarning pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlari va mol-mulkini saqlashga oid seyf operatsiyalarini joriy etish bilan bog‘liqdir.
2000-yildan boshlab tijorat banklarining resurs bazasi barqarorligini va kapitallashuvi darajasini oshirish maqsadida ipoteka obligatsiyalari, depozit, jamg‘arma sertifikatlar va boshqa qimmatli qog‘ozlar singari banklarning uzoq muddatli qarz majburiyatlarining zamonaviy bozor vositalari joriy etiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda 2000—2004-yillar mobaynida foydaning 10 foizidan 30 foizgachasi, soliqlar to‘langandan keyin, banklarning kapitallashuvi darajasiga qarab tijorat banklarining ustav sarmoyalarini ko‘paytirishga yo‘naltiriladi.
2000—2005-yillar mobaynida Xalq bankining resurs bazasini mustahkamlash va uning ustav sarmoyasi miqdorini mazkur bankning mayda omonatchilari manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash uchun 10 mlrd so‘mgacha yetkazish chora-tadbirlari ko‘riladi.
Aholi omonatlari bo‘yicha banklar javobgarligining zarur sug‘urta himoyasi Jamoa sug‘urta jamg‘armasi mablag‘larini ishonchli yuqori likvidli davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlarga va bank depozitlariga investitsiya qilishning maqbul strategiyasini amalga oshirish hisobiga ta’minlanadi.
Hozirgi vaqtda yirik tijorat banklari investitsiya jarayonlarining asosiy qatnashchilari bo‘lib qolmoqda. Bu kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kredit liniyalarini o‘zlashtirishga ham to‘liq darajada taalluqlidir.
Hukumatning investitsiya dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirishda barcha banklarning vositachilik rolini oshirish, kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun xorijiy kredit liniyalarni va budjetdan tashqari fondlarning mablag‘larini o‘z vaqtida o‘zlashtirish maqsadida mazkur Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:
kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash uchun investitsiya jarayonlarida ayniqsa xalqaro moliyaviy tashkilotlar liniyasi bo‘yicha moliyaviy vositachilikni faollashtirish maqsadida O‘zbekiston taraqqiyot bankini tashkil etish;
2000-yildan boshlab yirik investitsiya loyihalarini kombinatsiyali (sindikatlashtirilgan) moliyalashtirish va kreditlash mexanizmi va vositalarini shakllantirish;
banklar foydasining 25 foizgachasini tijorat banklarida tashkil etilayotgan kichik va o‘rta biznesning ishlab chiqarish korxonalarini, yuqori texnologiyali va innovatsiya loyihalarini, dehqon va fermer xo‘jaliklarini Imtiyozli kreditlash jamg‘armasi mablag‘lariga ajratish hisobiga kichik va o‘rta biznesning ishlab chiqarish korxonalarini, yuqori texnologiyali va innovatsiya loyihalarini, dehqon va fermer xo‘jaliklarini imtiyozli kreditlashdan foydalanish.
Hozirgi vaqtda xususiy tadbirkorlarni, kichik va mikrokorxonalarni mikrokreditlash bozori to‘liq banklarga tegishlidir, bu ushbu bozorda raqobatning darajasi yetarli emasligiga olib keladi.
Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliyaviy muassasalarning ko‘magida kredit kooperativlari (uyushmalar) tashkil etish yo‘li bilan kichik va o‘rta tadbirkorlikni mablag‘ bilan ta’minlashning bank kreditlashiga muqobil shakllarini rivojlantirish;
xususiy tadbirkorlar, kichik va mikrokorxonalarni mikrokreditlash mexanizmini doimiy ravishda takomillashtirish maqsadida kredit kooperativlari uyushmalarning tijorat banklari bilan o‘zaro hamkorligi mexanizmini rivojlantirish.
Shu bilan birga bank tizimida kichik va o‘rta biznes subyektlarini, xususiy tadbirkorlikni mikrokreditlashning vositalaridan keng foydalaniladi, shu jumladan qarz oluvchi tomonidan uchinchi shaxslar, mahalla, qishloq, ovul fuqarolari yig‘ini organlarining kafilligini berishdan foydalaniladi.
Respublika mustaqilligi yillarida bank tizimida mijozlarning pul mablag‘larini o‘z vaqtida o‘tkazishni ta’minlovchi elektron to‘lov tizimi shakllantirildi. Biroq bank tizimi oldida yaqin yillarda turgan vazifalar uni yanada takomillashtirish va rivojlantirishni taqozo etadi.
Dasturda banklararo axborot-kompyuter infratuzilmani yanada yaxshilash maqsadida quyidagilar nazarda tutilgan:
Markaziy bank ma’lumotlarni uzatish banklararo tarmog‘ining axborot-kompyuter infratuzilmasini hisob-kitoblar tizimini rivojlantirishning ilg‘or yo‘nalishlariga muvofiq takomillashtirish. Buning uchun 2000-yil mobaynida Jahon banki loyihasi doirasida to‘lov tizimining konseptual dizayni ishlab chiqiladi;
Markaziy bank ma’lumotlarni uzatish banklararo tarmog‘ini 2000-2001-yillar mobaynida bank tuzilmalari va boshqa moliyaviy tuzilmalarning axborot borasida o‘zaro hamkorligini ta’minlovchi telekommunikatsiyalarning global respublika tarmog‘iga aylantirish yo‘li bilan rivojlantirish;
ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ida standartlarni va axborot ayirboshlash tartibotini takomillashtirish yo‘li bilan elektron pochta ishini yanada yaxshilash;
Dastur bank menejmentini va bank kadrlari tayyorlash usullarini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagilarni nazarda tutadi:
bank faoliyati natijalari, kreditlarning qaytarilishi uchun banklar Kengashlari va Boshqaruvlarining javobgarligini oshirish yo‘li bilan banklarni korporativ boshqarishni mustahkamlash bo‘yicha 1999-yilda boshlangan chora-tadbirlarni 2000-yilda davom ettirish;
tijorat banklarida ichki audit xizmatlarining rolini kuchaytirish, ularning ijro etuvchi organdan mustaqilligini ta’minlash va banklar ijro etuvchi organlari tomonidan ichki audit xizmatlarini ular faoliyatidagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish uchun bankning moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi ishonchli axborot bilan ta’minlash;
tijorat banklari tomonidan xalqaro reyting agentliklarining reytinglarini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablariga javob beruvchi bank kadrlari tayyorlash uchun shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida 2000-yilda va undan keyingi yillarda zamonaviy kompyuter texnikasi, bank ishi bo‘yicha mamlakatimiz adabiyoti va xorijiy adabiyot bilan ta’minlash yo‘li bilan bank ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini va kutubxona fondini mustahkamlash chora-tadbirlari ko‘riladi;
ana shu maqsadda bank mutaxassislarini ilg‘or jahon bank amaliyotiga muvofiq o‘qitish maqsadida oliy o‘quv yurtlari, bank kollejlari va sinflari uchun: darsliklar, qo‘llanmalar va uslubiy adabiyotning yangi avlodini, shuningdek, birxillashtirilgan o‘quv dasturlarini yaratish jarayoniga 2000—2002-yillarda alohida e’tibor beriladi;
professional o‘sishni rag‘batlantirish va ta’minlash, banklarning ijtimoiy infratuzilmasini, shuningdek rag‘batlantirishning nomoddiy shaklllari tizimini rivojlantirish yo‘li bilan bank xodimlari mehnati asoslanishining bozor usullari tizimini yanada takomillashtirish.
Tijorat banklari tomonidan konferensiyalarda chiqishlar qilish, ommaviy axborot vositalaridan, bosma mahsulotlardan, “Internet” tarmog‘idan, O‘zbekiston Respublikasi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalari imkoniyatlaridan foydalanish yo‘li bilan chet elda taqdimotlar tashkil etish amaliyoti qo‘llaniladi.
Bank faoliyatini tartibga soluvchi qabul qilingan qonunlarga muvofiq Markaziy bankda tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishning xalqaro standartlarga va Bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi talablariga javob beruvchi ta’sirchan tuzilmasi yaratilgan.
Tijorat banklari hisob raqamlarining Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq bo‘lgan va banklar faoliyati ochiqligini ta’minlovchi yangi rejasi amalga joriy etilgan. Shuningdek tijorat banklarida xalqaro e’tirof etilgan audit kompaniyalar tomonidan tashqi auditorlik tekshirishlari o‘tkazish amaliyoti joriy etilgan.
Tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish, jadal rivojlanayotgan bozor sharoitlarida bank nazoratining ta’sirchanligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Markaziy bankning rolini yanada kuchaytirish maqsadida Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:
amaldagi qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan tijorat banklari faoliyati ustidan nazoratni takomillashtirish;
banklarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq takomillashtirish yo‘li bilan tijorat banklarining axborotni tashqi foydalanuvchilar uchun oshkor qilish standartlarini yanada rivojlantirish.
Bank tizimini isloh qilish dasturining asosiy yo‘nalishlari milliy moliya-kredit tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini ochib beradi va Dasturning mamlakatda amalga oshirilayotgan umumiy iqtisodiy qayta o‘zgartirishlar, bank tizimini bosqichma-bosqich isloh qilish, milliy moliya tizimining barqarorligini, moliya bozorlarida erkin raqobatni qo‘llab-quvvatlash bilan muvofiqligi prinsiplariga asoslanadi.
Bank tizimini isloh qilish dasturi asosiy yo‘nalishlarining amalga oshirilishi quyidagilarni ta’minlaydi:
davlat va nodavlat bank muassasalari faoliyat ko‘rsatishining balansliligiga erishish maqsadida bank tizimi mol-mulki tuzilmasini maqbullashtirish;
bank tizimini rivojlantirishni raqobatbardoshlik darajasini oshirishga yo‘naltirgan holda bank sektorini monopoliyadan chiqarishni kuchaytirish;
bozor va kredit tavakkalchiliklarini hisobga olgan holda aktivlar va passivlarni samarali boshqarishni ta’minlovchi banklar kredit siyosatini takomillashtirish; tijorat banklarida ichki kredit nazorati tizimini rivojlantirish; kredit resurslarini iste’mol va investitsiya talabini rag‘batlantirishga yo‘naltirish;
banklarning bank vositalarining xaridorgirligini joriy etish va takomillashtirish yo‘li bilan yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini (shu jumladan valyuta mablag‘larini) omonatlarga jalb qilish ishlari faollashuvini ta’minlaydigan ularning depozit siyosatini rivojlantirish;
banklarning investitsiya vositachilari sifatida tijorat banklarining rolini oshirishga; real sektorning ustuvor tarmoqlarini kreditlash ko‘lamlarini kengaytirishga; iqtisodiyotning xususiy sektorini, shuningdek kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishning moliyaviy imkoniyatlarini rivojlantirishga; banklarning investitsiya loyihalari va dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlashda qatnashishining yangi shakllari va usullarini joriy etishga qaratilgan investitsiya siyosatini takomillashtirish;
bank xizmatlarini kengaytirish va diversifikatsiyalash, bank mijozlariga xizmat ko‘rsatishning zamonaviy bank mahsulotlari va texnologiyalarini joriy etish asosida tijorat banklari bilan ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirish;
bankning barqarorligi va faoliyat ko‘rsatishi ishonchliligi oshishiga ko‘maklashuvchi bankning joriy va strategik faoliyatini boshqarishda sifat va samaradorlik oshishini ta’minlovchi zamonaviy xalqaro standartlar va huquqiy normalarga javob beruvchi tijorat banklarida korporativ boshqarishni institutsional mustahkamlash;
bank xizmatlari bozorining, shuningdek tijorat banklari faoliyatining ularning mijozlari, investorlar va hamkorlar uchun ochiq bo‘lishini oshirish;
monetar siyosat, davlat krediti, fiskal siyosat, ichki nazorat va auditlash, tashqi auditni o‘z ichiga oluvchi banklar faoliyatini davlat tomonidan va ichki iqtisodiy tartibga solish tizimini takomillashtirish;
jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitlarida mamlakat moliya tizimi uchun salbiy tizimli tavakkalchiliklarga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlovchi mamlakatimiz tijorat banklarining jahon bank tizimiga izchil integratsiyalashuvini amalga oshirish;
bankdan tashqari moliya muassasalarining, ayniqsa ichki investitsiya resurslarini jamlash masalasidagi faoliyatini rivojlantirish;
to‘laqonli bank nazorati ostida bo‘lgan yaxshi boshqariladigan kredit muassasasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan banklarning milliy tarmog‘ini yaratish;
O‘zbekiston Respublikasi Bank tizimini isloh qilish dasturining amalga oshirilishi iqtisodiyotning real sektori korxonalari uchun ancha rivojlangan moliyaviy muhitni ta’minlash, kichik, o‘rta va xususiy tadbirkorlikning amaliy faolligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimiz korxonalarining raqobatbardoshligi oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish, mamlakat iqtisodiyotiga qo‘yilayotgan jamg‘armalar va investitsiyalar darajasi jiddiy ravishda o‘sishiga ko‘maklashish, makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o‘sish tendensiyalarini mustahkamlash yo‘li bilan iqtisodiyotda bir qancha ijobiy natijalarga olib keladi.
T/r | Dasturni amalga oshirish chora-tadbirlari | Amalga oshirish shakli | Bajarish muddati | Bajarish uchun mas’ul | Izoh |
1. Tijorat banklarini xususiylashtirish va davlat tasarruvtidan chiqarish | |||||
1. | Moliya vazirligi huzuridagi tijorat banklarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish bo‘yicha agentlik tashkil etish | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2000-yilning , II choragi | Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Markaziy bank, Moliya sektorini rivojlantirish agentligi | Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzi doirasida |
2. | Banklar aksiyalarining bozor qiymatini belgilash uchun tijorat banklari aktivlarini baholash tartibini ishlab chiqish | Tartib loyihasi | 2000-yilning I yarmi | Moliya vazirligi, Markaziy bank, Tijorat banklarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish agentligi | Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzi doirasida |
3. | 2000-2001-yillar davomida “Asaka” banki aksiyalarining 50 foizi�i xorijiy investorlarga sotish | Chora-tadbirlar jadvali | 2000-yilning II choragi | “Asaka” banki, Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Markaziy bank, Tijorat banklarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish agentligi | |
4. | 2001-yilda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankini aksiyalashtirish va 40 foizini xorijiy investorlarga sotish | Chora-tadbirlar jadvali | 2000-yilning II choragi | Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Markaziy bank, Tijorat banklarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish agentligi | |
5. | O‘z investorlarimiz va xorijiy investorlarni jalb qilish hisobiga 2000 — 2003-yillarda “O‘zuyjoyjamg‘armabank”, “O‘ztadbirkorbank”, “Zamin” banki ustav sarmoyasidagi davlat ulushini kamaytirishga doir tadbirlar ishlab chiqish | Chora-tadbirlar jadvali | 2000-yilning II choragi | Tegishli banklar, tijorat banklarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish agentligi, Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, Markaziy bank | |
6. | Banklar aksiyalarini mintaqaviy filiallar orqali sotishni faollashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish | Tadbirlar ishlab chiqish | 2000-yilning II choragi | Tijorat banklari | |
7. | Banklarning qiymatli qog‘ozlarini birlamchi va ikkilamchi bozorda sotish mexanizmini takomillashtirish maqsadida reklama faoliyatini faollashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish | Tadbirlar ishlab chiqish | 2000-yilning II choragi | Tijorat banklari | |
2. Bank tizimini institutsional rivojlantirish va bank ishini yanada takomillashtirish | |||||
1. | Ixtisoslashtirilgan tijorat banklari faoliyatini universallashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlariga o‘zgartirishlar va ko‘shimchalar kiritish | Vazirlar Maxkamasining qarori loyihasi | 2000-yilning II yarmi | Adliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari | |
2. | O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining banklarni foydadan soliq to‘lovchilar toifasiga o‘tkazish qismiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish | Qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha Qonun loyihasi | 2000-yilning II yarmi | Moliya vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi, tijorat banklari | |
3. | O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga banklar tomonidan to‘lovlar o‘tkazishni amalga oshirishda soliq organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga xos bo‘lgan funksiyalarni ularga bosqichma-bosqich berish bo‘yicha o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish | Qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha Qonun loyihasi | 2000-yilning I yarmi | Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari | |
4. | Moliya vazirligi huzurida Banklar aktivlari tarkibini o‘zgartirish agentligini tashkil etish | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2000-yilning II choragi | Moliya vazirligi, Markaziy bank, Moliya sektorini rivojlantirish agentligi | Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzi doirasida |
5. | 2001-yilda O‘zbekiston banklar uyushmasi huzurida Kredit-axborot byurosini tashkil etish va byuro ish tartibini ishlab chiqish | Tashkiliy-texnikaviy tadbirlar | 2001-yil davomida | O‘zbekiston banklar uyushmasi, tijorat banklari | Banklarning kredit operatsiyalari bo‘yicha tavakkalchiliklarni diversifikatsiyalash va pasaytirish hamda banklarni salohiyatli qarz oluvchilarning kredit tarixi to‘g‘risidagi axborotlar bilan ta’minlash |
6. | Tijorat banklari kreditlari o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash uchun garovni sotish mexanizmini takomillashtirish maqsadida “Garov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar va ko‘shimchalar kiritish | Qonun loyihasi | 2000-yilning II choragi | Markaziy bank, O‘zbekiston banklar uyushmasi, Adliya vazirligi, Yer resurslari davlat qo‘mitasi | |
7. | 2000-2001-yillarda hisob-kit?blarning naqd pulli va naqd pulsiz shakllarini bosqichma-bosqich birxillashtirishni nazarda tutuvchi tadbirlar kompleksini ishlab chiqish | Vazirlar Maxkamasining qarori loyihasi | 2000-yilning I yarmi | Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi | Qo‘shimcha moliya resurslarini bank oborotiga jalb qilish va bank tizimiga bo‘lgan ishonchni oshirish |
8. | Banklar tomonidan seyf operatsiyalarini, shu jumladan, mijozlarning hujjatlari va boyliklarini saqlash, omonatga qo‘yish ishlarini rivojlantirish maqsadida seyflar va ixtisoslashtirilgan xonalarni ijaraga berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni amalga oshirish tartibini ishlab chiqish | Tartib loyihasi | 2000-yilning III choragi | Xalq banki, tijorat banklari, Markaziy bank | |
9. | Aholi jamg‘armalarini jamoa tartibida sug‘urtalash jamg‘armasining faoliyat ko‘rsatish tartibini ishlab chiqish | Tartib loyihasi | 2000-yil, aprel | O‘zbekiston banklar uyushmasi, tijorat banklari, Markaziy bank | |
10. | “Markaziy bankda majburiy zaxiralarni tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan deponentlashtirish tartibiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish | �ngi tartib loyihasi | 2000-yilning II choragi | Markaziy bank | |
11. | 2000 — 2005-yillar davomida ustav sarmoyasini 10 mlrd so‘mgacha ko‘paytirgan holda Xalq bankining resurs bazasini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish | Farmon loyihasi | 2000-yilning III choragi | Moliya vazirligi, Markaziy bank, Xalq banki | Mayda omonatchilar manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish va Xalq bankining barqaror sarmoya bazasini ta’minlash |
3. Investitsiya jarayonlarining faol qatnashchilari sifatida tijorat banklarining rolini oshirish | |||||
1. | Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash uchun investitsiya jarayonlarida, ayniqsa xalqaro moliya tashkilotlari liniyasi bo‘yicha moliyaviy vositachilikni faollashtirish maqsadida O‘zbekiston taraqqiyot bankini tashkil etish | Farmon loyihasi | 2000-yilning III choragi | Markaziy bank, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi | “KfV” (Germaniya) bankining texnikaviy ko‘magi doirasida |
2. | Kichik .va o‘rta biznesning ishlab chiqarish korxonalarini, yuqori texnologik innovatsiya loyihalarini, dehqon va fermer xo‘jaliklarini imtiyozli kreditlash maxsus jamg‘armasi tartibini ishlab chiqish | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2000-yilning I choragi | Markaziy bank, tijorat banklari | |
3. | Tijorat banklari tomonidan investitsiya loyihalarini sindikatlashtirilgan mablag‘ bilan ta’minlash tartibini ishlab chiqish | Tartib loyihasi | 2000-yilning I yarmi | Markaziy bank, tijorat banklari | |
4. Xususiy tadbirkorlarni va aholini mikrokreditlash tizimini rivojlantirish | |||||
1. | Kredit shirkatlari (uyushmalari)ning me’yoriy-huquqiy bazalarini shakllantirish | Qonun va me’yoriy hujjatlar | 2000-yilning II choragidan boshlab | Markaziy bank, Adliya vazirligi | Osiyo taraqqiyot bankining yordami doirasida |
2. | Kredit shirkatlari (uyushmalari)ning tijorat banklari bilan o‘zaro faoliyat ko‘rsatish mexanizmini ishlab chiqish | Me’yoriy hujjatlar | 2000-yilning II choragidan boshlab | Markaziy bank, mahalliy hokimiyat organlari | Osiyo taraqqiyot baikining texnikaviy yordami doirasida |
5. Bank axborot tizimlari va texnologiyalarini rivojlantirish | |||||
1. | Banklararo axborot-kompyuter infratuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida: 2000 — 2003-yillar davrida to‘lov tizimini takomillashtirish maqsadida mavjud raqamli bank telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha texnik loyihani ishlab chiqish; banklararo ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ini xalqaro banklar tarmoqlariga ulash bo‘yicha texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqish; 2001-2002-yillarda ma’lumotlarni uzatish banklararo tarmog‘iga Respublika moliya tuzilmalarini ulash bo‘yicha texnikaviy hujjatlarni tayyorlash; 2000-2002-yillar davrida Markaziy bankning elektron pochta tizimini zamonaviylashtirish tadbirlar kompleksini amalga oshirish | Texnik loyiha- Texnikaviy hujjatlar Texnikaviy hujjatlar Tadbirlar | 2000-yilning II yarmi 2001-yilning II choragi 2001-yilning I yarmi 2000-yilning II yarmi | Markaziy bank, O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, tijorat banklari Markaziy bank, tijorat banklari, O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Markaziy bank, Moliya vazirligi, .Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank | |
2. | Ikkita tijorat bankida boshqaruv axborot tizimi (BAT) pilot loyihasini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha tashkiliy-texnikaviy tadbirlar kompleksini o‘tkazish | BAT loyihasini tayyorlash va texnikaviy hujjatlarni ishlab chiqish | 2001-yilning III choragi | Markaziy bank, tijorat banklari | Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki |
3. | Plastik kartalar asosida naqd pulsiz hisob-kitoblarning milliy tizimini joriy etish maqsadida: plastik kartalar asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi faoliyat ko‘rsatishining me’yoriy huquqiy va uslubiy bazasini shakllantirish; tijorat banklari ishtirokida alohida olingan mintaqada pilot loyihasini joriy etish chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish | Me’yoriy hujjatlar Texnikaviy loyihani tayyorlash | 2000-yilning III choragi 2000-yilning III choragi | Markaziy bank, Banklar uyushmasi, tijorat banklari Banklar uyushmasi, tijorat banklari, Markaziy bank | |
6. Bank menejmenti va bank kadrlari tayyorlash usullarini takomillashtirish | |||||
1. | Aksiyadorlar, Banklar kengashlari, ichki audit xizmatlari, kredit qo‘mitalari, xaridorgirlik boshqarmalari rolini kuchaytirishni nazarda tutadigan tijorat banklarida korporativ boshqarish va kreditlar berilishi va kreditlar qaytarilishi uchun ularning javobgarligini oshirish to‘g‘risidagi Nizomning yangi tahririni ishlab chiqarish | Nizom loyihasi | 2000-yilning II choragi | Markaziy bank, Adliya vazirligi texnikaviy vazirligi, tijorat banklari ko‘magida | “USAID” texnikaviy ko‘magida |
2. | Quyidagilar: 2000-2002-yillarda Banklarning markazlashtirilgan fondi mablag‘lari hisobiga oliy o‘quv yurtlari, bank kollejlari va sinflari uchun darsliklar, qo‘llanmalar va uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini, shuningdek birxillashtirilgan o‘quv dasturlarini shakllantirish bo‘yicha; | Banklar uyushmasi syezdi qarori va ishlab chiqish dasturi Dasturlar loyihasi | 2000-yilning I yarmi 2000-yilning II choragi | O‘zbekiston banklar uyushmasi, Bank-moliya akademiyasi, Respublika bank o‘quv markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tijorat banklari | |
AQSh, Yaponiya Germaniya, Buyuk Britaniya, Shveysariya va boshqa xorijiy yetakchi banklar bilan birgalikda bank mutaxassislarini tayyorlash va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha | O‘zbekiston banklar uyushmasi, Bank moliya akademiyasi, Respublika bank o‘quv markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi | ||||
uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish bo‘yicha; banklar ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, professional o‘sishini rag‘batlantirish va ta’minlashni, shuningdek rag‘batlantirishning nomoddiy uslublari tizimini nazarda tutadigan bank xodimlari mehnatini asoslash bozor usullari tizimini yanada taqomillashtirish bo‘yicha tadbirlar kompleksini tayyorlash | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2000-yilning I yarmi | O‘zbekiston banklar uyushmasi, Markaziy bank, tijorat banklari | ||
3. | Xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar hukumatlari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish doirasida o‘quv bankini tashkil etish | Tashkiliy-texnikaviy tadbirlar | 2000-yilning I yarmi | O‘zbekiston banklar uyushmasi, Bank-moliya akademiyasi, Respublika bank o‘quv markazi | |
7. Bank nazoratini yanada rivojlantirish | |||||
1. | Tijorat banklari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha Markaziy bank rolini takomillashtirish maqsadida “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish | Qonun loyihasi | 2000-yilning I yarmi | Markaziy bank, Adliya vazirligi | |
2. | Tijorat banklarining bank aksiyadorlarini salohiyatli investorlar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun ochiqligini ta’minlash maqsadida ularning e’lon qilinadigan hisobotlari to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish | Nizom loyihasi | 2000-yilning III choragi | Markaziy bank |
1. Ushbu Nizom “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati”, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, bank ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan.
2. Nizom “__________” aksiyadorlik-tijorat banki kengashi maqomini belgilaydi va ishini tartibga soladi, Kengash a’zolarini saylash tartibini, shuningdek Bank kengashi a’zosining huquqlari va vazifalarini belgilaydi.
3. “_________” aksiyadorlik-tijorat banki kengashi (keyingi o‘rinlarda Bank kengashi deb ataladi) bank faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, Aksiyadorlar umumiy majlisining mutlaq vakolatiga taalluqli masalalar bundan mustasno.
bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, shu jumladan, uning kredit siyosatini ishlab chiqish;
yillik hisobotni, foyda va zararlar hisob raqamlarini ko‘rib chiqish va ularni Aksiyadorlar umumiy majlisiga tasdiqlash uchun kiritish;
bank ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish hamda ularni Aksiyadorlar umumiy majlisiga tasdiqlash uchun kiritish;
obligatsiyalar chiqarish va bankning boshqa qarz majburiyatlari to‘g‘risida, ularni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda sotib olish tartibi to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
yangi bo‘limlar, filiallar, chet ellarda vakolatxonalar tashkil etish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
tijorat, shu’ba va aloqador korxonalar tashkil etishni nazarda tutuvchi investitsiyalar to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
5. Bank boshqaruv Bank kengashi bilan kelishgan holda quyidagilar to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi:
yirik bitishuvlar tuzish, shu jumladan, o‘z vakolati doirasida korxonalarga (bitishuvlar yoki umumiy qiymati qaror qabul qilingan sanada bank sarmoyasining 15 foizidan ko‘prog‘ini tashkil qiladigan bir nechta o‘zaro bog‘liq bitishuvlar) mol-mulk sotib olish va ularni begonalashtirish bilan bog‘liq kreditlar berish;
bank faoliyati, kreditning to‘g‘ri berilishi va mablag‘larning investitsiyalanishi ustidan joriy nazoratni amalga oshirish (omonatchilar, kreditorlar va aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida);
7. Aksiyadorlarning umumiy Majlisi, Bank kengashi hamda Bank boshqaruvi bankni boshqarish organlari hisoblanadi. Aksiyadorlarning umumiy Majlisi boshqarishning yuqori organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
12. Bank kengashi tarkibiga saylangan shaxslar uning tarkibiga cheklanmagan marta saylanishlari mumkin.
13. Aksiyador o‘ziga tegishli aksiyalar bo‘yicha ovozlarni Bank kengashi a’zoligiga nomzodlardan biriga to‘liq yoki bir necha nomzodga taqsimlab berishga haqlidir.
Aksiyadorlarning umumiy majlisini ochadi va uning hay’ati tarkibiga kiradi, bank nomidan Boshqaruv raisi bilan mehnat shartnomasi tuzadi;
15. Bank kengashi raisi joyida bo‘lmagan taqdirda uning funksiyalarini qonun hujjatlarida va bank ustavida belgilangan tartibda tayinlanadigan Kengash a’zolaridan biri amalga oshiradi.
bank ustav sarmoyasidagi davlat ulushini boshqarish vakolati berilgan organ sifatidagi Moliya vazirligi;
17. Bank kengashi majlisini chaqirish va uni o‘tkazish tartibi ustavda belgilanadi (Bank kengashi majlislari, qoidaga ko‘ra, Kengashning tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq chaqiriladi).
18. Bank kengashi majlisini o‘tkazish uchun kvorum bank ustavida belgilanadi, lekin u Bank kengashining saylangan a’zolarining 2/3 qismidan kam bo‘lmasligi kerak. Kengashning ayrim a’zolari kelolmagan taqdirda ularning ovozlari yozma ravishda so‘rov yo‘li bilan hisobga olinadi.
19. Kengash a’zolarining soni ustavda nazarda tutilgan a’zolar sonining 2/3 qismidan kam bo‘lib qolgan taqdirda bank Bank kengashining yangi tarkibini saylash uchun Aksiyadorlarning favqulodda (navbatdan tashqari) umumiy majlisini chaqirishga majbur. Bank kengashining qolgan a’zolari faqat Aksiyadorlarning favqulodda (navbatdan tashqari) umumiy majlisini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqlidir.
20. Bank kengashi majlisida qarorlar qatnashayotganlarning ko‘pchilik, kamida 2/3 qismining ovozi bilan qabul qilinadi.
22. Bank kengashi majlisida protokol yuritiladi, u Kengash Majlisi o‘tkazilgandan keyin 10 kundan kechikmay tuziladi va tasdiqlanadi.
24. Bank kengashi majlisining protokoli majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi, u protokolning to‘g‘riligi uchun javob beradi.
25. Bank kengashi tomonidan qarorlar qabul qilishda ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda Bank kengashi raisi hal qiluvchi ovozga ega bo‘ladi.
26. Bank kengashi qarorlari bilan bank aksiyadorlari tanishtirilishi mumkin (tijorat siri bo‘lgan qarorlar bundan mustasno).
Bank kengashi majlisida shaxsan qatnashish, ish tartibiga muvofiq ajratilgan vaqt doirasida majlisda muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha so‘zga chiqish;
bankning muayyan davr mobaynidagi faoliyati natijalari, bankni rivojlantirish rejalari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborot olish;
yuklangan funksiyalarni bajargan holda Bank kengashida ishlaganligi uchun muayyan miqdorda mukofot olish.
Kengashning har bir a’zosi uchun aniq funksiyalar Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi. Kengash a’zosining har biri uchun mukofotlar va kompensatsiyalar miqdori Aksiyadorlarning umumiy Majlisi tomonidan belgilanadi.
28. Bitishuv tomonlaridan biri bank bo‘lgan bitishuvdan Kengash a’zosi moliyaviy manfaatdor bo‘lgan taqdirda, shuningdek Kengash a’zosi va bank manfaatlari o‘rtasida boshqa nizo paydo bo‘lganda Kengash a’zosi bitishuv sodir etilgunga qadar oldindan Kengashni o‘z manfaatdorligi to‘g‘risida xabardor qilishi kerak, bitishuv to‘g‘risidagi qaror esa bunday manfaatdorlikka ega bo‘lmagan Kengash a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan yoxud aksiyadorlarning umumiy majlisida ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinishi kerak. Bunda Kengashning manfaatdor a’zolari bunday bitishuv bo‘yicha muhokamada ham, qaror qabul qilishda ham qatnashmaydilar.
29. Kengash a’zolari Kengash tomonidan u yoki bu tusdagi qaror qabul qilishga ta’sir o‘tkazganliklari uchun bevosita yoki bilvosita mukofot olish huquqiga ega emaslar.
30. Kengash a’zolari bankning imkoniyatlari (bankning mulkiy va nomulkiy huquqlari, xo‘jalik faoliyati sohasidagi imkoniyatlari, faoliyati va rejalari to‘g‘risidagi axborotlar)dan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanish huquqiga ega emaslar.
ustav fondini ko‘paytirish yohud kamaytirish, qo‘shimcha qimmatli qog‘ozlar chiqarish va boshqalar bilan ustav sarmoyasi ulushlari o‘zgartirilganda aksiyadorlar huquqlari cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Boshqaruvning noqonuniy va asoslanmagan xatti-harakatlari ustidan aksiyadorlarning takliflari va shikoyatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
32. Bank kengashi Boshqaruvdan vaqti-vaqti bilan (kamida har chorakda bir marta) bankning moliyaviy ahvoli va faoliyati, shu jumladan ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar va yozma hisobotlar oladi, shuningdek, Boshqaruv raisi va ichki audit xizmati rahbarining axborotlarini eshitadi.
Kengash a’zolari bu hisobotlarning to‘g‘riligini va tavsiyalarni amalga oshirish mumkinligini aniqlash maqsadida ularni sinchiklab tekshiradilar.
33. Xususan, quyidagi moliyaviy koeffitsiyentlar Kengash tomonidan muntazam nazorat qilinadigan ko‘rsatkichlar hisoblanadi:
34. Bank kengashi bankning kadrlar siyosatini, yuqori malakali bank rahbarlari va xodimlarini jalb qilish strategiyasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
omilkor bo‘lmaganligi, vijdonan ishlamaganligi, manfaatlar qarama-qarshiligi tufayli bankning mansabdor shaxslari yuklangan vazifalardan chetlatiladigan shart-sharoitlar ro‘yxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
38. Bank kapitalini saqlash va uning operatsiyalar ko‘lami tavakkalchilik darajasiga muvofiqligini ta’minlash maqsadida Bank kengashi:
bank tomonidan vujudga kelishi mumkin bo‘lgan boy berishga qarshi Markaziy bank belgilagan miqdorlarda maxsus zaxiralar yaratilishini nazorat qiladi;
Bank boshqaruvidan bank tavakkalchiliklari darajasi Markaziy bank belgilaganidan yuqori bo‘lmasligini ta’minlashni talab qiladi;
39. Bank kengashi bankni rivojlantirish biznes-rejasini (ham mustaqil ravishda, ham chetdan maslahatchilar va ekspertlarni jalb qilgan holda) ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, biznes-reja:
40. Kengash bankni rivojlantirish biznes-rejasi uning Boshqaruvi tomonidan amalga oshirilishini ta’minlaydi.
41. Bankni rivojlantirish biznes-rejasi, qoidaga ko‘ra, unga zarur o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish maqsadida, yiliga kamida bir marta qayta ko‘rib chiqiladi.
42. Bank kengashi a’zolari bank va uning aksiyadorlari oldidagi o‘z majburiyatlarini zarur darajada bajarmaganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va bank ustaviga muvofiq javob beradilar.
43. Kengash yig‘ilishida ovoz berishda qatnashmagan yoki bankka zarar yetkazishga olib kelgan qaror uchun qarshi ovoz bergan Bank kengashi a’zolari javobgarlikdan ozod qilinadilar.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada kassa a’mollarini tartibga solishning kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 24-iyuldagi 346-son qarorining 9-bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholining O‘zbekiston jamg‘armalar banki muassasalarida saqlanayotgan omonatlari bo‘yicha yangi foiz stavkalarini tasdiqlash haqida” 1993-yil 16-yanvardagi 36-son qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini tartibga solish va respublika iste’mol bozorini himoya qilishni kuchaytirish to‘g‘risida” 1993-yil 5-maydagi 204-son qarorining 6-bandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini barqarorlashtirishga oid qo‘shimcha choralar to‘g‘risida” 1993-yil 6-noyabrdagi 533-son qarori.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 18-martdagi 146-son qarori.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika bank tizimi boshqaruvi tuzilmasini va uning amaliy faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 3-maydagi 234-son qarorining 2-bandi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika korxonalari, tashkilotlari va muassasalaridan pul tushumi tushishi ustidan nazoratni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 29-iyundagi 331-son qarori.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muomaladagi naqd pullarni kamaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 11-iyuldagi 356-son qarorining 1 va 4-bandlari.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi budjetining ijrosini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 31-iyuldagi 379-son qarorining 8-bandi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 7-fevraldagi 61-son qarorining 6-bandi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yangi tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan bank va soliq nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 30-martdagi 146-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi.