Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 28.12.2011 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga ushbu tuzatish davlat boshqaruvining demokratik prinsiplarini, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda Oliy Majlisning roli va ahamiyatini mustahkamlash borasida mamlakatimizda kechayotgan jarayonlarni, shuningdek rivojlangan demokratik mamlakatlarning ko‘pchiligida qabul qilingan davlat qurilishi amaliyotini hisobga olgan holda kiritilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga tuzatish to‘g‘risidagi mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 12-noyabrda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzuidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalar nuqtai nazaridan davlat boshqaruvi va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratik o‘zgarishlarning mantiqiy davomidir.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”