O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
ONLINE TRANSLATE
Elektron onlayn-auksion va tanlovlarlarda ishtirok etish uchun zakalat miqdori qancha?

Elektron onlayn-auksion va tanlovlarlarda ishtirok etish uchun zakalat miqdori qancha?

Auksion yoki tanlovda uning talablari, turi va shaklidan kelib chiqib, jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokchi bo‘lishi mumkin.

Ishtirokchi auksion yoki tanlovda qatnashishga, lotlar haqidagi ma’lumot va hujjatlar bilan tanishish, buyurtmachidan qo‘shimcha ma’lumotlar so‘rab olish, auksion yoki tanlov obyektini joyiga chiqib ko‘zdan kechirish, obyektga tegishli hujjatlar bilan oldindan to‘liq tanishish, bank hisobvarag‘idan foydalanilmay qolgan pul mablag‘larini olishga haqli.

Auksion yoki tanlovda qatnashish uchun talabgorning arizasi xabarnoma joylashtirilgandan boshlab auksion yoki tanlov o‘tkazilishi belgilangan kunda soat 9-00 ga qadar savdo platformasi orqali avtomatik tarzda qabul qilinadi.

Tanlov obyektining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, talabgor tomonidan ariza elektron ko‘rinishda to‘ldiriladi va yuboriladi.

Talabgor savdo platformasida ochilgan hisobvarag‘iga xabarnomada ko‘rsatilgan zakalat miqdoridan kam bo‘lmagan mablag‘ni kiritgan holda auksion yoki tanlovda qatnashish uchun ariza beradi.

Bunda zakalat bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan quyidagicha belgilanadi:

auksion obyektining boshlang‘ich narxi BHMning 1 baravarigacha bo‘lganda — boshlang‘ich narxning 50 foizi miqdorida;

auksion obyektining boshlang‘ich narxi BHMning 1 baravariga teng yoki undan yuqori, lekin BHMning 50 baravarigacha bo‘lganda — boshlang‘ich narxning 25 foizi miqdorida;

auksion obyektining boshlang‘ich narxi BHMning 50 baravariga teng yoki undan yuqori, lekin BHMning 100 baravarigacha bo‘lganda — boshlang‘ich narxning 15 foizi miqdorida;

auksion obyektining boshlang‘ich narxi BHMning 100 baravariga teng yoki undan yuqori, lekin BHMning 1 000 baravarigacha bo‘lganda — boshlang‘ich narxning 10 foizi miqdorida;

auksion obyektining boshlang‘ich narxi BHMning 1 000 baravariga teng yoki undan yuqori, lekin BHMning 5 000 baravarigacha bo‘lganda — boshlang‘ich narxning 5 foizi miqdorida;

auksion obyektining boshlang‘ich narxi BHMning 5 000 baravariga teng yoki undan yuqori, lekin BHMning 10 000 baravarigacha bo‘lganda — boshlang‘ich narxning 4 foizi miqdorida;

auksion obyektining boshlang‘ich narxi BHMning 10 000 baravariga teng yoki undan yuqori, lekin BHMning 30 000 baravarigacha bo‘lganda — boshlang‘ich narxning 3 foizi miqdorida;

auksion obyektining boshlang‘ich narxi BHMning 30 000 baravariga teng yoki undan yuqori, lekin BHMning 50 000 baravarigacha bo‘lganda — boshlang‘ich narxning 2 foizi miqdorida;

auksion obyektining boshlang‘ich narxi BHMning 50 000 baravariga teng yoki undan yuqori bo‘lganda — boshlang‘ich narxning 1 foizi miqdorida;

tanlov obyekti uchun:

asosiy mezon sifatida investitsiya, ijtimoiy va shunga o‘xshash boshqa majburiyatlar nazarda tutilgan hollarda — BHMning 5 baravari;

Har bir ishtirokchiga auksion yoki tanlovda qatnashish va shaxsni oshkor etuvchi ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlash uchun maxsus raqam beriladi.

Talabgorning hisobvarag‘ida zakalat puli uchun yetarli mablag‘ mavjud bo‘lmagan taqdirda, operator avtomatik ravishda bu haqda talabgorni savdo platformasi orqali xabardor qiladi.