16.10.2026 yildagi VII-39-120-5-0-K/26-son
ONLINE TRANSLATE
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining qarori, 16.10.2026 yildagi VII-39-120-5-0-K/26-son
Kuchga kirish sanasi
03.11.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY VILOYATI KENGASHINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan koʻrsatiladigan suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflarini koʻrib chiqish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyuldagi “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-784-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”ga 194-sonli Qarori, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2026-yil 12-iyundagi 04-02-02/5747-sonli xati, viloyat hokimligining 2026-yil 10-avgustdagi 406/16-26-sonli bildirgisi, xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasining 2026-yil 10-avgustdagi DKQ 03-01/96-26-sonli qarori va viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2026-yil 12-oktabrdagi 01-12/20-11-32/883-sonli xulosasi inobatga olib, aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, kanalizatsiya xizmatlari koʻrsatish ahvolini yanada yaxshilash maqsadida, bildirilgan taklif, fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga asosan, xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyuldagi OʻRQ-784-sonli Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-sonli qarori ijro uchun, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati budjetlashtirish va kontroling boshqarmasi boʻlimi boshligʻi N.Joʻrabekovning ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari tariflari yuzasidan hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tomonidan koʻrsatiladigan ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari (shuningdek, texnik suv) uchun taklif narxlari (tariflar) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2025-yil 24-sentabrdagi VII-17-108-5-0-K/25-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Viloyat hokimligi axborot xizmati (Sh. Raubayeva), viloyat teleradiokompaniyasi (A. Muqimov), “Doʻstlik bayrogʻi” va “Знамя дружбы” gazetalari tahririyati davlat korxonasi (B. Umarov)ga olib borilayotgan ishlarni doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingandan boshlab, 15 kundan soʻng kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash viloyat hokimi oʻrinbosari (A. Niyozov) hamda nazorat qilish xalq deputatlari viloyat Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar boʻyicha doimiy komissiyasi (N. Isoqov) zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash raisi Gʻ. ALIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 16-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII-39-120-5-0-K/26-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.