O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
ONLINE TRANSLATE
Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etishda yaratiladigan majburiy sharoitlar

Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etishda yaratiladigan majburiy sharoitlar

Tashrif buyuruvchilar (turistlar) uchun quyidagi sanitariya-gigiyena qulayliklarini tashkil etish:

- umumiy foydalanish uchun sanitariya-gigiyena uzeli, vanna yoki dush kabinasining mavjudligi;

- kanalizatsiya (suv chiqarish) yoki (axlat to‘kiladigan o‘rani tashkil etish yo‘li bilan) mahalliy inshootlarning mavjudligi;

- yashash va jamoat joylarida tabiiy va sun’iy (shu jumladan, fonarlar, shamlar va boshqa yoritish vositalaridan foydalanish hisobiga) yoritishning mavjudligi;

- suv ta’minotining mavjudligi (shu jumladan, suvni to‘plash uchun idishlar o‘rnatish yo‘li bilan).

Tashrif buyuruvchilarning (turistlarning) xavfsizligini ta’minlash:

- o‘t o‘chirgichlar va tibbiyot dori qutisining mavjudligi;

- shoshilinch yordam xizmatlarini chaqirish imkoniyati.

Tashrif buyuruvchilarning qulay va yaxshi yashashlari uchun quyidagi sharoitlarni tashkil qilish:

- tutash hududning qulay va shinam bo‘lishi, oilaviy mehmon uyiga borish yo‘llari qattiq qoplamaga (shag‘alli, yog‘ochli) ega bo‘lishi;

- oilaviy mehmon uyining old tomonida “Oilaviy mehmon uyi”, “Semeyniy gostevoy dom” va “Family guesthouse” so‘zlarini o‘z ichiga olgan, oilaviy mehmon uyining o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi nomi ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar taxtasining (o‘lchami — eng kamida 60 sm x 80 sm) mavjud bo‘lishi.

Oilaviy mehmon uyiga kirishda o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilgan quyidagi ma’lumotlar taxtasi bo‘lishi lozim:

- Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar yagona reyestridan ko‘chirma nusxasi;

- shoshilinch xizmatlarning va Turizm qo‘mitasi Call-markazining telefon raqamlari;

- ko‘rsatiladigan xizmatlar preyskuranti;

- ro‘y berishi mumkin bo‘lgan tabiiy hodisalar, joylardagi xavf-xatarlar to‘g‘risida ma’lumot.

Umumiy foydalanish uchun mobil yoki statsionar telefon aloqasining mavjud bo‘lishi.