17.10.2026 yildagi VII-30-112-5-73-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Xalq deputatlari Navbahor tumani Kengashining qarori, 17.10.2026 yildagi VII-30-112-5-73-K/26-son
Kuchga kirish sanasi
20.10.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQ DEPUTATLARI NAVBAHOR TUMANI KENGASHINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5- sonli qarorining 7-bandida “har yili 1-oktabrga qadar novegetatsiya davrida suv isteʼmolchilari kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish hajmlari hududlar boʻyicha tasdiqlangan limitlar doirasida ishlab chiqilishi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 28-avgust sanasidagi “2026-2027-yillarning kuz-qish davri uchun suv olish limitlarini tasdiqlash hamda mavsum davomida irrigatsiya melioratsiya obektlarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 208-sonli buyrugʻi hamda Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining 2026-yil 11-sentyabr sanasidagi 114-sonli buyruqlari qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur buyruqlar asosida Navbahor tumani hududidagi qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun 2026–2027-yillar kuz-qish, yaʼni novegetatsiya davriga suv olish limitlari belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu limitlar doirasida tumandagi 367 ta suv isteʼmolchisi, jumladan, fermer xoʻjaliklari va klasterlar tomonidan 2026–2027-yillar hosili uchun ekiladigan 7902 gektar gʻalla maydonlarini sugʻorish, 5866 gektar paxta maydonlarida shoʻr yuvish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, mavjud bogʻ va boshqa koʻp yillik daraxtzorlar, dehqon xoʻjaliklari hamda aholi tomorqalaridagi jami 9 371 gektar maydonda ekilgan toʻqsonbosti va ozuqabop ekinlarni sugʻorish rejalashtirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun jami 59,81 million metr kub suv ajratilgan. Mazkur suv hajmini isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnomalar va taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida, suv xoʻjaligi nazoratchilari koʻmagida belgilangan navbat va grafik asosida yetkazib berish muassasamizning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqoridagilarni inobatga olib Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining deputatlik guruhi tashabbus masalasini keng muhokama qilgan holda, “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori J.Xudayberdiyevning 2026-yil 16-sentyabrdagi 02-445-sonli xati hamda, xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo'jaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yildagi 12-oktyabrdagi DKQ 03-04/116-26-sonli qarori va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosi hamda Navbahor tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori J. Xudayberdiyevning hisoboti qoniqarli deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Navbahor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori J. Xudayberdiyev Navbahor tumani boʻyicha 2026-2027-yil novegetatsiya davrida nosugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Z. Gʻulomov va Navbahor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori J. Xudayberdiyevlarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni davom ettirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlar tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (Z. Gʻulomov) qaror ijrosini nazorat qilishni xalq deputatlari Navbahor tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi (F. Rajabov) zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash raisi T. ABDIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati, Navbahor tumani,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 17-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII-30-112-5-73-K/26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.